Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 25.04.1997 yildagi 419-I-son
Кучга кириш санаси
06.05.1997
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 02.09.2022 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining qonuni |
SHAHAR YOʻLOVCHILAR TRANSPORTI TOʻGʻRISIDA | SHAHAR YOʻLOVCHILAR TRANSPORTI TOʻGʻRISIDA |
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi | 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi |
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasida shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirishdan iboratdir. | Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasida shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirishdan iboratdir. |
2-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi qonunchilik va qonunning amal qilish sohasi | 2-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi qonunchilik va qonunning amal qilish sohasi |
Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. | Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. |
Ushbu Qonun Toshkent shahrida, viloyat va tuman boʻysunuvidagi shaharlarda, shuningdek shaharchalarda shahar yoʻlovchilar transporti subyektlariga nisbatan tatbiq etiladi. | Ushbu Qonun Toshkent shahrida, viloyat va tuman boʻysunuvidagi shaharlarda, shuningdek shaharchalarda shahar yoʻlovchilar transporti subyektlariga nisbatan tatbiq etiladi. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasida shahar yoʻlovchilar transporti sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi. | Qoraqalpogʻiston Respublikasida shahar yoʻlovchilar transporti sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi. |
3-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti tushunchasi | 3-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti tushunchasi |
Shahar yoʻlovchilar transporti deganda Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatga olingan, shahar doirasida yoʻlovchilar hamda bagaj tashishga moʻljallangan avtomobil va elektr transporti tushuniladi. | Shahar yoʻlovchilar transporti deganda Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatga olingan, shahar doirasida yoʻlovchilar hamda bagaj tashishga moʻljallangan avtomobil va elektr transporti tushuniladi. |
4-modda. Shahar yoʻlovchilar transportining mulk shakllari | 4-modda. Shahar yoʻlovchilar transportining mulk shakllari |
Shahar yoʻlovchilar transporti ommaviy yoki xususiy mulk asosida ishlashi mumkin. | Shahar yoʻlovchilar transporti ommaviy yoki xususiy mulk asosida ishlashi mumkin. |
5-modda. Shahar yoʻlovchilar transportining turlari | 5-modda. Shahar yoʻlovchilar transportining turlari |
Shahar yoʻlovchilar transporti jumlasiga avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metropoliten, yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilar kiradi. | Shahar yoʻlovchilar transporti jumlasiga avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metropoliten, yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilar kiradi. |
Avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metropoliten va yoʻnalishli taksilar belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha, harakat jadvaliga muvofiq, belgilangan tarifdagi haq evaziga yoʻlovchilar tashiydi. | Avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metropoliten va yoʻnalishli taksilar belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha, harakat jadvaliga muvofiq, belgilangan tarifdagi haq evaziga yoʻlovchilar tashiydi. |
Yoʻnalishsiz taksilar yoʻlovchilarning talablari asosida taksometr (hisoblagich) koʻrsatishi boʻyicha haq evaziga tashish xizmatlari koʻrsatadi. | Yoʻnalishsiz taksilar yoʻlovchilarning talablari asosida taksometr (hisoblagich) koʻrsatishi boʻyicha haq evaziga tashish xizmatlari koʻrsatadi. |
6-modda. Idoralarga qarashli yoʻlovchilar transporti | 6-modda. Idoralarga qarashli yoʻlovchilar transporti |
Idoralarga qarashli yoʻlovchilar transporti jumlasiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning oʻz xodimlarini muayyan yoʻnalish va harakat jadvali boʻyicha mazkur korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan belgilangan tartibda yoxud tashish shartnomasi boʻyicha tashish xizmatlari koʻrsatuvchi avtobuslari va mikroavtobuslari kiradi. | Idoralarga qarashli yoʻlovchilar transporti jumlasiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning oʻz xodimlarini muayyan yoʻnalish va harakat jadvali boʻyicha mazkur korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan belgilangan tartibda yoxud tashish shartnomasi boʻyicha tashish xizmatlari koʻrsatuvchi avtobuslari va mikroavtobuslari kiradi. |
