Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 73-I-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasining 1959-yil 21-maydagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1959-yil, № 6, 2-modda):
7-1-moddasining ikkinchi qismidan, 23-moddasi toʻrtinchi qismining uchinchi xatboshisidan, 23-1-moddasi birinchi qismining 2-bandidan va 169-moddasining birinchi qismidan tegishincha “aybni ogʻirlashtiradigan holatlarda qilingan chayqovchilik (175-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari)”, “chayqovchilik bilan aybni ogʻirlashtiruvchi holatlarsiz shugʻullanganlik (175-moddaning birinchi qismi)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
175-moddasi chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining 1959-yil 21-maydagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1959-yil, № 6, 3-modda):
78-moddasining ikkinchi qismidan “114-moddasining 2, 3, 4-qismlarida, 115-moddasining 2, 3, 4-qismlarida, 116-moddasida, 117-moddasining 2 va 3-qismlarida, 118-moddasining 2 va 3-qismlarida, 119-moddasining 2 va 3-qismlarida, 119-1-moddasida, 121-moddasining “b” va “v” bandlarida, 122-moddasining 2-qismida; 175-moddasining “b” va “v” bandlarida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
108-moddasining: birinchi qismidan “175-moddaning birinchi va toʻrtinchi qismlarida”, uchinchi qismidan “130-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida”, toʻrtinchi qismidan “130-moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida; 175-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin; ushbu moddaning beshinchi qismi “78-1” raqamidan soʻng “130” raqami bilan toʻldirilsin;
379-moddasidagi “104, 114-1-moddalarida” degan soʻzlar “104-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin va “122-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining 1985-yil 13-dekabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi Kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 35, 411-modda):
21-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlaridan, 232-moddasidan, 273-moddasining uchinchi qismidan, 278-moddasining ikkinchi qismidan, 288-moddasining ikkinchi qismidan, 295-moddasidan, 305-moddasining birinchi qismidan va 231-moddasining ikkinchi xatboshisidan “171” raqami chiqarib tashlansin;
171-moddasi chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining va Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining ayrim moddalarini qoʻllanish tartibi toʻgʻrisida”gi Qarorining 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axbortnomasi, 1993-yil, № 1, 35-modda) chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 29-dekabr,
1009-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 18-modda)