09.03.2004 yildagi 113-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.06.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT ZAXIRALARINI BOSHQARISH QOʻMITASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish yuzasidan va respublikaning safarbarlik tayyorgarligini yanada takomillashtirish, strategik va safarbarlik ahamiyatiga ega boʻlgan zaxiralar shakllanishi jarayonlarining davlat boshqaruvini maqbullashtirish yuzasidan yagona davlat siyosatini olib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat moddiy zaxiralari bosh boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi (“Oʻzdavzaxira” qoʻmitasi) etib qayta tashkil qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda davlat strategik zaxirasida moddiy boyliklar toʻplanishi, yangilanishi, almashtirilishi, chiqarilishining yillik hajmlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat strategik va safarbarlik zaxiralari shakllantirilishini, shu jumladan ularning toʻplanishi, saqlanishi va yangilanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar tomonidan davlat strategik va safarbarlik zaxiralari shakllantirilishi (toʻplanishi, yangilanishi, almashtirilishi, chiqarilishi), shuningdek qarz olingan tovarlar va mahsulotlarning sifatli va miqdoriy saqlanishi va oʻz vaqtida qaytarilishi taʼminlanishi boʻyicha topshiriqlar bajarilishini doimiy nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkor foydalanishga doimiy tayyorlikni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 25-avgustdagi 193-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavzaxira” qoʻmitasi raisiga bir nafar oʻrinbosarga va yetti kishidan iborat tarkibda hayʼatga ega boʻlishga ruxsat berilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavzaxira” qoʻmitasi raisiga markaziy apparat tuzilmasiga xodimlarning cheklangan belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzdavzaxira” qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat moddiy zaxiralari bosh boshqarmasining shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavzaxira” qoʻmitasi va unga qarashli tashkilotlar ixtiyorida mavjud asosiy vositalar, shu jumladan ular egallab turgan yer uchastkalari bilan birgalikda binolar va inshootlar saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, “Oʻzdavzaxira” qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari, mulkchilik shakllaridan va idoraviy mansubliligidan qatʼi nazar korxonalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat moddiy rezervlar Bosh boshqarmasi (“Oʻzdavrezerv”)ni tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 4-fevraldagi 43-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 9-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 25-avgustdagi 193-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 25-avgustdagi 193-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 9-martdagi 113-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda matnda qoʻmita deb yuritiladi) davlat strategik va safarbarlik zaxiralarini (keyingi oʻrinlarda matnda davlat zaxirasi deb yuritiladi) shakllantirish, saqlash va zaxiralarga xizmat koʻrsatishni boshqarish va nazorat qilishni taʼminlash sohasidagi vazifalarni hal etish uchun maxsus vakil qilingan Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoʻmita tizimiga unga qarashli quyidagi tashkilotlar kiradi: “Magnit” kombinati (Toshkent viloyati, Ohangaron shahri), “Markaziy” kombinati (Toshkent shahri), “Ilgʻor” kombinati (Samarqand viloyati, Juma shahri), “Ozodlik” kombinati (“Samarqand viloyati, Bulungʻur shahri), “Imkon” DUK (Toshkent shahri).
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 208-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 28-son, 321-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻmita oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoʻmita oʻz faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari, mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar korxonalar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoʻmita va unga qarashli davlat strategik zaxirasining moddiy boyliklarini saqlash tashkilotlari safarbarlik organlariga tegishlidir hamda xavfsizligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taʼminlanadigan, muhimligiga koʻra toifalashtirilgan obyektlar roʻyxatiga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoʻmita va unga qarashli tashkilotlarning moddiy-texnika taʼminoti, shuningdek qoʻmita tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash qoʻmitaga ajratiladigan mablagʻlar doirasida davlat budjetidan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan budjetdan tashqari manbalardan amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoʻmita va unga qarashli tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob raqamlariga (shu jumladan valyuta hisob raqamlariga), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Qoʻmitaning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Qoʻmitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda davlat strategik zaxirasida moddiy boyliklar toʻplanishi, yangilanishi, almashtirilishi, chiqarilishining yillik hajmlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat strategik va safarbarlik zaxiralari shakllantirilishini, shu jumladan ularning toʻplanishi, saqlanishi va yangilanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar tomonidan davlat strategik va safarbarlik zaxiralari shakllantirilishi (toʻplanishi, yangilanishi, almashtirilishi, chiqarilishi), shuningdek qarz olingan tovarlar va mahsulotlarning sifatli va miqdoriy saqlanishi va oʻz vaqtida qaytarilishi taʼminlanishi boʻyicha topshiriqlar bajarilishini doimiy nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkor foydalanishga doimiy tayyorlikni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat strategik zaxirasida moddiy boyliklar harakatining (toʻplash, yangilash, almashtirish, chiqarish) yillik hajmlarini shakllantirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat strategik zaxirasi tovarlari va mahsulotlari toʻplanishi, joylashtirilishi, saqlanishi va chiqarilishini belgilangan tartibda taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar tomonidan davlat strategik va safarbarlik zaxiralari shakllantirilishi (toʻplanishi, yangilanishi, almashtirilishi, chiqarilishi), shuningdek