OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANK BOSHQARUVINING
Qarori
MIKROKREDIT TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBI HISOBVARAQLARI REJASINI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 11-noyabrda 1639-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/5-sonli ““Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasini tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1639-4, 25.10.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga asosan Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
3. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Markaziy bank raisi oʻrinbosari F.X. Boqiyev zimmasiga yuklatilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 7-oktabr,
24/5-son
Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/5-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi
I. Hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” va “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida mikrokredit tashkilotlari buxgalteriya hisobini yuritish asoslarini belgilab beradi. Mikrokredit tashkilotlari tomonidan buxgalteriya hisobi ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab qayta tashkil etilgunga yoki tugatilgunga qadar uzluksiz ravishda yuritiladi.
Mikrokredit tashkilotlari mikromoliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishda Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlariga va qonunchilikka qatʼiy rioya qilishlari lozim.
Mazkur hisobvaraqlar rejasi mikrokredit tashkilotlarida mikromoliyaviy operatsiyalarning buxgalteriya hisobini aks ettirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Hisobvaraqlar rejasi mikrokredit tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarning hisobini yuritish, tahlil qilish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qoʻllanadigan Bosh kitob hisobvaraqlari roʻyxatidan iboratdir.
Xatolarni toʻgʻrilash va hisob siyosatidagi oʻzgarishlar boʻyicha tuzatishlar kiritishda, hisobvaraqlarning taʼriflarida koʻzda tutilmagan boʻlsa ham hisobvaraqlarning debet va kreditlari boʻyicha tuzatish oʻtkazmalari berishga ruxsat beriladi.
Mikrokredit tashkilotlarining hisobvaraqlar rejasi buxgalteriya hisobining koʻp valyutali tizimiga asoslangan boʻlib, chet el valyutasidagi operatsiyalarning hisobi yuritilishi mumkin boʻlgan barcha hisobvaraqlarda xorijiy valyutadagi operatsiyalar hisobini aks ettirish imkonini beradi. Har bir valyuta turi boʻyicha sintetik hisobni yuritish uchun — alohida Bosh kitob, analitik hisobni yuritish uchun esa Yordamchi kitoblar ochiladi. Har bir valyuta boʻyicha Bosh kitoblarning tegishli balans hisobvaraqlaridagi summalar Yordamchi kitoblardagi summalar yigʻindisiga mos kelishi kerak. Mikrokredit tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan har bir operatsiya tegishli valyuta turi boʻyicha Bosh va Yordamchi kitoblarda roʻyxatga olinishi kerak. Hisobot sanasida Bosh kitoblarning xorijiy valyutalar boʻyicha jami summalari milliy valyutaga oʻtkaziladi va hisobot davri davomida amalga oshirilgan barcha operatsiyalar boʻyicha mikrokredit tashkilotining jamlanma balansi tuziladi.
Hisobvaraqlarni kodlashtirish quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqilgan:
hisobvaraqlarning Bosh va Yordamchi kitoblarda joylanishini yengillashtirish;
hisobvaraqlarni bir tizimda tasniflash va guruhlashga yordam berish;
hisob jarayonlarini avtomatlashtirishni yengillashtirish;
operatsiyalar yozuvini tezlashtirish.
Balans hisobvaraqlarining Bosh kitobda kodlashtirilish tizimi quyidagi sxema boʻyicha beshta belgidan iboratligi qabul qilingan:
| S | MM | SS | | |
| | | | | |
| C | Hisobvaraq turkumi (kategoriyasi): | | ||
| 1 | Aktiv | | ||
| 2 | Majburiyatlar | | ||
| 3 | Kapital | | ||
| 4 | Daromadlar | | ||
| 5 | Xarajatlar | | ||
| 6 | Koʻzda tutilmagan holatlar | | ||
| | | | | |
| | MM | Hisobvaraq turkumiga tegishli asosiy hisobvaraqlar (birinchi tartib) | ||
| | | | | |
| | | SS | Asosiy hisobvaraqlarga tegishli subhisobvaraqlar (ikkinchi tartib) | |
Raqamli kodlashtirishga quyidagi zarur shartlar joylashtirilgan:
jamlanma hisobvaraqlar uchun MM va/yoki SS nol raqamlariga ega (masalan, 10000-”Aktivlar”, 10100-”Kassadagi naqd pul va boshqa toʻlov hujjatlari” va boshqalar);
“Aktivlar” boʻlimidagi “.... zararlarni qoplash zaxirasi” sarlavhali subhisobvaraqlar uchun SS oʻrnida 99 raqam qabul qilingan.
Yordamchi kitobda shaxsiy hisobvaraqlar quyidagi sxema boʻyicha kodlashtiriladi:
Bundan tashqari, operatsiyalarni boshqarish maqsadida Yordamchi kitoblarga Markaziy bank, mikrokredit tashkilotlari menejmenti (boshqarishi) uchun zarur boʻlgan batafsil axborotlar bilan taʼminlovchi qoʻshimcha maʼlumotlar kiritiladi.
Hisobvaraqlar rejasida har bir hisobvaraqning aktiv yoki passiv boʻlishi aniq belgilab qoʻyilgan, aktiv-passiv qoldiqlarga ega boʻladigan ayrim hisobvaraqlar bundan mustasno. Aktiv hisobvaraqlarga “Aktivlar”, “Xarajatlar” va “Koʻzda tutilmagan holatlar” boʻlimlaridagi balans hisobvaraqlari, passiv hisobvaraqlarga “Majburiyatlar”, “Kapital” va “Daromadlar” boʻlimlaridagi balans hisobvaraqlari taalluqlidir.
Aktivlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida “Aktivlar” boʻlimiga kontr-aktiv hisobvaraqlari, majburiyatlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida esa “Majburiyatlar” boʻlimiga kontr-passiv hisobvaraqlar kiritilgan.
“Koʻzda tutilmagan holatlar” boʻlimiga operatsiyalarni ikki yoqlama yozuv uslubi boʻyicha aks ettirish va amalga oshirilgan operatsiyalarning toʻgʻriligini qoʻshimcha nazorat qilish imkonini beruvchi kontr-aktiv hisobvaraqlar kiritilgan.
Baʼzi hisobvaraqlardan tashqari “Aktivlar” likvidlilik, “Majburiyatlar” esa muddatlilik tamoyillariga asosan tasniflangan.
Mazkur hisobvaraqlar rejasida har bir ikkinchi tartibli balans hisobvaragʻi uchun hisobvaraq taʼrifi berilgan boʻlib, unda hisobvaraqning debeti va krediti boʻyicha qanday operatsiyalarni aks ettirish, hamda analitik hisobini yuritish koʻrsatilgan. Batafsil analitik hisob yuritish uchun mikrokredit tashkilotlarida shaxsiy hisobvaraqlardan tashqari qoʻshimcha jurnal hisobi va reyestrlar yuritilishi mumkin.
“Daromadlar” va “Xarajatlar” boʻlimi uchun analitik hisob koʻrsatilmagan boʻlib, ushbu boʻlimlardagi hisobvaraqlar mikrokredit tashkiloti ichki hisobvaraqlari hisoblanadi. Mikrokredit tashkilotlari Markaziy bank talablari va ichki hisob siyosatidan kelib chiqqan holda mazkur hisobvaraqlarda tahliliy (analitik) hisobni qanday yuritishni oʻzlari belgilaydilar.
II. HISOBVARAQLAR ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
| Kod | Nomi |
| 10000 | AKTIVLAR |
| | |
| 10100 | Kassadagi naqd pullar |
| 10101 | Kassadagi pul mablagʻlari |
| 10109 | Yoʻldagi naqd pullar |
| | |
| 10500 | Banklarga qoʻyilgan depozitlar va boshqa mablagʻlar |
| 10503 | Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar |
| 10505 | Banklarga qoʻyilgan jamgʻarma depozitlar |
| 10507 | Banklarga qoʻyilgan muddatli depozitlar |
| 10597 | Banklarga qoʻyilgan boshqa mablagʻlar |
| | |
| 11100 | Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring |
| 11101 | Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring |
| 11103 | Muddati oʻtgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring |
| 11105 | Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring |
| 11195 | Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring boʻyicha diskont (kontr-aktiv) |
| 11199 | Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) |
| | |
| 12400 | Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar |
| 12401 | Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar |
| 12405 | Jismoniy shaxslarga berilgan muddati oʻtgan mikroqarzlar |
| 12409 | Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikroqarzlar |
| 12499 | Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) |
| | |
| 12500 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar |
| 12501 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar |
| 12505 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati oʻtgan mikrokreditlar |
| 12509 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar |
| 12599 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) |
| | |
| 12700 | Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar |
| 12701 | Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar |
| 12705 | Yuridik shaxslarga berilgan muddati oʻtgan mikrokreditlar |
| 12709 | Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar |
| 12799 | Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) |
| | |
| 14800 | Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar |
| 14801 | Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar |
| 14809 | Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikroqarzlar |
| 14899 | Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) |
| | |
| 14900 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar |
| 14901 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar |
| 14909 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar |
| 14999 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) |
| | |
| 15100 | Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar |
| 15101 | Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar |
| 15109 | Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar |
| 15199 | Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) |
| | |
| 15600 | Mikrolizing (moliyaviy ijara) |
| 15607 | Mikrolizing |
| 15617 | Muddati oʻtgan mikrolizing |
| 15619 | Shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikrolizing |
| 15699 | Mikrolizing boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) |
| | |
| 15700 | Sud jarayonidagi mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar |
| 15701 | Jismoniy shaxslarga berilgan sud jarayonidagi mikroqarzlar |
| 15703 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan sud jarayonidagi mikrokreditlar |
| 15707 | Yuridik shaxslarga berilgan sud jarayonidagi mikrokreditlar |
| 15709 | Sud jarayonidagi mikrolizing |
| 15799 | Sud jarayonidagi mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) |
| | |
| 16100 | Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablagʻlar |
| 16102 | Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablagʻlar — Moliyaviy mablagʻlar |
| 16104 | Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablagʻlar — Boshqa aktivlar |
| | |
| 16300 | Olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar |
| 16301 | Banklardagi depozitlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar |
| 16307 | Mikroqarzlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar |
| 16309 | Mikrokreditlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar |
| 16323 | Mikrolizing (Moliyaviy ijara) boʻyicha olish uchun hisoblangan foizlar |
| 16397 | Boshqa olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar (vositachilik haqi) |
| | |
| 16500 | Asosiy vositalar |
| 16501 | Yer |
| 16505 | Tugallanmagan qurilishlar |
| 16509 | Mikrokredit tashkiloti binolari va boshqa imoratlari |
| 16511 | Mikrokredit tashkiloti binolari va boshqa imoratlarining yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv) |
| 16515 | Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi |
| 16519 | Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi boʻyicha yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv) |