Idoralarga qarashli yoʻlovchilar transportidan shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi bilan tuzilgan tashish shartnomasi boʻyicha yoʻlovchilar tashish uchun foydalanilishi mumkin. Bu holda shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi qonunchilikning qoidalari idoralarga qarashli yoʻlovchilar transportiga nisbatan tatbiq etiladi. | Idoralarga qarashli yoʻlovchilar transportidan shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi bilan tuzilgan tashish shartnomasi boʻyicha yoʻlovchilar tashish uchun foydalanilishi mumkin. Bu holda shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi qonunchilikning qoidalari idoralarga qarashli yoʻlovchilar transportiga nisbatan tatbiq etiladi. |
7-modda. Yoʻlovchi tashish shartnomasi | 7-modda. Yoʻlovchi tashish shartnomasi |
Shahar yoʻlovchilar transportida yoʻlovchilar tashish ishi tashish shartnomasi asosida amalga oshiriladi. | Shahar yoʻlovchilar transportida yoʻlovchilar tashish ishi tashish shartnomasi asosida amalga oshiriladi. |
Yoʻlovchi tashish shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi. | Yoʻlovchi tashish shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi. |
Quyidagilar tashish shartnomasining taraflaridir: | Quyidagilar tashish shartnomasining taraflaridir: |
tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda transport vositasiga ega boʻlgan, shaharda tijorat asosida yoʻlovchilar tashish xizmati koʻrsatadigan va bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) boʻlgan yuridik shaxs; | tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda transport vositasiga ega boʻlgan, shaharda tijorat asosida yoʻlovchilar tashish xizmati koʻrsatadigan va bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) boʻlgan yuridik shaxs; |
yoʻlovchi — tashuvchining xizmatidan foydalanuvchi jismoniy shaxs. | yoʻlovchi — tashuvchining xizmatidan foydalanuvchi jismoniy shaxs. |
Tashish shartnomasi boʻyicha tashuvchi yoʻlovchini va uning bagajini belgilangan manzilga eltib qoʻyishi shart. Yoʻlovchi belgilangan yoʻl haqini, bagaji boʻlsa, bagaj tashish haqini ham toʻlashi shart. | Tashish shartnomasi boʻyicha tashuvchi yoʻlovchini va uning bagajini belgilangan manzilga eltib qoʻyishi shart. Yoʻlovchi belgilangan yoʻl haqini, bagaji boʻlsa, bagaj tashish haqini ham toʻlashi shart. |
8-modda. Tashuvchining asosiy vazifalari | 8-modda. Tashuvchining asosiy vazifalari |
Quyidagilar tashuvchining asosiy vazifalaridir: | Quyidagilar tashuvchining asosiy vazifalaridir: |
fuqarolarning tashishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish; | fuqarolarning tashishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish; |
shahar yoʻlovchilar transportining bir maromda ishlashini tashkil etish; | shahar yoʻlovchilar transportining bir maromda ishlashini tashkil etish; |
yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifati va madaniyatini oshirish; | yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifati va madaniyatini oshirish; |
yoʻlovchilarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini, transport vositalari harakatining xavfsizligini, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilish talablari bajarilishini taʼminlash. | yoʻlovchilarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini, transport vositalari harakatining xavfsizligini, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilish talablari bajarilishini taʼminlash. |
9-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish | 9-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish |
Davlat shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini litsenziyalash, soliq solish, kreditlash, moliyalash va narx belgilash, investitsiya, yagona ilmiy-texnika siyosatini amalga oshirish, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vositalar bilan tartibga soladi. | Davlat shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini litsenziyalash, soliq solish, kreditlash, moliyalash va narx belgilash, investitsiya, yagona ilmiy-texnika siyosatini amalga oshirish, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vositalar bilan tartibga soladi. |
