Hujjat 14.03.2022 sanasi holatiga | Joriy versiya | ||||||
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSI | OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSI | ||||||
UMUMIY QISM | UMUMIY QISM | ||||||
BIRINCHI BOʻLIM UMUMIY QOIDALAR | BIRINCHI BOʻLIM UMUMIY QOIDALAR | ||||||
I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari | I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari | ||||||
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat toʻgʻrisidagi qonunchiligi | 1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat toʻgʻrisidagi qonunchiligi | ||||||
Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat toʻgʻrisidagi qonunchiligi Konstitutsiya va xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan normalariga asoslangan boʻlib, ushbu Kodeksdan iboratdir. | Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat toʻgʻrisidagi qonunchiligi Konstitutsiya va xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan normalariga asoslangan boʻlib, ushbu Kodeksdan iboratdir. | ||||||
2-modda. Kodeksning vazifalari | 2-modda. Kodeksning vazifalari | ||||||
Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qoʻriqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir. | Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qoʻriqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir. | ||||||
Ana shu vazifalarni amalga oshirish uchun Kodeks javobgarlikning asoslari va prinsiplarini, qanday ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat ekanligini aniqlaydi, ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan jazo va boshqa huquqiy taʼsir choralarini belgilaydi. | Ana shu vazifalarni amalga oshirish uchun Kodeks javobgarlikning asoslari va prinsiplarini, qanday ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat ekanligini aniqlaydi, ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan jazo va boshqa huquqiy taʼsir choralarini belgilaydi. | ||||||
3-modda. Kodeksning prinsiplari | 3-modda. Kodeksning prinsiplari | ||||||
Jinoyat kodeksi qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi. | Jinoyat kodeksi qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi. | ||||||
4-modda. Qonuniylik prinsipi | 4-modda. Qonuniylik prinsipi | ||||||
Sodir etilgan qilmishning jinoiyligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi. | Sodir etilgan qilmishning jinoiyligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi. | ||||||
Hech kim sudning hukmi boʻlmay turib jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas. Jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxs qonunda belgilangan huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi. | Hech kim sudning hukmi boʻlmay turib jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas. Jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxs qonunda belgilangan huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi. | ||||||
5-modda. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi | 5-modda. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi | ||||||
Jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega boʻlib, qonun oldida tengdirlar. | Jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega boʻlib, qonun oldida tengdirlar. | ||||||
6-modda. Demokratizm prinsipi | 6-modda. Demokratizm prinsipi | ||||||
Jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat sodir etgan shaxslar axloqini tuzatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilinishlari mumkin. | Jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat sodir etgan shaxslar axloqini tuzatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilinishlari mumkin. | ||||||
7-modda. Insonparvarlik prinsipi | 7-modda. Insonparvarlik prinsipi | ||||||
Jazo va boshqa huquqiy taʼsir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini koʻzlamaydi. | Jazo va boshqa huquqiy taʼsir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini koʻzlamaydi. | ||||||
Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli boʻladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasi qoʻllanilishi kerak. | Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli boʻladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasi qoʻllanilishi kerak. | ||||||
Jazolashdan koʻzlangan maqsadga ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddalarida nazarda tutilgan yengilroq choralarni qoʻllash orqali erishib boʻlmaydigan taqdirdagina ogʻirroq jazo choralari tayinlanishi mumkin. | Jazolashdan koʻzlangan maqsadga ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddalarida nazarda tutilgan yengilroq choralarni qoʻllash orqali erishib boʻlmaydigan taqdirdagina ogʻirroq jazo choralari tayinlanishi mumkin. | ||||||
8-modda. Odillik prinsipi | 8-modda. Odillik prinsipi | ||||||
Jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasi odilona boʻlishi, yaʼni jinoyatning ogʻir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq boʻlishi kerak. | Jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasi odilona boʻlishi, yaʼni jinoyatning ogʻir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq boʻlishi kerak. | ||||||
Hech kim aynan bitta jinoyat uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas. | Hech kim aynan bitta jinoyat uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas. | ||||||
9-modda. Ayb uchun javobgarlik prinsipi | 9-modda. Ayb uchun javobgarlik prinsipi | ||||||
Shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar boʻladi. | Shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar boʻladi. | ||||||
10-modda. Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi | 10-modda. Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi | ||||||
Qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart. | Qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart. | ||||||
II bob. Kodeksning amal qilish doirasi | II bob. Kodeksning amal qilish doirasi | ||||||
11-modda. Kodeksning Oʻzbekiston hududida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan amal qilishi | 11-modda. Kodeksning Oʻzbekiston hududida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan amal qilishi | ||||||
Oʻzbekiston hududida jinoyat sodir etgan shaxs ushbu Kodeks boʻyicha javobgarlikka tortiladi. | Oʻzbekiston hududida jinoyat sodir etgan shaxs ushbu Kodeks boʻyicha javobgarlikka tortiladi. | ||||||
Qilmish: | Qilmish: | ||||||
a) Oʻzbekiston hududida boshlangan, tamomlangan yoki toʻxtatilgan boʻlsa; | a) Oʻzbekiston hududida boshlangan, tamomlangan yoki toʻxtatilgan boʻlsa; | ||||||
b) Oʻzbekiston hududidan tashqarida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, Oʻzbekiston hududida yuz bergan boʻlsa; | b) Oʻzbekiston hududidan tashqarida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, Oʻzbekiston hududida yuz bergan boʻlsa; | ||||||
v) Oʻzbekiston hududida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, Oʻzbekiston hududidan tashqarida yuz bergan boʻlsa; | v) Oʻzbekiston hududida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, Oʻzbekiston hududidan tashqarida yuz bergan boʻlsa; | ||||||
g) bir necha qilmishlardan iborat yoki boshqa qilmishlar bilan birgalikda sodir etilgan boʻlib, uning bir qismi Oʻzbekiston hududida yuz bergan boʻlsa, Oʻzbekiston hududida sodir etilgan jinoyat deb topiladi. | g) bir necha qilmishlardan iborat yoki boshqa qilmishlar bilan birgalikda sodir etilgan boʻlib, uning bir qismi Oʻzbekiston hududida yuz bergan boʻlsa, Oʻzbekiston hududida sodir etilgan jinoyat deb topiladi. | ||||||
Oʻzbekiston bayrogʻi ostidagi yoki Oʻzbekiston portida roʻyxatga olingan havo, dengiz yoki daryo kemasida Oʻzbekiston hududidan tashqarida boʻlib, chet el davlati hududi hisoblanmagan joyda jinoyat sodir etilsa, bunday jinoyat uchun ushbu Kodeks boʻyicha javobgarlikka tortiladi. | Oʻzbekiston bayrogʻi ostidagi yoki Oʻzbekiston portida roʻyxatga olingan havo, dengiz yoki daryo kemasida Oʻzbekiston hududidan tashqarida boʻlib, chet el davlati hududi hisoblanmagan joyda jinoyat sodir etilsa, bunday jinoyat uchun ushbu Kodeks boʻyicha javobgarlikka tortiladi. | ||||||
Amaldagi qonunlar, xalqaro shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq chet el fuqarolarining javobgarligi toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi sudlariga tegishli boʻlmasa, ular Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan holda, xalqaro huquq normalariga muvofiq hal qilinadi. | Amaldagi qonunlar, xalqaro shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq chet el fuqarolarining javobgarligi toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi sudlariga tegishli boʻlmasa, ular Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan holda, xalqaro huquq normalariga muvofiq hal qilinadi. | ||||||
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda valyuta qimmatliklari, bojxona, soliq, raqobat hamda kripto-aktivlar aylanmasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni, shuningdek savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish bilan bogʻliq qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik oʻrniga Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq boshqa turdagi javobgarlik choralari qoʻllanilishi mumkin. | |||||||
12-modda. Kodeksning Oʻzbekiston hududidan tashqarida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan amal qilishi | 12-modda. Kodeksning Oʻzbekiston hududidan tashqarida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan amal qilishi | ||||||
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek Oʻzbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, basharti boshqa davlat hududida sodir etgan jinoyat uchun oʻsha davlat sudining hukmi bilan jazolangan boʻlmasalar, ushbu Kodeks boʻyicha javobgarlikka tortiladilar. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek Oʻzbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, basharti boshqa davlat hududida sodir etgan jinoyat uchun oʻsha davlat sudining hukmi bilan jazolangan boʻlmasalar, ushbu Kodeks boʻyicha javobgarlikka tortiladilar. | ||||||
Oʻzbekiston fuqarosi chet el davlati hududida sodir etgan jinoyati uchun, agar xalqaro shartnomalar yoki bitimlarda boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, ushlab berilishi mumkin emas. | Oʻzbekiston fuqarosi chet el davlati hududida sodir etgan jinoyati uchun, agar xalqaro shartnomalar yoki bitimlarda boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, ushlab berilishi mumkin emas. | ||||||
Chet el fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston hududida doimiy yashamaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston hududidan tashqarida sodir etgan jinoyatlari uchun faqat xalqaro shartnomalar yoki bitimlarda nazarda tutilgan hollardagina ushbu Kodeks boʻyicha javobgarlikka tortiladilar. | Chet el fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston hududida doimiy yashamaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston hududidan tashqarida sodir etgan jinoyatlari uchun faqat xalqaro shartnomalar yoki bitimlarda nazarda tutilgan hollardagina ushbu Kodeks boʻyicha javobgarlikka tortiladilar. | ||||||
13-modda. Qonunning vaqt boʻyicha amal qilishi | 13-modda. Qonunning vaqt boʻyicha amal qilishi | ||||||
Qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi ana shu qilmish sodir etilgan vaqtda amalda boʻlgan qonun bilan belgilanadi. Agar ushbu Kodeks moddasida harakat yoki harakatsizlik sodir qilish payti jinoyat tamomlangan payt deb hisoblangan boʻlsa, ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan payt jinoyat sodir qilingan vaqt deb topiladi. Agarda ushbu Kodeks moddasida jinoiy oqibat yuz berishi bilan jinoyat tamom boʻlgan deb hisoblangan boʻlsa, jinoiy oqibat yuz bergan payt jinoyat sodir etish vaqti deb topiladi. | Qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi ana shu qilmish sodir etilgan vaqtda amalda boʻlgan qonun bilan belgilanadi. Agar ushbu Kodeks moddasida harakat yoki harakatsizlik sodir qilish payti jinoyat tamomlangan payt deb hisoblangan boʻlsa, ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan payt jinoyat sodir qilingan vaqt deb topiladi. Agarda ushbu Kodeks moddasida jinoiy oqibat yuz berishi bilan jinoyat tamom boʻlgan deb hisoblangan boʻlsa, jinoiy oqibat yuz bergan payt jinoyat sodir etish vaqti deb topiladi. | ||||||
Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega, yaʼni ushbu qonun kuchga kirgunga qadar tegishli jinoiy qilmish sodir etgan shaxslarga, shu jumladan jazoni oʻtayotgan yoki oʻtab boʻlgan shaxslarga nisbatan, agar ular hali sudlangan hisoblansalar, tatbiq etiladi. | Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega, yaʼni ushbu qonun kuchga kirgunga qadar tegishli jinoiy qilmish sodir etgan shaxslarga, shu jumladan jazoni oʻtayotgan yoki oʻtab boʻlgan shaxslarga nisbatan, agar ular hali sudlangan hisoblansalar, tatbiq etiladi. | ||||||
Qilmishni jinoyat deb hisoblaydigan, jazoni kuchaytiradigan yoki shaxsning holatini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas. | Qilmishni jinoyat deb hisoblaydigan, jazoni kuchaytiradigan yoki shaxsning holatini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas. | ||||||
IKKINCHI BOʻLIM JAVOBGARLIK ASOSLARI | IKKINCHI BOʻLIM JAVOBGARLIK ASOSLARI | ||||||
III bob. Jinoyat | III bob. Jinoyat | ||||||
14-modda. Jinoyat tushunchasi | 14-modda. Jinoyat tushunchasi | ||||||
Ushbu Kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qoʻllash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi. | Ushbu Kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qoʻllash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi. | ||||||
Ushbu Kodeks bilan qoʻriqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli qilmish deb topiladi. | Ushbu Kodeks bilan qoʻriqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli qilmish deb topiladi. | ||||||
15-modda. Jinoyatlarni tasniflash | 15-modda. Jinoyatlarni tasniflash | ||||||
Jinoyatlar oʻz xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga koʻra: ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan; uncha ogʻir boʻlmagan; ogʻir; oʻta ogʻir jinoyatlarga boʻlinadi. | Jinoyatlar oʻz xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga koʻra: ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan; uncha ogʻir boʻlmagan; ogʻir; oʻta ogʻir jinoyatlarga boʻlinadi. | ||||||
Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. | Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. | ||||||
Uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ortiq, lekin besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. | Uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ortiq, lekin besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. | ||||||
Ogʻir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq, lekin oʻn yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. | Ogʻir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq, lekin oʻn yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. | ||||||
Oʻta ogʻir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda oʻn yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. | Oʻta ogʻir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda oʻn yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. | ||||||
16-modda. Jinoyat uchun javobgarlik va uning asoslari | 16-modda. Jinoyat uchun javobgarlik va uning asoslari | ||||||
Jinoyat uchun javobgarlik — jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasi qoʻllanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir. | Jinoyat uchun javobgarlik — jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasi qoʻllanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir. | ||||||
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud boʻlgan qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi. | Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud boʻlgan qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi. | ||||||
IV bob. Javobgarlikka tortilishi lozim boʻlgan shaxslar | IV bob. Javobgarlikka tortilishi lozim boʻlgan shaxslar | ||||||
17-modda. Jismoniy shaxslarning javobgarligi | 17-modda. Jismoniy shaxslarning javobgarligi | ||||||
Jinoyat sodir etgunga qadar oʻn olti yoshga toʻlgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar. | Jinoyat sodir etgunga qadar oʻn olti yoshga toʻlgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar. | ||||||
Jinoyat sodir etgunga qadar oʻn toʻrt yoshga toʻlgan shaxslar ushbu Kodeks 97, 98, 104 — 106, 118, 119, 137, 164 — 166, 169-moddalari, 173-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari, 220, 222, 247, 252, 263, 267, 271-moddalari, 277-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar. | Jinoyat sodir etgunga qadar oʻn toʻrt yoshga toʻlgan shaxslar ushbu Kodeks 97, 98, 104 — 106, 118, 119-moddalari, 1261-moddasining toʻrtinchi — sakkizinchi qismlarida, 137, 164 — 166, 169-moddalari, 173-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari, 220, 222, 247, 252, 263, 267, 271-moddalari, 277-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar. | ||||||
Ushbu Kodeksning 122, 123, 1251-moddalarida, 1261-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 127, 1271, 1281, 144, 146, 193 — 195, 205 — 210, 225, 226, 230 — 232, 234, 235, 27610, 279 — 302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun jinoyat sodir etgunga qadar oʻn sakkiz yoshga toʻlgan shaxslar javobgarlikka tortiladilar. | |||||||
Oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxslar umumiy qoidalarga muvofiq va ushbu Kodeksning Umumiy qismi oltinchi boʻlimida nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda javobgarlikka tortiladilar. | Oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxslar umumiy qoidalarga muvofiq va ushbu Kodeksning Umumiy qismi oltinchi boʻlimida nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda javobgarlikka tortiladilar. | ||||||
18-modda. Aqli rasolik | 18-modda. Aqli rasolik | ||||||
Jinoyat sodir etish vaqtida oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va ularni boshqara olgan shaxs aqli raso shaxsdir. | Jinoyat sodir etish vaqtida oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va ularni boshqara olgan shaxs aqli raso shaxsdir. | ||||||
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli noraso holatda boʻlgan, yaʼni ruhiy holati surunkali yoki vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoxud ruhiy holati boshqacha tarzda buzilganligi sababli oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan shaxs javobgarlikka tortilmaydi. | Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli noraso holatda boʻlgan, yaʼni ruhiy holati surunkali yoki vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoxud ruhiy holati boshqacha tarzda buzilganligi sababli oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan shaxs javobgarlikka tortilmaydi. | ||||||
Aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga nisbatan sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin. | Aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga nisbatan sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin. | ||||||
181-modda. Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsning javobgarligi | 181-modda. Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsning javobgarligi | ||||||
Jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini toʻliq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan aqli raso shaxs javobgarlikka tortiladi. | Jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini toʻliq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan aqli raso shaxs javobgarlikka tortiladi. | ||||||
Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsga nisbatan sud tomonidan jazo bilan birga tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin. | Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsga nisbatan sud tomonidan jazo bilan birga tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin. | ||||||
19-modda. Mastlik holatida sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik | 19-modda. Mastlik holatida sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik | ||||||
Mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki odamning aql-irodasiga taʼsir etuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Bunday holat shaxsni aqli noraso deb topish uchun asos boʻlmaydi. | Mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari yoki shaxsning aql-irodasiga taʼsir etuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Bunday holat shaxsni aqli noraso deb topish uchun asos boʻlmaydi. | ||||||
V bob. Ayb | V bob. Ayb | ||||||
20-modda. Aybning shakllari | 20-modda. Aybning shakllari | ||||||
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilishida aybdor deb topilishi mumkin. | Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilishida aybdor deb topilishi mumkin. | ||||||
21-modda. Qasddan sodir etilgan jinoyat | 21-modda. Qasddan sodir etilgan jinoyat | ||||||
Ushbu Kodeks moddasida jinoyat tamom boʻlgan payt ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt deb hisoblangan boʻlib, uni sodir etgan shaxs oʻz qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan boʻlsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi. | Ushbu Kodeks moddasida jinoyat tamom boʻlgan payt ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt deb hisoblangan boʻlib, uni sodir etgan shaxs oʻz qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan boʻlsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi. | ||||||
Ushbu Kodeks moddasida jinoyat tamom boʻlgan payt ijtimoiy xavfli oqibat yuz bergan vaqt deb topilgan qilmishlar toʻgʻri yoki egri qasddan sodir etilgan boʻlishi mumkin. | Ushbu Kodeks moddasida jinoyat tamom boʻlgan payt ijtimoiy xavfli oqibat yuz bergan vaqt deb topilgan qilmishlar toʻgʻri yoki egri qasddan sodir etilgan boʻlishi mumkin. | ||||||
Agar shaxs oʻz qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga koʻzi yetgan va ularning yuz berishini istagan boʻlsa, bunday jinoyat toʻgʻri qasddan sodir etilgan deb topiladi. | Agar shaxs oʻz qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga koʻzi yetgan va ularning yuz berishini istagan boʻlsa, bunday jinoyat toʻgʻri qasddan sodir etilgan deb topiladi. | ||||||
Agar shaxs oʻz qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga koʻzi yetgan va ularning yuz berishiga ongli ravishda yoʻl qoʻygan boʻlsa, bunday jinoyat egri qasddan sodir etilgan deb topiladi. | Agar shaxs oʻz qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga koʻzi yetgan va ularning yuz berishiga ongli ravishda yoʻl qoʻygan boʻlsa, bunday jinoyat egri qasddan sodir etilgan deb topiladi. | ||||||
22-modda. Ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat | 22-modda. Ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat | ||||||
Oʻz-oʻziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat deb topiladi. | Oʻz-oʻziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat deb topiladi. | ||||||
Agar jinoyatni sodir etgan shaxs oʻz xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga koʻzi yeta turib, ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan holda bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qilgan boʻlsa, bunday jinoyat oʻz-oʻziga ishonish oqibatida sodir etilgan deb topiladi. | Agar jinoyatni sodir etgan shaxs oʻz xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga koʻzi yeta turib, ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan holda bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qilgan boʻlsa, bunday jinoyat oʻz-oʻziga ishonish oqibatida sodir etilgan deb topiladi. | ||||||
Agar jinoyat sodir etgan shaxs oʻz xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga koʻzi yetmasada, lekin koʻzi yetishi lozim va mumkin boʻlsa, bunday jinoyat beparvolik orqasida sodir etilgan deb topiladi. | Agar jinoyat sodir etgan shaxs oʻz xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga koʻzi yetmasada, lekin koʻzi yetishi lozim va mumkin boʻlsa, bunday jinoyat beparvolik orqasida sodir etilgan deb topiladi. | ||||||
23-modda. Murakkab aybli jinoyat | 23-modda. Murakkab aybli jinoyat | ||||||
Agar shaxsning qasddan jinoyat sodir etishi natijasida ehtiyotsizlik orqasida boshqa ijtimoiy xavfli oqibatlar yuz bergan va shunday qilmishni qonun qattiqroq javobgarlik bilan bogʻlagan boʻlsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi. | Agar shaxsning qasddan jinoyat sodir etishi natijasida ehtiyotsizlik orqasida boshqa ijtimoiy xavfli oqibatlar yuz bergan va shunday qilmishni qonun qattiqroq javobgarlik bilan bogʻlagan boʻlsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi. | ||||||
24-modda. Aybsiz holda zarar yetkazish | 24-modda. Aybsiz holda zarar yetkazish | ||||||
Agar shaxs oʻz qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamagan, anglashi mumkin va lozim ham boʻlmagan yoki uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga koʻzi yetmagan va ishning holatlariga koʻra koʻzi yetishi mumkin va lozim ham boʻlmagan boʻlsa, bunday qilmish aybsiz holda sodir etilgan deb topiladi. | Agar shaxs oʻz qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamagan, anglashi mumkin va lozim ham boʻlmagan yoki uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga koʻzi yetmagan va ishning holatlariga koʻra koʻzi yetishi mumkin va lozim ham boʻlmagan boʻlsa, bunday qilmish aybsiz holda sodir etilgan deb topiladi. | ||||||
VI bob. Tamom boʻlmagan jinoyat | VI bob. Tamom boʻlmagan jinoyat | ||||||
25-modda. Jinoyatga tayyorgarlik koʻrish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish | 25-modda. Jinoyatga tayyorgarlik koʻrish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish | ||||||
Shaxsning qasddan qilinadigan jinoyatni sodir etish yoki yashirish uchun shart-sharoit yaratuvchi qilmishi oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra sodir etilishi boshlangunga qadar toʻxtatilgan boʻlsa, bunday qilmish jinoyatga tayyorgarlik koʻrish deb topiladi. | Shaxsning qasddan qilinadigan jinoyatni sodir etish yoki yashirish uchun shart-sharoit yaratuvchi qilmishi oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra sodir etilishi boshlangunga qadar toʻxtatilgan boʻlsa, bunday qilmish jinoyatga tayyorgarlik koʻrish deb topiladi. | ||||||
Qasddan sodir etiladigan jinoyat boshlanib, shaxsga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra oxiriga yetkazilmagan boʻlsa, jinoyat sodir etishga suiqasd deb topiladi. | Qasddan sodir etiladigan jinoyat boshlanib, shaxsga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra oxiriga yetkazilmagan boʻlsa, jinoyat sodir etishga suiqasd deb topiladi. | ||||||
Jinoyatga tayyorgarlik koʻrganlik va jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun javobgarlik ham ushbu Kodeks Maxsus qismining tamom boʻlgan jinoyat uchun javobgarlikni belgilovchi moddasiga muvofiq hal qilinadi. | Jinoyatga tayyorgarlik koʻrganlik va jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun javobgarlik ham ushbu Kodeks Maxsus qismining tamom boʻlgan jinoyat uchun javobgarlikni belgilovchi moddasiga muvofiq hal qilinadi. | ||||||
26-modda. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish | 26-modda. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish | ||||||
Shaxs jinoyatga tayyorgarlik koʻrish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda toʻxtatsa, shuningdek jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda, shunday oqibat kelib chiqishining oldini olsa, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi. | Shaxs jinoyatga tayyorgarlik koʻrish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda toʻxtatsa, shuningdek jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda, shunday oqibat kelib chiqishining oldini olsa, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi. | ||||||
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish javobgarlikni istisno qiladi. | Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish javobgarlikni istisno qiladi. | ||||||
Jinoyatni oxiriga yetkazishdan ixtiyoriy qaytgan shaxs, agar amalda sodir etgan qilmishida boshqa jinoyat tarkibining barcha alomatlari boʻlsa, ushbu Kodeks boʻyicha javobgarlikka tortiladi. | Jinoyatni oxiriga yetkazishdan ixtiyoriy qaytgan shaxs, agar amalda sodir etgan qilmishida boshqa jinoyat tarkibining barcha alomatlari boʻlsa, ushbu Kodeks boʻyicha javobgarlikka tortiladi. | ||||||
VII bob. Jinoyatda ishtirokchilik | VII bob. Jinoyatda ishtirokchilik | ||||||
27-modda. Jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi | 27-modda. Jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi | ||||||
Ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi. | Ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi. | ||||||
28-modda. Jinoyat ishtirokchilarining turlari | 28-modda. Jinoyat ishtirokchilarining turlari | ||||||
Jinoyatni bajaruvchi bilan bir qatorda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham jinoyat ishtirokchilari deb topiladi. | Jinoyatni bajaruvchi bilan bir qatorda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham jinoyat ishtirokchilari deb topiladi. | ||||||
Jinoyatni bevosita toʻla yoki qisman sodir etgan yoxud ushbu Kodeksga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin boʻlmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan shaxs bajaruvchi deb topiladi. | Jinoyatni bevosita toʻla yoki qisman sodir etgan yoxud ushbu Kodeksga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin boʻlmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan shaxs bajaruvchi deb topiladi. | ||||||
Jinoyatga tayyorgarlik koʻrilishiga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxs tashkilotchi deb topiladi. | Jinoyatga tayyorgarlik koʻrilishiga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxs tashkilotchi deb topiladi. | ||||||
Jinoyat sodir etilishiga qiziqtiruvchi shaxs dalolatchi deb topiladi. | Jinoyat sodir etilishiga qiziqtiruvchi shaxs dalolatchi deb topiladi. | ||||||
Jinoyat sodir etilishiga oʻz maslahatlari, koʻrsatmalari bilan, vositalar berish yoki toʻsiqlarni yoʻqotish bilan koʻmaklashgan, shuningdek jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli, izlari va vositalarini yoxud jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan narsalarni yashirishga, shuningdek bunday narsalarni olish va oʻtkazish toʻgʻrisida oldindan vaʼda bergan shaxs yordamchi deb topiladi. | Jinoyat sodir etilishiga oʻz maslahatlari, koʻrsatmalari bilan, vositalar berish yoki toʻsiqlarni yoʻqotish bilan koʻmaklashgan, shuningdek jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli, izlari va vositalarini yoxud jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan narsalarni yashirishga, shuningdek bunday narsalarni olish va oʻtkazish toʻgʻrisida oldindan vaʼda bergan shaxs yordamchi deb topiladi. | ||||||
29-modda. Ishtirokchilikning shakllari | 29-modda. Ishtirokchilikning shakllari | ||||||
Jinoyatda ishtirokchilik: oddiy ishtirokchilik, murakkab ishtirokchilik, uyushgan guruh, jinoiy uyushma shaklida boʻladi. | Jinoyatda ishtirokchilik: oddiy ishtirokchilik, murakkab ishtirokchilik, uyushgan guruh, jinoiy uyushma shaklida boʻladi. | ||||||
Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir etishda qatnashishi oddiy ishtirokchilik deb topiladi. | Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir etishda qatnashishi oddiy ishtirokchilik deb topiladi. | ||||||
Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok qilishi murakkab ishtirokchilik deb topiladi. | Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok qilishi murakkab ishtirokchilik deb topiladi. | ||||||
Ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishi uyushgan guruh deb topiladi. | Ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishi uyushgan guruh deb topiladi. | ||||||
Ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shugʻullanish uchun oldindan birlashishi jinoiy uyushma deb topiladi. | Ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shugʻullanish uchun oldindan birlashishi jinoiy uyushma deb topiladi. | ||||||
30-modda. Jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlik doirasi | 30-modda. Jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlik doirasi | ||||||
Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham ushbu Kodeks Maxsus qismining bajaruvchini javobgarlikka tortish belgilangan moddasi boʻyicha javobgarlikka tortiladilar. | Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham ushbu Kodeks Maxsus qismining bajaruvchini javobgarlikka tortish belgilangan moddasi boʻyicha javobgarlikka tortiladilar. | ||||||
Oldindan til biriktirgan guruh, jinoiy guruh va jinoiy uyushmaning tashkilotchilari hamda aʼzolari tayyorgarlik koʻrilishi yoki sodir etilishida oʻzlari qatnashgan barcha jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar. | Oldindan til biriktirgan guruh, jinoiy guruh va jinoiy uyushmaning tashkilotchilari hamda aʼzolari tayyorgarlik koʻrilishi yoki sodir etilishida oʻzlari qatnashgan barcha jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar. | ||||||
Uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tashkil etgan yoki ularga rahbarlik qilgan shaxslar shu guruh yoki uyushma sodir etgan barcha jinoyatlar uchun, basharti, bu jinoyatlar ularning jinoiy niyati bilan qamrab olingan boʻlsa, javobgarlikka tortiladilar. | Uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tashkil etgan yoki ularga rahbarlik qilgan shaxslar shu guruh yoki uyushma sodir etgan barcha jinoyatlar uchun, basharti, bu jinoyatlar ularning jinoiy niyati bilan qamrab olingan boʻlsa, javobgarlikka tortiladilar. | ||||||
Boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati bilan qamrab olinmagan qilmish uchun uni sodir etgan shaxs javobgar boʻladi. | Boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati bilan qamrab olinmagan qilmish uchun uni sodir etgan shaxs javobgar boʻladi. | ||||||
Tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi jinoyatdan ixtiyoriy ravishda qaytib, jinoyatning oldini olish uchun oʻziga bogʻliq boʻlgan barcha choralarni oʻz vaqtida koʻrganligi, jinoyatda ishtirokchilik uchun javobgarlikni istisno qiladi. | Tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi jinoyatdan ixtiyoriy ravishda qaytib, jinoyatning oldini olish uchun oʻziga bogʻliq boʻlgan barcha choralarni oʻz vaqtida koʻrganligi, jinoyatda ishtirokchilik uchun javobgarlikni istisno qiladi. | ||||||
31-modda. Jinoyatga daxldorlik | 31-modda. Jinoyatga daxldorlik | ||||||
Jinoyatga tayyorgarlik koʻrilayotganligi, jinoyat sodir etilayotganligi yoki jinoyat sodir etilganligi haqida aniq bila turib, oldindan vaʼda bermagan holda, hokimiyat organlariga xabar qilmaslik, ushbu Kodeksning 1551 va 241-moddalarida nazarda tutilgan hollardagina javobgarlikka sabab boʻladi. | Jinoyatga tayyorgarlik koʻrilayotganligi, jinoyat sodir etilayotganligi yoki jinoyat sodir etilganligi haqida aniq bila turib, oldindan vaʼda bermagan holda, hokimiyat organlariga xabar qilmaslik, ushbu Kodeksning 1551 va 241-moddalarida nazarda tutilgan hollardagina javobgarlikka sabab boʻladi. | ||||||
Jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli va vositalarini, jinoyat izlarini yoki jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan narsalarni oldindan vaʼda bermagan holda yashirganlik ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan hollardagina javobgarlikka sabab boʻladi. | Jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli va vositalarini, jinoyat izlarini yoki jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan narsalarni oldindan vaʼda bermagan holda yashirganlik ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan hollardagina javobgarlikka sabab boʻladi. | ||||||
Oldindan vaʼda bermagan holda jinoyat haqida xabar bermaganlik yoki jinoyatni yashirganlik uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari javobgarlikka tortilmaydi. | Oldindan vaʼda bermagan holda jinoyat haqida xabar bermaganlik yoki jinoyatni yashirganlik uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari javobgarlikka tortilmaydi. | ||||||
VIII bob. Bir qancha jinoyat sodir etish | VIII bob. Bir qancha jinoyat sodir etish | ||||||
32-modda. Takroran jinoyat sodir etish | 32-modda. Takroran jinoyat sodir etish | ||||||
Ushbu Kodeks Maxsus qismining aynan bir moddasida, qismida, Kodeksda alohida koʻrsatilgan hollarda esa, turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoyatni shaxs turli vaqtlarda sodir etgan, ammo ularning birortasi uchun ham sudlangan boʻlmasa, takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. Tamom boʻlgan jinoyat ham, jazoga sazovor boʻlgan jinoyatga tayyorgarlik koʻrish yoki jinoyat sodir etishga suiqasd qilish ham, shuningdek ishtirokchilikda jinoyat sodir etish ham takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. | Ushbu Kodeks Maxsus qismining aynan bir moddasida, qismida, Kodeksda alohida koʻrsatilgan hollarda esa, turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoyatni shaxs turli vaqtlarda sodir etgan, ammo ularning birortasi uchun ham sudlangan boʻlmasa, takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. Tamom boʻlgan jinoyat ham, jazoga sazovor boʻlgan jinoyatga tayyorgarlik koʻrish yoki jinoyat sodir etishga suiqasd qilish ham, shuningdek ishtirokchilikda jinoyat sodir etish ham takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. | ||||||
Agar shaxs ilgari sodir etgan qilmishi uchun javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan boʻlsa, jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi. | Agar shaxs ilgari sodir etgan qilmishi uchun javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan boʻlsa, jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi. | ||||||
Umumiy qasd bilan qamrab olingan va yagona maqsadga yoʻnaltirilgan bir jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi bir-biriga oʻxshash bir necha jinoiy qilmishlardan iborat boʻlgan (davomli) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi. | Umumiy qasd bilan qamrab olingan va yagona maqsadga yoʻnaltirilgan bir jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi bir-biriga oʻxshash bir necha jinoiy qilmishlardan iborat boʻlgan (davomli) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi. | ||||||
Vazifalarini uzoq vaqt mobaynida bajarmaslikdan iborat boʻlib, bir jinoyatning uzluksiz tarkibini tashkil qilgan (uzoqqa choʻzilgan) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi. | Vazifalarini uzoq vaqt mobaynida bajarmaslikdan iborat boʻlib, bir jinoyatning uzluksiz tarkibini tashkil qilgan (uzoqqa choʻzilgan) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi. | ||||||
33-modda. Jinoyatlar majmui | 33-modda. Jinoyatlar majmui | ||||||
Ushbu Kodeks Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan, javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir etish, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs sudlangan boʻlmasa, jinoyatlar majmui deb topiladi. | Ushbu Kodeks Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan, javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir etish, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs sudlangan boʻlmasa, jinoyatlar majmui deb topiladi. | ||||||
Agar shaxs sodir etgan qilmishda ushbu Kodeks Maxsus qismi ayni bir moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning alomatlari mavjud boʻlsa, u moddaning ogʻirroq jazo belgilangan qismi boʻyicha javobgarlikka tortiladi. | Agar shaxs sodir etgan qilmishda ushbu Kodeks Maxsus qismi ayni bir moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning alomatlari mavjud boʻlsa, u moddaning ogʻirroq jazo belgilangan qismi boʻyicha javobgarlikka tortiladi. | ||||||
34-modda. Retsidiv jinoyat | 34-modda. Retsidiv jinoyat | ||||||
Shaxsning ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganidan keyin qasddan yangi jinoyat sodir etishi retsidiv jinoyat deb topiladi. | Shaxsning ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganidan keyin qasddan yangi jinoyat sodir etishi retsidiv jinoyat deb topiladi. | ||||||
Ilgari hukm qilingan jinoyatiga oʻxshash jinoyat sodir etgan, ushbu Kodeksda alohida koʻrsatilgan hollarda esa, Maxsus qismning boshqa moddalari bilan ham hukm qilingan shaxsning qasddan yangi jinoyat sodir etishi xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi. | Ilgari hukm qilingan jinoyatiga oʻxshash jinoyat sodir etgan, ushbu Kodeksda alohida koʻrsatilgan hollarda esa, Maxsus qismning boshqa moddalari bilan ham hukm qilingan shaxsning qasddan yangi jinoyat sodir etishi xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi. | ||||||
Besh yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin boʻlgan qasddan yangi jinoyat sodir etish, yaʼni: | Besh yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin boʻlgan qasddan yangi jinoyat sodir etish, yaʼni: | ||||||
a) ilgari oʻta ogʻir jinoyati uchun yoki ikki marta ogʻir jinoyati uchun hukm qilinib, ularning har biri uchun besh yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxs tomonidan oʻta ogʻir jinoyat sodir etilishi; | a) ilgari oʻta ogʻir jinoyati uchun yoki ikki marta ogʻir jinoyati uchun hukm qilinib, ularning har biri uchun besh yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxs tomonidan oʻta ogʻir jinoyat sodir etilishi; | ||||||
b) ilgari ogʻir jinoyati uchun ikki marta hukm qilingan yoki oldin-keyinligidan qatʼi nazar, ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar uchun ularning har biriga besh yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxsning ogʻir jinoyat sodir etishi oʻta xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi. | b) ilgari ogʻir jinoyati uchun ikki marta hukm qilingan yoki oldin-keyinligidan qatʼi nazar, ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar uchun ularning har biriga besh yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxsning ogʻir jinoyat sodir etishi oʻta xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi. | ||||||
Sudning hukmi bilan shaxs oʻta xavfli retsidivist deb topilishi mumkin. | Sudning hukmi bilan shaxs oʻta xavfli retsidivist deb topilishi mumkin. | ||||||
Shaxsni oʻta xavfli retsidivist deb topish toʻgʻrisidagi masala hal qilinayotgan vaqtda uning boshqa davlatlar sudlarining hukmlari boʻyicha sudlanganligi ham hisobga olinishi mumkin. | Shaxsni oʻta xavfli retsidivist deb topish toʻgʻrisidagi masala hal qilinayotgan vaqtda uning boshqa davlatlar sudlarining hukmlari boʻyicha sudlanganligi ham hisobga olinishi mumkin. | ||||||
Shaxsni oʻta xavfli retsidivist deb topish toʻgʻrisidagi masala hal qilinayotgan vaqtda uning oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga qadar sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi, shuningdek qonunda belgilangan tartibda sudlanganlik muhlatlarining oʻtib ketganligi yoki olib tashlangan sudlanganligi inobatga olinmaydi. | Shaxsni oʻta xavfli retsidivist deb topish toʻgʻrisidagi masala hal qilinayotgan vaqtda uning oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga qadar sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi, shuningdek qonunda belgilangan tartibda sudlanganlik muhlatlarining oʻtib ketganligi yoki olib tashlangan sudlanganligi inobatga olinmaydi. | ||||||
Ushbu Kodeks Maxsus qismining oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi moddalari shaxs ushbu jinoyatni sodir etgunga qadar qonunda belgilangan tartibda oʻta xavfli retsidivist deb topilgan boʻlsagina qoʻllaniladi. | Ushbu Kodeks Maxsus qismining oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi moddalari shaxs ushbu jinoyatni sodir etgunga qadar qonunda belgilangan tartibda oʻta xavfli retsidivist deb topilgan boʻlsagina qoʻllaniladi. | ||||||
UCHINCHI BOʻLIM QILMISHNING JINOIYLIGINI ISTISNO QILADIGAN HOLATLAR | UCHINCHI BOʻLIM QILMISHNING JINOIYLIGINI ISTISNO QILADIGAN HOLATLAR | ||||||
IX bob. Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar tushunchasi va turlari | IX bob. Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar tushunchasi va turlari | ||||||
35-modda. Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar tushunchasi | 35-modda. Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar tushunchasi | ||||||
Qilmishda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alomatlar rasmiy jihatdan mavjud boʻlsa-da, lekin u ijtimoiy xavfli, gʻayriqonuniy yoki aybli boʻlmasa, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb topiladi. | Qilmishda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alomatlar rasmiy jihatdan mavjud boʻlsa-da, lekin u ijtimoiy xavfli, gʻayriqonuniy yoki aybli boʻlmasa, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb topiladi. | ||||||
Quyidagi holatlar, yaʼni kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mudofaa; oxirgi zarurat; ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chogʻida zarar yetkazish; buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan asosli tavakkalchilik; jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qoʻrqitish natijasida qilmish sodir etish jinoyatni istisno qiluvchi holatlar deb topiladi. | Quyidagi holatlar, yaʼni kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mudofaa; oxirgi zarurat; ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chogʻida zarar yetkazish; buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan asosli tavakkalchilik; jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qoʻrqitish natijasida qilmish sodir etish jinoyatni istisno qiluvchi holatlar deb topiladi. | ||||||
36-modda. Kam ahamiyatli qilmishlar | 36-modda. Kam ahamiyatli qilmishlar | ||||||
Garchi ushbu Kodeksda jinoyat sifatida nazarda tutilgan qilmishning alomatlari mavjud boʻlsa-da, oʻzining kam ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfli boʻlmagan harakat yoki harakatsizlik jinoyat deb topilmaydi. | Garchi ushbu Kodeksda jinoyat sifatida nazarda tutilgan qilmishning alomatlari mavjud boʻlsa-da, oʻzining kam ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfli boʻlmagan harakat yoki harakatsizlik jinoyat deb topilmaydi. | ||||||
37-modda. Zaruriy mudofaa | 37-modda. Zaruriy mudofaa | ||||||
Zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan, yaʼni mudofaalanuvchi yoxud boshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini qonunga xilof tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazgan holda himoya qilish chogʻida qilingan harakat, agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan boʻlsa, jinoyat deb topilmaydi. | Zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan, yaʼni mudofaalanuvchi yoxud boshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini qonunga xilof tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazgan holda himoya qilish chogʻida qilingan harakat, agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan boʻlsa, jinoyat deb topilmaydi. | ||||||
Tajovuzning xususiyati va xavfliligi darajasiga butunlay muvofiq kelmaydigan mudofaa, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish deb topiladi. | Tajovuzning xususiyati va xavfliligi darajasiga butunlay muvofiq kelmaydigan mudofaa, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish deb topiladi. | ||||||
Boshqa shaxslarga yoki hokimiyat organlariga yordam soʻrab murojaat qilish yoxud tajovuzdan oʻzga yoʻsinda qutulish imkoniyati bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, zaruriy mudofaa huquqi shaxsga tegishlidir. | Boshqa shaxslarga yoki hokimiyat organlariga yordam soʻrab murojaat qilish yoxud tajovuzdan oʻzga yoʻsinda qutulish imkoniyati bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, zaruriy mudofaa huquqi shaxsga tegishlidir. | ||||||
Zarar yetkazish maqsadida qasddan hujum qilish istagini qoʻzgʻatish zaruriy mudofaa deb topilmaydi. | Zarar yetkazish maqsadida qasddan hujum qilish istagini qoʻzgʻatish zaruriy mudofaa deb topilmaydi. | ||||||
38-modda. Oxirgi zarurat | 38-modda. Oxirgi zarurat | ||||||
Oxirgi zarurat holatida, yaʼni shaxsning yoki boshqa fuqarolarning shaxsiga yoxud huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga tahdid soluvchi xavfni qaytarish uchun qonun bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazgan holda sodir etilgan qilmish, basharti, shu xavfni oʻsha holatda boshqa choralar bilan qaytarishning iloji boʻlmasa hamda keltirilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq boʻlsa, jinoyat deb topilmaydi. | Oxirgi zarurat holatida, yaʼni shaxsning yoki boshqa fuqarolarning shaxsiga yoxud huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga tahdid soluvchi xavfni qaytarish uchun qonun bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazgan holda sodir etilgan qilmish, basharti, shu xavfni oʻsha holatda boshqa choralar bilan qaytarishning iloji boʻlmasa hamda keltirilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq boʻlsa, jinoyat deb topilmaydi. | ||||||
Shaxsning oxirgi zarurat holatida sodir etgan qilmishi, basharti, oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqilmagan boʻlsa, qonuniy deb topiladi. | Shaxsning oxirgi zarurat holatida sodir etgan qilmishi, basharti, oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqilmagan boʻlsa, qonuniy deb topiladi. | ||||||
Agar boshqa vositalar orqali xavfning oldini olish mumkin boʻlsa yoki keltirilgan zarar oldi olingan zarardan oshib ketsa, qonun bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga bunday zarar yetkazish oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish deb topiladi. | Agar boshqa vositalar orqali xavfning oldini olish mumkin boʻlsa yoki keltirilgan zarar oldi olingan zarardan oshib ketsa, qonun bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga bunday zarar yetkazish oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish deb topiladi. | ||||||
Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan qilmishning qonuniyligini baholashda oldi olinishi lozim boʻlgan xavfning xususiyati va xavflilik darajasi, shunday xavfning haqiqatan mavjud yoki mavjud emasligi va yuz berish vaqtining yaqinligi, xavfni qaytaruvchi shaxsning mavjud imkoniyatlari, vujudga kelgan vaziyatdagi ruhiy holati va ishning boshqa holatlari hisobga olinadi. | Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan qilmishning qonuniyligini baholashda oldi olinishi lozim boʻlgan xavfning xususiyati va xavflilik darajasi, shunday xavfning haqiqatan mavjud yoki mavjud emasligi va yuz berish vaqtining yaqinligi, xavfni qaytaruvchi shaxsning mavjud imkoniyatlari, vujudga kelgan vaziyatdagi ruhiy holati va ishning boshqa holatlari hisobga olinadi. | ||||||
39-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish | 39-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish | ||||||
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimiyat organlariga topshirish maqsadida ushlash vaqtida unga zarar yetkazish, agar uni ushlash uchun zarur boʻlgan choralarning chegarasidan chetga chiqilmagan boʻlsa, jinoyat deb topilmaydi. | Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimiyat organlariga topshirish maqsadida ushlash vaqtida unga zarar yetkazish, agar uni ushlash uchun zarur boʻlgan choralarning chegarasidan chetga chiqilmagan boʻlsa, jinoyat deb topilmaydi. | ||||||
Ushlash vositalari va usullariga, qilmishning hamda uni sodir etgan shaxsning xavflilik darajasiga, shuningdek ushlash sharoitiga butunlay mos kelmaydigan, ushlash zarurati taqozo etmagan holda ushlanayotgan shaxsga qasddan zarar yetkazish ushlash choralari chegarasidan chetga chiqish deb topiladi. | Ushlash vositalari va usullariga, qilmishning hamda uni sodir etgan shaxsning xavflilik darajasiga, shuningdek ushlash sharoitiga butunlay mos kelmaydigan, ushlash zarurati taqozo etmagan holda ushlanayotgan shaxsga qasddan zarar yetkazish ushlash choralari chegarasidan chetga chiqish deb topiladi. | ||||||
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida unga yetkazilgan zararning qonuniyligini baholashda, qilmishni sodir etgan shaxsning ushlanishdan qochish maqsadida qilgan harakatlari, ushlovchining kuchi va imkoniyatlari, ruhiy holati va ushlash bilan bogʻliq boʻlgan boshqa holatlar hisobga olinadi. | Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida unga yetkazilgan zararning qonuniyligini baholashda, qilmishni sodir etgan shaxsning ushlanishdan qochish maqsadida qilgan harakatlari, ushlovchining kuchi va imkoniyatlari, ruhiy holati va ushlash bilan bogʻliq boʻlgan boshqa holatlar hisobga olinadi. | ||||||
Maxsus vakolatli shaxslar bilan bir qatorda jabrlanuvchi va boshqa fuqarolar ham ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash huquqiga egadirlar. | Maxsus vakolatli shaxslar bilan bir qatorda jabrlanuvchi va boshqa fuqarolar ham ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash huquqiga egadirlar. | ||||||
40-modda. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish | 40-modda. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish | ||||||
Shaxsning buyruq yoki boshqa farmoyishni, shuningdek mansab vazifalarini qonunan bajarishi tufayli zarar yetkazilgan boʻlsa, jinoyat deb topilmaydi. | Shaxsning buyruq yoki boshqa farmoyishni, shuningdek mansab vazifalarini qonunan bajarishi tufayli zarar yetkazilgan boʻlsa, jinoyat deb topilmaydi. | ||||||
Jinoiyligi oldindan ayon boʻlgan buyruq yoki boshqa farmoyishni bajarib, jinoyat sodir etgan shaxs, umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi. | Jinoiyligi oldindan ayon boʻlgan buyruq yoki boshqa farmoyishni bajarib, jinoyat sodir etgan shaxs, umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi. | ||||||
Gʻayriqonuniy ravishda berilgan buyruq yoki farmoyishni yoxud mansab vazifasini bajarmagan yoki buzgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi. Shaxsning amalda sodir etgan qilmishida boshqa bir jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud boʻlsagina, u javobgarlikka tortiladi. | Gʻayriqonuniy ravishda berilgan buyruq yoki farmoyishni yoxud mansab vazifasini bajarmagan yoki buzgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi. Shaxsning amalda sodir etgan qilmishida boshqa bir jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud boʻlsagina, u javobgarlikka tortiladi. | ||||||
41-modda. Kasb yoki xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq asosli tavakkalchilik | 41-modda. Kasb yoki xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq asosli tavakkalchilik | ||||||
Ijtimoiy foydali maqsadga erishish uchun kasb yoki xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq asosli tavakkalchilik qilib, huquqlar va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazish jinoyat deb topilmaydi. | Ijtimoiy foydali maqsadga erishish uchun kasb yoki xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq asosli tavakkalchilik qilib, huquqlar va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazish jinoyat deb topilmaydi. | ||||||
Agar sodir etilgan harakat zamonaviy ilmiy-texnika bilimlari va tajribalariga muvofiq kelgan, qoʻyilgan maqsadga esa, tavakkal qilmay erishishning iloji boʻlmagan hamda shaxs huquqlar va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazilishining oldini olish uchun tegishli choralarni koʻrgan boʻlsa, bunday tavakkalchilik asosli deb topiladi. | Agar sodir etilgan harakat zamonaviy ilmiy-texnika bilimlari va tajribalariga muvofiq kelgan, qoʻyilgan maqsadga esa, tavakkal qilmay erishishning iloji boʻlmagan hamda shaxs huquqlar va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazilishining oldini olish uchun tegishli choralarni koʻrgan boʻlsa, bunday tavakkalchilik asosli deb topiladi. | ||||||
Kasb yoki xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq asosli tavakkalchilik qilishda koʻzlangan ijtimoiy foydali natijaga erishilmagan va keltirilgan zarar ijtimoiy foydali maqsadga erishish natijasida olinishi mumkin boʻlgan foydali natijadan koʻproq boʻlgan taqdirda ham yetkazilgan zarar javobgarlikka sabab boʻlmaydi. | Kasb yoki xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq asosli tavakkalchilik qilishda koʻzlangan ijtimoiy foydali natijaga erishilmagan va keltirilgan zarar ijtimoiy foydali maqsadga erishish natijasida olinishi mumkin boʻlgan foydali natijadan koʻproq boʻlgan taqdirda ham yetkazilgan zarar javobgarlikka sabab boʻlmaydi. | ||||||
Tavakkalchilik odamlarning halok boʻlish xavfi, ekologiya halokati yoxud boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini bila turib qilingan boʻlsa, asosli deb topilmaydi. | Tavakkalchilik odamlarning halok boʻlish xavfi, ekologiya halokati yoxud boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini bila turib qilingan boʻlsa, asosli deb topilmaydi. | ||||||
Tadbirkorlik subyektlarining oʻzlariga koʻrsatilgan xizmatlar, shu jumladan berilgan kreditlar yuzasidan banklar va boshqa moliya tashkilotlari oldidagi shartnoma majburiyatlarini tadbirkorlik tavakkalchiliklari hamda boshqa tijorat tavakkalchiliklari bilan bogʻliq holda bajarmaganligi banklar va boshqa moliya tashkilotlari xodimlarini jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos boʻlmaydi. | Tadbirkorlik subyektlarining oʻzlariga koʻrsatilgan xizmatlar, shu jumladan berilgan kreditlar yuzasidan banklar va boshqa moliya tashkilotlari oldidagi shartnoma majburiyatlarini tadbirkorlik tavakkalchiliklari hamda boshqa tijorat tavakkalchiliklari bilan bogʻliq holda bajarmaganligi banklar va boshqa moliya tashkilotlari xodimlarini jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos boʻlmaydi. | ||||||
411-modda. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qoʻrqitish | 411-modda. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qoʻrqitish | ||||||
Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qoʻllash bilan qoʻrqitish natijasida ushbu Kodeks bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazilishi, agar bunday majburlash yoxud qoʻrqitish oqibatida shaxs oʻz harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan boʻlsa, jinoyat hisoblanmaydi. | Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qoʻllash bilan qoʻrqitish natijasida ushbu Kodeks bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazilishi, agar bunday majburlash yoxud qoʻrqitish oqibatida shaxs oʻz harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan boʻlsa, jinoyat hisoblanmaydi. | ||||||
Ushbu Kodeks bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qoʻllash bilan qoʻrqitish natijasida zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisidagi masala, agar bunday majburlash yoki qoʻrqitish oqibatida shaxs oʻz harakatlarini (harakatsizligini) boshqarish imkoniyatini saqlab qolgan boʻlsa, ushbu Kodeks 38-moddasining qoidalari inobatga olingan holda hal etiladi. | Ushbu Kodeks bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qoʻllash bilan qoʻrqitish natijasida zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisidagi masala, agar bunday majburlash yoki qoʻrqitish oqibatida shaxs oʻz harakatlarini (harakatsizligini) boshqarish imkoniyatini saqlab qolgan boʻlsa, ushbu Kodeks 38-moddasining qoidalari inobatga olingan holda hal etiladi. | ||||||
TOʻRTINCHI BOʻLIM JAZO VA UNI TAYINLASH | TOʻRTINCHI BOʻLIM JAZO VA UNI TAYINLASH | ||||||
X bob. Jazo tushunchasi, maqsadlari va turlari | X bob. Jazo tushunchasi, maqsadlari va turlari | ||||||
42-modda. Jazo tushunchasi va maqsadlari | 42-modda. Jazo tushunchasi va maqsadlari | ||||||
Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qoʻllanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir. | Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qoʻllanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir. | ||||||
Jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatni davom ettirishiga toʻsqinlik qilish hamda mahkum, shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida qoʻllaniladi. | Jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatni davom ettirishiga toʻsqinlik qilish hamda mahkum, shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida qoʻllaniladi. | ||||||
43-modda. Jazo tizimi | 43-modda. Jazo tizimi | ||||||
Jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar qoʻllanilishi mumkin: | Jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar qoʻllanilishi mumkin: | ||||||
a) jarima; | a) jarima; | ||||||
b) muayyan huquqdan mahrum qilish; | b) muayyan huquqdan mahrum qilish; | ||||||
b1) majburiy jamoat ishlari; | b1) majburiy jamoat ishlari; | ||||||
v) axloq tuzatish ishlari; | v) axloq tuzatish ishlari; | ||||||
g) xizmat boʻyicha cheklash; | g) xizmat boʻyicha cheklash; | ||||||
d1) ozodlikni cheklash; | d1) ozodlikni cheklash; | ||||||
e) intizomiy qismga joʻnatish; | e) intizomiy qismga joʻnatish; | ||||||
j) ozodlikdan mahrum qilish; | j) ozodlikdan mahrum qilish; | ||||||
z) umrbod ozodlikdan mahrum qilish. | z) umrbod ozodlikdan mahrum qilish. | ||||||
Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tarzidagi qoʻshimcha jazo ham qoʻllanilishi mumkin. | Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tarzidagi qoʻshimcha jazo ham qoʻllanilishi mumkin. | ||||||
Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazolar faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qoʻllaniladi. | Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazolar faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qoʻllaniladi. | ||||||
Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qoʻshimcha jazo tariqasida ham qoʻllanilishi mumkin. | Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qoʻshimcha jazo tariqasida ham qoʻllanilishi mumkin. | ||||||
44-modda. Jarima | 44-modda. Jarima | ||||||
Jarima aybdordan davlat daromadiga ushbu Kodeksda belgilangan miqdorda pul undirishdir. | Jarima aybdordan davlat daromadiga ushbu Kodeksda belgilangan miqdorda pul undirishdir. | ||||||
Jarima bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda belgilanadi. | Jarima bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda belgilanadi. | ||||||
Agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlarda toʻlashdan boʻyin tovlasa yoxud qarzdorda undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlar mobaynida jarimani undirishning imkoni boʻlmasa, xuddi shuningdek kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima toʻlanmagan yoki jarimani boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari buzilgan taqdirda, sud jarimaning toʻlanmagan miqdorini majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, xizmat boʻyicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Bunday holda majburiy jamoat ishlarining ikki yarim soati bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, toʻrt yuz sakson soatdan koʻp boʻlmagan muddatga, axloq tuzatish ishlarining, xizmat boʻyicha cheklashning, ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning har bir oyi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn olti baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga tayinlanadi. | Agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlarda toʻlashdan boʻyin tovlasa yoxud qarzdorda undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlar mobaynida jarimani undirishning imkoni boʻlmasa, xuddi shuningdek kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima toʻlanmagan yoki jarimani boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari buzilgan taqdirda, sud jarimaning toʻlanmagan miqdorini majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, xizmat boʻyicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Bunday holda majburiy jamoat ishlarining ikki yarim soati bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, toʻrt yuz sakson soatdan koʻp boʻlmagan muddatga, axloq tuzatish ishlarining, xizmat boʻyicha cheklashning, ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning har bir oyi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn olti baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga tayinlanadi. | ||||||
45-modda. Muayyan huquqdan mahrum qilish | 45-modda. Muayyan huquqdan mahrum qilish | ||||||
Shaxsni muayyan huquqdan mahrum qilish sud tayinlagan muddat davomida aybdorning korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda u yoki bu mansabni egallashini yoxud u yoki bu faoliyat bilan shugʻullanishini taqiqlashdan iboratdir. Ana shunday mansab yoki faoliyatning turi sud tomonidan ayblov hukmida koʻrsatiladi. | Shaxsni muayyan huquqdan mahrum qilish sud tayinlagan muddat davomida aybdorning korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda u yoki bu mansabni egallashini yoxud u yoki bu faoliyat bilan shugʻullanishini taqiqlashdan iboratdir. Ana shunday mansab yoki faoliyatning turi sud tomonidan ayblov hukmida koʻrsatiladi. | ||||||
Muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorning mansabi yoki ish faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan jinoyatni sodir etganligi uchun asosiy jazo tariqasida tayinlanganda — bir yildan besh yilgacha muddatga, qoʻshimcha jazo tariqasida tayinlanganda — bir yildan uch yilgacha muddatga belgilanadi. | Muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorning mansabi yoki ish faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan jinoyatni sodir etganligi uchun asosiy jazo tariqasida tayinlanganda — bir yildan besh yilgacha muddatga, qoʻshimcha jazo tariqasida tayinlanganda — bir yildan uch yilgacha muddatga belgilanadi. | ||||||
Agar muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorga asosiy jazo tariqasida tayinlanmagan boʻlsa, bunday jazo sud tomonidan ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan har qanday turdagi jazoga qoʻshimcha jazo tariqasida tayinlanishi mumkin. | Agar muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorga asosiy jazo tariqasida tayinlanmagan boʻlsa, bunday jazo sud tomonidan ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan har qanday turdagi jazoga qoʻshimcha jazo tariqasida tayinlanishi mumkin. | ||||||
Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga joʻnatish jazosiga qoʻshimcha jazo tariqasida tayinlangan boʻlsa, asosiy jazoning butun muddatiga, bundan tashqari sud hukmi bilan tayinlangan muddatga joriy etiladi. Bu jazo boshqa asosiy jazolarga qoʻshimcha jazo tariqasida tayinlanganda va mahkum shartli hukm qilinganda uning muddati hukm qonuniy kuchga kirgan vaqtdan boshlab hisoblanadi. | Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga joʻnatish jazosiga qoʻshimcha jazo tariqasida tayinlangan boʻlsa, asosiy jazoning butun muddatiga, bundan tashqari sud hukmi bilan tayinlangan muddatga joriy etiladi. Bu jazo boshqa asosiy jazolarga qoʻshimcha jazo tariqasida tayinlanganda va mahkum shartli hukm qilinganda uning muddati hukm qonuniy kuchga kirgan vaqtdan boshlab hisoblanadi. | ||||||
Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarga nisbatan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlanmaydi, bundan odam oʻlishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlgan hollar mustasno. | Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarga nisbatan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlanmaydi, bundan odam oʻlishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlgan hollar mustasno. | ||||||
451-modda. Majburiy jamoat ishlari | 451-modda. Majburiy jamoat ishlari | ||||||
Majburiy jamoat ishlari mahkumni haq toʻlanmaydigan foydali jamoat ishlarini bajarishga majburiy tarzda jalb qilishdan iboratdir. Mahkum ishlayotgan yoki oʻqiyotgan boʻlsa, majburiy jamoat ishlari ishdan yoki oʻqishdan boʻsh vaqtda oʻtaladi. | Majburiy jamoat ishlari mahkumni haq toʻlanmaydigan foydali jamoat ishlarini bajarishga majburiy tarzda jalb qilishdan iboratdir. Mahkum ishlayotgan yoki oʻqiyotgan boʻlsa, majburiy jamoat ishlari ishdan yoki oʻqishdan boʻsh vaqtda oʻtaladi. | ||||||
Mahkumlar majburiy jamoat ishlarini oʻtashi mumkin boʻlgan joylar (obyektlar) va majburiy jamoat ishlarining turi mazkur jazoning ijrosini nazorat qiluvchi organlar tomonidan belgilanadi. | Mahkumlar majburiy jamoat ishlarini oʻtashi mumkin boʻlgan joylar (obyektlar) va majburiy jamoat ishlarining turi mazkur jazoning ijrosini nazorat qiluvchi organlar tomonidan belgilanadi. | ||||||
Majburiy jamoat ishlari bir yuz yigirma soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha boʻlgan muddatga tayinlanadi va olti oy davomida kuniga toʻrt soatdan koʻp boʻlmagan vaqtda, mahkumga bogʻliq boʻlmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda esa, bir yilgacha boʻlgan muhlatda kuniga toʻrt soatdan koʻp boʻlmagan vaqtda oʻtaladi. | Majburiy jamoat ishlari bir yuz yigirma soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha boʻlgan muddatga tayinlanadi va olti oy davomida kuniga toʻrt soatdan koʻp boʻlmagan vaqtda, mahkumga bogʻliq boʻlmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda esa, bir yilgacha boʻlgan muhlatda kuniga toʻrt soatdan koʻp boʻlmagan vaqtda oʻtaladi. | ||||||
Majburiy jamoat ishlari pensiya yoshiga yetgan shaxslarga, oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslarga, homilador ayollarga, uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga, harbiy xizmatchilarga, chet el fuqarolariga va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi. | Majburiy jamoat ishlari pensiya yoshiga yetgan shaxslarga, oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslarga, homilador ayollarga, uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga, harbiy xizmatchilarga, chet el fuqarolariga va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi. | ||||||
Mahkum jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan taqdirda, sud majburiy jamoat ishlarining oʻtalmagan muddatini majburiy jamoat ishlarining toʻrt soatini ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlanilgan vaqt jazoning oʻtalgan muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi. | Mahkum jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan taqdirda, sud majburiy jamoat ishlarining oʻtalmagan muddatini majburiy jamoat ishlarining toʻrt soatini ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlanilgan vaqt jazoning oʻtalgan muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi. | ||||||
46-modda. Axloq tuzatish ishlari | 46-modda. Axloq tuzatish ishlari | ||||||
Axloq tuzatish ishlari shaxs ish haqining oʻn foizidan oʻttiz foizigacha miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uni mehnatga majburan jalb qilishdan iborat boʻlib, jazo sudning hukmiga muvofiq mahkumning oʻz ish joyi yoki mazkur jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan boshqa joylarda oʻtaladi. | Axloq tuzatish ishlari shaxs ish haqining oʻn foizidan oʻttiz foizigacha miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uni mehnatga majburan jalb qilishdan iborat boʻlib, jazo sudning hukmiga muvofiq mahkumning oʻz ish joyi yoki mazkur jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan boshqa joylarda oʻtaladi. | ||||||
Axloq tuzatish ishlari olti oydan uch yilgacha muddatga tayinlanadi. | Axloq tuzatish ishlari olti oydan uch yilgacha muddatga tayinlanadi. | ||||||
Axloq tuzatish ishlari pensiya yoshiga yetganlarga, mehnatga qobiliyatsizlarga, homilador ayollarga, uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga va harbiy xizmatchilarga nisbatan qoʻllanilmaydi. | Axloq tuzatish ishlari pensiya yoshiga yetganlarga, mehnatga qobiliyatsizlarga, homilador ayollarga, uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga va harbiy xizmatchilarga nisbatan qoʻllanilmaydi. | ||||||
Agar shaxs sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari muddatining jami boʻlib oʻndan bir qismidan koʻprogʻini oʻtashdan boʻyin tovlasa, sud axloq tuzatish ishlarining oʻtalmagan muddatini xuddi shu muddatga ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan vaqt jazoning oʻtalgan muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi. | Agar shaxs sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari muddatining jami oʻttiz kundan koʻprogʻini oʻtashdan uzrli sabablarsiz boʻyin tovlasa yoki Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketsa, sud axloq tuzatish ishlarining oʻtalmagan muddatini xuddi shu muddatga ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlangan vaqt jazoning oʻtalgan muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi. | ||||||
47-modda. Xizmat boʻyicha cheklash | 47-modda. Xizmat boʻyicha cheklash | ||||||
Xizmat boʻyicha cheklash — harbiy xizmatni kontrakt boʻyicha oʻtayotgan harbiy xizmatchini sud hukmida koʻrsatilgan muddat davomida muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum qilib, pul taʼminotining oʻn foizidan oʻttiz foizigacha boʻlgan miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolishdan iboratdir. | Xizmat boʻyicha cheklash — harbiy xizmatni kontrakt boʻyicha oʻtayotgan harbiy xizmatchini sud hukmida koʻrsatilgan muddat davomida muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum qilib, pul taʼminotining oʻn foizidan oʻttiz foizigacha boʻlgan miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolishdan iboratdir. | ||||||
Xizmat boʻyicha cheklash jazo chorasi ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan hollarda ikki oydan uch yilgacha muddatga qoʻllaniladi. Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat yoki ogʻir oqibatlarni keltirib chiqarmagan ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat uchun sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazosi oʻrniga shu muddatga xizmat boʻyicha cheklash jazosini qoʻllashi mumkin. | Xizmat boʻyicha cheklash jazo chorasi ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan hollarda ikki oydan uch yilgacha muddatga qoʻllaniladi. Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat yoki ogʻir oqibatlarni keltirib chiqarmagan ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat uchun sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazosi oʻrniga shu muddatga xizmat boʻyicha cheklash jazosini qoʻllashi mumkin. | ||||||
Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash muddati davomida mahkumning mansabini, harbiy yoki maxsus unvonini oshirish mumkin emas, jazoni oʻtagan vaqt esa, uning koʻp yil ishlaganlik, navbatdagi harbiy yoki maxsus unvon hamda pensiya olish uchun asos boʻladigan xizmat muddatiga qoʻshilmaydi. | Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash muddati davomida mahkumning mansabini, harbiy yoki maxsus unvonini oshirish mumkin emas, jazoni oʻtagan vaqt esa, uning koʻp yil ishlaganlik, navbatdagi harbiy yoki maxsus unvon hamda pensiya olish uchun asos boʻladigan xizmat muddatiga qoʻshilmaydi. | ||||||
481-modda. Ozodlikni cheklash | 481-modda. Ozodlikni cheklash | ||||||
Ozodlikni cheklash sud tomonidan mahkumga nisbatan yashash joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklashdan iborat. | Ozodlikni cheklash sud tomonidan mahkumga nisbatan uy-joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoxud ishlash yoki oʻqish vaqtidan, shuningdek ish yoki oʻqish joyigacha borishi va uy-joyiga qaytib kelishi uchun zarur boʻlgan vaqtdan tashqari qolgan vaqtda uy-joyidan chiqishni cheklashdan iborat. | ||||||
Ozodlikni cheklash bir oydan besh yilgacha muddatga tayinlanadi hamda sud tomonidan belgilanadigan organlar nazorati ostida oʻtaladi. Ozodlikni cheklash, uni mahkumning yashash joyida oʻtash shartlari sodir etilgan qilmishning xususiyati va sud chiqargan qarorni ijro etishdan boʻyin tovlashning oldini olish hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. | Ozodlikni cheklash bir oydan besh yilgacha muddatga tayinlanadi hamda sud tomonidan belgilanadigan organlar nazorati ostida oʻtaladi. Ozodlikni cheklash, uni mahkumning yashash joyida oʻtash shartlari sodir etilgan qilmishning xususiyati va sud chiqargan qarorni ijro etishdan boʻyin tovlashning oldini olish hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. | ||||||
Qoʻllanilayotgan taqiqning (cheklashning) xususiyatlarini hisobga olgan holda, sud mahkumning zimmasiga quyidagi qoʻshimcha taqiqlarni (cheklashlarni) yuklashi mumkin: | Qoʻllanilayotgan taqiqning (cheklashning) xususiyatlarini hisobga olgan holda, sud mahkumning zimmasiga quyidagi qoʻshimcha taqiqlarni (cheklashlarni) yuklashi mumkin: | ||||||
muayyan joylarga bormaslik; | muayyan joylarga bormaslik; | ||||||
ommaviy va boshqa tadbirlar oʻtkazishda ishtirok etmaslik; | ommaviy va boshqa tadbirlar oʻtkazishda ishtirok etmaslik; | ||||||
muayyan faoliyat bilan shugʻullanmaslik; | muayyan faoliyat bilan shugʻullanmaslik; | ||||||
muayyan buyumlarga ega boʻlmaslik yoki ularni oʻzida saqlamaslik; | muayyan buyumlarga ega boʻlmaslik yoki ularni oʻzida saqlamaslik; | ||||||
transport vositasini boshqarmaslik; | transport vositasini boshqarmaslik; | ||||||
mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini, ish va (yoki) oʻqish joyini oʻzgartirmaslik, tegishli maʼmuriy hududdan tashqariga chiqmaslik; | mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini, ish va (yoki) oʻqish joyini oʻzgartirmaslik, tegishli maʼmuriy hududdan tashqariga chiqmaslik; | ||||||
muayyan shaxslar bilan aloqa oʻrnatmaslik; | muayyan shaxslar bilan aloqa oʻrnatmaslik; | ||||||
aloqa vositalaridan, shu jumladan Internetdan foydalanmaslik; | aloqa vositalaridan, shu jumladan Internetdan foydalanmaslik; | ||||||
alkogolli ichimliklar isteʼmol qilmaslik. | alkogolli ichimliklar isteʼmol qilmaslik. | ||||||
Sud ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxsning zimmasiga oʻzi yetkazgan moddiy va maʼnaviy zararning oʻrnini qoplash, ishga yoki oʻqishga joylashish majburiyatlarini, shuningdek uning tuzalishiga koʻmaklashuvchi boshqa majburiyatlarni yuklashi mumkin. | Sud ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxsning zimmasiga oʻzi yetkazgan moddiy va maʼnaviy zararning oʻrnini qoplash, ishga yoki oʻqishga joylashish majburiyatlarini, shuningdek uning tuzalishiga koʻmaklashuvchi boshqa majburiyatlarni yuklashi mumkin. | ||||||
Agar ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxs jazoni oʻtash davrida oʻzining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan, yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, sud mahkumga nisbatan ilgari tayinlangan taqiqlarni (cheklashlarni) toʻliq yoki qisman bekor qilishi mumkin. | Agar ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxs jazoni oʻtash davrida oʻzining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan, yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, sud mahkumga nisbatan ilgari tayinlangan taqiqlarni (cheklashlarni) toʻliq yoki qisman bekor qilishi mumkin. | ||||||
Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan qasddan boʻyin tovlagan, shuningdek sud tomonidan oʻz zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud ozodlikni cheklash jazosining oʻtalmay qolgan muddatini boshqa turdagi jazo bilan almashtirishi mumkin. Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlash vaqti oʻtalgan jazo muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi. | Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan qasddan boʻyin tovlagan, shuningdek sud tomonidan oʻz zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud ozodlikni cheklash jazosining oʻtalmay qolgan muddatini boshqa turdagi jazo bilan almashtirishi mumkin. Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlash vaqti oʻtalgan jazo muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi. | ||||||
Ozodlikni cheklash harbiy xizmatchilar, chet el fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi. | Ozodlikni cheklash harbiy xizmatchilar, chet el fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi. | ||||||
49-modda. Intizomiy qismga joʻnatish | 49-modda. Intizomiy qismga joʻnatish | ||||||
Intizomiy qismga joʻnatish — muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisini sud tomonidan belgilangan muddat mobaynida ichki tartibi ancha qattiq boʻlgan maxsus harbiy qismga joylashtirish orqali, muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum etishdir. | Intizomiy qismga joʻnatish — muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisini sud tomonidan belgilangan muddat mobaynida ichki tartibi ancha qattiq boʻlgan maxsus harbiy qismga joylashtirish orqali, muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum etishdir. | ||||||
Intizomiy qismga joʻnatish jazosi ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan hollarda uch oydan bir yilgacha muddatga qoʻllaniladi. Sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻrniga shu muddatga intizomiy qismga joʻnatish jazosini qoʻllashi mumkin. | Intizomiy qismga joʻnatish jazosi ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan hollarda uch oydan bir yilgacha muddatga qoʻllaniladi. Sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻrniga shu muddatga intizomiy qismga joʻnatish jazosini qoʻllashi mumkin. | ||||||
50-modda. Ozodlikdan mahrum qilish | 50-modda. Ozodlikdan mahrum qilish | ||||||
Ozodlikdan mahrum qilish mahkumni jamiyatdan ajratib jazoni ijro etish koloniyasi yoki turmaga joylashtirishdan iboratdir. | Ozodlikdan mahrum qilish mahkumni jamiyatdan ajratib jazoni ijro etish koloniyasi yoki turmaga joylashtirishdan iboratdir. | ||||||
Ozodlikdan mahrum qilish bir oydan yigirma yilgacha muddatga belgilanadi, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. | Ozodlikdan mahrum qilish bir oydan yigirma yilgacha muddatga belgilanadi, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. | ||||||
Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish yigirma yildan ortiq, lekin yigirma besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga belgilanadi va faqat javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun tayinlanishi mumkin. | Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish yigirma yildan ortiq, lekin yigirma besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga belgilanadi va faqat javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun tayinlanishi mumkin. | ||||||
Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas. | Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas. | ||||||
Ozodlikdan mahrum qilish ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan bir necha jazolarni qoʻshish tartibida tayinlanganda, uning muddati yigirma besh yilgacha belgilanishi mumkin. | Ozodlikdan mahrum qilish ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan bir necha jazolarni qoʻshish tartibida tayinlanganda, uning muddati yigirma besh yilgacha belgilanishi mumkin. | ||||||
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga hamda oltmish yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan tayinlanayotgan jazo muddati ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etish eng koʻp muddatining uchdan ikki qismidan ortiq boʻlishi mumkin emas. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga hamda oltmish yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan tayinlanayotgan jazo muddati ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etish eng koʻp muddatining uchdan ikki qismidan ortiq boʻlishi mumkin emas. | ||||||
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan erkaklarga nisbatan: | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan erkaklarga nisbatan: | ||||||
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda; | a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda; | ||||||
b) qasddan ogʻir jinoyat sodir etganlik va oʻta ogʻir jinoyati uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda; | b) qasddan ogʻir jinoyat sodir etganlik va oʻta ogʻir jinoyati uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda; | ||||||
v) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtab chiqib yoki oʻtayotgan chogʻida, qasddan yangi sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda; | v) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtab chiqib yoki oʻtayotgan chogʻida, qasddan yangi sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda; | ||||||
g) oʻta xavfli retsidivistlarga nisbatan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda oʻtash tayinlanadi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar, shuningdek afv etish tartibida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar ham jazoni maxsus tartibli koloniyalarda oʻtaydilar. | g) oʻta xavfli retsidivistlarga nisbatan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda oʻtash tayinlanadi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar, shuningdek afv etish tartibida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar ham jazoni maxsus tartibli koloniyalarda oʻtaydilar. | ||||||
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan: | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan: | ||||||
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlarga hamda qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda; | a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlarga hamda qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda; | ||||||
b) ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda; | b) ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda; | ||||||
v) ilgari ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtab chiqib, yangi sodir etgan oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga, shuningdek oʻta xavfli retsidivist deb topilganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda oʻtash tayinlanadi. | v) ilgari ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtab chiqib, yangi sodir etgan oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga, shuningdek oʻta xavfli retsidivist deb topilganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda oʻtash tayinlanadi. | ||||||
Turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish, jazoning muayyan qismiga, lekin besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga: | Turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish, jazoning muayyan qismiga, lekin besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga: | ||||||
a) oʻta xavfli retsidivistlarga; | a) oʻta xavfli retsidivistlarga; | ||||||
b) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin. | b) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin. | ||||||
Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlik va qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo homilador ayollarga va uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga nisbatan, shuningdek qonunchilikka muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi. | Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlik va qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo homilador ayollarga va uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga nisbatan, shuningdek qonunchilikka muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi. | ||||||
Sud tomonidan jazoni manzil-koloniyada oʻtashi tayinlangan mahkum saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan taqdirda, sud uni jazoning oʻtalmagan qismi muddatiga umumiy tartibli koloniyaga oʻtkazadi. | Sud tomonidan jazoni manzil-koloniyada oʻtashi tayinlangan mahkum saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan taqdirda, sud uni jazoning oʻtalmagan qismi muddatiga umumiy tartibli koloniyaga oʻtkazadi. | ||||||
51-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish | 51-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish | ||||||
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi boʻlib, mahkumni maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirish orqali jamiyatdan muddatsiz ajratib qoʻyishdan iboratdir. | Umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi boʻlib, mahkumni maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirish orqali jamiyatdan muddatsiz ajratib qoʻyishdan iboratdir. | ||||||
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi faqat javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun belgilanadi. | Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi faqat javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun belgilanadi. | ||||||
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas. | Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas. | ||||||
52-modda. Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish | 52-modda. Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish | ||||||
Harbiy yoki maxsus unvonga ega boʻlgan shaxs ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat uchun hukm qilinganida sud hukmi bilan mazkur unvondan mahrum qilinishi mumkin. | Harbiy yoki maxsus unvonga ega boʻlgan shaxs ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat uchun hukm qilinganida sud hukmi bilan mazkur unvondan mahrum qilinishi mumkin. | ||||||
Oliy harbiy yoki maxsus unvonga yoxud Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotiga ega boʻlgan shaxs ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm qilinganida sudning hukm asosida kiritadigan taqdimnomasiga binoan mazkur unvon yoki mukofotdan mahrum qilinishi mumkin. | Oliy harbiy yoki maxsus unvonga yoxud Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotiga ega boʻlgan shaxs ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm qilinganida sudning hukm asosida kiritadigan taqdimnomasiga binoan mazkur unvon yoki mukofotdan mahrum qilinishi mumkin. | ||||||
XI bob. Jazo tayinlash | XI bob. Jazo tayinlash | ||||||
54-modda. Jazo tayinlashning umumiy asoslari | 54-modda. Jazo tayinlashning umumiy asoslari | ||||||
Jinoyat sodir etishda qonunda belgilangan tartibda aybli deb topilgan shaxs jazoga tortiladi. Sud ushbu Kodeks Maxsus qismining jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddasida belgilangan doirada Umumiy qismning qoidalariga muvofiq jazo tayinlaydi. | Jinoyat sodir etishda qonunda belgilangan tartibda aybli deb topilgan shaxs jazoga tortiladi. Sud ushbu Kodeks Maxsus qismining jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddasida belgilangan doirada Umumiy qismning qoidalariga muvofiq jazo tayinlaydi. | ||||||
Sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi. | Sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi. | ||||||
55-modda. Jazoni yengillashtiruvchi holatlar | 55-modda. Jazoni yengillashtiruvchi holatlar | ||||||
Quyidagi holatlar jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb topiladi: | Quyidagi holatlar jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb topiladi: | ||||||
a) aybni boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilish, chin koʻngildan pushaymon boʻlish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish; | a) aybni boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilish, chin koʻngildan pushaymon boʻlish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish; | ||||||
b) yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish; | b) yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish; | ||||||
v) ogʻir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda jinoyat sodir etish; | v) ogʻir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda jinoyat sodir etish; | ||||||
g) majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud boshqa jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir etish; | g) majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud boshqa jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir etish; | ||||||
d) jabrlanuvchining zoʻrlik, ogʻir haqorat yoki boshqacha gʻayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat sodir etish; | d) jabrlanuvchining zoʻrlik, ogʻir haqorat yoki boshqacha gʻayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat sodir etish; | ||||||
e) zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli chegarasidan chetga chiqib jinoyat sodir etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq boʻlgan asosli tavakkalchilikda zarar yetkazish; | e) zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli chegarasidan chetga chiqib jinoyat sodir etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq boʻlgan asosli tavakkalchilikda zarar yetkazish; | ||||||
j) voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi; | j) voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi; | ||||||
z) homilador ayolning jinoyat sodir etishi; | z) homilador ayolning jinoyat sodir etishi; | ||||||
i) jabrlanuvchining gʻayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori taʼsiri ostida jinoyat sodir etish. | i) jabrlanuvchining gʻayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori taʼsiri ostida jinoyat sodir etish. | ||||||
Jazo tayinlashda sud ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa holatlarni ham yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin. | Jazo tayinlashda sud ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa holatlarni ham yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin. | ||||||
Yengillashtiruvchi holat ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan boʻlsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi. | Yengillashtiruvchi holat ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan boʻlsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi. | ||||||
56-modda. Jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar | 56-modda. Jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar | ||||||
Quyidagi holatlarda jinoyat sodir etish jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar deb topiladi: | Quyidagi holatlarda jinoyat sodir etish jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar deb topiladi: | ||||||
a) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan; | a) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan; | ||||||
b) yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan; | b) yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan; | ||||||
v) xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchini bajarganligi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan; | v) xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchini bajarganligi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan; | ||||||
g) aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaram shaxsga nisbatan; | g) aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaram shaxsga nisbatan; | ||||||
d) oʻta shafqatsizlik bilan; | d) oʻta shafqatsizlik bilan; | ||||||
e) koʻpchilik uchun xavfli boʻlgan usulda; | e) koʻpchilik uchun xavfli boʻlgan usulda; | ||||||
j) yosh bola yoki ruhiy holatining buzilganligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsdan foydalangan holda; | j) yosh bola yoki ruhiy holatining buzilganligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsdan foydalangan holda; | ||||||
z) jinoyat natijasida ogʻir oqibatlarning kelib chiqqanligi; | z) jinoyat natijasida ogʻir oqibatlarning kelib chiqqanligi; | ||||||
i) umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda yoki favqulodda holat vaqtida yoxud ommaviy tartibsizliklar jarayonida; | i) umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda yoki favqulodda holat vaqtida yoxud ommaviy tartibsizliklar jarayonida; | ||||||
k) gʻarazli yoki boshqacha past niyatlarda; | k) gʻarazli yoki boshqacha past niyatlarda; | ||||||
l) irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida; | l) irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida; | ||||||
m) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma tomonidan; | m) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma tomonidan; | ||||||
n) ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi; | n) ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi; | ||||||
o) mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kishining aql-idrokiga taʼsir qiluvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida jinoyat sodir etish. | o) mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari yoki shaxsning aql-idrokiga taʼsir qiluvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida jinoyat sodir etish. | ||||||
Sud sodir etilgan jinoyatning xususiyatini eʼtiborga olib, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlarni ogʻirlashtiruvchi holat deb topmasligi ham mumkin. | Sud sodir etilgan jinoyatning xususiyatini eʼtiborga olib, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlarni ogʻirlashtiruvchi holat deb topmasligi ham mumkin. | ||||||
Sud jazo tayinlashda ushbu moddada nazarda tutilmagan holatlarni ogʻirlashtiruvchi holat deb topishi mumkin emas. | Sud jazo tayinlashda ushbu moddada nazarda tutilmagan holatlarni ogʻirlashtiruvchi holat deb topishi mumkin emas. | ||||||
Ushbu holatlar Kodeks Maxsus qismining moddasida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan boʻlsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi. | Ushbu holatlar Kodeks Maxsus qismining moddasida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan boʻlsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi. | ||||||
57-modda. Yengilroq jazo tayinlash | 57-modda. Yengilroq jazo tayinlash | ||||||
Sud sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlarni eʼtiborga olib, alohida hollarda ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan mazkur jinoyat uchun belgilangan jazoning eng kam qismidan ham kamroq yoki shu moddada nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazoni tayinlashi mumkin. | Sud sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlarni eʼtiborga olib, alohida hollarda ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan mazkur jinoyat uchun belgilangan jazoning eng kam qismidan ham kamroq yoki shu moddada nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazoni tayinlashi mumkin. | ||||||
Sud shu asoslarni eʼtiborga olib, ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida qoʻllanilishi shart deb koʻrsatilgan qoʻshimcha jazoni tayinlamasligi ham mumkin. | Sud shu asoslarni eʼtiborga olib, ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida qoʻllanilishi shart deb koʻrsatilgan qoʻshimcha jazoni tayinlamasligi ham mumkin. | ||||||
Sodir etilgan qilmish xususiyatlarini ifodalovchi holatlar, yaʼni aybdorning shaxsi, aybining shakli va darajasi, jinoyat qilish sharoiti va sabablari, shaxsning jinoyatni sodir qilguncha va undan keyingi xulq-atvori jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar deb topilishi mumkin. | Sodir etilgan qilmish xususiyatlarini ifodalovchi holatlar, yaʼni aybdorning shaxsi, aybining shakli va darajasi, jinoyat qilish sharoiti va sabablari, shaxsning jinoyatni sodir qilguncha va undan keyingi xulq-atvori jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar deb topilishi mumkin. | ||||||
571-modda. Aybdor oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganida jazo tayinlash | 571-modda. Aybdor oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganida jazo tayinlash | ||||||
Ushbu Kodeks 55-moddasi birinchi qismining “a” va “b” bandlarida nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar mavjud boʻlgan va ushbu Kodeks 56-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar mavjud boʻlmagan taqdirda jazo muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng koʻp jazoning uchdan ikki qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga tatbiq etilmaydi. | Ushbu Kodeks 55-moddasi birinchi qismining “a” va “b” bandlarida nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar mavjud boʻlgan va ushbu Kodeks 56-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar mavjud boʻlmagan taqdirda jazo muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng koʻp jazoning uchdan ikki qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga tatbiq etilmaydi. | ||||||
572-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan jinoyatlar boʻyicha jazo tayinlash | 572-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan jinoyatlar boʻyicha jazo tayinlash | ||||||
Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan jinoyatlar boʻyicha tayinlanadigan jazoning muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida (qismida) nazarda tutilgan eng koʻp jazoning yarmidan oshmasligi kerak. | Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan jinoyatlar boʻyicha tayinlanadigan jazoning muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida (qismida) nazarda tutilgan eng koʻp jazoning yarmidan oshmasligi kerak. | ||||||
58-modda. Tamom boʻlmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash | 58-modda. Tamom boʻlmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash | ||||||
Sud tamom boʻlmagan jinoyat uchun jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal qilgan holda jinoyatning ogʻir-yengilligini, jinoiy niyat amalga oshirilishining darajasini va jinoyatni oxiriga yetkaza olmaganlik sabablarini ham hisobga oladi. | Sud tamom boʻlmagan jinoyat uchun jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal qilgan holda jinoyatning ogʻir-yengilligini, jinoiy niyat amalga oshirilishining darajasini va jinoyatni oxiriga yetkaza olmaganlik sabablarini ham hisobga oladi. | ||||||
Jinoyatga tayyorgarlik koʻrganlik hamda jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun jazoning muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng koʻp jazoning toʻrtdan uch qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida: | Jinoyatga tayyorgarlik koʻrganlik hamda jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun jazoning muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng koʻp jazoning toʻrtdan uch qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida: | ||||||
a) oʻta xavfli retsidivistlarga, uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma aʼzolariga nisbatan; | a) oʻta xavfli retsidivistlarga, uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma aʼzolariga nisbatan; | ||||||
b) tinchlik va xavfsizlikka qarshi tamom boʻlmagan jinoyatlar uchun, shuningdek quyidagilar bilan: javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish bilan; oʻn toʻrt yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zoʻrlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish bilan; yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa turdagi ommaviy qirgʻin qurolini, bunday qurol yaratishda foydalanish mumkinligi ayon boʻlgan materiallarni hamda uskunalarni, radioaktiv materiallarni kontrabanda qilish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlar uchun jazolar tayinlashda qoʻllanilmaydi. | b) tinchlik va xavfsizlikka qarshi tamom boʻlmagan jinoyatlar uchun, shuningdek quyidagilar bilan: javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish bilan; oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zoʻrlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish bilan; oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish bilan; voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etish bilan; voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qoʻshmachilik qilish, fohishaxonalarni tashkil etish yoki saqlash bilan; yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa turdagi ommaviy qirgʻin qurolini, bunday qurol yaratishda foydalanish mumkinligi ayon boʻlgan materiallarni hamda uskunalarni, radioaktiv materiallarni kontrabanda qilish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlar uchun jazolar tayinlashda qoʻllanilmaydi. | ||||||
Tamom boʻlmagan jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanishi mumkin emas. | Tamom boʻlmagan jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanishi mumkin emas. | ||||||
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat uchun jazo tayinlashda sud har qaysi aybdorning jinoyatda ishtirok etganlik xususiyati va darajasini hisobga oladi. Har qaysi ishtirokchining shaxsiga tegishli boʻlgan yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar sud tomonidan faqat shu ishtirokchining oʻziga jazo tayinlashda hisobga olinadi. | Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat uchun jazo tayinlashda sud har qaysi aybdorning jinoyatda ishtirok etganlik xususiyati va darajasini hisobga oladi. Har qaysi ishtirokchining shaxsiga tegishli boʻlgan yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar sud tomonidan faqat shu ishtirokchining oʻziga jazo tayinlashda hisobga olinadi. | ||||||
59-modda. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash | 59-modda. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash | ||||||
Shaxs Maxsus qismning turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etgan boʻlib, ulardan birortasi uchun ham sudlangan boʻlmasa, sud ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq har qaysi qilmish uchun jazo tayinlab, soʻngra tayinlangan yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jinoyatlar majmui boʻyicha jazo tayinlaydi. | Shaxs Maxsus qismning turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etgan boʻlib, ulardan birortasi uchun ham sudlangan boʻlmasa, sud ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq har qaysi qilmish uchun jazo tayinlab, soʻngra tayinlangan yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jinoyatlar majmui boʻyicha jazo tayinlaydi. | ||||||
Agar jinoyatlar majmuini faqat ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlar va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar tashkil etsa, unda tayinlangan yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Bunda uzil-kesil tayinlangan jazo sodir etilgan jinoyatlardan eng ogʻiri uchun nazarda tutilgan eng koʻp jazo muddatidan yoki meʼyoridan ortiq boʻlmasligi lozim. | Agar jinoyatlar majmuini faqat ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlar va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar tashkil etsa, unda tayinlangan yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Bunda uzil-kesil tayinlangan jazo sodir etilgan jinoyatlardan eng ogʻiri uchun nazarda tutilgan eng koʻp jazo muddatidan yoki meʼyoridan ortiq boʻlmasligi lozim. | ||||||
Agar jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlardan loaqal bittasi ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat boʻlsa, ushbu Kodeksning Umumiy qismida shu jazo turi uchun belgilangan doirada tayinlangan jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. | Agar jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlardan loaqal bittasi ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat boʻlsa, ushbu Kodeksning Umumiy qismida shu jazo turi uchun belgilangan doirada tayinlangan jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. | ||||||
Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanganda yengilroq turdagi jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi. | Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanganda yengilroq turdagi jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi. | ||||||
Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganda jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoxud yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi. | Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganda jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoxud yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi. | ||||||
Jinoyatlar majmui boʻyicha har xil turdagi jazolarni qoʻshish yoʻli bilan jazo tayinlashda ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning ogʻirroq turi uzil-kesil tayinlanadi. | Jinoyatlar majmui boʻyicha har xil turdagi jazolarni qoʻshish yoʻli bilan jazo tayinlashda ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning ogʻirroq turi uzil-kesil tayinlanadi. | ||||||
Jinoyatlar majmui boʻyicha tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan qoʻshimcha jazolarni ham qoʻshishi mumkin. Bunda muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazoning uzil-kesil tayinlangan muddati ushbu Kodeksning 45-moddasida nazarda tutilgan eng koʻp muddatdan ortiq boʻlmasligi lozim. | Jinoyatlar majmui boʻyicha tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan qoʻshimcha jazolarni ham qoʻshishi mumkin. Bunda muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazoning uzil-kesil tayinlangan muddati ushbu Kodeksning 45-moddasida nazarda tutilgan eng koʻp muddatdan ortiq boʻlmasligi lozim. | ||||||
Agar ish boʻyicha hukm chiqarilganidan keyin mahkumning ana shu ish boʻyicha chiqarilgan hukmga qadar sodir etilgan yana boshqa jinoyatda aybli ekanligi aniqlansa ham jazo oʻsha tartibda tayinlanadi. Bunday holda jinoyatlar majmui boʻyicha sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga birinchi hukm yuzasidan jazoning oʻtalgan qismi qoʻshib hisoblanadi. | Agar ish boʻyicha hukm chiqarilganidan keyin mahkumning ana shu ish boʻyicha chiqarilgan hukmga qadar sodir etilgan yana boshqa jinoyatda aybli ekanligi aniqlansa ham jazo oʻsha tartibda tayinlanadi. Bunday holda jinoyatlar majmui boʻyicha sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga birinchi hukm yuzasidan jazoning oʻtalgan qismi qoʻshib hisoblanadi. | ||||||
60-modda. Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash | 60-modda. Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash | ||||||
Agar mahkum hukm chiqarilganidan keyin jazoni toʻla oʻtamay turib, yangi jinoyat sodir etsa, sud yangi hukm boʻyicha tayinlangan jazo muddatiga ilgarigi hukm yuzasidan oʻtalmay qolgan jazo muddatini toʻla yoki qisman qoʻshadi. | Agar mahkum hukm chiqarilganidan keyin jazoni toʻla oʻtamay turib, yangi jinoyat sodir etsa, sud yangi hukm boʻyicha tayinlangan jazo muddatiga ilgarigi hukm yuzasidan oʻtalmay qolgan jazo muddatini toʻla yoki qisman qoʻshadi. | ||||||
Bir necha hukm yuzasidan har xil turdagi jazolarni qoʻshish yoʻli bilan jazo tayinlashda ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning ogʻirroq turi uzil-kesil tayinlanadi. | Bir necha hukm yuzasidan har xil turdagi jazolarni qoʻshish yoʻli bilan jazo tayinlashda ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning ogʻirroq turi uzil-kesil tayinlanadi. | ||||||
Agar hukmlardan biri bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlangan boʻlsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qoʻshishda yengilroq jazo turini umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi. | Agar hukmlardan biri bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlangan boʻlsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qoʻshishda yengilroq jazo turini umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi. | ||||||
Agar hukmlardan biri bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan boʻlsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qoʻshishda yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash yoxud jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. | Agar hukmlardan biri bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan boʻlsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qoʻshishda yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash yoxud jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. | ||||||
Bir necha hukmlar yuzasidan axloq tuzatish ishlariga yoki xizmat boʻyicha cheklashga hukm qilinib, ish haqi yoki pul taʼminotidan ushlab qolishning har xil miqdori belgilangan hollarda bu jazolarning faqat muddatlari qoʻshiladi. | Bir necha hukmlar yuzasidan axloq tuzatish ishlariga yoki xizmat boʻyicha cheklashga hukm qilinib, ish haqi yoki pul taʼminotidan ushlab qolishning har xil miqdori belgilangan hollarda bu jazolarning faqat muddatlari qoʻshiladi. | ||||||
Ilgarigi hukm yuzasidan ijro etilmay qolgan qoʻshimcha jazolar hukmlar jami tariqasida tayinlangan asosiy jazoga qoʻshib tayinlanadi. | Ilgarigi hukm yuzasidan ijro etilmay qolgan qoʻshimcha jazolar hukmlar jami tariqasida tayinlangan asosiy jazoga qoʻshib tayinlanadi. | ||||||
61-modda. Jazolarni qoʻshishning hisoblash qoidalari | 61-modda. Jazolarni qoʻshishning hisoblash qoidalari | ||||||
Har xil turdagi asosiy jazolarni qoʻshganda ozodlikdan mahrum qilishning bir kuni: | Har xil turdagi asosiy jazolarni qoʻshganda ozodlikdan mahrum qilishning bir kuni: | ||||||
a) ozodlikni cheklashning yoki intizomiy qismga joʻnatishning bir kuniga; | a) ozodlikni cheklashning yoki intizomiy qismga joʻnatishning bir kuniga; | ||||||
b) axloq tuzatish ishlarining yoki xizmat boʻyicha cheklashning uch kuniga; | b) axloq tuzatish ishlarining yoki xizmat boʻyicha cheklashning uch kuniga; | ||||||
v) majburiy jamoat ishlarining toʻrt soatiga toʻgʻri keladi. | v) majburiy jamoat ishlarining toʻrt soatiga toʻgʻri keladi. | ||||||
Jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikni cheklash, xizmat boʻyicha cheklash, axloq tuzatish ishlari, majburiy jamoat ishlari jazosi bilan qoʻshilganda har qaysisi alohida ijro etiladi. | Jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikni cheklash, xizmat boʻyicha cheklash, axloq tuzatish ishlari, majburiy jamoat ishlari jazosi bilan qoʻshilganda har qaysisi alohida ijro etiladi. | ||||||
62-modda. Ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi vaqtini hisobga olish qoidalari | 62-modda. Ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi vaqtini hisobga olish qoidalari | ||||||
Sud jazo tayinlash chogʻida ushlab turishning, qamoqqa olishning yoki uy qamogʻining har bir kunini: | Sud jazo tayinlash chogʻida ushlab turishning, qamoqqa olishning yoki uy qamogʻining har bir kunini: | ||||||
a) ozodlikni cheklashning, intizomiy qismga joʻnatishning, ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga; | a) ozodlikni cheklashning, intizomiy qismga joʻnatishning, ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga; | ||||||
b) axloq tuzatish ishlarining yoki xizmat boʻyicha cheklashning uch kuniga; | b) axloq tuzatish ishlarining yoki xizmat boʻyicha cheklashning uch kuniga; | ||||||
v) majburiy jamoat ishlarining toʻrt soatiga tenglashtirib hisoblaydi. | v) majburiy jamoat ishlarining toʻrt soatiga tenglashtirib hisoblaydi. | ||||||
Sud ushlab turilgan, qamoqda yoki uy qamogʻida saqlangan shaxsga jarima tayinlashda ushlab turishning, qamoqda yoki uy qamogʻida saqlashning bir kunini bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismiga tenglashtirib hisobga oladi. | Sud ushlab turilgan, qamoqda yoki uy qamogʻida saqlangan shaxsga jarima tayinlashda ushlab turishning, qamoqda yoki uy qamogʻida saqlashning bir kunini bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismiga tenglashtirib hisobga oladi. | ||||||
63-modda. Jazo muddatlarini hisoblash | 63-modda. Jazo muddatlarini hisoblash | ||||||
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat boʻyicha cheklash, qamoq, ozodlikni cheklash, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazolarning muddatlari oylar va yillar bilan hisoblanadi. Jazolarni almashtirish, hisoblash, qoʻshish vaqtida ularning muddatlari sutkalar bilan hisoblanishi mumkin. | Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat boʻyicha cheklash, qamoq, ozodlikni cheklash, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazolarning muddatlari oylar va yillar bilan hisoblanadi. Jazolarni almashtirish, hisoblash, qoʻshish vaqtida ularning muddatlari sutkalar bilan hisoblanishi mumkin. | ||||||
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning muddatlari soatlar bilan hisoblanadi. | Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning muddatlari soatlar bilan hisoblanadi. | ||||||
BESHINCHI BOʻLIM JAVOBGARLIKDAN VA JAZODAN OZOD QILISH | BESHINCHI BOʻLIM JAVOBGARLIKDAN VA JAZODAN OZOD QILISH | ||||||
XII bob. Javobgarlikdan ozod qilishning turlari | XII bob. Javobgarlikdan ozod qilishning turlari | ||||||
64-modda. Javobgarlikka tortish muddatining oʻtib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish | 64-modda. Javobgarlikka tortish muddatining oʻtib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish | ||||||
Agar jinoyat sodir etilgan kundan boshlab quyidagi muddatlar: | Agar jinoyat sodir etilgan kundan boshlab quyidagi muddatlar: | ||||||
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — ikki yil; | a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — ikki yil; | ||||||
b) uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — toʻrt yil; | b) uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — toʻrt yil; | ||||||
v) ogʻir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — sakkiz yil; | v) ogʻir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — sakkiz yil; | ||||||
g) oʻta ogʻir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — oʻn toʻrt yil oʻtgan boʻlsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi. | g) oʻta ogʻir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — oʻn toʻrt yil oʻtgan boʻlsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi. | ||||||
Javobgarlikka tortish muddati jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hukm qonuniy kuchga kirgan kungacha hisoblanadi. | Javobgarlikka tortish muddati jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hukm qonuniy kuchga kirgan kungacha hisoblanadi. | ||||||
Agar jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs tergov yoki suddan yashirinsa, muddatning oʻtishi toʻxtatiladi. Aybdor ushlangan yoki aybini boʻyniga olib arz qilgan kundan boshlab muddatning oʻtishi qaytadan tiklanadi. | Agar jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs tergov yoki suddan yashirinsa, muddatning oʻtishi toʻxtatiladi. Aybdor ushlangan yoki aybini boʻyniga olib arz qilgan kundan boshlab muddatning oʻtishi qaytadan tiklanadi. | ||||||
Agar ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxs ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar oʻtmasdan qasddan yangi jinoyat sodir etsa, muddatning oʻtishi uziladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari yangi jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hisoblanadi. Qolgan hollarda, agar shaxs javobgarlikka tortish muddatlari oʻtmasdan yangi jinoyat sodir etsa, bu muddatlar har bir jinoyat uchun alohida hisoblanadi. | Agar ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxs ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar oʻtmasdan qasddan yangi jinoyat sodir etsa, muddatning oʻtishi uziladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari yangi jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hisoblanadi. Qolgan hollarda, agar shaxs javobgarlikka tortish muddatlari oʻtmasdan yangi jinoyat sodir etsa, bu muddatlar har bir jinoyat uchun alohida hisoblanadi. | ||||||
Agar ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab oʻn yil, ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab yigirma besh yil oʻtgan boʻlsa, shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin emas. | Agar ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab oʻn yil, ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab yigirma besh yil oʻtgan boʻlsa, shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin emas. | ||||||
Ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan, javobgarlikka tortish muddatlarini qoʻllash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud javobgarlikka tortish muddatini qoʻllashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻrniga ozodlikdan mahrum qilish tayinlanadi. | Ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan, javobgarlikka tortish muddatlarini qoʻllash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud javobgarlikka tortish muddatini qoʻllashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻrniga ozodlikdan mahrum qilish tayinlanadi. | ||||||
Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ushbu Kodeksning 150 — 157-moddalarida, 158-moddasining birinchi qismida, 159-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 160, 161 va 2442-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi. | Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ushbu Kodeksning 150 — 157-moddalarida, 158-moddasining birinchi qismida, 159-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 160, 161 va 2442-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi. | ||||||
65-modda. Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yoʻqotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish | 65-modda. Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yoʻqotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish | ||||||
Ishni tergov qilish yoki sudda koʻrish vaqtida sharoit oʻzgarganligi tufayli sodir etilgan qilmish oʻzining ijtimoiy xavfliligini yoʻqotgan deb topilsa, jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. | Ishni tergov qilish yoki sudda koʻrish vaqtida sharoit oʻzgarganligi tufayli sodir etilgan qilmish oʻzining ijtimoiy xavfliligini yoʻqotgan deb topilsa, jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. | ||||||
Ishni tergov qilish yoki sudda koʻrish vaqtida sharoit oʻzgarganligi tufayli jinoyat sodir etgan shaxs ijtimoiy xavflilik xususiyatini yoʻqotgan deb topilsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. | Ishni tergov qilish yoki sudda koʻrish vaqtida sharoit oʻzgarganligi tufayli jinoyat sodir etgan shaxs ijtimoiy xavflilik xususiyatini yoʻqotgan deb topilsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. | ||||||
66-modda. Aybdor oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish | 66-modda. Aybdor oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish | ||||||
Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilgan, chin koʻngildan pushaymon boʻlgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan boʻlsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. | Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilgan, chin koʻngildan pushaymon boʻlgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan boʻlsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. | ||||||
Ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida alohida koʻrsatilgan hollarda, jinoyat sodir etgan shaxs oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlgan taqdirda javobgarlikdan ozod qilinishi lozim. | Ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida alohida koʻrsatilgan hollarda, jinoyat sodir etgan shaxs oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlgan taqdirda javobgarlikdan ozod qilinishi lozim. | ||||||
661-modda. Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish | 661-modda. Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish | ||||||
Ushbu Kodeks 105-moddasining birinchi qismida (qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish), 106-moddasida (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish), 107-moddasida (zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish), 108-moddasida (ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan ogʻir shikast yetkazish), 109-moddasida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 110-moddasining birinchi qismida (qiynash), 111-moddasida (ehtiyotsizlik orqasida badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazish), 113-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish), 115-moddasida (ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash), 116-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 117-moddasining birinchi qismida (xavf ostida qoldirish), 121-moddasining birinchi qismida (ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etish), 122-moddasida (voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash), 123-moddasida (ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash), 125-moddasining birinchi qismida (farzandlikka olish sirini oshkor qilish), 136-moddasida (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga toʻsqinlik qilish), 138-moddasining birinchi qismida (zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish), 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tuhmat), 140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (haqorat qilish), 1411-moddasining birinchi qismida (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish), 1412-moddasining birinchi qismida (shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish), 143-moddasida (xat-yozishmalar, telefonda soʻzlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish), 148-moddasida (mehnat qilish huquqini buzish), 149-moddasida (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish), 167-moddasining birinchi qismida (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 168-moddasining birinchi qismida (firibgarlik), 169-moddasining birinchi qismida (oʻgʻrilik), 170-moddasining birinchi qismida hamda ikkinchi qismining “b” va “v” bandlarida (aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan mulkiy zarar yetkazish), 172-moddasida (mulkni qoʻriqlashga vijdonsiz munosabatda boʻlish), 173-moddasining birinchi qismida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 180-moddasida (soxta bankrotlik), 181-moddasida (bankrotlikni yashirish), 1852-moddasida (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish), 189-moddasida (savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish), 191-moddasida (qonunga xilof ravishda axborot toʻplash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish), 192-moddasida (raqobatchini obroʻsizlantirish), 229-moddasida (oʻzboshimchalik), 256-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish), 257-moddasining birinchi qismida (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish), 258-moddasining birinchi qismida (togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish), 259-moddasining birinchi qismida (yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish), 260-moddasining birinchi qismida (temir yoʻl, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 266-moddasining birinchi qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 268-moddasining birinchi qismida (transportning xavfsiz ishlashini taʼminlashga doir qoidalarni buzish), 277-moddasining birinchi qismida (bezorilik), 298-moddasining birinchi qismida (mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs, agar u oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin. | Ushbu Kodeks 105-moddasining birinchi qismida (qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish), 106-moddasida (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish), 107-moddasida (zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish), 108-moddasida (ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan ogʻir shikast yetkazish), 109-moddasida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 110-moddasining birinchi qismida (qiynash), 111-moddasida (ehtiyotsizlik orqasida badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazish), 115-moddasida (ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash), 116-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 117-moddasining birinchi qismida (xavf ostida qoldirish), 121-moddasining birinchi qismida (shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish), 122-moddasida (voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash), 123-moddasida (ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash), 125-moddasining birinchi qismida (farzandlikka olish sirini oshkor qilish), 1261-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida (oilaviy (maishiy) zoʻravonlik), 136-moddasida (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga toʻsqinlik qilish), 138-moddasining birinchi qismida (zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish), 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tuhmat), 140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (haqorat qilish), 1411-moddasining birinchi qismida (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish), 1412-moddasining birinchi qismida (shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish), 143-moddasida (xat-yozishmalar, telefonda soʻzlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish), 148-moddasida (mehnat qilish huquqini buzish), 149-moddasida (muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish), 1491-moddasida (mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish), 1492-moddasida (oʻzganing tovar belgisidan, xizmat koʻrsatish belgisidan, geografik koʻrsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan oʻxshash boʻlgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud oʻzganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish), 1493-moddasida (ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga, integral mikrosxema topologiyasiga va seleksiya yutugʻiga boʻlgan huquqlarni buzish), 167-moddasining birinchi qismida (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 168-moddasining birinchi qismida (firibgarlik), 169-moddasining birinchi qismida (oʻgʻrilik), 170-moddasining birinchi qismida hamda ikkinchi qismining “b” va “v” bandlarida (aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan mulkiy zarar yetkazish), 172-moddasida (mulkni qoʻriqlashga vijdonsiz munosabatda boʻlish), 173-moddasining birinchi qismida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 180-moddasida (soxta toʻlovga qobiliyatsizlik), 181-moddasida (toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish), 1852-moddasida (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish), 189-moddasida (savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish), 191-moddasida (qonunga xilof ravishda axborot toʻplash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish), 192-moddasida (raqobatchini obroʻsizlantirish), 229-moddasida (oʻzboshimchalik), 256-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish), 257-moddasining birinchi qismida (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish), 258-moddasining birinchi qismida (togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish), 259-moddasining birinchi qismida (yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish), 260-moddasining birinchi qismida (temir yoʻl, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 266-moddasining birinchi qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 268-moddasining birinchi qismida (transportning xavfsiz ishlashini taʼminlashga doir qoidalarni buzish), 2769-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tanosil yoki OIV kasalligini (OITSni) tarqatish), 277-moddasining birinchi qismida (bezorilik), 298-moddasining birinchi qismida (mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs, agar u oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin. | ||||||
Ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi. | Ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi. | ||||||
67-modda. Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish | 67-modda. Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish | ||||||
Agar jinoyat sodir etgan shaxsda hukm chiqarilguniga qadar oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatning buzilishi yuzaga kelgan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi. | Agar jinoyat sodir etgan shaxsda hukm chiqarilguniga qadar oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatning buzilishi yuzaga kelgan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi. | ||||||
Bunday shaxsga nisbatan sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishi mumkin. | Bunday shaxsga nisbatan sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishi mumkin. | ||||||
Bunday shaxs ushbu Kodeksning 64-moddasida nazarda tutilgan muddatlar oʻtmasdan tuzalsa, javobgarlikka tortiladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan kundan hisoblanadi. | Bunday shaxs ushbu Kodeksning 64-moddasida nazarda tutilgan muddatlar oʻtmasdan tuzalsa, javobgarlikka tortiladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan kundan hisoblanadi. | ||||||
68-modda. Amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish | 68-modda. Amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish | ||||||
Jinoyat sodir etgan shaxs amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. | Jinoyat sodir etgan shaxs amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. | ||||||
XIII bob. Jazodan ozod qilishning turlari | XIII bob. Jazodan ozod qilishning turlari | ||||||
69-modda. Jazoni ijro etish muddati oʻtib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish | 69-modda. Jazoni ijro etish muddati oʻtib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish | ||||||
Agar hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab: | Agar hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab: | ||||||
a) uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilinganda — uch yil; | a) uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilinganda — uch yil; | ||||||
b) besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — besh yil; | b) besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — besh yil; | ||||||
v) oʻn yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — oʻn yil; | v) oʻn yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — oʻn yil; | ||||||
g) oʻn yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — oʻn besh yil ichida ijro etilmagan boʻlsa, mahkum asosiy va qoʻshimcha jazolardan ozod qilinadi. | g) oʻn yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — oʻn besh yil ichida ijro etilmagan boʻlsa, mahkum asosiy va qoʻshimcha jazolardan ozod qilinadi. | ||||||
Agar mahkum ushbu moddada nazarda tutilgan jazoni oʻtashdan boʻyin tovlasa, jazoni ijro etish muddati ikki baravar koʻpayadi va jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan kundan boshlab hisoblanadi, lekin yigirma besh yildan oshmasligi kerak. | Agar mahkum ushbu moddada nazarda tutilgan jazoni oʻtashdan boʻyin tovlasa, jazoni ijro etish muddati ikki baravar koʻpayadi va jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan kundan boshlab hisoblanadi, lekin yigirma besh yildan oshmasligi kerak. | ||||||
