Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.01.2021 09.12.1992 yildagi 753-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.01.2021
Hujjat 18.04.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SURUNKALI ALKOGOLIZM YOKI GIYOVANDLIKKA MUBTALO BOʻLGAN BEMORLARNI MAJBURIY DAVOLASh TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2020-yil 27-oktabrdagi OʻRQ-644-sonli “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2021-yil 29-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Surunkali alkogolizm yoki giyovandlikka mubtalo boʻlgan bemorlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining maxsus davolash-oldini olish muassasalarida mehnatga muqarrar jalb etish orqali majburiy davolash belgilab qoʻyilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat tartibini, boshqa shaxslarning huquqlarini buzayotgan, yoxud aholining osoyishtaligiga, salomatligiga va maʼnaviyatiga xavf tugʻdirayotgan surunkali alkogolizm yoki giyovandlikka mubtalo boʻlgan bemorlarga nisbatan majburiy davolash qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shaxsni surunkali alkogolizmga yoki giyovandlikka mubtalo boʻlgan bemor deb topish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda tegishli davolash muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs majburiy davolashga joʻnatish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtishdan bosh tortgan hollarda, u ichki ishlar idoralarining koʻmagida oʻn kun muddat ichida narkologiya muassasasida majburiy tarzda tekshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Z. Mazkur toifadagi shaxslarni majburiy davolashga yuborish toʻgʻrisidagi materiallar tibbiy xulosa boʻlgan taqdirda ichki ishlar idoralari tomonidan ularning oʻz tashabbusiga koʻra, yoki bemorning oila aʼzolari yoxud qarindoshlarining, mehnat jamoalarining, sogʻliqni saqlash muassasalarining, ichkilikbozlikka va giyovandlikka qarshi kurashuvchi komissiyalarning iltimosnomalari asosida tayyorlanadi va rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qonunning 1-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni majburiy davolashga joʻnatish masalasi yigirma kunlik muddat ichida bemor yashab turgan joydagi sud tomonidan bemor ishtirokida hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bemor uzrsiz sabab bilan kelmasa, u ichki ishlar idoralari orqali majburiy tarzda olib kelinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sudning majburiy davolashga yuborish toʻgʻrisidagi qarori haqida ustidan qaror chiqarilgan shaxs yoxud uning himoyachisi shikoyat qilishi yoki prokuror tomonidan kassatsiya tartibida yetti kunlik muddat ichida yuqori turuvchi sudga norozilik bildirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat berilishi yoki prokuror tomonidan kassatsiya tartibida norozilik bildirilishi sud qarorining ijrosini toʻxtatib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sudning shaxsni majburiy davolashga yuborish toʻgʻrisidagi qarori ichki ishlar idoralari tomonidan bu qaror qonuniy kuchga kirgan paytdan boshlab kechi bilan oʻn kunlik muddat ichida ijro etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Majburiy davolash muddati toʻgʻrisidagi masala davolash muassasasi tomonidan komissiyadan oʻtkazish tartibida, bemor davolashga joylashtirilgach besh kun ichida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bemor davolanayotgan davolash muassasasining komissiyasi qabul qilgan qaror asosida bemorni majburiy davolash toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Majburiy davolashni oʻtayotgan va davolashga hamda mehnat terapiyasiga vijdonan munosabatda boʻlayotgan shaxslarga qonunda belgilangan tartibda taʼtil berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Shaxsni majburiy davolashga yuborish toʻgʻrisidagi sudning qarori uni ishdan boʻshash nafaqasi toʻlamay ishdan boʻshatish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Majburiy davolanishga yuborilgan shaxslar avvalgi yashash joyidagi turar joy maydonidan foydalanish huquqini saqlab qoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davolash muassasasida boʻlish vaqti mehnat stajining uzilishiga olib kelmaydi va umumiy mehnat stajiga koʻshiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davolash muassasalaridan majburiy davolashdan qaytgan shaxslarni ishga joylashtirish tuman, shahar, shahardagi tuman hokimlari zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 1-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 2-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 9-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
753-XII-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Surunkali alkogolizm yoki giyovandlikka mubtalo boʻlgan bemorlarni majburiy davolash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga
1- ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 73-I-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 73-I-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 73-I-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasining 1970-yil 24-iyundagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Axloq tuzatish-mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1970-yil, № 18, 168-modda) 76-moddasining uchinchi qismidagi “maxsus davolash va mehnat rejimi boʻlgan meditsina muassasalarida” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tarmogʻining ixtisoslashtirilgan davolash-oldini olish muassasalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 30-avgustdagi 283-I-sonli qaroriga asosan oʻz ahamiyatini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 146-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasining 1983-yil 5-iyuldagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1983-yil, № 19, 320-modda) 67-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmunda boʻlgan 5-1-bandi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5-1) majburan davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-oldini olish muassasiga joylashtirilganda — u yerda boʻlingan butun davr mobaynida saqlanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 27-dekabrdagi 371-I-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 69-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1970-yil 29-oktabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi kuzatuv komissiyalari toʻgʻrisida”gi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1970-yil, № 31, 366-modda) 9-modda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“m” bandidagi “maxsus davolash va mehnat rejimi boʻlgan meditsina muassasalarida” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tarmogʻining ixtisoslashtirilgan davolash-oldini olish muassasalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“t” bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“t) surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlgan bemorlarni davolashga ixtisoslashtirilgan davolash-oldini olish muassasalarining va tarbiya-mehnat profilaktoriylarining faoliyatini nazorat qilish”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1967-yil 31-maydagi Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining voyaga yetmaganlar ishi bilan shugʻullanuvchi komissiyalari toʻgʻrisidagi Nizomning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1985-yil 31-oktabrdagi Farmoni asosidagi tahrirda — (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1985-yil, № 31, 363-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-moddasidan, 10-moddasining birinchi qismidan, 12-moddasidan, 13-moddasining birinchi qismidan, 24-moddasining yettinchi qismidan “va davolash-tarbiya” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 14-moddasining “a” bandidan “va davolash-tarbiya” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“i” bandidan “davolash-tarbiya profilaktoriysining maʼmuriyati bilan birgalikda davolash-tarbiya profilaktoriysidan muddatidan ilgari ozod qilish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma bilan kiradilar; oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, giyohvandlikka mubtalo boʻlgan bemorlarni davolash-tarbiya profilaktoriysidan davolash-mehnat profilaktoriysiga koʻchirish toʻgʻrisidagi taqdimnoma bilan sudga murojaat qilish xususida davolash-tarbiya profilaktoriysi maʼmuriyatiga rozilik beradilar” degan jumla chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“n” bandidan “shuningdek oʻn sakkiz yoshga toʻlgan giyohvandlikka mubtalo boʻlgan bemorlarni profilaktoriyda qoldirish xususida davolash-tarbiya profilaktoriysi maʼmuriyatiga rozilik beradilar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 18-moddasidagi “z” bandi chiqarib tashlansin; “i” bandi “z” bandi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 19-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Voyaga yetmaganlar maxsus oʻquv-tarbiya muassasalariga ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar roziligisiz ham voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning qaroriga binoan yuborilish mumkin. Maxsus oʻquv-tarbiya muassasalariga yuborish toʻgʻrisidagi ishlar faqat prokuror ishtirokidagina qarab chiqariladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “26-moddaning birinchi qismidan yoki davolash-tarbiya”, “narkomaniya kasalligiga yoʻliqqanlar uchun davolash-tarbiya profilaktoriylari bundan mustasnodir” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 27-moddasining birinchi qismidan “yoki davolash-tarbiya” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1967-yil 31-maydagi Farmoni bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1985-yil 31-oktabrdagi Farmoni