Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“MAHSULOT BELGILARI VA XIZMAT KOʻRSATISh BELGILARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 30-avgustdagi 268-II-son “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni eʼlon qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oylik muddat ichida:
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini “Mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirish haqidagi takliflarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin;
ilgari belgilangan tartibda roʻyxatga olingan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanib kelinayotgan mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish tartibini belgilasin;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar oʻzlari qabul qilgan, ammo “Mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga zid boʻlgan meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqib, bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy KengashiningRaisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
861-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 245-modda)