1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.03.00 Saylovlar. Saylov tizimi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.01.00 Umumiy masalalar. Saylash tartibi. Vakolatlarning tugashi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari umumiy, teng va toʻgʻridan toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qilib yoshi 35 dan kam boʻlmagan va 65 dan ortiq boʻlmagan, ushbu Qonunga muvofiq saylanish huquqiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosigina saylanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 5 yil muddatga saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir fuqaroning oʻzi ketma-ket ikki muddatdan ortiq Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti boʻlishi mumkin emas. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti xalq deputati boʻlishi mumkin emas.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.01 Jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Fuqarolarning saylov huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy ahvoliga, irqiy yoki milliy mansubligiga, jinsi, maʼlumoti, tili, dinga munosabatiga, mashgʻulot turi va xususiyatiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan ruhiy bemor fuqarolar va sudning hukmiga muvofiq ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar yoki jinoyat-protsessual qonunlarida belgilangan tartibda oldini olish chorasi — hibsda saqlash chorasi qoʻllanilgan shaxslar saylovda qatnashmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazish prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini saylash boʻyicha saylovoldi kampaniyasida va ovoz berishda ixtiyoriy ravishda qatnashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha ovoz berish yashirin boʻlib, fuqarolar tomonidan bevosita amalga oshiriladi. Fuqarolarning xohish-iroda bildirishlari ustidan nazorat etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining har bir fuqarosi bitta ovozga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Saylov komissiyalarining saylovni oʻtkazishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazishni qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan siyosiy partiyalarning, jamoat birlashmalarining vakillaridan, mehnat jamoalari hamda oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari oʻqituvchilari hamda xizmatchilarining talabalar bilan birgalikda oʻtkaziladigan yigʻilishlarining vakillaridan, shuningdek turar joylardagi saylovchilar, harbiy qismlardagi harbiy xizmatchilar namoyandalaridan tashkil etiladigan saylov komissiyalari taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik va uni oʻtkazishda oshkoralik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tashkil etish va uni oʻtkazishda qatnashayotgan siyosiy partiyalar, davlat va jamoat idoralari oʻz faoliyatlarini ochiq va oshkora olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarga, kasaba uyushmalariga, boshqa jamoat birlashmalari va ommaviy harakatlarga, mehnat jamoalari va fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga har qanday nomzodni yoqlab yoki unga qarshi tashviqot yurgizish huquqi kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Prezidentlikka nomzodning shani va qadr-qimmatini yerga uradigan, yolgʻonligi aniq boʻlgan maʼlumotlarni yozma yoki ogʻzaki tarzda tarqatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish kuni tashviqot olib borish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sayloviga tayyorgarlik va uni oʻtkazish boʻyicha tegishli idoralarning hamma qarorlari qabul etilgan vaqtdan boshlab yetti kun mobaynida eʼlon qilinishi, radio va televideniye orqali oʻqib eshittirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov komissiyalari aholini oʻz tarkiblari toʻgʻrisida, saylov uchastkalari qayerga joylashgani va qachon ishlashi haqida hamda saylovchilarning roʻyxatidan oʻz vaqtida xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov komissiyalarining majlislarida, saylov uchastkalarida ovoz berish vaqtida, ovozlarni hisoblab chiqish, shuningdek ovoz berish natijalarini aniqlash chogʻida xalq deputatlari, Qonunda belgilangan tartibda roʻyxatga olingan siyosiy partiyalar, kasaba va boshqa xil jamoat birlashmalarining, ommaviy harakatlarning, shuningdek mehnat jamoalarining, turar joylardagi fuqarolar yigʻilishlarining, ommaviy axborot vositalarining vakillari hozir boʻlishga haqlidirlar. Vakillar ularni yoʻllagan tashkilotlar yigʻilishi bayonidan tasdiqlangan koʻchirma yoki ularning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatga ega boʻlishlari lozim. Saylov komissiyalarini aytib oʻtilgan vakillar hozir boʻlishi koʻzda tutilayotgani toʻgʻrisida oldindan xabardor etib qoʻyish talab qilinmaydi. Saylov komissiyalarining faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishning moddiy taʼminoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining, jamoat birlashmalari va ayrim fuqarolarning ana shu maqsad uchun ixtiyoriy ravishda berilgan mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi Markaziy saylov komissiyasi qabul qilib oladi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar oʻrtasida ularning saylov kompaniyasiga teng miqdorda taqsimlash uchun respublika budjetiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda ularning birlashmalari saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun zarur bino va uskunalarni saylov komissiyalari ixtiyoriga bepul berib qoʻyadilar. Saylov komissiyalari ish olib borishi uchun davlat ixtiyorida boʻlmagan korxonalar va tashkilotlarning binolari va uskunalari ijaraga olinganida ijara haqi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlar koʻrsatish hamda ularning saylovoldi tashviqot kompaniyasini oʻtkazish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajnabiy tashkilotlar va xususiy shaxslarning, shuningdek boshqa respublikalar va ular fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar olib borayotgan saylov kompaniyasini pul bilan taʼminlash va boshqa yoʻsinda moddiy madad berishda biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita ishtirok etishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini saylash va Prezidentlikka saylanish huquqini erkin ravishda amalga oshirishiga, saylovoldi tashviqoti olib borishga zoʻrlik, aldov, tahdid etish va boshqa yoʻsinda toʻsqinlik qilgan shaxslar, shuningdek saylov hujjatlarini soxtalashtirgan, ovozlarni atayin notoʻgʻri hisoblagan, ovoz berish yashirinligini buzgan yoki ushbu Qonun boshqa yoʻsinda buzilishiga yoʻl qoʻygan saylov komissiyalarining aʼzolari, davlat va jamoat idoralarining mansabdor shaxslari qonunda belgilab qoʻyilgan yoʻsinda javobgar boʻladilar. Nomzodlarning shani va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan soxta maʼlumotlarni eʼlon qilgan yoki boshqa yoʻsinda tarqatgan, saylov komissiyalari aʼzolariga nisbatan haqoratomuz munosabatga yoʻl qoʻygan shaxslar ham javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi yoki uning Rayosati saylovdan kamida 40 kun oldin tayinlaydi. Saylov oʻtkaziladigan kun toʻgʻrisidagi xabar matbuotda eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tashkil etish va taʼminlashga doir qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Saylov okruglari tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha saylov okruglarini Markaziy saylov komissiyasi viloyatlar, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasi chegaralari doirasida tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov okruglarining chegaralari, saylovchilarning soni hamda okrug saylov komissiyasi qayerda joylashgani koʻrsatilgan saylov okruglari roʻyxatlarini Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tayinlanganidan keyin 10 kundan kechiktirmay eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Saylov uchastkalari tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi chogʻida ovoz berishni oʻtkazish va ovozlarni hisoblab chiqish uchun nohiyalar, shaharlar, shaharlardagi nohiyalar hududi saylov uchastkalariga boʻlinadi. Saylov uchastkalari, shuningdek, harbiy qismlarda ham tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa doimiy ishlaydigan davolash muassasalarida, olis va borish qiyin nohiyalardagi fuqarolar yashab turgan joylarda saylov uchastkalari tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Saylov uchastkalari tashkil etish tartibi va normasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov uchastkalarini xalq deputatlari nohiya, shahar (nohiya boʻysunadigan shaharlardan tashqari), shaharlardagi nohiya Sovetlari yoki ularning rayosatlari har bir uchastkaga, qoida tariqasida, 20 — 3000 saylovchi normasida tashkil etadi. Harbiy qismlarda saylov uchastkalarini xalq deputatlari mahalliy Sovetlari yoki ularning rayosatlari qismlar va qoʻshin birlashmalari komandirlarining taqdimiga koʻra tashkil etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov uchastkalari saylov belgilangandan keyin oʻn beshinchi kundan kechiktirmay tashkil etiladi. Harbiy qismlarda, shuningdek olis va borish qiyin joylarda saylov uchastkalari xuddi shu muddatda tashkil etiladi, istisno tariqasida saylovga kamida besh kun qolganda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli xalq deputatlari Soveti yoki uning rayosati har bir saylov uchastkasiga ovoz berishni tashkil etish uchun bino ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli xalq deputatlari mahalliy Soveti yoki uning rayosati har bir saylov uchastkasining chegarasi toʻgʻrisida uchastka saylov komissiyasi va ovoz berish uchun ajratilgan bino qayerda joylashtirilganligini koʻrsatib saylovchilarni xabardor etishni yoʻlga qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi Markaziy saylov komissiyasini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi Markaziy saylov komissiyasi rais, rais oʻrinbosari, kotib va kamida 16 aʼzodan iborat tartibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati Markaziy saylov komissiyasining raisi va aʼzolarini qonun bilan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan respublika siyosiy partiyalarining, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining rahbarlari fikrini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Sovetlarining yoki ular rayosatlarining takliflarini hisobga olgan holda saylov kuni tayinlanganidan keyin uch kun mobaynida tasdiqlaydi. Markaziy saylov komissiyasi tarkibiga Qoraqalpogʻiston Respublikasidan kamida ikkita hamda viloyatlar va Toshkent shahridan bittadan vakil kiritilmogʻi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy matbuot organlarida oʻzining tarkibi haqidagi maʼlumotlarni, komissiyaning adresi va telefon nomyerlarini tashkil topgan kunning ertasidayoq eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisining oʻrinbosari va kotibi komissiyaning birinchi majlisida saylanadi. Rais, rais oʻrinbosari, kotib va komissiya aʼzolarini ularning oʻzi arizalariga yoki Markaziy saylov komissiyalarining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati boshqa ishlardan ozod etib qoʻyishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibiga yangi vakil ushbu Qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasining vakolat muddati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining galdagi