Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.08.2023 17.01.2007 yildagi PQ-568-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.08.2023
Hujjat 17.01.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GEOLOGIYA-QIDIRUV IShLARINI TAShKIL QILIShNI HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GEOLOGIYA VA MINERAL RESURSLAR QOʻMITASI FAOLIYATINI TUBDAN TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-sonli “Maʼmuriy islohotlar doirasida togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalari, qurilish industriyasi korxonalarining mineral xomashyo bazasini yaratish va kengaytirish chora-tadbirlari izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Nodir va kamyob yer metallari, agrokimyo va kon-ruda xomashyosi, qurilish materiallari, yer osti chuchuk va mineral suvlari zaxiralarini koʻpayishi taʼminlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan mineral-xomashyo bazasi yetarli surʼatlarda rivojlanmayapti. Ayrim potensial rudali hududlar sust oʻrganilmoqda. Geologiya-qidiruv ishlari davomida ilm-fanga asoslangan texnologiyalar yetarlicha qoʻllanilmayapti, ilmiy-tadqiqot salohiyati ancha zaiflashgan va asossiz ravishda tarqoqlashgan. Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil qilish tuzilmasi va boshqaruv usullari zamon talablariga javob bermayapti. Ishlarning pirovard natijalariga qarab emas, balki fizik hajmlariga qarab baho berishdan iborat umrini yashab boʻlgan amaliyot hamon saqlanib qolmoqda. Konchilik, burgʻulash va laboratoriya asbob-uskunalarining nihoyatda eskirganligi, shuningdek, maxsus priborlar bilan yaxshi jihozlanmaganligi qidiruv ishlarini zamonaviy usul va texnologiyalar asosida oʻtkazish imkoniyatlarini cheklab qoʻymoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geologiya-qidiruv ishlarini rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirish, amalga oshirish va ularning bajarilishini monitoring qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish, ularni foydali qazilmalar zaxiralarini oʻstirishga, ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni jadal tatbiq etishga yoʻnaltirish, tarmoq uchun kadrlar tayyorlash darajasini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar geologiya tarmogʻini isloh qilishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng avvalo uglevodorod xomashyosi, qimmatbaho, rangli, kamyob yer metallar va uranni, shuningdek yer osti chuchuk va mineral suvlarni qidirish hamda razvedka qilish samaradorligini oshirishni taʼminlaydigan geologiya-qidiruv ishlarining tashkiliy tuzilmasini, boshqaruv va prognoz qilish tizimini tubdan takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qaʼridan samarali foydalanish va mineral xomashyo qazib chiqarish talablarini hisobga olgan holda foydali qazilmalar geologik zaxiralarini chuqur tahlil etish, ularni prognoz qilishning zamonaviy texnologiyalari va ilgʻor usullarini keng qoʻllash asosida geologiyaga oid axborotlarning xolisligi va haqqoniyligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya-qidiruv ishlari samaradorligiga baho berish asosida bu ishlarni moliyalashtirish hamda tarmoqning pirovard natijalariga foydali qazilmalarning sanoat zaxiralari oʻsishiga qarab ragʻbatlantirishning zamonaviy usullarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq korxonalarini tubdan modernizatsiyalash va texnik jihatdan qayta jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya sohasida malakali kadrlar tayyorlashni takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi hamda Davlat mulki qoʻmitasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tarkibida “Nodir va rangli metallar geologiyasi”, “Uran va kamyob yer metallari geologiyasi” hamda “Gidromineral resurslar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazlarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaga* muvofiq Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimidagi korxonalarni qayta tashkil etish va tugatish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tarkibida tashkil etiladigan ilmiy-ishlab chiqarish markazlari geologiya-qidiruv ishlarining muayyan yoʻnalishlari boʻyicha ixtisoslashtiriladi va mineral xomashyoning strategik turlarini kompleks ravishda, tizimli tadqiq etish, qidirish, baho berish va razvedka qilish uchun ilmiy va ishlab chiqarish boʻlinmalarini oʻz tarkibida birlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar yangi tashkil etiladigan ilmiy-ishlab chiqarish markazlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolli hududlarni aniqlash va ularning geologik potensialini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya-qidiruv ishlarining zamonaviy usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish hamda joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan dasturlarga muvofiq istiqbolli maydonlardagi geologiya ishlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya-qidiruv ishlarini rivojlantirish dasturlarining pudrat korxonalari tomonidan bajarilishini nazorat qilish, ish uslubiyati va yoʻnalishlaridagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida, shuningdek obyektlarning istiqbolli ekanligi tasdiqlanmaganida ishlarni toʻxtatib turish haqida takliflar kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi hamda uning boshqaruv xodimlari cheklangan soni 65 kishidan iborat markaziy apparati tuzilmasi 2 va 3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bir oy muddatda Qoʻmitaga boʻysunuvchi