10-modda. Shahar yoʻlovchilar transportini davlat tomonidan boshqarish | 10-modda. Shahar yoʻlovchilar transportini davlat tomonidan boshqarish |
Shahar yoʻlovchilar transportining davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi maxsus vakolat bergan shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi tomonidan amalga oshiriladi. | Shahar yoʻlovchilar transportining davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi maxsus vakolat bergan shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi tomonidan amalga oshiriladi. |
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari | 11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini tartibga solish va boshqarish sohasidagi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi: | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini tartibga solish va boshqarish sohasidagi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi: |
rivojlantirish va ilmiy-texnika tadqiqotlari oʻtkazish masalalarida davlat siyosatini amalga oshirish; | rivojlantirish va ilmiy-texnika tadqiqotlari oʻtkazish masalalarida davlat siyosatini amalga oshirish; |
litsenziyalash tartibini belgilash; | litsenziyalash tartibini belgilash; |
kreditlash, moliyalash va investitsiyalar sohasida ustun yoʻnalishlarni aniqlash; | kreditlash, moliyalash va investitsiyalar sohasida ustun yoʻnalishlarni aniqlash; |
metropoliten va boshqa muhim obyektlar qurilishini moliyalash masalalarini hal etish; | metropoliten va boshqa muhim obyektlar qurilishini moliyalash masalalarini hal etish; |
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va ularni izchil roʻyobga chiqarish; | davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va ularni izchil roʻyobga chiqarish; |
xalqaro shartnomalar bajarilishini taʼminlash va davlatlararo aloqalarni rivojlantirish; | xalqaro shartnomalar bajarilishini taʼminlash va davlatlararo aloqalarni rivojlantirish; |
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. | qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. |
12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari Mahalliy davlat hokimiyati organlarining shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini tartibga solish va boshqarish sohasidagi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi: rivojlanishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash va kompleks mintaqaviy dasturlarni tasdiqlash; aholiga transport xizmati koʻrsatish haqida shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi bilan shartnoma tuzish va transport harakatini tashkil etish rejasini tasdiqlash; yoʻl qoʻyiladigan doiradagi tariflarni belgilash va ularga rioya etilishi ustidan nazoratni uyushtirish; bekatlar, toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillarini, boshqa obyektlarni joylashtirish, qurish va obodonlashtirish masalalarini hal etish; yoʻlovchilar tashish ishining sifati ustidan nazorat qilish; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. | 12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining vakolatlari Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini tartibga solish va boshqarish sohasidagi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi: rivojlanishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash va kompleks mintaqaviy dasturlarni tasdiqlash; aholiga transport xizmati koʻrsatish va transport harakatini tashkil etish rejasini tasdiqlash; yoʻl qoʻyiladigan doiradagi tariflarni belgilash va ularga rioya etilishi ustidan nazoratni uyushtirish; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. 121-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlari Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini tartibga solish va boshqarish sohasidagi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi: bekatlar, toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillarini, boshqa obyektlarni joylashtirish, qurish va obodonlashtirish masalalarini hal etish; aholiga transport xizmati koʻrsatish haqida shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi bilan shartnoma tuzish va transport harakatini tashkil etish rejasini ishlab chiqish; yoʻlovchilar tashish ishining sifati ustidan nazorat qilish; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. |
