15.02.1991 yildagi 223-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.03.1991 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON respublikasiDA JAMOAT BIRLASHMALARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari toʻgʻrisidagi Umumiy deklaratsiyaga, SSSR Konstitutsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib, ushbu Qonunda fuqarolarning jamoat birlashmalarini tuzish erkinligi ularning ajralmas huquqi sifatida mustahkamlab qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Jamoat birlashmasi tushunchasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda roʻyobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, veteranlar va nogironlar tashkilotlari, ilmiy-texnikaviy, madaniy-maʼrifiy, fizkultura-sport va boshqa koʻngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar uyushmalari, fondlar, assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari deb eʼtirof etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun tijorat maqsadlarini koʻzlaydigan yoki boshqa korxonalar va tashkilotlar foyda (daromad) orttirishiga koʻmaklashadigan kooperativ tashkilotlarga hamda boshqa tashkilotlarga, diniy tashkilotlarga, hududiy jamoat oʻzini oʻzi boshqarish idoralariga (mikrorayonlar kengashlari va qoʻmitalariga, mahalla, uy, koʻcha, kvartal, posyolka, qishloq qoʻmitalari va boshqa tashkilotlarga) tashabbuskor jamoat idoralari (xalq drujinalari, oʻrtoqlik sudlari va boshqalarga) nisbatan amal qilmaydi, ularning tuzilishi va faoliyati tartibi boshqa qonunlarda belgilab beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining jamoat birlashmalari toʻgʻrisidagi qonunlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining jamoat birlashmalari toʻgʻrisidagi qonunlari jamoat birlashmalarining huquqiy holati asoslarini belgilab beradigan ushbu Qonundan, Qoraqalpogʻiston Respublikasining jamoat birlashmalari toʻgʻrisidagi Qonunidan, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iborat boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Jamoat birlashmalarini tuzishdan koʻzda tutilgan maqsad
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalari fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy, huquqlar hamda erkinliklarni roʻyobga chiqarish va himoya qilish; fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ularning ishtirok etishini rivojlantirish; kasb-kor va havaskorlik qiziqishlarini qondirish; ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorlikni rivojlantirish; aholining sihat-salomatligini saqlash, xayriya faoliyatida qatnashish; madaniy-maʼrifiy, fizkultura-sogʻlomlashtirish va sport ishlarini oʻtkazish; tabiatni, tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish; vatanparvarlik va insonparvarlik tarbiyasi; respublikalararo va xalqaro aloqalarni kengaytirish, xalqlar oʻrtasida tinchlik va doʻstlikni mustahkamlash; qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish maqsadida tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyati jamiyatning axloqiy negizlarini, umumbashariy insonparvarlik qadriyatlarini buzishga qaratilgan, shuningdek konstitutsion tuzumni gʻayriqonuniy yoʻl bilan oʻzgartirish yoki SSSR, Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududining birligini buzish, urushni, zoʻravonlikni va shafqatsizlikni, jamiyatni parchalashga olib boradigan ijtimoiy, shu jumladan sinfiy, shuningdek irqiy, milliy va diniy adovatni avj oldirish, qonun bilan taqiqlangan boshqa xatti-harakatlar qilish maqsadini koʻzlaydigan jamoat birlashmalarining tuzilishiga yoʻl qoʻymaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiylashtirilgan jamoat birlashmalari va qurolli tuzilmalar, shuningdek diniy xarakterga ega partiyalar, ularning filiallari va boshqa struktura boʻlaklari tashkil etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalari va ularning idoralari tomonidan qonuniy va demokratik yoʻl bilan shakllantirilgan hokimiyat va boshqaruv idoralari hamda hokimiyat vakolatlariga ega boʻlganlarga nisbatan gʻayridemokratik tarzda kuch ishlatib tazyiq oʻtkazish taqiqlanadi. Qonuniy ravishda amal qilib turgan hokimiyat va boshqaruv idoralari hamda mansabdor shaxslarga demokratik usulda hal etish bahonasi bilan tazyiq oʻtkazishga boʻlgan har qanday urinishga Qonun bilan barham beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining salomatligi va axloqiga, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga tajovuz qiladigan jamoat birlashmalarini tuzish va ularning faoliyati qonunga muvofiq taʼqib qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Jamoat birlashmalari tuzilishi va faoliyatining qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalari oʻz aʼzolari (qatnashchilari)ning ixtiyoriyligi, teng huquqliligi, oʻzini oʻzi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va harakat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha jamoat birlashmalari oʻz ustavlarida, boshqa hujjatlarida koʻzda tutilgan vazifalarni bajarishda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari doirasida ish koʻradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning jamoat birlashmasi