O‘ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI BOSHLIG‘INING
Buyrug‘i
CHIPTA-HISOB VA YO‘L VARAQALARINI TO‘LDIRISH BO‘YICHA YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTISH KIRITISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 7-iyunda 1282-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 29-martdagi 7-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3615, 29.03.2025-y.) asosan 2025-yil 1-iyuldan davlat reyestridan chiqariladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 2006-yil 9-martdagi PQ-303-son qarorining 1-bandiga asosan buyuraman:
1. “Chipta-hisob va yo‘l varaqalarini to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnoma”ning (2003-yil 9-oktabr, ro‘yxat raqami 1282 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 19-20-son) 1-bandining o‘n ikkinchi xatboshidagi “yoki jismoniy” so‘zlari olib tashlansin.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan o‘n kun o‘tgandan keyin amalga kiritiladi.
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 19-may,
48-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 23-son, 214-modda)