Agar shaxs ushbu moddada koʻrsatilgan muddatlar oʻtmasdan qasddan yangi jinoyat sodir etsa, muddatlarning oʻtishi uziladi. Bunday holda muddatlarning oʻtishini hisoblash yangi jinoyat sodir etilgan paytdan qaytadan boshlanadi. | Agar shaxs ushbu moddada koʻrsatilgan muddatlar oʻtmasdan qasddan yangi jinoyat sodir etsa, muddatlarning oʻtishi uziladi. Bunday holda muddatlarning oʻtishini hisoblash yangi jinoyat sodir etilgan paytdan qaytadan boshlanadi. | ||||||
Agar jazo tayinlangan kundan boshlab yigirma besh yil oʻtgan boʻlsa, jazoni ijro etish mumkin emas. | Agar jazo tayinlangan kundan boshlab yigirma besh yil oʻtgan boʻlsa, jazoni ijro etish mumkin emas. | ||||||
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm etilgan shaxsga nisbatan muddatlar oʻtishini qoʻllash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud muddatlar oʻtishini qoʻllashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtiriladi. | Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm etilgan shaxsga nisbatan muddatlar oʻtishini qoʻllash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud muddatlar oʻtishini qoʻllashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtiriladi. | ||||||
Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ushbu Kodeksning 150 — 157-moddalarida, 158-moddasining birinchi qismida, 159-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 160, 161 va 2442-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi. | Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ushbu Kodeksning 150 — 157-moddalarida, 158-moddasining birinchi qismida, 159-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 160, 161 va 2442-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi. | ||||||
70-modda. Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yoʻqotishi munosabati bilan uni jazodan ozod qilish | 70-modda. Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yoʻqotishi munosabati bilan uni jazodan ozod qilish | ||||||
Jinoyat sodir etgan shaxs agar ish sudda koʻrilayotgan vaqtgacha sharoit oʻzgardi yoki shaxs namunali xulqi, mehnatga yoki oʻqishga halol munosabati bilan oʻzini koʻrsatib, ijtimoiy xavfliligini yoʻqotdi deb eʼtirof etilsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin. | Jinoyat sodir etgan shaxs agar ish sudda koʻrilayotgan vaqtgacha sharoit oʻzgardi yoki shaxs namunali xulqi, mehnatga yoki oʻqishga halol munosabati bilan oʻzini koʻrsatib, ijtimoiy xavfliligini yoʻqotdi deb eʼtirof etilsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin. | ||||||
71-modda. Aybdor oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish | 71-modda. Aybdor oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish | ||||||
Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan boʻlsa, sud tomonidan jazodan ozod qilinishi mumkin. | Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan boʻlsa, sud tomonidan jazodan ozod qilinishi mumkin. | ||||||
Boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyat sodir etishda ishtirok qilgan yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma aʼzosi boʻlgan shaxs, agar u aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilgan, chin koʻngildan pushaymon boʻlgan, jinoyatning oldini olish, jinoyatni ochish yoki uning tashkilotchilarini yoxud boshqa ishtirokchilarini aniqlash va fosh qilishga yordam bergan boʻlsa, basharti u ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda bevosita ishtirok etmagan boʻlsa, sud tomonidan jazodan ozod qilinishi mumkin. | Boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyat sodir etishda ishtirok qilgan yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma aʼzosi boʻlgan shaxs, agar u aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilgan, chin koʻngildan pushaymon boʻlgan, jinoyatning oldini olish, jinoyatni ochish yoki uning tashkilotchilarini yoxud boshqa ishtirokchilarini aniqlash va fosh qilishga yordam bergan boʻlsa, basharti u ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda bevosita ishtirok etmagan boʻlsa, sud tomonidan jazodan ozod qilinishi mumkin. | ||||||
Ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida alohida koʻrsatilgan hollarda, jinoyat sodir etgan shaxs oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlgan taqdirda sud tomonidan jazodan ozod qilinishi lozim. | Ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida alohida koʻrsatilgan hollarda, jinoyat sodir etgan shaxs oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlgan taqdirda sud tomonidan jazodan ozod qilinishi lozim. | ||||||
72-modda. Shartli hukm qilish | 72-modda. Shartli hukm qilish | ||||||
Agar sud ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga joʻnatish, xizmat boʻyicha cheklash yoki axloq tuzatish ishlari jazolarini tayinlash vaqtida sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, aybdorning shaxsi va ishdagi boshqa holatlarni eʼtiborga olib, aybdor tayinlangan jazoni oʻtamasdan turib ham uning xulqini nazorat qilish orqali tuzatish mumkin, degan qatʼiy fikrga kelsa, shartli hukm qoʻllashi mumkin. Bunday holda sud, basharti, belgilangan sinov muddati davomida jazoning shartliligini bekor qilish asoslari kelib chiqmasa, tayinlangan jazoni ijro etmaslik toʻgʻrisida qaror chiqaradi. | Agar sud ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga joʻnatish, xizmat boʻyicha cheklash yoki axloq tuzatish ishlari jazolarini tayinlash vaqtida sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, aybdorning shaxsi va ishdagi boshqa holatlarni eʼtiborga olib, aybdor tayinlangan jazoni oʻtamasdan turib ham uning xulqini nazorat qilish orqali tuzatish mumkin, degan qatʼiy fikrga kelsa, shartli hukm qoʻllashi mumkin. Bunday holda sud, basharti, belgilangan sinov muddati davomida jazoning shartliligini bekor qilish asoslari kelib chiqmasa, tayinlangan jazoni ijro etmaslik toʻgʻrisida qaror chiqaradi. | ||||||
Sinov muddati bir yildan uch yilgacha belgilanib, hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. Basharti, shartli hukm qilish toʻgʻrisidagi qaror yuqori sud tomonidan chiqarilgan taqdirda ham, sinov muddatini hisoblash shu kundan boshlanadi. | Sinov muddati bir yildan uch yilgacha belgilanib, hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. Basharti, shartli hukm qilish toʻgʻrisidagi qaror yuqori sud tomonidan chiqarilgan taqdirda ham, sinov muddatini hisoblash shu kundan boshlanadi. | ||||||
Shartli hukm qilinganda, basharti, bunga asoslar mavjud boʻlsa, sud mahkumga muayyan vaqt mobaynida yetkazilgan zararni bartaraf qilish, ishga yoki oʻqishga kirish, yashash joyi, ish yoki oʻqish joyi oʻzgarib qolsa, bu haqda shartli hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organga xabar berib turish, vaqti-vaqti bilan kelib bu organlarda roʻyxatdan oʻtib turish, muayyan joylarda boʻlmaslik, muayyan vaqtda yashash joyida boʻlishi, alkogolizm, giyovandlik, zaharvandlik yoki tanosil kasalligidan davolanish kursini oʻtashi kabi majburiyatlarni yuklashi mumkin. | Shartli hukm qilinganda, basharti, bunga asoslar mavjud boʻlsa, sud mahkumga muayyan vaqt mobaynida yetkazilgan zararni bartaraf qilish, ishga yoki oʻqishga kirish, yashash joyi, ish yoki oʻqish joyi oʻzgarib qolsa, bu haqda shartli hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organga xabar berib turish, vaqti-vaqti bilan kelib bu organlarda roʻyxatdan oʻtib turish, muayyan joylarda boʻlmaslik, muayyan vaqtda yashash joyida boʻlishi, alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik yoki tanosil kasalligidan davolanish kursini oʻtashi kabi majburiyatlarni yuklashi mumkin. | ||||||
Shartli hukm qilingan shaxslarning xulqi ustidan ichki ishlar organlari, harbiy xizmatchilar xulqi ustidan esa, harbiy qism yoki muassasaning qoʻmondonligi nazorat olib boradi. | Shartli hukm qilingan shaxslarning xulqi ustidan ichki ishlar organlari, harbiy xizmatchilar xulqi ustidan esa, harbiy qism yoki muassasaning qoʻmondonligi nazorat olib boradi. | ||||||
Hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organning taqdimi bilan sud sinov muddati davomida unga yuklatilgan majburiyatlarning hammasini yoki bir qismini olib tashlashi yoki uning zimmasiga yangi majburiyatlar yuklashi ham mumkin. | Hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organning taqdimi bilan sud sinov muddati davomida unga yuklatilgan majburiyatlarning hammasini yoki bir qismini olib tashlashi yoki uning zimmasiga yangi majburiyatlar yuklashi ham mumkin. | ||||||
Agar shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida sud unga yuklagan majburiyatlarni bajarmasa yoxud jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzganligi uchun unga maʼmuriy yoki intizomiy taʼsir chorasi qoʻllanilgan boʻlsa sud uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasiga binoan jazoning shartliligini bekor qilib, hukmda tayinlangan jazoni ijro etish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin. | Agar shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida sud unga yuklagan majburiyatlarni bajarmasa yoxud jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzganligi uchun unga maʼmuriy yoki intizomiy taʼsir chorasi qoʻllanilgan boʻlsa sud uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasiga binoan jazoning shartliligini bekor qilib, hukmda tayinlangan jazoni ijro etish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin. | ||||||
Shartli hukm oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm qilinganlarga, shuningdek ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar, birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, ayollar, shuningdek oltmish yoshdan oshgan shaxslar bundan mustasno. | Shartli hukm oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm qilinganlarga, shuningdek ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, ayollar, shuningdek oltmish yoshdan oshgan shaxslar bundan mustasno. | ||||||
Shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha jazo tayinlaydi. | Shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha jazo tayinlaydi. | ||||||
73-modda. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish | 73-modda. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish | ||||||
Ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga joʻnatish, xizmat boʻyicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qoʻllanilishi mumkin. Shaxs ijro etilmagan qoʻshimcha jazodan ham ozod qilinishi mumkin. | Ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga joʻnatish, xizmat boʻyicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qoʻllanilishi mumkin. Shaxs ijro etilmagan qoʻshimcha jazodan ham ozod qilinishi mumkin. | ||||||
Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jazo turlari uchun oʻrnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda boʻlgan mahkumga nisbatan qoʻllaniladi. | Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jazo turlari uchun oʻrnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda boʻlgan mahkumga nisbatan qoʻllaniladi. | ||||||
Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish mahkum: | Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish mahkum: | ||||||
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini; | a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini; | ||||||
b) ogʻir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini; | b) ogʻir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini; | ||||||
v) oʻta ogʻir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi yengilrogʻi bilan almashtirilgan shaxs jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan boʻlsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin qoʻllanilishi mumkin. | v) oʻta ogʻir jinoyati uchun, sud tayinlagan jazo muddatining kamida toʻrtdan uch qismini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin qoʻllanilishi mumkin. | ||||||
Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish: | Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish: | ||||||
a) umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxsga; | a) umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxsga; | ||||||
b) oʻta xavfli retsidivistga; | b) oʻta xavfli retsidivistga; | ||||||
v) uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmaning tashkilotchi va qatnashuvchilariga; | v) uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmaning tashkilotchi va qatnashuvchilariga; | ||||||
g) javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish, oʻn toʻrt yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zoʻrlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish, Oʻzbekiston Respublikasiga, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etish, yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa xildagi ommaviy qirgʻin qurollarini, shunday qurollarni ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkinligi ayon boʻlgan material va uskunalarni, kontrabanda qilish uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi. | v1) oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganlik, shuningdek firibgarlik uchun hukm qilingan va sodir etgan jinoyati tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq qoplamagan shaxsga; g) javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirganlik, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan jabrlanuvchining nomusiga tekkanlik yoki unga nisbatan zoʻrlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirganlik, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxsni jinsiy aloqada boʻlish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish bilan bogʻliq holda jinsiy aloqa qilishga majbur etganlik, oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirganlik yoki unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlik, voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirganlik, xuddi shuningdek uni tayyorlaganlik, tarqatganlik, reklama qilganlik, namoyish etganlik yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etganlik, voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qoʻshmachilik qilganlik, fohishaxonalarni tashkil etganlik yoki saqlaganlik, Oʻzbekiston Respublikasiga, tinchlikka va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etganlik, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan yoxud juda koʻp miqdorda pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilganlik, yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa xildagi ommaviy qirgʻin qurollarini, shunday qurollarni ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkinligi ayon boʻlgan material va uskunalarni kontrabanda qilganlik, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazganlik, gʻayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etganlik, giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning yoki ularning analoglarining yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasiga homiylik qilganlik, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik uchun hukm qilingan shaxslarga; d) jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi yengilrogʻi bilan almashtirilgan va jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qoʻllanilmaydi. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish chogʻida sud asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, mahkumning zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklatishi mumkin: a) ishga yoki oʻqishga joylashish; b) muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxsning yashash joyi, ish yoki oʻqish joyi oʻzgarganligi haqida uning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organga xabar berish; v) muayyan joylarga bormaslik; g) alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik yoki tanosil kasalligidan davolanish kursini oʻtash; d) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqmaslik. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan nazoratni ichki ishlar organlari, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan harbiy xizmatchilarning xulq-atvori ustidan nazoratni esa — harbiy qismlar yoki muassasalarning qoʻmondonligi amalga oshiradi. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxsning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organning taqdimnomasiga binoan sud ilgari ushbu shaxsning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni toʻliq yoki qisman bekor qilishi yoxud uning zimmasiga qoʻshimcha majburiyatlar yuklatishi mumkin. Prokurorning taqdimnomasiga yoki advokatning iltimosnomasiga binoan sud jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxsning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni toʻliq yoki qisman bekor qilishi mumkin. Agar jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxs sud tomonidan oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni oʻtalmagan jazo muddati davomida bajarmasa, sud uning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organning taqdimnomasiga binoan uni jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni bekor qilish va oʻtalmagan jazo muddatini oʻtashi haqidagi masalani koʻrib chiqadi. | ||||||
Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinib, jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan sud ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi. | Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinib, jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan sud ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi. | ||||||
74-modda. Jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish | 74-modda. Jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish | ||||||
Ozodlikdan mahrum etilgan, ozodligi cheklangan yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan sud jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirishi mumkin. | Ozodlikdan mahrum etilgan, ozodligi cheklangan yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan sud jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirishi mumkin. | ||||||
Jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jazo turlari uchun oʻrnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda boʻlgan mahkumga nisbatan qoʻllanilishi mumkin. | Jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jazo turlari uchun oʻrnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda boʻlgan mahkumga nisbatan qoʻllanilishi mumkin. | ||||||
Jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish mahkum: | Jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish mahkum: | ||||||
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida toʻrtdan bir qismini; | a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida toʻrtdan bir qismini; | ||||||
b) ogʻir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini; | b) ogʻir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini; | ||||||
v) oʻta ogʻir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish qoʻllanilgan va jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin qoʻllanilishi mumkin. | v) oʻta ogʻir jinoyati uchun, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin qoʻllanilishi mumkin. | ||||||
Ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning oʻtalmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosining oʻtalmagan qismi muddatiga tayinlanadi. | Ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning oʻtalmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosining oʻtalmagan qismi muddatiga tayinlanadi. | ||||||
Jazoning oʻtalmagan qismini yengilrogʻi bilan almashtirish ushbu Kodeksning 73-moddasi toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi. | Jazoning oʻtalmagan qismini yengilrogʻi bilan almashtirish ushbu Kodeksning 73-moddasi toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi. | ||||||
Jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxslar yengilroq jazoning tegishli qismini oʻtab boʻlganlaridan keyin ushbu Kodeksning 73-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilinishlari mumkin. | Jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxslar yengilroq jazoning tegishli qismini oʻtab boʻlganlaridan keyin ushbu Kodeksning 73-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilinishlari mumkin. | ||||||
Jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxs jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida yangi jinoyat sodir etsa, sud unga ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi. | Jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxs jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida yangi jinoyat sodir etsa, sud unga ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi. | ||||||
741-modda. Jazoni oʻtash muddatini shaxs tuzalish yoʻliga oʻtganligi munosabati bilan qisqartirish Ushbu Kodeks 73-moddasining toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan shaxs (bundan umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar mustasno) ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtash davrida mahkumlarda toʻgʻri maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan adabiyotlar roʻyxatidagi kitoblarni oʻqiganligi fakti tasdiqlangan taqdirda, unga nisbatan tayinlangan jazoni oʻtash muddati qisqartirilishi mumkin. Bunda jazoni oʻtash muddati har bir oʻqilgan kitob uchun uch kunga, biroq bir yilda koʻpi bilan oʻttiz kungacha qisqartirilishi mumkin. | |||||||
75-modda. Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotish oqibatida jazodan ozod qilish | 75-modda. Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotish oqibatida jazodan ozod qilish | ||||||
Hukm chiqarilganidan keyin oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs, shuningdek jazoni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan boshqa ogʻir kasallikka chalingan shaxs jazoni oʻtashdan ozod qilinishi lozim. | Hukm chiqarilganidan keyin oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs, shuningdek jazoni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan boshqa ogʻir kasallikka chalingan shaxs jazoni oʻtashdan ozod qilinishi lozim. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan sud tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllashi mumkin. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan sud tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllashi mumkin. | ||||||
Bunday shaxslar tuzalganidan keyin, ushbu Kodeksning 69-moddasida nazarda tutilgan va sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan kundan boshlab hisoblanadigan muddatlar oʻtib ketmagan boʻlsa, jazo ijro etiladi. | Bunday shaxslar tuzalganidan keyin, ushbu Kodeksning 69-moddasida nazarda tutilgan va sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan kundan boshlab hisoblanadigan muddatlar oʻtib ketmagan boʻlsa, jazo ijro etiladi. | ||||||
Intizomiy qismga joʻnatish yoxud xizmat boʻyicha cheklash jazosiga hukm qilingan harbiy xizmatchilar, ularning sogʻligʻi harbiy xizmat uchun yaroqsiz deb topilgan boʻlsa, jazoni oʻtashdan ozod qilinadilar. Xizmat boʻyicha cheklash jazosiga hukm qilingan harbiy xizmatchi ayollar ularga homiladorlik va tugʻish taʼtili berilishi munosabati bilan ham jazoni oʻtashdan ozod qilinadilar. | Intizomiy qismga joʻnatish yoxud xizmat boʻyicha cheklash jazosiga hukm qilingan harbiy xizmatchilar, ularning sogʻligʻi harbiy xizmat uchun yaroqsiz deb topilgan boʻlsa, jazoni oʻtashdan ozod qilinadilar. Xizmat boʻyicha cheklash jazosiga hukm qilingan harbiy xizmatchi ayollar ularga homiladorlik va tugʻish taʼtili berilishi munosabati bilan ham jazoni oʻtashdan ozod qilinadilar. | ||||||
Majburiy jamoat ishlariga yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar jazoni oʻtash vaqtida mehnatga yaroqsiz boʻlib qolsalar yoxud pensiya yoshiga yetgan boʻlsalar, shuningdek ayollar bu turdagi jazoni oʻtayotgan vaqtda homiladorlik va tugʻish taʼtiliga chiqsalar, jazoni oʻtashdan ozod qilinadilar. | Majburiy jamoat ishlariga yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar jazoni oʻtash vaqtida mehnatga yaroqsiz boʻlib qolsalar yoxud pensiya yoshiga yetgan boʻlsalar, shuningdek ayollar bu turdagi jazoni oʻtayotgan vaqtda homiladorlik va tugʻish taʼtiliga chiqsalar, jazoni oʻtashdan ozod qilinadilar. | ||||||
76-modda. Amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilish | 76-modda. Amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilish | ||||||
Hukm etilgan shaxs amnistiya akti yoki afv etish asosida asosiy va ijro etilmagan qoʻshimcha jazolardan ozod qilinishi yoxud jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinishi yoki unga tayinlangan jazoning oʻtalmay qolgan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilishi mumkin. | Hukm etilgan shaxs amnistiya akti yoki afv etish asosida asosiy va ijro etilmagan qoʻshimcha jazolardan ozod qilinishi yoxud jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinishi yoki unga tayinlangan jazoning oʻtalmay qolgan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilishi mumkin. | ||||||
Agar amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoxud jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish qoʻllanilgan shaxs jazoning oʻtalmay qolgan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha jazo tayinlaydi. | Agar amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoxud jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish qoʻllanilgan shaxs jazoning oʻtalmay qolgan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha jazo tayinlaydi. | ||||||
Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin. | Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin. | ||||||
Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning oʻn besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin. | Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning oʻn besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin. | ||||||
XIV bob. Sudlanganlik | XIV bob. Sudlanganlik | ||||||
77-modda. Sudlanganlikning huquqiy ahamiyati | 77-modda. Sudlanganlikning huquqiy ahamiyati | ||||||
Sudlanganlik shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan kelib chiqadigan huquqiy holatdir. | Sudlanganlik shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan kelib chiqadigan huquqiy holatdir. | ||||||
Jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab shaxs sudlangan deb hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi. | Jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab shaxs sudlangan deb hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi. | ||||||
Sudlanganlik ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va shaxs yangi jinoyat sodir etgandagina huquqiy ahamiyatga ega boʻladi. | Sudlanganlik ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va shaxs yangi jinoyat sodir etgandagina huquqiy ahamiyatga ega boʻladi. | ||||||
Sudlanganlik muddatining oʻtib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi munosabati bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor boʻladi. | Sudlanganlik muddatining oʻtib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi munosabati bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor boʻladi. | ||||||
Jazoni oʻtagan, ammo qonunning oʻzgarishi bilan bunday qilmish jinoyat deb hisoblanmaydigan taqdirda, shuningdek sodir qilingan jinoyat uchun tayinlangan jazoni oʻtab boʻlinishi bilan sudlanganlik holatining tugallanishi belgilangan boʻlsa, shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi. | Jazoni oʻtagan, ammo qonunning oʻzgarishi bilan bunday qilmish jinoyat deb hisoblanmaydigan taqdirda, shuningdek sodir qilingan jinoyat uchun tayinlangan jazoni oʻtab boʻlinishi bilan sudlanganlik holatining tugallanishi belgilangan boʻlsa, shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi. | ||||||
Oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni oʻtab boʻlgan shaxs sudlanmagan hisoblanadi, bundan oʻta ogʻir jinoyatlar yoki sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni oʻtab boʻlganidan keyin oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar qasddan yangi jinoyat sodir etish hollari mustasno. | |||||||
78-modda. Sudlanganlik holatining tugallanishi | 78-modda. Sudlanganlik holatining tugallanishi | ||||||
Shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi: | Shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi: | ||||||
a) shartli hukm qilinganlarga nisbatan — sinov muddati tugagan kundan boshlab; | a) shartli hukm qilinganlarga nisbatan — sinov muddati tugagan kundan boshlab; | ||||||
b) majburiy jamoat ishlari, xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismga joʻnatish tarzidagi jazolarini oʻtab chiqqach; | b) majburiy jamoat ishlari, xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismga joʻnatish tarzidagi jazolarini oʻtab chiqqach; | ||||||
v) jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari oʻtalganidan keyin bir yil oʻtgach; | v) jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari oʻtalganidan keyin bir yil oʻtgach; | ||||||
g) ozodlikni cheklash jazosi oʻtalganidan keyin — ikki yil oʻtgach; | g) ozodlikni cheklash jazosi oʻtalganidan keyin — ikki yil oʻtgach; | ||||||
d) besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin — toʻrt yil oʻtgach; | d) besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin — toʻrt yil oʻtgach; | ||||||
e) besh yildan ortiq, lekin oʻn yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin — yetti yil oʻtgach; | e) besh yildan ortiq, lekin oʻn yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin — yetti yil oʻtgach; | ||||||
j) oʻn yildan ortiq, lekin oʻn besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin — oʻn yil oʻtgach. | j) oʻn yildan ortiq, lekin oʻn besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin — oʻn yil oʻtgach. | ||||||
79-modda. Sudlanganlikning olib tashlanishi | 79-modda. Sudlanganlikning olib tashlanishi | ||||||
Agar shaxs ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtab boʻlganidan keyin unga nisbatan maʼmuriy jazo yoki intizomiy taʼsir choralari qoʻllanilmagan boʻlsa, jamoat birlashmasi, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organi, jamoa yoki jazoni oʻtab chiqqan shaxsning oʻzi bergan iltimosnomasiga koʻra sud ushbu Kodeksning 78-moddasida nazarda tutilgan muddatlarning kamida yarmi oʻtganidan keyin uning sudlanganligini olib tashlashi mumkin. | Agar shaxs ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtab boʻlganidan keyin unga nisbatan maʼmuriy jazo yoki intizomiy taʼsir choralari qoʻllanilmagan boʻlsa, jamoat birlashmasi, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organi, jamoa yoki jazoni oʻtab chiqqan shaxsning oʻzi bergan iltimosnomasiga koʻra sud ushbu Kodeksning 78-moddasida nazarda tutilgan muddatlarning kamida yarmi oʻtganidan keyin uning sudlanganligini olib tashlashi mumkin. | ||||||
Ushbu Kodeksning 178 — 184, 185 — 1852, 189 — 192-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslarning sudlanganligi ular davlatga juda koʻp zarar yetkazmaganda, ushbu Kodeksning 78-moddasida nazarda tutilgan muddatlarning kamida toʻrtdan bir qismi oʻtganidan keyin sud tomonidan olib tashlanishi mumkin. | Ushbu Kodeksning 178 — 184, 185 — 1852, 189 — 192-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslarning sudlanganligi ular davlatga juda koʻp zarar yetkazmaganda, ushbu Kodeksning 78-moddasida nazarda tutilgan muddatlarning kamida toʻrtdan bir qismi oʻtganidan keyin sud tomonidan olib tashlanishi mumkin. | ||||||
Oʻn besh yil va undan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtab chiqqan shaxslar hamda oʻta xavfli retsidivistlar, agar ular jazoni oʻtab chiqqanidan keyin oʻn besh yil mobaynida yangi jinoyat sodir etmasalar, sud ularning sudlanganligini olib tashlashi mumkin. | Oʻn besh yil va undan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtab chiqqan shaxslar hamda oʻta xavfli retsidivistlar, agar ular jazoni oʻtab chiqqanidan keyin oʻn besh yil mobaynida yangi jinoyat sodir etmasalar, sud ularning sudlanganligini olib tashlashi mumkin. | ||||||
Ushbu Kodeksning 13-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda ham sudlanganlik olib tashlanishi mumkin. | Ushbu Kodeksning 13-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda ham sudlanganlik olib tashlanishi mumkin. | ||||||
Sudlanganlik afv etish yoki amnistiya akti asosida ham olib tashlanishi mumkin. | Sudlanganlik afv etish yoki amnistiya akti asosida ham olib tashlanishi mumkin. | ||||||
80-modda. Sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib tashlash muddatlarini hisoblash | 80-modda. Sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib tashlash muddatlarini hisoblash | ||||||
Sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib tashlash muddatlari asosiy va qoʻshimcha jazolar oʻtab boʻlingan yoki ijro etilgan kundan boshlab hisoblanadi. | Sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib tashlash muddatlari asosiy va qoʻshimcha jazolar oʻtab boʻlingan yoki ijro etilgan kundan boshlab hisoblanadi. | ||||||
Agar shaxs tayinlangan jazodan qonunda belgilangan tartibda muddatidan ilgari ozod qilingan yoxud jazo yengilrogʻi bilan almashtirilgan boʻlsa, sudlanganlik muddati muddatidan ilgari ozod qilingan yoki yengilrogʻi bilan almashtirilgan jazoning amalda oʻtab boʻlingan qismidan hisoblanadi. | Agar shaxs tayinlangan jazodan qonunda belgilangan tartibda muddatidan ilgari ozod qilingan yoxud jazo yengilrogʻi bilan almashtirilgan boʻlsa, sudlanganlik muddati muddatidan ilgari ozod qilingan yoki yengilrogʻi bilan almashtirilgan jazoning amalda oʻtab boʻlingan qismidan hisoblanadi. | ||||||
Agar ushbu Kodeksning 44, 46-moddalari asosida hukm boʻyicha tayinlangan jazoni sud boshqa jazo bilan almashtirgan boʻlsa, sudlanganlik muddati jazoning amalda oʻtab boʻlingan yoki ijro etilgan qismidan hisoblanadi. | Agar ushbu Kodeksning 44, 46-moddalari asosida hukm boʻyicha tayinlangan jazoni sud boshqa jazo bilan almashtirgan boʻlsa, sudlanganlik muddati jazoning amalda oʻtab boʻlingan yoki ijro etilgan qismidan hisoblanadi. | ||||||
Agar jazoni oʻtab chiqqan shaxs sudlanganlik holatining muddati tugamay, yana jinoyat sodir etsa, sudlanganlik holatini tugatuvchi muddatning oʻtishi toʻxtatiladi. Ilgari sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holatining tugash muddati oxirgi sodir etilgan jinoyat uchun (asosiy va qoʻshimcha) jazoni amalda oʻtab boʻlganidan boshlab hisoblanadi. | Agar jazoni oʻtab chiqqan shaxs sudlanganlik holatining muddati tugamay, yana jinoyat sodir etsa, sudlanganlik holatini tugatuvchi muddatning oʻtishi toʻxtatiladi. Ilgari sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holatining tugash muddati oxirgi sodir etilgan jinoyat uchun (asosiy va qoʻshimcha) jazoni amalda oʻtab boʻlganidan boshlab hisoblanadi. | ||||||
OLTINCHI BOʻLIM VOYAGA YETMAGANLAR JAVOBGARLIGINING XUSUSIYATLARI | OLTINCHI BOʻLIM VOYAGA YETMAGANLAR JAVOBGARLIGINING XUSUSIYATLARI | ||||||
XV bob. Jazo va uni tayinlash | XV bob. Jazo va uni tayinlash | ||||||
81-modda. Jazo tizimi | 81-modda. Jazo tizimi | ||||||
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga quyidagi asosiy jazolar qoʻllanilishi mumkin: | Oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga quyidagi asosiy jazolar qoʻllanilishi mumkin: | ||||||
a) jarima; | a) jarima; | ||||||
a1) majburiy jamoat ishlari; | a1) majburiy jamoat ishlari; | ||||||
b) axloq tuzatish ishlari; | b) axloq tuzatish ishlari; | ||||||
v1) ozodlikni cheklash; | v1) ozodlikni cheklash; | ||||||
g) ozodlikdan mahrum qilish. | g) ozodlikdan mahrum qilish. | ||||||
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qoʻshimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas. | Oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qoʻshimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas. | ||||||
82-modda. Jarima | 82-modda. Jarima | ||||||
Jarima bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda tayinlanadi. | Jarima bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda tayinlanadi. | ||||||
Mahkum jarima toʻlashdan olti oy muddat mobaynida boʻyin tovlasa, sud toʻlanmagan jarima miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarimani majburiy jamoat ishlarining ikki soatiga tenglashtirgan holda hisoblab, majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo bilan almashtiradi yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi jarimani axloq tuzatish ishlarining bir oyiga tenglashtirgan holda hisoblab, axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. | Mahkum jarima toʻlashdan olti oy muddat mobaynida boʻyin tovlasa, sud toʻlanmagan jarima miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarimani majburiy jamoat ishlarining ikki soatiga tenglashtirgan holda hisoblab, majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo bilan almashtiradi yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi jarimani axloq tuzatish ishlarining bir oyiga tenglashtirgan holda hisoblab, axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. | ||||||
821-modda. Majburiy jamoat ishlari | 821-modda. Majburiy jamoat ishlari | ||||||
Majburiy jamoat ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan oltmish soatdan ikki yuz qirq soatgacha boʻlgan muddatga tayinlanadi. Majburiy jamoat ishlari voyaga yetmaganlarning sogʻligʻiga va maʼnaviy jihatdan rivojlanishiga zarar yetkazmasligi, oʻqish jarayonini buzmasligi lozim. | Majburiy jamoat ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan oltmish soatdan ikki yuz qirq soatgacha boʻlgan muddatga tayinlanadi. Majburiy jamoat ishlari voyaga yetmaganlarning sogʻligʻiga va maʼnaviy jihatdan rivojlanishiga zarar yetkazmasligi, oʻqish jarayonini buzmasligi lozim. | ||||||
Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslar tomonidan majburiy jamoat ishlarini bajarish muddati, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, olti oy davomida kuniga ikki soatdan oshmasligi, mahkumga bogʻliq boʻlmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda esa, bir yilgacha boʻlgan muhlatda kuniga ikki soatdan oshmasligi kerak. | Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslar tomonidan majburiy jamoat ishlarini bajarish muddati, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, olti oy davomida kuniga ikki soatdan oshmasligi, mahkumga bogʻliq boʻlmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda esa, bir yilgacha boʻlgan muhlatda kuniga ikki soatdan oshmasligi kerak. | ||||||
Mahkum jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan taqdirda, sud majburiy jamoat ishlarining oʻtalmagan muddatini majburiy jamoat ishlarining toʻrt soatini ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlanilgan vaqt jazoning oʻtalgan muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi. | Mahkum jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan taqdirda, sud majburiy jamoat ishlarining oʻtalmagan muddatini majburiy jamoat ishlarining toʻrt soatini ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlanilgan vaqt jazoning oʻtalgan muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi. | ||||||
83-modda. Axloq tuzatish ishlari | 83-modda. Axloq tuzatish ishlari | ||||||
Axloq tuzatish ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan oʻz ish joyida oʻtash, aybdor hech qayerda ishlamasa, ushbu jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan oʻzi yashaydigan hududdagi boshqa joylarda oʻtash tariqasida bir oydan bir yilgacha muddatga tayinlanadi. | Axloq tuzatish ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan oʻz ish joyida oʻtash, aybdor hech qayerda ishlamasa, ushbu jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan oʻzi yashaydigan hududdagi boshqa joylarda oʻtash tariqasida bir oydan bir yilgacha muddatga tayinlanadi. | ||||||
Voyaga yetmagan shaxs tayinlangan axloq tuzatish ishlarining oʻndan bir qismidan koʻprogʻini oʻtashdan boʻyin tovlagan taqdirda, sud bu jazoning oʻtalmagan qismini axloq tuzatish ishlarining har uch kunini ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. | Voyaga yetmagan shaxs tayinlangan axloq tuzatish ishlarining oʻndan bir qismidan koʻprogʻini oʻtashdan boʻyin tovlagan taqdirda, sud bu jazoning oʻtalmagan qismini axloq tuzatish ishlarining har uch kunini ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. | ||||||
841-modda. Ozodlikni cheklash | 841-modda. Ozodlikni cheklash | ||||||
Ozodlikni cheklash voyaga yetmagan mahkumlarga nisbatan asosiy jazo chorasi sifatida olti oydan ikki yilgacha muddatga tayinlanadi. | Ozodlikni cheklash voyaga yetmagan mahkumlarga nisbatan asosiy jazo chorasi sifatida bir oydan ikki yilgacha muddatga tayinlanadi. | ||||||
85-modda. Ozodlikdan mahrum qilish | 85-modda. Ozodlikdan mahrum qilish | ||||||
Voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi olti oydan oʻn yilgacha muddatga tayinlanadi, ushbu Kodeks 86-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. | Voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi bir oydan oʻn yilgacha muddatga tayinlanadi, ushbu Kodeks 86-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. | ||||||
Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida oʻn toʻrt yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan shaxslarga nisbatan: | Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida oʻn toʻrt yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan shaxslarga nisbatan: | ||||||
b) ogʻir jinoyat uchun — olti yilgacha; | b) ogʻir jinoyat uchun — olti yilgacha; | ||||||
v) oʻta ogʻir jinoyat uchun — oʻn yilgacha muddatga tayinlanadi. | v) oʻta ogʻir jinoyat uchun — oʻn yilgacha muddatga tayinlanadi. | ||||||
Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarga nisbatan: | Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarga nisbatan: | ||||||
b) ogʻir jinoyat uchun — yetti yilgacha; | b) ogʻir jinoyat uchun — yetti yilgacha; | ||||||
v) oʻta ogʻir jinoyat uchun — oʻn yilgacha muddatga tayinlanadi. | v) oʻta ogʻir jinoyat uchun — oʻn yilgacha muddatga tayinlanadi. | ||||||
Voyaga yetmay turib ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoxud qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi. | Voyaga yetmay turib ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoxud qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi. | ||||||
Hukm chiqarish paytida oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tarbiya koloniyalarida oʻtash tayinlanadi. | Hukm chiqarish paytida oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tarbiya koloniyalarida oʻtash tayinlanadi. | ||||||
86-modda. Jazo tayinlash | 86-modda. Jazo tayinlash | ||||||
Sud voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal qiladi, voyaga yetmaganning rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sogʻligʻini, sodir etgan jinoyatining sabablarini, katta yoshdagilarning va boshqa holatlarning uning shaxsiga taʼsirini hisobga oladi. | Sud voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal qiladi, voyaga yetmaganning rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sogʻligʻini, sodir etgan jinoyatining sabablarini, katta yoshdagilarning va boshqa holatlarning uning shaxsiga taʼsirini hisobga oladi. | ||||||
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida jazo tayinlanganda ozodlikdan mahrum qilishning eng koʻp muddati oʻn yilgacha, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi oʻta ogʻir jinoyat boʻlsa, oʻn ikki yilgacha tayinlanadi. | Oʻn toʻrt yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida jazo tayinlanganda ozodlikdan mahrum qilishning eng koʻp muddati oʻn yilgacha, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi oʻta ogʻir jinoyat boʻlsa, oʻn ikki yilgacha tayinlanadi. | ||||||
Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi — oʻn ikki yilgacha muddatga, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi oʻta ogʻir jinoyat boʻlsa, oʻn besh yilgacha muddatga tayinlanishi mumkin. | Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi — oʻn ikki yilgacha muddatga, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi oʻta ogʻir jinoyat boʻlsa, oʻn besh yilgacha muddatga tayinlanishi mumkin. | ||||||
Jinoyat sodir etish paytida oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarga nisbatan bir necha hukm yuzasidan tayinlanadigan ozodlikdan mahrum qilish jazosining muddati oʻn besh yildan oshmasligi kerak. | Jinoyat sodir etish paytida oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarga nisbatan bir necha hukm yuzasidan tayinlanadigan ozodlikdan mahrum qilish jazosining muddati oʻn besh yildan oshmasligi kerak. | ||||||
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanganda sud ushbu Kodeksning 72-moddasida nazarda tutilgan asos va shartlar mavjud boʻlsa, shartli jazo belgilashi mumkin. | Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanganda sud ushbu Kodeksning 72-moddasida nazarda tutilgan asos va shartlar mavjud boʻlsa, shartli jazo belgilashi mumkin. | ||||||
XVI bob. Javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish | XVI bob. Javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish | ||||||
87-modda. Majburlov choralarini qoʻllagan holda javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish | 87-modda. Majburlov choralarini qoʻllagan holda javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish | ||||||
Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan voyaga yetmagan shaxs, agar sodir etgan qilmishining xususiyatlari, aybdorning shaxsi va ishning boshqa holatlarini eʼtiborga olib, uni jazo qoʻllamasdan turib ham tuzatish mumkin degan xulosaga kelinsa, javobgarlikdan ozod qilinib, ish voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyada koʻrishga topshirilishi mumkin. | Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan voyaga yetmagan shaxs, agar sodir etgan qilmishining xususiyatlari, aybdorning shaxsi va ishning boshqa holatlarini eʼtiborga olib, uni jazo qoʻllamasdan turib ham tuzatish mumkin degan xulosaga kelinsa, javobgarlikdan ozod qilinib, ish bolalar masalalari boʻyicha komissiyada koʻrishga topshirilishi mumkin. | ||||||
Besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlash nazarda tutilgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan yoki ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatni takroran sodir etgan voyaga yetmagan shaxsni, mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa, sud jazodan ozod qilish va unga nisbatan majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishi shart. | Besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlash nazarda tutilgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan yoki ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatni takroran sodir etgan voyaga yetmagan shaxsni, mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa, sud jazodan ozod qilish va unga nisbatan majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishi shart. | ||||||
Voyaga yetmagan shaxs rivojlanishda oʻz yoshiga nisbatan ancha orqada qolgan boʻlsa va sodir etgan qilmishining ahamiyatini toʻla ravishda anglab yetmasa, sud jazo oʻrniga majburlov chorasi qoʻllash maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqishi shart. | Voyaga yetmagan shaxs rivojlanishda oʻz yoshiga nisbatan ancha orqada qolgan boʻlsa va sodir etgan qilmishining ahamiyatini toʻla ravishda anglab yetmasa, sud jazo oʻrniga majburlov chorasi qoʻllash maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqishi shart. | ||||||
88-modda. Majburlov choralari | 88-modda. Majburlov choralari | ||||||
Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan quyidagi majburlov choralari qoʻllaniladi: | Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan quyidagi majburlov choralari qoʻllaniladi: | ||||||
a) sud belgilaydigan shaklda jabrlanuvchidan uzr soʻrash majburiyatini yuklash; | a) sud belgilaydigan shaklda jabrlanuvchidan uzr soʻrash majburiyatini yuklash; | ||||||
b) oʻn olti yoshga toʻlgan shaxs zimmasiga yetkazilgan zararni oʻz mablagʻi hisobidan yoki mehnati bilan toʻlash yoki bartaraf qilish majburiyatini yuklash. Ushbu chora agar yetkazilgan zarar belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oshib ketmagan boʻlsa qoʻllaniladi. Boshqa hollarda yetkazilgan zarar fuqaroviy huquqiy tartibda undiriladi; | b) oʻn olti yoshga toʻlgan shaxs zimmasiga yetkazilgan zararni oʻz mablagʻi hisobidan yoki mehnati bilan toʻlash yoki bartaraf qilish majburiyatini yuklash. Ushbu chora agar yetkazilgan zarar belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oshib ketmagan boʻlsa qoʻllaniladi. Boshqa hollarda yetkazilgan zarar fuqaroviy huquqiy tartibda undiriladi; | ||||||
v) voyaga yetmaganni maxsus oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish. | v) voyaga yetmaganni maxsus oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish. | ||||||
Voyaga yetmagan shaxslarni maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida boʻlish muddati va shartlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi. | Voyaga yetmagan shaxslarni maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida boʻlish muddati va shartlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi. | ||||||
89-modda. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish | 89-modda. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish | ||||||
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilishga, ozodlikni cheklashga yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsga nisbatan jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish tartibi qoʻllanilishi mumkin. | Oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilishga, ozodlikni cheklashga yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsga nisbatan jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish tartibi qoʻllanilishi mumkin. | ||||||
Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoida talablarini bajargan mehnat va oʻqishga halol munosabatda boʻlgan mahkumga nisbatan qoʻllanilishi mumkin. | Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoida talablarini bajargan mehnat va oʻqishga halol munosabatda boʻlgan mahkumga nisbatan qoʻllanilishi mumkin. | ||||||
Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish: | Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish: | ||||||
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida toʻrtdan bir qismi; | a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida toʻrtdan bir qismi; | ||||||
b) ogʻir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismi; | b) ogʻir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismi; | ||||||
v) oʻta ogʻir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin qoʻllaniladi. | v) oʻta ogʻir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin qoʻllaniladi. | ||||||
Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qoʻllanilgan shaxs jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan ushbu Kodeksning 60 va 86-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi. | Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qoʻllanilgan shaxs jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan ushbu Kodeksning 60 va 86-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi. | ||||||
90-modda. Jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish | 90-modda. Jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish | ||||||
Oʻn sakkiz yoshga toʻlguncha sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishiga hukm qilingan shaxsga nisbatan jazoning oʻtalmagan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilishi mumkin. | Oʻn sakkiz yoshga toʻlguncha sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishiga hukm qilingan shaxsga nisbatan jazoning oʻtalmagan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilishi mumkin. | ||||||
Jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnat yoki oʻqishga halol munosabatda boʻlib kelayotgan mahkumga nisbatan qoʻllanilishi mumkin. | Jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnat yoki oʻqishga halol munosabatda boʻlib kelayotgan mahkumga nisbatan qoʻllanilishi mumkin. | ||||||
Jazoning oʻtalmagan qismini yengilrogʻi bilan almashtirish: | Jazoning oʻtalmagan qismini yengilrogʻi bilan almashtirish: | ||||||
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida beshdan bir qismi; | a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida beshdan bir qismi; | ||||||
b) ogʻir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida toʻrtdan bir qismi; | b) ogʻir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida toʻrtdan bir qismi; | ||||||
v) oʻta ogʻir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtab boʻlinganidan keyin qoʻllanilishi mumkin. | v) oʻta ogʻir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtab boʻlinganidan keyin qoʻllanilishi mumkin. | ||||||
Ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning oʻtalmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosining oʻtalmagan qismi muddatiga tayinlanadi. | Ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning oʻtalmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosining oʻtalmagan qismi muddatiga tayinlanadi. | ||||||
Jazo yengilrogʻi bilan almashtirilgan shaxslarga nisbatan yengilroq jazoning tegishli qismi oʻtab boʻlinganidan keyin ushbu Kodeksning 89-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq, jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qoʻllanilishi mumkin. | Jazo yengilrogʻi bilan almashtirilgan shaxslarga nisbatan yengilroq jazoning tegishli qismi oʻtab boʻlinganidan keyin ushbu Kodeksning 89-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq, jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qoʻllanilishi mumkin. | ||||||
Jazo yengilrogʻi bilan almashtirilgan shaxs jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan ushbu Kodeksning 60 va 86-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi. | Jazo yengilrogʻi bilan almashtirilgan shaxs jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan ushbu Kodeksning 60 va 86-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi. | ||||||
YETTINCHI BOʻLIM TIBBIY YOʻSINDAGI MAJBURLOV CHORALARI | YETTINCHI BOʻLIM TIBBIY YOʻSINDAGI MAJBURLOV CHORALARI | ||||||
XVII bob. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarining asoslari va ularni tayinlash | XVII bob. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarining asoslari va ularni tayinlash | ||||||
91-modda. Majburlov choralarining maqsadlari | 91-modda. Majburlov choralarining maqsadlari | ||||||
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari ruhiy holati buzilgan, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarga nisbatan ushbu shaxslarni davolash va ularning yangi ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etishining oldini olish maqsadida tayinlanishi mumkin. | Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari ruhiy holati buzilgan, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarga nisbatan ushbu shaxslarni davolash va ularning yangi ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etishining oldini olish maqsadida tayinlanishi mumkin. | ||||||
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yoʻliqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan jazolash bilan bir qatorda, davolash uchun va jazolash maqsadiga erishishga koʻmaklashuvchi sharoitlar yaratish uchun sud tomonidan tayinlanishi mumkin. | Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yoʻliqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan jazolash bilan bir qatorda, davolash uchun va jazolash maqsadiga erishishga koʻmaklashuvchi sharoitlar yaratish uchun sud tomonidan tayinlanishi mumkin. | ||||||
92-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllashning umumiy asoslari | 92-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllashning umumiy asoslari | ||||||
Ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etgan yoki hukm chiqarilguniga qadar yoxud jazoni oʻtash vaqtida oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxsga nisbatan, agar u oʻzining ruhiy holati va sodir etgan qilmishining xususiyatiga koʻra jamiyat uchun xavf tugʻdirsa, sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin. | Ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etgan yoki hukm chiqarilguniga qadar yoxud jazoni oʻtash vaqtida oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxsga nisbatan, agar u oʻzining ruhiy holati va sodir etgan qilmishining xususiyatiga koʻra jamiyat uchun xavf tugʻdirsa, sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin. | ||||||
93-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarining turlari | 93-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarining turlari | ||||||
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari jumlasiga quyidagilar kiradi: | Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari jumlasiga quyidagilar kiradi: | ||||||
a) yashash joyi boʻyicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida) majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish; | a) yashash joyi boʻyicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida) majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish; | ||||||
b) yashash joyi boʻyicha umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan boʻlimida majburiy davolanish; | b) yashash joyi boʻyicha umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan boʻlimida majburiy davolanish; | ||||||
v) umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya boʻlimida majburiy davolanish; | v) umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya boʻlimida majburiy davolanish; | ||||||
g) kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish; | g) kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish; | ||||||
d) jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami koʻrsatish boʻlimlarida hamda mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashgan shifoxonada majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish. | d) jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami koʻrsatish boʻlimlarida hamda mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashgan shifoxonada majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish. | ||||||
94-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini tayinlash | 94-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini tayinlash | ||||||
Ruhiy holati buzilgan, kasalligining zoʻrayishi alomatlari boʻlmagan shaxslarga, shuningdek ruhiy holati vaqtincha buzilgan shaxslarga nisbatan kasallik qaytarilishining va ular tomonidan yangi ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishining oldini olish uchun yashash joyi boʻyicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida) majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish tayinlanishi mumkin. | Ruhiy holati buzilgan, kasalligining zoʻrayishi alomatlari boʻlmagan shaxslarga, shuningdek ruhiy holati vaqtincha buzilgan shaxslarga nisbatan kasallik qaytarilishining va ular tomonidan yangi ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishining oldini olish uchun yashash joyi boʻyicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida) majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish tayinlanishi mumkin. | ||||||
Yashash joyi boʻyicha umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan boʻlimida majburiy davolanish ijtimoiy xavfliligi umumiy asoslarda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan davolashni talab etadigan holat bilan bogʻliq boʻlgan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin. | Yashash joyi boʻyicha umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan boʻlimida majburiy davolanish ijtimoiy xavfliligi umumiy asoslarda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan davolashni talab etadigan holat bilan bogʻliq boʻlgan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin. | ||||||
Umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya boʻlimida majburiy davolanish ijtimoiy xavfliligi koʻproq ixtiyoriy tartibda amalga oshirilishi mumkin boʻlmagan reabilitatsiya choralari koʻrilishini talab etadigan holat bilan bogʻliq boʻlgan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin. | Umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya boʻlimida majburiy davolanish ijtimoiy xavfliligi koʻproq ixtiyoriy tartibda amalga oshirilishi mumkin boʻlmagan reabilitatsiya choralari koʻrilishini talab etadigan holat bilan bogʻliq boʻlgan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin. | ||||||
Kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish oʻta ijtimoiy xavfli boʻlgan yoki oʻz xulq-atvorida umumiy tartibli psixiatriya shifoxonasi sharoitlarida zarur davolash va reabilitatsiya choralarini amalga oshirish imkonini bermaydigan qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyadigan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin. Ruhiy holati buzilgan shaxslar kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida batamom ajratilgan holda saqlanadi va qoʻriqlanadi. | Kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish oʻta ijtimoiy xavfli boʻlgan yoki oʻz xulq-atvorida umumiy tartibli psixiatriya shifoxonasi sharoitlarida zarur davolash va reabilitatsiya choralarini amalga oshirish imkonini bermaydigan qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyadigan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin. Ruhiy holati buzilgan shaxslar kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida batamom ajratilgan holda saqlanadi va qoʻriqlanadi. | ||||||
Jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami koʻrsatish boʻlimlarida hamda mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashgan shifoxonada majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan, jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini toʻliq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin. | Jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami koʻrsatish boʻlimlarida hamda mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashgan shifoxonada majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan, jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini toʻliq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin. | ||||||
95-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashni uzaytirish, oʻzgartirish va tugatish | 95-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashni uzaytirish, oʻzgartirish va tugatish | ||||||
Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashni uzaytirish, oʻzgartirish va tugatish shifokor psixiatrlar komissiyasining xulosasi asosida, jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami koʻrsatish boʻlimlarida va mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashgan shifoxonada esa, tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan amalga oshiriladi. | Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashni uzaytirish, oʻzgartirish va tugatish shifokor psixiatrlar komissiyasining xulosasi asosida, jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami koʻrsatish boʻlimlarida va mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashgan shifoxonada esa, tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan amalga oshiriladi. | ||||||
Ruhiy holati buzilgan shaxs tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashga muhtoj boʻlmagan hollarda, shuningdek bu choralarni qoʻllash tugatilganda sud bunday shaxsni umumiy asoslarda davolash yoki ijtimoiy taʼminot muassasasiga yuborish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun sogʻliqni saqlash organlariga topshirishi mumkin. | Ruhiy holati buzilgan shaxs tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashga muhtoj boʻlmagan hollarda, shuningdek bu choralarni qoʻllash tugatilganda sud bunday shaxsni umumiy asoslarda davolash yoki ijtimoiy taʼminot muassasasiga yuborish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun sogʻliqni saqlash organlariga topshirishi mumkin. | ||||||
Alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslarga nisbatan jazo bilan bir qatorda tayinlangan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashni tugatish tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan amalga oshiriladi. | Alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslarga nisbatan jazo bilan bir qatorda tayinlangan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashni tugatish tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan amalga oshiriladi. | ||||||
96-modda. Jazo bilan birga tayinlanadigan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash | 96-modda. Jazo bilan birga tayinlanadigan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash | ||||||
Alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yoʻliqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgan taqdirda, agar tibbiy xulosa mavjud boʻlsa, sud jazo tayinlash bilan birga ularga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini tayinlashi mumkin. | Alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yoʻliqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgan taqdirda, agar tibbiy xulosa mavjud boʻlsa, sud jazo tayinlash bilan birga ularga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini tayinlashi mumkin. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan boʻlsa, tibbiy muassasalarda majburiy davolanishi lozim. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan boʻlsa, tibbiy muassasalarda majburiy davolanishi lozim. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan boʻlsa, ularni davolash jazoni oʻtayotgan joyda amalga oshiriladi, jazoni oʻtab boʻlganidan keyin agarda davolashni davom ettirishga zarurat boʻlsa, umumiy asosda tibbiy muassasalarda davolanadi. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan boʻlsa, ularni davolash jazoni oʻtayotgan joyda amalga oshiriladi, jazoni oʻtab boʻlganidan keyin agarda davolashni davom ettirishga zarurat boʻlsa, umumiy asosda tibbiy muassasalarda davolanadi. | ||||||
MAXSUS QISM | MAXSUS QISM | ||||||
BIRINCHI BOʻLIM SHAXSGA QARSHI JINOYATLAR | BIRINCHI BOʻLIM SHAXSGA QARSHI JINOYATLAR | ||||||
I bob. Hayotga qarshi jinoyatlar | I bob. Hayotga qarshi jinoyatlar | ||||||
97-modda. Qasddan odam oʻldirish | 97-modda. Qasddan odam oʻldirish | ||||||
Qasddan odam oʻldirish — | Qasddan odam oʻldirish — | ||||||
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish, yaʼni: | Javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish, yaʼni: | ||||||