saylov belgilangan kuni tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi yoki uning Rayosati Prezident saylovi oʻtkazishni Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovini oʻtkazuvchi Markaziy saylov komissiyasiga topshirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasining majlislari komissiyaning majlis boʻladigan kundagi mavjud tarkibining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazishni tashkil etar ekan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) respublikaning butun hududida ushbu Qonun ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi va uning bir xilda qoʻllanilishini taʼminlaydi: zarur hollarda ushbu Qonunni sharhlash toʻgʻrisidagi taqdimnoma bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatiga kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) saylov komissiyalari faoliyatini yoʻlga solib turadi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining qarorlari ushbu Qonunga zid boʻlgan taqdirda bu qarorlarni bekor qiladi; saylov komissiyalari tarkibiga oʻzgartishlar kiritish tartibini belgilab beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) saylov okruglari tuzadi; ularga nom va tartib raqami beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasi chegaralaridan tashqarida tashkil etiluvchi saylov uchastkalarini saylov okrugiga biriktirish masalalarini hal etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylov kampaniyasida qatnashuvi uchun teng sharoitlarni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ommaviy axborot vositalarining saylov kampaniyasida qatnashuvi va ulardan ushbu Qonunga muvofiq foydalanish tartibini belgilab beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) pul mablagʻlarini saylov komissiyalari boʻyicha taqsimlaydi; saylov komissiyalarini bino, transport, aloqa bilan taʼminlash ishini nazorat qiladi va saylovning moddiy-texnika taʼminotiga doir boshqa masalalarni qarab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha saylov byulletenlarining va varaqalarining, saylovchilar roʻyxatining, saylovoldi yigʻilishlari hamda saylov komissiyalari majlislari bayonlarining, saylovga oid boshqa hujjatlarning koʻrinishlarini, saylov qutilari va saylov komissiyalari muhrlarining namunalarini, saylov hujjatlarini saqlash tartibini belgilab beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan siyosiy partiyalar, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining, xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining, boshqa davlat va jamoat idoralarining axborotini tinglaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni roʻyxatga oladi, umuman respublika boʻyicha saylov yakunlarini chiqaradi, saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axborotlarni matbuotda eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) saylov komissiyalarining qarorlari va ishi ustidan ariza hamda shikoyatlarni qarab chiqadi va ular yuzasidan uzil-kesil qarorlar chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisidagi qonun jinoiy javobgarlikka tortiladigan tarzda buzilganligi haqidagi materiallarni prokuratura idoralariga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) Ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq oʻzga vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Sovetlari yoki ularning rayosatlari hamda Qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan jamoat birlashmalarining taqdimnomasiga binoan saylov belgilanganidan keyin uzogʻi bilan oʻn beshinchi kuni komissiya raisi, komissiya raisining oʻrinbosari, komissiya kotibi va 6—10 nafar komissiya aʼzosi tarkibida saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylov kampaniyasida qatnashishlari uchun teng shart-sharoitlarni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) saylovga tayyorgarlik va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan saylov okrugi hududida joylashgan siyosiy partiyalar vakillarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining axborotlarini tinglaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) saylovchilarning roʻyxati tuzilishini va ularning hamma tanishishi uchun taqdim etilishini kuzatib turadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) pul mablagʻlarini uchastka saylov komissiyalari boʻyicha taqsimlaydi, saylov komissiyalari binolar, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlanishini nazorat qiladi hamda saylovlarni moddiy-texnika jihatidan taʼminlashga doir boshqa masalalarni qarab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) okrug boʻyicha saylov yakunlarini chiqaradi va maʼlumotlarni Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) uchastka saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza va shikoyatlarni muhokama qilib, ular yuzasidan qaror chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) ushbu Qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Uchastka saylov komissiyalarini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi saylovdan kamida 30 kun oldin 5—19 aʼzodan, shu jumladan komissiya raisi, komissiya raisining oʻrinbosari va komissiya kotibidan iborat tarkibda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda uchastka saylov komissiyasining tarkibi koʻpaytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyalariga vakillar roʻyxatdan oʻtkazilgan siyosiy tashkilotlar va jamoat tashkilotlarning nohiya, shahar idoralari, mehnat jamoalari yoki ularning Kengashlari tomonidan, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilari va xizmatchilari jamoalarining studentlar bilan birgalikdagi yigʻilishlarida, saylovchilarning istiqomat