13-modda. Shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organining vakolatlari | 13-modda. Shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organining vakolatlari |
Shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organining vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi: | Shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organining vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi: |
tashuvchilar bilan shartnomalar tuzish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish; | tashuvchilar bilan shartnomalar tuzish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish; |
barcha turdagi shahar yoʻlovchilar transportining bir maromda ishlashini taʼminlash; | barcha turdagi shahar yoʻlovchilar transportining bir maromda ishlashini taʼminlash; |
yagona texnika siyosati yuritish; | yagona texnika siyosati yuritish; |
barcha turdagi shahar yoʻlovchilar transportini rivojlantirish va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish, ularga koʻrsatiladigan xizmatlarning hajmlari va turlarini kengaytirish yuzasidan kompleks tadbirlar ishlab chiqish va ularni roʻyobga chiqarish; | barcha turdagi shahar yoʻlovchilar transportini rivojlantirish va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish, ularga koʻrsatiladigan xizmatlarning hajmlari va turlarini kengaytirish yuzasidan kompleks tadbirlar ishlab chiqish va ularni roʻyobga chiqarish; |
yoʻlovchilarga xizmatlar koʻrsatish tartibi va qoidalarini belgilovchi normativ hujjatlar ishlab chiqish; | yoʻlovchilarga xizmatlar koʻrsatish tartibi va qoidalarini belgilovchi normativ hujjatlar ishlab chiqish; |
avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, shuningdek yoʻnalishli taksilarda yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlari va harakat jadvallarini tasdiqlash; | avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, shuningdek yoʻnalishli taksilarda yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlari va harakat jadvallarini tasdiqlash; |
yoʻlovchilarning huquqlari taʼminlanishini nazorat qilish; | yoʻlovchilarning huquqlari taʼminlanishini nazorat qilish; |
shahar yoʻlovchilar transporti subyektlari uchun yagona chipta tizimini joriy etish, yoʻl chiptalari, varaqalari, shuningdek ayrim toifadagi fuqarolarga transportda imtiyozli yurish huquqini beradigan hujjatlar tayyorlash; | shahar yoʻlovchilar transporti subyektlari uchun yagona chipta tizimini joriy etish, yoʻl chiptalari, varaqalari, shuningdek ayrim toifadagi fuqarolarga transportda imtiyozli yurish huquqini beradigan hujjatlar tayyorlash; |
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. | qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. |
14-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini litsenziyalash | 14-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini litsenziyalash |
Tashuvchi shaharda yoʻlovchilar tashishni maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshiradi. | Tashuvchi shaharda yoʻlovchilar tashishni maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshiradi. |
Shaharda yoʻlovchilar tashish uchun litsenziya berish va uni qaytarib olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Shaharda yoʻlovchilar tashish uchun litsenziya berish va uni qaytarib olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
15-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini moliyalash | 15-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini moliyalash |
Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini moliyalash tashuvchilarning daromadlari, oʻz investitsiyalari va chet el investitsiyalari, budjet mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini moliyalash tashuvchilarning daromadlari, oʻz investitsiyalari va chet el investitsiyalari, budjet mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
