Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “INVESTITSIYa LOYIHALARINI TASDIQLASh VA AMALGA OShIRISh MONITORINGI MEXANIZMLARINI TAKOMILLAShTIRISh, MURUVVAT YORDAMI YuKLARINI VA TEXNIK KOʻMAKLAShISh MABLAGʻLARINI HISOBGA OLISh VA NAZORAT QILISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2005 YIL 15 NOYABRDAGI 251-SON QARORIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “KIOTO PROTOKOLINING MUSAFFO RIVOJLANISh MEXANIZMI DOIRASIDA INVESTITSIYa LOYIHALARINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2006 YIL 6 DEKABRDAGI PQ-525-SON QARORI)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 6-dekabrdagi PQ-525-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordami yuklarini va texnik koʻmaklashish mablagʻlarini hisobga olish va nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 61-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 238-modda)
b) 2-ilovaning 1-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Mazkur Nizomning amal qilishi ular uchun qonun hujjatlarida amalga oshirish va monitoring olib borishning alohida tartibi belgilangan loyihalarga tatbiq etilmaydi”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 3-yanvar,
5-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 1-2-son, 11-modda; 2007-y., 23-son, 238-modda)