O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI GRAJDANLIK PROTSESSUAL KODEKSIGA VA JINOYAT-PROTSESSUAL KODEKSIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 30-avgustdagi 477a-I-son “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
I. 1963-yil 23-mart kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Grajdanlik protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1963-yil, № 9, 31-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. 1-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1-modda. Grajdanlik sud ishlarini yurgizish to‘g‘risidagi qonunlar
O‘zbekiston Respublikasining hamma sudlarida grajdanlik ishlari bo‘yicha ish yurgizish tartibi Grajdanlik protsessual kodeksi, Xo‘jalik protsessual kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni va ularga muvofiq chiqariladigan boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
Grajdanlik sud ishlarini yurgizish to‘g‘risidagi qonunlar da’vo tartibidagi ishlarni, ma’muriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni va alohida tartibda yurgiziladigan ishlarni ko‘rish tartibini belgilaydi. Ma’muriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar va alohida tartibda yurgiziladigan ishlar, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilangan ayrim istisnolardan tashqari, sud ishlarini yurgizishning umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘riladi”.
2. 2-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-modda. Grajdanlik sud ishlarini yurgizish vazifalari
O‘zbekiston Respublikasida grajdanlik sud ishlarini yurgizish vazifalari grajdanlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, boshqa qonunlari va inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini, shuningdek tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida grajdanlik ishlarini to‘g‘ri va tez ko‘rib hal qilishdan iboratdir.
Grajdanlik sud ishlarini yurgizish ijtimoiy adolatni, tinchlik va totuvlikni ta’minlashga, qonuniylik va huquqiy tartibni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lishi lozim”.
3. 7-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Grajdanlik ishlarini ko‘rishda qonun bilan belgilangan tartibda tayinlangan, saylangan sudyalar va xalq maslahatchilari qatnasha oladilar.
Grajdanlik ishlari birinchi instansiya bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida uch sudyadan iborat sostavda, boshqa hamma sudlarda esa sudya va ikkita xalq maslahatchisidan iborat sostavda ko‘riladi”;
ushbu moddaning to‘rtinchi qismidagi “sudning uch a’zosi” va “sudning kamida uch a’zosidan” degan so‘zlar tegishincha “uch sudya” va “kamida uch sudyadan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 12-moddada:
birinchi qism chiqarib tashlansin;
ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi O‘zbekiston Respublikasidagi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuman (shahar) sudlarining sudlov faoliyatlari ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha birinchi va ikkinchi qismlar deb hisoblansin;
ushbu modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Qurolli Kuchlar harbiy sudi garnizoni harbiy sudlarining sudlov faoliyatlari ustidan nazoratni amalga oshiradi”.
5. 14-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluvchi qarori, ajrimi va qarori barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlari, mansabdor shaxslar va grajdanlar uchun majburiy bo‘lib, O‘zbekiston Repsublikasining butun hududida ijro qilinishi shart”.
6. 16-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Grajdanlik ishlari birinchi instansiya bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida uch sudyadan iborat sostavda, boshqa hamma sudlarda — sudya va xalq maslahatchilaridan iborat sostavda, kassatsiya va nazorat instansiyalarida esa raislik etuvchi va sudyalardan iborat sostavda ko‘riladi”.
7. 26-modda:
birinchi bandidan “kolxoz, kolxozlararo, davlat-kolxoz korxonasi, tashkiloti yoki ularning birlashmasi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi bandidagi “davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, kolxozlar, boshqa kooperativ tashkilotlari, ularning birlashmalari hamda boshqa xil jamoat tashkilotlari” degan so‘zlar “korxonalar, muassasalar, tashkilotlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi bandi “agar davlatlararo bitimlarda, xalqaro shartnomalarda va taraflar o‘rtasidagi kelishuvlarda boshqa qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
8. 311-moddadagi “xalq” degan so‘z “tuman (shahar)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. 328-moddada “sud a’zolaridan” degan so‘zlar “sudyalardan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10. 349-modda quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi barcha instansiya sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari ustidan protest kiritishga haqli”;
ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
ushbu moddaning ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi va ularning o‘rinbosarlari” degan so‘zlar “uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisining o‘rinbosarlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
11. 350-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy kollegiyasi Qurolli Kuchlar harbiy chiqargan hal qiluvchi qarorlari va ajrimlari ustidan berilgan protestlarga doir ishlarni, agar ular O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida ishni kassatsiya tartibda ko‘rishga sabab bo‘lmagan bo‘lsa, shuningdek Qurolli Kuchlar harbiy sudi rayosatining qarorlari ustidan berilgan protestlarga doir ishlarni ko‘radi”;
ushbu moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
moddaning to‘rtinchi qismidagi “grajdanlik ishlari bo‘yicha sudlov kollegiyasining” degan so‘zlar “sudlov kollegiyalarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12. 359-moddaning:
birinchi qismidagi “grajdanlik ishlari bo‘yicha sudlov kollegiyasi” degan so‘zlar “sudlov kollegiyalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “grajdanlik ishlari bo‘yicha sudlov kollegiyasining” degan so‘zlar “sudlov kollegiyalarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
13. 360-moddadagi “Grajdanlik ishlari bo‘yicha sudlov kollegiyasining ajrimida” degan so‘zlar “sudlov kollegiyalarining ajrimlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
14. Kodeksning “xalq sudyasi” va “xalq sudi” degan so‘zlarni mavjud bo‘lgan hamma moddalaridan “xalq” degan so‘z chiqarib tashlansin.