a) ikki yoki undan ortiq shaxsni; | a) ikki yoki undan ortiq shaxsni; | ||||||
b) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolni; | b) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolni; | ||||||
v) aybdorga ayon boʻlgan ojiz ahvoldagi shaxsni; | v) aybdorga ayon boʻlgan ojiz ahvoldagi shaxsni; | ||||||
g) oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni yoki uning yaqin qarindoshlarini; | g) oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni yoki uning yaqin qarindoshlarini; | ||||||
d) boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli boʻlgan usulda; | d) boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli boʻlgan usulda; | ||||||
e) ommaviy tartibsizliklar jarayonida; | e) ommaviy tartibsizliklar jarayonida; | ||||||
j) oʻta shafqatsizlik bilan; | j) oʻta shafqatsizlik bilan; | ||||||
z) nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish bilan bogʻliq holda; | z) nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish bilan bogʻliq holda; | ||||||
i) tamagirlik niyatida; | i) tamagirlik niyatida; | ||||||
k) milliy yoki irqiy adovat zamirida; | k) milliy yoki irqiy adovat zamirida; | ||||||
l) bezorilik oqibatida; | l) bezorilik oqibatida; | ||||||
m) diniy taassublar zamirida; | m) diniy taassublar zamirida; | ||||||
n) kishi aʼzolarini kesib olib, boshqa kishiga koʻchirish (transplantat) yoki murdaning qismlaridan foydalanish maqsadida; | n) inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olish yoki murdaning qismlaridan foydalanish maqsadida; | ||||||
o) boshqa biror jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish maqsadida; | o) boshqa biror jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish maqsadida; | ||||||
p) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh aʼzosi tomonidan yoxud oʻsha guruh manfaatlarini koʻzlagan holda; | p) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh aʼzosi tomonidan yoxud oʻsha guruh manfaatlarini koʻzlagan holda; | ||||||
r) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | r) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
s) oʻta xavfli retsidivist tomonidan qasddan odam oʻldirilishi — | s) oʻta xavfli retsidivist tomonidan qasddan odam oʻldirilishi — | ||||||
oʻn besh yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi. | oʻn besh yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi. | ||||||
98-modda. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam oʻldirish | 98-modda. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam oʻldirish | ||||||
Jabrlanuvchi tomonidan qilingan gʻayriqonuniy zoʻrlik yoki ogʻir haqorat, shuningdek uning boshqa gʻayriqonuniy harakatlari tufayli toʻsatdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam oʻldirish — | Jabrlanuvchi tomonidan qilingan gʻayriqonuniy zoʻrlik yoki ogʻir haqorat, shuningdek uning boshqa gʻayriqonuniy harakatlari tufayli toʻsatdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam oʻldirish — | ||||||
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
99-modda. Onaning oʻz chaqalogʻini qasddan oʻldirishi | 99-modda. Onaning oʻz chaqalogʻini qasddan oʻldirishi | ||||||
Onaning oʻz chaqalogʻini tugʻish vaqtida yoki tugʻilishi hamon qasddan oʻldirishi — | Onaning oʻz chaqalogʻini tugʻish vaqtida yoki tugʻilishi hamon qasddan oʻldirishi — | ||||||
bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
100-modda. Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam oʻldirish | 100-modda. Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam oʻldirish | ||||||
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam oʻldirish — | Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam oʻldirish — | ||||||
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
101-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam oʻldirish | 101-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam oʻldirish | ||||||
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam oʻldirish — | Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam oʻldirish — | ||||||
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
102-modda. Ehtiyotsizlik orqasida odam oʻldirish | 102-modda. Ehtiyotsizlik orqasida odam oʻldirish | ||||||
Ehtiyotsizlik orqasida odam oʻldirish — | Ehtiyotsizlik orqasida odam oʻldirish — | ||||||
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ehtiyotsizlik orqasida ikki va undan ortiq odam oʻldirish — | Ehtiyotsizlik orqasida ikki va undan ortiq odam oʻldirish — | ||||||
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
103-modda. Oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish | 103-modda. Oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish | ||||||
Shaxsni qoʻrqitish, unga rahmsiz muomala qilish yoki uning shaʼni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yoki oʻzini oʻzi oʻldirishiga suiqasd qilish darajasiga yetkazish, – | Shaxsni qoʻrqitish, unga rahmsiz muomala qilish yoki uning shaʼni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yoki oʻzini oʻzi oʻldirishiga suiqasd qilish darajasiga yetkazish, – | ||||||
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram boʻlgan shaxsga nisbatan; | a) moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram boʻlgan shaxsga nisbatan; | ||||||
b) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan; | b) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan; | ||||||
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | ||||||
g) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmogʻidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, — | g) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmogʻidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
1031-modda. Oʻzini oʻzi oʻldirishga undash | 1031-modda. Oʻzini oʻzi oʻldirishga undash | ||||||
Oʻzini oʻzi oʻldirishga undash, yaʼni koʻndirish, aldash yoki boshqa yoʻl bilan oʻzga shaxsda oʻzini oʻzi oʻldirish hissini uygʻotish, agar shaxs oʻzini oʻzi oʻldirgan yoki oʻzini oʻzi oʻldirishga suiqasd qilgan boʻlsa, — | Oʻzini oʻzi oʻldirishga undash, yaʼni koʻndirish, aldash yoki boshqa yoʻl bilan oʻzga shaxsda oʻzini oʻzi oʻldirish hissini uygʻotish, agar shaxs oʻzini oʻzi oʻldirgan yoki oʻzini oʻzi oʻldirishga suiqasd qilgan boʻlsa, — | ||||||
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan; | a) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | ||||||
v) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmogʻidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, — | v) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmogʻidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
II bob. Sogʻliqqa qarshi jinoyatlar | II bob. Sogʻliqqa qarshi jinoyatlar | ||||||
104-modda. Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish | 104-modda. Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish | ||||||
Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli boʻlgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish natijasida koʻrish, soʻzlash, eshitish qobiliyatini yoʻqotish yoxud biron aʼzoning ishdan chiqishi yoki uning faoliyati tamoman yoʻqolishiga, ruhiy holatining buzilishiga yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda buzilishiga, umumiy mehnat qobiliyatining oʻttiz uch foizidan kam boʻlmagan qismining doimiy yoʻqolishiga yoki homilaning tushishi yoxud badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishiga sabab boʻlsa, — | Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli boʻlgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish natijasida koʻrish, soʻzlash, eshitish qobiliyatini yoʻqotish yoxud biron aʼzoning ishdan chiqishi yoki uning faoliyati tamoman yoʻqolishiga, ruhiy holatining buzilishiga yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda buzilishiga, umumiy mehnat qobiliyatining oʻttiz uch foizidan kam boʻlmagan qismining doimiy yoʻqolishiga yoki homilaning tushishi yoxud badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishiga sabab boʻlsa va ushbu Kodeksning 1261-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish: | Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish: | ||||||
a) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan; | a) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan; | ||||||
b) oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan; | b) oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan; | ||||||
v) oʻta shafqatsizlik bilan; | v) oʻta shafqatsizlik bilan; | ||||||
g) ommaviy tartibsizliklar jarayonida; | g) ommaviy tartibsizliklar jarayonida; | ||||||
d) tamagirlik niyatida; | d) tamagirlik niyatida; | ||||||
e) bezorilik oqibatida; | e) bezorilik oqibatida; | ||||||
j) millatlararo yoki irqiy adovat zamirida; | j) millatlararo yoki irqiy adovat zamirida; | ||||||
z) diniy taassublar zamirida; | z) diniy taassublar zamirida; | ||||||
i) kishi aʼzolarini kesib olib, boshqa kishiga koʻchirish (transplantat) yoki murdaning qismlaridan foydalanish maqsadida; | i) inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olish maqsadida; | ||||||
k) bir guruh shaxslar tomonidan; | k) bir guruh shaxslar tomonidan; | ||||||
l) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan boʻlsa, — | l) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish: | Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish: | ||||||
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; | a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; | ||||||
b) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 97-moddasida nazarda tutilgan tarzda qasddan odam oʻldirgan shaxs tomonidan; | b) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 97-moddasida nazarda tutilgan tarzda qasddan odam oʻldirgan shaxs tomonidan; | ||||||
v) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | v) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
g) uyushgan guruh aʼzosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa; | g) uyushgan guruh aʼzosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa; | ||||||
d) jabrlanuvchining oʻlishiga sabab boʻlsa, — | d) jabrlanuvchining oʻlishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
105-modda. Qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish | 105-modda. Qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish | ||||||
Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli boʻlmagan va ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelmagan, lekin sogʻliqning uzoq vaqt, yaʼni kamida yigirma bir kun, ammo toʻrt oydan koʻp boʻlmagan davrda yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining oʻn foizidan oʻttiz uch foizigacha yoʻqolishiga sabab boʻlgan qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish — | Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli boʻlmagan va ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelmagan, lekin sogʻliqning uzoq vaqt, yaʼni kamida yigirma bir kun, ammo toʻrt oydan koʻp boʻlmagan davrda yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining oʻn foizidan oʻttiz uch foizigacha yoʻqolishiga sabab boʻlgan qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish ushbu Kodeksning 1261-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa — | ||||||
uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish: | Qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish: | ||||||
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; | a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; | ||||||
b) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan; | b) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan; | ||||||
v) oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan; | v) oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan; | ||||||
g) oʻta shafqatsizlik bilan; | g) oʻta shafqatsizlik bilan; | ||||||
d) ommaviy tartibsizliklar jarayonida; | d) ommaviy tartibsizliklar jarayonida; | ||||||
e) tamagirlik niyatida; | e) tamagirlik niyatida; | ||||||
j) millatlararo yoki irqiy adovat zamirida; | j) millatlararo yoki irqiy adovat zamirida; | ||||||
z) diniy taassublar zamirida; | z) diniy taassublar zamirida; | ||||||
i) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh aʼzosi tomonidan yoxud shu guruh manfaatlarini koʻzlab; | i) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh aʼzosi tomonidan yoxud shu guruh manfaatlarini koʻzlab; | ||||||
k) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish jinoyatini sodir etgan yoxud ushbu Kodeksning 97-moddasida nazarda tutilgan qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etgan shaxs tomonidan; | k) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish jinoyatini sodir etgan yoxud ushbu Kodeksning 97-moddasida nazarda tutilgan qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etgan shaxs tomonidan; | ||||||
l) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | l) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
m) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan boʻlsa, — | m) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
106-modda. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish | 106-modda. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish | ||||||
Jabrlanuvchi tomonidan qilingan gʻayriqonuniy zoʻrlik yoki ogʻir haqorat, shuningdek aybdorning yoki uning yaqin kishisining oʻlimiga yoki sogʻligʻiga ziyon yetkazilishiga sabab boʻlgan yoxud sabab boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa gʻayriqonuniy harakatlar tufayli toʻsatdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish — | Jabrlanuvchi tomonidan qilingan gʻayriqonuniy zoʻrlik yoki ogʻir haqorat, shuningdek aybdorning yoki uning yaqin kishisining oʻlimiga yoki sogʻligʻiga ziyon yetkazilishiga sabab boʻlgan yoxud sabab boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa gʻayriqonuniy harakatlar tufayli toʻsatdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
107-modda. Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish | 107-modda. Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish | ||||||
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish — | Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
108-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan ogʻir shikast yetkazish | 108-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan ogʻir shikast yetkazish | ||||||
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan ogʻir shikast yetkazish — | Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan ogʻir shikast yetkazish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
109-modda. Qasddan badanga yengil shikast yetkazish | 109-modda. Qasddan badanga yengil shikast yetkazish | ||||||
Sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish oʻsha harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Sogʻliqning qisqa vaqt, yaʼni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan koʻp boʻlmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqotilishiga sabab boʻlgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish — | Sogʻliqning qisqa vaqt, yaʼni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan koʻp boʻlmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqotilishiga sabab boʻlgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish ushbu Kodeksning 1261-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: a) diniy taassublar zamirida; b) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh aʼzosi tomonidan yoxud shu guruh manfaatlarini koʻzlab; v) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan boʻlsa, — bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | |||||||
110-modda. Qiynash | 110-modda. Qiynash | ||||||
Muttasil ravishda doʻpposlash yoki boshqacha harakatlar bilan qiynash, agar ushbu Kodeksning 104, 105-moddalarida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqarmagan boʻlsa, — | Muttasil ravishda doʻpposlash yoki boshqacha harakatlar bilan qiynash, agar ushbu Kodeksning 104, 105-moddalarida, 1261-moddasining toʻrtinchi — sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqarmagan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan; | a) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan; | ||||||
b) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan; | b) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan; | ||||||
v) ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, — | v) ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
111-modda. Ehtiyotsizlik orqasida badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazish | 111-modda. Ehtiyotsizlik orqasida badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazish | ||||||
Ehtiyotsizlik orqasida badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish — | Ehtiyotsizlik orqasida badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Ehtiyotsizlik orqasida badanga ogʻir shikast yetkazish — | Ehtiyotsizlik orqasida badanga ogʻir shikast yetkazish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Ehtiyotsizlik orqasida ikki yoki undan ortiq shaxs badaniga oʻrtacha ogʻir yoki badanga ogʻir shikast yetkazish — | Ehtiyotsizlik orqasida ikki yoki undan ortiq shaxs badaniga oʻrtacha ogʻir yoki badanga ogʻir shikast yetkazish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
III bob. Hayot yoki sogʻliq uchun xavfli jinoyatlar | III bob. Hayot yoki sogʻliq uchun xavfli jinoyatlar | ||||||
112-modda. Oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish | 112-modda. Oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish | ||||||
Oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish, agar bu harakat amalga oshirilishidan xavfsirash uchun yetarli asoslar mavjud boʻlsa, — | Oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish, agar bu harakat amalga oshirilishidan xavfsirash uchun yetarli asoslar mavjud boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) uyushgan guruh aʼzosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | b) uyushgan guruh aʼzosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻsha harakatlar oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
113-modda. Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish Bila turib, boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Oʻzida tanosil kasalligi borligini bila turib, bu kasalni boshqa shaxsga yuqtirish — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; b) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, — uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bila turib, boshqa shaxsni OIV kasalligi/OITSni yuqtirish xavfi ostida qoldirish yoki unga OIV kasalligi/OITSni yuqtirish — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Shaxsning kasb yuzasidan oʻz vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida boshqa shaxsga OIV kasalligi/OITSni yuqtirishi — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | |||||||
114-modda. Jinoiy ravishda homila tushirish (abort) | 114-modda. Jinoiy ravishda homila tushirish (abort) | ||||||
Shifokor akusher yoki ginekolog tomonidan davolash muassasalaridan tashqari joylarda yoki tibbiy nuqtai nazardan mumkin boʻlmagan holda sunʼiy ravishda homila tushirish — | Shifokor akusher yoki ginekolog tomonidan davolash muassasalaridan tashqari joylarda yoki tibbiy nuqtai nazardan mumkin boʻlmagan holda sunʼiy ravishda homila tushirish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solish yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solish yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Sunʼiy ravishda homila tushirishga huquqi boʻlmagan shaxsning bunday ishni amalga oshirishi — | Sunʼiy ravishda homila tushirishga huquqi boʻlmagan shaxsning bunday ishni amalga oshirishi — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar ehtiyotsizlik orqasida: | Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar ehtiyotsizlik orqasida: | ||||||
a) jabrlanuvchining oʻlishiga; | a) jabrlanuvchining oʻlishiga; | ||||||
b) boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | b) boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
115-modda. Ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash | 115-modda. Ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash | ||||||
Ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash, agar homila sunʼiy tushirilgan boʻlsa, — | Ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash, agar homila sunʼiy tushirilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. 1151-modda. Insonni undan aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlash Insonni undan aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlash, zoʻrlik ishlatib yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar ojiz ahvolda ekanligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan yoxud moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan aybdorga qaram boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
116-modda. Kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik | 116-modda. Kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik | ||||||
Shaxsning oʻz kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda boʻlishi tufayli kasb yuzasidan oʻz vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Shaxsning oʻz kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda boʻlishi tufayli kasb yuzasidan oʻz vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Qonun yoki maxsus qoidalarga muvofiq kasalga yordam koʻrsatishi shart boʻlgan shaxsning uzrli sababsiz shunday yordam koʻrsatmaganligi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Qonun yoki maxsus qoidalarga muvofiq kasalga yordam koʻrsatishi shart boʻlgan shaxsning uzrli sababsiz shunday yordam koʻrsatmaganligi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ehtiyotsizlik orqasida odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ehtiyotsizlik orqasida odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
a) odamlar oʻlimiga; | a) odamlar oʻlimiga; | ||||||
b) boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | b) boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
117-modda. Xavf ostida qoldirish | 117-modda. Xavf ostida qoldirish | ||||||
Hayoti yoki sogʻligʻi xavf ostida qolgan va oʻzini oʻzi himoya qilish imkoniyatidan mahrum boʻlgan shaxsga yordam koʻrsatmaslik, basharti, aybdor bunday ahvoldagi shaxsga yordam berishi shart va bunday imkoniyatga ega boʻlsa yoxud aybdorning oʻzi jabrlanuvchini xavfli ahvolga solib qoʻygan va bu hol badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga olib kelsa, — | Hayoti yoki sogʻligʻi xavf ostida qolgan va oʻzini oʻzi himoya qilish imkoniyatidan mahrum boʻlgan shaxsga yordam koʻrsatmaslik, basharti, aybdor bunday ahvoldagi shaxsga yordam berishi shart va bunday imkoniyatga ega boʻlsa yoxud aybdorning oʻzi jabrlanuvchini xavfli ahvolga solib qoʻygan va bu hol badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga olib kelsa, — | ||||||
uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | Oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmishlar: | Oʻsha qilmishlar: | ||||||
a) odamlar oʻlimiga; | a) odamlar oʻlimiga; | ||||||
b) boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | b) boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
IV bob. Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar | IV bob. Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar | ||||||
118-modda. Nomusga tegish | 118-modda. Nomusga tegish | ||||||
Nomusga tegish, yaʼni zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qilish — uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Nomusga tegish: a) ikki yoki bir necha shaxsga nisbatan; b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan yoxud ilgari ushbu Kodeksning 119-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan; v) bir guruh shaxslar tomonidan; g) oʻldirish bilan qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa, — yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Nomusga tegish: a) shaxsning oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan holda; b) yaqin qarindoshga nisbatan; v) ommaviy tartibsizliklar qatnashchisi tomonidan; g) oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa; d) ogʻir oqibatlarga olib kelgan boʻlsa, — oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻn toʻrt yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsning nomusiga tegish — oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | Nomusga tegish, yaʼni zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qilish, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Nomusga tegish: a) ikki yoki bir necha shaxsga nisbatan; b) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 119, 121, 128 va (yoki) 129-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; v) bir guruh shaxslar tomonidan; g) oʻldirish bilan qoʻrqitib; d) nogironlik belgisiga ega ekanligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, — sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Nomusga tegish: a) oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan; b) yaqin qarindoshga, sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoxud umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsga nisbatan; v) jabrlanuvchini tarbiyalash, oʻqitish va (yoki) unga gʻamxoʻrlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan taʼlim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan; g) ommaviy tartibsizliklar ishtirokchisi tomonidan; d) oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa; e) ogʻir oqibatlarga olib kelgan boʻlsa, — oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxsning nomusiga tegish, — oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
119-modda. Jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish | 119-modda. Jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish | ||||||
Zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish — uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; b) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoxud ilgari ushbu Kodeksning 118-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan; v) bir guruh shaxslar tomonidan; g) oʻldirish bilan qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa, — yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. a) jabrlanuvchining oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan holda; b) yaqin qarindoshiga nisbatan; v) ommaviy tartibsizliklar qatnashchisi tomonidan; g) oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa; d) ogʻir oqibatlarga olib kelgan boʻlsa, — oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddada nazarda tutilgan harakatlar oʻn toʻrt yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, — oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | Zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; b) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 118, 121, 128 va (yoki) 129-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; v) bir guruh shaxslar tomonidan; g) oʻldirish bilan qoʻrqitib; d) nogironlik belgisiga ega ekanligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, — sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: a) oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan; b) yaqin qarindoshiga, sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoxud umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsga nisbatan; v) jabrlanuvchini tarbiyalash, oʻqitish va (yoki) unga gʻamxoʻrlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan taʼlim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan; g) ommaviy tartibsizliklar ishtirokchisi tomonidan; d) oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa; e) ogʻir oqibatlarga olib kelgan boʻlsa, — oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddada nazarda tutilgan harakatlar oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, — oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
120-modda. Besoqolbozlik | 120-modda. Besoqolbozlik | ||||||
Besoqolbozlik, yaʼni erkakning erkak bilan zoʻrlik ishlatmasdan jinsiy ehtiyojini qondirishi — | Besoqolbozlik, yaʼni erkakning erkak bilan zoʻrlik ishlatmasdan jinsiy ehtiyojini qondirishi — | ||||||
bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
121-modda. Ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etish Xizmat, moddiy yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram boʻlgan ayolni jinsiy aloqa qilishga yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga majbur etish — uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Oʻsha harakat jinsiy aloqada boʻlish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish bilan bogʻliq holda sodir etilgan boʻlsa, — uch yuz soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | 121-modda. Shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish Xizmat, moddiy yoki boshqa jihatdan aybdorga qaram boʻlgan shaxsni jinsiy aloqa qilishga yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga majbur etish, — uch yuz soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakat ogʻir oqibatlarga olib kelsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakat jinsiy aloqada boʻlish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish bilan bogʻliq holda sodir etilgan boʻlsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakat: a) oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan; b) yaqin qarindoshiga, sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoxud umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsga nisbatan; v) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 118, 119, 128 va (yoki) 129-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; g) ogʻir oqibatlarga olib kelsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
V bob. Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar | V bob. Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar | ||||||
122-modda. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash | 122-modda. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash | ||||||
Moddiy yordamga muhtoj boʻlgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash, yaʼni ularni moddiy jihatdan taʼminlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrugʻiga binoan undirilishi lozim boʻlgan mablagʻni jami boʻlib ikki oydan ortiq muddat mobaynida toʻlamaslik, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Moddiy yordamga muhtoj boʻlgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash, yaʼni ularni moddiy jihatdan taʼminlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrugʻiga binoan undirilishi lozim boʻlgan mablagʻni jami boʻlib ikki oydan ortiq muddat mobaynida toʻlamaslik, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻsha qilmish xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Agar shaxs aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni toʻliq toʻlagan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi. | Agar shaxs aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni toʻliq toʻlagan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi. | ||||||
1221-modda. Bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlgan bolani ota, ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish, xuddi shunday xatti-harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa yoxud Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlgan va chet davlat hududida turgan bolaning sud tomonidan belgilangan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qaytarilishini taʼminlamaslik, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa; b) badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish: a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa; b) jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlsa; v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Agar shaxs Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlgan bolaning Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida taʼminlagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod qilinadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar, shuningdek ilgari ushbu modda boʻyicha javobgarlikdan ozod qilingan shaxslar mustasno. | |||||||
123-modda. Ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash | 123-modda. Ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash | ||||||
Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj boʻlgan ota-onani yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlashi, yaʼni ularni moddiy jihatdan taʼminlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim boʻlgan mablagʻni jami boʻlib ikki oydan ortiq muddat mobaynida toʻlamasligi, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj boʻlgan ota-onani yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlashi, yaʼni ularni moddiy jihatdan taʼminlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim boʻlgan mablagʻni jami boʻlib ikki oydan ortiq muddat mobaynida toʻlamasligi, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Agar shaxs aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni toʻliq toʻlagan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi. | Agar shaxs aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni toʻliq toʻlagan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi. | ||||||
124-modda. Bolani almashtirib qoʻyish | 124-modda. Bolani almashtirib qoʻyish | ||||||
Tamagirlik yoki boshqa past niyatlarda qasddan bolani almashtirib qoʻyish — | Tamagirlik yoki boshqa past niyatlarda qasddan bolani almashtirib qoʻyish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
125-modda. Farzandlikka olish sirini oshkor qilish | 125-modda. Farzandlikka olish sirini oshkor qilish | ||||||
Farzandlikka bola oluvchilarning yoki vasiylik va homiylik organining erkiga qarshi, yetim yoki ota-ona gʻamxoʻrligidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka olishning qonun bilan qoʻriqlanadigan sirini oshkor qilish — | Farzandlikka bola oluvchilarning yoki vasiylik va homiylik organining erkiga qarshi, yetim yoki ota-ona gʻamxoʻrligidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka olishning qonun bilan qoʻriqlanadigan sirini oshkor qilish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) kasb faoliyati yoki xizmat mavqeyiga koʻra farzandlikka olishni sir saqlashi shart boʻlgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa; | a) kasb faoliyati yoki xizmat mavqeyiga koʻra farzandlikka olishni sir saqlashi shart boʻlgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa; | ||||||
b) gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda sodir etilgan boʻlsa; | b) gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda sodir etilgan boʻlsa; | ||||||
v) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | v) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
1251-modda. Nikoh yoshi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish | 1251-modda. Nikoh yoshi toʻgʻrisidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish | ||||||
Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar oʻrtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
126-modda. Koʻp xotinli boʻlish | 126-modda. Koʻp xotinli boʻlish | ||||||
Koʻp xotinli boʻlish, yaʼni umumiy roʻzgʻor asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin boʻlib yashash — | Koʻp xotinli boʻlish, yaʼni umumiy roʻzgʻor asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin boʻlib yashash — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
127-modda. Voyaga yetmagan shaxsni gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish Voyaga yetmagan shaxsni spirtli ichimliklar isteʼmol qilishga, giyovandlik vositalari va ularning analoglari yoki psixotrop hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga taʼsir qiladigan vosita va moddalarni isteʼmol etishga jalb qilish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Voyaga yetmagan shaxsni giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar isteʼmol etishga jalb qilish — uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Voyaga yetmagan shaxsni jinoyat qilishga jalb etish, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: a) ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni gʻayriqonuniy ravishda muomalaga chiqarish bilan bogʻliq har qanday jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan; b) ikki yoki undan ortiq voyaga yetmagan shaxsga nisbatan; v) oʻquv yurtlarida yoki oʻquvchilar, talabalar oʻquv-tarbiya, sport yoki jamoat tadbirlari oʻtkazadigan boshqa joylarda sodir etilishi — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | 1261-modda. Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, taʼlim olish, sogʻliqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqini amalga oshirishga toʻsqinlik qilish, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek ushbu shaxslar sogʻligʻining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni qoʻrqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qoʻyish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, shuningdek basharti boshqa jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yuz oltmish soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsni yoki bolani, shuningdek umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsni doʻpposlash, ushbu shaxslarga sogʻliqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish, oʻsha harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yuz oltmish soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki bolaga, shuningdek umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsga sogʻliqning qisqa vaqt, yaʼni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan koʻp boʻlmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga sabab boʻlgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki bolaga, shuningdek umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsga sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli boʻlmagan va ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelmagan, lekin sogʻliqning uzoq vaqt, yaʼni kamida yigirma bir kun, ammo toʻrt oydan koʻp boʻlmagan davrda yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining oʻn foizidan oʻttiz uch foizigacha yoʻqolishiga sabab boʻlgan qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish, — uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; b) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan; v) oʻta shafqatsizlik bilan; g) gʻarazli niyatlarda; d) diniy taassublar zamirida; e) bir guruh shaxslar tomonidan; j) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 97, 104 va (yoki) 105-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; z) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; i) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan boʻlsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsga sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli boʻlgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish natijasida koʻrish, soʻzlash, eshitish qobiliyatini yoʻqotishga yoxud biron aʼzoning ishdan chiqishiga yoki uning funksiyalari tamoman yoʻqolishiga, ruhiy holatning buzilishiga yoki sogʻliqning boshqacha tarzda yomonlashuviga, umumiy mehnat qobiliyatining oʻttiz uch foizidan kam boʻlmagan qismining yoʻqolishiga yoki homilaning tushishiga yoxud badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishiga sabab boʻlsa, — besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: a) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan; b) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan; v) oʻta shafqatsizlik bilan; g) gʻarazli niyatlarda; d) diniy taassublar zamirida; e) bir guruh shaxslar tomonidan; j) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan boʻlsa, — yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; b) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 97 va (yoki) 104-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; v) oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa; g) jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlsa, — oʻn yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 127-modda. Voyaga yetmagan shaxsni jinoyat sodir etishga jalb qilish Voyaga yetmagan shaxsni jinoyat sodir etishga jalb qilish, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
1271-modda. Tilanchilik qilish | 1271-modda. Tilanchilik qilish | ||||||
Aeroportlarda, vokzallarda, xiyobonlarda, istirohat bogʻlarida, bozorlarda va savdo majmualari hududlarida, shuningdek ularga tutash hududlarda, avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida, koʻchalarda, stadionlarda, bekatlarda, yoʻllarning qatnov qismida, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarda, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda soʻrab, tilanchilik bilan shugʻullanish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Aeroportlarda, vokzallarda, xiyobonlarda, istirohat bogʻlarida, bozorlarda va savdo majmualari hududlarida, shuningdek ularga tutash hududlarda, avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida, koʻchalarda, stadionlarda, bekatlarda, yoʻllarning qatnov qismida, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarda, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda soʻrab, tilanchilik bilan shugʻullanish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Voyaga yetmagan shaxslarni, keksa yoshdagi shaxslarni, ruhiy holati buzilgan, nogironligi boʻlgan shaxslarni va boshqa shaxslarni tilanchilik qilishga jalb etish, shuningdek shaxslarga alkogolli ichimliklarni yoxud giyohvandlik moddalari yoki psixotrop moddalar boʻlmagan, lekin shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi moddalarni majburan isteʼmol qildirgan holda ularni tilanchilik qilishga jalb etish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Voyaga yetmagan shaxslarni, keksa yoshdagi shaxslarni, ruhiy holati buzilgan, nogironligi boʻlgan shaxslarni va boshqa shaxslarni tilanchilik qilishga jalb etish, shuningdek shaxslarga alkogolli ichimliklarni yoxud giyohvandlik moddalari yoki psixotrop moddalar boʻlmagan, lekin shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi moddalarni majburan isteʼmol qildirgan holda ularni tilanchilik qilishga jalb etish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | ||||||
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab; | b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab; | ||||||
v) boshqa shaxsni giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni isteʼmol qilishga majburlagan holda sodir etilgan boʻlsa, — | v) boshqa shaxsni giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni isteʼmol qilishga majburlagan holda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
128-modda. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish Shaxsning oʻn olti yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan holda u bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish — toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali sodir etilgan boʻlsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) ilgari ushbu Kodeksning 118 yoki 119-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 1281-modda. Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxsning oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgani holda, moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish, — uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | 128-modda. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 118, 119, 121 va (yoki) 129-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; b) yaqin qarindoshiga yoki bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsga nisbatan; v) jabrlanuvchini tarbiyalash, oʻqitish va (yoki) unga gʻamxoʻrlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan taʼlim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 1281-modda. Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish, — uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan toʻrt yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan toʻrt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
129-modda. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish | 129-modda. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish | ||||||
Shaxsning oʻn olti yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan holda, unga nisbatan zoʻrlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish — uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar zoʻrlik ishlatib yoki qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa, — ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan zoʻrlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish, — ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan; b) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; v) oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan; g) nogironlik belgisiga ega ekanligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan; d) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 118, 119, 121 va (yoki) 128-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; e) yaqin qarindoshiga yoki bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsga nisbatan; j) jabrlanuvchini tarbiyalash, oʻqitish va (yoki) unga gʻamxoʻrlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan taʼlim, tarbiya, davolash muassasasining yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan; z) telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar zoʻrlik ishlatib yoki qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 1291-modda. Voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni saqlash, tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish Voyaga yetmagan shaxs tavsiflanganligi yoki tasvirlanganligi aybdorga ayon boʻlgan pornografik mahsulotni tarqatish maqsadida saqlash, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etish, — besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
130-modda. Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish | 130-modda. Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish | ||||||
Pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek pornografik mahsulotni reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa — | Pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek pornografik mahsulotni reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek uni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb qilish, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 1301-modda. Zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish Zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek uni reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | 1301-modda. Tazyiqni, zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish Tazyiqni, zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek uni reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
131-modda. Qoʻshmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash | 131-modda. Qoʻshmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash | ||||||
Gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda qoʻshmachilik qilish — | Gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda qoʻshmachilik qilish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Fohishaxona tashkil etish yoki saqlash — | Fohishaxona tashkil etish yoki saqlash — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | ||||||
a) voyaga yetmagan shaxsni jalb qilgan holda; | a) voyaga yetmagan shaxsni jalb qilgan holda; | ||||||
b) takroran, xavfli retsidivist yoki ushbu Kodeksning 135 yoki 137-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni ilgari sodir etgan shaxs tomonidan; | b) takroran, xavfli retsidivist yoki ushbu Kodeksning 135 yoki 137-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni ilgari sodir etgan shaxs tomonidan; | ||||||
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
132-modda. Moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish | 132-modda. Moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish | ||||||
Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | b) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | ||||||
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻsha harakatlar juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | ||||||
133-modda. Inson aʼzolari yoki toʻqimalarini ajratib olish | 133-modda. Inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olish hamda transplantatsiya qilish shartlarini va (yoki) tartibini buzish | ||||||
Shaxs tirikligida uning roziligini olmasdan turib yoki oʻlganidan keyin yaqin qarindoshlarining roziligisiz ilmiy ishlar yoxud taʼlim ishlari uchun transplantatsiya qilish yoki buzilmaydigan holda saqlash (konservatsiya) maqsadida murdaning aʼzolari yoki toʻqimalarini ajratib olish — | Inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olish hamda transplantatsiya qilishning belgilangan shartlarini va (yoki) tartibini buzish, bundan ushbu Kodeksning 1151, 1331, 1332-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno, xuddi shuningdek vafot etgan odamning aʼzolarini yoki toʻqimalarini u tirikligida uning roziligini olmay turib, ilmiy yoki taʼlim maqsadlarida buzilmaydigan holda saqlash (konservatsiya) uchun olish, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: a) gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda; b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻsha harakatlar: a) gʻarazli yoki boshqacha past niyatlarda; b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; g) shaxs tomonidan oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa. | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
1331-modda. Inson aʼzolarining va (yoki) toʻqimalarining oldi-sotdisi Inson aʼzolarining va (yoki) toʻqimalarining oldi-sotdisi, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 1332-modda. Insonning transplantatsiya qilinadigan aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish Insonning transplantatsiya qilinadigan aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | |||||||
134-modda. Qabrni tahqirlash | 134-modda. Qabrni tahqirlash | ||||||
Qabrni yoki murdani tahqirlash, shuningdek murdadagi, qabr ustidagi yoki ichidagi narsalarni olish — | Qabrni yoki murdani tahqirlash, shuningdek murdadagi, qabr ustidagi yoki ichidagi narsalarni olish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
VI bob. Shaxsning ozodligi, shaʼni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar | VI bob. Shaxsning ozodligi, shaʼni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar | ||||||
135-modda. Odam savdosi | 135-modda. Odam savdosi | ||||||
Odam savdosi, yaʼni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish — | Odam savdosi, yaʼni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: a) oʻgʻirlash, zoʻrlik ishlatish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish yoxud majburlashning boshqa shakllarini qoʻllash orqali; b) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; v) ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan; g) aybdorga moddiy jihatdan yoki boshqa jihatdan qaram boʻlgan shaxsga nisbatan; d) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; e) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; j) xizmat mavqeyidan foydalangan holda; z) jabrlanuvchini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan olib oʻtgan holda yoki uni chet elda qonunga xilof ravishda ushlab turgan holda; i) qalbaki hujjatlardan foydalangan holda, xuddi shuningdek jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qoʻygan, yashirgan yoxud yoʻq qilib yuborgan holda; k) kishi aʼzolarini kesib olib, boshqa kishiga koʻchirish (transplantat) maqsadida sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa; b) jabrlanuvchining oʻlimiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa; v) oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa; g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — sakkiz yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | Oʻsha harakatlar: a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; b) ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan; v) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan; g) aybdorga moddiy jihatdan yoki boshqa jihatdan qaram boʻlgan shaxsga nisbatan; d) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; e) xizmat mavqeyidan foydalangan holda; j) jabrlanuvchini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan olib oʻtgan holda yoki uni chet elda qonunga xilof ravishda ushlab turgan holda; z) qalbaki hujjatlardan foydalangan holda, xuddi shuningdek jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qoʻygan, yashirgan yoxud yoʻq qilib yuborgan holda; i) inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olish maqsadida; k) fohishalik bilan shugʻullanishga jalb etish maqsadida sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) oʻgʻirlash, zoʻrlik ishlatish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish yoxud majburlashning boshqa shakllarini qoʻllash orqali sodir etilgan boʻlsa; b) oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa; v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan yoxud ushbu Kodeksning 137-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni ilgari sodir etgan shaxs tomonidan; g) oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa; d) jabrlanuvchining oʻlimiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa; e) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
136-modda. Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga toʻsqinlik qilish | 136-modda. Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga toʻsqinlik qilish | ||||||
Ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish yoxud ayolning erkiga xilof ravishda u bilan nikohda boʻlish uchun oʻgʻrilash, shuningdek, ayolning erga tegishiga toʻsqinlik qilish — | Ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish yoxud ayolning erkiga xilof ravishda u bilan nikohda boʻlish uchun oʻgʻrilash, shuningdek, ayolning erga tegishiga toʻsqinlik qilish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
137-modda. Odam oʻgʻrilash | 137-modda. Odam oʻgʻrilash | ||||||
Ushbu Kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud boʻlmagani holda odam oʻgʻrilash — | Ushbu Kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud boʻlmagani holda odam oʻgʻrilash — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan; | a) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan; | ||||||
b) gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda; | b) gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda; | ||||||
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | ||||||
g) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | g) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa; | a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa; | ||||||
b) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa; | b) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa; | ||||||
v) inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olish maqsadida sodir etilgan boʻlsa, — | |||||||
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
138-modda. Zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish | 138-modda. Zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish | ||||||
Birovni zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish — | Birovni zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) jismoniy azob berib; | a) jismoniy azob berib; | ||||||
b) hayot yoki sogʻliq uchun xavfli sharoitda saqlagan holda sodir etilgan boʻlsa, — | b) hayot yoki sogʻliq uchun xavfli sharoitda saqlagan holda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
139-modda. Tuhmat | 139-modda. Tuhmat | ||||||
Tuhmat qilish, yaʼni bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Tuhmat qilish, yaʼni bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirish orqali tuhmat qilish, — | Nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirish orqali tuhmat qilish, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi. | ||||||
Tuhmat: | Tuhmat: | ||||||
a) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda ayblab; | a) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda ayblab; | ||||||
b) ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlgan holda; | b) ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlgan holda; | ||||||
v) xavfli retsidivist tomonidan; | v) xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
g) gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa, — | g) gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi. | ||||||
140-modda. Haqorat qilish | 140-modda. Haqorat qilish | ||||||
Haqorat qilish, yaʼni shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Haqorat qilish, yaʼni shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirish orqali haqorat qilish — | Nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirish orqali haqorat qilish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Haqorat qilish: | Haqorat qilish: | ||||||
a) jabrlanuvchini oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bogʻliq holda; | a) jabrlanuvchini oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bogʻliq holda; | ||||||
b) xavfli retsidivist tomonidan yoki tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan boʻlsa, — | b) xavfli retsidivist tomonidan yoki tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi. | ||||||
VII bob. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar | VII bob. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar | ||||||
141-modda. Fuqarolarning teng huquqliligini buzish | 141-modda. Fuqarolarning teng huquqliligini buzish | ||||||
Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, fuqarolarning huquqlarini bevosita yoki bilvosita buzish yoki cheklash yoxud fuqarolarga bevosita yoki bilvosita afzalliklar berish — | Jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, fuqarolarning huquqlarini bevosita yoki bilvosita buzish yoki cheklash yoxud fuqarolarga bevosita yoki bilvosita afzalliklar berish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar zoʻrlik ishlatib sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻsha harakatlar zoʻrlik ishlatib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
1411-modda. Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish | 1411-modda. Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish | ||||||
Shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yigʻish yoki tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yigʻish yoki tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) ogʻir oqibatlarga olib kelgan boʻlsa; | a) ogʻir oqibatlarga olib kelgan boʻlsa; | ||||||
b) gʻarazli niyatlarda sodir etilgan boʻlsa; | b) gʻarazli niyatlarda sodir etilgan boʻlsa; | ||||||
v) xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | v) xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
1412-modda. Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish | 1412-modda. Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish | ||||||
Shaxsga doir maʼlumotlarni qonunga xilof ravishda yigʻish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yoʻq qilish, xuddi shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berilayotganda jisman Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsga doir maʼlumotlar bazalarida shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻishga, tizimlashtirishga va saqlashga oid talablarga rioya etmaslik, oʻsha harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Shaxsga doir maʼlumotlarni qonunga xilof ravishda yigʻish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yoʻq qilish, xuddi shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berilayotganda jisman Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsga doir maʼlumotlar bazalarida shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻishga, tizimlashtirishga va saqlashga oid talablarga rioya etmaslik, oʻsha harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | ||||||
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
v) gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda; | v) gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda; | ||||||
g) xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa; | g) xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa; | ||||||
d) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | d) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
1413-modda. Shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilish Shaxs tanasining va (yoki) jinsiy aʼzolarining yalangʻoch holdagi foto- va (yoki) videotasvirini oʻz ichiga olgan axborotni uning roziligisiz tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish yoxud bunday axborotni tarqatish bilan qoʻrqitish, — bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, — uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | |||||||
142-modda. Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish | 142-modda. Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish | ||||||
Turar joyga unda yashovchilarning erkiga xilof ravishda zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy bostirib kirish — | Turar joyga unda yashovchilarning erkiga xilof ravishda zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy bostirib kirish — | ||||||
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
143-modda. Xat-yozishmalar, telefonda soʻzlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish | 143-modda. Xat-yozishmalar, telefonda soʻzlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish | ||||||
Xat-yozishmalar, telefonda soʻzlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini qasddan buzish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Xat-yozishmalar, telefonda soʻzlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini qasddan buzish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
144-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish | 144-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish | ||||||
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik yoki murojaat munosabati bilan maʼlum boʻlib qolgan jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi yoxud yuridik shaxslarning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, xuddi shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni boshqacha tarzda buzish jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlariga, erkinliklariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik yoki murojaat munosabati bilan maʼlum boʻlib qolgan jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi yoxud yuridik shaxslarning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, xuddi shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni boshqacha tarzda buzish jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlariga, erkinliklariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Jismoniy shaxsni, uning vakilini, ularning oila aʼzolarini, yuridik shaxsni, uning vakilini va yuridik shaxs vakilining oila aʼzolarini ular davlat organiga, davlat muassasasiga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun, xuddi shuningdek boshqacha shaklda tanqid qilganligi uchun mansabdor shaxs tomonidan taʼqib etish, — | Jismoniy shaxsni, uning vakilini, ularning oila aʼzolarini, yuridik shaxsni, uning vakilini va yuridik shaxs vakilining oila aʼzolarini ular davlat organiga, davlat muassasasiga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun, xuddi shuningdek boshqacha shaklda tanqid qilganligi uchun mansabdor shaxs tomonidan taʼqib etish, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
145-modda. Vijdon erkinligini buzish | 145-modda. Vijdon erkinligini buzish | ||||||
Diniy tashkilotning qonuniy faoliyatiga yoki diniy marosimlarni oʻtkazishga toʻsqinlik qilish — | Diniy tashkilotning qonuniy faoliyatiga yoki diniy marosimlarni oʻtkazishga toʻsqinlik qilish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish, yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish, yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, xuddi shuningdek ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga oʻqitish — | Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, xuddi shuningdek ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga oʻqitish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Fuqarolarning oʻz fuqarolik huquqlarini amalga oshirishlariga yoki fuqarolik burchlarini bajarishlariga toʻsqinlik qilish bilan, dindorlardan majburiy yigʻim undirish va soliq olish bilan yoxud shaxsning shaʼni va obroʻsini kamsituvchi chora-tadbirlar qoʻllash bilan yoki diniy taʼlim olishda hamda fuqaro dinga nisbatan, dinga eʼtiqod qilish yoki eʼtiqod qilmaslikka nisbatan, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka nisbatan oʻz munosabatini belgilayotgan paytda majburlash bilan bogʻliq diniy faoliyat yuritish, shuningdek diniy marosimlar oʻtkazishni tashkil etish shaxs badaniga yengil yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Fuqarolarning oʻz fuqarolik huquqlarini amalga oshirishlariga yoki fuqarolik burchlarini bajarishlariga toʻsqinlik qilish bilan, dindorlardan majburiy yigʻim undirish va soliq olish bilan yoxud shaxsning shaʼni va obroʻsini kamsituvchi chora-tadbirlar qoʻllash bilan yoki diniy taʼlim olishda hamda fuqaro dinga nisbatan, dinga eʼtiqod qilish yoki eʼtiqod qilmaslikka nisbatan, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka nisbatan oʻz munosabatini belgilayotgan paytda majburlash bilan bogʻliq diniy faoliyat yuritish, shuningdek diniy marosimlar oʻtkazishni tashkil etish shaxs badaniga yengil yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
146-modda. Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish | 146-modda. Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish | ||||||
Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni oʻtkazish vaqtida mansabdor shaxslar, siyosiy partiyalar yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakillari, tashabbuskor guruhlar yoki saylov yoxud referendum komissiyalari aʼzolari tomonidan ovoz berishning yashirinligini buzish, saylov yoki referendum hujjatlarini qalbakilashtirish, saylov yoki imzo varaqalariga soxta yozuvlar kiritish, berilgan ovozlarni ataylab notoʻgʻri hisoblash — | Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni oʻtkazish vaqtida mansabdor shaxslar, siyosiy partiyalarning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakillari, tashabbuskor guruhlarning yoki saylov komissiyalarining yoxud referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning aʼzolari tomonidan ovoz berishning yashirinligini buzish, saylov yoki referendum hujjatlarini qalbakilashtirish, saylov (ovoz berish) byulletenlariga yoki imzo varaqalariga soxta yozuvlar kiritish, berilgan ovozlarni bila turib notoʻgʻri sanash — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