qarz olingan tovarlar va mahsulotlarning sifatli va miqdoriy saqlanishi va oʻz vaqtida qaytarilishi taʼminlanishi boʻyicha topshiriqlar bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat strategik va safarbarlik zaxiralari moddiy boyliklari bilan ishlashda qonun buzilishlari aniqlanganda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni qoʻllaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlarning davlat strategik va safarbarlik zaxiralarini shakllantirish boʻyicha xarajatlari moliyalashtirilishini, shuningdek qoʻmita tarkibiy boʻlinmalari faoliyati moliyalashtirilishini belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridagi moddiy boyliklar toʻgʻrisidagi yigʻma hisobotlarni, ularni toʻplashga doir topshiriqlar bajarilishi hamda davlat strategik va safarbarlik zaxirasiga qaytarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining topshirigʻiga koʻra davlat zaxiralari masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlikni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda oʻziga qarashli tashkilotlar orqali hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qoʻmitaning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari, mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar korxonalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat strategik va safarbarlik zaxiralari hajmlariga va ularni saqlash uchun joylashtirish joylariga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil ravishda yoki oʻziga qarashli tashkilotlar orqali, shuningdek vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar orqali davlat strategik va safarbarlik zaxiralari tovarlari va mahsulotlarini xarid qilishni (import ham shu jumlaga kiradi) va realizatsiya qilishni (eksport ham shu jumlaga kiradi) belgilangan tartibda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari, mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar korxonalar va tashkilotlarda davlat strategik va safarbarlik zaxiralari moddiy boyliklarining hisobi toʻgʻri yuritilishi, toʻplanishi, saqlash sharoitlari taʼminlanishi, ularning sifatli va miqdoriy saqlanishi va ulardan foydalanish taʼminlanishi yuzasidan belgilangan tartibda tekshirishlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat strategik va safarbarlik zaxiralari korxonalarda masʼuliyatli saqlanishini tekshirish uchun zarurat boʻlganda, belgilangan tartibda vazirliklar, idoralar, ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning mutaxassislarini (shu jumladan pulli asosda) jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangilanishi kerak boʻlgan mahsulotlar oʻz vaqtida chiqarilishi (shu jumladan qayta ishlanishi) chora-tadbirlarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat zaxiralari tovarlari va mahsulotlarini uzoq vaqt saqlash muammolari boʻyicha belgilangan tartibda idoraviy oʻquv markazlari va tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy markazlar tashkil etish, kadrlar tayyorlash va davlat zaxiralari tizimi, shuningdek davlat strategik va safarbarlik zaxiralariga xizmat koʻrsatish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi taʼmirlash-qurilish, qayta ishlash korxonalari va boshqa korxonalarning xodimlari malakasini oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Qoʻmita faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita raisining bir nafar oʻrinbosari boʻladi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita raisi mehnatga haq toʻlash, tibbiy va maishiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra vazirning birinchi oʻrinbosariga, rais oʻrinbosari esa — vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — 2010-y., 23-son, 183-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoʻmita raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻmita faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning belgilangan soni doirasida qoʻmita tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi, uning markaziy apparati shtat jadvalini, shuningdek qoʻmita markaziy apparati va unga qarashli tashkilotlarning xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻmitaga qarashli tashkilotlarning tuzilmasini va ular toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻmita markaziy apparati xodimlarini, qoʻmita tizimiga kiradigan unga qarashli tashkilotlar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoʻmitada rais (hayʼat raisi), uning oʻrinbosari, shuningdek Qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼatning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi Qoʻmita raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita faoliyatining davlat strategik va safarbarlik zaxiralarini shakllantirish, saqlash va ularga xizmat koʻrsatishni boshqarish va nazorat qilishni taʼminlashni davom ettirish boʻyicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Qoʻmita rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat Qoʻmita vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat majlisiga Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat qarorlari Qoʻmitaning qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda rais paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼat tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — 2010-y., 23-son, 183-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qoʻmita qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 9-martdagi 113-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-iyundagi 200-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 288-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ehtiyojlari uchun asosiy oziq-ovqat turlarini xarid qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 14-avgustdagi 397-son qarorining 1 va 5-bandlaridagi “Oʻzdavrezerv” soʻzi “Oʻzdavzaxira” qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “2004-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi toʻgʻrisida” 2003-yil 11-noyabrdagi 500-son qaroriga 3-ilovadagi “Oʻzdavrezerv” soʻzi “Oʻzdavzaxira” qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 10-son, 118-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2012-y., 28-son, 321-modda; 2016-y., 24-son, 288-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/907/0245-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)