15. Kodeksning o‘zbekcha matnidagi “prezidium” degan so‘z “rayosat” degan so‘z bilan almashtirilsin.
II. 1959-yil 21-may kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1959-yil, № 6, 3-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. 1-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat ishlarini yurgizish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni va ularga muvofiq chiqariladigan boshqa qonunlar bilan belgilanadi”.
2. 2-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-modda. Jinoyat sudlov ishlarini yurgizishning vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-sudlov ishlarini yurgizishning vazifalari qonuniylikni va grajdanlarning huquqlarini ta’minlashdan, qonuni to‘g‘ri tatbiq etishdan iborat bo‘lib, jinoyat sodir etgan har bir kishiga adolatli jazo berilishi, aybi bo‘lmagan hech bir kishi esa jinoiy javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi lozim”.
3. 9-moddada:
birinchi va ikkinchi qismlar bir qismga birlashtirilib, quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jinoyat ishlari birinchi instansiya bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida uch sudyadan iborat sostavda, boshqa hamma sudlarda esa — sudya va ikkita xalq maslahatchisidan iborat sostavda ko‘riladi”;
ushbu moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
uchinchi qismdagi “sudning uch a’zosidan” va “sudning kamida uch a’zosidan” degan so‘zlar tegishincha “uch sudyadan” va “kamida uch sudyadan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 16-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16-modda. Sud faoliyati ustidan yuqori sud nazorati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi O‘zbekiston Respublikasidagi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi barcha sudlarning sudlov faoliyatlari ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tuman (shahar) sudlarining sudlov faoliyatlari ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi muayyan viloyat, Toshkent shahri hududidagi tuman (shahar) sudlarining sudlov faoliyatlari ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Qurolli Kuchlar harbiy sudi garnizon harbiy sudlarining sudlov faoliyatlari ustidan nazoratni amalga oshiradi”.
5. 28-modda “sostaviga” degan so‘zdan keyin “tayinlangan” degan so‘z bilan to‘ldirilsin.
6. 197, 201, 205, 207, 309-moddalardagi “tribunallarning”, “tribunal”, “tribunalning”, “tribunallar” degan so‘zlar tegishincha “sudlarning”, “sud”, “sudning”, “sudlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7. 310-moddadagi “sudning doimiy uch a’zosidan” degan so‘zlar “uch sudyadan” degan so‘zlar bilan “sud a’zosining” degan so‘zlar esa “sudyaning” degan so‘z bilan almashtirilsin.
8. 313-moddadagi “sud a’zolaridan” degan so‘zlar “sudyalardan” degan so‘z bilan, “sud a’zosining” degan so‘zlar esa “sudyaning” degan so‘z bilan almashtirilsin.
9. 347-moddada:
ikkinchi qism quyidagi mazmundagi birinchi band bilan to‘ldirilsin:
“1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi — barcha instansiya sudlarining hukmlari, ajrimlari va qarorlari ustidan”;
birinchi va ikkinchi bandlar tegishincha ikkinchi va uchinchi bandlar deb hisoblansin;
ikkinchi banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi va ularning o‘rinbosarlari” degan so‘zlar “uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisining o‘rinbosarlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10. 351-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Qurolli Kuchlar harbiy sudining birinchi instansiya sudi tariqasida chiqargan hukmlari va ajrimlari ustidan hamda shu sud rayosati chiqargan qarorlari ustidan berilgan protestlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy kollegiyasi tomonidan ko‘riladi”;
ushbu moda birinchi qismining uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblanib, undagi “jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov kollegiyasi” degan so‘zlar “sudlov kollegiyalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
11. 352-moddada:
birinchi qismdagi “sud a’zolaridan” va “sudlov kollegiyasida” degan so‘zlar tegishincha “sudyalardan” va “kollegiyasidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismdagi “kollegiyasi” degan so‘z “kollegiyalari” degan so‘z bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismdagi “jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov kollegiyasiga” degan so‘zlar “sudlov kollegiyalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi qismdagi “kollegiyasining ajrimiga” degan so‘zlar “kollegiyalarining ajrimlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12. 361-moddada:
birinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi barcha quyi sudlarining hukmlari, ajrimlari va qarorlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha bekor qilish haqidagi protest O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov kollegiyalarida ko‘rilishi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudlov kollegiyalarining hukmlari, ajrimlari ustidan berilgan protest — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori ustidan berilgan protest esa — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumida ko‘rilishi lozim”;
uchinchi qismdagi “jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov kollegiyasi” va “chiqaradi” degan so‘zlar tegishincha “sudlov kollegiyalari”, “chiqaradilar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
13. Kodeksning o‘zbekcha matnidagi “prezidium” degan so‘z “rayosat” degan so‘z bilan almashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 2-sentabr,
926-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 10-son, 369-modda)