Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMALARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 27-apreldagi PQ-2339-sonli “Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Umumjahon pochta ittifoqining Umumiy reglamenti (Buxarest, 2004-yil 5-oktabr);
Umumjahon pochta konvensiyasi (Buxarest, 2004-yil 5-oktabr);
Keyingi tahrirga qarang.
Umumjahon pochta konvensiyasining Yakunlovchi protokoli.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani toʻgʻrisida tegishli bildirishnomalar yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri hamda Vazirlar Mahkamasi tegishli komplekslarining, vazirliklar va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari ijrosi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 18-maydagi PQ-78-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 11-yanvar,
PQ-559-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 1-2-son, 8-modda)