| 16529 | Transport vositalari |
| 16531 | Transport vositalarining yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv) |
| 16535 | Mebel, moslama va jihozlar |
| 16539 | Mebel, moslama va jihozlarning yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv) |
| 16549 | Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalar |
| 16551 | Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalarning yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv) |
| 16561 | Ombordagi asosiy vositalar |
| 16563 | Ombordagi asosiy vositalarning yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv) |
| | |
| 16600 | Nomoddiy aktivlar |
| 16601 | Nomoddiy aktivlar |
| 16605 | Nomoddiy aktivlarning yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv) |
| 16609 | Oʻrnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar |
| 16617 | Gudvill |
| 16699 | Oʻrnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) |
| | |
| 16700 | Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar |
| 16701 | Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar |
| 16707 | Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklarning yigʻilgan eskirish summasi |
| 16799 | Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) |
| | |
| 19900 | Boshqa aktivlar |
| 19901 | Mayda xarajatlar |
| 19905 | Olingan kreditlar boʻyicha garovga qoʻyilgan mulklar va mulkiy huquqlar |
| 19907 | Xizmatlar uchun oldindan toʻlangan xarajatlar |
| 19908 | Mikrokredit tashkilotlari xodimlari bilan boʻladigan hisob-kitoblardagi undirib olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar |
| 19909 | Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlar hisobvaragʻi |
| 19911 | Olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar hisobvaraqlari boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) |
| 19921 | Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar |
| 19925 | Oldindan toʻlangan xarajatlar |
| 19927 | Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida muddati uzaytirilgan xarajatlar |
| 19931 | Muddati kechiktirilgan soliqlar |
| 19941 | Tugatilgan va tugatilish jarayonida boʻlgan banklardagi mablagʻlar |
| 19945 | Tugatilgan va tugatilish jarayonida boʻlgan banklardagi mablagʻlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) |
| 19995 | Sud jarayonidagi boshqa aktivlar |
| 19997 | Boshqa aktivlar |
| 19999 | Boshqa aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) |
| | |
| 20000 | MAJBURIYATLAR |
| | |
| 21600 | Olingan qisqa muddatli kreditlar |
| 21606 | Banklardan olingan qisqa muddatli kreditlar |
| 21610 | Davlatning maqsadli jamgʻarmalaridan olingan qisqa muddatli kreditlar |
| 21614 | Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalardan olingan qisqa muddatli kreditlar |
| 21618 | Nodavlat notijorat tashkilotlardan olingan qisqa muddatli kreditlar |
| 21622 | Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan qisqa muddatli kreditlar |
| 21626 | Chet ellik investorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar |
| 21696 | Boshqa kreditorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar |
| | |
| 22000 | Olingan uzoq muddatli kreditlar |
| 22006 | Banklardan olingan uzoq muddatli kreditlar |
| 22010 | Davlatning maqsadli jamgʻarmalaridan olingan uzoq muddatli kreditlar |
| 22014 | Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalardan olingan uzoq muddatli kreditlar |
| 22018 | Nodavlat notijorat tashkilotlardan olingan uzoq muddatli kreditlar |
| 22022 | Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan uzoq muddatli kreditlar |
| 22026 | Chet ellik investorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar |
| 22096 | Boshqa kreditorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar |
| | |
| 22100 | Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha majburiyatlar |
| 22102 | Banklar oldidagi lizing boʻyicha majburiyatlar |
| 22104 | Boshqa lizing beruvchilar oldidagi lizing boʻyicha majburiyatlar |
| | |
|
22200 |
Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar |
|
22203 |
Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Moliyaviy mablagʻlar |
|
22205 |
Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Boshqa aktivlar |
| | |
| 22400 | Toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar |
| 22408 | Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha hisoblangan foizlar |
| 22410 | Olingan kreditlar boʻyicha hisoblangan foizlar |
| 22496 | Boshqa majburiyatlar boʻyicha hisoblangan foizlar |
| | |
| 22500 | Hisoblangan soliqlar |
| 22502 | Hisoblangan foyda soliqlari |
| 22504 | Hisoblangan boshqa soliqlar |
| 22506 | Toʻlash uchun ushlab qolingan soliqlar |
| 22508 | Muddati kechiktirilgan soliqlar |
| 22510 | Nafaqa (pensiya) fondi bilan boʻladigan hisob-kitoblar |
| 22512 | Bandlik fondi va boshqa fondlar bilan boʻladigan hisob-kitoblar |
| | |
| 22800 | Muddati uzaytirilgan daromadlar |
| 22812 | Kelgusi davr foizli daromadlari |
|
22814 |
Grant mablagʻlari |
|
22816 |
Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida muddati uzaytirilgan daromad |
| 22896 | Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar |
| | |
| 29800 | Boshqa majburiyatlar |
| 29801 | Mijozlar bilan hisob-kitoblar |
| 29802 | Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlanadigan mablagʻlar |
| 29803 | Mikrokredit tashkilotlari xodimlari bilan hisob-kitoblardagi toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar |
| 29805 | Ijara (operatsion ijara) boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar |
|
29807 |
Toʻlanishi lozim boʻlgan dividendlar |
| 29896 | Boshqa majburiyatlar |
| | |
| 30000 | KAPITAL |
| | |
| 30300 | Mikrokredit tashkilotining ustav kapitali |
| 30301 | Ustav kapitali |
| | |
| 30900 | Zaxira kapitali |
| 30903 | Umumiy zaxira fondi |
| 30905 | Tekinga olingan mulklar |
| 30908 | Boshlangʻich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi |
| | |
| 31200 | Taqsimlanmagan foyda |
| 31203 | Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv) |
| 31206 | Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv) |
| | |
| 31700 | Oʻzlashtirilgan grant mablagʻlari |