Shaharda yoʻlovchilar tashish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari, metropoliten qurilishi, qoida tariqasida, davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi. | Shaharda yoʻlovchilar tashish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari, metropoliten qurilishi, qoida tariqasida, davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi. |
Bekatlarni, toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillarini loyihalash, qurish, obodonlashtirish va saranjom saqlash, shuningdek yangi tramvay va trolleybus yoʻllari qurish mahalliy budjet hisobidan amalga oshiriladi. | Bekatlarni, toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillarini loyihalash, qurish, obodonlashtirish va saranjom saqlash, shuningdek yangi tramvay va trolleybus yoʻllari qurish mahalliy budjet hisobidan amalga oshiriladi. |
Shahar yoʻlovchilar transporti tashuvchilarining yoʻl qoʻyiladigan doiradagi tariflar boʻyicha yoʻlovchilar va bagaj tashish xizmatlari koʻrsatish munosabati bilan koʻrgan zarari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli mahalliy budjet hisobidan qoplanadi. | Shahar yoʻlovchilar transporti tashuvchilarining yoʻl qoʻyiladigan doiradagi tariflar boʻyicha yoʻlovchilar va bagaj tashish xizmatlari koʻrsatish munosabati bilan koʻrgan zarari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli mahalliy budjet hisobidan qoplanadi. |
Ayrim toifadagi fuqarolarni transportda imtiyozli tashish davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi. | Ayrim toifadagi fuqarolarni transportda imtiyozli tashish davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi. |
16-modda. Shahar yoʻlovchilar transportida yoʻl haqi toʻlash | 16-modda. Shahar yoʻlovchilar transportida yoʻl haqi toʻlash |
Shahar yoʻlovchilar transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish haqini toʻlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari tomonidan yoʻl qoʻyiladigan doirada belgilangan tariflar boʻyicha amalga oshiriladi. | Shahar yoʻlovchilar transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish haqini toʻlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan yoʻl qoʻyiladigan doirada belgilangan tariflar boʻyicha amalga oshiriladi. |
Shahar yoʻlovchilar transportida yoʻlovchilar va bagaj tashishning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi tariflari darajasi iqtisodiy asoslangan tashish xarajatlaridan va yoʻlovchilar tashish xizmatlariga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi. | Shahar yoʻlovchilar transportida yoʻlovchilar va bagaj tashishning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi tariflari darajasi iqtisodiy asoslangan tashish xarajatlaridan va yoʻlovchilar tashish xizmatlariga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi. |
Yoʻnalishsiz taksilarda bagaj tashish haqi olinmaydi. | Yoʻnalishsiz taksilarda bagaj tashish haqi olinmaydi. |
18-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti vositalarini boshqarish huquqi | 18-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti vositalarini boshqarish huquqi |
Shahar yoʻlovchilar transporti vositalarini boshqarish huquqi tegishli malakaga ega boʻlgan va tibbiy tekshiruvdan oʻtgan shaxsga beriladi. | Shahar yoʻlovchilar transporti vositalarini boshqarish huquqi tegishli malakaga ega boʻlgan va tibbiy tekshiruvdan oʻtgan shaxsga beriladi. |
Yoʻlovchilar transportini boshqarishga doir malaka talablari va tibbiy tekshiruvdan oʻtish tartibi qonunchilikda belgilanadi. | Yoʻlovchilar transportini boshqarishga doir malaka talablari va tibbiy tekshiruvdan oʻtish tartibi qonunchilikda belgilanadi. |
19-modda. Yoʻnalishlarni tashkil etish. Bekatlar, toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillari | 19-modda. Yoʻnalishlarni tashkil etish. Bekatlar, toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillari |
Mahalliy davlat hokimiyati organlari va shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organlari, aholining ehtiyojlariga qarab yoʻnalish tarmoqlarini hamda shahar yoʻlovchilar transportining har xil turlarini ulardan samarali foydalanishni nazarda tutgan holda rivojlantirishni taʼminlaydilar. | Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organlari, aholining ehtiyojlariga qarab yoʻnalish tarmoqlarini hamda shahar yoʻlovchilar transportining har xil turlarini ulardan samarali foydalanishni nazarda tutgan holda rivojlantirishni taʼminlaydilar. |