joylaridagi hamda harbiy xizmatchilarning harbiy qismlardagi yigʻilishlarida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyalari xalq deputatlari nohiya, shahar (nohiyaga boʻysunuvchi shaharlardan tashqari), shaharlardagi nohiya Sovetlari yoki ularning rayosatlari tomonidan tasdiqlanadi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Uchastka saylov komissiyasining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) uchastka boʻyicha saylovchilarning roʻyxatini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) saylovchilarni saylovchilar roʻyxati bilan tanishtiradi, roʻyxatdagi noaniqliklar haqidagi arizalarni qabul qiladi va koʻrib chiqadi hamda tegishli oʻzgartishlar kiritish masalasini hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish va ovoz berishda qatnashish imkoniyati boʻlmagan saylovchilardan saylov konvertlarini qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) saylov oʻtkaziladigan kun va ovoz beriladigan joy haqida aholini xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ovoz beriladigan binolar va saylov qutilari tayyorlab qoʻyilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) saylov kuni saylov uchastkasida ovoz berilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) saylov uchastkasida berilgan ovozlarni hisoblab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) saylovga tayyorgarlik koʻrish va ovoz berishni uyushtirish masalalariga doir ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqib, ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) ushbu Qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Saylov komissiyalarining ishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov komissiyasining majlislarida komissiya tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda ular qonuniy hisoblanadi. Komissiyaning qarorlari ochiq ovoz berish orqali hozir boʻlganlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul etiladi. Komissiya qaroriga qoʻshilmagan komissiya aʼzolari oʻzlarining alohida fikrlarini aytishga haqlidirlar, bu fikrlar yozma tarzda majlis bayoniga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov komissiyalarining oʻz vakolatlari doirasida qabul etgan qarorlari barcha davlat va jamoat idoralari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ijro etishi uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov komissiyasining qarori va ishidan norozi boʻlib yuqori saylov komissiyasiga, ushbu Qonunda koʻzda tutilgan hollarda esa sudga ariza berish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov komissiyasining aʼzosi komissiyaning qaroriga muvofiq saylov oʻtkazishga ajratilgan mablagʻ hisobidan oʻrtacha ish haqi saqlab qolingan holda saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug va uchastka saylov komissiyalari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining yakunlari chiqarilganidan soʻng toʻxtatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Saylov komissiyalarining oʻz vakolatlarini amalga oshirishlarida koʻmaklashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va jamoat idoralari, siyosiy partiyalar idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar saylov komissiyalarining oʻz vakolatlarini amalga oshirishlariga koʻmaklashishga, ularning ishi uchun zarur maʼlumot va materiallarni taqdim etishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan davlat va jamoat idoralariga, siyosiy partiyalarning idoralariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat etish huquqiga egadir, ular esa oʻrtaga qoʻyilgan masalani koʻrib chiqib, uch kunlik muddatdan kechiktirmay saylov komissiyasiga javob qaytarishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Fuqarolarni saylovchilar roʻyxatiga kiritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga toʻlgan, roʻyxat tuzilayotgan vaqtda muayyan saylov uchastkasi hududida doimiy istiqomat qilgan Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari saylovchilar roʻyxatiga kiritiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchi boshqa saylov uchastkalarida saylovchilar roʻyxatiga kiritilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Saylovchilarning roʻyxati va uni tuzish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilar roʻyxatini har bir saylov uchastkasida uchastka saylov komissiyasi tuzadi hamda uning raisi va kotibi imzolaydi. Uchastka saylov komissiyasi jamoatchilik vakillarini roʻyxat tuzish ishida qatnashishga jalb etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Sovetlari saylovchilar hisobga olinishini taʼminlaydilar va uchastka saylov komissiyalariga tegishli hududda yashaydigan saylovchilar toʻgʻrisida saylovchilarning roʻyxatini tuzish uchun zarur maʼlumotlarni beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy qismlardagi harbiy xizmatchi-saylovchilarning, shuningdek harbiy xizmatchilarning harbiy qismlar joylashgan nohiyalarda yashovchi oila aʼzolari va boshqa saylovchilarning roʻyxati harbiy qismlarning komandirlari taqdim etadigan maʼlumotlar asosida tuziladi. Harbiy qismlardan tashqarida yashovchi harbiy xizmatchilar istiqomat joyidagi saylovchilarning roʻyxatiga umumiy asoslarda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatoriy va dam olish uylarida, kasalxonalarda va boshqa doimiy ishlaydigan davolash muassasalarida tuzilgan saylov uchastkalari boʻyicha saylovchilarning roʻyxati mazkur muassasalarning rahbarlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilar roʻyxatida saylovchilarning familiyalari ovoz berishni uyushtirish uchun qulay tartibda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Fuqarolarni saylovchilar