OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING
Qarori
ELEKTR USKUNALARINI EKSPLUATATSIYA QILIShDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 22-fevralda 1614-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 6-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3298, 06.05.2021-y.) asosan 2021-yil 10-avgustdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan belgilangan “Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat agentligini Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasiga aylantirish toʻgʻrisidagi” “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining vazifa va funksiyalariga hamda oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvardagi 32-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ga muvofiq qaror qilamiz:
1. Elektr energetikada nazorat boʻyicha “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2006-yil 19-iyuldagi 113/116-sonli qarori bilan tasdiqlangan (2006-yil 18-avgust, roʻyxat raqami 1614 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil 33-soni, 337-moddasi) “Elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”ni XXIII bobini nomlanishidagi, 522 va 526-bandlaridagi “Oʻzdavenergonazorat inspeksiyasi” soʻzlari “energiya taʼminoti tashkiloti” soʻzlari bilan almashtirilsin, 522-bandida esa “xizmat safaridagi xodimlar huquqlari bilan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kunidan boshlab 10 kun davomida amalga kiritiladi.
Elektr energetikada nazorat boʻyicha “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GʻULOMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 2-fevral,
30-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2007-yil 2-fevral,
M-22-son
Kelishildi:
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 22-yanvar
“Oʻzbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvining raisi B. TEShABOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 30-yanvar
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi A. TOʻXTAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 26-yanvar
Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi B. ALIXONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 24-yanvar
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori R. BOʻRIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-yanvar
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi R. SAIDOV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-yanvar
“Oʻzdavneftgazinspeksiya” Davlat inspeksiyasi boshligʻi R. ShERALIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 3-yanvar
IIV YoXBB boshligʻi A. ISLOMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 9-yanvar
“ORGRES” OAJ boshqaruvi raisi R. UMIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 15-yanvar
“Issiqlikelektrloyiha” OAJ direktori v.b. S. MUSANIF
Toshkent sh.,
2007-yil 18-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 7-8-son, 80-modda)