faoliyatida qatnashishi yoki qatnashmasligi uning huquqlari va erkinliklarini cheklash yoki unga imtiyozlar berish uchun, shu jumladan davlat tashkilotida lavozimni egallash sharti yoki Qonunda koʻzda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik uchun asos boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar, shuningdek mehnatkashlarning ijtimoiy taʼminoti va ijtimoiy sugʻurta qildirish toʻgʻrisidagi qonunlar jamoat birlashmalari apparati xodimlariga nisbatan joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Davlat va jamoat birlashmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat jamoat birlashmalari huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydi hamda Konstitutsiyaga muvofiq ular oʻz ustavlaridagi vazifalarni bajarishlari uchun shart-sharoit yaratilishiga kafolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat yoshlar va bolalar tashkilotlariga moddiy va maʼnaviy madad beradi, ularga nisbatan imtiyozli soliq siyosati oʻtkazilishini taʼminlaydi, bolalar tashkilotlariga, maktab, maktabdan tashqari muassasalar binolaridan, klublardan, madaniyat saroylari va uylaridan, sport inshootlari va boshqa inshootlardan bepul yoki imtiyozli shartlar bilan foydalanish huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda koʻzda tutilgan hollardan tashqari davlat idoralari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat idoralari va mansabdor shaxslarning faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar tashkilotlari, boshqa jamoat birlashmalari faoliyati ular aʼzolarining (qatnashchilarning) asosan ishdan boʻsh vaqtida va mazkur birlashmalar mablagʻi hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar va siyosiy maqsadni koʻzlovchi ommaviy jamoat harakatlari faoliyatining davlat tomonidan moliyaviy taʼminlanishi taqiqlanadi, xalq deputatlari saylovi toʻgʻrisidagi qonunlarga muvofiq saylov kompaniyalarini, xalq ovoz berishini pul bilan taʼminlash hollari bundan mustasnodir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalari manfaatlariga daxldor masalalar qonunlarda koʻzda tutilgan hollarda tegishli jamoat birlashmalari ishtirokida yoki ular bilan kelishilgan holda davlat idoralari va xoʻjalik tashkilotlari tomonidan hal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Respublika jamoat birlashmalari va boshqa jamoat birlashmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyati butun jumhuriyat hududida amalga oshiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasida oʻz tashkilotlari boʻlgan jamoat birlashmalari umumittifoq va jumhuriyatlararo jamoat birlashmalarining jumhuriyat boʻgʻinlariga kiradi. Basharti, faoliyat ushbu Qonunning 3-moddasiga zid boʻlsa, jumhuriyat tashqarisida tashkil etilgan jamoat birlashmalarining filiallari va boshqa struktura boʻlinmalarining faoliyatiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyati butun jumhuriyat hududida amalga oshiriladigan jamoat birlashmalari jumhuriyat jamoat birlashmalariga kiradi. Bunda jumhuriyat siyosiy-partiyasi yoki kasaba uyushmasining kamida uch ming aʼzosi boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat, nohiya, shahar, posyolka va qishloq jamoat birlashmalari mahalliy jamoat birlashmalariga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyati butun viloyat hududida, Toshkent shahrida esa butun shahar hududida amalga oshiriladigan jamoat birlashmalari viloyat, Toshkent shahar jamoat birlashmalariga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyati butun nohiya (shahar) hududida amalga oshiriladigan jamoat birlashmalari nohiya (shahar) jamoat birlashmalariga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyati posyolka, qishloq hududida amalga oshiriladigan jamoat birlashmalari posyolka, qishloq jamoat birlashmalariga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat paydo boʻlgan hollarda viloyatlararo va nohiyalararo jamoat tashkilotlari tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Jamoat birlashmalarining ittifoqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalari ixtiyoriylik asosida jamoat birlashmalarining ittifoqlariga uyushishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalarining ittifoqlari ushbu Qonunda jamoat birlashmalari uchun belgilab qoʻyilgan tartibda tuziladi, amal qiladi va oʻz faoliyatini toʻxtatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOB. JAMOAT BIRLASHMALARINING TUZILISHI VA ULAR FAOLIYATINING TOʻXTATILISHI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Jamoat birlashmalarini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmasi kamida oʻn nafar fuqaroning tashabbusi bilan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmasini tuzish tashabbuskorlari taʼsis syezdini (konferensiyasini) yoki umumiy yigʻilishini chaqiradilar, unda ustav (nizom, oʻzga asosiy hujjat) qabul qilinadi va rahbar idoralar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Jamoat birlashmasiga aʼzolik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari jamoat birlashmasi aʼzolari (qatnashchilari) boʻladilar. Siyosiy partiyalardan tashqari jamoat birlashmalarining ustavida boshqa