02.07.1992 yildagi 617-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston RespUblikasi OLIY Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilingan kundan boshlab amalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki, avvalgi Davlat gerbi 1993-yilning 1-iyuliga qadar O‘zbekiston Respublikasining yangi Davlat gerbiga almashtirilishi shart. Ana shu davr ichida avvalgi Davlat gerbidan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— 1992-yil 15-avgustigacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini tayyorlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrlar, hujjatlarning blankalarini tayyorlash, ulardan foydalanish, saqlash va yo‘qotib tashlash tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiqlashtirish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 1981-yil 30-iyuldagi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1981-yil, № 22, 444-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Farmonini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 1981-yil 27-noyabr Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1981-yil, № 33, 648-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan pechatlardan va hujjatlarning blankalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi 1981-yil 30-iyul Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1981-yil, № 22, 447-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan pechatlardan va hujjatlarning blankalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi 1981-yil 27-noyabr Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1981-yil, № 33, 650-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 2-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
617-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 329-modda)