tahririda) Oʻzbekiston Respublikasining voyaga yetmaganlar bilan ish olib boruvchi jamoat tarbiyachilari toʻgʻrisidagi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1985-yil, № 31, 363-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-moddasining birinchi qismi “d” bandidagi va 7-moddasining birinchi qismidagi “davolash-tarbiya” degan soʻzlar “ixtisoslashtirilgan davolash-oldini olish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1972-yil 26-oktabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “Ichkilikbozlikka qarshi kurash olib boruvchi komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1985-yil,№ 31, 361-modda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1985-yil 31-oktabrdagi Farmoni tahririda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 8-moddasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v”, “g”, “d” va “e” bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda alkogolni yoki giyovand moddalarni suiisteʼmol qiluvchi shaxslar oʻrtasida zarur tarbiyaviy ishlar olib borishni tashkil etishda qatnashadilar, bu ishga mehnat jamoalarini, jamoat tashkilotlari va tashabbuskor jamoat idoralari vakillarini keng jalb etadilar; alkogolni yoki giyovand moddalarni suiisteʼmol qiluvchi shaxslarni qayta tarbiyalashda jamoat tashkilotlariga va mehnat jamoalariga yordam beradilar, alkogolni suiisteʼmol qiluvchi shaxslarga jamoat taʼsiri va maʼmuriy taʼsir koʻrsatish qanchalik samarali ekanligini tekshirib turadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ichkilikbozlik yoki giyovandlik uchun ilgari maʼmuriy jazoga tortilgan yoki jamoat taʼsiri koʻrsatish chorasi qoʻllanilgan, alkogolni yoki giyovand moddalarni muntazam suiisteʼmol qilib, bir necha bor meditsina hushyorxonasiga tushgan shaxslarni aniqlab topish va hisobga olishda ichki ishlar va sogʻliqni saqlash idoralari olib boradigan ishlarni nazorat qilib turadilar, bunday shaxslar turmushda va ishlab chiqarishda oʻzlarini qanday tutayotganliklari ustidan doimiy jamoat nazorati olib borilishini uyushtiradilar; surunkali alkogolizm yoki giyovandlikka mubtalo boʻlgan bemorlarni tegishli meditsina muassasalariga majburiy yuborish yuzasidan zarur choralar koʻradilar, shuningdek ichkilikbozlik, alkogolizm va giyovandlikka barham berishga qaratilgan boshqa ogohlantiruvchi choralarni koʻradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tarmogʻining meditsina hushyorxonalari va ixtisoslashtirilgan davolash-oldini olish profilaktoriylarning ishlarini tekshirib turadilar, shuningdek mazkur profilaktoriylarda boʻlgan shaxslarni qayta tarbiyalash va axloqni tuzatish ishlarida shu profilaktoriylar maʼmuriyatiga yordam beradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) davolash profilaktoriysidan majburiy davolanib qaytgan shaxslarning xulq-atvori ustidan jamoat tashkilotlari va mehnat jamoalari nazorat qilib borishini tashkil etadilar va ularga ishga joylashishda yordam koʻrsatadilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 9-moddaning “j” bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“j) jamoat tartibini buzayotgan, boshqa shaxslarning huquqlarini buzayotgan, yoxud aholining osoyishtaligi, sogʻligʻi va maʼnaviyatini xavf ostida qoldirayotgan surunkali alkogolizm va giyovandlikka mubtalo boʻlganlarni majburiy davolash va mehnatda qayta tarbiyalash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tarmogʻining ixtisoslashtirilgan davolash-oldini olish muassasalariga yuborish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1985-yil Z1-oktabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda va ularning strukturaviy boʻlinmalarida tuziladigan ichkilikbozlikka qarshi kurash olib boruvchi komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № Z1, Z62-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 5-moddasining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4) mehnat jamoasining ixtisoslashtirilgan davolash-oldini olish muassasalarida majburiy davolanish kursini oʻtgan aʼzolari xulq-atvorini nazorat qilib boradi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 6-moddasining 5-bandidan “ixtiyoriy davolanishdan bosh tortib kelayotgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumi 1985-yil 25-mayda qabul qilgan “Ichkilikbozlikka va alkogolizmga qarshi kurashni kuchaytirish, samogon tayyorlashga barham berish tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1985-yil, № 16, 169-modda) 26-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“26-modda. Jamoat tartibini buzayotgan, boshqa shaxslarning huquqlarini buzayotgan, yoxud aholining osoyishtaligini, sogʻligʻini va maʼnaviyatini xavf ostida qoldirayotgan surunkali alkogolizmga mubtalo boʻlgan bemorlar sudning qaroriga muvofiq majburiy davolash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tarmogʻining