| 31701 | Oʻzlashtirilgan grant mablagʻlari |
| | |
| 40000 | DAROMADLAR |
| | |
| 40400 | Banklardagi depozitlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 40401 | Banklardagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 40403 | Banklardagi jamgʻarma depozitlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 40405 | Banklardagi muddatli depozitlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 40407 | Banklardagi boshqa mablagʻlar boʻyicha foizli daromadlar |
| | |
| 42000 | Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 42001 | Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 42005 | Jismoniy shaxslarga berilgan muddati oʻtgan mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 42009 | Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar |
| | |
| 42100 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokredit��ar boʻyicha foizli daromadlar |
| 42101 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 42105 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati oʻtgan mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 42109 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar |
| | |
| 42300 | Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 42301 | Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 42305 | Yuridik shaxslarga berilgan muddati oʻtgan mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 42309 | Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar |
| | |
| 44200 | Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 44201 | Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 44209 | Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar |
| | |
| 44300 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 44301 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 44309 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar |
| | |
| 44500 | Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 44501 | Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 44509 | Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar |
| | |
| 44700 | Sud jarayonidagi mikroqarzlar va mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 44701 | Sud jarayonidagi mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 44703 | Sud jarayonidagi mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar. |
| | |
| 44900 | Boshqa foizli daromadlar |
| 44901 | Boshqa foizli daromadlar |
| | |
| 45100 | Mikrolizing (moliyaviy ijara) boʻyicha foizli daromadlar |
| 45105 | Mikrolizing boʻyicha foizli daromadlar |
| 45117 | Muddati oʻtgan mikrolizing boʻyicha foizli daromadlar |
| 45119 | Shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikrolizing boʻyicha foizli daromadlar |
| 45121 | Sud jarayonidagi mikrolizing boʻyicha foizli daromadlar |
| | |
| 45200 | Foizsiz daromadlar |
| 45201 | Koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar |
| 45217 | Sotib olingan debitorlik qarzlari boʻyicha daromadlar- Faktoring |
| | |
|
45400 |
Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida olingan foyda |
|
45401 |
Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida olingan foyda |
| | |
| 45900 | Boshqa foizsiz daromadlar |
| 45901 | Asosiy vositalarning ijarasi boʻyicha olingan daromadlar |
| 45909 | Asosiy vositalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda |
| 45913 | Boshqa xususiy mulklar/aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda |
|
45917 |
Grant mablagʻlaridan olingan daromad |
| 45921 | Hisobdan chiqarilgan mablagʻlarning qaytarilishi |
| 45994 | Boshqa foizsiz daromadlar |
| | |
| 50000 | XARAJATLAR |
| | |
| 53100 | Qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar |
| 53101 | Banklardan olingan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan foizli xarajatlar |
| 53105 | Davlat maqsadli jamgʻarmalaridan olingan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan foizli xarajatlar |
| 53109 | Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalardan olingan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar |
| 53113 | Nodavlat notijorat tashkilotlaridan olingan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar |
| 53117 | Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar |
| 53121 | Chet ellik investorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar |
| 53195 | Boshqa kreditorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar |
| | |
| 54100 | Uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar |
| 54101 | Banklardan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar |
| 54105 | Davlat maqsadli jamgʻarmalaridan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar |
| 54109 | Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalaridan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar |
| 54113 | Nodavlat notijorat tashkilotlaridan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar |
| 54117 | Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar |
| 54121 | Chet ellik investorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar |
| 54195 | Boshqa kreditorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar |
| | |
|
54400 |
Lizing (mikrolizing) boʻyicha foizli xarajatlar |
|
54401 |
Lizing (mikrolizing) boʻyicha foizli xarajatlar |
| | |
| 54900 | Boshqa foizli xarajatlar |
| 54902 | Boshqa foizli xarajatlar |
| | |
| 55100 | Foizsiz xarajatlar |
| 55106 | Koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik xarajatlari |
| | |
|
55300 |
Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida koʻrilgan zarar |
|
55301 |
Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida koʻrilgan zarar |
| | |
| | |
| 55900 | Boshqa foizsiz xarajatlar |
| 55902 | Asosiy vositalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan koʻrilgan zararlar |
| 55906 | Boshqa xususiy mulklarni/ aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan koʻrilgan zararlar |
| 55995 | Boshqa foizsiz xarajatlar |
| | |
| 56100 | Mikrokredit tashkiloti xodimlarining ish haqi va ular uchun qilingan boshqa xarajatlar |
| 56102 | Ish haqi |
| 56106 | Mikrokredit tashkiloti xodimlari uchun imtiyozlar |
| 56110 | Tibbiy, stomatologik xizmatlar va shifoxonada davolash uchun xarajatlar |
