Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 28-noyabrdagi 245-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 3-yanvar,
4-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-yanvardagi 4-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarorida:
a) 1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yoʻnalishlaridagi oʻzgartirishlar qatʼiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladi”;
b) 7-bandning toʻrtinchi xatboshiga “shuningdek xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yoʻnalishlariga rioya qilishlari” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom 9-bandining oʻn sakkizinchi xatboshiga “xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirish” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 1-2-son, 10-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)