maxsus davolash-oldini olish muassasalariga joʻnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilgan toifadagi shaxslarni majburiy davolashga joʻnatish toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan ochiq sud majlisida, meditsina xulosasi mavjud boʻlgan holda hamda ichki ishlar idoralari oʻz tashabbusiga koʻra yoki bemor oila aʼzolarining yoxud qarindoshlarining, mehnat jamoalarining, sogʻliqni saqlash muassasalarining, shuningdek ichkilikbozlikka va giyovandlikka qarshi kurash boʻyicha tuman, shahar, shahardagi tuman komissiyalarining arizasiga asosan tayyorlanadigan va joʻnatiladigan materiallar asosida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy davo muddati davolash muassasasi tomonidan bemor davolanishga yotqizilgan kundan boshlab, besh kunlik muddat ichida komissiya xohish-irodasiga koʻra belgilanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Surunkali alkogolizm yoki giyovandlikka mubtalo boʻlgan bemorlarni majburiy davolash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 197Z yil 22-fevraldagi “Xronik alkogoliklar va giyovandlik (narkomaniya) kasaliga yoʻliqqanlar uchun davolash — mehnat profilaktoriylari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmon (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 197Z yil, № 6, 96-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1982-yil 27-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasining huquq-tartibotni saqlash masalalariga oid baʼzi qonun aktlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmonining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1982-yil, № 16, 278-modda) 3-moddasi va 6-moddasidagi yigirma beshinchi xatboshi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Xronik alkogoliklar va narkomaniya kasaliga yoʻliqqanlarni majburiy davolash va mehnatda qayta tarbiyalash toʻgʻrisida”gi Farmoniga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumi 1984-yil 2-dekabrda qabul qilgan Farmon (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1984-yil, № 34, 474-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun aktlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmonlarini tasdiqlash haqida” 1984-yilning 3-dekabrida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1984-yil, № 34, 485-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Xronik alkogoliklar va giyovandlik (narkomaniya) kasaliga yoʻliqqanlarni majburiy davolash va mehnatda qayta tarbiyalash toʻgʻrisida”gi Farmoniga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqidagi 1984-yil 2-dekabr Farmoni”ga oid qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1984-yil 2-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Xronik alkogoliklar va giyovandliklar (narkomaniya) kasaliga yoʻliqqanlarni majburiy davolash va mehnatda qayta tarbiyalash toʻgʻrisida”gi Farmonini qoʻllanish tartibi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1984-yil, № 34, 476-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1985-yil 31-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi bir qonun aktlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1985-yil, № 31, 360-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining baʼzi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining ayrim kodekslariga va boshqa qonun aktlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqida” 1985-yilning 13-dekabrida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari 1985-yil, № 35, 414-modda) “Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi qonun aktlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi 1985-yil 31-oktabr Farmoni”ga oid qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1986-yil 17-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi qonun aktlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida hamda narkomaniya kasalligiga yoʻliqqanlar uchun davolash-tarbiya profilaktoriysi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1986-yil, № 33, 387-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi qonun aktlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqida” 1986-yilning 6-dekabrida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1986-yil, № 34, 417-modda) “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi qonun aktlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida hamda narkomaniya kasalligiga yoʻliqqanlar uchun davolash-tarbiya profilaktoriysi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 1986-yil 17-noyabr Farmoniga oid qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1987-yil 7-avgustidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa Qonun aktlariga oʻzgartirishlar hamda qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1987-yil № 23, 250-modda) 1-boʻlimining 1-moddasi, IV va V boʻlimlari.