| 56114 | Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha badallar |
| 56118 | Ijtimoiy himoya boʻyicha xarajatlar |
| 56122 | Bandlik fondi va boshqa fondlar uchun badallar |
| 56195 | Mikrokredit tashkiloti xodimlari uchun qilingan boshqa xarajatlar |
| | |
| 56200 | Ijara va saqlash (taʼminot) xarajatlari |
| 56202 | Ijara toʻlovi |
| 56206 | Suv toʻlovi |
| 56210 | Elektr energiyasi va isitish tarmoqlari xarajatlari |
| 56214 | Taʼmirlash va taʼminot xarajatlari |
| 56218 | Qoʻriqlash xizmati xarajatlari |
| | |
| 56300 | Xizmat safari va transport xarajatlari |
| 56302 | Xizmat safari xarajatlari |
| 56306 | Xizmat safari vaqtidagi kunlik xarajatlar |
| 56310 | Mikrokredit tashkiloti mulkini koʻchirish bilan bogʻliq boʻlgan (Fraxt) xarajatlar |
| 56314 | Yoqilgʻi xarajatlari |
| | |
| 56400 | Maʼmuriy xarajatlar |
| 56402 | Reklama va eʼlon xarajatlari |
| 56406 | Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari |
| 56410 | Pochta, telefon, faks boʻyicha xarajatlar |
| 56414 | Hujjat markalari uchun xarajatlar |
| 56418 | Kitob, gazeta va boshqa davriy nashriyotlar boʻyicha xarajatlar |
| | |
| 56600 | Eskirish xarajatlari |
| 56602 | Mikrokredit tashkiloti bino va boshqa imoratlarining eskirish summasi |
| 56610 | Transport vositalarining eskirish summasi |
| 56614 | Mebel va jihozlarning eskirish summasi |
| 56618 | Nomoddiy aktivlarning eskirish summasi |
| 56622 | Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalarning eskirish summasi |
| 56626 | Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi boʻyicha eskirish summasi |
| 56630 | Ombordagi asosiy vositalarning eskirish summasi |
| | |
| 56700 | Sugʻurta, soliq va boshqa xarajatlar |
| 56702 | Yuridik va auditorlik xizmati xarajatlari |
| 56706 | Maslahatchi (konsalting)lar xizmati uchun toʻlov xarajatlari |
| 56710 | Sugʻurta xarajatlari |
| 56714 | Soliq (foyda soligʻidan tashqari) va litsenziyalar |
| 56718 | Jarima va penya xarajatlari |
| 56722 | Sud jarayoni va/yoki aktivni sotib olish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar |
| 56795 | Boshqa operatsion xarajatlar |
| | |
| 56800 | Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash |
| 56802 | Mikroqarz va mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash |
| 56814 | Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash |
| 56830 | Asosiy vositalari boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash |
| 56832 | Nomoddiy aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash |
| 56834 | Boshqa xususiy mulklar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash |
| 56838 | Mikrolizing (moliyaviy ijara) boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash |
| 56840 | Hisoblangan foizsiz daromadlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash |
| 56842 | Sud jarayonidagi mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing (moliyaviy ijara) boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash |
| 56895 | Boshqa aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash |
| | |
| 56900 | Foyda soligʻini baholash |
| 56902 | Foyda soligʻini baholash |
| | |
| 90000 | KOʻZDA TUTILMAGAN HOLATLAR |
| | |
| 90900 | Savdoga oid moliyalashlar |
| 90966 | Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring |
| 90993 | Kafolat va kafilliklar |
| | |
| 91500 | Aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlari |
| 91501 | Berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha hisoblangan foizlar |
| 91505 | Boshqa aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlari |
| | |
| 91700 | Mikrokredit tashkilotining mikroqarz, mikrokredit i mikrolizing berish majburiyati |
| 91709 | Mikrokredit tashkilotining mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing berish majburiyati |
| | |
| 91800 | Mikrokredit tashkilotining kredit va lizing majburiyatlari |
| 91816 | Mikrokredit tashkilotining kredit va lizing olish majburiyati |
| | |
| 91900 | Qarzdorlarning mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing majburiyatlari |
| 91901 | Qarzdorlarning qisqa muddatli mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing boʻyicha majburiyatlari |
| 91905 | Qarzdorlarning uzoq muddatli mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing boʻyicha majburiyatlari |
| | |
| 94500 | Garov sifatidagi qimmatli qogʻozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab)lar |
| 94501 | Garov sifatida olingan qimmatli qogʻozlar |
| 94502 | Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquq(talab)lar |
| 94503 | Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar |
| | |
| 95400 | Boshqa koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari |
| 95413 | Hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar |
| 95497 | Boshqa koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari |
| | |
| 96300 | Koʻzda tutilmagan holatlar kontr-hisobvaraqlari |
| 96331 | Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring boʻyicha kontr-hisobvaraq |
| 96335 | Aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlari boʻyicha kontr-hisobvaraq |
| 96337 | Kafolat va kafilliklar boʻyicha kontr-hisobvaraq |
| 96345 | Qarzdorlarning qisqa muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha majburiyatlari kontr-hisobvaragʻi |
| 96349 | Qarzdorlarning uzoq muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha majburiyatlari kontr-hisobvaragʻi |
| 96351 | Mikrokredit tashkilotining mikroqarzlar, mikrokredit va mikrolizinglar berish majburiyati boʻyicha kontr-hisobvaraq |
| 96358 | Mikrokredit tashkilotining kredit va lizing olish majburiyati boʻyicha kontr-hisobvaraq |
| 96381 | Garov sifatida olingan qimmatli qogʻozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar boʻyicha kontr-hisobvaraq |
| 96397 | Boshqa koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari boʻyicha kontr-hisobvaraq |
(II-boʻlim ilovasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 21-maydagi 16/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1639-1, 24.06.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 26-son, 271-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
III. HISOBVARAQLARNING TAʼRIFI
Oldingi tahrirga qarang.
