Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“JASORAT” medalinI TAʼSIS ETISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Jasorat” medalini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Jasorat” medali hamda medal bilan mukofotlanganligiga oid tegishli hujjat tayyorlanishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1994-yil 5-may,
1045-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 120-modda)