147-modda. Saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilish | 147-modda. Saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilish | ||||||
Fuqarolarning deputat yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini saylash yoki saylanish, saylovoldi targʻiboti olib borish huquqlarini, deputatlikka yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod shaxsning ishonchli vakillari oʻz vakolatlarini erkin amalga oshirishlariga, shuningdek fuqarolarning referendumda erkin ishtirok etishlariga zoʻrlik ishlatish, qoʻrqitish, aldash yoki ogʻdirib olish yoʻli bilan toʻsqinlik qilish — | Fuqarolarning deputat yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini saylash yoki saylanish, saylovoldi targʻiboti olib borish huquqlarini, deputatlikka yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod shaxsning ishonchli vakillari oʻz vakolatlarini erkin amalga oshirishlariga, shuningdek fuqarolarning referendumda erkin ishtirok etishlariga zoʻrlik ishlatish, qoʻrqitish, aldash yoki ogʻdirib olish yoʻli bilan toʻsqinlik qilish — | ||||||
toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
148-modda. Mehnat qilish huquqini buzish | 148-modda. Mehnat qilish huquqini buzish | ||||||
Bila turib, gʻayriqonuniy ravishda ishdan boʻshatish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, — | Bila turib, gʻayriqonuniy ravishda ishdan boʻshatish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Ayolni homiladorligi yoki shaxsni yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan gʻayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan boʻshatish, — | Ayolni homiladorligi yoki shaxsni yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan gʻayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan boʻshatish, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
1481-modda. Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisidagi talablarni buzish | 1481-modda. Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisidagi talablarni buzish | ||||||
Voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sogʻligʻiga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan ishlarda foydalanish, xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sogʻligʻiga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan ishlarda foydalanish, xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
1482-modda. Mehnatga maʼmuriy tarzda majburlash | 1482-modda. Mehnatga maʼmuriy tarzda majburlash | ||||||
Mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Xuddi shunday harakat voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, — | Xuddi shunday harakat voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
149-modda. Mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish Tafakkur mulki obyektiga nisbatan mualliflik huquqini oʻzlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, shuningdek, tafakkur mulk obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ular rasman roʻyxatdan oʻtkazilgunga yoki eʼlon qilingunga qadar muallifning roziligisiz oshkor qilish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | Mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, taʼlim tashkilotining pedagog xodimiga nisbatan xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. 149-modda. Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish Asarga, ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga, seleksiya yutugʻiga va integral mikrosxema topologiyasiga nisbatan mualliflikni oʻzlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, shuningdek ushbu intellektual mulk obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ular rasman eʼlon qilinguniga qadar muallifning roziligisiz oshkor etish, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) takroran; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda; g) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi. Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi. 1491-modda. Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish Asarlardan yoki turdosh huquqlar obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, xuddi shuningdek asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini takrorlash, tarqatish, barchaning eʼtiboriga yetkazish yoxud asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining nusxalarida ularni tayyorlovchilar haqida, ularni ishlab chiqarish joylari toʻgʻrisida, shuningdek mualliflik huquqining va turdosh huquqlarning egalari haqida yolgʻon axborotni koʻrsatish koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) takroran; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda; g) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanib; d) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi. 1492-modda. Oʻzganing tovar belgisidan, xizmat koʻrsatish belgisidan, geografik koʻrsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan oʻxshash boʻlgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud oʻzganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish Oʻzganing tovar belgisidan, xizmat koʻrsatish belgisidan, geografik koʻrsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan oʻxshash boʻlgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud oʻzganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan tovar belgisiga, xizmat koʻrsatish belgisiga, geografik koʻrsatkichga va tovar kelib chiqqan joy nomiga nisbatan ogohlantiruvchi tamgʻadan qonunga xilof ravishda foydalanish koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) takroran; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda; g) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi. 1493-modda. Ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga, integral mikrosxema topologiyasiga va seleksiya yutugʻiga boʻlgan huquqlarni buzish Tegishli patentlangan ixtironi, foydali modelni, sanoat namunasini oʻz ichiga olgan mahsulotni yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qoʻllash, import qilish, sotishga taklif qilish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yoʻsinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qoʻllash yoxud bevosita ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul bilan tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, muhofaza qilinadigan integral mikrosxema topologiyasini, shu topologiyali integral mikrosxemani yoki shunday integral mikrosxemani oʻz ichiga olgan buyumni ruxsatsiz qoʻllash, Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, sotuvga qoʻyish, sotish, takrorlash va boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish, patentlangan seleksiya yutugʻini ruxsatsiz yetishtirish va takror yetishtirish (koʻpaytirish), nav yoki nasllilik konditsiyalariga yetkazish, seleksiya yutugʻidan ruxsatsiz foydalangan holda yaratilgan mahsulotni sotishga taklif etish, sotish, Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish va boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish yoki saqlash koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) takroran; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda; g) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi. Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi. | ||||||
IKKINCHI BOʻLIM TINCHLIK VA XAVFSIZLIKKA QARSHI JINOYATLAR | IKKINCHI BOʻLIM TINCHLIK VA XAVFSIZLIKKA QARSHI JINOYATLAR | ||||||
VIII bob. Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar | VIII bob. Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar | ||||||
150-modda. Urushni targʻib qilish | 150-modda. Urushni targʻib qilish | ||||||
Urushni targʻib qilish, yaʼni bir mamlakatni ikkinchi mamlakatga nisbatan qoʻzgʻatish uchun turli shakldagi qarashlar, gʻoyalar yoki chaqiriqlar tarqatish — | Urushni targʻib qilish, yaʼni bir mamlakatni ikkinchi mamlakatga nisbatan qoʻzgʻatish uchun turli shakldagi qarashlar, gʻoyalar yoki chaqiriqlar tarqatish — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
151-modda. Agressiya | 151-modda. Agressiya | ||||||
Bosqinchilik urushini rejalashtirish yoki unga tayyorgarlik koʻrish, shuningdek shu harakatlarni amalga oshirishga qaratilgan fitnada qatnashish — | Bosqinchilik urushini rejalashtirish yoki unga tayyorgarlik koʻrish, shuningdek shu harakatlarni amalga oshirishga qaratilgan fitnada qatnashish — | ||||||
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Bosqinchilik urushini boshlash va uni olib borish — | Bosqinchilik urushini boshlash va uni olib borish — | ||||||
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
152-modda. Urushning qonun va udumlarini buzish | 152-modda. Urushning qonun va udumlarini buzish | ||||||
Tinch aholini yoki harbiy asirlarni qiynash, jismonan qirib yuborish, tinch aholini majburiy ishlarga yoki boshqa maqsadlarda haydab ketish, xalqaro huquq bilan taqiqlangan urush olib borish vositalarini qoʻllash, shaharlar va aholi yashash joylarini behuda vayron qilish, mulkni talon-toroj qilish, shuningdek, bunday harakatlarni qilishga buyruq berishda ifodalangan urush qonun va udumlarini buzish — | Tinch aholini yoki harbiy asirlarni qiynash, jismonan qirib yuborish, tinch aholini majburiy ishlarga yoki boshqa maqsadlarda haydab ketish, xalqaro huquq bilan taqiqlangan urush olib borish vositalarini qoʻllash, shaharlar va aholi yashash joylarini behuda vayron qilish, mulkni talon-toroj qilish, shuningdek, bunday harakatlarni qilishga buyruq berishda ifodalangan urush qonun va udumlarini buzish — | ||||||
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
153-modda. Genotsid | 153-modda. Genotsid | ||||||
Genotsid, yaʼni milliy, etnik, irqiy yoki diniy mansubligiga qarab, bir guruh shaxsning jismonan toʻla yoki qisman qirilib ketishiga olib keladigan turmush sharoitini qasddan yaratish, bunday shaxslarni jismonan toʻla yoki qisman qirib yuborish, bola tugʻilishini zoʻrlik bilan kamaytirish yoxud bolalarni ana shu odamlar guruhidan olib, boshqasiga topshirish, shuningdek, bunday harakatlar sodir etish toʻgʻrisida buyruq berish — | Genotsid, yaʼni milliy, etnik, irqiy yoki diniy mansubligiga qarab, bir guruh shaxsning jismonan toʻla yoki qisman qirilib ketishiga olib keladigan turmush sharoitini qasddan yaratish, bunday shaxslarni jismonan toʻla yoki qisman qirib yuborish, bola tugʻilishini zoʻrlik bilan kamaytirish yoxud bolalarni ana shu odamlar guruhidan olib, boshqasiga topshirish, shuningdek, bunday harakatlar sodir etish toʻgʻrisida buyruq berish — | ||||||
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
154-modda. Yollanish | 154-modda. Yollanish | ||||||
Yollanish, yaʼni nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolashayotgan davlat hududida doimiy yashamaydigan yoki hech qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni koʻzlab, oʻzga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli toʻqnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi — | Yollanish, yaʼni nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolashayotgan davlat hududida doimiy yashamaydigan yoki hech qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni koʻzlab, oʻzga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli toʻqnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Yollanma shaxsni yollash, oʻqitish, moliyalashtirish yoki unga boshqa moddiy taʼminot berish, xuddi shuningdek undan harbiy toʻqnashuv yoki harbiy harakatlarda foydalanish — | Yollanma shaxsni yollash, oʻqitish, moliyalashtirish yoki unga boshqa moddiy taʼminot berish, xuddi shuningdek undan harbiy toʻqnashuv yoki harbiy harakatlarda foydalanish — | ||||||
yetti yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | yetti yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
1541-modda. Chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish | 1541-modda. Chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish | ||||||
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga kirishi — | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga kirishi — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi — | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
155-modda. Terrorizm | 155-modda. Terrorizm | ||||||
Terrorizm — xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qoʻrqitish maqsadida davlat organini, xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron bir faoliyatni amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zoʻrlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tugʻdiruvchi boshqa qilmishlar yoxud ularni amalga oshirish tahdidi — | Terrorizm — xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qoʻrqitish maqsadida davlat organini, xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron bir faoliyatni amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zoʻrlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tugʻdiruvchi boshqa qilmishlar yoxud ularni amalga oshirish tahdidi — | ||||||
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Vaziyatni beqarorlashtirish yoki davlat organlari tomonidan qaror qabul qilinishiga taʼsir koʻrsatish yoxud siyosiy yoki boshqa ijtimoiy faoliyatga toʻsqinlik qilish maqsadida davlat yoki jamoat arbobi yoxud hokimiyat vakilining davlat yoki jamoatchilik faoliyati munosabati bilan uning hayotiga suiqasd qilish yoki uning badaniga shikast yetkazish — | Vaziyatni beqarorlashtirish yoki davlat organlari tomonidan qaror qabul qilinishiga taʼsir koʻrsatish yoxud siyosiy yoki boshqa ijtimoiy faoliyatga toʻsqinlik qilish maqsadida davlat yoki jamoat arbobi yoxud hokimiyat vakilining davlat yoki jamoatchilik faoliyati munosabati bilan uning hayotiga suiqasd qilish yoki uning badaniga shikast yetkazish — | ||||||
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | ||||||
a) odam oʻlishiga; | a) odam oʻlishiga; | ||||||
b) boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — | b) boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
oʻn besh yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi. | oʻn besh yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi. | ||||||
Terrorizmni tayyorlashda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga oʻz vaqtida xabar berish yoki boshqa usul bilan ogʻir oqibatlar yuzaga kelishining hamda terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol koʻmaklashgan boʻlsa, basharti bu shaxsning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi boʻlmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi. | Terrorizmni tayyorlashda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga oʻz vaqtida xabar berish yoki boshqa usul bilan ogʻir oqibatlar yuzaga kelishining hamda terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol koʻmaklashgan boʻlsa, basharti bu shaxsning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi boʻlmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi. | ||||||
1551-modda. Tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va faktlarni xabar qilmaslik | 1551-modda. Tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va faktlarni xabar qilmaslik | ||||||
Ushbu Kodeksning 155, 1552, 1553, 158, 159, 161, 242, 245, 254, 2551 va (yoki) 264-moddalarida nazarda tutilgan, dastlabki tergov hamda sud muhokamasi materiallari bilan isbotlangan, aniq maʼlum boʻlgan tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik xususiyatiga ega jinoyat toʻgʻrisida xabar qilmaslik, — | Ushbu Kodeksning 155, 1552, 1553, 158, 159, 161, 242, 245, 254, 2551 va (yoki) 264-moddalarida nazarda tutilgan, dastlabki tergov hamda sud muhokamasi materiallari bilan isbotlangan, aniq maʼlum boʻlgan tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik xususiyatiga ega jinoyat toʻgʻrisida xabar qilmaslik, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Terrorchilik xususiyatiga ega jinoyatlarga nisbatan oʻsha qilmish: | Terrorchilik xususiyatiga ega jinoyatlarga nisbatan oʻsha qilmish: | ||||||
a) odam oʻlishiga; | a) odam oʻlishiga; | ||||||
b) boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — | b) boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
1552-modda. Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida oʻquvdan oʻtish, chiqish yoki harakatlanish | 1552-modda. Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida oʻquvdan oʻtish, chiqish yoki harakatlanish | ||||||
Shaxsning terrorchilik faoliyatini amalga oshirish yoxud ushbu Kodeksning 155, 158, 159, 161, 242, 245, 254, 2551 va (yoki) 264-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan birini sodir etish maqsadida oʻtkazilayotganligi oʻzi uchun ayon boʻlgan oʻquvdan oʻtishi, shu jumladan mazkur jinoyatlarni sodir etish bilimini, amaliy mahoratini va koʻnikmalarini egallashi, oʻquv chogʻida qurol-yarogʻ, portlatish qurilmalari, portlovchi, zaharlovchi, atrofdagilar uchun xavf tugʻdiradigan boshqa moddalar va buyumlar bilan muomala qilish usullarini oʻrganishi, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishi, — | Shaxsning terrorchilik faoliyatini amalga oshirish yoxud ushbu Kodeksning 155, 158, 159, 161, 242, 245, 254, 2551 va (yoki) 264-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan birini sodir etish maqsadida oʻtkazilayotganligi oʻzi uchun ayon boʻlgan oʻquvdan oʻtishi, shu jumladan mazkur jinoyatlarni sodir etish bilimini, amaliy mahoratini va koʻnikmalarini egallashi, oʻquv chogʻida qurol-yarogʻ, portlatish qurilmalari, portlovchi, zaharlovchi, atrofdagilar uchun xavf tugʻdiradigan boshqa moddalar va buyumlar bilan muomala qilish usullarini oʻrganishi, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishi, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun oʻquvdan oʻtish yoki terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketish yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanish maqsadida shaxslarni yollash — | Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun oʻquvdan oʻtish yoki terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketish yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanish maqsadida shaxslarni yollash — | ||||||
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs, agar u terrorchilik faoliyatini amalga oshirish yoxud ushbu Kodeksning 155, 158, 159, 161, 242, 245, 254, 2551 va (yoki) 264-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan birini sodir etish maqsadida oʻtkazilayotganligi oʻzi uchun ayon boʻlgan oʻquvdan oʻtganligi, chiqib ketishga yoki harakatlanishga uringanligi toʻgʻrisida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilsa, sodir etilgan jinoyatni fosh qilishga yoki bunday oʻquvdan oʻtgan, chiqib ketishni, harakatlanishni yoki oʻquvni amalga oshirgan, tashkil etgan yoxud moliyalashtirgan boshqa shaxslarni, shuningdek oʻquv oʻtkazilgan joyni aniqlashga faol koʻmaklashsa va agar uning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi mavjud boʻlmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi. | Ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs, agar u terrorchilik faoliyatini amalga oshirish yoxud ushbu Kodeksning 155, 158, 159, 161, 242, 245, 254, 2551 va (yoki) 264-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan birini sodir etish maqsadida oʻtkazilayotganligi oʻzi uchun ayon boʻlgan oʻquvdan oʻtganligi, chiqib ketishga yoki harakatlanishga uringanligi toʻgʻrisida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilsa, sodir etilgan jinoyatni fosh qilishga yoki bunday oʻquvdan oʻtgan, chiqib ketishni, harakatlanishni yoki oʻquvni amalga oshirgan, tashkil etgan yoxud moliyalashtirgan boshqa shaxslarni, shuningdek oʻquv oʻtkazilgan joyni aniqlashga faol koʻmaklashsa va agar uning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi mavjud boʻlmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi. | ||||||
1553-modda. Terrorizmni moliyalashtirish | 1553-modda. Terrorizmni moliyalashtirish | ||||||
Terrorizmni moliyalashtirish, yaʼni terrorchilik tashkilotining mavjud boʻlishini, faoliyat koʻrsatishini, moliyalashtirilishini, terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni taʼminlashga, terrorchilik harakatini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga koʻmaklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻ-vositalarni, resurslarni berishga yoki yigʻishga, boshqa xizmatlar koʻrsatishga qaratilgan faoliyat — | Terrorizmni moliyalashtirish, yaʼni terrorchilik tashkilotining mavjud boʻlishini, faoliyat koʻrsatishini, moliyalashtirilishini, terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni taʼminlashga, terrorchilik harakatini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga koʻmaklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻ-vositalarni, resurslarni berishga yoki yigʻishga, boshqa xizmatlar koʻrsatishga qaratilgan faoliyat — | ||||||
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) mansabdor shaxs tomonidan; | b) mansabdor shaxs tomonidan; | ||||||
v) uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | v) uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Terrorizmni moliyalashtirishda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga oʻz vaqtida xabar berish yoki boshqa usul bilan ogʻir oqibatlar yuzaga kelishining hamda terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol koʻmaklashgan boʻlsa, basharti bu shaxsning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi boʻlmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi. | Terrorizmni moliyalashtirishda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga oʻz vaqtida xabar berish yoki boshqa usul bilan ogʻir oqibatlar yuzaga kelishining hamda terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol koʻmaklashgan boʻlsa, basharti bu shaxsning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi boʻlmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi. | ||||||
156-modda. Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatish | 156-modda. Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatish | ||||||
Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qiluvchi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qiluvchi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab, aholi guruhlariga nisbatan adovat, murosasizlik yoki nifoq keltirib chiqarish maqsadida milliy shaʼn-sharaf va qadr-qimmatni kamsitishga, diniy eʼtiqodiga yoki daxriyligiga qarab, fuqarolarning his-tuygʻularini haqoratlashga qaratilgan qasddan qilingan harakatlar, shuningdek, milliy, irqiy, etnik mansubligi yoki dinga munosabatiga qarab, fuqarolarning huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash yoxud ularga bevosita yoki bilvosita afzalliklar berish, — | Milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab, aholi guruhlariga nisbatan adovat, murosasizlik yoki nifoq keltirib chiqarish maqsadida milliy shaʼn-sharaf va qadr-qimmatni kamsitishga, diniy eʼtiqodiga yoki daxriyligiga qarab, fuqarolarning his-tuygʻularini haqoratlashga qaratilgan qasddan qilingan harakatlar, shuningdek milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab, fuqarolarning ustunligini yoki nuqsonli ekanligini targʻib qilish, xuddi shuningdek milliy, irqiy, etnik mansubligiga yoki dinga munosabatiga qarab, fuqarolarning huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash yoxud ularga bevosita yoki bilvosita afzalliklar berish, — | ||||||
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | ||||||
a) boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli usulda; | a) boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli usulda; | ||||||
b) badanga ogʻir shikast yetkazgan holda; | b) badanga ogʻir shikast yetkazgan holda; | ||||||
v) fuqarolarni doimiy yashash joyidan zoʻrlik ishlatib koʻchirgan holda; | v) fuqarolarni doimiy yashash joyidan zoʻrlik ishlatib koʻchirgan holda; | ||||||
g) mansabdor shaxs tomonidan; | g) mansabdor shaxs tomonidan; | ||||||
d) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | d) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi; | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi; | ||||||
IX bob. Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar | IX bob. Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar | ||||||
157-modda. Davlatga xoinlik qilish | 157-modda. Davlatga xoinlik qilish | ||||||
Davlatga xoinlik qilish, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi tomonidan josuslik, chet el davlatiga, chet el tashkilotiga yoki ularning vakillariga davlat sirlarini yetkazish yoxud Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi dushmanlik faoliyati olib borishda boshqacha yordam koʻrsatish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasining suverenitetiga, hududiy daxlsizligiga, xavfsizligiga, mudofaa salohiyatiga, iqtisodiyotiga zarar yetkazishga qaratilgan qasddan sodir etilgan qilmish — | Davlatga xoinlik qilish, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi tomonidan josuslik, chet el davlatiga, chet el tashkilotiga yoki ularning vakillariga davlat sirlarini yetkazish yoxud Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi dushmanlik faoliyati olib borishda boshqacha yordam koʻrsatish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasining suverenitetiga, hududiy daxlsizligiga, xavfsizligiga, mudofaa salohiyatiga, iqtisodiyotiga zarar yetkazishga qaratilgan qasddan sodir etilgan qilmish — | ||||||
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Chet el davlati yoki tashkiloti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan davlatga zarar yetkazuvchi faoliyatni amalga oshirishda hamkorlik qilish uchun jalb qilingan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi oʻzining bunday hamkorligi toʻgʻrisida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda arz qilsa, uning faoliyati esa respublika manfaatlariga zarar yetkazmagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod qilinadi. | Chet el davlati yoki tashkiloti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan davlatga zarar yetkazuvchi faoliyatni amalga oshirishda hamkorlik qilish uchun jalb qilingan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi oʻzining bunday hamkorligi toʻgʻrisida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda arz qilsa, uning faoliyati esa respublika manfaatlariga zarar yetkazmagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod qilinadi. | ||||||
Basharti, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi, oʻz qilmishi toʻgʻrisida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilib, jinoyatni ochishga faol yordam bergan va buning natijasida davlat uchun kelib chiqishi mumkin boʻlgan ogʻir oqibatlarning oldi olingan boʻlsa, jazodan ozod qilinadi. | Basharti, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi, oʻz qilmishi toʻgʻrisida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilib, jinoyatni ochishga faol yordam bergan va buning natijasida davlat uchun kelib chiqishi mumkin boʻlgan ogʻir oqibatlarning oldi olingan boʻlsa, jazodan ozod qilinadi. | ||||||
158-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish | 158-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish | ||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hayotiga tajovuz qilish — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hayotiga tajovuz qilish — | ||||||
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti badaniga qasddan shikast yetkazish — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti badaniga qasddan shikast yetkazish — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, shuningdek, matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki Internet butunjahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda uni haqoratlash yoki unga tuhmat qilish — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, shuningdek, matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki Internet butunjahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda uni haqoratlash yoki unga tuhmat qilish — | ||||||
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
159-modda. Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish | 159-modda. Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish | ||||||
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda oʻzgartirishga, hokimiyatni bosib olishga yoxud qonuniy ravishda saylab qoʻyilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini Konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq daʼvat qilish, shuningdek, bunday mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish — | Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda oʻzgartirishga, hokimiyatni bosib olishga yoxud qonuniy ravishda saylab qoʻyilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini Konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq daʼvat qilish, shuningdek, bunday mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Hokimiyat konstitutsiyaviy organlarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki ularni Konstitutsiyada nazarda tutilmagan parallel hokimiyat tuzilmalari bilan almashtirishga qaratilgan zoʻravonlik harakatlari, shuningdek, davlat hokimiyati vakolatli organlarining Oʻzbekiston Konstitutsiyasida nazarda tutilmagan tartibda tuzilgan hokimiyat tuzilmalarini tarqatib yuborish toʻgʻrisidagi qarorlarini belgilangan muddatda bajarmaslik — | Hokimiyat konstitutsiyaviy organlarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki ularni Konstitutsiyada nazarda tutilmagan parallel hokimiyat tuzilmalari bilan almashtirishga qaratilgan zoʻravonlik harakatlari, shuningdek, davlat hokimiyati vakolatli organlarining Oʻzbekiston Konstitutsiyasida nazarda tutilmagan tartibda tuzilgan hokimiyat tuzilmalarini tarqatib yuborish toʻgʻrisidagi qarorlarini belgilangan muddatda bajarmaslik — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar: | Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar: | ||||||
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlagan holda sodir etilgan boʻlsa, — | b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlagan holda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Hokimiyatni bosib olish yoki Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini agʻdarib tashlash maqsadida fitna uyushtirish — | Hokimiyatni bosib olish yoki Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini agʻdarib tashlash maqsadida fitna uyushtirish — | ||||||
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Fitna toʻgʻrisida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar bergan shaxs, basharti, koʻrilgan choralar natijasida fitnaning oldi olingan boʻlsa, jazodan ozod qilinadi. | Fitna toʻgʻrisida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar bergan shaxs, basharti, koʻrilgan choralar natijasida fitnaning oldi olingan boʻlsa, jazodan ozod qilinadi. | ||||||
160-modda. Josuslik | 160-modda. Josuslik | ||||||
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning davlat siri hisoblangan maʼlumotlarni chet el davlati, chet el tashkiloti yoki ularning agenturasiga yetkazishi, xuddi shuningdek yetkazish maqsadida qoʻlga kiritishi, yigʻishi yoki saqlashi, shuningdek chet el razvedkasining topshirigʻi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga zarar yetkazishda foydalanish uchun boshqa maʼlumotlarni yetkazishi yoki yigʻishi — | Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning davlat siri hisoblangan maʼlumotlarni chet el davlati, chet el tashkiloti yoki ularning agenturasiga yetkazishi, xuddi shuningdek yetkazish maqsadida qoʻlga kiritishi, yigʻishi yoki saqlashi, shuningdek chet el razvedkasining topshirigʻi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga zarar yetkazishda foydalanish uchun boshqa maʼlumotlarni yetkazishi yoki yigʻishi — | ||||||
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Chet el razvedkasi bilan hamkorlik qilishga jalb qilingan shaxs, basharti, oʻziga yuklatilgan topshiriqni bajarish yuzasidan hech qanday harakat sodir etmasdan, bu haqda oʻz ixtiyori bilan hokimiyat organlariga xabar bersa, javobgarlikdan ozod qilinadi. | Chet el razvedkasi bilan hamkorlik qilishga jalb qilingan shaxs, basharti, oʻziga yuklatilgan topshiriqni bajarish yuzasidan hech qanday harakat sodir etmasdan, bu haqda oʻz ixtiyori bilan hokimiyat organlariga xabar bersa, javobgarlikdan ozod qilinadi. | ||||||
Oʻzining jinoiy faoliyatini ixtiyoriy ravishda toʻxtatgan va qilmishi toʻgʻrisida hokimiyat organlariga maʼlum qilib, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan shaxs, basharti, davlat uchun kelib chiqishi mumkin boʻlgan ogʻir oqibatlarning oldi olingan boʻlsa, jazodan ozod qilinadi. | Oʻzining jinoiy faoliyatini ixtiyoriy ravishda toʻxtatgan va qilmishi toʻgʻrisida hokimiyat organlariga maʼlum qilib, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan shaxs, basharti, davlat uchun kelib chiqishi mumkin boʻlgan ogʻir oqibatlarning oldi olingan boʻlsa, jazodan ozod qilinadi. | ||||||
161-modda. Qoʻporuvchilik | 161-modda. Qoʻporuvchilik | ||||||
Qoʻporuvchilik, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari faoliyati yoki ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligiga yoki iqtisodiyotiga putur yetkazish maqsadida odamlarni qirib yuborish, ularning sogʻligʻiga ziyon, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilishga qaratilgan harakatlar — | Qoʻporuvchilik, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari faoliyati yoki ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligiga yoki iqtisodiyotiga putur yetkazish maqsadida odamlarni qirib yuborish, ularning sogʻligʻiga ziyon, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilishga qaratilgan harakatlar — | ||||||
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
162-modda. Davlat sirlarini oshkor qilish | 162-modda. Davlat sirlarini oshkor qilish | ||||||
Davlat sirlarini oshkor qilish yoki oʻzgaga berish, yaʼni davlat siri, harbiy sir yoki xizmat siri hisoblangan maʼlumotlarning, bu maʼlumotlar ishonib topshirilgan yoki xizmati yoxud kasb faoliyati yuzasidan ulardan xabardor boʻlgan shaxs tomonidan oshkor qilinishi, basharti, bu qilmishda davlatga xoinlik alomatlari boʻlmasa, — | Davlat sirlarini oshkor qilish yoki oʻzgaga berish, yaʼni davlat siri, harbiy sir yoki xizmat siri hisoblangan maʼlumotlarning, bu maʼlumotlar ishonib topshirilgan yoki xizmati yoxud kasb faoliyati yuzasidan ulardan xabardor boʻlgan shaxs tomonidan oshkor qilinishi, basharti, bu qilmishda davlatga xoinlik alomatlari boʻlmasa, — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — | Oʻsha harakatlar ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
163-modda. Davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yoʻqotish | 163-modda. Davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yoʻqotish | ||||||
Hujjatlarning, shuningdek ashyo yoki moddalarning, agar ular haqidagi maʼlumot davlat siri yoki harbiy sirni ifodalasa, xizmat yoki kasb faoliyati yuzasidan ishonib topshirilgan shaxs tomonidan yoʻqotilishi, basharti, bu yoʻqotish ana shu hujjatlar, ashyo yoki moddalar bilan muomalada boʻlish qoidalarini buzish natijasida roʻy bergan boʻlsa, — | Hujjatlarning, shuningdek ashyo yoki moddalarning, agar ular haqidagi maʼlumot davlat siri yoki harbiy sirni ifodalasa, xizmat yoki kasb faoliyati yuzasidan ishonib topshirilgan shaxs tomonidan yoʻqotilishi, basharti, bu yoʻqotish ana shu hujjatlar, ashyo yoki moddalar bilan muomalada boʻlish qoidalarini buzish natijasida roʻy bergan boʻlsa, — | ||||||
bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — | Oʻsha harakatlar ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
UCHINCHI BOʻLIM IQTISODIYOT SOHASIDAGI JINOYATLAR | UCHINCHI BOʻLIM IQTISODIYOT SOHASIDAGI JINOYATLAR | ||||||
X bob. Oʻzgalar mulkini talon-toroj qilish | X bob. Oʻzgalar mulkini talon-toroj qilish | ||||||
164-modda. Bosqinchilik | 164-modda. Bosqinchilik | ||||||
Bosqinchilik, yaʼni oʻzganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatib yoxud shunday zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa, — | Bosqinchilik, yaʼni oʻzganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatib yoxud shunday zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Bosqinchilik: | Bosqinchilik: | ||||||
a) qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin boʻlgan boshqa narsalarni ishlatib; | a) qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin boʻlgan boshqa narsalarni ishlatib; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | ||||||
v) ancha miqdordagi mulkni talon-toroj qilish bilan bogʻliq holda sodir etilgan boʻlsa, — | v) ancha miqdordagi mulkni talon-toroj qilish bilan bogʻliq holda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Bosqinchilik: | Bosqinchilik: | ||||||
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 242-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan; | a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 242-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan; | ||||||
b) koʻp miqdorda; | b) koʻp miqdorda; | ||||||
v) uy-joyga, omborxona yoki boshqa binolarga gʻayriqonuniy ravishda kirgan holda; | v) uy-joyga, omborxona yoki boshqa binolarga gʻayriqonuniy ravishda kirgan holda; | ||||||
g) badanga ogʻir shikast yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | g) badanga ogʻir shikast yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Bosqinchilik: | Bosqinchilik: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda; | a) juda koʻp miqdorda; | ||||||
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
165-modda. Tovlamachilik | 165-modda. Tovlamachilik | ||||||
Tovlamachilik, yaʼni jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zoʻrlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilish bilan qoʻrqitib oʻzgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yoʻsindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini oʻz mulki yoki mulkka boʻlgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qoʻyish — | Tovlamachilik, yaʼni jabrlanuvchiga yoki uning yaqin kishilariga zoʻrlik ishlatish, mulkiga shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchining axborot resursini yoʻq qilish, oʻzgartirish, egallab olish yoki toʻsib qoʻyish yoki jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qoʻrqitib oʻzgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yoʻsindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini oʻzining mulkini yoki mulkka boʻlgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qoʻyish — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Tovlamachilik: | Tovlamachilik: | ||||||
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) koʻp miqdorda; | b) koʻp miqdorda; | ||||||
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Tovlamachilik: | Tovlamachilik: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda; | a) juda koʻp miqdorda; | ||||||
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
166-modda. Talonchilik | 166-modda. Talonchilik | ||||||
Talonchilik, yaʼni oʻzganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish — | Talonchilik, yaʼni oʻzganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish — | ||||||
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Talonchilik: | Talonchilik: | ||||||
a) hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib yoxud shunday zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib; | a) hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib yoxud shunday zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib; | ||||||
b) ancha miqdorda; | b) ancha miqdorda; | ||||||
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Talonchilik: | Talonchilik: | ||||||
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) uy-joyga, omborxona yoki boshqa xonaga gʻayriqonuniy ravishda kirib; | b) uy-joyga, omborxona yoki boshqa xonaga gʻayriqonuniy ravishda kirib; | ||||||
v) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — | v) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Talonchilik: | Talonchilik: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda; | a) juda koʻp miqdorda; | ||||||
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
167-modda. Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish | 167-modda. Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish | ||||||
Aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida boʻlgan oʻzganing mulkini oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilish, — | Aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida boʻlgan oʻzganing mulkini oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilish, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) koʻp miqdorda; | a) koʻp miqdorda; | ||||||
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; g) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — | v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda; | a) juda koʻp miqdorda; | ||||||
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab; | v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab; | ||||||
g) kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, — | g) kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib; d) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | ||||||
168-modda. Firibgarlik | 168-modda. Firibgarlik | ||||||
Firibgarlik, yaʼni aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini yoki oʻzganing mulkiga boʻlgan huquqni qoʻlga kiritish — | Firibgarlik, yaʼni aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini yoki oʻzganing mulkiga boʻlgan huquqni qoʻlga kiritish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Firibgarlik: a) ancha miqdorda; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | |||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Firibgarlik: | Firibgarlik: | ||||||
a) koʻp miqdorda; | a) koʻp miqdorda; | ||||||
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
v) xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, — | v) axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum etilgan holda besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Firibgarlik: | Firibgarlik: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda; | a) juda koʻp miqdorda; | ||||||
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab; g) xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | ||||||
169-modda. Oʻgʻrilik | 169-modda. Oʻgʻrilik | ||||||
Oʻgʻrilik, yaʼni oʻzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish — | Oʻgʻrilik, yaʼni oʻzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻgʻrilik: | Oʻgʻrilik: | ||||||
a) jabrlanuvchining kiyimi, sumkasi yoki boshqa qoʻl yukidagi ashyoga nisbatan (kissavurlik); | a) jabrlanuvchining kiyimi, sumkasi yoki boshqa qoʻl yukidagi ashyoga nisbatan (kissavurlik); | ||||||
b) ancha miqdorda; | b) ancha miqdorda; | ||||||
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | ||||||
g) uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga gʻayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan boʻlsa, — | g) uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga gʻayriqonuniy ravishda kirib; d) umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yoʻli bilan; e) umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga elektr energiyasi, gaz yoki suv taʼminoti tashkilotlarining mansabdor shaxslari yoki xodimlari tomonidan oldindan til biriktirib, tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻgʻrilik: | Oʻgʻrilik: | ||||||
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) kompyuter tizimiga ruxsatsiz kirib; | b) qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib; | ||||||
v) koʻp miqdorda; | v) koʻp miqdorda; | ||||||
g) neft quvurlarida, gaz quvurlarida, neft va gaz mahsulotlari quvurlarida sodir etilgan boʻlsa, — | g) neft quvurlarida, gaz quvurlarida, neft va gaz mahsulotlari quvurlarida sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻgʻrilik: | Oʻgʻrilik: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda; | a) juda koʻp miqdorda; | ||||||
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
sakkiz yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | sakkiz yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
XI bob. Oʻzgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jinoyatlar | XI bob. Oʻzgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jinoyatlar | ||||||
170-modda. Aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan mulkiy zarar yetkazish | 170-modda. Aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan mulkiy zarar yetkazish | ||||||
Aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan mulkdorga ancha miqdorda zarar yetkazish, basharti, bu qilmishda talon-toroj qilishning alomatlari boʻlmasa, — | Aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan mulkdorga ancha miqdorda zarar yetkazish, basharti, bu qilmishda talon-toroj qilishning alomatlari boʻlmasa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) moddiy javobgar shaxs tomonidan; | b) moddiy javobgar shaxs tomonidan; | ||||||
v) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | v) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
171-modda. Jinoiy yoʻl bilan topilgan mulkni olish yoki oʻtkazish | 171-modda. Jinoiy yoʻl bilan topilgan mulkni olish yoki oʻtkazish | ||||||
Mulkning jinoiy yoʻl bilan topilganini bila turib, uni oldindan vaʼda qilmagan holda olish yoki oʻtkazish — | Mulkning jinoiy yoʻl bilan topilganini bila turib, uni oldindan vaʼda qilmagan holda olish yoki oʻtkazish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — | b) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda; | a) juda koʻp miqdorda; | ||||||
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
172-modda. Mulkni qoʻriqlashga vijdonsiz munosabatda boʻlish | 172-modda. Mulkni qoʻriqlashga vijdonsiz munosabatda boʻlish | ||||||
Shaxsning mulkni qoʻriqlash yuzasidan oʻz vazifalarini vijdonsiz bajarishi natijasida mol-mulk talon-toroj qilinishi, unga shikast yetkazilishi yoki uning nobud qilinishi koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, basharti, bu qilmishda mansabdorlik jinoyati alomatlari boʻlmasa, — | Shaxsning mulkni qoʻriqlash yuzasidan oʻz vazifalarini vijdonsiz bajarishi natijasida mol-mulk talon-toroj qilinishi, unga shikast yetkazilishi yoki uning nobud qilinishi koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, basharti, bu qilmishda mansabdorlik jinoyati alomatlari boʻlmasa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
173-modda. Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish | 173-modda. Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish | ||||||
Oʻzganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish ancha miqdorni tashkil etsa, — | Oʻzganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish ancha miqdorni tashkil etsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) millatlararo yoki irqiy adovat yoxud diniy taassublar zamirida; | a) millatlararo yoki irqiy adovat yoxud diniy taassublar zamirida; | ||||||
b) atrofdagilar uchun xavfli usulda; | b) atrofdagilar uchun xavfli usulda; | ||||||
v) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | v) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsning yoki uning yaqin qarindoshlarining mulkiga nisbatan; | a) xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsning yoki uning yaqin qarindoshlarining mulkiga nisbatan; | ||||||
b) uyushgan guruh va uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | b) uyushgan guruh va uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | ||||||
XII bob. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar | XII bob. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar | ||||||
175-modda. Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish | 175-modda. Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish | ||||||
Naf keltirmasligi ayon boʻlgan bitimni tuzish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga ilgari foydalanilgan, jisman ishlatib boʻlingan, maʼnaviy eskirgan yoki zamon talablariga javob bermaydigan asbob-uskunani yoxud texnologiyalarni olib kirishga, shuningdek ularni oʻrnatish va joriy etishga olib kelgan bitimni tuzish, respublika manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yetkazgan boʻlsa, xuddi shuningdek bunday bitim tuzilishiga sabab boʻlgan ekspert xulosasini yoki boshqa hujjatni vakolatli davlat organining yoki boshqa tashkilotning mansabdor shaxsi tomonidan berish — | Naf keltirmasligi ayon boʻlgan bitimni tuzish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga ilgari foydalanilgan, jisman ishlatib boʻlingan, maʼnaviy eskirgan yoki zamon talablariga javob bermaydigan asbob-uskunani yoxud texnologiyalarni olib kirishga, shuningdek ularni oʻrnatish va joriy etishga olib kelgan bitimni tuzish, respublika manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yetkazgan boʻlsa, xuddi shuningdek bunday bitim tuzilishiga sabab boʻlgan ekspert xulosasini yoki boshqa hujjatni vakolatli davlat organining yoki boshqa tashkilotning mansabdor shaxsi tomonidan berish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) takroran; | a) takroran; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | ||||||
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
sakkiz yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | sakkiz yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda shaxs jazodan ozod etiladi. | Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda shaxs jazodan ozod etiladi. | ||||||
176-modda. Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish | 176-modda. Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish | ||||||
Oʻtkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar, shuningdek, qimmatli qogʻozlar yoxud chet el valyutasi yoki chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar yasash yoki ularni oʻtkazish — | Oʻtkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar, shuningdek, qimmatli qogʻozlar yoxud chet el valyutasi yoki chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar yasash yoki ularni oʻtkazish — | ||||||
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) koʻp miqdorda; | b) koʻp miqdorda; | ||||||
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda; | a) juda koʻp miqdorda; | ||||||
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
177-modda. Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish | 177-modda. Valyuta qimmatliklarini, qimmatbaho metallar va (yoki) qimmatbaho toshlarni qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish | ||||||
Fuqarolarning qonunga xilof ravishda valyuta qimmatliklarini olishi yoki oʻtkazishi shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Valyuta qimmatliklarini, qimmatbaho metallar va (yoki) qimmatbaho toshlarni qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻsha harakatlar ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) koʻp miqdorda; | b) koʻp miqdorda; | ||||||
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda; | a) juda koʻp miqdorda; | ||||||
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Tayyorgarlik koʻrilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida oʻz ixtiyori bilan arz qilgan va uni ochishga faol yordam bergan shaxs javobgarlikka tortilmaydi. | Tayyorgarlik koʻrilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida oʻz ixtiyori bilan arz qilgan va uni ochishga faol yordam bergan shaxs javobgarlikka tortilmaydi. | ||||||
178-modda. Chet el valyutasini yashirish | 178-modda. Chet el valyutasini yashirish | ||||||
Korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi xodimlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklari hisobiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan chet el valyutasining qasddan yashirib qolinishi — | Korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi xodimlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklari hisobiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan chet el valyutasining qasddan yashirib qolinishi — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) gʻarazgoʻylik bilan; | a) gʻarazgoʻylik bilan; | ||||||
b) takroran; | b) takroran; | ||||||
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻsha qilmish uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
sakkiz yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | sakkiz yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi qismida, ikkinchi qismining “a” va “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yashirilgan chet el valyutasini Oʻzbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklari hisobiga ixtiyoriy ravishda oʻtkazilishini taʼminlagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi. | Ushbu moddaning birinchi qismida, ikkinchi qismining “a” va “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yashirilgan chet el valyutasini Oʻzbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklari hisobiga ixtiyoriy ravishda oʻtkazilishini taʼminlagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi. | ||||||
179-modda. Soxta tadbirkorlik | 179-modda. Soxta tadbirkorlik | ||||||
Soxta tadbirkorlik, yaʼni ustavida koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini koʻzlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat koʻrish maqsadida korxonalar va boshqa tadbirkorlik tashkilotlari tuzish — | Soxta tadbirkorlik, yaʼni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadini koʻzlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat koʻrish maqsadida tadbirkorlik subyektini tashkil etish, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
180-modda. Soxta bankrotlik | 180-modda. Soxta toʻlovga qobiliyatsizlik | ||||||
Soxta bankrotlik, yaʼni xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻz majburiyatlarini iqtisodiy jihatdan bajara olmasligi haqida bila turib, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan eʼlon berishi kreditorlarga koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, yaʼni yuridik yoki jismoniy shaxsning yoxud yakka tartibdagi tadbirkorning kreditorlar oldidagi pul majburiyatlarini va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha majburiyatlarini iqtisodiy jihatdan bajara olishi haqida bila turib, ularni toʻliq hajmda bajara olmasligi toʻgʻrisida eʼlon berishi kreditorlarga koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | ||||||
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi. | Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi. | ||||||
181-modda. Bankrotlikni yashirish | 181-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish | ||||||
Xoʻjalik yurituvchi subyektning haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumot va hujjatlarni taqdim etish, buxgalterlik hisobotlarini buzib koʻrsatish yoʻli bilan iqtisodiy jihatdan oʻzining toʻlovga qodirligining yoʻqotganligini yoki iqtisodiy nochorligini boshqacha tarzda qasddan yashirishi kreditorlarga koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Yuridik yoki jismoniy shaxsning yoxud yakka tartibdagi tadbirkorning haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim etish, buxgalterlik hisobotlarini buzib koʻrsatish yoki boshqacha tarzda oʻzining toʻlovga qobiliyatsizligini qasddan yashirish yoʻli bilan kreditorlarga koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | ||||||
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi. | Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi. | ||||||
1811-modda. Qasddan bankrotlikka olib kelish | 1811-modda. Qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish | ||||||
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yoki yuridik shaxs mansabdor shaxsi, muassisi (ishtirokchisi) yoxud mol-mulkining mulkdori tomonidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan qasddan bankrotlikka olib kelish, yaʼni toʻlovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki oshirish, ushbu yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik shaxsning barqaror iqtisodiy nochorligiga (bankrotligiga) olib kelsa, kreditorlarga koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Yuridik shaxsning mansabdor shaxsi, muassisi (ishtirokchisi) yoxud mol-mulkining mulkdori yoki jismoniy shaxs yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish, yaʼni toʻlovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki koʻpaytirish, ushbu yuridik shaxsning yoki jismoniy shaxsning yoxud yakka tartibdagi tadbirkorning toʻlovga qobiliyatsizligiga olib kelsa, kreditorlarga koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | ||||||
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi. | Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi. | ||||||
182-modda. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish | 182-modda. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish | ||||||
Bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni koʻp miqdorda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtkazish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni koʻp miqdorda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtkazish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish: | Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda; | a) juda koʻp miqdorda; | ||||||
b) chegarani buzib oʻtish, yaʼni bojxona xizmatining roziligini olmasdan turib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan ochiqdan-ochiq oʻtkazish yoʻli bilan; | b) chegarani buzib oʻtish, yaʼni bojxona xizmatining roziligini olmasdan turib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan ochiqdan-ochiq oʻtkazish yoʻli bilan; | ||||||
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab; | v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab; | ||||||
g) xizmat lavozimidan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa, — | g) xizmat lavozimidan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
183-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni va tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish | 183-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni va tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish | ||||||
Monopoliyaga qarshi organga axborot taqdim etmaslik yoki bila turib haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni taqdim etish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Monopoliyaga qarshi organga axborot taqdim etmaslik yoki bila turib haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni taqdim etish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Monopoliyaga qarshi organning qoidabuzarlikni tugatish toʻgʻrisidagi, dastlabki holatni tiklash haqidagi koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Monopoliyaga qarshi organning qoidabuzarlikni tugatish toʻgʻrisidagi, dastlabki holatni tiklash haqidagi koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
184-modda. Soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash Foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib koʻrsatishni, shuningdek davlat tomonidan belgilangan soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin roʻy bergan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash: a) takroran; b) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash juda koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Qasddan yashirilgan, kamaytirib koʻrsatilgan foyda (daromad) boʻyicha soliqlar va yigʻimlar toʻliq toʻlangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha davlat soliq xizmati organining qarorini yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining sodir etilgan jinoyat haqidagi xabarini olgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida soliqlar va yigʻimlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinadi. | 184-modda. Soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib koʻrsatishni, shuningdek soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin roʻy bergan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash: a) takroran; b) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash juda koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Qasddan yashirilgan, kamaytirib koʻrsatilgan foyda (daromad) boʻyicha soliqlar va yigʻimlar toʻliq toʻlangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. Agar birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs soliqlar va yigʻimlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini tergovga qadar tekshiruv, tergov va birinchi instansiya sudi bosqichida, ammo sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar toʻliq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinadi. Ushbu moddada nazarda tutilgan soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlashning ancha miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan olti yuz baravarigacha, koʻp miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining olti yuz baravaridan ming baravarigacha, juda koʻp miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining ming baravari va undan ortiq boʻlgan miqdor hisoblanadi. | ||||||
1841-modda. Budjet va smeta-shtat intizomini buzish | 1841-modda. Budjet va smeta-shtat intizomini buzish | ||||||
Moliya yilida budjet va smeta-shtat intizomini buzish koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — | Moliya yilida budjet va smeta-shtat intizomini buzish koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish juda koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻsha qilmish juda koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
185-modda. Qimmatbaho metallar yoki toshlarni topshirish qoidalarini buzish | 185-modda. Qimmatbaho metallar yoki toshlarni topshirish qoidalarini buzish | ||||||
Yer ostidan qazib olingan qimmatbaho metallar yoki toshlarni davlatga topshirish qoidalarini buzish, davlatga koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Yer ostidan qazib olingan qimmatbaho metallar yoki toshlarni davlatga topshirish qoidalarini buzish, davlatga koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
1851-modda. Rangli metallar, ularning parcha va rezgi chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni oʻtkazish qoidalarini buzish | 1851-modda. Rangli metallar, ularning parcha va rezgi chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni oʻtkazish qoidalarini buzish | ||||||
Qimmatbaho metallar sirasiga kirmaydigan rangli metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni oʻtkazish qoidalarini buzish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Qimmatbaho metallar sirasiga kirmaydigan rangli metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni oʻtkazish qoidalarini buzish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmishlar: | Oʻsha qilmishlar: | ||||||
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) koʻp miqdorda; | b) koʻp miqdorda; | ||||||
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmishlar: | Oʻsha qilmishlar: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda; | a) juda koʻp miqdorda; | ||||||
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
1852-modda. Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish | 1852-modda. Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish | ||||||
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish ancha miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish ancha miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | ||||||
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi. | Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi. | ||||||
Ushbu modda umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish orqali talon-toroj qilish bilan bogʻliq harakatlar sodir etilganda qoʻllanilmaydi. | |||||||
XIII bob. Xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar | XIII bob. Xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar | ||||||
186-modda. Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish Isteʼmolchilarning hayoti yoki sogʻligʻi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar badanga oʻrtacha ogʻir yoxud ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) odamlar oʻlimiga; b) boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 1861-modda. Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish Etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa. bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) koʻp miqdorda; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; g) xizmat lavozimini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) juda koʻp miqdorda; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — yetti yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini koʻp miqdorda yoki juda koʻp miqdorda qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoxud muomalaga kiritishga hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan homiylik qilish, — yetti yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | 1861-modda. Etil spirtini, alkogolli va tamaki mahsulotlarini, shuningdek tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish Etil spirtini, alkogolli va tamaki mahsulotlarini, shuningdek tamakini qizdirish tizimlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Etil spirtini, alkogolli va tamaki mahsulotlarini, shuningdek tamakini qizdirish tizimlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlarini, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni ishlab chiqarish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. a) koʻp miqdorda; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; g) xizmat lavozimini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. a) juda koʻp miqdorda; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — yetti yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etishga hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan homiylik qilish, — yetti yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Agar ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs oʻz ixtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa va Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlarini, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni topshirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi. | ||||||
1862-modda. Chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish | 1862-modda. Chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish | ||||||
Chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish, — | Chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) koʻp miqdorda; | a) koʻp miqdorda; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | ||||||
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
g) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — | g) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda; | a) juda koʻp miqdorda; | ||||||