| Kod | Nomi |
| | |
| 10000 | AKTIVLAR |
| | |
| 10100 | KASSADAGI NAQD PULLAR |
| 10101 | Kassadagi pul mablagʻlari Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining kassasidagi banknot va tangalar koʻrinishidagi naqd pul mablagʻlarining hisobi yuritiladi. Kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tartibga solinadi. |
| | Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkilotining kassasiga kelib tushgan pul mablagʻlarining summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida mikrokredit tashkilotining kassasidan toʻlangan pul mablagʻlari, shuningdek, xizmat koʻrsatuvchi bankka topshiriladigan ortiqcha pul mablagʻlarining summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi. |
| 10109 | Yoʻldagi naqd pullar Hisobvaraqning taʼrifi: yoʻldagi naqd pul, chek va boshqa toʻlov hujjatlarining hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning debetida bankka va boshqa kredit tashkilotlariga joʻnatilgan naqd pul, chek va boshqa toʻlov hujjatlarining summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida qabul qiluvchi bank tomonidan ularning kassaga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomasi asosida naqd pul, chek va boshqa toʻlov hujjatlari summasini hisobdan chiqarish amalga oshiriladi. Tahliliy hisob qabul qiluvchi bank boʻyicha, shuningdek, naqd pullar, cheklar va boshqa toʻlov hujjatlari turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 10500 | BANKLARGA QOʻYILGAN DEPOZITLAR VA BOSHQA MABLAGʻLAR |
| 10503 | Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning debetida banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlarning hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob banklar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 10505 | Banklarga qoʻyilgan jamgʻarma depozitlar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining banklarga qoʻyilgan jamgʻarma depozitlari hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning debetida banklarga qoʻyilgan jamgʻarma depozitlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida jamgʻarma depozitlarning hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob banklar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 10507 | Banklarga qoʻyilgan muddatli depozitlar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining banklarga qoʻyilgan muddatli depozitlari hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning debetida banklarga qoʻyilgan muddatli depozitlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida muddatli depozitlarning hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob banklar va depozitlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 10597 | Banklarga qoʻyilgan boshqa mablagʻlar Hisobvaraqning taʼrifi: yuqorida koʻrsatilgan turkum taʼriflarga mos tushmaydigan, mikrokredit tashkilotining banklarga qoʻyilgan mablagʻlari hisobi olib boriladi Hisobvaraqning debetida banklarga qoʻyilgan boshqa mablagʻlarning summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida boshqa mablagʻlarning hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir bank va depozitlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 11100 | SOTIB OLINGAN DEBITORLIK QARZLARI — FAKTORING |
| 11101 | Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlari — joʻnatilgan tovarlar, bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻz mijozlari (mahsulot yetkazib beruvchi) tomonidan inkassoga qoʻyilgan toʻlov talabnomalarining hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan mijozlarning debitorlik qarzlarining nominal qiymati aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan toʻlangan debitorlik qarzlarining qiymati, qayta tasniflangan va 11103 — “Muddati oʻtgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring”, 11105 — “Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvaraqlarga oʻtkazilgan, shuningdek, boshqa shaxslar hisobiga kechib yuborilgan debitorlik qarzlarining qiymati aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir shartnoma boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 11103 | Muddati oʻtgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring Hisobvaraqning taʼrifi: belgilangan qoidalarga muvofiq muddati oʻtgan deb tasniflangan sotib olingan debitorlik qarzlarining hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 11101 — “Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvaragʻidan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlarining toʻliq va/yoki toʻlanmagan qiymati aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan toʻlangan yoki hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlarining summasi, shuningdek qayta tasniflangan va 11105 — “Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvaragʻiga oʻtkazilgan sotib olingan muddati oʻtgan debitorlik qarzlarining qiymati aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir shartnoma boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 11105 | Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan sud jarayonidagi debitorlik qarzlarining hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 11101 — “Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring”, 11103 — “Muddati oʻtgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlarining toʻliq va/yoki toʻlanmagan qiymati aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan qoplangan yoki hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlari summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir shartnoma boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| 11195 | Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring boʻyicha diskont (kontr-aktiv) Hisobvaraqning taʼrifi: sotib olingan debitorlik qarzlarining toʻliq nominal qiymati bilan sotib olish narxi oʻrtasidagi salbiy farq, yaʼni diskont hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida mikrokredit tashkilotining debitorlik qarzini uning toʻliq nominal qiymatidan past narxda sotib olgandagi diskont summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida diskont amortizatsiyasi, shuningdek, qarzdor tomonidan debitorlik qarzlarini qisman yoki toʻliq qoplash natijasida yoki boshqa shaxslar hisobiga kechib yuborilganda hisobdan chiqarilgan diskont summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir shartnoma boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 11199 | Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) Hisobvaraqning taʼrifi: qarzdordan summa undirib olinmagan va/yoki baholashda summa undirib olinishiga shubha tugʻilgan hollarda sotib olingan debitorlik qarzlari boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan zaxira hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir shartnoma boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 12400 | JISMONIY SHAXSLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI MIKROQARZLAR |
| 12401 | Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar Hisobvaraqning taʼrifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha jismoniy shaxslarga berilgan mikroqarzlarning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida berilgan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi boʻyicha qayta tasniflangan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 12405 | Jismoniy shaxslarga berilgan muddati oʻtgan mikroqarzlar Hisobvaraqning taʼrifi: jismoniy shaxslarga berilgan muddatida toʻlanmagan (qoplanmagan) qisqa muddatli va uzoq muddatli mikroqarzlarning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12401 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar”, 12409 — “Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikroqarzlar”, 14801 — “Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar”, 14809 — “Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikroqarzlar” hisobvaraqlaridan mazkur hisobvaraqqa oʻtkazilgan jismoniy shaxslarga berilgan muddatida toʻlanmagan mikroqarzlarning summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan toʻlangan, mikroqarzlarning boshqa maqomi boʻyicha qayta tasniflangan va/yoki koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12499 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻidan hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 12409 | Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikroqarzlar Hisobvaraqning taʼrifi: mikroqarz shartnomasi hamda unga qoʻshimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari oʻzgartirilgan jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlarning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12401 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar” va 12405 — “Jismoniy shaxslarga berilgan muddati oʻtgan mikroqarzlar” hisobvaraqlaridan mazkur hisobvaraqqa oʻtkazilgan va jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida toʻlangan, qayta tasniflangan va/yoki koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash 12499 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻidan hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 12499 | Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud boʻlgan, jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 12500 | YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI MIKROKREDITLAR |
