Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.02.2021 03.01.2007 yildagi 2-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.02.2021
Hujjat 09.11.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-fevraldagi 56-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3618-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 3-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-yanvardagi 2-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3618-son Farmoniga muvofiq tijorat banklari tomonidan aholiga uy-joy qurish, uni rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun ipoteka krediti berish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning amal qilish tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurilishiga “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan ipoteka krediti berishga tatbiq etilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 44-son, 464-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yuridik shaxslarga ipoteka krediti berish tartibi tijorat banklarining ichki kredit siyosati bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ipoteka kreditlari tijorat banklari tomonidan qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik va muddatlilik shartlarida quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyiha asosida, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilib yakka tartibda uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotib olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tijorat banklari tomonidan ipoteka kreditlari quyidagilar hisobidan beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka krediti berishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) imtiyozli kredit liniyalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit liniyalari, shu jumladan imtiyozli kredit liniyalari, xalqaro va xorijiy moliya institutlarining ipoteka krediti uchun berilgan grantlari va investitsiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining oʻz mablagʻlari va jalb qilgan mablagʻlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ipoteka krediti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilayotgan uy-joyni u joylashgan yer uchastkasi bilan birga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka krediti hisobiga sotib olinadigan va belgilangan tartibda qarz oluvchi mulkiga oʻtadigan yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining mulki boʻlgan va ipoteka krediti hisobiga rekonstruksiya qilinayotgan yakka tartibdagi uy-joyni garovga qoʻygan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muomaladan olib qoʻyilgan va begonalashtirilishi mumkin boʻlmagan koʻchmas mulk ipoteka predmeti boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ipoteka krediti berishda bankning (ipotekaga oluvchining) ipoteka bilan taʼminlangan majburiyati boʻyicha huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov xati qarz oluvchi (ipotekaga qoʻyuvchi) tomonidan tuziladi va ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin, qarz oluvchi (ipotekaga qoʻyuvchi) hamda bank (ipotekaga oluvchi) ishtirokida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan rasmiylashtiriladi va bankka (ipotekaga oluvchiga) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ipoteka krediti muddati va undan foydalanganlik uchun foiz stavkasi kredit resurslari manbaiga bogʻliq holda quyidagi tartibda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Jamgʻarmaning imtiyozli kredit liniyalari hisobidan beriladigan kreditlar uch yillik imtiyozli davr va foiz stavkasi bilan kamida 15 yil muddatga beriladi, foiz stavkasi miqdori Ipoteka krediti berishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish boʻyicha Vasiylik kengashi tomonidan har bir kredit liniyasi boʻyicha tasdiqlanadi va u yiliga 5 foizdan ortiq boʻlishi mumkin emas;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) kredit liniyalari, shu jumladan imtiyozli kreditlar, tijorat banki tomonidan ipoteka krediti berish uchun bevosita jalb etilgan xalqaro va xorijiy moliya institutlarining grantlari va investitsiyalari hisobidan beriladigan kreditlar boʻyicha muddat va kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi ushbu mablagʻlarni berish toʻgʻrisida tijorat banki va koʻrsatib oʻtilgan moliya institutlari oʻrtasida tuzilgan tegishli shartnomalar shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) tijorat bankining oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlari hisobidan beriladigan kreditlar boʻyicha muddat va kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi bank va qarz oluvchi oʻrtasidagi bitim boʻyicha, bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tijorat banki tomonidan Jamgʻarmaning imtiyozli kredit liniyalari hisobidan beriladigan ipoteka krediti miqdori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibda uy-joy qurilishi va sotib olish uchun — qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 3000 baravarigachani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibda qurilgan uy-joyni rekonstruksiya qilish, shuningdek koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun — eng kam oylik ish haqining 2500 baravarigachani tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tijorat banki tomonidan oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlari hisobidan beriladigan ipoteka krediti