roʻyxatlari bilan tanishtirish va saylovchilar roʻyxatidagi noaniqliklar xususida shikoyat qilish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilarning roʻyxatlari saylovdan oʻn besh kun oldin, sanatoriy va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa doimiy ishlaydigan davolash muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan joylarda tuzilgan saylov uchastkalarida esa saylovdan ikki kun oldin hammaning tanishib chiqishi uchun taqdim etiladi. Uchastka saylov komissiyasi roʻyxat bilan qayerda va qachon tanishish mumkinligi haqida saylovchilarga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarga uchastka saylov komissiyasining binosida saylovchilar roʻyxati bilan tanishish va uning toʻgʻri tuzilganligini tekshirish imkoni taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir fuqaroga roʻyxatga kiritilmaganlik, notoʻgʻri kiritilganlik yoki roʻyxatdan chiqarilganlik yuzasidan, shuningdek roʻyxatda saylovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatishda noaniqlikka yoʻl qoʻyilganlik xususida shikoyat qilish huquqi beriladi. Bu masalaga doir ariza uchastka saylov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi, arizani uchastka saylov komissiyasi kechi bilan ikki kunlik muddat ichida, saylov arafasida va saylov kuni esa darhol koʻrib chiqib, roʻyxatga zarur tuzatishlar kiritishi yoki arizachiga uning talabi inobatga olinmaganligi toʻgʻrisidagi dalil-isbotli qarorning bir nusxasini berishi shart. Komissiya qarori ustidan nohiya (shahar) xalq sudiga saylovdan kechi bilan uch kun oldin shikoyat qilinishi mumkin, nohiya (shahar) xalq sudi shikoyatni ikki kunlik muddat ichida koʻrib chiqishga majbur. Nohiya (shahar) xalq sudining qarori qatʼiydir. Uchastka saylov komissiyasi sudning qaroriga muvofiq saylovchilarning roʻyxatiga darhol tuzatish kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZODLAR KOʻRSATISh, ULARNI ROʻYXATGA OLISh VA SAYLOV BYuLLETENLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentligiga nomzodlar belgilangan tartibda roʻyxatga olingan respublika siyosiy partiyalari, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan oʻz ustavlari (nizomlari) hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ularning syezdlarida, konferensiyalarida yoxud ularning respublika miqyosidagi rahbar idoralari plenumlarida, kengashlarida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mehnat jamoalari, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlarining jamoalari, fuqarolarning turar joylardagi va harbiy xizmatchilarning harbiy qismlardagi majlislari, basharti, Oʻzbekiston Respublikasining saylov huquqidan foydalanuvchi kamida 60 ming fuqarosi koʻrsatilayotgan nomzodni qoʻllab-quvvatlagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenligiga bevosita nomzod koʻrsatishlari mumkin. Koʻrsatilayotgan nomzodni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha fuqarolarning imzosini toʻplash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi Markaziy saylov komissiyasining fuqarolar imzolarini toʻplash tartibiga doir qarori koʻpi bilan Prezident saylovi tayinlanganining uchinchi kuni qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir siyosiy partiya, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, mehnat jamoasi, shuningdek fuqarolarning turar joylaridagi yoki harbiy xizmatchilarning harbiy qismlardagi majlislari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga faqatgina bitta nomzod koʻrsatish ushbu qoida buzilgan holda oʻtkazilsa, haqiqiy emas deb topilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish saylovga 25 kun qolgunga qadar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligi lavozimiga nomzod koʻrsatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan soʻng uch kundan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasiga joʻnatiladi. Qabul qilingan qaror xususida nomzodga ikki kunlik muddatdan kechiktirmay xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni va ularning ishonchli vakillarini roʻyxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatilgan nomzodlar va ularning ishonchli vakillarini roʻyxatga olish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan nomzod koʻrsatilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar va nomzodning saylanish uchun oʻz nomzodi qoʻyilishiga yozma roziligi kelib tushgan kundan boshlab uch kun ichida amalga oshiriladi, biroq roʻyxatga olish saylovga 22 kun qolgunga qadar amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qaror:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. siyosiy partiya, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi majlisining (syezdi, konferensiyasi, plenumi, kengashining), mehnat jamoasi majlisining, harbiy qismlar harbiy xizmatchilari majlisining ushbu Qonun talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan yozma bayonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. ushbu Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni qoʻllab-quvvatlagan fuqarolarning imzolarini toʻplash natijalari toʻgʻrisidagi xalq deputatlari tegishli mahalliy Sovetlari rahbarlari tomonidan tasdiqlangan protokollar (Markaziy saylov komissiyasi tanlab tekshirib koʻrish natijasiga asoslanib bu protokollarni tasdiqlaydi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenligiga nomzodning tarjimai holiga doir maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning oʻz nomzodi ovozga qoʻyilishiga rozilik berganligi toʻgʻrisidagi arizasidan iborat hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirdagina qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod, shuningdek