jumhuriyatlar fuqarolarining, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning birlashmaga aʼzo boʻlishlari koʻzda tutilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining oʻn sakkiz yoshga toʻlgan fuqarolari jumhuriyat siyosiy partiyalarining aʼzolari boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir siyosiy partiyaning aʼzosi ayni vaqtda boshqa siyosiy partiyaning aʼzosi boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalaridan tashqari jamoat birlashmalarining faoliyatida ularning ustavlarida koʻzda tutilgan hollarda jamoa aʼzolari: korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mehnat jamoatlari, fuqarolarning birlashmalari ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Jamoat birlashmasining ustavi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmasining ustavida quyidagilar koʻzda tutilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jamoat birlashmasining nomi, maqsadi va vazifasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) jamoat birlashmasining ichki tuzilishi, uning oʻz faoliyatini amalga oshiradigan hudud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) jamoat birlashmasi aʼzoligiga qabul qilish shartlari va tartibi, agar birlashma roʻyxatda qayd etiladigan aʼzolarga ega boʻlsa, bunday hollarda undan chiqish shartlari va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) jamoat birlashmasi aʼzolari (qatnashchilari)ning huquqlari va burchlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) jamoat birlashmasi hamda uning tashkilotlari rahbar idoralarining vakolatlari va ularni tuzish tartibi, ularning vakolat muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) jamoat birlashmasi hamda uning tashkilotlarining mablagʻlari va boshqa mol-mulki manbalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) jamoat birlashmasining rahbar idorasi qayerda joylashganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) jamoat birlashmasi ustaviga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) jamoat birlashmasi faoliyatini toʻxtatish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustavda jamoat birlashmasi faoliyatiga taalluqli boshqa qoidalar ham koʻzda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmasining ustavi amaldagi qonunlarga zid boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi umumittifoq jamoat tashkilotlari, xalqaro jumhuriyatlararo jamoat tashkilotlari jumhuriyat boʻgʻinlarining, shuningdek jumhuriyat, viloyatlararo jamoat birlashmalarining ustavlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida jamoat birlashmasining ustavini roʻyxatga olish tartibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat, nohiya, shahar, posyolka, qishloq hududida yoki ikki va undan ortiq nohiya, shahar, posyolka, qishloq hududida faoliyatini amalga oshiradigan jamoat birlashmalarining ustavlari xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Sovetlari ijroiya qoʻmitalarining adliya boshqarmalari tomonidan roʻyxatga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmasi ustavini roʻyxatga olish uchun ustav qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida mazkur jamoat birlashmasi rahbar idorasi aʼzolari tomonidan imzolangan va shu aʼzolar har birining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, istiqomat joyi koʻrsatilgan ariza topshiriladi. Arizaga ustav, ustavni qabul qilgan taʼsis syezdi (konferensiyasi) yoki umumiy yigʻilish protokoli, ushbu Qonunning 6 va 8-moddalari talablari bajarilganligini tasdiqlovchi boshqa materiallar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustavni roʻyxatga olish haqidagi ariza u topshirilgan kundan boshlab ikki oy muddatda koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalari ustavlariga kiritilgan oʻzgarishlar, qoʻshimchalar ham ustavlarni roʻyxatga olish tartibi va muddatlariga muvofiq roʻyxatga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga oluvchi idoralar ana shu birlashmalar roʻyxatini tuzib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmasi yoki uning tashkilotlari (idoralari) ularning ustavlari roʻyxatga olingan kundan boshlab ushbu Qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda oʻz faoliyatlarini amalga oshiradilar va grajdanlik qonunlariga muvofiq huquqiy shaxs deb tan olinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumittifoq, xalqaro, jumhuriyatlararo (mintaqalararo) jamoat birlashmalarining (shu jumladan ommaviy harakatlarning) va ularning boshqa tarmoq boʻlinmalarining filiallari, shuningdek jumhuriyat va mahalliy jamoat birlashmalari (shu jumladan ommaviy harakatlari) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va uning joylardagi idoralarida oʻz ustavlarini roʻyxatdan oʻtkazmagan boʻlsalar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmasi ustavini, keyin unga kiritilgan oʻzgarishlar va qoʻshimchalarni roʻyxatga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Kabineti, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatga olish haqi undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Jamoat birlashmasi ustavini roʻyxatga olishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jamoat birlashmasining ustavi ushbu Qonunning 3, 4 yoki 10-moddalari qoidalariga zid boʻlsa, yoxud ilgari xuddi shu nomdagi jamoat birlashmasi roʻyxatga olingan boʻlsa, jamoat birlashmasi ustavini roʻyxatga olishni rad etish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustavni roʻyxatga olish rad etilgan taqdirda bu haqda taqdim etilgan ustav qaysi qonunning qoidalariga zid ekanligi koʻrsatilib, ariza beruvchiga yozma ravishda xabar qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmasining ustavini roʻyxatdan oʻtkazishning rad etilishi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin va bu ish Oʻzbekiston Respublikasi grajdanlik protsessual qonunida koʻzda tutilgan tartibda qarab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumittifoq jamoat birlashmasi jumhuriyat boʻgʻinining, jumhuriyatlararo, jumhuriyat va viloyatlararo jamoat birlashmalarining ustavini roʻyxatdan oʻtkazishning rad etilishi ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga, mahalliy jamoat birlashmalari ustavini roʻyxatdan oʻtkazishning rad etilishi ustidan esa — tegishli viloyat, Toshkent shahar sudiga shikoyat qilish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Jamoat birlashmalarining ramzlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalari ramz sifatida oʻz timsoliga, bayrogʻiga va vimpeliga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalarining timsollari ustavga muvofiq, ularning rahbar idoralari tomonidan tasdiqlanadi. Jamoat birlashmalarining timsollari va vimpellari ushbu Qonunning 3-moddasi ikkinchi qismida koʻrsatilgan maqsadlarni targʻib etishga xizmat qilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayroqlar va vimpellar belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Jamoat birlashmalari faoliyatining toʻxtatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalarining faoliyati ularni qayta tashkil etish (qoʻshilish, birlashish, ajralish) yoki tugatish yoʻli bilan toʻxtatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalari ularning syezdlari (konferensiyalari) yoki umumiy yigʻilishlari qarori bilan qaytadan tashkil etiladi. Jamoat birlashmalarini qayta tashkil etgandan soʻng yangidan tuzilgan jamoat birlashmasining ustavi ushbu Qonunning 11-moddasida koʻzda tutilgan tartibda roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmasi syezd (konferensiya) yoki umumiy yigʻilish qaroriga muvofiq, yoxud ushbu Qonunning 22-moddasida koʻzda tutilgan asoslarga muvofiq va tartibda tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Syezd (konferensiya) yoki umumiy yigʻilish qaroriga muvofiq tugatilgan jamoat birlashmasining mol-mulki uning ustavida koʻzda tutilgan maqsad yoʻlida sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BOB. JAMOAT BIRLASHMALARINING HUQUQLARI VA ULAR FAOLIYATINING SHART-SHAROITLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Jamoat birlashmalarining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalari qonun oldida tengdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalarining huquqlari ularning ustavlarida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalari ustavlarda, dasturiy, boshqa hujjatlarda belgilangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun oʻz maqsadlari va faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni erkin tarqatadi, qonunda koʻzda tutilgan xollarda va tartibda esa:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarini tuzishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun qabul qilishda tashabbuskor boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining qarorlarini tayyorlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va jamoat idoralarida oʻz aʼzolari (qatnashchilari) nomidan ish yuritadi va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunda hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa Qonun hujjatlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasining ham oʻzga qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Siyosiy partiyalar, ommaviy jamoat harakatlari, kasaba uyushmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Partiyalar oʻz aʼzolarining siyosiy irodasini ifodalab, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarini tuzimida ishtirok etishni, shuningdek xalq deputatlari Sovetlariga saylangan oʻz vakillari orqali hokimiyat idoralari faoliyatida qatnashishni asosiy vazifa qilib qoʻyadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Partiyalarning dasturiy hujjatlari boʻladi, ular ommaning eʼtibori uchun matbuotda eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Partiyalar xalq deputatligiga nomzodlar koʻrsatish, saylovoldi tashviqot ishlarini olib borish, xalq deputatlari tegishli Sovetlarida oʻz tarafdori boʻlgan deputatlar guruhlarini tuzish huquqiga egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy jamoat harakatlari siyosiy yoki oʻzga maqsadlarni koʻzlaydilar hamda ularning roʻyxatga olingan aʼzolari boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish idoralarida lavozimni egallab turgan shaxslar oʻz xizmat faoliyatida qonun talablariga