miqdori bank va qarz oluvchi oʻrtasidagi bitim boʻyicha, bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamgʻarmaning kredit liniyalari, shuningdek tijorat banklarining oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlari hisobidan beriladigan ipoteka krediti miqdori quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan yoki sotib olinadigan uy-joy qiymatining 75 foizidan oshishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ipoteka krediti uchun berilgan xalqaro va xorijiy moliya institutlari mablagʻlari hisobiga tijorat banki tomonidan beriladigan ipoteka krediti miqdori ushbu mablagʻlarni berish toʻgʻrisida tijorat banki va koʻrsatib oʻtilgan moliya institutlari oʻrtasida tuzilgan tegishli shartnomalar shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza beruvchi Jamgʻarmaning kredit liniyalari, tijorat banklarining oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlari hisobiga ipoteka krediti olish uchun:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quriladigan, sotib olinadigan uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartira qiymatining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joyni rekonstruksiya qilish qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi oʻz mablagʻiga ega boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu mablagʻlar ariza beruvchining nomiga bankda ochilgan jamgʻarma omonat hisob raqamida milliy yoki chet el valyutasida mavjud boʻlishi, shuningdek qurilayotgan uy-joy smeta qiymatining yoki rekonstruksiya qilish qiymatining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdorda ariza beruvchi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga sotib olingan qurilish materiallari tarzida boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Tijorat banklarida Jamgʻarmaning, shuningdek xalqaro va xorijiy moliya institutlarining kredit liniyalarini ochish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamgʻarmaning kredit liniyasini ochish uchun Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida shartnoma tuziladi. Shartnomada kredit liniyasiga xizmat koʻrsatishning asosiy shartlari boʻyicha oʻzaro majburiyatlar, kredit liniyasi boʻyicha ajratilayotgan mablagʻlarning miqdori, yakka tartibda uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish loyihalariga, shuningdek sotib olinadigan uy-joyga yoki koʻp kvartirali uydagi kvartiraga boʻlgan asosiy talablar, kreditlash muddatlari, imtiyozli davr, kreditdan maqsadli foydalanilishini tekshirish tartibi hamda tomonlarning huquqlari va javobgarligi, berilayotgan kredit liniyasi boʻyicha foiz stavkasi, shuningdek ipoteka krediti berishda bank marjasi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamgʻarma tomonidan ochiladigan har bir kredit liniyasi boʻyicha bank marjasi, shuningdek banklar tomonidan Jamgʻarmaga kredit liniyasi mablagʻlari uchun toʻlanadigan foiz stavkasi Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tijorat banklari tomonidan Jamgʻarma kredit liniyasi summasi uchun foizlar kredit liniyasiga mablagʻ oʻtkazilgan kundan boshlab hisoblab boriladi, ularni toʻlash esa kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Jamgʻarmaning kredit liniyalari hisobidan kreditlar boʻyicha asosiy qarz toʻlovi 3 yillik imtiyozli davr tugagandan keyin boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jamgʻarma tomonidan tijorat banklarida ochilgan kredit liniyalariga mablagʻlar qarz oluvchilarning banklar tomonidan maʼqullangan ipoteka krediti olish yuzasidan bergan buyurtmanomalari miqdoridan kelib chiqqan holda bosh banklarning buyurtmanomalari asosida muntazam ravishda oʻtkazib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmadan ipoteka krediti berish uchun olingan mablagʻlar hisobi bosh bankda ochilgan 22005-sonli “Budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlash uchun uzoq muddatli kreditlar” hisob raqamida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamgʻarma kredit liniyasi mablagʻlari uchun foizlarni toʻlash va kredit mablagʻlarini qaytarish, qarzdorlar tomonidan foizlarning amalda toʻlanishidan va ular olgan kreditlarning qaytarilishidan qatʼi nazar, tijorat banki tomonidan Jamgʻarma va tijorat banklari oʻrtasida tuzilgan shartnomada belgilangan muddatlarda va shartlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar tomonidan olingan kredit liniyasi mablagʻlari belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda, banklar har bir kechiktirilgan kun uchun qaytarish muddati kechiktirilgan qarz summasining 0,04 foizi miqdorida penya toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jamgʻarma oʻzining kredit liniyasi hisobidan berilgan kreditlardan maqsadga muvofiq foydalanilishini bevosita bankning oʻzida kredit yigʻma jildlarini oʻrganish yoʻli bilan, shuningdek tijorat bankining vakili bilan birgalikda joyiga borib tekshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tijorat banklari Jamgʻarma kredit liniyalarini oʻzlashtirishning holati toʻgʻrisida har oyda Jamgʻarmaga va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga qarz olganlar roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tasdiqlaydigan yagona shakl boʻyicha ilova qilgan holda axborot taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ipoteka krediti berish uchun tijorat banklari tomonidan jalb etiladigan xalqaro va xorijiy