OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI KENGAShINING
Qarori
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI JOʻQORGʻI KENGESINING QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASINING BOʻZATOV TUMAN MAʼMURIY-HUDUDIY TUZILMASINI TUGATISh TOʻGʻRISIDAGI TAKLIFI HAQIDA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Qoraqalpogʻiston Respublikasining Boʻzatov tuman maʼmuriy-hududiy tuzilmasini tugatish toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqib va “Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga Qoraqalpogʻiston Respublikasining Boʻzatov tumanini alohida maʼmuriy-hududiy birlik sifatida tugatib, mazkur tuman egallab kelgan hududlarning Chimboy va Kegeyli tumanlari tarkibiga qoʻshib yuborilishiga rozilik berilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi muhokamasiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2004-yil 11-fevral,
598-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 55-modda)