amal qiladilar va siyosiy partiyalar hamda siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi ommaviy jamoat harakatlarining qarorlari bilan bogʻliq boʻlmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasaba uyushmalari davlat idoralari, xoʻjalik tashkilotlari, kooperativ va oʻzga jamoat birlashmalari bilan oʻzaro munosabatlarda kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi amaldagi qonunlarga muvofiq kasaba uyushmasi aʼzolarining ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohadagi manfaatlarini koʻzlab ish olib boradi va ularni himoya qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalarining faqat yakka tartibda roʻyxatga olinadigan aʼzolari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Jamoat birlashmalarining ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalari qonunlarda belgilab qoʻyiladigan tartibda ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanadilar hamda faqat ustavdagi vazifalarni bajarish maqsadida huquqiy shaxs maqomiga ega boʻlgan korxonalar va xoʻjalik hisobidagi tashkilotlarni barpo etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalarining ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar ana shu birlashmalar aʼzolari (qatnashchilari) oʻrtasida qayta taqsimlanmaydi va undan faqat ustav vazifalarini bajarish uchun foydalaniladi; jamoat birlashmalari oʻz mablagʻlaridan hatto oʻz ustavida koʻrsatilmagan boʻlsa ham, xayriya maqsadlari yoʻlida foydalanishlariga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalari tuzadigan korxonalar va tashkilotlar qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda va miqdorda budjetga pul oʻtkazadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Jamoat birlashmalari mulki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalari, ularning tashkilotlari binolar, inshootlar, uy-joy fondi, uskunalar, asboblar, madaniy-maʼrifiy va sogʻlomlashtirish maqsadlari uchun moʻljallangan mulklarga, pul mablagʻiga, aksiyalarga, boshqa qimmatbaho qogʻozlarga hamda ularning ustavlarida koʻzda tutilgan faoliyatni moddiy taʼminlash uchun zarur boʻlgan oʻzga mol-mulkka egalik qilishlari mumkin. Birlashmalarning ustavlarida koʻrsatilgan maqsadlarga muvofiq ularning mablagʻi hisobidan barpo etilgan nashriyotlar, boshqa korxonalar, xayriya, muassasalari jamoat birlashmalarining mulki boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasining ham qonun hujjatlarida davlat va jamoat xavfsizligi mulohazalari bilan yoki xalqaro shartnomalarga muvofiq jamoat birlashmalari mulki boʻla olmaydigan mol-mulk turlari belgilab qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalarining pul mablagʻlari, agar ustavda koʻzda tutilgan boʻlsa, birlashmaga kirish va aʼzolik badallarini toʻlashdan; ixtiyoriy ravishda oʻtkazilgan pul va xayriyalardan; ustavga muvofiq oʻtkazilgan leksiyalar, koʻrgazmalar, sport tadbirlari hamda boshqa tadbirlar, lotereyalar tushumlaridan, ishlab chiqarish, xoʻjalik va noshirlik faoliyatidan olinadigan daromadlardan; qonun bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlardan tashkil topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar va siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi ommaviy jamoat harakatlari diniy tashkilotlardan, shuningdek chet davlatlar, tashkilotlar va ajnabiy fuqarolardan moliyaviy va oʻzga moddiy yordam olish huquqiga ega emaslar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar oʻz budjetlarini ommaning eʼtibori uchun har yili eʼlon qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalarining mulki qonun bilan muhofaza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ittifoqlarning va ularga kiruvchi birlashmalarning ana shu ittifoq va unga qoʻshilgan birlashmalarga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish, tasarruf etishga doir vakolatlari jamoat birlashmalari ittifoqlarining ustavlarida belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Jamoat birlashmalarining ommaviy axborot vositalari va noshirlik faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalari ommaviy axborot vositalarini taʼsis etishga hamda amaldagi matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonunlarga muvofiq noshirlik faoliyati bilan shugʻullanishga haqlidirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV BOB. JAMOAT BIRLASHMALARI FAOLIYATINI NAZORAT QILISH. QONUNNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Jamoat birlashmalari faoliyatini nazorat qilish va kuzatib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya idoralari jamoat birlashmalari daromadlarining manbalarini, ular olgan mablagʻ miqdorini va soliqlar toʻgʻrisidagi qonunlarga muvofiq soliq toʻlanishini nazorat qilib boradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalarining qonunlarni bajarishini prokuratura idoralari nazorat qilib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmasi ustavini roʻyxatga olgan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning joylardagi idoralari jamoat birlashmasi faoliyatining maqsadlariga taalluqli ustav qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi. Roʻyxatga