Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 12.01.2007 yildagi PQ-565-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 12.01.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

AHOLINING VA XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNING BANK TIZIMIGA IShONChINI MUSTAHKAMLAShGA OID KEYINGI ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish, aholining va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank tizimiga ishonchini mustahkamlash, ularning daromadlarini legallashtirish, depozit hisobvaraqlaridagi qoʻyilmalar hajmini koʻpaytirish, shuningdek naqd pul mablagʻlarining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qilinishi shart boʻlgan, summasi eng kam ish haqi miqdorining toʻrt ming karrasiga teng yoki undan ortiq pul mablagʻlari yoki mol-mulk bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar shunday operatsiyalar boʻyicha maʼlumotlarni maxsus vakil qilingan davlat organiga taqdim etishi lozim boʻlgan qoidaning amal qilishi 2013-yilning 1-yanvarigacha davrda toʻxtatib turiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlarni faqat bank siri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar va boshqa kredit tashkilotlarining faoliyatiga aralashish, shuningdek ulardan bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar berishni huquqqa zid tarzda talab qilish kabi hollarga yoʻl qoʻymaslik borasida bank siri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror talablarini buzuvchi aybdor mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuratura, Markaziy bank, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralar tomonidan oʻz normativ hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 12-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-565-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 3-son, 24-modda)