nomzodlarning ishonchli vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi saylov komissiyalarining birortasiga ham aʼzo boʻlishlari mumkin emas. Basharti, saylov komissiyalaridan birining aʼzosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod qilib yoxud nomzodning ishonchli vakili etib koʻrsatilgan boʻlsa, u nomzod yoki ishonchli vakil sifatida roʻyxatga olingan vaqtdan boshlab komissiya aʼzosi vazifasidan ozod qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi roʻyxatga olinganidan keyin ikki kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga tegishli guvohnomalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni roʻyxatga olishni rad etsa, ana shu nomzodni koʻrsatgan siyosiy partiyalar, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va jamoalar rad etish ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudiga shikoyat qilishlari mumkin, Oliy Sud shikoyatni bir haftalik muddat ichida qarab chiqadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining qarori qatʼiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Nomzod koʻrsatish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish. Nomzodning oʻz nomzodini qaytarib olishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzod koʻrsatgan siyosiy partiyalar, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va mehnat jamoalari nomzod koʻrsatish toʻgʻrisidagi oʻz qarorlarini saylovga qadar istalgan vaqtda bekor qilish huquqiga egalar. Bu masalaga doir qaror nomzod koʻrsatish uchun moʻljallangan tartibda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzod saylovga qadar istalgan vaqtda Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qilish orqali oʻz nomzodini qaytarib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Saylov byulleteni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha saylov byulletenining shakli va matnini Markaziy saylov komissiyasi tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov byulleteniga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar alfavit tartibida familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashgʻulot turi) va ish joyi koʻrsatilgan holda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov byulleteni davlat tilida va millatlararo muomala tilida Markaziy saylov komissiyasi belgilagan tartibda hamda uning nazorati ostida nashr etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZODLAR VA ULARNING IShONChLI VAKILLARI FAOLIYATINING KAFOLATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar faoliyatining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar roʻyxatga olingan vaqtdan boshlab teng asoslarga saylovoldi kampaniyasida qatnashadilar, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi ommaviy axborot vositalari, shu jumladan radio va televideniye imkoniyatlaridan foydalanishda teng huquqlarga ega boʻladilar. Shu bilan birga ushbu huquqdan davlat va ijtimoiy tuzumning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qoʻyilgan asoslariga qarshi, urushni targʻib etish, milliy adovatga va fuqarolarning Konstitutsiyada mustahkamlab qoʻyilgan huquqlarini kamsitishga daʼvat etish uchun foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib roʻyxatga olinganlarning hammasiga saylov kompaniyasida moddiy-texnika va moliyaviy taʼminot yuzasidan imkoniyatlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod sifatida roʻyxatga olinganlar saylovoldi kompaniyasini oʻtkazish vaqtida saylov oʻtkazish uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan ish joyidagi oʻrtacha ish haqi saqlangan holda oʻz ishlab chiqarish yoxud xizmat vazifalarini bajarishdan ozod boʻlish huquqiga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasining hududi doirasida shahar passajir transportining (taksi bundan mustasno) barcha turlarida va shaharlararo transportda bepul yurish huquqiga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi, ushlanishi yoki sud tartibida maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezidentlikka nomzodni majburiy suratda keltirish, ushlab turish, shuningdek shaxsiy buyumlarini, yukini, transportini, turar joy va xizmat binolarini koʻzdan kechirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakillari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod 15 nafarga qadar ishonchli vakillarga ega boʻlishga haqlidir. Ishonchli vakillar nomzodga saylov kampaniyasini oʻtkazishda yordam beradilar, uni Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylash uchun targʻibot olib boradilar. Davlat va jamoat tashkilotlari saylov komissiyalari bilan boʻladigan munosabatlarda nomzodning manfaatini himoya qiladilar. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning taqdimnomasiga koʻra ishonchli vakillarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi Markaziy saylov komissiyasi roʻyxatga oladi. Markaziy saylov komissiyasi ularga tegishli guvohnomalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakillari Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatligiga nomzodlarning ishonchli vakillari uchun respublika qonunlarida belgilangan huquqlardan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. OVOZ BERISh VA SAYLOV YAKUNLARINI ChIQARISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Ovoz berish vaqti va joyi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish saylov kuni mahalliy vaqt bilan soat 7 dan soat 20 gacha oʻtkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi toʻgʻrisida uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni saylovdan kamida besh kun oldin xabardor qiladi. Harbiy qismlarda, olis va borish qiyin boʻlgan nohiyalardagi fuqarolar