Yoʻnalishlarni tashkil etish, shu jumladan yangi yoʻnalishlar ochish va ishlab turganlarini oʻzgartirish, bekatlarni, toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillarini joylashtirish yerini aniqlash shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi. | Yoʻnalishlarni tashkil etish, shu jumladan yangi yoʻnalishlar ochish va ishlab turganlarini oʻzgartirish, bekatlarni, toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillarini joylashtirish yerini aniqlash shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi. |
Yoʻlovchilarning, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarning va bolali yoʻlovchilarning transport vositasiga chiqishi va undan tushishining xavfsizligini taʼminlash maqsadida bekatlar va toʻxtab oʻtish manzillari hududida jihozlangan supachalar boʻlishi lozim. | Yoʻlovchilarning, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarning va bolali yoʻlovchilarning transport vositasiga chiqishi va undan tushishining xavfsizligini taʼminlash maqsadida bekatlar va toʻxtab oʻtish manzillari hududida jihozlangan supachalar boʻlishi lozim. |
Bekatlar va toʻxtab oʻtish manzillarida aholiga xizmatlar koʻrsatish obyektlari joylashtirilishi mumkin. Bunda yoʻlovchilarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligi hamda transport harakati xavfsizligi taʼminlanishi kerak. | Bekatlar va toʻxtab oʻtish manzillarida aholiga xizmatlar koʻrsatish obyektlari joylashtirilishi mumkin. Bunda yoʻlovchilarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligi hamda transport harakati xavfsizligi taʼminlanishi kerak. |
Bekatlar,toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillari mazkur turdagi inshootlarga qoʻyiladigan sanitariya va texnika talablariga mos, zamonaviy koʻrinishga ega boʻlishi lozim. | Bekatlar,toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillari mazkur turdagi inshootlarga qoʻyiladigan sanitariya va texnika talablariga mos, zamonaviy koʻrinishga ega boʻlishi lozim. |
20-modda. Shahar yoʻlovchilar transportining harakat jadvali | 20-modda. Shahar yoʻlovchilar transportining harakat jadvali |
Shahar yoʻlovchilar transportining harakati tashuvchi tomonidan shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi tasdiqlagan harakat jadvaliga muvofiq tashkil qilinadi. | Shahar yoʻlovchilar transportining harakati tashuvchi tomonidan shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi tasdiqlagan harakat jadvaliga muvofiq tashkil qilinadi. |
Barcha bekatlarda, oxirgi va toʻxtab oʻtish manzillarida yoʻnalishning nomi, tartib raqami va harakatning oraliq vaqti toʻgʻrisidagi maʼlumot lavhasi joylashtiriladi. | Barcha bekatlarda, oxirgi va toʻxtab oʻtish manzillarida yoʻnalishning nomi, tartib raqami va harakatning oraliq vaqti toʻgʻrisidagi maʼlumot lavhasi joylashtiriladi. |
Metropoliten bekatlarida poyezdlar harakatining oraliq vaqti maxsus qoidalarga binoan belgilanadi. | Metropoliten bekatlarida poyezdlar harakatining oraliq vaqti maxsus qoidalarga binoan belgilanadi. |
21-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti vositalariga qoʻyiladigan talablar | 21-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti vositalariga qoʻyiladigan talablar |
Shahar yoʻlovchilar transporti vositalari xavfsizlik, mehnatni muhofaza qilish, ekologiya talablariga, shuningdek standartlar va texnikaviy shartlarga, tibbiy-sanitariya va yongʻinga qarshi normalarga muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi lozim. Transport vositalari qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak. | Shahar yoʻlovchilar transporti vositalari xavfsizlik, mehnatni muhofaza qilish, ekologiya talablariga, shuningdek standartlar va texnikaviy shartlarga, tibbiy-sanitariya va yongʻinga qarshi normalarga muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi lozim. Transport vositalari qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak. |
Sertifikatlashdan oʻtmagan va belgilangan tartibda roʻyxatga olinmagan transport vositalari foydalanishga qoʻyilmaydi. | Sertifikatlashdan oʻtmagan va belgilangan tartibda roʻyxatga olinmagan transport vositalari foydalanishga qoʻyilmaydi. |
