1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetining gʻazna ijrosini tatbiq etish hisobiga budjet tizimini yanada isloh qilish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi budjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Moliya vazirligi Davlat budjetining gʻazna ijrosini tatbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi hamda mahalliy moliya organlarining gʻaznachilik boʻlinmalari negizida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachiligini va uning hududiy boʻlinmalarini moliya organlari boʻyicha belgilangan boshqaruv xodimlari soni doirasida tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.02.00 Respublika budjeti daromadlari;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
6.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi;
7.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.02.00 Valyuta boyliklari / 07.27.02.01 Chet el valyutasi;
8.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar;
9.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.09.00 Gumanitar va texnik yordam]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni turli darajadagi budjetlar oʻrtasida taqsimlash, budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlarini oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisida hisobot tuzish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni taʼminlaydigan yagona gʻaznachilik hisob raqamida boʻlgan Davlat budjeti mablagʻlarini boshqarish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlarini oluvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va maqsadli davlat jamgʻarmalari budjetlarining mablagʻlari hisobidan tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari xarajatlar smetasida koʻrsatilgan summalar va maqsadlarga muvofiq ravishda tuzilishi ustidan nazorat oʻrnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy roʻyxatdan oʻtkazish;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlarini, shu jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashga yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlaridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati taʼminlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda vositachilik xizmatlaridan voz kechish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻaznachilikning, budjet mablagʻlari hisobiga toʻlash uchun qabul qilingan, Davlat xaridlari yagona axborot portalida roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomalar boʻyicha axborot bazasini tashkil etish va muntazam yangilab borish;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5228-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 06/17/5228/0210-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻlar oluvchilarning shartnomalar tuzishi doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun shakllanayotgan narxlar monitoringi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan hamkorlik qilish;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5228-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 06/17/5228/0210-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarajatlar smetasi va roʻyxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilarning bevosita hisob raqamlariga budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlarini oluvchilarning nomidan va ularning topshirigʻi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish orqali toʻlov intizomiga rioya etilishini taʼminlash;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti gʻazna ijrosining buxgalterlik hisobi va hisobotini yuritish, Davlat budjeti ijrosi haqida axborot yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat koʻrsatish, Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan barcha turdagi, shu jumladan nomoddiy shakldagi muruvvat yordami va texnikaviy koʻmaklashish vositalarining toʻliq hamda tizimli hisob-kitobini yuritish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 10-fevraldagi PQ-1055-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 7-son, 68-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari va mahalliy kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilayotgan kvotalarning bajarilishi jarayoni ustidan monitoring olib borish;
(2-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5228-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 06/17/5228/0210-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik subyektlarini noinsof yetkazib beruvchilar reyestriga kiritishga doir takliflar ishlab chiqish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5228-sonli Farmoniga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 06/17/5228/0210-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga, zarur hollarda, gʻaznachilikning markaziy apparati va uning boʻlinmalari tuzilmasiga gʻaznachilik xodimlarining cheklangan umumiy soni va moliya organlari boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 515-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gʻaznachilik boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining taqdimnomasiga asosan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn kun muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gʻaznachiligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda — moliya organlari, shuningdek, budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimi faoliyat yuritishi sharoitlarida ishlashga tayyorlash va qayta tayyorlash Oʻquv markazini tashkil etish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda — gʻaznachilik va uning hududiy boʻlinmalarini zarur binolar, kompyuterlar, tashkiliy texnika va boshqa anjomlar bilan taʼminlash, shuningdek, ularni yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda — Davlat budjeti gʻazna ijrosi tizimining joriy etilishi munosabati bilan muayyan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarni moliyaviy taʼminlash xususiyatiga qarab budjet tashkilotlarining moliya-iqtisod xizmatlari xodimlari sonini maqbullashtirish va 25 foizgacha qisqartirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va boshqa xalqaro moliya tashkilotlarining qarz mablagʻlarini jalb etgan holda Davlat budjetining barcha daromadlarini yagona gʻazna hisob raqamiga jamlash va undan xarajatlar toʻlovini amalga oshirish imkonini beruvchi Davlat budjeti gʻazna ijrosining yagona integratsiyalashgan axborot tizimini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, budjet tashkilotlarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari, shuningdek buyurtmachilarning Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga kapital qurilishga oid shartnomalari majburiy tartibda Gʻaznachilikda roʻyxatga olinishi shart va faqat u amalga oshirilgandan keyin kuchga kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan mablagʻ oluvchilarning budjet mablagʻlari hisobiga tuziladigan shartnomalarida, qoidaga koʻra, 15 foiz miqdorida oldindan haq toʻlash nazarda tutiladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar nomidan va ularning topshirigʻiga koʻra gʻaznachilik tomonidan toʻlovlarni amalga oshirishda xizmat koʻrsatuvchi banklarga vositachilik haqlarini hisob-kitobning akkreditiv shaklidan foydalangan holda toʻlash ularning xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 515-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Moliya vazirligining takliflari boʻyicha budjetdan mablagʻ oluvchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda oldindan haq toʻlashni amalga oshirishi mumkin boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari roʻyxatini tasdiqlash huquqi berilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 513-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda belgilangan tartibda respublikaning barcha shahar va tumanlarini qamrab olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimining maʼlumotlar tarmogʻini tashkil etish uchun yer usti raqamli aloqa kanallarini berish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasini bajarish funksiyalari gʻaznachilikka berilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga budjet mablagʻlari oluvchilarga xizmat koʻrsatish bilan band boʻlgan bank xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gʻaznachiligi Toshkent shahar, X. Sulaymonova koʻchasi, 29-uy manzilidagi binoga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar Gʻaznachilik boshqarmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma boshligʻi
Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari
Amaliyot boʻlimi
33 nafar
Yuriskonsult
1 nafar
Moliyaviy resurslarni tartibga solish va yigʻma tahlil boʻlimi
4 nafar
Yuridik majburiyatlarni roʻyxatga olish va narxlarni monitoring qilish guruhi
12 nafar
Umumiy boʻlim
(kadrlar boʻyicha mutaxassis, ish yurituvchi-inspektor, buxgalter)
3 nafar
Gʻazna operatsiyalarini nazorat qilish guruhi
2 nafar
Moliyaviy majburiyatlar va toʻlovlarni roʻyxatga olish guruhi
20 nafar
Buxgalterlik hisobi va hisoboti guruhi
3 nafar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Umumiy cheklangan shtat birligi — 48 nafar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* shundan boshqaruv xodimlari — 13 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Izoh: Toshkent shahar Gʻaznachilik boshqarmasi, shuningdek, Bektemir, Uchtepa va Sergeli tumanlaridan tashqari tuman mahalliy budjetlaridan mablagʻ oluvchilarga ham xizmat koʻrsatadi.