oluvchi idora jamoat birlashmasining rahbar organidan qabul qilingan qarorlarni taqdim etishni talab qilishga, jamoat birlashmalari oʻtkazadigan tadbirlarda qatnashish uchun oʻz vakillarini yuborishga, jamoat birlashmasi ustaviga rioya qilish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan jamoat birlashmasi aʼzolaridan va boshqa fuqarolardan tushuntirish olishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Javobgarlik asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalari toʻgʻrisidagi Qonunni buzish amaldagi qonunlarga muvofiq jinoiy, maʼmuriy, moddiy yoki oʻzga javobgarlikka sabab boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalari toʻgʻrisidagi Qonunni buzganlik uchun bu ishda aybdor boʻlgan davlat va jamoat idoralarining mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmasi, shu jumladan oʻz ustavini roʻyxatdan oʻtkazmagan jamoat birlashmasi jamoat birlashmalari toʻgʻrisidagi qonunni buzgan taqdirda qonunga muvofiq javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmasi uning ustavida belgilab qoʻyilgan maqsadlar va vazifalar doirasidan chetga chiqadigan yoki qonunni buzadigan xatti-harakatlari sodir etgan taqdirda ana shu jamoat birlashmasining rahbar idorasi jamoat birlashmasi ustavini roʻyxatga olgan idora yoki prokuror tomonidan yozma ravishda ogohlantirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Jamoat birlashmasi ustav yoki qonun talablarini buzgan taqdirda uni tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmasi ushbu Qonun 3-moddasining 2, 3, 4-qismida koʻzda tutilgan xatti-harakatlarni sodir etgan taqdirda sud qaroriga binoan tugatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmasi ushbu Qonunning 21-moddasi toʻrtinchi qismida koʻzda tutilgan harakatlarni bir yil davomida takroran sodir etganligi uchun sud uni tugatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud qarori bilan tugatilgan jamoat birlashmasining mol-mulki qaytarib bermaslik sharti bilan davlat mulkiga aylantirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumittifoq jamoat birlashmasining jumhuriyat boʻgʻini, jumhuriyatlararo jumhuriyat va viloyatlararo jamoat birlashmalari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan vakolat berilgan boshqa idoralari va mansabdor shaxslarning taqdimiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi chiqargan qarorga muvofiq tugatiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jamoat birlashmasini tugatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy jamoat birlashmalari tegishli viloyat, Toshkent shahar sudlari tomonidan tugatiladi. Bunda sudning qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V BOB. JAMOAT BIRLASHMALARINING XALQARO ALOQALARI. XALQARO JAMOAT BIRLASHMALARI, XALQARO SHARTNOMALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Jamoat birlashmalarining xalqaro aloqalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va oʻz ustavlariga muvofiq xalqaro jamoat (nohukumat) birlashmalariga qoʻshilishi, bevosita xalqaro aloqalar oʻrnatishlari, tegishli bitimlar tuzishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Xalqaro jamoat birlashmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasida tuzilgan jamoat birlashmasining faoliyati ustavga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida va bitta yoki undan koʻproq xorijiy davlat hududida amal qilsa, u xalqaro jamoat birlashmasi deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, chet elda tuzilgan xalqaro jamoat birlashmasi tarkibiga respublika jamoat birlashmasi kollektiv aʼzo sifatida kirsa, respublika jamoat birlashmasining ustavi ham ushbu Qonunga muvofiq roʻyxatga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz faoliyatini xorijiy davlat hududida ham amalga oshiradigan jamoat birlashmasi zarur oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilgan ustavini qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinchlikni mustahkamlashni, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni, insonparvarlik faoliyatining oʻzga turlarini maqsad qilib qoʻygan jamoat birlashmalari qonunda belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning qoidalari xorijiy davlatlar jamoat birlashmalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilgan boʻlimlari (filiallari va boshqa tarkibiy boʻlinmalari) faoliyatiga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Xalqaro shartnomalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar SSSR yoki Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasida ushbu Qonundagidan oʻzga qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnomadagi qoidalar qoʻllanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 15-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 4-son, 76-modda; 1992-y., 9-son, 363-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda; 1998-y., 3-son, 38-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda; 51-son, 514-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2009-y., 37-son, 403-modda; 2014-y., 50-son, 588-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 11.06.2026-y., 03/06/1150/0587-son)