Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “ChIGIT YETKAZIB BERISh MEXANIZMINI HAMDA OʻSIMLIK YoGʻI VA YoGʻ-MOY MAHSULOTLARI SOTIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA” 2006 YIL 31 MAYDAGI PQ-360-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chigit yetkazib berish mexanizmini hamda oʻsimlik yogʻi va yogʻ-moy mahsulotlari sotishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2006-yil 31-maydagi PQ-360-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 27-fevral,
42-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Bozorlarda sifatsiz oziq-ovqat tovarlari sotilishini bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 4-sentabrdagi 378-son qarorining 1-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 9-son, 32-modda):
“oʻsimlik va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Bunda aholiga oʻsimlik yogʻi sotish faqat yuridik shaxs shaklidagi chakana savdo tashkilotlari tomonidan nazorat-kassa apparatlari bilan jihozlangan turgʻun savdo shoxobchalari orqali amalga oshiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “2000-yilda davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlarini xarid qilish toʻgʻrisida” 2000-yil 8-apreldagi 136-son qaroriga 1-ilovada:
a) 3.1-bandga quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Respublika korxonalari tomonidan paxta chigitidan ishlab chiqarilayotgan oʻsimlik yogʻini xarid qilish toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha amalga oshiriladi”;
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 4.1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Respublika korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan oʻsimlik yogʻini xarid qilish tartibga solinadigan narxlar boʻyicha amalga oshiriladi”.
3. Vazirlar Mahkamasining “2002-yilda paxta xomashyosi yetishtirish, gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirish va navlarni yangilashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 19-dekabrdagi 477-son qarorining 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 8 -modda)
5. Vazirlar Mahkamasining “Paxta xomashyosi yetishtirishda bozor prinsiplarini amalga oshirish va uni yetishtirishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-fevraldagi 93-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 16-modda) 7-bandidagi “oʻsimlik moyining 50 foizi va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Paxta chigiti resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 31-martdagi 93-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-son, 17-modda):
7-bandga “qabul qilishni” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston “Sifat” markazining Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi vakillari ishtirokida” soʻzlari qoʻshilsin;
8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi oʻz tarkibiga kiradigan korxonalar hamda “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi bilan birgalikda har yili paxta xomashyosi va chigitni qayta ishlash tugallangandan keyin barcha paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalarida paxta chigitini xatlovdan oʻtkazsinlar va omborlarni tozalasinlar. Xatlov natijalari boʻyicha materiallar har yili hisobot yilining 1-avgustigacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etilsin”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 9-10-son, 84-modda; 2011-y., 1-2-son, 8 -modda;Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)