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
1863-modda. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, shuningdek dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) koʻp miqdorda; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; g) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa; d) badanga oʻrtacha ogʻir yoxud ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa; e) dori vositalari yoki tibbiy buyumlarning sifati va davlat roʻyxatidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlarni qalbakilashtirish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) juda koʻp miqdorda; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa; v) odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) odamlar oʻlimiga sabab boʻlsa; b) boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin yoki koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi — toʻrtinchi qismlari tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalari bilan bogʻliq harakatlarni amalga oshirishda qoʻllanilmaydi. | |||||||
188-modda. Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati | 188-modda. Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati | ||||||
Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan juda koʻp miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirish,— | Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan juda koʻp miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirish,— | ||||||
uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda soliqlar va yigʻimlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyektining roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlagan va zarur boʻlgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi. | Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda soliqlar va yigʻimlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyektining roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlagan va zarur boʻlgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi. | ||||||
1881-modda. Pul mablagʻlarini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat | 1881-modda. Pul mablagʻlarini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat | ||||||
Mulkiy manfaat berish boʻyicha zimmaga majburiyat olish yoʻli bilan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablagʻlarini va (yoki) boshqa mol-mulkini jalb etishga doir noqonuniy faoliyatni amalga oshirish va bunda ilgari olingan majburiyatni jismoniy va yuridik shaxslarning yangi jalb etilgan pul mablagʻlari va (yoki) boshqa mol-mulki hisobidan bajarish, shuningdek bunday faoliyatga rahbarlik qilish hamda shunday faoliyat koʻrsatilishini taʼminlash, xuddi shuningdek mazkur faoliyatda ishtirok etishga jalb qilish maqsadida ushbu faoliyatni reklama qilish, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda reklama qilish — | Mulkiy manfaat berish boʻyicha zimmaga majburiyat olish yoʻli bilan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablagʻlarini va (yoki) boshqa mol-mulkini jalb etishga doir noqonuniy faoliyatni amalga oshirish va bunda ilgari olingan majburiyatni jismoniy va yuridik shaxslarning yangi jalb etilgan pul mablagʻlari va (yoki) boshqa mol-mulki hisobidan bajarish, shuningdek bunday faoliyatga rahbarlik qilish hamda shunday faoliyat koʻrsatilishini taʼminlash, xuddi shuningdek mazkur faoliyatda ishtirok etishga jalb qilish maqsadida ushbu faoliyatni reklama qilish, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda reklama qilish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Mulkiy manfaat berish boʻyicha zimmaga majburiyat olish yoʻli bilan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablagʻlarini va (yoki) boshqa mol-mulkini jalb etishga doir noqonuniy faoliyatni amalga oshirish va bunda ilgari olingan majburiyatni jismoniy va yuridik shaxslarning yangi jalb etilgan pul mablagʻlari va (yoki) boshqa mol-mulki hisobidan bajarish, shuningdek bunday faoliyatga rahbarlik qilish va shunday faoliyat koʻrsatilishini taʼminlash: | Mulkiy manfaat berish boʻyicha zimmaga majburiyat olish yoʻli bilan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablagʻlarini va (yoki) boshqa mol-mulkini jalb etishga doir noqonuniy faoliyatni amalga oshirish va bunda ilgari olingan majburiyatni jismoniy va yuridik shaxslarning yangi jalb etilgan pul mablagʻlari va (yoki) boshqa mol-mulki hisobidan bajarish, shuningdek bunday faoliyatga rahbarlik qilish va shunday faoliyat koʻrsatilishini taʼminlash: | ||||||
a) koʻp miqdorda; | a) koʻp miqdorda; | ||||||
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | ||||||
g) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, — | g) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar: | Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda; | a) juda koʻp miqdorda; | ||||||
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
189-modda. Savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish | 189-modda. Savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish | ||||||
Tovarlar savdosi yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini juda koʻp miqdordagi qiymatda buzish — | Tovarlar savdosi yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini juda koʻp miqdordagi qiymatda buzish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalari buzilishining oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi. | Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalari buzilishining oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi. | ||||||
190-modda. Faoliyat bilan litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz yoxud xabarnoma yubormasdan shugʻullanish | 190-modda. Faoliyat bilan litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz yoxud xabarnoma yubormasdan shugʻullanish | ||||||
Xabardor qilish tartibida amalga oshirilishi lozim boʻlgan faoliyat (harakatlar) bilan xabarnoma yubormasdan shugʻullanish juda koʻp miqdorda daromad olish bilan bogʻliq boʻlsa, — | Xabardor qilish tartibida amalga oshirilishi lozim boʻlgan faoliyat (harakatlar) bilan xabarnoma yubormasdan shugʻullanish juda koʻp miqdorda daromad olish bilan bogʻliq boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima yoki bir yilgacha muayyan huquqlardan mahrum qilish yoxud bir yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima yoki bir yilgacha muayyan huquqlardan mahrum qilish yoxud bir yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | ||||||
a) xavfli retsidivist tomonidan; | a) xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari miqdorda jarima yoki ikki yuz soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari miqdorda jarima yoki ikki yuz soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shugʻullanish juda koʻp miqdorda daromad olish bilan bogʻliq boʻlsa, — | Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shugʻullanish juda koʻp miqdorda daromad olish bilan bogʻliq boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqlardan mahrum qilish yoxud ikki yuz oʻttiz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki oʻn oygacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqlardan mahrum qilish yoxud ikki yuz oʻttiz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki oʻn oygacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | ||||||
a) xavfli retsidivist tomonidan; | a) xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining toʻqson baravari miqdorida jarima yoki ikki yuz ellik soatdan toʻrt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining toʻqson baravari miqdorida jarima yoki ikki yuz ellik soatdan toʻrt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish juda koʻp miqdorda daromad olish bilan bogʻliq boʻlsa, — | Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish juda koʻp miqdorda daromad olish bilan bogʻliq boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik besh baravari miqdorida jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha muddatga axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik besh baravari miqdorida jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha muddatga axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | ||||||
a) xavfli retsidivist tomonidan; | a) xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida jarima yoki uch yuz soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida jarima yoki uch yuz soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda faoliyat bilan litsenziyasiz, shuningdek faoliyat (harakatlar) bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz yoki xabarnoma yubormasdan shugʻullanish oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi. | Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda faoliyat bilan litsenziyasiz, shuningdek faoliyat (harakatlar) bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz yoki xabarnoma yubormasdan shugʻullanish oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi. | ||||||
191-modda. Qonunga xilof ravishda axborot toʻplash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish | 191-modda. Qonunga xilof ravishda axborot toʻplash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish | ||||||
Sir tutiladigan fan-texnika, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, savdoga oid yoki boshqa shu kabi axborotni egasining roziligisiz oshkor qilish yoki undan foydalanish maqsadida har qanday usulda toʻplash — | Sir tutiladigan fan-texnika, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, savdoga oid yoki boshqa shu kabi axborotni egasining roziligisiz oshkor qilish yoki undan foydalanish maqsadida har qanday usulda toʻplash — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Sir tutiladigan fan-texnikaga, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, savdoga oid va boshqa shu kabi axborotni egasining roziligisiz qasddan oshkor qilish yoki undan foydalanish xoʻjalik yurituvchi subyektga koʻp miqdorda zarar yetkazgan boʻlsa, — | Sir tutiladigan fan-texnikaga, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, savdoga oid va boshqa shu kabi axborotni egasining roziligisiz qasddan oshkor qilish yoki undan foydalanish xoʻjalik yurituvchi subyektga koʻp miqdorda zarar yetkazgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
192-modda. Raqobatchini obroʻsizlantirish | 192-modda. Raqobatchini obroʻsizlantirish | ||||||
Raqobatchini obroʻsizlantirish, yaʼni bosma yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan matnlarda yoki ommaviy axborot vositalari orqali xoʻjalik yurituvchi subyektning ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazish maqsadida bila turib yolgʻon, noaniq yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni tarqatish — | Raqobatchini obroʻsizlantirish, yaʼni bosma yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan matnlarda yoki ommaviy axborot vositalari orqali xoʻjalik yurituvchi subyektning ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazish maqsadida bila turib yolgʻon, noaniq yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni tarqatish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
XIII1 bob. Tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bogʻliq jinoyatlar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar | XIII1 bob. Tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bogʻliq jinoyatlar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar | ||||||
1921-modda. Xususiy mulk huquqini buzish | 1921-modda. Xususiy mulk huquqini buzish | ||||||
Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan xususiy mulkdorlarning huquqlarini buzish yoʻli bilan ularga zarar yetkazish, yaʼni mulk huquqini qonunga xilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum etish, xususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon boʻlgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish, shuningdek mulkdorning mulkini olib qoʻyish yoxud uni oʻz mol-mulkiga boʻlgan huquqidan voz kechishga majburlash, talon-toroj alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan xususiy mulkdorlarning huquqlarini buzish yoʻli bilan ularga zarar yetkazish, yaʼni mulk huquqini qonunga xilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum etish, xususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon boʻlgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish, mulkdorning mulkini olib qoʻyish yoxud uni oʻz mol-mulkiga boʻlgan huquqidan voz kechishga majburlash, shuningdek tovarlar va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishiga va (yoki) realizatsiya qilinishiga qonunga xilof ravishda aralashish yoxud toʻsqinlik qilish, talon-toroj alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | a) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | ||||||
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
1922-modda. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish | 1922-modda. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish | ||||||
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishning va moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, xuddi shuningdek tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonunga xilof ravishda tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) oʻtkazish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishning va moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, xuddi shuningdek tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonunga xilof ravishda tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) oʻtkazish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | a) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | ||||||
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
1923-modda. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda toʻxtatib turish | 1923-modda. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda toʻxtatib turish | ||||||
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda toʻxtatib turish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda toʻxtatib turish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | a) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | ||||||
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
1924-modda. Tadbirkorlik subyektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish | 1924-modda. Tadbirkorlik subyektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish | ||||||
Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan tadbirkorlik subyektlarini pul mablagʻlarini hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bogʻliq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan tadbirkorlik subyektlarini pul mablagʻlarini hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bogʻliq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | ||||||
1925-modda. Litsenziyalash toʻgʻrisidagi qonunchilikni va ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish | 1925-modda. Litsenziyalash toʻgʻrisidagi qonunchilikni va ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish | ||||||
Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishning belgilangan tartibi hamda muddatlarini buzish, shu jumladan litsenziyalarning va ruxsat berish tartib-taomillarining yangi turlarini qonunga xilof ravishda joriy etish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishning belgilangan tartibi hamda muddatlarini buzish, shu jumladan litsenziyalarning va ruxsat berish tartib-taomillarining yangi turlarini qonunga xilof ravishda joriy etish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | ||||||
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
1926-modda. Imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashni gʻayriqonuniy ravishda rad etish, qoʻllamaslik yoki qoʻllashga toʻsqinlik qilish | 1926-modda. Imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashni gʻayriqonuniy ravishda rad etish, qoʻllamaslik yoki qoʻllashga toʻsqinlik qilish | ||||||
Tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashni gʻayriqonuniy ravishda rad etish, qoʻllamaslik yoki qoʻllashga toʻsqinlik qilish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashni gʻayriqonuniy ravishda rad etish, qoʻllamaslik yoki qoʻllashga toʻsqinlik qilish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | ||||||
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
1927-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga va boshqa tashkilotlarga pul mablagʻlari berishni asossiz ravishda kechiktirish | 1927-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga va boshqa tashkilotlarga pul mablagʻlari berishni asossiz ravishda kechiktirish | ||||||
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga va boshqa tashkilotlarga ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan oʻzga toʻlovlarni toʻlash uchun pul mablagʻlari berishni bankning mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan asossiz ravishda kechiktirish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga va boshqa tashkilotlarga ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan oʻzga toʻlovlarni toʻlash uchun pul mablagʻlari berishni bankning mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan asossiz ravishda kechiktirish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
1928-modda. Tadbirkorlik subyektlarining hisobvaraqlarida pul mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotni qonunga xilof ravishda talab qilib olish | 1928-modda. Tadbirkorlik subyektlarining hisobvaraqlarida pul mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotni qonunga xilof ravishda talab qilib olish | ||||||
Qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda tadbirkorlik subyektlarining hisobvaraqlarida pul mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotni talab qilib olish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda tadbirkorlik subyektlarining hisobvaraqlarida pul mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotni talab qilib olish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
1929-modda. Tijoratda pora evaziga ogʻdirib olish | 1929-modda. Tijoratda pora evaziga ogʻdirib olish | ||||||
Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, — | Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor shaxsining oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi, — | Nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor shaxsining oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | ||||||
a) takroran; | a) takroran; | ||||||
b) koʻp miqdorda; | b) koʻp miqdorda; | ||||||
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | ||||||
a) takroran; | a) takroran; | ||||||
b) koʻp miqdorda; | b) koʻp miqdorda; | ||||||
v) tamagirlik yoʻli bilan; | v) tamagirlik yoʻli bilan; | ||||||
g) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | g) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda; | a) juda koʻp miqdorda; | ||||||
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Basharti pora evaziga ogʻdirib olishni amalga oshirgan shaxsga nisbatan moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat soʻrab tovlamachilik qilingan boʻlsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda oʻttiz sutka ichida oʻz ixtiyori bilan arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod etiladi. | Basharti pora evaziga ogʻdirib olishni amalga oshirgan shaxsga nisbatan moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat soʻrab tovlamachilik qilingan boʻlsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda oʻttiz sutka ichida oʻz ixtiyori bilan arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod etiladi. | ||||||
19210-modda. Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga ogʻdirib olish | 19210-modda. Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga ogʻdirib olish | ||||||
Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisiga mazkur xizmatchining oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisiga mazkur xizmatchining oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti xizmatchisining oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti xizmatchisining oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
19211-modda. Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish | 19211-modda. Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish | ||||||
Mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish, yaʼni nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor shaxsining oʻz mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish, yaʼni nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor shaxsining oʻz mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | ||||||
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab; v) gʻarazgoʻylik niyatlarida sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | ||||||
19212-modda. Pul mablagʻlarini qonunga xilof ravishda oʻtkazish yoki olib qoʻyish yoxud ularni oʻz vaqtida qaytarmaslik Tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda oʻtkazish yoki olib qoʻyish yoxud ortiqcha undirilgan pul mablagʻlarini oʻz vaqtida qaytarmaslik, talon-toroj qilish alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo qoʻllanilmaydi. | |||||||
TOʻRTINCHI BOʻLIM EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLAR | TOʻRTINCHI BOʻLIM EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLAR | ||||||
XIV bob. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar | XIV bob. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar | ||||||
193-modda. Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish | 193-modda. Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish | ||||||
Sanoat, energetika, transport, kommunal xizmat, agrosanoat, ilm-fan obyektlari yoki boshqa obyektlarni loyihalash, joylashtirish, qurish va ishga tushirib foydalanish normalari va qoidalarining mansabdor shaxs tomonidan buzilishi, yoxud davlat komissiyasining aʼzolari tomonidan bu obyektlarni normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarni buzib qabul qilinishi insonning oʻlimi, odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, ekologiyaga salbiy taʼsir qiladigan darajada atrof muhitning oʻzgarib ketishiga yoki boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — | Sanoat, energetika, transport, kommunal xizmat, agrosanoat, ilm-fan obyektlari yoki boshqa obyektlarni loyihalash, joylashtirish, qurish va ishga tushirib foydalanish normalari va qoidalarining mansabdor shaxs tomonidan buzilishi, yoxud davlat komissiyasining aʼzolari tomonidan bu obyektlarni normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarni buzib qabul qilinishi insonning oʻlimi, odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, ekologiyaga salbiy taʼsir qiladigan darajada atrof muhitning oʻzgarib ketishiga yoki boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
194-modda. Atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qasddan yashirish yoki buzib koʻrsatish | 194-modda. Atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qasddan yashirish yoki buzib koʻrsatish | ||||||
Maxsus vakolatga ega mansabdor shaxslar tomonidan zararli ekologik oqibatlarni keltirib chiqargan halokatlar yoki atrof tabiiy muhitning radiatsiyaviy, kimyoviy, bakteriyaviy ifloslanganligi yoxud odam hayoti yoki sogʻligʻi, tirik tabiat uchun xavfli boʻlgan boshqacha tarzda ifloslanganligi haqidagi yoxud aholi salomatligining holatiga doir maʼlumotlarni qasddan yashirilishi yoki buzib taqdim etilishi aholining ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | Maxsus vakolatga ega mansabdor shaxslar tomonidan zararli ekologik oqibatlarni keltirib chiqargan halokatlar yoki atrof tabiiy muhitning radiatsiyaviy, kimyoviy, bakteriyaviy ifloslanganligi yoxud odam hayoti yoki sogʻligʻi, tirik tabiat uchun xavfli boʻlgan boshqacha tarzda ifloslanganligi haqidagi yoxud aholi salomatligining holatiga doir maʼlumotlarni qasddan yashirilishi yoki buzib taqdim etilishi aholining ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmishlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | Oʻsha qilmishlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
195-modda. Atrof tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish choralarini koʻrmaslik | 195-modda. Atrof tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish choralarini koʻrmaslik | ||||||
Mansabdor shaxsning ekologiyasi ifloslangan joylarni dezaktivatsiya qilish yoki boshqacha tarzda tiklash choralarini koʻrishdan boʻyin tovlashi yoki bunday ishlarni yetarli darajada bajarmasligi odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | Mansabdor shaxsning ekologiyasi ifloslangan joylarni dezaktivatsiya qilish yoki boshqacha tarzda tiklash choralarini koʻrishdan boʻyin tovlashi yoki bunday ishlarni yetarli darajada bajarmasligi odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmishlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | Oʻsha qilmishlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
196-modda. Atrof tabiiy muhitni ifloslantirish | 196-modda. Atrof tabiiy muhitni ifloslantirish | ||||||
Yerlarni ifloslantirish yoki buzish, suv yoki atmosfera havosini ifloslantirish odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | Yerlarni ifloslantirish yoki buzish, suv yoki atmosfera havosini ifloslantirish odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmishlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | Oʻsha qilmishlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 1961-modda. Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish, bundan yer osti suvlari va daryolar oʻzanlarida joylashgan foydali qazilmalar mustasno, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 1962-modda. Foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olish Foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olish, bundan yer osti suvlari va daryolar oʻzanlarida joylashgan foydali qazilmalar mustasno, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
197-modda. Yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish | 197-modda. Yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish | ||||||
Yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | Yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
1971-modda. Sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrmaslik | 1971-modda. Sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrmaslik | ||||||
Sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha, shu jumladan yer uchastkasi oʻzboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti toʻgʻrisida vakolatli organlarni xabardor etish boʻyicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar koʻrmaslik, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha, shu jumladan yer uchastkasi oʻzboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti toʻgʻrisida vakolatli organlarni xabardor etish boʻyicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar koʻrmaslik, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) takroran; | a) takroran; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini taʼminlasa hamda oʻzboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf qilsa, javobgarlikdan ozod etiladi. | Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini taʼminlasa hamda oʻzboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf qilsa, javobgarlikdan ozod etiladi. | ||||||
198-modda. Ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish | 198-modda. Ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish | ||||||
Olovga ehtiyotsizlik bilan munosabatda boʻlish natijasida ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | Olovga ehtiyotsizlik bilan munosabatda boʻlish natijasida ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni qonunga xilof ravishda kesish koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni qonunga xilof ravishda kesish koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish, nobud qilish koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish, nobud qilish koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | ||||||
1981-modda. Qonunga xilof ravishda oʻrmon fondi yerlarini berish, ulardan foydalanish, ularda bino-inshootlar qurish Qonunga xilof ravishda oʻrmon fondi yerlarini berish, ulardan foydalanish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻrmon fondi yerlarida qonunga xilof ravishda bino-inshootlar qurish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar: a) takroran; b) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. | |||||||
199-modda. Oʻsimliklar kasalliklari yoki zararkunandalari bilan kurash talablarini buzish | 199-modda. Oʻsimliklar kasalliklari yoki zararkunandalari bilan kurash talablarini buzish | ||||||
Oʻsimliklar kasalliklari yoki zararkunandalari bilan kurash talablarini buzish ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | Oʻsimliklar kasalliklari yoki zararkunandalari bilan kurash talablarini buzish ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
200-modda. Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish | 200-modda. Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish | ||||||
Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish hayvonlarning yoki parrandalarning epidemik kasalliklari (epizootiyalar) tarqalishiga, ularning yalpi qirilib ketishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — | Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish hayvonlarning yoki parrandalarning epidemik kasalliklari (epizootiyalar) tarqalishiga, ularning yalpi qirilib ketishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
201-modda. Zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada boʻlish qoidalarini buzish | 201-modda. Zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada boʻlish qoidalarini buzish | ||||||
Xoʻjalik faoliyatida oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral oʻgʻit, oʻsish biostimulyatori yoki boshqa kimyoviy dorilarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish odamlarning ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoxud boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — | Xoʻjalik faoliyatida oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral oʻgʻit, oʻsish biostimulyatori yoki boshqa kimyoviy dorilarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish odamlarning ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoxud boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | Oʻsha harakatlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
202-modda. Hayvonot yoki oʻsimlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish | 202-modda. Hayvonot yoki oʻsimlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish | ||||||
Ov qilish va baliq ovlash yoki hayvonot dunyosining boshqa turlarini tutish qoidalarini buzish, kamyob va yoʻqolib borayotgan hayvon turlarini tutishning yoxud yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning dorivor, ozuqaviy va manzarali (dekorativ) turlarini yigʻish yoki tayyorlashning belgilangan tartibini yoki shartlarini, xuddi shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi hayvonot yoki oʻsimlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Ov qilish va baliq ovlash yoki hayvonot dunyosining boshqa turlarini tutish qoidalarini buzish, kamyob va yoʻqolib borayotgan hayvon turlarini tutishning yoxud yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning dorivor, ozuqaviy va manzarali (dekorativ) turlarini yigʻish yoki tayyorlashning belgilangan tartibini yoki shartlarini, xuddi shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi hayvonot yoki oʻsimlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmishlar: | Oʻsha qilmishlar: | ||||||
a) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | a) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan toʻrt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan toʻrt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmishlar: | Oʻsha qilmishlar: | ||||||
a) xavfli retsidivist tomonidan; | a) xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) shaxsning oʻz xizmat mavqeyidan foydalanib; | b) shaxsning oʻz xizmat mavqeyidan foydalanib; | ||||||
v) yerda, suvda yoki havoda ishlatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan vositalardan foydalanib; | v) yerda, suvda yoki havoda ishlatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan vositalardan foydalanib; | ||||||
g) taqiqlangan qurollarni yoki vositalarni qoʻllagan holda; | g) taqiqlangan qurollardan yoki usullardan foydalangan holda (bundan elektr tokini, portlovchi, kimyoviy moddalarni yoki biologik preparatlarni qoʻllash hollari mustasno); | ||||||
d) uyushgan guruh tomonidan; | d) uyushgan guruh tomonidan; | ||||||
e) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | e) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | ||||||
j) Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot yoki oʻsimlik dunyosi turlarini nobud qilgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | j) Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot yoki oʻsimlik dunyosi turlarini nobud qilgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni uch karra miqdorda, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib borayotgan hayvonot hamda oʻsimlik dunyosi turlariga nisbatan yetkazilgan zararning oʻrni esa besh karra miqdorda qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Elektr tokini, portlovchi, kimyoviy moddalarni yoki biologik preparatlarni qoʻllagan holda ov qilish yoxud baliq ovlash, – bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni uch karra miqdorda, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib borayotgan hayvonot hamda oʻsimlik dunyosi turlariga nisbatan yetkazilgan zararning oʻrni esa besh karra miqdorda qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi, bundan ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. | ||||||
2021-modda. Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish | 2021-modda. Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish | ||||||
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish, yaʼni gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda ularni qiynoqqa solish yoxud ularga azob berish ularning oʻlimiga yoki mayib boʻlishiga olib kelsa, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish, yaʼni gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda ularni qiynoqqa solish yoxud ularga azob berish ularning oʻlimiga yoki mayib boʻlishiga olib kelsa, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha ozodlikni cheklash yoki olti oygacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha ozodlikni cheklash yoki olti oygacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
203-modda. Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish | 203-modda. Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish | ||||||
Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
204-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzish | 204-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzish | ||||||
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzish koʻp miqdorda zarar yetkazilishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzish koʻp miqdorda zarar yetkazilishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Muhofaza etiladigan tabiiy hudud yoki obyektlarni qasddan nobud qilish yoki ularga shikast yetkazish koʻp miqdorda zarar yetkazilishi yoxud boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | Muhofaza etiladigan tabiiy hudud yoki obyektlarni qasddan nobud qilish yoki ularga shikast yetkazish koʻp miqdorda zarar yetkazilishi yoxud boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
BESHINCHI BOʻLIM HOKIMIYAT, BOSHQARUV VA JAMOAT BIRLASHMALARI ORGANLARINING FAOLIYAT TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR | BESHINCHI BOʻLIM HOKIMIYAT, BOSHQARUV VA JAMOAT BIRLASHMALARI ORGANLARINING FAOLIYAT TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR | ||||||
XV bob. Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar | XV bob. Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar | ||||||
205-modda. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish | 205-modda. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish | ||||||
Hokimiyatni yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining oʻz mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Hokimiyatni yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining oʻz mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | ||||||
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab; v) gʻarazgoʻylik niyatlarida sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
206-modda. Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish | 206-modda. Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish | ||||||
Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining oʻziga qonun bilan berilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqadigan harakatlarni qasddan sodir etishi, fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining oʻziga qonun bilan berilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqadigan harakatlarni qasddan sodir etishi, fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | ||||||
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab; v) gʻarazgoʻylik niyatlarida sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
207-modda. Mansabga sovuqqonlik bilan qarash | 207-modda. Mansabga sovuqqonlik bilan qarash | ||||||
Mansabga sovuqqonlik bilan qarash, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining oʻz vazifalariga loqaydlik yoki vijdonsizlarcha munosabatda boʻlishi oqibatida ularni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Mansabga sovuqqonlik bilan qarash, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining oʻz vazifalariga loqaydlik yoki vijdonsizlarcha munosabatda boʻlishi oqibatida ularni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Oʻsha qilmish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmishlar: | Oʻsha qilmishlar: | ||||||
a) odam oʻlishiga; | a) odam oʻlishiga; | ||||||
b) giyovandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalarning koʻp miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi davlat yoki bojxona chegaralari orqali qonunga xilof ravishda olib oʻtilishiga sabab boʻlsa, — | b) giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning yoki ularning analoglarining koʻp miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi davlat yoki bojxona chegaralari orqali qonunga xilof ravishda olib oʻtilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
208-modda. Hokimiyat harakatsizligi | 208-modda. Hokimiyat harakatsizligi | ||||||
Hokimiyat harakatsizligi, yaʼni davlat organi mansabdor shaxsining oʻz xizmat vazifasi yuzasidan bajarishi lozim yoki mumkin boʻlgan harakatlarni qasddan bajarmasligi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, xuddi shuningdek bunday harakatsizlik jinoyatga yoʻl qoʻygan holda sodir etilgan boʻlsa, — | Hokimiyat harakatsizligi, yaʼni davlat organi mansabdor shaxsining oʻz xizmat vazifasi yuzasidan bajarishi lozim yoki mumkin boʻlgan harakatlarni qasddan bajarmasligi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, xuddi shuningdek bunday harakatsizlik jinoyatga yoʻl qoʻygan holda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Hokimiyat harakatsizligi gʻarazgoʻylik niyatlarida sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | |||||||
209-modda. Mansab soxtakorligi | 209-modda. Mansab soxtakorligi | ||||||
Mansab soxtakorligi, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining gʻarazgoʻylik yoki boshqa manfaatlarni koʻzlab rasmiy hujjatlarga bila turib soxta maʼlumotlar va yozuvlar kiritishi, hujjatlarni qalbakilashtirishi yoki bila turib soxta hujjatlar tuzishi va taqdim etishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Mansab soxtakorligi, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining rasmiy hujjatlarga bila turib soxta maʼlumotlar va yozuvlar kiritishi, hujjatlarni qalbakilashtirishi yoki bila turib soxta hujjatlar tuzishi va taqdim etishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab; v) gʻarazgoʻylik niyatlarida sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
210-modda. Pora olish | 210-modda. Pora olish | ||||||
Pora olish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan oʻzi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor boʻlishi, — | Pora olish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan oʻzi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor boʻlishi, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Pora olish: | Pora olish: | ||||||
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 211 yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; | a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 211 yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; | ||||||
b) koʻp miqdorda; | b) koʻp miqdorda; | ||||||
v) tamagirlik yoʻli bilan; | v) tamagirlik yoʻli bilan; | ||||||
g) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | g) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Pora olish: | Pora olish: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda; | a) juda koʻp miqdorda; | ||||||
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
211-modda. Pora berish | 211-modda. Pora berish | ||||||
Pora berish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, — | Pora berish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Pora berish: | Pora berish: | ||||||
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; | a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; | ||||||
b) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — | b) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Pora berish: | Pora berish: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda; | a) juda koʻp miqdorda; | ||||||
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Basharti, shaxsga nisbatan pora soʻrab tovlamachilik qilingan boʻlsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda oʻttiz sutka mobaynida oʻz ixtiyori bilan arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod etiladi. | Basharti, shaxsga nisbatan pora soʻrab tovlamachilik qilingan boʻlsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda oʻttiz sutka mobaynida oʻz ixtiyori bilan arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod etiladi. | ||||||
212-modda. Pora olish-berishda vositachilik qilish | 212-modda. Pora olish-berishda vositachilik qilish | ||||||
Pora olish-berishda vositachilik qilish, yaʼni pora olish yoki berish xususidagi kelishuvga erishishga qaratilgan faoliyat, shuningdek manfaatdor shaxslarning topshirigʻi bilan porani bevosita berish, — | Pora olish-berishda vositachilik qilish, yaʼni pora olish yoki berish xususidagi kelishuvga erishishga qaratilgan faoliyat, shuningdek manfaatdor shaxslarning topshirigʻi bilan porani bevosita berish, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 yoki 211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; | a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 yoki 211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; | ||||||
b) koʻp miqdorda pora olish yoki berish vaqtida; | b) koʻp miqdorda pora olish yoki berish vaqtida; | ||||||
v) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib pora olayotganligi vositachiga ayon boʻlgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | v) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib pora olayotganligi vositachiga ayon boʻlgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Pora olish-berishda vositachilik qilish: | Pora olish-berishda vositachilik qilish: | ||||||
a) haq evaziga; | a) haq evaziga; | ||||||
b) juda koʻp miqdorda pora olish yoki berish vaqtida; | b) juda koʻp miqdorda pora olish yoki berish vaqtida; | ||||||
v) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | v) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Basharti, pora olish-berishda vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir etganidan keyin bu haqda oʻttiz sutka mobaynida oʻz ixtiyori bilan arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, javobgarlikdan ozod qilinadi. | Basharti, pora olish-berishda vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir etganidan keyin bu haqda oʻttiz sutka mobaynida oʻz ixtiyori bilan arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, javobgarlikdan ozod qilinadi. | ||||||
213-modda. Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining xizmatchisini pora evaziga ogʻdirib olish | 213-modda. Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining xizmatchisini pora evaziga ogʻdirib olish | ||||||
Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining xizmatchisiga mazkur xizmatchining oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining xizmatchisiga mazkur xizmatchining oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻsha harakatlar ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 — 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; | a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 — 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; | ||||||
b) koʻp miqdorda; | b) koʻp miqdorda; | ||||||
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda; | a) juda koʻp miqdorda; | ||||||
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Basharti moddiy qimmatliklar bergan yoki mulkiy manfaatdor etgan shaxsga nisbatan moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat soʻrab tovlamachilik qilingan boʻlsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda oʻttiz sutka ichida oʻz ixtiyori bilan arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod etiladi. | Basharti moddiy qimmatliklar bergan yoki mulkiy manfaatdor etgan shaxsga nisbatan moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat soʻrab tovlamachilik qilingan boʻlsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda oʻttiz sutka ichida oʻz ixtiyori bilan arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod etiladi. | ||||||
214-modda. Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi | 214-modda. Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi | ||||||
Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi xizmatchisining oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda bajarishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi xizmatchisining oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda bajarishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) ancha miqdorda; | a) ancha miqdorda; | ||||||
b) tamagirlik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — | b) tamagirlik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 — 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; | a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 — 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; | ||||||
b) koʻp miqdorda; | b) koʻp miqdorda; | ||||||
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | ||||||
g) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi munosabati bilan shaxsga nisbatan tamagirlik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — | g) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi munosabati bilan shaxsga nisbatan tamagirlik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda; | a) juda koʻp miqdorda; | ||||||
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2141-modda. Sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi Sport musobaqalari natijalarini yoki ularning borishini qasddan oʻzgartirish maqsadida sportchining, trenerning, sport hakamining yoxud sport musobaqalari boshqa ishtirokchilarining va tashkilotchilarining ular bajarishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni pora evaziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoxud bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi, ushbu Kodeksning 210 va 214-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud boʻlmaganda, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) takroran; b) koʻp miqdorda; v) tamagirlik yoʻli bilan; g) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) juda koʻp miqdorda; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 2142-modda. Sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga ogʻdirib olish Sport musobaqalari natijalarini yoki ularning borishini qasddan oʻzgartirish maqsadida sportchiga, trenerga, sport hakamiga yoxud sport musobaqalarining boshqa ishtirokchilari va tashkilotchilariga ular bajarishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni pora evaziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoxud bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki ularni mulkiy manfaatdor etish, ushbu Kodeksning 211 va 213-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud boʻlmaganda, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) takroran; b) koʻp miqdorda; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) juda koʻp miqdorda; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Agar moddiy qimmatliklar bergan yoki mulkiy manfaatdor etgan shaxsga nisbatan moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat soʻrab tovlamachilik qilingan boʻlsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda oʻttiz sutka ichida oʻz ixtiyori bilan arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlsa va jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod etiladi. | |||||||
215-modda. Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish | 215-modda. Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish | ||||||
Oʻzbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat bayrogʻi, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish — | Oʻzbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat bayrogʻi, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
216-modda. Jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish | 216-modda. Jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish | ||||||
Gʻayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish yoki ularning faoliyatini tiklash, shuningdek bunday birlashmalar yoki tashkilotlar faoliyatida faol qatnashish — | Gʻayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish yoki ularning faoliyatini tiklash, shuningdek bunday birlashmalar yoki tashkilotlar faoliyatida faol qatnashish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2161-modda. Gʻayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar faoliyatida qatnashishga undash | 2161-modda. Gʻayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar faoliyatida qatnashishga undash | ||||||
Oʻzbekiston Respublikasida gʻayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻzbekiston Respublikasida gʻayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻsha harakatlar voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2162-modda. Diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish | 2162-modda. Diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish | ||||||
Nolegal diniy faoliyat bilan shugʻullanish, diniy tashkilotlar rahbarlarining mazkur tashkilotlar ustavini roʻyxatdan oʻtkazishdan bosh tortishi, ruhoniylar va diniy tashkilotlar aʼzolari tomonidan bolalar va oʻsmirlarning maxsus yigʻilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi boʻlmagan mehnat, adabiyot va boshqa xildagi toʻgaraklar hamda guruhlarni tashkil etish va oʻtkazish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa,— | Nolegal diniy faoliyat bilan shugʻullanish, diniy tashkilotlar rahbarlarining mazkur tashkilotlar ustavini roʻyxatdan oʻtkazishdan bosh tortishi, ruhoniylar va diniy tashkilotlar aʼzolari tomonidan bolalar va oʻsmirlarning maxsus yigʻilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi boʻlmagan mehnat, adabiyot va boshqa xildagi toʻgaraklar hamda guruhlarni tashkil etish va oʻtkazish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa,— | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa,— | Bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa,— | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
217-modda. Yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, oʻtkazish tartibini buzish | 217-modda. Yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, oʻtkazish tartibini buzish | ||||||
Yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish yoxud oʻtkazish tartibini ularning tashkilotchisi tomonidan buzish shunday harakatlari uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish yoxud oʻtkazish tartibini ularning tashkilotchisi tomonidan buzish shunday harakatlari uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Diniy yigʻilishlar, koʻcha yurishlari va boshqa diniy marosimlar oʻtkazish qoidalarini buzish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa,— | Diniy yigʻilishlar, koʻcha yurishlari va boshqa diniy marosimlar oʻtkazish qoidalarini buzish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa,— | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
218-modda. Taqiqlangan ish tashlashga rahbarlik qilish yoki favqulodda holat sharoitida korxona, muassasa yoxud tashkilotlar ishiga toʻsqinlik qilish | 218-modda. Favqulodda holat sharoitida korxona, muassasa yoxud tashkilotlar ishiga toʻsqinlik qilish | ||||||
Taqiqlangan ish tashlashga rahbarlik qilish, shuningdek, favqulodda holat sharoitida korxona, muassasa yoxud tashkilotlar ishiga toʻsqinlik qilish — | Favqulodda holat sharoitida korxona, muassasa yoxud tashkilotlar ishiga toʻsqinlik qilish, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2181-modda. Ish tashlash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish Noqonuniy ish tashlashga rahbarlik qilish, shuningdek ish tashlashda qatnashishga yoki unda qatnashmaslikka majbur qilish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga; b) odam oʻlishiga; v) boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Mehnat qonunchiligi bilan ish tashlash taqiqlangan hollarda unda ishtirok etishga majbur qilish va (yoki) unga rahbarlik qilish, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: a) odam oʻlishiga; b) boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | |||||||
219-modda. Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish | 219-modda. Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish | ||||||
Qarshilik koʻrsatish, yaʼni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik koʻrsatish — | Qarshilik koʻrsatish, yaʼni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik koʻrsatish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarni qanday shaklda boʻlmasin oʻzining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish — | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarni qanday shaklda boʻlmasin oʻzining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
220-modda. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlar | 220-modda. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlar | ||||||
Ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtayotgan shaxsning mahkumlarni terror qilish yoki maʼmuriyat vakillariga hujum qilishda, shuningdek, bunday maqsadlarda jinoiy guruhlar tashkil qilish yoki shunday guruhlar faoliyatida faol qatnashishda ifodalanadigan ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasasining ishini izdan chiqaruvchi harakatlari — | Ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtayotgan shaxsning mahkumlarni terror qilish yoki maʼmuriyat vakillariga hujum qilishda, shuningdek, bunday maqsadlarda jinoiy guruhlar tashkil qilish yoki shunday guruhlar faoliyatida faol qatnashishda ifodalanadigan ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasasining ishini izdan chiqaruvchi harakatlari — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) oʻta xavfli retsidivist; | a) oʻta xavfli retsidivist; | ||||||
b) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm etilgan shaxs; | b) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm etilgan shaxs; | ||||||
v) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | v) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
221-modda. Jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining qonuniy talablariga boʻysunmaslik | 221-modda. Jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining qonuniy talablariga boʻysunmaslik | ||||||
Ozodlikdan mahrum qilish joyida jazoni oʻtayotgan shaxsning jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining qonuniy talablariga boʻysunmasligi yoxud maʼmuriyatning oʻz faoliyatini amalga oshirishiga boshqacha yoʻsinda toʻsqinlik qilishi, basharti, mahkumga nisbatan bir yil mobaynida jazoni oʻtash tartibi talablarini buzganligi uchun jazoni ijro etish koloniyasining karseriga oʻtkazish tariqasidagi jazo qoʻllanilganidan yoki turmaga oʻtkazilganidan keyin sodir etilsa, — | Ozodlikdan mahrum qilish joyida jazoni oʻtayotgan shaxsning jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining qonuniy talablariga boʻysunmasligi yoxud maʼmuriyatning oʻz faoliyatini amalga oshirishiga boshqacha yoʻsinda toʻsqinlik qilishi, basharti, mahkumga nisbatan bir yil mobaynida jazoni oʻtash tartibi talablarini buzganligi uchun jazoni ijro etish koloniyasining karseriga oʻtkazish tariqasidagi jazo qoʻllanilganidan yoki turmaga oʻtkazilganidan keyin sodir etilsa, — | ||||||
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmishlar: | Oʻsha qilmishlar: | ||||||
a) oʻta xavfli retsidivist; | a) oʻta xavfli retsidivist; | ||||||
b) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm etilgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | b) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm etilgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
222-modda. Qamoqdan yoki qoʻriqlov ostidagi saqlash joyidan qochish | 222-modda. Qamoqdan yoki qoʻriqlov ostidagi saqlash joyidan qochish | ||||||
Qamoqda saqlanayotgan yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan shaxsning qamoqdan yoki qoʻriqlov ostidagi saqlash joyidan qochishi — | Qamoqda saqlanayotgan yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan shaxsning qamoqdan yoki qoʻriqlov ostidagi saqlash joyidan qochishi — | ||||||
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Qochish: | Qochish: | ||||||
a) badanga yengil yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazgan holda; | a) badanga yengil yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazgan holda; | ||||||
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
v) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa — | v) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa — | ||||||
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
223-modda. Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish | 223-modda. Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish | ||||||
Belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish yoxud chegaradan oʻtish — | Belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish yoxud Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) chegarani yorib oʻtish yoʻli bilan; | a) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini yorib oʻtish yoʻli bilan; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | ||||||
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
g) chet elga chiqishi uchun maxsus kelishuv talab qilinadigan mansabdor shaxs tomonidan; | g) chet elga chiqishi uchun maxsus kelishuv talab qilinadigan mansabdor shaxs tomonidan; | ||||||
d) Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi belgilangan tartibda cheklangan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa. | d) Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi belgilangan tartibda cheklangan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa. | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nazarda tutilgan siyosiy boshpana huquqidan foydalanish uchun kirish hujjatlarini tegishli darajada rasmiylashtirmasdan Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinadilar. | Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nazarda tutilgan siyosiy boshpana huquqidan foydalanish uchun kirish hujjatlarini tegishli darajada rasmiylashtirmasdan Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinadilar. | ||||||
225-modda. Harbiy yoki muqobil xizmatdan boʻyin tovlash | 225-modda. Harbiy yoki muqobil xizmatdan boʻyin tovlash | ||||||
Fuqarolarning muddatli harbiy xizmat yoki muqobil xizmatga chaqiruvdan, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati safiga olinish yoxud xizmatni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervida oʻtashdan uzrli sababsiz boʻyin tovlashi, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Fuqarolarning muddatli harbiy xizmat yoki muqobil xizmatga chaqiruvdan, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati safiga olinish yoxud xizmatni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervida oʻtashdan uzrli sababsiz boʻyin tovlashi, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) oʻz badaniga shikast yetkazish; | a) oʻz badaniga shikast yetkazish; | ||||||
b) hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha aldash yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — | b) hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha aldash yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga safarbarlik boʻyicha chaqiruvdan boʻyin tovlashi — | Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga safarbarlik boʻyicha chaqiruvdan boʻyin tovlashi — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
226-modda. Maʼmuriy nazorat qoidalarini buzish | 226-modda. Maʼmuriy nazorat qoidalarini buzish | ||||||
Ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan shaxsning maʼmuriy nazorat qoidalarini buzishi, mazkur shaxsga shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan shaxsning maʼmuriy nazorat qoidalarini buzishi, mazkur shaxsga shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Maʼmuriy nazorat qoidalarini buzish: | Maʼmuriy nazorat qoidalarini buzish: | ||||||
a) maʼmuriy nazoratdan boʻyin tovlash maqsadida oʻz istiqomat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketish; | a) maʼmuriy nazoratdan boʻyin tovlash maqsadida oʻz istiqomat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketish; | ||||||
b) maʼmuriy nazorat ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilish vaqtida shaxsga nisbatan oʻrnatilgan boʻlib, u oʻzi tanlagan yashash joyiga uzrli sabablarsiz muayyan muddatda yetib kelmasligi tufayli sodir etilgan boʻlsa, — | b) maʼmuriy nazorat ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilish vaqtida shaxsga nisbatan oʻrnatilgan boʻlib, u oʻzi tanlagan yashash joyiga uzrli sabablarsiz muayyan muddatda yetib kelmasligi tufayli sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
ikki yildan toʻrt yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan toʻrt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yildan toʻrt yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan toʻrt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
227-modda. Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish | 227-modda. Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish | ||||||
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning qatʼiy hisobidagi hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, shuningdek avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, xuddi shuningdek ularni nobud qilish, ularga shikast yetkazish, ularni yashirish gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda sodir etilgan boʻlsa. | Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning qatʼiy hisobidagi hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, shuningdek avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, xuddi shuningdek ularni nobud qilish, ularga shikast yetkazish, ularni yashirish gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda sodir etilgan boʻlsa. | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta, harbiy bilet yoki boshqa muhim shaxsiy hujjatlarga nisbatan yoxud oʻta muhim ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarga nisbatan sodir etilgan boʻlsa; | a) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta, harbiy bilet yoki boshqa muhim shaxsiy hujjatlarga nisbatan yoxud oʻta muhim ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarga nisbatan sodir etilgan boʻlsa; | ||||||
b) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | b) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2271-modda. Avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini yoki identifikatsiya raqamlarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, oʻtkazish yoki ulardan foydalanish, shuningdek ularni qalbakilashtirish Avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini yoki identifikatsiya (kuzov, shassi (rama), dvigatel) raqamlarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, oʻtkazish yoki ulardan foydalanish, shuningdek ularni qalbakilashtirish — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | |||||||
228-modda. Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish | 228-modda. Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish | ||||||
Soxtalashtiruvchining oʻzi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirishi yoxud bunday hujjatlarni sotishi, shunday maqsadlarda korxona, muassasa yoki tashkilotning qalbaki shtamplari, muhrlari, blankalarini tayyorlash yoxud sotish — | Soxtalashtiruvchining oʻzi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirishi yoxud bunday hujjatlarni sotishi, shunday maqsadlarda korxona, muassasa yoki tashkilotning qalbaki shtamplari, muhrlari, blankalarini tayyorlash yoxud sotish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish — | Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2281-modda. Davlat proba tamgʻalarini tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalarini buzish | 2281-modda. Davlat proba tamgʻalarini tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalarini buzish | ||||||