moliya institutlarining kredit liniyalari tijorat banklari va koʻrsatib oʻtilgan moliya institutlari oʻrtasida tuziladigan tegishli shartnomalar asosida ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ipoteka krediti olish uchun buyurtmanomani koʻrib chiqish va buyurtmanoma boʻyicha qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qarz oluvchi ipoteka krediti olish uchun buyurtmanoma taqdim etganda bankning ipoteka krediti olish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish boʻyicha masʼul xodimi mijozga ipoteka kreditining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha izoh beradi. Shuningdek u mijozning barcha savollariga javob beradi hamda unga ipoteka krediti berish yuzasidan buyurtmanomani rasmiylashtirish uchun talab etiladigan barcha hujjatlar roʻyxatini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qarz oluvchi ipoteka krediti olish uchun bankka murojaat qilgandan keyin bank qarz oluvchini ipoteka krediti olish jarayonidagi taxminiy xarajatlar turlari bilan tanishtiradi. Qarz oluvchi ipoteka krediti olishda quyidagi xarajatlarni amalga oshirishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani notarial tasdiqlash uchun davlat boji;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga qoʻyilgan koʻchmas mulkni sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk qiymatini belgilash boʻyicha baholovchi tashkilot xizmatlari uchun toʻlov;
(22-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlov.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qarz oluvchi tomonidan yakka tartibda uy-joy qurishga kredit olish uchun tijorat bankiga soʻralayotgan kredit summasini koʻrsatgan holda kredit olishga buyurtmanoma bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakka tartibda uy-joy qurish uchun ariza beruvchining yer uchastkasiga (doimiy foydalanish, meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalik qilish, mulk egasi) boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ariza beruvchining va u bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan (doimiy ish joyi mavjud boʻlganda) berilgan maʼlumotnomalar yoki ariza beruvchining va uning oila aʼzolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) yakka tartibda uy-joy qurishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan va qarz oluvchi tomonidan tasdiqlangan loyihaning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ariza beruvchining nomiga ochilgan jamgʻarma omonat hisob raqamida pul mablagʻlari joylashtirilgani toʻgʻrisidagi bank maʼlumotnomasi va/yoki qarz oluvchi tomonidan sotib olingan qurilish materiallari va/yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymatining bahosi boʻyicha dastlabki hisob-kitob. Tijorat bankidagi jamgʻarma omonat hisob raqamida joylashtirilgan pul mablagʻlarining jami summasi va koʻrsatib oʻtilgan qurilish materiallarining va/yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlarining qiymati ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan miqdordan kam boʻlishi mumkin emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ariza beruvchining oilasi tarkibi toʻgʻrisida yashash joyidan berilgan maʼlumotnoma va uning pasporti nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilishga kredit olish uchun ariza beruvchi tomonidan tijorat bankiga kredit olish uchun buyurtmanoma bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) rekonstruksiya qilinadigan yakka tartibdagi uy-joyga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ariza beruvchining va u bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan (doimiy ish joyi mavjud boʻlganda) berilgan maʼlumotnomalar yoki ariza beruvchining va uning oila aʼzolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan va qarz oluvchi tomonidan tasdiqlangan loyihaning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ariza beruvchining nomiga ochilgan jamgʻarma omonat hisob raqamida pul mablagʻlari joylashtirilgani toʻgʻrisidagi bank maʼlumotnomasi va/yoki qarz oluvchi tomonidan sotib olingan qurilish materiallari va/yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymatining bahosi boʻyicha dastlabki hisob-kitob. Tijorat bankidagi jamgʻarma omonat hisob raqamida joylashtirilgan pul mablagʻlarining jami summasi va koʻrsatib oʻtilgan qurilish materiallarining va/yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlarining qiymati ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan miqdordan kam boʻlishi mumkin emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ariza beruvchining oilasi tarkibi toʻgʻrisida yashash joyidan berilgan maʼlumotnoma va uning pasporti nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotib olishga ipoteka krediti olish uchun ariza beruvchi tomonidan tijorat bankiga soʻralayotgan kredit summasi koʻrsatilgan holda kredit olishga buyurtmanoma bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sotiladigan yakka tartibdagi uy-joyning yoki kvartiraning kelishilgan qiymati koʻrsatilgan holda, uy-joyga yoki kvartiraga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasini ilova qilgan holda yakka tartibdagi uy-joyning yoki koʻp kvartirali uydagi kvartiraning oldi-sotdisi toʻgʻrisidagi dastlabki shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ariza beruvchining va u bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan (doimiy ish joyi mavjud