Yoʻlovchilar transportini sertifikatlash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Yoʻlovchilar transportini sertifikatlash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Shahar yoʻlovchilar transportining salonida harakat yoʻnalishi, yoʻlovchi va bagaj tashish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumot, shuningdek boshqa zarur axborot boʻlishi lozim. | Shahar yoʻlovchilar transportining salonida harakat yoʻnalishi, yoʻlovchi va bagaj tashish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumot, shuningdek boshqa zarur axborot boʻlishi lozim. |
Tashuvchi shahar yoʻlovchilar transportida nogironligi boʻlgan shaxslar va bolali yoʻlovchilar uchun zarur qulayliklarni yaratadi. | Tashuvchi shahar yoʻlovchilar transportida nogironligi boʻlgan shaxslar va bolali yoʻlovchilar uchun zarur qulayliklarni yaratadi. |
Yoʻnalishsiz taksilarda yoʻl haqini aniqlash uchun hisoblagich (taksometr), maxsus tanib olish belgilari va boshqa yengil avtomobillardan farqlanuvchi raqam belgilari boʻlishi lozim. | Yoʻnalishsiz taksilarda yoʻl haqini aniqlash uchun hisoblagich (taksometr), maxsus tanib olish belgilari va boshqa yengil avtomobillardan farqlanuvchi raqam belgilari boʻlishi lozim. |
Yoʻnalishsiz taksilar uchun umumiy belgilar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. | Yoʻnalishsiz taksilar uchun umumiy belgilar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. |
22-modda. Shahar yoʻlovchilar transportida reklama | 22-modda. Shahar yoʻlovchilar transportida reklama |
Tashuvchilar yuridik va jismoniy shaxslarning reklamasini transport vositalarida qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtiradilar. | Tashuvchilar yuridik va jismoniy shaxslarning reklamasini transport vositalarida qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtiradilar. |
23-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti tashuvchisining majburiyatlari | 23-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti tashuvchisining majburiyatlari |
Tashuvchi: | Tashuvchi: |
shaharda yoʻlovchilarni tashish ishlarini bajarish uchun litsenziyaga ega boʻlishi; | shaharda yoʻlovchilarni tashish ishlarini bajarish uchun litsenziyaga ega boʻlishi; |
yoʻlovchilarni tashish yuzasidan belgilangan qoidalarga rioya etishi; | yoʻlovchilarni tashish yuzasidan belgilangan qoidalarga rioya etishi; |
yoʻlovchilarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini taʼminlashi; | yoʻlovchilarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini taʼminlashi; |
mehnatni muhofaza qilish, yongʻindan saqlash xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablarini bajarishi; | mehnatni muhofaza qilish, yongʻindan saqlash xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablarini bajarishi; |
harakat xavfsizligini, shahar yoʻlovchilar transportidan texnik foydalanish va uni ishlatish qoidalariga rioya etilishini taʼminlashi; | harakat xavfsizligini, shahar yoʻlovchilar transportidan texnik foydalanish va uni ishlatish qoidalariga rioya etilishini taʼminlashi; |
fuqarolarning ayrim toifalarini imtiyozli tashishi; | fuqarolarning ayrim toifalarini imtiyozli tashishi; |
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarni bajarishi shart. | qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarni bajarishi shart. |
Tashuvchilarning belgilangan yoʻnalishdan oʻzboshimchalik bilan chetga chiqishi, harakat jadvalini buzishi hamda yoʻlovchilarga qonunchilikda nazarda tutilmagan biron-bir talabni qoʻyishi man etiladi. | Tashuvchilarning belgilangan yoʻnalishdan oʻzboshimchalik bilan chetga chiqishi, harakat jadvalini buzishi hamda yoʻlovchilarga qonunchilikda nazarda tutilmagan biron-bir talabni qoʻyishi man etiladi. |
24-modda. Yoʻlovchilarning huquqlari | 24-modda. Yoʻlovchilarning huquqlari |
Yoʻlovchilar: | Yoʻlovchilar: |
shahar yoʻlovchilar transportining har qanday turidan foydalanish; | shahar yoʻlovchilar transportining har qanday turidan foydalanish; |
bekatlar va toʻxtab oʻtish manzillaridan foydalanish; | bekatlar va toʻxtab oʻtish manzillaridan foydalanish; |
oʻzlari bilan birgalikda yetti yoshgacha boʻlgan bolalarini bepul olib yurish; | oʻzlari bilan birgalikda yetti yoshgacha boʻlgan bolalarini bepul olib yurish; |
oʻlchamlari belgilangan kattalikdan oshmaydigan, vazni yigirma kilogrammgacha boʻlgan qoʻl yukini bepul olib yurish; | oʻlchamlari belgilangan kattalikdan oshmaydigan, vazni yigirma kilogrammgacha boʻlgan qoʻl yukini bepul olib yurish; |
