Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KOOPERATSIYA TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida kooperatsiya toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 193-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Qonunning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kooperatsiya toʻgʻrisida”.
2. Muqaddimaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Qonun “Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida”gi Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan bir qatorda kooperatsiya faoliyatining oʻziga xos jihatlarini belgilaydi”.
3. 1-moddada:
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasida kooperatsiya jismoniy va yuridik shaxslarning iqtisodiy hamda ijtimoiy faoliyatning turli sohalarida umumiy maqsadlarga erishish uchun tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan, mulkning shirkat (jamoa) shakliga asoslangan ixtiyoriy birlashmalaridan (kooperativlaridan) iboratdir.”
2-bandning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Oʻzbekiston Respublikasida aholining mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun, shuningdek foyda (daromad) olish maqsadida tuziladigan matlubot, ishlab chiqarish va aralash ishlab chiqarish-matlubot kooperativlari amal qiladi”.
4. 2-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Barcha turdagi kooperativlar va ularning xoʻjalik uyushmalarini tuzishning, ular faoliyatining, ularni qayta tuzish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari ushbu Qonun, “Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi”.
5. 3-moddada:
moddaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kooperativ — kooperatsiyaning birlamchi boʻgʻini”;
1-bandning birinchi qismi quyidagi mazmundagi gap bilan toʻldirilsin: “Yer va boshqa tabiiy boyliklar kooperativlarga foydalanish uchun beriladi”.
2-banddan “prinsipi” va “qatʼiy” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3-bandning ruscha matni birinchi qismidagi “zakonodatelstvom” degan soʻz “zakonodatelnimi aktami” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-bandning ikkinchi qismidan “SSR Ittifoqining”, “Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etayotgan”, “Ittifoq bozorlarida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
6. 4-moddada:
“1. Kooperativning mustaqil balansida oʻz ifodasini topadigan asosiy fondlar, oborot mablagʻlari, pay badallari, shuningdek boshqa boyliklar kooperativ mulki hisoblanadi.
2. Kooperativning mol-mulki oʻz aʼzolarining pul va moddiy badallari, banklarning kreditlari, oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlar, bu mahsulotlarni sotishdan, kooperativ ustavida nazarda tutilgan oʻzga xil faoliyatdan kelgan daromadlar hamda qonunlarda man etilmagan boshqa manbalar hisobiga hosil boʻladi. Kooperativning mol-mulkini shakllantirishda, mulk shaklidan qatʼi nazar, korxonalar (tashkilotlar), shuningdek mazkur kooperativga aʼzo boʻlmagan, ammo unda mehnat shartnomasiga (kontraktiga), bitimiga muvofiq ishlayotgan jismoniy shaxslar shartnoma asoslarida pul va moddiy badallar toʻlash yoʻli bilan ishtirok etishlari mumkin”;
3-bandning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tarkibiga kooperativlar, turli mulk shaklidagi boshqa korxonalar va tashkilotlar kirgan xoʻjalik uyushmalarining mol-mulki ularning shirkat (jamoa) mulkidir. Tarkibiga faqatgina kooperativlar kirgan uyushmalarning (ittifoqlarning) mol-mulki, basharti mazkur uyushmalarning (ittifoqlarning) taʼsis hujjatlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida oʻzga hol nazarda tutilmagan boʻlsa, ana shu kooperativlarga shirkat (jamoa) mulki huquqida qarashli boʻladi”.
7. 5-moddada:
1-bandning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kooperativ mustaqil tarzda ham, mulkning har qanday shakliga mansub korxonalar, muassasalar, tashkilotlar huzurida ham tashkil etiladi va faoliyat koʻrsatadi”;
1-bandning uchinchi qismi “korxonaning”, “Korxona” degan soʻzlardan keyin tegishincha “muassasaning”, “muassasa” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Kooperativning ustavi kooperativ taʼsis etishni istagan fuqarolarning umumiy yigʻilishida yoki yuridik shaxslar muxtor vakillarining yigʻilishida qabul qilinadi va kooperativ joylashgan erdagi hokimlikda roʻyxatga olinadi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ustavi roʻyxatga olingan va davlat reyestriga kiritilgan paytdan eʼtiboran kooperativ tashkil topgan deb hisoblanadi”;
ikkinchi qismi tegishincha uchinchi qismi deb hisoblansin;
modda quyidagi mazmundagi 3-band bilan toʻldirilsin:
“3. Soxta kooperativ aniqlangan taqdirda qaytarilmagan ssudalar va kreditlar uning aʼzolaridan amaldagi qonun hujjatlarining normalariga muvofiq undirib olinadi”.