boʻlganda) berilgan maʼlumotnomalar yoki ariza beruvchining va uning oila aʼzolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qarz oluvchining nomiga ochilgan omonat hisob raqamida ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan summadan kam boʻlmagan pul mablagʻlari joylashtirilgani toʻgʻrisidagi bank maʼlumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ariza beruvchining oilasi tarkibi toʻgʻrisida yashash joyidan berilgan maʼlumotnoma va uning pasporti nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ipoteka krediti kredit liniyalari hisobidan, shu jumladan imtiyozli kredit liniyalari, ipoteka krediti berishi uchun bevosita tijorat banki tomonidan jalb etilgan xalqaro va xorijiy moliya institutlarining grantlari va investitsiyalari hisobidan berilgan taqdirda ariza beruvchi tomonidan ipoteka krediti uchun (faqat koʻrsatib oʻtilgan institutlar mablagʻlari hisobidan beriladigan ipoteka kreditlari boʻyicha) mablagʻlar berish yuzasidan tijorat banki va xalqaro, xorijiy moliya institutlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kredit olish uchun buyurtmanomalar va ushbu Nizomda koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlar bank xodimlari tomonidan qabul qilib olingandan keyin bir hafta muddatda ularni oʻrganish va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligini tekshirish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Garovga qoʻyilgan mulkni baholash qarz oluvchi (ipotekaga qoʻyuvchi) va bank (ipotekaga oluvchi) oʻrtasidagi bitimga koʻra bozor qiymati boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ushbu Nizomning 27-bandiga muvofiq oʻtkazilgan oʻrganish va tekshirishlar natijalari boʻyicha ipoteka krediti olishga buyurtmanomalarni koʻrib chiqish uchun masʼul boʻlgan bank xodimi tomonidan bankning kredit komissiyasiga (kredit qoʻmitasiga) ipoteka krediti berishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida asosli xulosa kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) kredit olishga buyurtmanomani, unga ilova qilingan barcha hujjatlarni va ushbu kredit buyurtmanomasi boʻyicha bankning masʼul xodimi xulosasini koʻrib chiqib buyurtmanomani qondirish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Ipoteka krediti olishga buyurtmanomani koʻrib chiqish muddati kredit olishga buyurtmanoma va ushbu Nizomning 23—25-bandlarida koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 30 ish kunidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) tomonidan ipoteka krediti berish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingandan keyin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank uch kun muddatda kredit shartnomasi tuzish uchun bu haqda ariza beruvchini yozma ravishda xabardor qiladi. Uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlari olish boʻyicha yozma ravishdagi bildirishnomada sotuvchining nomiga yoʻqlab olinadigan depozit hisob raqami ochish uchun qarz oluvchi tomonidan yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotuvchining (keyingi oʻrinlarda sotuvchi deb ataladi) bankka kelishini taʼminlashning zarurligi ham koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipotekaga qoʻyuvchi bank foydasiga oʻz hisobidan yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartiraning toʻliq qiymatini yoʻqolish va shikastlanish xavflaridan sugʻurta qilishi, agar mulkning toʻliq qiymati ipoteka bilan taʼminlangan olingan kredit summasi va uning boʻyicha hisoblangan foizlar miqdoridan ortiq boʻlsa, u holda bank oldidagi ushbu majburiyati summasidan past boʻlmagan summaga sugʻurta qilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank qarz oluvchi bilan “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq notarial tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan ipoteka toʻgʻrisida shartnoma, shuningdek kredit shartnomasi tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Bankning kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) tomonidan kredit berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda bank qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda qarz oluvchiga xulosani yozma ravishda, kredit berishning rad etilishi sabablarini koʻrsatgan holda joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ipoteka kreditini berish va qaytarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uylardagi kvartirani sotib olish uchun bank tomonidan kredit berish qarz oluvchi nomiga alohida ssuda hisob raqami ochish hamda ushbu hisob raqamidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani oldi-sotdi shartnomasining notarial tasdiqlangan nusxasi ilova qilingan holda qarz oluvchining yozma topshiriqnomasi asosida yakka tartibdagi uy-joyning yoki koʻp kvartirali uydagi kvartiraning egasi boʻlgan jismoniy shaxs-sotuvchining omonat hisob raqamiga pul mablagʻlarini naqd pulsiz shaklda memorial order vositasida oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Yakka tartibda uy-joy qurish yoki yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish uchun bank tomonidan beriladigan kreditlar qarz oluvchiga alohida ssuda hisob raqami ochib, undan qarz oluvchining yozma topshiriqnomasi asosida, memorial order vositasida qurilish materiallari sotib olish uchun savdo tashkilotlari va yakka tartibdagi tadbirkorlarning banklardagi yoʻqlab olinadigan depozit hisob raqamiga va bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun pudratchi qurilish tashkilotining yoʻqlab olinadigan depozit hisob raqamiga pudrat shartnomasida belgilangan shartlarda va muddatlarda toʻlovlarni naqd pulsiz shaklda amalga oshirish yoʻli bilan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibda uy-joy qurish yoki yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish qarz oluvchining bevosita oʻzi tomonidan (xoʻjalik usulida) bajarilgan taqdirda kredit shartnomasida kelishilgan kredit summasining 20 foizgachasini hisob raqamidan qarz oluvchiga naqd pul shaklida berishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Bank tomonidan ipoteka kreditlari ssuda hisob raqamidan mablagʻlarni qarz oluvchining bank kredit kartochkalariga oʻtkazish yoʻli bilan ham berilishi mumkin. Bunda bank kredit kartochkasi qarz oluvchi nomiga alohida shartnomani rasmiylashtirish yoʻli bilan beriladi. Shartnomada ushbu bank kredit plastik kartochkasidagi mablagʻlardan faqat yakka tartibda uy-joy qurishga yoki yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish uchun qurilish materiallarini sotib olishda foydalanilishi belgilab qoʻyilishi kerak. Ushbu bank kredit plastik kartochkalaridan naqd pul berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz oluvchi bank kredit plastik kartochkasi vositasida amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisida har oyda bankka terminallar cheklari, sotib olingan tovarlar uchun chakana savdo tashkilotlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan berilgan schyotlar, kvitansiyalar, yukxati yoki qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar ilova qilingan holda hisobot taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank hisobotga ilova qilingan hujjatlarni tahlil etish jarayonida bank kredit kartochkasi vositasida hisob-kitob qilish vaqtida kreditdan boshqa maqsadlarda foydalanilganini aniqlagan taqdirda bank kredit kartochkasi toʻgʻrisidagi shartnoma bekor qilinadi, bank kredit kartochkasi hisob raqami yopiladi va bank kredit kartochkasi olib qoʻyiladi. Kreditning boshqa maqsadlar uchun foydalanilgan qismi uchun kredit shartnomasida belgilangan miqdorda jarima solinadi va uni undirib olish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Qarz oluvchi tomonidan kreditlarni qaytarish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va qimmatli qogʻozlar boʻyicha olinadigan boshqa daromadlar hisobidan naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) naqd pul topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qarz oluvchining bankdagi omonatlar boʻyicha hisob raqamidan naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda hisoblangan foizlar va kredit boʻyicha asosiy qarz bank va qarz oluvchi tomonidan imzolangan, kredit shartnomasiga ilova qilingan jadvalga muvofiq undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz oluvchilar asosiy qarzni va hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida belgilangan muddatdan oldin qaytarish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Banklar kreditdan foydalanishning butun davri davomida doimiy monitoringni amalga oshiradi. Monitoring davomida bank uy-joyni qurish jadvaliga rioya qilinishini va kreditdan maqsadli foydalanilishini, ipoteka krediti qaytarilishini hamda uning boʻyicha foizlar toʻlanishini, garov mulkidan foydalanishni va uning saqlanishini, ipoteka predmetining noqonuniy begonalashtirilishiga yoʻl qoʻymaslikni nazorat qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kredit hisobidan bajarilgan yakka tartibda uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining nazorat oʻlchovini amalga oshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tomonidan monitoringni amalga oshirish tartibi, kreditdan boshqa maqsadlarda foydalanganlik uchun qarz oluvchiga nisbatan qoʻllaniladigan javobgarlik choralari kredit shartnomasida belgilangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring joyiga borgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Asosiy qarz va uning boʻyicha hisoblangan foizlar kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda bank xodimi qarz oluvchi bilan shaxsan uchrashib majburiyatlarning bajarilmayotgani sabablarini aniqlaydi va muddatida qaytarilmagan kreditning qaytarilishini taʼminlash choralarini koʻrishni talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Agar kreditni oʻz vaqtida undirish boʻyicha koʻrilgan choralar zarur natijani bermasa va kreditning qarz oluvchi tomonidan oʻz vaqtida va toʻliq qaytarilmaslik xavfi vujudga kelsa, bank kreditlashni toʻxtatib turadi hamda berilgan ipoteka kreditini va uning boʻyicha hisoblangan foizlarni muddatidan oldin undirib oladi. Ushbu shartlar kredit shartnomasida belgilangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Qarz oluvchi tomonidan ipoteka krediti va hisoblangan foizlar boʻyicha toʻlovlar toʻlanmaganda yoki oʻz vaqtida toʻlanmaganda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda bank “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda undiruvni garovga qoʻyilgan mulkka qaratadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 1-2-son, 9-modda; 2009-y., 44-son, 464-modda; 2010-y., 44-45-son, 385-modda; 2011-y., 20-21-son, 209-modda; 2014-y., 37-son, 468-modda, 46-son, 551-modda; 2017-y., 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)