Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 20.02.2007 yildagi PQ-589-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 20.02.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”, “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, favqulodda vaziyatlarda telekommunikatsiya resurslari va tarmoqlarining ishonchli faoliyatini, ulardan markazlashgan holda foydalanishni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiya resurslari va tarmoqlarini boshqarish tizimi toʻgʻrisidagi nizom (bundan keyin matnda Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimi deb yuritiladi) 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimi kundalik sharoitlar va favqulodda vaziyatlarda telekommunikatsiya vazifalarini oʻz vaqtida va samarali hal etishga moʻljallangan hamda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi telekommunikatsiyalari tarmoqlarini boshqarish tizimini, shuningdek idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, telekommunikatsiya operatorlarini oʻz ichiga oladi (telekommunikatsiya xizmatlarining maxsus isteʼmolchilari — Mudofaa vazirligi, IIV, FVV, MXX, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi MHA tarmoqlari bundan mustasno).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi telekommunikatsiyalar tarmogʻining davlat tomonidan boshqarilishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimining shakllantirilishi va samarali faoliyat yuritishini taʼminlaydigan maxsus vakolatli organ etib tayinlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kundalik sharoitlarda — telekommunikatsiyalar sohasida yagona texnik siyosatni olib boradi; telekommunikatsiya resurslari va tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimiga kiruvchi operatorlar va provaydyerlar faoliyatining muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi; ularning texnik holati va favqulodda vaziyatlardagi ishlarga tayyorligini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarda — idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya resurslari va tarmoqlaridan ustuvor darajada foydalanish va ularni markazlashgan holda boshqarish huquqi beriladi (maxsus isteʼmolchilarning tarmoqlari va vositalari bundan mustasno); mamlakat xavfsizligini taʼminlash manfaatlari yoʻlida ularning barqaror ishlashini hamda ulardan samarali foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashtirilgan boshqarish rejimiga oʻtkazish, shuningdek favqulodda vaziyatlarda ulardan foydalanishni toʻxtatib turish yoki cheklash toʻgʻrisida Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga bevosita boʻysunadigan Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi Aloqa va axborotlashtirish agentligining telekommunikatsiya tarmoqlari va resurslarini boshqarish masalalari boʻyicha ishchi organi etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimiga kiruvchi operatorlar tarmoqlari va resurslarining samarali faoliyat yuritishi va ulardan oqilona foydalanish, zarur hollarda mamlakat manfaatlari yoʻlida, favqulodda vaziyatlarda ulardan markazlashgan holda foydalanishni taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet mamlakatlarning telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish markazlari bilan oʻzaro hamkorlikda Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish milliy markazi vazifasini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati bilan birgalikda 2007-yil 1-iyungacha boʻlgan muddatda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarish, favqulodda vaziyatlarda ularning faoliyatini cheklash yoki toʻxtatib turishni joriy etish tartibini, shuningdek mamlakat xavfsizligi manfaatlari yoʻlida foydalanish uchun Oʻzbekiston telekommunikatsiyalari tarmoqlari va resurslarini tayyorlash hamda berib qoʻyish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda telekommunikatsiya operatorlari bilan tuzilgan litsenziya bitimlariga kundalik sharoitlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish boʻyicha operatorlar faoliyatining muvofiqlashtirilishini taʼminlash, shuningdek favqulodda vaziyatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashgan holda boshqarish borasida mazkur qaror talablaridan kelib chiqadigan oʻzgartishlar kiritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimlarini tashkil etish va modernizatsiya qilish dasturini keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish yagona tizimiga ulash uchun belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilning 1-martigacha telekommunikatsiya operatorlari mablagʻlarini jalb etish yoʻli bilan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini unga operatorlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimlarini ulagan holda tashkil etsin va ishga tushirsin (maxsus isteʼmolchilarning tarmoqlari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 20-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-589-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 7-8-son, 63-modda; 2013-y., 45-son, 584-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 31.10.2018-y., 06/20/5567/0802-son)