8. 6-moddada:
1-bandning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. 16 yoshga toʻlgan, kooperativning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda ishtirok etish istagini bildirgan va bunga qodir boʻlgan har bir jismoniy shaxs, basharti Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida oʻzga hol nazarda tutilmagan boʻlsa, kooperativ aʼzosi boʻlishi mumkin”;
2-bandning birinchi qismida “Ishlab chiqarish kooperativining” degan soʻzlar “Kooperativning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2-bandning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonun hujjatlariga muvofiq yoki sudning hal qiluv qaroriga koʻra muayyan faoliyat bilan shugʻullanishi yoxud muayyan lavozimni egallashi man etilgan shaxslarning kooperativga aʼzo boʻlishi yoki mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida unda ishlashga jalb etilishi mumkin emas”;
3-banddagi “kooperativ idoralari” degan soʻzlar “kooperativ boshqaruv idoralari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 7-moddada:
1-bandning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“pay badalining butun summasini qaytarib olgan holda, shuningdek oʻz mehnat va mulkiy hissasiga mutanosib ravishda kooperativ foydasidan (daromadidan) ulush olgan holda kooperativdan ixtiyoriy tarzda chiqish”;
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3.Kooperativ aʼzolari kooperativ ustavida va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻladilar hamda ularning zimmasiga masʼuliyatlar ham yuklatiladi.”
10. 8-moddada:
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ishlab chiqarish kooperativlarining va aralash shakldagi kooperativlarning aʼzolari tugatilgan kooperativning qarzlari yuzasidan kooperativning mol-mulki bilan javobgar boʻladilar, bu mol-mulk yetmay qolgan taqdirda qarz summasi sud tomonidan kooperativ har bir aʼzosining yillik daromadi summasiga mutanosib ravishda taqsimlanadi”;
4-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini” degan soʻzlar “Kooperatsiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 9-moddada:
1-bandning uchinchi qismi “shartnomasi” degan soʻzdan keyin “(kontrakti)” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
2-bandning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kooperativ raisini, kooperativ boshqaruvini va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylaydi (yollaydi) va ozod etadi, ularning faoliyatlariga doir hisobotlarini eshitadi”;
3-band quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Kooperativ aʼzolarining umumiy yigʻilishi kooperativning (boshqaruvning) moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun belgilangan tartibda auditorni yoki auditorlik tashkilotini jalb etishga haqlidir”.
12. 10-moddada:
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Kooperativni tugatish yoki qaytadan tashkil etish (qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlish, ajratish, oʻzgartirish) kooperativ mol-mulki egasining yoki u vakolat bergan organning, kooperativ qaysi korxona, muassasa, tashkilot (xoʻjalik uyushmasi) huzurida tashkil etilgan boʻlsa, shu korxona, muassasa, tashkilot (xoʻjalik uyushmasi)ning qaroriga yoki sudning hal qiluv qaroriga muvofiq amalga oshiriladi”;
2-band uchinchi qismidan keyin quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“kooperativ oʻz ustavini va amaldagi qonun hujjatlarining normalarini buzsa;
kooperativning tuzilgan muddati tugasa”;
2-bandning toʻrtinchi qismi tegishincha oltinchi qismi deb hisoblansin;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Kooperativ davlatning roʻyxatga olish reyestridan chiqarilgan paytdan eʼtiboran (ushbu kooperativga xizmat koʻrsatayotgan bankning yozma maʼlumoti mavjud boʻlgan taqdirda) qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan deb hisoblanadi”;
modda quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
“4. Kooperativ tugatilayotganda kooperativ jismoniy shaxsning sogʻligʻiga yoki hayotiga yetkazgan zarar uchun javobgar ekanligi munosabati bilan bu kooperativdan undirilishi lozim boʻlgan toʻlovlarga avans beriladi”;
4-band tegishincha 5-band deb hisoblansin;
5-bandning birinchi qismida “Kooperativ tugatilgan taqdirda qarz beruvchilar” degan soʻzlar “Ishlab chiqarish kooperativi tugatilgan taqdirda qarz beruvchilar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5-bandning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi gap bilan toʻldirilsin: “Ish haqi toʻlash, banklar va boshqa qarz beruvchilar oldidagi majburiyatlarni bajarish yuzasidan hisob-kitob qilib boʻlinganidan keyin ularning qolgan mol-mulki mazkur matlubot jamiyatini oʻz tarkibiga olgan kooperativ ittifoqiga (uyushmasiga) beriladi”.
13. 11-modda 1-bandining ikkinchi qismidagi “fuqarolardan” degan soʻz “jismoniy shaxslardan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. 12-moddada:
4-banddagi “fuqarolar” degan soʻz “jismoniy shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
modda quyidagi mazmundagi 6 va 7-bandlar bilan toʻldirilsin:
“6. Matlubot kooperativlarining tovarlarni togʻliq joylar, olis yerlar va ularga tenglashtirilgan joylarga yetkazib berish bilan bogʻliq qoʻshimcha sarf-xarajatlarini qoplash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qoʻyiladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi matlubot kooperatsiyasi Xalqaro kooperativ alyansida va boshqa xalqaro tashkilotlarda qatnashishi mumkin”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 28-dekabr,
1008-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)