Gʻarazgoʻylik yoki boshqa shaxsiy manfaatlarni koʻzlab davlat proba tamgʻasini qonunga xilof ravishda tayyorlash, oʻtkazish yoki undan foydalanish, shuningdek uni qalbakilashtirish — | Gʻarazgoʻylik yoki boshqa shaxsiy manfaatlarni koʻzlab davlat proba tamgʻasini qonunga xilof ravishda tayyorlash, oʻtkazish yoki undan foydalanish, shuningdek uni qalbakilashtirish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) takroran; | a) takroran; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2282-modda. Avtomototransport vositalari, shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini va traktorchi-mashinistlarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash, shuningdek imtihonlar oʻtkazish va guvohnomalar berish tartibini buzish Masʼul shaxs tomonidan tegishli toifadagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini yoxud traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha oʻqishni tugatganligi haqidagi guvohnomani berishda taʼlim oluvchining oʻquv dasturini oʻzlashtirganligi yoki yakuniy imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtganligi toʻgʻrisidagi soxta maʼlumotlarni oʻquv jurnallariga, yoʻl varaqalariga yoki imtihon komissiyasi bayonnomasiga kiritish yoxud ushbu soxta maʼlumotlarga asoslanib guvohnoma berish, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Masʼul shaxs tomonidan avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olishga asos boʻladigan maxsus sertifikatni yoki traktorchi-mashinist guvohnomasini berishda nomzodning nazariy va amaliy imtihonlar natijalari toʻgʻrisidagi soxta maʼlumotlarni taʼlim oluvchining imtihon varaqasiga yoki imtihon natijalari bayonnomasiga kiritish yoxud ushbu soxta maʼlumotlarga asoslanib maxsus sertifikat berish, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar: a) takroran; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa; v) ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | |||||||
229-modda. Oʻzboshimchalik | 229-modda. Oʻzboshimchalik | ||||||
Oʻzboshimchalik, yaʼni haqiqiy yoki faraz qilingan huquqlarni oʻzboshimchalik bilan amalga oshirish fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Oʻzboshimchalik, yaʼni haqiqiy yoki faraz qilingan huquqlarni oʻzboshimchalik bilan amalga oshirish fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
2291-modda. Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish | 2291-modda. Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish | ||||||
Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud boʻlmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud boʻlmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Sugʻoriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda oʻzboshimchalik bilan egallab olish, — | Sugʻoriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda oʻzboshimchalik bilan egallab olish, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda taʼminlasa hamda oʻzboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda taʼminlasa hamda oʻzboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | ||||||
2292-modda. Diniy taʼlimotdan saboq berish tartibini buzish | 2292-modda. Diniy taʼlimotdan saboq berish tartibini buzish | ||||||
Maxsus diniy maʼlumoti boʻlmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy taʼlimotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda diniy taʼlimotdan saboq berish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Maxsus diniy maʼlumoti boʻlmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy taʼlimotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda diniy taʼlimotdan saboq berish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2293-modda. Belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) buzgan holda binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarining qoʻriqlanadigan tegralarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan oʻzining tarixiy-madaniy qimmatiga koʻra Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qoʻriqlanadigan tegralarida moddiy madaniy meros obyektlari hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda boshqa obyektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan qurish yoki buzish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | Maxsus diniy maʼlumoti boʻlmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz voyaga yetmagan shaxsga diniy taʼlimotdan saboq berish, xuddi shuningdek voyaga yetmagan shaxsga xususiy tartibda diniy taʼlimotdan saboq berish, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 2293-modda. Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish Qurilishi tugallangan binolar va inshootlardan foydalanishga doir ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilish qoidalarini buzish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Obyektlarni qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasiz qurish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Koʻp kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni qonunchilikni hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda oʻzgartirish va (yoki) rekonstruksiya qilish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish yoki aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga, ularni rejalashtirish va qurish loyihalariga zid ravishda (bosh rejalarda nazarda tutilmagan) binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarining qoʻriqlanadigan tegralarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan oʻzining tarixiy-madaniy qimmatiga koʻra Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qoʻriqlanadigan tegralarida moddiy madaniy meros obyektlari hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda boshqa obyektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan qurish yoki buzish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar odam oʻlishiga yoxud boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u koʻp kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarning amalga oshirilgan oʻzgartirilishini yoki ularni rekonstruksiya qilish tufayli yoʻl qoʻyilgan buzilishlarni, shuningdek ularning oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi. | ||||||
2294-modda. Yer berish tartibini buzish | 2294-modda. Yer berish tartibini buzish | ||||||
Yer berish tartibini buzish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Yer berish tartibini buzish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) takroran sodir etilgan boʻlsa; | a) takroran sodir etilgan boʻlsa; | ||||||
b) sugʻoriladigan yerlarning qishloq xoʻjaligi oborotidan chiqishiga sabab boʻlsa; | b) sugʻoriladigan yerlarning qishloq xoʻjaligi oborotidan chiqishiga sabab boʻlsa; | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa; g) davlat mulki boʻlgan hamda aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerning yoki uning bir qismining begonalashtirilishiga, uning hududi qisqartirilishiga sabab boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2295-modda. Yer uchastkasini noqonuniy olib qoʻyish | 2295-modda. Yer uchastkasini noqonuniy olib qoʻyish | ||||||
Yer uchastkasini noqonuniy olib qoʻyish shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Yer uchastkasini noqonuniy olib qoʻyish shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Yer uchastkasining noqonuniy olib qoʻyilishi olib qoʻyilayotgan yer uchastkasidagi binolarni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni yoxud ularning qismlarini, mazkur mol-mulkning bozor qiymati, shuningdek uning mulkdoriga bunday olib qoʻyish munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrni oldindan va toʻliq qoplanmagan holda buzib tashlashga sabab boʻlsa, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin yoki ancha miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | Yer uchastkasining noqonuniy olib qoʻyilishi olib qoʻyilayotgan yer uchastkasidagi binolarni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni yoxud ularning qismlarini, mazkur mol-mulkning bozor qiymati, shuningdek uning mulkdoriga bunday olib qoʻyish munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrni oldindan va toʻliq qoplanmagan holda buzib tashlashga sabab boʻlsa, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin yoki ancha miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud muayyan huquqdan mahrum etib uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud muayyan huquqdan mahrum etib uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Xuddi shunday harakatlar koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | Xuddi shunday harakatlar koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Xuddi shunday harakatlar koʻpchilik uchun xavfli boʻlgan usulda yoki juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | Xuddi shunday harakatlar koʻpchilik uchun xavfli boʻlgan usulda yoki juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
muayyan huquqdan mahrum etib besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | muayyan huquqdan mahrum etib besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2296-modda. Sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berish | 2296-modda. Sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berish | ||||||
Sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berish, — | Sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berish, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) yerlarga koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa; | a) yerlarga koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | ||||||
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
g) xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, — | g) xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) yerlarga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa; | a) yerlarga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa; | ||||||
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
muayyan huquqdan mahrum qilib, sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | muayyan huquqdan mahrum qilib, sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u yer uchastkasining qaytarilishini hamda yerning qishloq xoʻjaligi oborotiga kiritilishini taʼminlasa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u yer uchastkasining qaytarilishini hamda yerning qishloq xoʻjaligi oborotiga kiritilishini taʼminlasa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | ||||||
XVI bob. Odil sudlovga qarshi jinoyatlar | XVI bob. Odil sudlovga qarshi jinoyatlar | ||||||
230-modda. Aybsiz kishini javobgarlikka tortish | 230-modda. Aybsiz kishini javobgarlikka tortish | ||||||
Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan aybsizligi ayon boʻlgan shaxsni ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etganlikda ayblab javobgarlikka tortish — | Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan aybsizligi ayon boʻlgan shaxsni ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etganlikda ayblab javobgarlikka tortish — | ||||||
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat ogʻir yoki oʻta ogʻir ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlikda ayblab sodir etilsa, — | Oʻsha harakat ogʻir yoki oʻta ogʻir ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlikda ayblab sodir etilsa, — | ||||||
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2301-modda. Dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) | 2301-modda. Dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) | ||||||
Isbotlashni amalga oshirayotgan shaxslar yoki isbotlashda ishtirok etish uchun jalb qilinayotgan shaxslar tomonidan dalillarning tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlari materiallari boʻyicha dalillarni toʻplash, tekshirish va baholash chogʻida gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda hujjatlarga yoxud ashyolarga bila turib yolgʻon maʼlumotlarni kiritishda va oʻzga buzib koʻrsatishlarda namoyon boʻladigan soxtalashtirilishi (qalbakilashtirilishi), — | Isbotlashni amalga oshirayotgan shaxslar yoki isbotlashda ishtirok etish uchun jalb qilinayotgan shaxslar tomonidan dalillarning tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlari materiallari boʻyicha dalillarni toʻplash, tekshirish va baholash chogʻida gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda hujjatlarga yoxud ashyolarga bila turib yolgʻon maʼlumotlarni kiritishda va oʻzga buzib koʻrsatishlarda namoyon boʻladigan soxtalashtirilishi (qalbakilashtirilishi), — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa; | a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa; | ||||||
b) shaxsni ushlab turishga, qamoqqa olishga, jinoiy javobgarlikka tortishga yoki jinoiy javobgarlikdan ozod etishga, hukm qilishga yoxud oqlashga sabab boʻlsa, — | b) shaxsni ushlab turishga, qamoqqa olishga, jinoiy javobgarlikka tortishga yoki jinoiy javobgarlikdan ozod etishga, hukm qilishga yoxud oqlashga sabab boʻlsa, — | ||||||
muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat toʻgʻrisidagi jinoyat ishi boʻyicha dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish), xuddi shuningdek dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) ogʻir oqibatlarga olib kelgan boʻlsa, — | Ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat toʻgʻrisidagi jinoyat ishi boʻyicha dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish), xuddi shuningdek dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) ogʻir oqibatlarga olib kelgan boʻlsa, — | ||||||
muayyan huquqdan mahrum etib, yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | muayyan huquqdan mahrum etib, yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2302-modda. Tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini soxtalashtirish (qalbakilashtirish) | 2302-modda. Tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini soxtalashtirish (qalbakilashtirish) | ||||||
Jinoyatni sodir etishga aloqasi yoʻqligi oldindan ayon boʻlgan shaxsni jinoiy taʼqib qilish maqsadida yoxud shaxsning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsiga zarar yetkazish maqsadida tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishga vakolatli shaxslar tomonidan soxtalashtirish (qalbakilashtirish), — | Jinoyatni sodir etishga aloqasi yoʻqligi oldindan ayon boʻlgan shaxsni jinoiy taʼqib qilish maqsadida yoxud shaxsning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsiga zarar yetkazish maqsadida tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishga vakolatli shaxslar tomonidan soxtalashtirish (qalbakilashtirish), — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmishlar axborotni nooshkora olish uchun moʻljallangan maxsus texnika vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻsha qilmishlar axborotni nooshkora olish uchun moʻljallangan maxsus texnika vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
231-modda. Adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish | 231-modda. Adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish | ||||||
Oldindan bila turib, adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish — | Oldindan bila turib, adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish — | ||||||
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat odam oʻlishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | Oʻsha harakat odam oʻlishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
232-modda. Sud hujjatini ijro etmaslik | 232-modda. Sud hujjatini ijro etmaslik | ||||||
Muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlashni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin davom ettirish, shuningdek sud hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilish, — | Muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlashni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin davom ettirish, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmishlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻsha qilmishlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2321-modda. Sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish Sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish, yaʼni ijro hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilishni yoki davlat ijrochisiga turli shaklda qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazishni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin davom ettirish, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmishlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | |||||||
233-modda. Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish | 233-modda. Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish | ||||||
Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish, yaʼni band solingan yoxud garovga qoʻyilgan mulkni ishonib topshirib qoʻyilgan shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda oʻzlashtirish, rastrata qilish, yashirish, nobud qilish yoki unga shikast yetkazish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, xuddi shuningdek bank yoki boshqa kredit tashkiloti xodimi tomonidan band solingan pul mablagʻlari (omonatlari) bilan bank operatsiyalarini amalga oshirish, — | Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish, yaʼni band solingan yoxud garovga qoʻyilgan mulkni ishonib topshirib qoʻyilgan shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda oʻzlashtirish, rastrata qilish, yashirish, nobud qilish yoki unga shikast yetkazish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, xuddi shuningdek bank yoki boshqa kredit tashkiloti xodimi tomonidan band solingan pul mablagʻlari (omonatlari) bilan bank operatsiyalarini amalga oshirish, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. | ||||||
234-modda. Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish | 234-modda. Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish | ||||||
Bila turib, qonunga xilof ravishda ushlab turish, yaʼni tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan qonuniy asosga ega boʻlmagan holda shaxs erkinligining qisqa muddatga cheklanishi — | Bila turib, qonunga xilof ravishda ushlab turish, yaʼni tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan qonuniy asosga ega boʻlmagan holda shaxs erkinligining qisqa muddatga cheklanishi — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Bila turib, qonunga xilof ravishda hibsga olish yoki hibsda saqlash — | Bila turib, qonunga xilof ravishda hibsga olish yoki hibsda saqlash — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
235-modda. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash | 235-modda. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash | ||||||
Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash, yaʼni maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsga, shuningdek gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga, guvohga, jabrlanuvchiga, jinoyat protsessining boshqa ishtirokchisiga yoxud ularning yaqin qarindoshlariga ulardan yoki boshqa uchinchi shaxsdan biror-bir axborot olish, jinoyat sodir etganligiga iqrorlik koʻrsatuvi olish maqsadida, ularni sodir etilgan qilmish uchun oʻzboshimchalik bilan jazolash yoxud biror-bir harakatni sodir etishga majburlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organning yoki boshqa davlat organining xodimi tomonidan yoxud uning dalolatchiligida yoki xabardorligida yoxud indamay bergan roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan qoʻrqitish, urish, doʻpposlash, qiynash, azob berish yoʻli bilan yoki qonunga xilof boshqa harakatlar vositasida sodir etilgan qonunga xilof ruhiy, psixologik, jismoniy bosim oʻtkazish yoki boshqacha tarzda bosim oʻtkazish, — | Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash, yaʼni maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsga, shuningdek gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga, guvohga, jabrlanuvchiga, jinoyat protsessining boshqa ishtirokchisiga yoxud ularning yaqin qarindoshlariga ulardan yoki boshqa uchinchi shaxsdan biror-bir axborot olish, jinoyat sodir etganligiga iqrorlik koʻrsatuvi olish maqsadida, ularni sodir etilgan qilmish uchun oʻzboshimchalik bilan jazolash yoxud biror-bir harakatni sodir etishga majburlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organning yoki boshqa davlat organining xodimi tomonidan yoxud uning dalolatchiligida yoki xabardorligida yoxud indamay bergan roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan qoʻrqitish, urish, doʻpposlash, qiynash, azob berish yoʻli bilan yoki qonunga xilof boshqa harakatlar vositasida sodir etilgan qonunga xilof ruhiy, psixologik, jismoniy bosim oʻtkazish yoki boshqacha tarzda bosim oʻtkazish, — | ||||||
muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlgan zoʻrlikni qoʻllagan holda yoxud shunday zoʻrlikni qoʻllash tahdidi bilan; | a) hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlgan zoʻrlikni qoʻllagan holda yoxud shunday zoʻrlikni qoʻllash tahdidi bilan; | ||||||
b) milliy, irqiy, diniy yoki ijtimoiy kamsitish zamiriga asoslangan har qanday sabab boʻyicha; | b) milliy, irqiy, diniy yoki ijtimoiy kamsitish zamiriga asoslangan har qanday sabab boʻyicha; | ||||||
v) bir guruh shaxslar tomonidan; | v) bir guruh shaxslar tomonidan; | ||||||
g) takroran; | g) takroran; | ||||||
d) keksa shaxsga yoki nochor ahvoldagi shaxsga, voyaga yetmagan shaxsga yoxud homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan; | d) keksa shaxsga yoki nochor ahvoldagi shaxsga, voyaga yetmagan shaxsga yoxud homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan; | ||||||
e) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; | e) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; | ||||||
j) hayotga va sogʻliqqa zarar yetkazishi mumkin boʻlgan ashyolar qoʻllanilib; | j) hayotga va sogʻliqqa zarar yetkazishi mumkin boʻlgan ashyolar qoʻllanilib; | ||||||
z) dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) maqsadida sodir etilgan boʻlsa, — | z) dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) maqsadida sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar badanga ogʻir shikast yetkazilishiga yoxud boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar badanga ogʻir shikast yetkazilishiga yoxud boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
muayyan huquqdan mahrum etib, yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | muayyan huquqdan mahrum etib, yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
236-modda. Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish | 236-modda. Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish | ||||||
Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish, yaʼni ishni har tomonlama, toʻla va xolisona oʻrganilishiga toʻsqinlik qilish maqsadida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorga yoxud adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga turli shaklda qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazish — | Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish, yaʼni ishni har tomonlama, toʻla va xolisona oʻrganilishiga toʻsqinlik qilish maqsadida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorga yoxud adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga turli shaklda qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazish — | ||||||
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻsha harakat mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
237-modda. Yolgʻon xabar berish | 237-modda. Yolgʻon xabar berish | ||||||
Yolgʻon xabar berish, yaʼni jinoyat toʻgʻrisida bila turib yolgʻon xabar berish — | Yolgʻon xabar berish, yaʼni jinoyat toʻgʻrisida bila turib yolgʻon xabar berish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) ayblovning sunʼiy dalillarini vujudga keltirgan holda; | a) ayblovning sunʼiy dalillarini vujudga keltirgan holda; | ||||||
b) gʻarazgoʻylik niyatlarida; | b) gʻarazgoʻylik niyatlarida; | ||||||
v) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab; | v) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab; | ||||||
g) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda ayblab sodir etilgan boʻlsa, — | g) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda ayblab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | Oʻsha harakat ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
238-modda. Yolgʻon guvohlik berish | 238-modda. Yolgʻon guvohlik berish | ||||||
Yolgʻon guvohlik berish, yaʼni surishtiruv olib borish, dastlabki tergov chogʻida yoki sudda guvohning yoki jabrlanuvchining bila turib yolgʻon koʻrsatuv berishi yoxud ekspertning bila turib yolgʻon xulosa berishi, xuddi shuningdek tarjimonning bir tildan ikkinchi tilga bila turib notoʻgʻri tarjima qilishi — | Yolgʻon guvohlik berish, yaʼni surishtiruv olib borish, dastlabki tergov chogʻida yoki sudda guvohning yoki jabrlanuvchining bila turib yolgʻon koʻrsatuv berishi yoxud ekspertning bila turib yolgʻon xulosa berishi, xuddi shuningdek tarjimonning bir tildan ikkinchi tilga bila turib notoʻgʻri tarjima qilishi — | ||||||
uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Surishtiruv olib borish, dastlabki tergov yoxud ishni sudda koʻrish chogʻida yolgʻon koʻrsatuvlar berish uchun guvohni yoki jabrlanuvchini yoki yolgʻon xulosa berish uchun ekspertni yoxud notoʻgʻri tarjima qilish uchun tarjimonni pora evaziga ogʻdirib olish, xuddi shuningdek ularga yoki ularning yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy taʼsir koʻrsatish yoki boshqacha tarzda taʼsir koʻrsatish orqali yolgʻon koʻrsatuv berishga majbur qilish — | Surishtiruv olib borish, dastlabki tergov yoxud ishni sudda koʻrish chogʻida yolgʻon koʻrsatuvlar berish uchun guvohni yoki jabrlanuvchini yoki yolgʻon xulosa berish uchun ekspertni yoxud notoʻgʻri tarjima qilish uchun tarjimonni pora evaziga ogʻdirib olish, xuddi shuningdek ularga yoki ularning yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy taʼsir koʻrsatish yoki boshqacha tarzda taʼsir koʻrsatish orqali yolgʻon koʻrsatuv berishga majbur qilish — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | ||||||
a) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab; | a) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab; | ||||||
b) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda ayblab sodir etilgan boʻlsa, — | b) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda ayblab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
239-modda. Surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini oshkor qilish | 239-modda. Surishtiruv, dastlabki tergov yoki yopiq sud majlisi maʼlumotlarini oshkor qilish | ||||||
Surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning ruxsatisiz oshkor qilish — | Surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning ruxsatisiz, shuningdek yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik majburiyati oʻz zimmasiga yuklatilgan shaxs tomonidan ularni oshkor qilish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
240-modda. Jinoyat protsessini yuritish qatnashchilarining oʻz zimmasidagi vazifani bajarishdan boʻyin tovlashi | 240-modda. Jinoyat protsessini yuritish qatnashchilarining oʻz zimmasidagi vazifani bajarishdan boʻyin tovlashi | ||||||
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv olib borish, dastlabki tergov vaqtida yoki sudda guvoh yoki jabrlanuvchining koʻrsatuv berishni yoxud ekspertning xulosa berishni rad etishi yoki bu ishdan boʻyin tovlashi — | Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv olib borish, dastlabki tergov vaqtida yoki sudda guvoh yoki jabrlanuvchining koʻrsatuv berishni yoxud ekspertning xulosa berishni rad etishi yoki bu ishdan boʻyin tovlashi — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari guvohlik koʻrsatuvi berishni rad etganligi yoki bundan boʻyin tovlaganligi uchun, shuningdek guvoh oʻziga qarshi koʻrsatuv berishni rad etganda javobgarlikka tortilmaydilar. | Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari guvohlik koʻrsatuvi berishni rad etganligi yoki bundan boʻyin tovlaganligi uchun, shuningdek guvoh oʻziga qarshi koʻrsatuv berishni rad etganda javobgarlikka tortilmaydilar. | ||||||
241-modda. Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish | 241-modda. Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish | ||||||
Tayyorgarlik koʻrilayotgan yoki sodir etilgan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat haqida aniq bilgani holda xabar bermaslik — | Tayyorgarlik koʻrilayotgan yoki sodir etilgan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat haqida aniq bilgani holda xabar bermaslik — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni oldindan vaʼda bermasdan yashirish — | Ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni oldindan vaʼda bermasdan yashirish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2411-modda. Jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish | 2411-modda. Jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish | ||||||
Jinoyatlar toʻgʻrisidagi arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish yoki koʻrib chiqish xizmat vazifalariga kiradigan mansabdor shaxsning jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirishi, — | Jinoyatlar toʻgʻrisidagi arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish yoki koʻrib chiqish xizmat vazifalariga kiradigan mansabdor shaxsning jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirishi, — | ||||||
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) takroran sodir etilgan boʻlsa; | a) takroran sodir etilgan boʻlsa; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa; | b) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa; | ||||||
v) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | v) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
OLTINCHI BOʻLIM JAMOAT XAVFSIZLIGI VA JAMOAT TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR | OLTINCHI BOʻLIM. JAMOAT XAVFSIZLIGIGA, AHOLI SALOMATLIGI VA GENOFONDIGA, JAMOAT TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR | ||||||
XVII bob. Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar | XVII bob. Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar | ||||||
242-modda. Jinoiy uyushma tashkil etish | 242-modda. Jinoiy uyushma tashkil etish | ||||||
Jinoiy uyushma tashkil etish, yaʼni jinoiy uyushma yoxud uning boʻlinmalarini tuzish yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek, ularning mavjud boʻlishi va ishlab turishini taʼminlashga qaratilgan faoliyat — | Jinoiy uyushma tashkil etish, yaʼni jinoiy uyushma yoxud uning boʻlinmalarini tuzish yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek, ularning mavjud boʻlishi va ishlab turishini taʼminlashga qaratilgan faoliyat — | ||||||
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Uyushgan qurolli guruh tuzish, shuningdek unga rahbarlik qilish yoki unda ishtirok etish — | Uyushgan qurolli guruh tuzish, shuningdek unga rahbarlik qilish yoki unda ishtirok etish — | ||||||
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
243-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish | 243-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish | ||||||
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, yaʼni mulk (pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan boʻlsa, uni oʻtkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yoʻli bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, xuddi shuningdek bunday pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, koʻchirish usulini, pul mablagʻlariga yoki boshqa mol-mulkka boʻlgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir saqlash, — | Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, yaʼni mulk (pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan boʻlsa, uni oʻtkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yoʻli bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, xuddi shuningdek bunday pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, koʻchirish usulini, pul mablagʻlariga yoki boshqa mol-mulkka boʻlgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir saqlash, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
244-modda. Ommaviy tartibsizliklar | 244-modda. Ommaviy tartibsizliklar | ||||||
Ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zoʻravonlik qilishga omma oldida daʼvat qilish — | Ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zoʻravonlik qilishga omma oldida daʼvat qilish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | ||||||
b) ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan, Internet jahon axborot tarmogʻidan, shuningdek matnni koʻpaytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa, — | b) ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan, Internet jahon axborot tarmogʻidan, shuningdek matnni koʻpaytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Qurol yoki qurol sifatida foydalaniladigan boshqa narsalarni ishlatib yoxud ishlatish bilan qoʻrqitib shaxsga nisbatan zoʻrlik ishlatish, qirgʻin solish, oʻt qoʻyish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish, hokimiyat vakiliga qarshilik koʻrsatish orqali sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar tashkil qilish, shuningdek, ommaviy tartibsizliklarda faol qatnashish — oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | Shaxsning ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida oʻquvdan oʻtishi, shu jumladan ommaviy tartibsizliklarni sodir etish bilimini, amaliy mahoratini va koʻnikmalarini egallashi, oʻquv chogʻida qurol-yarogʻ, portlatish qurilmalari, portlovchi, zaharlovchi, atrofdagilar uchun xavf tugʻdiradigan boshqa moddalar va buyumlar bilan muomala qilish usullarini oʻrganishi, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Qurol yoki qurol sifatida foydalaniladigan boshqa narsalarni ishlatib yoxud ishlatish bilan qoʻrqitib shaxsga nisbatan zoʻrlik ishlatish, qirgʻin solish, oʻt qoʻyish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish, hokimiyat vakiliga qarshilik koʻrsatish orqali sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarni tashkil qilish yoxud ushbu faoliyatni moliyalashtirish, xuddi shuningdek ommaviy tartibsizliklarda faol qatnashish, — oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs, agar u oʻquvdan oʻtganligi toʻgʻrisida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilsa, sodir etilgan jinoyatni fosh qilishga yoki bunday oʻquvdan oʻtgan, oʻquvni amalga oshirgan, tashkil etgan yoxud moliyalashtirgan boshqa shaxslarni, shuningdek oʻquv oʻtkazilgan joyni aniqlashga faol koʻmaklashsa va agar uning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi mavjud boʻlmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi. | ||||||
2441-modda. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish | 2441-modda. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish | ||||||
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan, qirgʻin solishga yoki fuqarolarni zoʻrlik bilan koʻchirib yuborishga daʼvat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, shuningdek diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish maqsadida tayyorlash, saqlash — | Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan, qirgʻin solishga yoki fuqarolarni zoʻrlik bilan koʻchirib yuborishga daʼvat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, shuningdek diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish maqsadida tayyorlash, saqlash — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan, qirgʻin solishga yoki fuqarolarni zoʻrlik bilan koʻchirib yuborishga daʼvat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan maʼlumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish, xuddi shuningdek fuqarolar totuvligini buzish, tuhmatona, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatish hamda jamiyatda qaror topgan xulq-atvor qoidalariga va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa qilmishlarni sodir etish maqsadida dindan foydalanish, shuningdek diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish — | Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan, qirgʻin solishga yoki fuqarolarni zoʻrlik bilan koʻchirib yuborishga daʼvat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan maʼlumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish, xuddi shuningdek fuqarolar totuvligini buzish, tuhmatona, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatish hamda jamiyatda qaror topgan xulq-atvor qoidalariga va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa qilmishlarni sodir etish maqsadida dindan foydalanish, shuningdek diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida koʻrsatilgan harakatlar: | Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida koʻrsatilgan harakatlar: | ||||||
a) oldindan til biriktirib yoki bir guruh shaxslar tomonidan; | a) oldindan til biriktirib yoki bir guruh shaxslar tomonidan; | ||||||
b) xizmat mavqeyidan foydalanib; | b) xizmat mavqeyidan foydalanib; | ||||||
v) diniy tashkilotlardan, shuningdek chet el davlatlari, tashkilotlari va fuqarolaridan olingan moliyaviy yoki boshqa moddiy yordamdan foydalanib; | v) diniy tashkilotlardan, shuningdek chet el davlatlari, tashkilotlari va fuqarolaridan olingan moliyaviy yoki boshqa moddiy yordamdan foydalanib; | ||||||
g) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, — | g) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2442-modda. Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish | 2442-modda. Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish | ||||||
Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish — | Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish — | ||||||
besh yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa; | a) ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa; | ||||||
b) voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | b) voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Basharti shaxs taqiqlangan tashkilotlar mavjudligi toʻgʻrisida oʻz ixtiyori bilan xabar qilgan va jinoyatni ochishga yordam bergan boʻlsa, u ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilinadi. | Basharti shaxs taqiqlangan tashkilotlar mavjudligi toʻgʻrisida oʻz ixtiyori bilan xabar qilgan va jinoyatni ochishga yordam bergan boʻlsa, u ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilinadi. | ||||||
2443-modda. Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish | 2443-modda. Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish | ||||||
Diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
2444-modda. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish | 2444-modda. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish | ||||||
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, — | Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) shaxsning oʻz xizmat mavqeyidan foydalanib; | b) shaxsning oʻz xizmat mavqeyidan foydalanib; | ||||||
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa; | v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa; | ||||||
g) badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | g) badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | Oʻsha harakatlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) odamlar oʻlimiga; | a) odamlar oʻlimiga; | ||||||
b) halokatga; | b) halokatga; | ||||||
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs, agar u uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini oʻz ixtiyori bilan topshirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi. | Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs, agar u uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini oʻz ixtiyori bilan topshirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi. | ||||||
2445-modda. Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatish | 2445-modda. Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatish | ||||||
Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklarning paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatish, — | Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklarning paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatish, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlarni nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan matnda yoki ommaviy axborot vositalari, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmogʻi orqali tarqatish — | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlarni nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan matnda yoki ommaviy axborot vositalari, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmogʻi orqali tarqatish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2446-modda. Yolgʻon axborot tarqatish | 2446-modda. Yolgʻon axborot tarqatish | ||||||
Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obroʻsizlantirilishiga olib keladigan yolgʻon axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obroʻsizlantirilishiga olib keladigan yolgʻon axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi. | ||||||
Jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolgʻon axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish, ushbu Kodeksning 2441-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolgʻon axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish, ushbu Kodeksning 2441-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | ||||||
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | b) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | ||||||
a) ommaviy tadbirlar jarayonida yoki favqulodda vaziyat holatida; | a) ommaviy tadbirlar jarayonida yoki favqulodda vaziyat holatida; | ||||||
b) juda koʻp miqdorda zarar yetkazilgan yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlgan holda; | b) juda koʻp miqdorda zarar yetkazilgan yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlgan holda; | ||||||
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi. | ||||||
245-modda. Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish | 245-modda. Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish | ||||||
Garov sifatida tutqunlikka olingan shaxsni ozod qilish sharti bilan davlat, xalqaro tashkilot, jismoniy yoki yuridik shaxsdan biron-bir harakat sodir etish yoki biron-bir harakat sodir etishdan oʻzini tiyib turishni talab qilish maqsadida shaxsni garov tariqasida tutqunlikka olish yoki tutqunlikda ushlab turish, ushbu Kodeksning 155, 165-moddalarida nazarda tutilgan alomatlar boʻlmasa, — | Garov sifatida tutqunlikka olingan shaxsni ozod qilish sharti bilan davlat, xalqaro tashkilot, jismoniy yoki yuridik shaxsdan biron-bir harakat sodir etish yoki biron-bir harakat sodir etishdan oʻzini tiyib turishni talab qilish maqsadida shaxsni garov tariqasida tutqunlikka olish yoki tutqunlikda ushlab turish, ushbu Kodeksning 155, 165-moddalarida nazarda tutilgan alomatlar boʻlmasa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan; | a) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan; | ||||||
b) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa; | b) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa; | ||||||
v) ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — | v) ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
246-modda. Kontrabanda | 246-modda. Kontrabanda | ||||||
Kontrabanda, yaʼni bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalanib, deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, kuchli taʼsir qiluvchi, zaharli, zaharlovchi, portlovchi moddalar, radioaktiv materiallar, portlatish qurilmalari, qurol-yarogʻ, oʻqotar qurol yoki oʻq-dorilarni, shuningdek giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni yoki diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targʻib qiluvchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtkazish — | Kontrabanda, yaʼni bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalanib, deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, kuchli taʼsir qiluvchi, zaharli, zaharlovchi, portlovchi moddalar, radioaktiv materiallar, portlatish qurilmalari, qurol-yarogʻ, oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni yoki oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, shuningdek giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoxud ularning analoglarini yoki diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targʻib qiluvchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtkazish — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Yadroviy, kimyoviy, biologik va ommaviy qirgʻin qurolining boshqa turlarini, shunday qurollarni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon boʻlgan material va moslamalarni, radioaktiv materiallarni, shuningdek giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni koʻp miqdorda kontrabanda qilish — | Yadroviy, kimyoviy, biologik va ommaviy qirgʻin qurolining boshqa turlarini, shunday qurollarni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon boʻlgan material va moslamalarni, radioaktiv materiallarni, shuningdek giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini koʻp miqdorda kontrabanda qilish — | ||||||
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
247-modda. Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash | 247-modda. Oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash | ||||||
Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar, portlatish qurilmalarini oʻgʻrilik yoki firibgarlik yoʻli bilan qonunga xilof ravishda egallash — | Oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini oʻgʻrilik yoki firibgarlik yoʻli bilan egallash — | ||||||
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) takroran; | a) takroran; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | ||||||
v) oʻzlashtirish, rastrata qilish yoxud mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan; | v) oʻzlashtirish, rastrata qilish yoxud mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan; | ||||||
g) talonchilik; | g) talonchilik; | ||||||
d) tamagirlik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — | d) tamagirlik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) bosqinchilik yoʻli bilan; | a) bosqinchilik yoʻli bilan; | ||||||
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
248-modda. Qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish | 248-modda. Oʻqotar qurolning, oʻq-dorilarning, oʻqotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi | ||||||
Tegishli ruxsatnomasiz oʻqotar qurol, shuningdek oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari tayyorlash, olish, olib yurish, saqlash, olib oʻtish yoki joʻnatish — | Tegishli litsenziyalarsiz yoki ruxsatnomalarsiz oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini ishlab chiqarish, taʼmirlash, olish, saqlash, olib yurish, tashish, joʻnatish, ulardan foydalanish, shuningdek portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, olish, saqlash, tashish, ulardan foydalanish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻsha harakatlar takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, portlovchi moddalarni yoki portlash qurilmalarini oʻtkazish, — | Oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, portlovchi moddalarni yoki portlash qurilmalarini oʻtkazish, — | ||||||
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddada nazarda tutilgan buyumlarni oʻz ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi. | Ushbu moddada nazarda tutilgan buyumlarni oʻz ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi. | ||||||
2481-modda. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish | 2481-modda. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish | ||||||
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni boshqa shaxslarga berish tartibini buzish, shuningdek ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish, — | Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni boshqa shaxslarga berish tartibini buzish, shuningdek ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish, — | ||||||
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan; | b) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan; | ||||||
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa; | v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa; | ||||||
g) badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | g) badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | Oʻsha harakatlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) odamlar oʻlimiga; | a) odamlar oʻlimiga; | ||||||
b) halokatga; | b) halokatga; | ||||||
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
249-modda. Oʻqotar qurol yoki oʻq-dorilarni beparvolik bilan saqlash | 249-modda. Qurolni va uning oʻq-dorilarini saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini buzish | ||||||
Oʻqotar qurol yoki unga moʻljallangan oʻq-dorilarni beparvolik bilan saqlash odam oʻlishiga yoxud boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — | Oʻqotar qurolni va uning oʻq-dorilarini, shuningdek pnevmatik qurolni, tigʻli sovuq qurolni (ov pichoqlarini, ov xanjarchalari va xanjarlarni, rapiralar, shpagalar va qilichlarni), uloqtirish qurolini (kamonlar, arbaletlar va nayzalarni), signal beruvchi qurolni saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini buzish odamning oʻlimiga yoxud boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
250-modda. Portlash xavfi boʻlgan moddalar yoki pirotexnika buyumlaridan foydalanish qoidalarini buzish | 250-modda. Portlash xavfi boʻlgan moddalar yoki pirotexnika buyumlaridan foydalanish qoidalarini buzish | ||||||
Portlovchi, tez alangalanuvchi, oʻyuvchi moddalarni yoxud pirotexnika buyumlarini saqlash, hisobga olish, ulardan foydalanish, ularni tashish, joʻnatish qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Portlovchi, tez alangalanuvchi, oʻyuvchi moddalarni yoxud pirotexnika buyumlarini saqlash, hisobga olish, ulardan foydalanish, ularni tashish, joʻnatish qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) odam oʻlishiga; | a) odam oʻlishiga; | ||||||
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2501-modda. Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi | 2501-modda. Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi | ||||||
Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki oʻtkazish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki oʻtkazish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki oʻtkazish: | Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki oʻtkazish: | ||||||
a) koʻp miqdorda; | a) koʻp miqdorda; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | ||||||
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
g) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa; | g) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa; | ||||||
d) badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | d) badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki oʻtkazish: | Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki oʻtkazish: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda; | a) juda koʻp miqdorda; | ||||||
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa; | b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa; | ||||||
v) odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | v) odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki oʻtkazish: | Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki oʻtkazish: | ||||||
a) odamlar oʻlimiga; | a) odamlar oʻlimiga; | ||||||
b) boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — | b) boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
251-modda. Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda egallash Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni oʻgʻrilik yoki firibgarlik yoʻli bilan qonunga xilof ravishda egallash — uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakat: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) oʻzlashtirish, rastrata qilish yoki mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan; g) talonchilik yoʻli bilan; d) tamagirlik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakat: a) bosqinchilik yoʻli bilan; b) koʻp miqdorda; v) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 2511-modda. Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni oʻtkazish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish yoxud ularni oʻtkazish maqsadida tayyorlash yoxud qayta ishlash uchun asbob-uskunalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish, joʻnatish yoki oʻtkazish, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar takroran yoki bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar uyushgan guruh tomonidan yoki koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni ishlab chiqarish, olish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoxud joʻnatish qoidalarni buzish, agar bu ehtiyotsizlik orqasida ularning oʻgʻirlanishiga yoki boshqa tarzda jiddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | |||||||
252-modda. Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash | 252-modda. Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash | ||||||
Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash, shu jumladan talonchilik, oʻgʻrilik, oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan yoxud aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan egallash, xuddi shuningdek radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash uchun moliyalashtirish, bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻ-vositalarni, resurslarni berish yoxud yigʻish, boshqa xizmatlar koʻrsatish — | Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash, shu jumladan talonchilik, oʻgʻrilik, oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan yoxud aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan egallash, xuddi shuningdek radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash uchun moliyalashtirish, bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻ-vositalarni, resurslarni berish yoxud yigʻish, boshqa xizmatlar koʻrsatish — | ||||||
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | ||||||
v) mansab mavqeyidan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa, — | v) mansab mavqeyidan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab; | a) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab; | ||||||
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
v) tamagirlik yoʻli bilan; | v) tamagirlik yoʻli bilan; | ||||||
g) bosqinchilik yoʻli bilan; | g) bosqinchilik yoʻli bilan; | ||||||
d) ushbu Kodeksning 155 va 161-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni amalga oshirish maqsadida sodir etilgan boʻlsa, — | d) ushbu Kodeksning 155 va 161-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni amalga oshirish maqsadida sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
253-modda. Radioaktiv materiallardan foydalanish qoidalarini buzish | 253-modda. Radioaktiv materiallardan foydalanish qoidalarini buzish | ||||||
Radioaktiv materiallarni saqlash, hisobga olish, ulardan foydalanish, ularni tashish, joʻnatish va ular bilan muomalada boʻlishning boshqa qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Radioaktiv materiallarni saqlash, hisobga olish, ulardan foydalanish, ularni tashish, joʻnatish va ular bilan muomalada boʻlishning boshqa qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) odam oʻlishiga; | a) odam oʻlishiga; | ||||||
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
254-modda. Radioaktiv materiallardan qonunga xilof ravishda foydalanish | 254-modda. Radioaktiv materiallardan qonunga xilof ravishda foydalanish | ||||||
Radioaktiv materiallarga qonunga xilof ravishda ega boʻlish, ularni saqlash, ulardan foydalanish, ularni birovga oʻtkazish, koʻrinishini oʻzgartirish, sochib yuborish yoki buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Radioaktiv materiallarga qonunga xilof ravishda ega boʻlish, ularni saqlash, ulardan foydalanish, ularni birovga oʻtkazish, koʻrinishini oʻzgartirish, sochib yuborish yoki buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) odam oʻlishiga; | a) odam oʻlishiga; | ||||||
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
255-modda. Yadro qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish | 255-modda. Yadro qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish | ||||||
Yadro energiyasi bilan bogʻliq obyektlardan foydalanish qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Yadro energiyasi bilan bogʻliq obyektlardan foydalanish qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) odam oʻlishiga; | a) odam oʻlishiga; | ||||||
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2551-modda. Bakteriologik, kimyoviy va boshqa xil yalpi qirgʻin qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, toʻplash, olish, birovga oʻtkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish | 2551-modda. Bakteriologik, kimyoviy va boshqa xil yalpi qirgʻin qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, toʻplash, olish, birovga oʻtkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish | ||||||
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan taqiqlangan bakteriologik (biologik), kimyoviy va boshqa xil yalpi qirgʻin qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, toʻplash, olish, birovga oʻtkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish — | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan taqiqlangan bakteriologik (biologik), kimyoviy va boshqa xil yalpi qirgʻin qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, toʻplash, olish, birovga oʻtkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish — | ||||||
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) odam oʻlishiga; | a) odam oʻlishiga; | ||||||
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
sakkiz yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | sakkiz yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2552-modda. Neft quvurlarini, gaz quvurlarini, neft va gaz mahsulotlari quvurlarini yaroqsiz holatga keltirish | 2552-modda. Neft quvurlarini, gaz quvurlarini, neft va gaz mahsulotlari quvurlarini yaroqsiz holatga keltirish | ||||||
Neft quvurlarini, gaz quvurlarini, neft va gaz mahsulotlari quvurlarini, shuningdek texnologik jihatdan ular bilan bogʻliq boʻlgan obyektlarni, inshootlarni, aloqa, avtomatika, signalizatsiya vositalarini qasddan buzish, ularga shikast yetkazish yoki boshqa usul bilan ularni foydalanish uchun yaroqsiz holatga keltirish, agar ushbu harakatlar ularning normal ishlashi buzilishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, — | Neft quvurlarini, gaz quvurlarini, neft va gaz mahsulotlari quvurlarini, shuningdek texnologik jihatdan ular bilan bogʻliq boʻlgan obyektlarni, inshootlarni, aloqa, avtomatika, signalizatsiya vositalarini qasddan buzish, ularga shikast yetkazish yoki boshqa usul bilan ularni foydalanish uchun yaroqsiz holatga keltirish, agar ushbu harakatlar ularning normal ishlashi buzilishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) takroran; | a) takroran; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | ||||||
v) magistral quvurlarga nisbatan sodir etilgan boʻlsa; | v) magistral quvurlarga nisbatan sodir etilgan boʻlsa; | ||||||
g) koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga; | g) koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga; | ||||||
d) badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | d) badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) odam oʻlishiga; | a) odam oʻlishiga; | ||||||
b) juda koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | b) juda koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) odamlar oʻlimiga; | a) odamlar oʻlimiga; | ||||||
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
256-modda. Tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish | 256-modda. Tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish | ||||||
Ilmiy tadqiqot yoki sinov tajriba faoliyatini amalga oshirish vaqtida xavfsizlik qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Ilmiy tadqiqot yoki sinov tajriba faoliyatini amalga oshirish vaqtida xavfsizlik qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi uchun masʼul shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa; | a) xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi uchun masʼul shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa; | ||||||
b) koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | b) koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) odam oʻlishiga; | a) odam oʻlishiga; | ||||||
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
257-modda. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish | 257-modda. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish | ||||||
Texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini shu qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan buzilishi oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir tan jarohati yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini shu qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan buzilishi oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir tan jarohati yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) odam oʻlishiga; | a) odam oʻlishiga; | ||||||
b) boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — | b) boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2571-modda. Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan oʻtish va davolanish, karantinni oʻtash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud boʻlgan davrda muloqotda boʻlingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish odamning oʻlimiga sabab boʻlsa, — ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish odamlarning oʻlimiga sabab boʻlsa, — yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | |||||||
258-modda. Togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish | 258-modda. Togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish | ||||||
Togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) odam oʻlishiga; | a) odam oʻlishiga; | ||||||
b) boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — | b) boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
259-modda. Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish | 259-modda. Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish | ||||||
Yongʻin xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajarilishi uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan buzilishi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Yongʻin xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajarilishi uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan buzilishi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) odam oʻlishiga; | a) odam oʻlishiga; | ||||||
b) boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — | b) boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2591-modda. Oʻta muhim va toifalangan obyektlarning qoʻriqlanishini taʼminlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik | 2591-modda. Oʻta muhim va toifalangan obyektlarning qoʻriqlanishini taʼminlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik | ||||||
Oʻta muhim va toifalangan obyektlarning qoʻriqlanishini taʼminlashga doir majburiyatlarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ularni bajarishga masʼul boʻlgan mansabdor shaxslari tomonidan bajarilmasligi, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻta muhim va toifalangan obyektlarning qoʻriqlanishini taʼminlashga doir majburiyatlarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ularni bajarishga masʼul boʻlgan mansabdor shaxslari tomonidan bajarilmasligi, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
XVIII bob. Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar | XVIII bob. Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar | ||||||
260-modda. Temir yoʻl, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish | 260-modda. Temir yoʻl, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish | ||||||
Transport vositasining harakat yoki undan foydalanish xavfsizligi qoidalarining temir yoʻl, dengiz, daryo yoki havo transportini boshqaruvchi shaxs tomonidan buzilishi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Transport vositasining harakat yoki undan foydalanish xavfsizligi qoidalarining temir yoʻl, dengiz, daryo yoki havo transportini boshqaruvchi shaxs tomonidan buzilishi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | Oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) odamlar oʻlimiga; | a) odamlar oʻlimiga; | ||||||
b) halokatga; | b) halokatga; | ||||||
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2601-modda. Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish | 2601-modda. Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish | ||||||
Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, (bundan samoviy hududda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hollari mustasno), shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, xuddi shuningdek badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, (bundan samoviy hududda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hollari mustasno), shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, xuddi shuningdek badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat odam oʻlishiga sabab boʻlsa,— | Oʻsha harakat odam oʻlishiga sabab boʻlsa,— | ||||||
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) odamlar oʻlimiga; | a) odamlar oʻlimiga; | ||||||
b) halokatga; | b) halokatga; | ||||||
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
261-modda. Mast holdagi shaxsning transport vositasini boshqarishiga yoʻl qoʻyish Transport vositasidan foydalanish uchun masʼul shaxsning mast holatdagi yoki giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar yoki shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boʻlgan shaxsni temir yoʻl, dengiz, daryo, havo, avtomobil transporti yoki boshqa transport vositasini boshqarishiga yoʻl qoʻyishi badanga ogʻir shikast yetkazilishiga yoxud odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | 261-modda. Mastlik holatidagi shaxsni transport vositasini boshqarishiga yoʻl qoʻyish yoki boshqarishni unga topshirish Transport vositasidan foydalanish uchun masʼul shaxs, uning egasi yoki foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs tomonidan bila turib mastlik holatidagi yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari yoki shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boʻlgan shaxsning temir yoʻl, dengiz, daryo, havo, avtomobil transportini yoki boshqa transport vositasini boshqarishiga yoʻl qoʻyishi yoki boshqarishni unga topshirishi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — ikki yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish: a) odam oʻlimiga; b) halokatga; v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 2611-modda. Transport vositasini mastlik holatida boshqarish yoki tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlash Haydovchilarning transport vositalarini mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boshqarishi, shunday qilmish yoxud mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida ekanligini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlaganligi uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Transport vositalari haydovchilarining mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida ekanligini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlashi, shunday qilmish yoxud transport vositalarini mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boshqarganligi uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 2612-modda. Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxsning transport vositasini boshqarishi Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxsning transport vositasini boshqarishi, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