korxonalarni tegishli ravishda qayta tashkil etsin, shu jumladan davlat korxonalarining nizomlarini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisiga, zarur hollarda, xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Qoʻmitaning markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2 va 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur qarorda belgilangan geologiya sohasini isloh qilishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari va vazifalaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi yangilangan nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 2007—2010-yillarda geologiya-qidiruv ishlariga ilm-fanga asoslangan zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni tatbiq etish Dasturi, shuningdek Davlat geologiya qoʻmitasi tizimidagi korxona va tashkilotlarni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash chora-tadbirlari 4, 4a-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Dasturda tasdiqlangan vazifalarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi va ularning zarur moliyaviy manbalar bilan mustahkamlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4 va 4a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya-qidiruv ishlarining oʻrta muddatli (3 yilgacha davrga) va uzoq muddatli (3 yildan ortiq davrga) dasturlari Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya-qidiruv ishlarining har yillik dasturlari Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda geologiya-qidiruv ishlarining tasdiqlangan oʻrta va uzoq muddatli dasturlarini amalga oshirish doirasida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi ikki oy muddatda Davlat geologiya qoʻmitasi tizimi boʻyicha geologiya qidiruv-ishlarining har yillik dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar 2011-yilning 1-yanvarigacha, bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari bojxona toʻlovlaridan ozod etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi har yili tasdiqlaydigan roʻyxatlar boʻyicha Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan olib kelinadigan uskunalar va avtotransport vositalari, materiallar, shuningdek uskunalar uchun ehtiyot qismlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi va “Oʻzbekneftgaz” MXK tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan kosmik suratga olish materiallari, uskunalar va ularga ishlov berish uchun dastur taʼminoti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Toshkent davlat texnika universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya mutaxassisliklariga nisbatan qoʻyiladigan zamonaviy talablardan kelib chiqib, mazkur mutaxassisliklar boʻyicha oʻquv rejalari va taʼlim jarayoni dasturlarini tubdan takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fakultetlarning professor-oʻqituvchilar tarkibidan geologiya va burgʻulash yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirish va malakani oʻzgartirish, shuningdek kamyob yer metallari geologiyasi sohasi boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash uchun kadrlarni yetakchi xorijiy oliy oʻquv muassasalariga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatidagi Oqsoqota va Burchmulla ixtisoslashtirilgan oʻquv geologiya poligonlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya sohasi korxonalarining fakultetlarini zarur oʻquv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va kutubxona fondi bilan jihozlashda homiylik yordamini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin, tasdiqlasin va 2007-2008 oʻquv yili mobaynida amalga oshirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Navoiy viloyati hokimligi bir oy muddatda Davlat geologiya qoʻmitasining bazaviy posyolkalarini joriy holati boʻyicha kommunal infratuzilmasi bilan birga 5-ilovaga muvofiq balansga qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekenergo” DAK Davlat geologiya qoʻmitasining bazaviy posyolkalarini elektrenergiya bilan taʼminlaydigan past voltli elektr uzatish liniyalarini joriy holati boʻyicha oʻz balansiga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 25-martdagi 139-sonli qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek mazkur qarorning 1 va 2-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 17-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-568-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 17-yanvardagi PQ-568-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qoʻmitasining Navoiy viloyati hokimligi balansiga joriy holati boʻyicha berilayotgan bazaviy posyolkalari va ular infratuzilmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tashkilot nomi

Joylashgan manzili

Uy-joylar soni

(birlik)

Infratuzilma obyektlari nomi

Past kuchlanishli EUL uzunligi

(km)

Qozonxonalar

(birlik)

suv quvurlari

(km)

1.

“Samarqandgeologiya” davlat geologiya korxonasi

Qizilqum geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi

Tomdi tumani Muruntov posyolkasi

348

2

17

EUL — 0,4 Kvt;

12

2.

“Samarqandgeologiya” davlat geologiya korxonasi

Daugiztau geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi

Konimex tumani Daugiztau posyolkasi

172

1

6

3.

“Samarqandgeologiya” davlat geologiya korxonasi

Kokpatas geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi

Uchquduq tumani Kokpatas posyolkasi

68

12

Jami

588

3

35

12

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 3-son, 26-modda; 2010-y., 35-36-son, 301-modda; 2017-y., 23-son, 450-modda)