| 12501 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar Hisobvaraqning taʼrifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan mikrokreditlarning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida berilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi boʻyicha qayta tasniflangan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 12505 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati oʻtgan mikrokreditlar Hisobvaraqning taʼrifi: yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddatida toʻlanmagan (qoplanmagan) qisqa muddatli va uzoq muddatli mikrokreditlarning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12501 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar”, 12509 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar”, 14901 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar”, 14909 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddatida toʻlanmagan mikrokreditlarning summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan toʻlangan, mikrokreditlarning boshqa maqomi boʻyicha qayta tasniflangan va/yoki koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12599 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻidan hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 12509 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit shartnomasi hamda unga qoʻshimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari oʻzgartirilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlarning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12501 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar” va 12505 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati oʻtgan mikrokreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan va yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida toʻlangan, qayta tasniflangan va/yoki koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash 12599 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻidan hisobdan chiqarilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 12599 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud boʻlgan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 12700 | YURIDIK SHAXSLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI MIKROKREDITLAR |
| 12701 | Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar Hisobvaraqning taʼrifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha jismoniy shaxslarga berilgan mikrokreditlarning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida berilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi boʻyicha qayta tasniflangan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 12705 | Yuridik shaxslarga berilgan muddati oʻtgan mikrokreditlar Hisobvaraqning taʼrifi: yuridik shaxslarga berilgan muddatida toʻlanmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli mikrokreditlarning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12701 — “Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar”, 12709 — “Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar”, 15101 — “Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar”, 15109 — “Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan yuridik shaxslarga berilgan muddatida toʻlanmagan barcha mikrokreditlarning summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida mikrokreditlarning boshqa maqomi boʻyicha qayta tasniflangan va/yoki koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12799 — “Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻi hisobidan chiqarilgan hamda qarzdorlar tomonidan toʻlangan summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 12709 | Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit shartnomasi hamda unga qoʻshimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari oʻzgartirilgan yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlarning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12701 — “Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar” va 12705 — “Yuridik shaxslarga berilgan muddati oʻtgan mikrokreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan va yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflangan va/yoki koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12799 — “Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻidan hisobdan chiqarilgan qoplangan mikrokreditlarning summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 12799 | Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud boʻlgan, yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 14800 | JISMONIY SHAXSLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI MIKROQARZLAR |
| 14801 | Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar Hisobvaraqninng taʼrifi: berilgan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga jismoniy shaxslarga berilgan mikroqarzlarning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida berilgan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida toʻlangan va/yoki boshqa maqomi boʻyicha qayta tasniflangan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 14809 | Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikroqarzlar Hisobvaraqning taʼrifi: mikroqarz shartnomasi hamda unga qoʻshimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari oʻzgartirilgan jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlarning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 14801 — “Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar” va 12405 — “Jismoniy shaxslarga berilgan muddati oʻtgan mikroqarzlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan va jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida toʻlangan, qayta tasniflangan va/yoki koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 14899 — “Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar boʻyicha koʻrilishi mumkin zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻidan chiqarilgan mikroqarzlarning summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 14899 | Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud boʻlgan, jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 14900 | YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI MIKROKREDITLAR |
| 14901 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar Hisobvaraqninng taʼrifi: berilgan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan mikrokreditlarning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida berilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida toʻlangan va/yoki boshqa maqomi boʻyicha qayta tasniflangan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 14909 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit shartnomasi hamda unga qoʻshimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari oʻzgartirilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlarning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 14901 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar” va 12505 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati oʻtgan mikrokreditlar” hisobvaraqlaridan mazkur hisobvaraqqa oʻtkazilgan va yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida toʻlangan, qayta tasniflangan va/yoki koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 14999 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻidan chiqarilgan mikrokreditlarning summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 14999 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud boʻlgan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 15100 | YURIDIK SHAXSLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI MIKROKREDITLAR |
| 15101 | Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar Hisobvaraqning taʼrifi: berilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga yuridik shaxslarga berilgan mikrokreditlarning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida berilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida toʻlangan va/yoki boshqa maqomi boʻyicha qayta tasniflangan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 15109 | Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit shartnomasi hamda unga qoʻshimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari oʻzgartirilgan yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlarning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 15101 — “Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar” va 12705 — “Yuridik shaxslarga berilgan muddati oʻtgan mikrokreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan va yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida toʻlangan, qayta tasniflangan va/yoki koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 15199 — “Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻidan chiqarilgan mikrokreditlarning summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 15199 | Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud boʻlgan, yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 15600 | MIKROLIZING (MOLIYAVIY IJARA) |