belgilangan tariflar boʻyicha haq toʻlab bagaj olib yurish; | belgilangan tariflar boʻyicha haq toʻlab bagaj olib yurish; |
hayoti va sogʻligʻini shaxsiy sugʻurta qilish haqida ixtiyoriy ravishda shartnoma tuzish; | hayoti va sogʻligʻini shaxsiy sugʻurta qilish haqida ixtiyoriy ravishda shartnoma tuzish; |
bekatlar va oxirgi dispetcherlik manzillari dispetcherlaridan shahar yoʻlovchilar transportining ishi toʻgʻrisida axborot olish; | bekatlar va oxirgi dispetcherlik manzillari dispetcherlaridan shahar yoʻlovchilar transportining ishi toʻgʻrisida axborot olish; |
qonunchilikda berilgan boshqa huquqlardan foydalanish huquqiga egadir. | qonunchilikda berilgan boshqa huquqlardan foydalanish huquqiga egadir. |
25-modda. Yoʻlovchilarning majburiyatlari | 25-modda. Yoʻlovchilarning majburiyatlari |
Yoʻlovchilar: | Yoʻlovchilar: |
yoʻlovchilarni tashish yuzasidan belgilangan qoidalarga rioya etishlari; | yoʻlovchilarni tashish yuzasidan belgilangan qoidalarga rioya etishlari; |
yoʻl haqi va bagaj tashish haqini oʻz vaqtida toʻlashlari, chiptani manzilga yetgunga qadar saqlashlari va uni nazorat qiluvchi shaxslarning talabiga binoan koʻrsatishlari; | yoʻl haqi va bagaj tashish haqini oʻz vaqtida toʻlashlari, chiptani manzilga yetgunga qadar saqlashlari va uni nazorat qiluvchi shaxslarning talabiga binoan koʻrsatishlari; |
transportda imtiyozli yurish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrsatishlari; | transportda imtiyozli yurish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrsatishlari; |
shahar yoʻlovchilar transportidan foydalanganda tozalik va tartibga rioya etishlari, tashuvchilarning asbob-uskunalari va mol-mulkini ehtiyot qilishlari; | shahar yoʻlovchilar transportidan foydalanganda tozalik va tartibga rioya etishlari, tashuvchilarning asbob-uskunalari va mol-mulkini ehtiyot qilishlari; |
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablarni bajarishlari shart. | qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablarni bajarishlari shart. |
Yoʻlovchilarning tez yonuvchan, portlovchi, zaharli, radioaktiv moddalar va ashyolarni, shuningdek qurolni hamda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ochiq (gʻilofsiz) holda olib yurishi taqiqlanadi. | Yoʻlovchilarning tez yonuvchan, portlovchi, zaharli, radioaktiv moddalar va ashyolarni, shuningdek qurolni hamda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ochiq (gʻilofsiz) holda olib yurishi taqiqlanadi. |
26-modda. Shahar yoʻlovchilar transportida imtiyozli yurish | 26-modda. Shahar yoʻlovchilar transportida imtiyozli yurish |
Ayrim toifadagi fuqarolarga qonunchilik bilan shahar yoʻlovchilar transportida imtiyozli yurish huquqi belgilanadi. | Ayrim toifadagi fuqarolarga qonunchilik bilan shahar yoʻlovchilar transportida imtiyozli yurish huquqi belgilanadi. |
Transportda imtiyozli yurish huquqidan foydalanadigan shaxslarning qoʻl yuki va bagaj olib yurishi umumiy asoslarda amalga oshiriladi. | Transportda imtiyozli yurish huquqidan foydalanadigan shaxslarning qoʻl yuki va bagaj olib yurishi umumiy asoslarda amalga oshiriladi. |
Transportda imtiyozli yurish huquqini beradigan hujjatlar boʻyicha ketayotgan yoʻlovchilar uchun shahar yoʻlovchilar transportida amal qilayotgan tashish qoidalari majburiydir. | Transportda imtiyozli yurish huquqini beradigan hujjatlar boʻyicha ketayotgan yoʻlovchilar uchun shahar yoʻlovchilar transportida amal qilayotgan tashish qoidalari majburiydir. |
27-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik | 27-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik |
Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. | Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. |
Chiptalarni, yoʻl varaqalarini va shahar yoʻlovchilar transportida imtiyozli yurish huquqini beradigan hujjatlarni qalbakilashtirganlik uchun javobgarlik qonunda belgilab qoʻyiladi. | Chiptalarni, yoʻl varaqalarini va shahar yoʻlovchilar transportida imtiyozli yurish huquqini beradigan hujjatlarni qalbakilashtirganlik uchun javobgarlik qonunda belgilab qoʻyiladi. |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
1997-yil 25-aprel, | 1997-yil 25-aprel, |
419-I-son | 419-I-son |