Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
LOTEREYALAR, TOTALIZATORLAR VA TAVAKKALCHILIKKA ASOSLANGAN BOSHQA OʻYINLAR OʻTKAZISHNI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-dekabrdagi 814-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 19-apreldagi PF-68-son Farmoni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar oʻtkazishni tashkil etishni yanada takomillashtirish, shuningdek ularning qatnashchilari huquqlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ustav fondining eng kam miqdori 200 mln. soʻm miqdorida belgilansin, shundan kamida 50 foizi pul mablagʻlari bilan shakllantiriladi.
Lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garov ostida olingan mablagʻlardan hamda boshqa jalb qilingan mablagʻlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qaror qabul qilingunga qadar lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olgan yuridik shaxslar, ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir yil mobaynida oʻz ustav fondi miqdorini mazkur qarorning 1-bandi bilan belgilangan eng kam miqdorga muvofiqlashtirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir yil oʻtgandan keyin ustav fondi miqdori belgilangan eng kam talablarga muvofiq boʻlmagan yuridik shaxslar, lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ustav fondini mazkur qaror talablariga muvofiq shakllantirmagan, shuningdek belgilangan tartibda litsenziya olmagan yuridik shaxslar tomonidan lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish boʻyicha faoliyat amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 2-avgust,
182-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga
kiritilayotgan oʻzgartirishlar
kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Pul-buyum lotereyalari oʻtkazishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 70-modda) 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 314-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 6-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“litsenziat ustav fondining shakllantirilgan miqdori lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun 200 mln. soʻmdan kam boʻlmasligi kerak, shundan ellik foizi pul mablagʻlari bilan shakllantiriladi. Bunda lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olish toʻgʻrisida ariza berilgan vaqtda litsenziya talabgorining ustav fondi koʻrsatib oʻtilgan eng kam miqdorda toʻliq shakllantirilgan boʻlishi kerak. Lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslar ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garov ostida olingan mablagʻlardan hamda boshqa jalb qilingan mablagʻlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi”.