262-modda. Transportni taʼmirlash yoki uni foydalanishga chiqarish qoidalarini buzish | 262-modda. Transportni taʼmirlash yoki uni foydalanishga chiqarish qoidalarini buzish | ||||||
Taʼmirlash ishlarini bajarayotgan yoki transport vositasining texnik holati va undan foydalanilishi uchun masʼul boʻlgan shaxsning temir yoʻl, dengiz, daryo, havo, avtomobil yoki boshqa transport vositasini, aloqa yoʻllari, signalizatsiya, aloqa vositalari yoki boshqa transport uskunalarini sifatsiz taʼmirlashi, shuningdek transport vositasining texnika holati jihatidan buzuqligini bila turib, uni foydalanishga chiqarishga ruxsat berishi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Taʼmirlash ishlarini bajarayotgan yoki transport vositasining texnik holati va undan foydalanilishi uchun masʼul boʻlgan shaxsning temir yoʻl, dengiz, daryo, havo, avtomobil yoki boshqa transport vositasini, aloqa yoʻllari, signalizatsiya, aloqa vositalari yoki boshqa transport uskunalarini sifatsiz taʼmirlashi, shuningdek transport vositasining texnika holati jihatidan buzuqligini bila turib, uni foydalanishga chiqarishga ruxsat berishi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | Oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) odamlar oʻlimiga; | a) odamlar oʻlimiga; | ||||||
b) halokatga; | b) halokatga; | ||||||
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2621-modda. Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzish Transport vositalariga gaz balloni uskunalarini oʻrnatishda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi uchun masʼul shaxs tomonidan siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizlik qoidalarini buzish yoxud gaz balloni uskunasi oʻrnatilgan transport vositalariga yoqilgʻi quyish talablarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish: a) odam oʻlimiga; b) halokatga; v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | |||||||
263-modda. Temir yoʻl, dengiz, daryo, havo transporti vositasi yoki aloqa yoʻllarini yaroqsiz holatga keltirish | 263-modda. Temir yoʻl, dengiz, daryo, havo transporti vositasi yoki aloqa yoʻllarini yaroqsiz holatga keltirish | ||||||
Temir yoʻl, dengiz, daryo yoki havo transporti vositalari, aloqa yoʻllari, ulardagi inshootlar, signalizatsiya qurilmalari, aloqa yoki boshqa transport uskunalarini qasddan buzish, ularga shikast yetkazish yoxud ularni boshqa usulda foydalanish uchun yaroqsiz holatga keltirish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Temir yoʻl, dengiz, daryo yoki havo transporti vositalari, aloqa yoʻllari, ulardagi inshootlar, signalizatsiya qurilmalari, aloqa yoki boshqa transport uskunalarini qasddan buzish, ularga shikast yetkazish yoxud ularni boshqa usulda foydalanish uchun yaroqsiz holatga keltirish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | Oʻsha harakat odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) odamlar oʻlimiga; | a) odamlar oʻlimiga; | ||||||
b) halokatga; | b) halokatga; | ||||||
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2631-modda. Havo kemasidan foydalanish vaqtida lazer nurini yoʻnaltirish orqali xalaqit berish | 2631-modda. Havo kemasidan foydalanish vaqtida lazer nurini yoʻnaltirish orqali xalaqit berish | ||||||
Havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yoʻnaltirish orqali xalaqit berish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, shuningdek badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yoʻnaltirish orqali xalaqit berish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, shuningdek badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | Oʻsha harakat odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) odamlar oʻlimiga; | a) odamlar oʻlimiga; | ||||||
b) halokatga; | b) halokatga; | ||||||
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
264-modda. Temir yoʻlning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo kemasini olib qochish yoki egallab olish | 264-modda. Temir yoʻlning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo kemasini olib qochish yoki egallab olish | ||||||
Temir yoʻlning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo kemasini olib qochish yoki egallab olish — | Temir yoʻlning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo kemasini olib qochish yoki egallab olish — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | ||||||
b) zoʻrlik ishlatib yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa, — | b) zoʻrlik ishlatib yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
265-modda. Xalqaro uchish qoidalarini buzish | 265-modda. Xalqaro uchish qoidalarini buzish | ||||||
Ruxsatnomada koʻrsatilgan uchish yoʻnalishiga, qoʻnish joylariga, havo darvozalariga, uchish balandligiga rioya qilmaslik yoki xalqaro uchish qoidalarini boshqacha tarzda buzish — | Ruxsatnomada koʻrsatilgan uchish yoʻnalishiga, qoʻnish joylariga, havo darvozalariga, uchish balandligiga rioya qilmaslik yoki xalqaro uchish qoidalarini boshqacha tarzda buzish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
266-modda. Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish | 266-modda. Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish | ||||||
Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | Oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
muayyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | muayyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) odamlar oʻlimiga; | a) odamlar oʻlimiga; | ||||||
b) halokatga; | b) halokatga; | ||||||
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
muayyan huquqdan mahrum qilib, oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | muayyan huquqdan mahrum qilib, oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
267-modda. Transport vositasini olib qochish | 267-modda. Transport vositasini olib qochish | ||||||
Transport vositasini olib qochish — | Transport vositasini olib qochish — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | ||||||
v) zoʻrlik ishlatib yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib; | v) zoʻrlik ishlatib yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib; | ||||||
g) transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida oʻgʻrilik yoki talonchilik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — | g) transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida oʻgʻrilik yoki talonchilik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) uyushgan guruh tomonidan; | b) uyushgan guruh tomonidan; | ||||||
v) transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida bosqinchilik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — | v) transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida bosqinchilik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
268-modda. Transportning xavfsiz ishlashini taʼminlashga doir qoidalarni buzish | 268-modda. Transportning xavfsiz ishlashini taʼminlashga doir qoidalarni buzish | ||||||
Yoʻlovchi, piyoda, velosiped, ot-ulov transportining haydovchisi yoki yoʻl harakatining boshqa qatnashchilari tomonidan, ushbu Kodeksning 261-263, 265 yoki 266-moddalarida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, harakat xavfsizligi qoidalarini yoki barcha turdagi transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Yoʻlovchi, piyoda, velosiped, ot-ulov transportining haydovchisi yoki yoʻl harakatining boshqa qatnashchilari tomonidan, ushbu Kodeksning 261-263, 265 yoki 266-moddalarida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, harakat xavfsizligi qoidalarini yoki barcha turdagi transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | Oʻsha harakat odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) odamlar oʻlimiga; | a) odamlar oʻlimiga; | ||||||
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
269-modda. Avtomobil yoʻllaridan foydalanish va ularni qoʻriqlash qoidalarini buzish | 269-modda. Avtomobil yoʻllaridan va koʻchalardan foydalanish, ularni taʼmirlash ishlarini tashkil etish va saqlash qoidalarini buzish | ||||||
Avtomobil yoʻllaridan foydalanish va ularni qoʻriqlash qoidalarini buzish, yaʼni avtomobil yoʻllarida va shu yoʻllar uchun ajratilgan mintaqada tegishli ruxsatsiz yer osti va yer usti kommunikatsiyalari oʻtkazish, ularni taʼmirlash, bu ishlarni bajarishning belgilangan shartlari va muddatlariga rioya qilmaslik, oʻzboshimchalik bilan arklar, toʻsiqlar, shlagbaumlar yoki boshqa inshootlar oʻrnatish, yoʻllarga material va boshqa narsalarni uyub qoʻyish, yoʻl ustini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Avtomobil yoʻllaridan, shu yoʻllarga ajratilgan mintaqalar va koʻchalardan foydalanish, ularni saqlash hamda qoʻriqlash qoidalarini buzish, yaʼni avtomobil yoʻllarida va shu yoʻllar uchun ajratilgan mintaqada tegishli ruxsatsiz yer osti va yer usti kommunikatsiyalarini oʻtkazish, ularni taʼmirlash, bu ishlarni bajarishning belgilangan shartlari va muddatlariga rioya etmaslik, oʻzboshimchalik bilan arklar, toʻsiqlar, shlagbaumlar yoki boshqa inshootlar oʻrnatish, yoʻllarga material va boshqa narsalarni uyub qoʻyish, yoʻl ustini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | Oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) odamlarning oʻlimiga; | a) odamlarning oʻlimiga; | ||||||
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
XIX bob. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar | XIX bob. Aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar | ||||||
270-modda. Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish | 270-modda. Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish | ||||||
Taqiqlangan ekinlarni, yaʼni koʻknor yoki moyli koʻknor, kannabis oʻsimligi yoxud tarkibida giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar boʻlgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish yoki yetishtirish — | Taqiqlangan ekinlarni, yaʼni koʻknor yoki moyli koʻknor, kannabis oʻsimligi yoxud tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar boʻlgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish yoki yetishtirish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan; | a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 271 — 2768-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | ||||||
v) oʻrtacha kattalikdagi ekin maydonida sodir etilgan boʻlsa, — | v) oʻrtacha kattalikdagi ekin maydonida sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini koʻzlab; | b) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini koʻzlab; | ||||||
v) katta ekin maydonida sodir etilgan boʻlsa, — | v) katta ekin maydonida sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
271-modda. Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash | 271-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda egallash | ||||||
Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda, oʻgʻrilik yoki firibgarlik yoʻli bilan egallash — | Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda, oʻgʻrilik yoki firibgarlik yoʻli bilan egallash — | ||||||
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan; | a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270, 273 — 2768-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | ||||||
v) oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan; | v) oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan; | ||||||
g) talonchilik yoʻli bilan; | g) talonchilik yoʻli bilan; | ||||||
d) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilib; | d) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilib; | ||||||
e) tamagirlik yoʻli bilan; | e) tovlamachilik yoʻli bilan; | ||||||
j) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — | j) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini koʻzlab; | b) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini koʻzlab; | ||||||
v) bosqinchilik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — | v) bosqinchilik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
273-modda. Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab koʻp boʻlmagan miqdorda qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, shuningdek ularni koʻp boʻlmagan miqdorda qonunga xilof ravishda oʻtkazish — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ozginadan koʻproq miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar: a) ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash joylarida; g) oʻquv yurtlarida yoki oʻquvchilar, studentlar oʻquv, sport va jamoat tadbirlarini oʻtkazadigan boshqa joylarda sodir etilgan boʻlsa, — yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni laboratoriyalarda yoxud oʻzganing mulki hisoblangan vositalar va asbob-uskunalardan yoki prekursorlardan foydalangan holda qonunga xilof ravishda tayyorlash yoki qayta ishlash, shuningdek bunday vositalarni isteʼmol qilish yoki tarqatish uchun bangixonalar tashkil qilish yoki saqlash, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi yoki uchinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar: a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni koʻp miqdorda qonunga xilof ravishda sotish — oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs oʻz ixtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi. 274-modda. Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni isteʼmol qilishga jalb etish Giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki shaxsning aql-idrokiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni har qanday shaklda isteʼmol qilishga jalb etish — uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakat: a) ilgari giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan; b) ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtash joylarida; v) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 275-modda. Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ishlab chiqarish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoki joʻnatishning belgilangan qoidalarini buzish — | 273-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmishlar koʻp boʻlmagan miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmishlar ozginadan koʻproq miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmishlar: a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270, 271, 274 — 2768-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash joylarida; g) taʼlim tashkilotlarida, ularning hududida yoki talabalarning (oʻquvchilarning) yotoqxonalarida, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida yoxud talabalar (oʻquvchilar) tomonidan oʻquv, sport yoki jamoat tadbirlarini oʻtkazish uchun foydalaniladigan boshqa joylarda, shuningdek ularga tutash hududlarda; d) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan; e) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, — yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmishlar: a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmishlar: a) koʻp miqdorda; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab ikki yoxud undan ortiq davlat hududida yoki telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, — oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs oʻz ixtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini topshirsa, jazodan ozod qilinadi. 274-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud bunday vosita yoki moddalarni isteʼmol qilishga jalb etish Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini targʻib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash, xuddi shuningdek ularni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar taʼlim tashkilotlarida, ularning hududida yoki talabalarning (oʻquvchilarning) yotoqxonalarida, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida yoki talabalar (oʻquvchilar) tomonidan oʻquv, sport yoki jamoat tadbirlarini oʻtkazish uchun foydalaniladigan boshqa joylarda, shuningdek ularga tutash hududlarda sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini yoxud shaxsning aql-idrokiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni har qanday shaklda isteʼmol qilishga jalb etish, — ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; b) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270, 271, 273, 275 — 2768-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; v) ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtash joylarida; g) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar odam oʻlimiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 275-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ishlab chiqarish yoxud ulardan foydalanish qoidalarini buzish Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ishlab chiqarish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoxud joʻnatishning belgilangan qoidalarini buzish, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
276-modda. Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar | 276-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar | ||||||
Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki joʻnatish — | Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini oʻtkazish maqsadini koʻzlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olish, tashish yoki joʻnatish, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmishlar: | Oʻsha qilmishlar: | ||||||
a) koʻp miqdorda; | a) koʻp miqdorda; | ||||||
b) ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | b) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270 — 275, 2761 — 2768-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs oʻz ixtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi. | Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs oʻz ixtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini topshirsa, jazodan ozod qilinadi. 2761-modda. Gʻayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash yoki qayta ishlash uchun gʻayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish yoki saqlash, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmishlar: a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270 — 276 va 2762 — 2768-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmishlar: a) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab; b) ikki yoki undan ortiq gʻayriqonuniy narkolaboratoriyalar tashkil etgan holda sodir etilgan boʻlsa, — oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs oʻz ixtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, jazodan ozod qilinadi. 2762-modda. Bangixona tashkil qilish yoki saqlash Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini yoki kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilish yoxud tarqatish uchun bangixona tashkil qilish yoki saqlash, — uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; b) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270 — 2761, 2763 — 2768-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — sakkiz yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 2763-modda. Giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning yoki ularning analoglarining yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasiga homiylik qilish Giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning yoki ularning analoglarining yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasini amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyatga hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan homiylik qilish yoxud bunday faoliyat fosh boʻlishining oldini olish maqsadida xizmat faoliyati yuzasidan oʻziga maʼlum boʻlgan maʼlumotlar haqida xabar berish, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) takroran; b) tamagirlik niyatida sodir etilgan boʻlsa; v) odam oʻlimiga; g) boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) odamlar oʻlimiga sabab boʻlsa; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) gʻayriqonuniy narkolaboratoriya faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq holda sodir etilgan boʻlsa, — oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab; b) koʻp miqdordagi giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning yoki ularning analoglarining yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi bilan bogʻliq holda; v) ikki yoki undan ortiq gʻayriqonuniy narkolaboratoriyalar faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq holda sodir etilgan boʻlsa, — oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 2764-modda. Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda egallash Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni oʻgʻrilik yoki firibgarlik yoʻli bilan qonunga xilof ravishda egallash, — uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakat: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) oʻzlashtirish, rastrata qilish yoki mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan; g) talonchilik yoʻli bilan; d) tamagirlik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakat: a) bosqinchilik yoʻli bilan; b) koʻp miqdorda; v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 2765-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash, xuddi shuningdek ularni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar taʼlim tashkilotlarida, ularning hududida yoki talabalarning (oʻquvchilarning) yotoqxonalarida, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida yoxud talabalar (oʻquvchilar) tomonidan oʻquv, sport yoki jamoat tadbirlarini oʻtkazish uchun foydalaniladigan boshqa joylarda, shuningdek ularga tutash hududlarda sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 2766-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni oʻtkazish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish yoxud ularni oʻtkazish maqsadida tayyorlash yoxud qayta ishlash uchun asbob-uskunalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish, joʻnatish yoki oʻtkazish, — ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmishlar: a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270 — 2765, 2767, 2768-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash joylarida; g) taʼlim tashkilotlarida, ularning hududida yoki talabalarning (oʻquvchilarning) yotoqxonalarida, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida yoxud talabalar (oʻquvchilar) tomonidan oʻquv, sport yoki jamoat tadbirlarini oʻtkazish uchun foydalaniladigan boshqa joylarda, shuningdek ularga tutash hududlarda; d) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan; e) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmishlar: a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab; v) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs oʻz ixtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi. 2767-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni ishlab chiqarish, olish, saqlash, hisobga olish, berish, tashishning yoki joʻnatishning belgilangan qoidalarini buzish, agar bu ehtiyotsizlik orqasida ularning talon-toroj qilinishiga yoxud boshqa tarzda jiddiy ziyon yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 2768-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, oʻsha harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmishlar: a) koʻp miqdorda; b) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270 — 2767-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Agar ushbu moddada nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs oʻz ixtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi. 2769-modda. Tanosil yoki OIV kasalligini (OITSni) tarqatish Bila turib, boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirish, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Oʻzida tanosil kasalligi borligini bila turib, bu kasallikni boshqa shaxsga yuqtirish, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; b) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, — uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bila turib, boshqa shaxsni OIV kasalligini (OITSni) yuqtirish xavfi ostida qoldirish yoki unga OIV kasalligini (OITSni) yuqtirish, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Shaxsning kasb yuzasidan oʻz vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida boshqa shaxsga OIV kasalligini (OITSni) yuqtirishi, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 27610-modda. Voyaga yetmagan shaxsni gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish Voyaga yetmagan shaxsni spirtli ichimliklar isteʼmol qilishga, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga taʼsir qiladigan vositalar va moddalarni isteʼmol etishga jalb qilish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Voyaga yetmagan shaxsni giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini yoxud alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol etishga jalb qilish, — uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning yoxud ularning analoglarining yoki kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof ravishda muomalasi bilan bogʻliq jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan; b) ikki yoki undan ortiq voyaga yetmagan shaxsga nisbatan; v) taʼlim tashkilotlarida, ularning hududida yoki talabalarning (oʻquvchilarning) yotoqxonalarida, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida yoxud talabalar (oʻquvchilar) tomonidan oʻquv, sport yoki jamoat tadbirlarini oʻtkazish uchun foydalaniladigan boshqa joylarda, shuningdek ularga tutash hududlarda sodir etilgan boʻlsa; g) odam oʻlimiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 27611-modda. Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish Isteʼmolchilarning hayoti yoki sogʻligʻi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) juda koʻp miqdorda; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa; g) badanga oʻrtacha ogʻir yoxud ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) odamlar oʻlimiga; b) boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — yetti yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 27612-modda. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy jihozlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy jihozlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, shuningdek dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin yoxud ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) koʻp miqdorda; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; g) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa; d) badanga oʻrtacha ogʻir yoxud ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa; e) dori vositalarining yoki tibbiy jihozlarning sifati va davlat roʻyxatidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlarni qalbakilashtirish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) juda koʻp miqdorda; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa; v) odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) odamlar oʻlimiga sabab boʻlsa; b) boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin yoki koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi — toʻrtinchi qismlari tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalari bilan bogʻliq harakatlarni amalga oshirishda qoʻllanilmaydi. 27613-modda. Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan oʻtish va davolanish, karantinni oʻtash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud boʻlgan davrda muloqotda boʻlingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish odamning oʻlimiga sabab boʻlsa, — ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish odamlarning oʻlimiga sabab boʻlsa, — yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
XX bob. Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar | XX bob. Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar | ||||||
277-modda. Bezorilik | 277-modda. Bezorilik | ||||||
Bezorilik, yaʼni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-doʻpposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki oʻzganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish ancha zarar yetkazish bilan bogʻliq holda sodir etilsa, — | Bezorilik, yaʼni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-doʻpposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki oʻzganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish ancha zarar yetkazish bilan bogʻliq holda sodir etilsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Bezorilik: | Bezorilik: | ||||||
a) badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazib: | a) badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazib: | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan; | b) bir guruh shaxslar tomonidan; | ||||||
v) sovuq qurol yoki kishining sogʻligʻi uchun amalda shikast yetkazishi mumkin boʻlgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qoʻllash bilan qoʻrqitib yoxud qoʻllab; | v) sovuq qurol yoki kishining sogʻligʻi uchun amalda shikast yetkazishi mumkin boʻlgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qoʻllash bilan qoʻrqitib yoxud qoʻllab; | ||||||
g) oʻz mazmuniga koʻra umum eʼtirof etgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi oʻtaketgan behayolik bilan; | g) oʻz mazmuniga koʻra umum eʼtirof etgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi oʻtaketgan behayolik bilan; | ||||||
d) yosh bola, qariya, nogiron yoki ojiz ahvoldagi shaxslarni xoʻrlab; | d) yosh bola, qariya, nogironligi boʻlgan shaxs yoki ojiz ahvoldagi shaxslarni xoʻrlab; | ||||||
e) koʻp miqdorda zarar yetkazib, birovning mulkini nobud qilib yoki unga shikast yetkazib sodir etilgan boʻlsa, — | e) koʻp miqdorda zarar yetkazib, birovning mulkini nobud qilib yoki unga shikast yetkazib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Bezorilik: | Bezorilik: | ||||||
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
b) oʻqotar qurolni namoyish qilib, uni qoʻllash bilan qoʻrqitib yoki qoʻllab; | b) oʻqotar qurolni namoyish qilib, uni qoʻllash bilan qoʻrqitib yoki qoʻllab; | ||||||
v) ommaviy tadbirlar oʻtkazilayotgan vaqtda; | v) ommaviy tadbirlar oʻtkazilayotgan vaqtda; | ||||||
g) jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini koʻrgan boshqa fuqarolarga qarshilik koʻrsatib sodir etilgan boʻlsa, — | g) jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini koʻrgan boshqa fuqarolarga qarshilik koʻrsatib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
278-modda. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish | 278-modda. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish | ||||||
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki oʻtkazish, shu jumladan ana shunday oʻyinlar uchun qimorxonalar tashkil etish yoki ularni saqlash — | Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki oʻtkazish, shu jumladan ana shunday oʻyinlar uchun qimorxonalar tashkil etish yoki ularni saqlash — | ||||||
yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa; | a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa; | ||||||
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab, — | b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab, — | ||||||
yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Voyaga yetmagan shaxsni qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarga jalb qilish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Voyaga yetmagan shaxsni qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarga jalb qilish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish yoki oʻtkazish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi provayderlari tomonidan xizmatlar koʻrsatish, tegishli dasturiy taʼminotdan nusxa koʻpaytirish, uni koʻpaytirish, tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish yoki oʻtkazish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi provayderlari tomonidan xizmatlar koʻrsatish, tegishli dasturiy taʼminotdan nusxa koʻpaytirish, uni koʻpaytirish, tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
XX1 bob. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar | XX1 bob. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar | ||||||
2781-modda. Axborotlashtirish qoidalarini buzish | 2781-modda. Axborotlashtirish qoidalarini buzish | ||||||
Axborotlashtirish qoidalarini buzish, yaʼni belgilangan himoya choralarini koʻrmagan holda axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari va banklarini, axborotga ishlov berish hamda uni uzatish tizimlarini yaratish, joriy etish va ulardan foydalanish hamda axborot tizimlaridan ruxsat bilan foydalanish fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Axborotlashtirish qoidalarini buzish, yaʼni belgilangan himoya choralarini koʻrmagan holda axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari va banklarini, axborotga ishlov berish hamda uni uzatish tizimlarini yaratish, joriy etish va ulardan foydalanish hamda axborot tizimlaridan ruxsat bilan foydalanish fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻsha harakatlar juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
2782-modda. Kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish | 2782-modda. Kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish | ||||||
Kompyuter axborotidan, yaʼni axborot-hisoblash tizimlari, tarmoqlari va ularning tarkibiy qismlaridagi axborotlardan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, agar ushbu harakat axborotning yoʻq qilib yuborilishi, toʻsib qoʻyilishi, modifikatsiyalashtirilishi, undan nusxa koʻchirilishi yoxud uning qoʻlga kiritilishiga, elektron hisoblash mashinalari, elektron hisoblash mashinalari tizimi yoki ularning tarmoqlari ishining buzilishiga sabab boʻlsa, — | Kompyuter axborotidan, yaʼni axborot-hisoblash tizimlari, tarmoqlari va ularning tarkibiy qismlaridagi axborotlardan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, agar ushbu harakat axborotning yoʻq qilib yuborilishi, toʻsib qoʻyilishi, modifikatsiyalashtirilishi, undan nusxa koʻchirilishi yoxud uning qoʻlga kiritilishiga, elektron hisoblash mashinalari, elektron hisoblash mashinalari tizimi yoki ularning tarmoqlari ishining buzilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat: | Oʻsha harakat: | ||||||
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | ||||||
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda; | v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda; | ||||||
g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2783-modda. Kompyuter tizimidan, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlaridan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus vositalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab tayyorlash yoxud oʻtkazish va tarqatish | 2783-modda. Kompyuter tizimidan, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlaridan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus vositalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab tayyorlash yoxud oʻtkazish va tarqatish | ||||||
Himoyalangan kompyuter tizimidan, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlaridan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini oʻtkazish maqsadini koʻzlab tayyorlash yoxud oʻtkazish va tarqatish — | Himoyalangan kompyuter tizimidan, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlaridan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini oʻtkazish maqsadini koʻzlab tayyorlash yoxud oʻtkazish va tarqatish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | ||||||
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda; | v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda; | ||||||
g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. | ||||||
2784-modda. Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish | 2784-modda. Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish | ||||||
Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish, yaʼni kompyuter tizimida saqlanayotgan axborotni qonunga xilof ravishda oʻzgartirish, unga shikast yetkazish, uni oʻchirish, xuddi shuningdek bila turib unga yolgʻon axborotni kiritish fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish, yaʼni kompyuter tizimida saqlanayotgan axborotni qonunga xilof ravishda oʻzgartirish, unga shikast yetkazish, uni oʻchirish, xuddi shuningdek bila turib unga yolgʻon axborotni kiritish fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | ||||||
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2785-modda. Kompyuter sabotaji | 2785-modda. Kompyuter sabotaji | ||||||
Oʻzganing kompyuter uskunasini yoki xizmatda foydalaniladigan kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, xuddi shuningdek kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji) — | Oʻzganing kompyuter uskunasini yoki xizmatda foydalaniladigan kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, xuddi shuningdek kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji) — | ||||||
uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | ||||||
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2786-modda. Zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish | 2786-modda. Zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish | ||||||
Kompyuter tizimida saqlanayotgan yoki uzatilayotgan axborotni ruxsatsiz yoʻq qilib yuborish, toʻsib qoʻyish, modifikatsiyalashtirish, undan nusxa koʻchirish yoki uni qoʻlga kiritish maqsadini koʻzlab kompyuter dasturlarini yaratish yoki mavjud dasturlarga oʻzgartirishlar kiritish, xuddi shuningdek maxsus virus dasturlarini ishlab chiqish, ulardan qasddan foydalanish yoki ularni qasddan tarqatish — | Kompyuter tizimida saqlanayotgan yoki uzatilayotgan axborotni ruxsatsiz yoʻq qilib yuborish, toʻsib qoʻyish, modifikatsiyalashtirish, undan nusxa koʻchirish yoki uni qoʻlga kiritish maqsadini koʻzlab kompyuter dasturlarini yaratish yoki mavjud dasturlarga oʻzgartirishlar kiritish, xuddi shuningdek maxsus virus dasturlarini ishlab chiqish, ulardan qasddan foydalanish yoki ularni qasddan tarqatish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda; | ||||||
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | ||||||
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2787-modda. Telekommunikatsiya tarmogʻidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish | 2787-modda. Telekommunikatsiya tarmogʻidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish | ||||||
Oʻrnatilgan himoya tizimlarini chetlab oʻtgan holda telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalanish va xalqaro trafikni oʻtkazish maqsadida telekommunikatsiya tarmogʻidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, shuningdek mazkur maqsadlar uchun moʻljallangan maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) saqlash va ularning faoliyat koʻrsatishi uchun sharoitlar yaratish — | Oʻrnatilgan himoya tizimlarini chetlab oʻtgan holda telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalanish va xalqaro trafikni oʻtkazish maqsadida telekommunikatsiya tarmogʻidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, shuningdek mazkur maqsadlar uchun moʻljallangan maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) saqlash va ularning faoliyat koʻrsatishi uchun sharoitlar yaratish — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; | ||||||
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; | ||||||
v) xizmat mavqeyidan foydalanib; | v) xizmat mavqeyidan foydalanib; | ||||||
g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
2788-modda. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, oʻtkazish yoki ayirboshlash, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish yoxud kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) koʻp miqdorda; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) juda koʻp miqdorda; b) xizmat mavqeyidan foydalangan holda; v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Tayyorgarlik koʻrilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida oʻz ixtiyori bilan arz qilgan va uni ochishga faol yordam bergan shaxs javobgarlikka tortilmaydi. 2789-modda. Mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish Anonim kripto-aktivlar mayningi bilan shugʻullanish yoki belgilangan tartibni buzgan holda mayning faoliyatini amalga oshirish shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Yashirin mayningni amalga oshirish — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) juda koʻp miqdorda; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar: a) xizmat mavqeyidan foydalangan holda; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Tayyorgarlik koʻrilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida oʻz ixtiyori bilan arz qilgan va uni ochishga faol yordam bergan shaxs javobgarlikka tortilmaydi. | |||||||
YETTINCHI BOʻLIM HARBIY XIZMATNI OʻTASH TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR | YETTINCHI BOʻLIM HARBIY XIZMATNI OʻTASH TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR | ||||||
XXI bob. Boʻysunish va harbiy shaʼnga rioya etish tartibiga qarshi jinoyatlar | XXI bob. Boʻysunish va harbiy shaʼnga rioya etish tartibiga qarshi jinoyatlar | ||||||
279-modda. Boʻysunmaslik | 279-modda. Boʻysunmaslik | ||||||
Boʻysunmaslik, yaʼni buyruqni bajarishdan ochiqdan-ochiq bosh tortish, shuningdek, buyruqni boshqa tarzda qasddan bajarmaslik — | Boʻysunmaslik, yaʼni buyruqni bajarishdan ochiqdan-ochiq bosh tortish, shuningdek, buyruqni boshqa tarzda qasddan bajarmaslik — | ||||||
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi. | ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa; | a) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa; | ||||||
b) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | b) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
280-modda. Buyruqni bajarmaslik | 280-modda. Buyruqni bajarmaslik | ||||||
Buyruqni ehtiyotsizlik orqasida bajarmaslik koʻp miqdorda zarar yetkazilishi yoki ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | Buyruqni ehtiyotsizlik orqasida bajarmaslik koʻp miqdorda zarar yetkazilishi yoki ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
ikki yilgacha xizmat yuzasidan cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi. | ikki yilgacha xizmat yuzasidan cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
281-modda. Boshliqqa qarshilik koʻrsatish yoki uni xizmat vazifalarini buzishga majbur qilish | 281-modda. Boshliqqa qarshilik koʻrsatish yoki uni xizmat vazifalarini buzishga majbur qilish | ||||||
Boshliqqa, shuningdek harbiy xizmat yuzasidan oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan boshqa shaxsga qarshilik koʻrsatish yoki uni mazkur vazifalarni buzishga majbur etish — | Boshliqqa, shuningdek harbiy xizmat yuzasidan oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan boshqa shaxsga qarshilik koʻrsatish yoki uni mazkur vazifalarni buzishga majbur etish — | ||||||
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar: | Oʻsha harakatlar: | ||||||
a) bir guruh shaxslar tomonidan; | a) bir guruh shaxslar tomonidan; | ||||||
b) qurol ishlatib sodir etilgan boʻlsa; | b) qurol ishlatib sodir etilgan boʻlsa; | ||||||
v) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | v) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻsha harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
282-modda. Boshliqni qoʻrqitish | 282-modda. Boshliqni qoʻrqitish | ||||||
Jangovar vaziyatda boshliqni oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish, bunday harakat amalga oshirilishi uchun yetarli asoslar mavjud boʻlsa, — | Jangovar vaziyatda boshliqni oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish, bunday harakat amalga oshirilishi uchun yetarli asoslar mavjud boʻlsa, — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
283-modda. Badanga shikast yetkazish | 283-modda. Badanga shikast yetkazish | ||||||
Boshliqni doʻpposlash, uning badaniga yengil yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish u harbiy xizmat yuzasidan oʻz vazifalarini bajarganligi munosabati bilan yoki bajarayotgan vaqtda sodir etilgan boʻlsa, — | Boshliqni doʻpposlash, uning badaniga yengil yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish u harbiy xizmat yuzasidan oʻz vazifalarini bajarganligi munosabati bilan yoki bajarayotgan vaqtda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
uch yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Badanga ogʻir shikast yetkazish, shuningdek, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | Badanga ogʻir shikast yetkazish, shuningdek, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: | ||||||
a) bir guruh shaxslar tomonidan; | a) bir guruh shaxslar tomonidan; | ||||||
b) qurol ishlatib sodir etilgan boʻlsa, — | b) qurol ishlatib sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — | Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
284-modda. Boʻysunuvchining oʻz boshligʻini yoki boshliqning oʻziga boʻysunuvchini haqorat qilishi | 284-modda. Boʻysunuvchining oʻz boshligʻini yoki boshliqning oʻziga boʻysunuvchini haqorat qilishi | ||||||
Boʻysunuvchining oʻz boshligʻini, shuningdek, boshliqning oʻziga boʻysunuvchini haqorat qilishi shunday harakatlar uchun intizomiy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Boʻysunuvchining oʻz boshligʻini, shuningdek, boshliqning oʻziga boʻysunuvchini haqorat qilishi shunday harakatlar uchun intizomiy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
285-modda. Bir-biriga tobe boʻlmagan harbiy xizmatchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish | 285-modda. Bir-biriga tobe boʻlmagan harbiy xizmatchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish | ||||||
Bir-biriga tobe boʻlmagan harbiy xizmatchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish, yaʼni muntazam xoʻrlash, azob berish, sogʻliqning buzilishiga sabab boʻlgan badanga yengil shikast yetkazish yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish, qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum qilish — | Bir-biriga tobe boʻlmagan harbiy xizmatchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish, yaʼni muntazam xoʻrlash, azob berish, sogʻliqning buzilishiga sabab boʻlgan badanga yengil shikast yetkazish yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish, qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum qilish — | ||||||
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) bir guruh shaxslar tomonidan; | a) bir guruh shaxslar tomonidan; | ||||||
b) qurol ishlatib sodir etilgan boʻlsa; | b) qurol ishlatib sodir etilgan boʻlsa; | ||||||
v) badanga ogʻir shikast yetkazilishga sabab boʻlsa, — | v) badanga ogʻir shikast yetkazilishga sabab boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | Oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) odamlarning oʻlimiga; | a) odamlarning oʻlimiga; | ||||||
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
286-modda. Marodyorlik | 286-modda. Marodyorlik | ||||||
Marodyorlik, yaʼni halok boʻlganlarning yoki yaradorlarning buyumlarini jangovar vaziyatda egallash — | Marodyorlik, yaʼni halok boʻlganlarning yoki yaradorlarning buyumlarini jangovar vaziyatda egallash — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
XXII bob. Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlar | XXII bob. Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlar | ||||||
287-modda. Harbiy qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketish | 287-modda. Harbiy qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketish | ||||||
Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisining harbiy qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketishi, shuningdek, harbiy qismdan qisqa muddatga ruxsat berilganda, boshqa xizmatga tayinlanganda yoki boshqa xizmat joyiga oʻtkazilganda, xizmat safaridan, otpuskadan yoki davolash muassasasidan uzrli sabablarsiz bir kecha-kunduzdan ortiq, lekin oʻn kecha-kunduzdan koʻp boʻlmagan muddat davomida xizmat joyida hozir boʻlmasligi, shunday qilmishlar uchun intizomiy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisining harbiy qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketishi, shuningdek, harbiy qismdan qisqa muddatga ruxsat berilganda, boshqa xizmatga tayinlanganda yoki boshqa xizmat joyiga oʻtkazilganda, xizmat safaridan, otpuskadan yoki davolash muassasasidan uzrli sabablarsiz bir kecha-kunduzdan ortiq, lekin oʻn kecha-kunduzdan koʻp boʻlmagan muddat davomida xizmat joyida hozir boʻlmasligi, shunday qilmishlar uchun intizomiy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi, ofitserlar tarkibidan boʻlgan shaxs yoki harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) boʻyicha oʻtayotgan harbiy xizmatchining qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketishi, shuningdek uzrli sabablarsiz belgilangan muddatdan oʻn kecha-kunduzdan ortiq, lekin bir oydan koʻp boʻlmagan muddat davomida xizmat joyiga yetib kelmasligi — | Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi, ofitserlar tarkibidan boʻlgan shaxs yoki harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) boʻyicha oʻtayotgan harbiy xizmatchining qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketishi, shuningdek uzrli sabablarsiz belgilangan muddatdan oʻn kecha-kunduzdan ortiq, lekin bir oydan koʻp boʻlmagan muddat davomida xizmat joyiga yetib kelmasligi — | ||||||
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Harbiy qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, xizmatga belgilangan muddatdan uzrli sabablarsiz bir oydan ortiq vaqt ichida yetib kelmaslik ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | Harbiy qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, xizmatga belgilangan muddatdan uzrli sabablarsiz bir oydan ortiq vaqt ichida yetib kelmaslik ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddada nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, muddatidan qatʼi nazar, — | Ushbu moddada nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, muddatidan qatʼi nazar, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
288-modda. Dezertirlik | 288-modda. Dezertirlik | ||||||
Dezertirlik, yaʼni harbiy xizmatdan butunlay boʻyin tovlash maqsadida harbiy qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, shu maqsadda xizmat joyiga yetib kelmaslik — | Dezertirlik, yaʼni harbiy xizmatdan butunlay boʻyin tovlash maqsadida harbiy qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, shu maqsadda xizmat joyiga yetib kelmaslik — | ||||||
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish ofitserlar tarkibidan boʻlgan shaxs yoki harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) boʻyicha oʻtayotgan harbiy xizmatchi tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻsha qilmish ofitserlar tarkibidan boʻlgan shaxs yoki harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) boʻyicha oʻtayotgan harbiy xizmatchi tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
289-modda. Halok boʻlayotgan harbiy kemani tashlab ketish | 289-modda. Halok boʻlayotgan harbiy kemani tashlab ketish | ||||||
Halok boʻlayotgan harbiy kemani oʻz xizmat vazifalarini oxirigacha bajarmagan komandir tomonidan, shuningdek, komandirning tegishli farmoyishi boʻlmasdan kema komandasi tarkibidagi shaxs tomonidan tashlab ketilishi — | Halok boʻlayotgan harbiy kemani oʻz xizmat vazifalarini oxirigacha bajarmagan komandir tomonidan, shuningdek, komandirning tegishli farmoyishi boʻlmasdan kema komandasi tarkibidagi shaxs tomonidan tashlab ketilishi — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
290-modda. Oʻzining biron aʼzosini mayib qilish yoʻli bilan yoki boshqa usulda harbiy xizmatdan boʻyin tovlash | 290-modda. Oʻzining biron aʼzosini mayib qilish yoʻli bilan yoki boshqa usulda harbiy xizmatdan boʻyin tovlash | ||||||
Oʻzining biron aʼzosini mayib qilish, yaʼni harbiy xizmatchining oʻz badaniga biron shikast yetkazish yoʻli bilan, shuningdek, oʻzini yolgʻondan kasallikka solib, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha aldash yoʻli bilan harbiy xizmat vazifalarini bajarishdan boʻyin tovlashi yoki bu vazifalarni bajarishdan bosh tortishi — | Oʻzining biron aʼzosini mayib qilish, yaʼni harbiy xizmatchining oʻz badaniga biron shikast yetkazish yoʻli bilan, shuningdek, oʻzini yolgʻondan kasallikka solib, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha aldash yoʻli bilan harbiy xizmat vazifalarini bajarishdan boʻyin tovlashi yoki bu vazifalarni bajarishdan bosh tortishi — | ||||||
bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha harakat jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻsha harakat jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
291-modda. Qorovul xizmatini oʻtash qoidalarini buzish | 291-modda. Qorovul xizmatini oʻtash qoidalarini buzish | ||||||
Qorovul (soqchilik) xizmati ustav qoidalarini qorovul tarkibiga kirgan shaxs tomonidan zararli oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, basharti, mazkur qorovul bunday oqibatlarning oldini olish uchun tayinlangan boʻlsa, — | Qorovul (soqchilik) xizmati ustav qoidalarini qorovul tarkibiga kirgan shaxs tomonidan zararli oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, basharti, mazkur qorovul bunday oqibatlarning oldini olish uchun tayinlangan boʻlsa, — | ||||||
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) badanga ogʻir shikast yetkazilishiga; | a) badanga ogʻir shikast yetkazilishiga; | ||||||
b) odam oʻlishiga; | b) odam oʻlishiga; | ||||||
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
292-modda. Ichki xizmatni oʻtash yoki garnizonda patrullik qilish qoidalarini buzish | 292-modda. Ichki xizmatni oʻtash yoki garnizonda patrullik qilish qoidalarini buzish | ||||||
Ichki xizmat ustavi qoidalarini, shuningdek, garnizonda patrullik qilish qoidalarini zararli oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, tegishli xizmat bunday oqibatlarning oldini olish uchun tayinlangan boʻlsa, — | Ichki xizmat ustavi qoidalarini, shuningdek, garnizonda patrullik qilish qoidalarini zararli oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, tegishli xizmat bunday oqibatlarning oldini olish uchun tayinlangan boʻlsa, — | ||||||
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
293-modda. Jangovar navbatchilikni oʻtash qoidalarini buzish | 293-modda. Jangovar navbatchilikni oʻtash qoidalarini buzish | ||||||
Jangovar navbatchilikni oʻtash (jangovar xizmat) qoidalarini buzish qoʻriqlanayotgan obyektlarga zarar yetkazilishiga yoki jangovar topshiriq bajarilmay qolishiga sabab boʻlsa, — | Jangovar navbatchilikni oʻtash (jangovar xizmat) qoidalarini buzish qoʻriqlanayotgan obyektlarga zarar yetkazilishiga yoki jangovar topshiriq bajarilmay qolishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish Oʻzbekiston Respublikasiga toʻsatdan qilingan hujumni oʻz vaqtida payqamaganlik yoki daf etmaganlikda ifodalansa, shuningdek, ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | Oʻsha qilmish Oʻzbekiston Respublikasiga toʻsatdan qilingan hujumni oʻz vaqtida payqamaganlik yoki daf etmaganlikda ifodalansa, shuningdek, ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
294-modda. Chegara xizmatini oʻtash qoidalarini buzish | 294-modda. Chegara xizmatini oʻtash qoidalarini buzish | ||||||
Chegarachilar naryadi tarkibida boʻlgan shaxsning chegara xizmatini oʻtash qoidalarini buzishi chegaraning daxlsizligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa, — | Chegarachilar naryadi tarkibida boʻlgan shaxsning chegara xizmatini oʻtash qoidalarini buzishi chegaraning daxlsizligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa, — | ||||||
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) qonunga xilof ravishda chegaradan oʻtishga; | a) qonunga xilof ravishda chegaradan oʻtishga; | ||||||
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
XXIII bob. Harbiy mulkni saqlash yoki undan foydalanish tartibiga qarshi jinoyatlar | XXIII bob. Harbiy mulkni saqlash yoki undan foydalanish tartibiga qarshi jinoyatlar | ||||||
295-modda. Harbiy mulkni behuda sarflash, yoʻqotish yoki ishdan chiqarish | 295-modda. Harbiy mulkni behuda sarflash, yoʻqotish yoki ishdan chiqarish | ||||||
Harbiy mulkni behuda sarflash, yaʼni muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisining shaxsan oʻzi foydalanishi uchun berilgan harbiy aslaha-anjomlarni sotishi, foydalanish uchun birovga berishi yoki garovga qoʻyishi — | Harbiy mulkni behuda sarflash, yaʼni muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisining shaxsan oʻzi foydalanishi uchun berilgan harbiy aslaha-anjomlarni sotishi, foydalanish uchun birovga berishi yoki garovga qoʻyishi — | ||||||
bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Xizmatda foydalanish uchun ishonib topshirilgan qurol, oʻq-dori, harakat qilish vositalari, texnika taʼminoti buyumlarini saqlash qoidalarini buzish natijasida ularni yoʻqotish yoki ishdan chiqarish, — | Xizmatda foydalanish uchun ishonib topshirilgan qurol, oʻq-dori, harakat qilish vositalari, texnika taʼminoti buyumlarini saqlash qoidalarini buzish natijasida ularni yoʻqotish yoki ishdan chiqarish, — | ||||||
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — | Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
296-modda. Harbiy mulkni nobud qilish yoki unga shikast yetkazish | 296-modda. Harbiy mulkni nobud qilish yoki unga shikast yetkazish | ||||||
Qurol, oʻq-dori, harakat qilish vositalari, harbiy texnika yoki boshqa harbiy mulkni qasddan nobud qilish yoki unga shikast yetkazish — | Qurol, oʻq-dori, harakat qilish vositalari, harbiy texnika yoki boshqa harbiy mulkni qasddan nobud qilish yoki unga shikast yetkazish — | ||||||
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | Oʻsha qilmish ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. | oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. | ||||||
297-modda. Atrofdagilar uchun katta xavf manbai boʻlgan qurol-yarogʻ, shuningdek modda va buyumlar bilan muomalada boʻlish qoidalarini buzish | 297-modda. Atrofdagilar uchun katta xavf manbai boʻlgan qurol-yarogʻ, shuningdek modda va buyumlar bilan muomalada boʻlish qoidalarini buzish | ||||||
Atrofdagilar uchun katta xavf manbai boʻlgan qurol-yarogʻ, shuningdek, oʻq-dori, portlovchi, radioaktiv yoki boshqa modda va buyumlar bilan muomalada boʻlish qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Atrofdagilar uchun katta xavf manbai boʻlgan qurol-yarogʻ, shuningdek, oʻq-dori, portlovchi, radioaktiv yoki boshqa modda va buyumlar bilan muomalada boʻlish qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) ikki yoki undan ortiq shaxsning badaniga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishiga; | a) ikki yoki undan ortiq shaxsning badaniga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishiga; | ||||||
b) ogʻir shikast yetkazilishiga; | b) ogʻir shikast yetkazilishiga; | ||||||
v) odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | v) odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) odamlar oʻlimiga; | a) odamlar oʻlimiga; | ||||||
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
298-modda. Mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish | 298-modda. Mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish | ||||||
Jangovar, maxsus yoki transport mashinalarini boshqarish yoxud ulardan foydalanish qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Jangovar, maxsus yoki transport mashinalarini boshqarish yoxud ulardan foydalanish qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | Oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish: | Oʻsha qilmish: | ||||||
a) odamlar oʻlimiga; | a) odamlar oʻlimiga; | ||||||
b) halokatga; | b) halokatga; | ||||||
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
299-modda. Uchish yoki uchishga tayyorgarlik koʻrish qoidalarini buzish | 299-modda. Uchish yoki uchishga tayyorgarlik koʻrish qoidalarini buzish | ||||||
Uchish yoki uchishga tayyorgarlik koʻrish qoidalarini, shuningdek, uchish apparatlaridan foydalanish qoidalarini buzish halokat yuz berishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | Uchish yoki uchishga tayyorgarlik koʻrish qoidalarini, shuningdek, uchish apparatlaridan foydalanish qoidalarini buzish halokat yuz berishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
300-modda. Kemani boshqarish qoidalarini buzish | 300-modda. Kemani boshqarish qoidalarini buzish | ||||||
Kemani boshqarish qoidalarini buzish kemaning halokatga uchrashiga yoki unga jiddiy shikast yetkazilishiga, odamlar halok boʻlishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | Kemani boshqarish qoidalarini buzish kemaning halokatga uchrashiga yoki unga jiddiy shikast yetkazilishiga, odamlar halok boʻlishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
XXIV bob. Harbiy mansabdorlik jinoyatlari | XXIV bob. Harbiy mansabdorlik jinoyatlari | ||||||
301-modda. Hokimiyatni suiisteʼmol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi | 301-modda. Hokimiyatni suiisteʼmol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi | ||||||
Boshliq yoki boshqa mansabdor shaxsning oʻz hokimiyat yoki xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilishi, hokimiyat yoki xizmat vakolati doirasidan chetga chiqishi, shuningdek, hokimiyat harakatsizligi Qurolli Kuchlarning manfaatlariga, harbiy xizmatchi yoki boshqa fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | Boshliq yoki boshqa mansabdor shaxsning oʻz hokimiyat yoki xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilishi, hokimiyat yoki xizmat vakolati doirasidan chetga chiqishi, shuningdek, hokimiyat harakatsizligi Qurolli Kuchlarning manfaatlariga, harbiy xizmatchi yoki boshqa fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, — | ||||||
uch yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmishlar badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazib, sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻsha qilmishlar: a) badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazib; b) gʻarazgoʻylik niyatlarida sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmishlar: | Oʻsha qilmishlar: | ||||||
a) odam oʻlishiga; | a) odam oʻlishiga; | ||||||
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Ushbu moddada nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — | Ushbu moddada nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
302-modda. Xizmatga sovuqqonlik bilan qarash | 302-modda. Xizmatga sovuqqonlik bilan qarash | ||||||
Boshliq yoki boshqa mansabdor shaxsning oʻz xizmat vazifalariga nisbatan pala-partish yoki vijdonsizlarcha munosabatda boʻlishi tufayli bu vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | Boshliq yoki boshqa mansabdor shaxsning oʻz xizmat vazifalariga nisbatan pala-partish yoki vijdonsizlarcha munosabatda boʻlishi tufayli bu vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — | ||||||
uch yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — | Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — | ||||||
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. | ||||||
SAKKIZINCHI BOʻLIM ATAMALARNING HUQUQIY MAʼNOSI | SAKKIZINCHI BOʻLIM ATAMALARNING HUQUQIY MAʼNOSI | ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
| Valyuta operatsiyalari — valyuta qimmatliklariga boʻlgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning oʻtishi bilan bogʻliq operatsiyalar, valyuta qimmatliklaridan toʻlov vositasi sifatida foydalanish, valyuta qimmatliklarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, joʻnatish va oʻtkazish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish, joʻnatish va oʻtkazish, rezidentlar va norezidentlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi valyutasidagi operatsiyalar. | ||||||
| Valyuta qimmatliklari — ushbu Kodeksda nazarda tutilgan valyuta qimmatliklariga chet el valyutasi, nominali chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qogʻozlar va toʻlov hujjatlari, norezidentlar tomonidan chiqarilgan, nominalga ega boʻlmagan qimmatli qogʻozlar kiradi. | ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
| Chet el valyutasi — muomaladagi hamda chet davlat (chet davlatlar guruhlari) hududida naqd toʻlovning qonuniy vositasi boʻlgan pul belgilari, shuningdek muomaladan chiqarilayotgan yoki muomaladan chiqarilgan, ammo almashtirilishi lozim boʻlgan pul belgilari, chet davlatlarning (chet davlatlar guruhlarining) pul birliklarida hamda xalqaro pul birliklarida yoki hisob-kitob birliklarida bank hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan mablagʻlar. | ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
|
| ||||||
Kripto-aktiv — maʼlumotlarning taqsimlangan reyestridagi raqamli yozuvlar yigʻindisini ifodalaydigan, qiymati va egasiga ega boʻlgan mulkiy huquq. Mayning — hisoblash operatsiyalarini amalga oshirish orqali maʼlumotlarning taqsimlangan reyestrini saqlash, bloklarni yaratish va ularning yaxlitligini tasdiqlash faoliyati. Qimmatbaho metallar — ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qimmatbaho metallarga har qanday koʻrinish va holatdagi, shu jumladan yombi va affinaj qilingan holatdagi, shuningdek xom ashyodagi, qotishmalardagi, xomaki mahsulotlardagi, sanoat mahsulotlaridagi, kimyoviy birikmalardagi, ishlab chiqarish hamda isteʼmol parchalaridagi va chiqindilaridagi oltin, kumush, platina hamda platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy) kiradi, bundan shunday metallardan yasalgan zargarlik va boshqa roʻzgʻor buyumlari, ularning rezgilari mustasno. Qimmatbaho toshlar — ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qimmatbaho toshlarga tabiiy olmoslar, yoqutlar, zumradlar, sapfirlar, aleksandritlar, xom (tabiiy) va ishlov berilgan tarzdagi tabiiy marvarid kiradi, bundan shunday toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa roʻzgʻor buyumlari hamda ularning rezgilari mustasno. Gʻayriqonuniy narkolaboratoriya — giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni, shuningdek giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki qayta ishlash uchun maxsus tashkil etilgan, buning uchun zarur boʻlgan kimyoviy moddalar, asbob-uskunalar va texnik vositalar bilan jihozlangan har qanday koʻchar yoki koʻchmas mulk obyekti.
|