turar joylarida, shuningdek sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar hamda boshqa doimiy ishlaydigan davolash muassasalarida tuzilgan saylov uchastkalarida uchastka saylov komissiyasi, basharti roʻyxatga kiritilgan barcha saylovchilar ovoz berib boʻlgan boʻlsa, istalgan vaqtda ovoz berish tugaganligini eʼlon qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish maxsus ajratilgan binolarda oʻtkaziladi, ularda yashirin ovoz berish uchun yetarli miqdorda kabinalar yoki xonalar jihozlanishi, saylov byulletenlari berish uchun joylar ajratilishi hamda saylov qutilari oʻrnatilishi kerak. Saylov qutilari ovoz beruvchilar ular yoniga albatta yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari orqali oʻtib keladigan qilib joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berishni tashkil etish, saylovchilar oʻz xohish-istaklarini yashirin bildirishlarini taʼminlash, binolarni jihozlash va ularda zarur tartibni saqlab turish uchun uchastka saylov komissiyasi javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov kuni ovoz berish boshlanishidan oldin uchastka saylov komissiyasining raisi komissiyaning barcha aʼzolari ishtirokida saylov qutilarini tekshiradi, plombalaydi yoki muhrlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir saylovchi shaxsan ovoz beradi, boshqa kishilar uchun ovoz berishga yoʻl qoʻyilmaydi. Saylov byulletenlarini tegishli saylov komissiyasi saylov uchastkasi saylovchilarining roʻyxati asosida pasport yoki boshqa guvohnoma koʻrsatilgach beradi. Har bir saylovchi saylov byulleteni olgani haqida saylovchilar roʻyxatidagi oʻz familiyasi roʻparasiga imzo chekadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov kuni istiqomat joyida boʻlish imkoniga ega boʻlmagan saylovchi oʻz istiqomat joyidagi uchastka saylov komissiyasidan saylov varaqalarini talab qilib olishi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar xususida qarorga kelishi hamda toʻldirilgan saylov varaqalarini konvertga yashirgan holda uchastka komissiyasiga qoldirishi mumkin. Saylovchi saylov varaqasini olganligi haqida saylovchilar roʻyxatiga imzo chekadi. Saylov varaqasining nusxasini Markaziy saylov komissiyasi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim saylovchilar sogʻligʻi yomonligi tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra ovoz berish uchun ajratilgan binoga kela olmagan hollarda uchastka komissiyasi ularning iltimosiga koʻra komissiyaning kamida ikki aʼzosiga saylovchilar turgan joyda ovoz berishni tashkil etishni topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biron-bir sabab bilan saylovchilar roʻyxatiga kiritilmay qolgan saylovchilar shaxsini va yashash joyini tasdiqlaydigan hujjat asosida saylovchilar roʻyxati ilovasiga kiritiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Ovoz berishni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov byulletenlari ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish uchun ajratilgan kabina yoki xonada toʻldiriladi. Byulletenlarni toʻldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa biron-bir kishining boʻlishi taqiqlanadi. Byulletenni mustaqil toʻldirish imkoniga ega boʻlmagan saylovchi kabina yoki xonaga oʻz xohishi boʻyicha saylov komissiyasining aʼzolaridan boshqa biron kishini taklif qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Saylov uchastkasida ovozlarni hisoblab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov uchastkasida ovozlarni uchastka saylov komissiyasi har bir nomzod boʻyicha alohida-alohida hisoblab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish tugaganidan soʻng saylov qutilarini ochishdan oldin saylov varaqalari solib yopilgan konvertlar uchastka komissiyasi barcha aʼzolarining hozirligida qutilarga tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov qutilari uchastka saylov komissiyasi tomonidan komissiya raisi ovoz berish tugaganligini eʼlon qilganidan keyin komissiyaning barcha aʼzolari ishtirokida ochiladi. Ovoz berish tugashidan oldin saylov qutilarini ochish taqiqlanadi. Saylov qutilarini ochishdan oldin foydalanilmagan barcha saylov byulletenlarini uchastka saylov komissiyasi hisoblab chiqadi va bekor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning asosiy roʻyxati va unga ilova boʻyicha uchastkadagi saylovchilarning umumiy sonini, shuningdek byulleten olgan saylovchilarning sonini aniqlaydi. Saylov qutilarida boʻlgan byulletenlar va saylov varaqalari asosida komissiya ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning umumiy sonini; har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini va qarshi berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar va saylov varaqalari sonini aniqlaydi. Saylovchilar byulletenlarga va varaqalarga qoʻshimcha yozib qoʻygan fuqarolarning familiyalari boʻyicha ovozlar hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilanmagan nusxadagi saylov byulletenlari va varaqalari, shuningdek ovoz berish vaqtida bittadan ortiq nomzodning familiyasi qoldirilgan byulletenlar, varaqalar haqiqiy emas deb topiladi. Saylov byulletenining, varaqasining haqiqiyligiga shubha tugʻilgan taqdirda masalani uchastka saylov komissiyasi ovoz berish yoʻli bilan hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozlarni sanab chiqish natijalari uchastka saylov komissiyasi majlisida koʻrib chiqiladi va majlis bayoniga yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlis bayoni komissiya raisi, komissiya raisining oʻrinbosari, komissiya kotibi va aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda Markaziy saylov komissiyasi belgilab qoʻygan tartibda tegishli okrug saylov komissiyasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Saylov okrugi boʻyicha saylov natijalarini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyalari majlisining bayonlari asosida okrugdagi saylovchilarning umumiy sonini; saylov byulletenlari hamda varaqalari olgan saylovchilar sonini; ovoz berishda qatnashgan saylovchilar sonini; har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini va qarshi berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar va varaqalar sonini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug boʻyicha saylov natijalari okrug saylov komissiyasi majlisida aniqlanadi va majlis bayoniga kiritib qoʻyiladi. Majlis bayoni komissiya raisi, komissiya raisining oʻrinbosari, komissiya kotibi va aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda belgilangan tartibda Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining natijalarini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi Markaziy saylov komissiyasi oʻziga kelib tushgan okrug saylov komissiyalari majlisining bayonlari asosida respublikadagi saylovchilarning umumiy sonini; saylov byulletenlari hamda varaqalari olgan saylovchilar sonini; ovoz berishda qatnashgan saylovchilar sonini; har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini va qarshi berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar va varaqalar sonini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovda ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning yarmidan koʻpining ovozini olgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod saylangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan saylovchilarning yarmi ham qatnashmagan boʻlsa, saylov haqiqiy emas deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov vaqtida yoxud ovozlarni hisoblash chogʻida yoʻl qoʻyilgan ovoz berish yakunlariga taʼsir etgan qoidabuzarliklar sababli saylov umuman yoki ayrim okruglar yoxud ayrim saylov uchastkalari boʻyicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Saylovni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi. Bu qaror ustidan bir oy mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudiga shikoyat qilinishi mumkin. Saylovni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov ayrim okruglar yoki uchastkalar boʻyicha haqiqiy emas deb topilgan hollarda Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan ana shu okruglar, uchastkalar boʻyicha ovoz berish natijalari, agar ularsiz saylov umuman boʻlib oʻtgan deb topilishi mumkin boʻlgan taqdirda, saylovning umumiy natijalaridan chiqarib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari toʻgʻrisidagi axborot saylovdan keyin koʻpi bilan oʻn kun muddat ichida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan matbuotda eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Takroriy ovoz berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylash uchun ikkitadan ortiq nomzod qoʻyilgan boʻlsa va nomzodlardan hech biri talab qilingan miqdordagi ovozni olmagan boʻlsa, saylovchilarning ovozini eng koʻp olgan ikki nomzod ishtirokida takroriy ovoz berish oʻtkaziladi. Markaziy saylov komissiyasi saylov oʻtkazilgan kundan boshlab bir oy ichida, lekin kamida oʻn besh kun keyin takroriy ovoz berish kunini belgilaydi. Takroriy ovoz berishni oʻtkazish haqidagi xabar matbuotda bosib chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroriy ovoz berish chogʻida ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan koʻp olgan nomzod, takroriy ovoz berishda roʻyxatga kiritilgan saylovchilarning yarmidan koʻpi qatnashgan, bu nomzodni yoqlab berilgan ovozlar unga qarshi berilgan ovozlardan ortiq boʻlgan taqdirdagina saylangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Takroriy saylov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oʻtkazilmagan yoki haqiqiy emas deb topilsa yoxud agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylash uchun ikkitadan koʻp nomzod qoʻyilmagan boʻlsa va ulardan hech biri saylovchilarning ovozini zarur miqdorda olmagan boʻlsa, Markaziy saylov komissiyasi takroriy saylov tayinlaydi. Bunda komissiya saylovni yangi tarkibdagi okrug va uchastka saylov komissiyalari oʻtkazishi zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylov oʻtkazilgan saylov uchastkalarida va saylovchilarning avval tuzilgan roʻyxatlari boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyalar tuzish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish va ularni roʻyxatga olish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini takror oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa chora-tadbirlar ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroriy saylov asosiy saylov oʻtkazilganidan keyin 40 kun ichida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning Prezidentlik lavozimiga kirishishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovda gʻalaba qilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini eʼlon qilgan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishgan hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimiga kirishish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi oldida qasamyod qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 18-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
414-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 34-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda; 1999-y., 9-son, 206-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2008-y., 52-son, 510-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 12/1-son, 344-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 52-son, 645-modda)