Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “ChIGIT YETKAZIB BERISh MEXANIZMINI HAMDA OʻSIMLIK YoGʻI VA YoGʻ-MOY MAHSULOTLARI SOTIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA” 2006 YIL 31 MAYDAGI PQ-360-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chigit yetkazib berish mexanizmini hamda oʻsimlik yogʻi va yogʻ-moy mahsulotlari sotishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2006-yil 31-maydagi PQ-360-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 27-fevral,
42-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Bozorlarda sifatsiz oziq-ovqat tovarlari sotilishini bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 4-sentabrdagi 378-son qarorining 1-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 9-son, 32-modda):
“oʻsimlik va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Bunda aholiga oʻsimlik yogʻi sotish faqat yuridik shaxs shaklidagi chakana savdo tashkilotlari tomonidan nazorat-kassa apparatlari bilan jihozlangan turgʻun savdo shoxobchalari orqali amalga oshiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “2000-yilda davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlarini xarid qilish toʻgʻrisida” 2000-yil 8-apreldagi 136-son qaroriga 1-ilovada:
a) 3.1-bandga quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Respublika korxonalari tomonidan paxta chigitidan ishlab chiqarilayotgan oʻsimlik yogʻini xarid qilish toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha amalga oshiriladi”;
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 4.1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Respublika korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan oʻsimlik yogʻini xarid qilish tartibga solinadigan narxlar boʻyicha amalga oshiriladi”.
3. Vazirlar Mahkamasining “2002-yilda paxta xomashyosi yetishtirish, gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirish va navlarni yangilashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 19-dekabrdagi 477-son qarorining 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 8 -modda)
5. Vazirlar Mahkamasining “Paxta xomashyosi yetishtirishda bozor prinsiplarini amalga oshirish va uni yetishtirishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-fevraldagi 93-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 16-modda) 7-bandidagi “oʻsimlik moyining 50 foizi va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 9-10-son, 84-modda; 2011-y., 1-2-son, 8 -modda;Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)