| 15607 | Berilgan mikrolizing Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan berilgan mikrolizing boʻyicha olinishi lozim boʻlgan summalar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida mikrolizing boʻyicha sof investitsiya summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida asosiy qarz soʻndirilganda kelib tushgan pul mablagʻlari, shuningdek 15617 — “Muddati oʻtgan mikrolizing” va 15619 — “Shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikrolizing” hisobvaraqlariga hamda Markaziy bank meʼyoriy hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa hisobvaraqlarga oʻtkazilgan summa aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir mikrolizing shartnomasi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 15617 | Muddati oʻtgan mikrolizing Hisobvaraqning taʼrifi: mikrolizing boʻyicha muddati oʻtgan qarz hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan 15607 — “Berilgan mikrolizing” va 15619 — “Shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikrolizing” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan mikrolizing boʻyicha asosiy qarz summasi boʻyicha vujudga kelgan muddati oʻtgan qarz summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida mikrolizing oluvchi yoki uchinchi shaxs tomonidan toʻlangan qarz summasi, qayta tasniflangan va boshqa toifaga oʻtkazilgan va\yoki 15699 — “Mikrolizing boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) hisobvaraqni debetlash orqali hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir mikrolizing shartnomasi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 15619 | Shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikrolizing Hisobvaraqning taʼrifi: mikrolizing shartnomasi va unga qoʻshimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari oʻzgartirilgan mikrolizing hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan 15607 — “Berilgan mikrolizing” va 15617 — “Muddati oʻtgan mikrolizing” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikrolizing summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida mikrolizing boʻyicha toʻlangan qarz summasi, qayta tasniflangan va/yoki 15699 — “Mikrolizing boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” (kontr-aktiv) hisobvaraqni debetlash orqali hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir mikrolizing shartnomasi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 15699 | Mikrolizing boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud boʻlgan mikrolizing boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir mikrolizing shartnomasi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 15700 | SUD JARAYONIDAGI MIKROQARZLAR, MIKROKREDITLAR VA MIKROLIZINGLAR |
| 15701 | Jismoniy shaxslarga berilgan sud jarayonidagi mikroqarzlar |
| 15703 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan sud jarayonidagi mikrokreditlar |
| 15707 | Yuridik shaxslarga berilgan sud jarayonidagi mikrokreditlar |
| 15709 | Sud jarayonidagi mikrolizing |
| | Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari oʻz xususiyatlari boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼrifi umumlashtirilib berilmoqda. Hisobvaraqlarning taʼrifi: sud ishi qoʻzgʻatilgan mikroqarz, mikrokredit va mikrolizinglar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqlarning debetida qayta tasniflangan va sud jarayonida boʻlganligi sababli asosiy mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan mikroqarz, mikrokredit va mikrolizinglar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqlarning kreditida undirib olingan va/yoki 15799 — “Sud jarayonidagi mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻidagi zaxiralar hisobidan qoplangan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizingning summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 15799 | Sud jarayonidagi mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud boʻlgan, sud jarayonidagi mikroqarz, mikrokredit va mikrolizinglar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxira hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflanib koʻrib chiqilayotgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha ehtimoliy zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan tegishli zaxira hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan mablagʻlarning va/yoki zaxiraning oʻsish summalari aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 16100 | BOSH OFIS VA (YOKI) FILIALLARDAN OLINADIGAN MABLAGʻLAR |
| 16102 | Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablagʻlar — Moliyaviy mablagʻlar Hisobvaraqning taʼrifi: Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan mikrokredit tashkilotining Bosh ofisi va filiallari oʻrtasida yoki bir mikrokredit tashkiloti filiallari oʻrtasida boʻladigan moliyaviy mablagʻlar bilan bogʻliq operatsiyalarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22203 — “Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Moliyaviy mablagʻlar” oʻzaro mos hisobvaraq hisoblanadi. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng boʻlishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq boʻlmasligi shart. Hisobvaraqning debetida Bosh ofis va (yoki) filiallarga berilgan moliyaviy mablagʻlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlangan moliyaviy mablagʻlar, notoʻgʻri oʻtkazilish natijasida qaytarilgan moliyaviy mablagʻlar summasi, shuningdek mikrokredit tashkiloti Bosh ofisida yopiladigan barcha oʻtkazmalar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob Bosh ofis va filiallar bilan hisob-kitoblar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| 16104 | Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablagʻlar — Boshqa aktivlar Hisobvaraqning taʼrifi: bir mikrokredit tashkiloti ichida filiallar va Bosh ofis va (yoki) filiallar orasida boshqa aktivlar boʻyicha operatsiyalar hamda Bosh ofis va (yoki) filiallariga berilgan boshqa aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy qimmatliklar) hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22205 — “Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Boshqa aktivlar” oʻzaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng boʻlishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq boʻlmasligi shart. Hisobvaraqning debetida Bosh ofis va (yoki) filiallarga topshirilgan boshqa aktivlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis va (yoki) filiallarga belgilangan muddatlarda toʻlanadigan qarzlar aks ettiriladi. Tahliliy hisob Bosh ofis va filiallar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| 16300 | OLINISHI LOZIM BOʻLGAN HISOBLANGAN FOIZLAR |
| 16301 | Banklardagi depozitlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining banklardagi depozitlari va boshqa hisobvaraqlari boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlari hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning debetida olinishi lozim boʻlgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida toʻlangan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan shuningdek, notoʻgʻri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir bank boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 16307 | Mikroqarzlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan mijozlarga berilgan mikroqarzlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning debetida olinishi lozim boʻlgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida toʻlangan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, notoʻgʻri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 16309 | Mikrokreditlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan mijozlarga berilgan mikrokreditlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning debetida olinishi lozim boʻlgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida toʻlangan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, notoʻgʻri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 16323 | Mikrolizing (moliyaviy ijara) boʻyicha olish uchun hisoblangan foizlar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan mijozlarga berilgan mikrolizinglar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning debetida olinishi lozim boʻlgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida toʻlangan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, notoʻgʻri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 16397 | Boshqa olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar (vositachilik haqi) Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan mijozlarga berilgan boshqa majburiyatlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning debetida olinishi lozim boʻlgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar (vositachilik haqi) summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida toʻlangan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, notoʻgʻri hisoblangan foizlar (vositachilik haqi)ning qaytarilish summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 16500 | ASOSIY VOSITALAR |
| 16501 | Yer Hisobvaraqning taʼrifi: qonunchilikka muvofiq, mikrokredit tashkilotlariga foydalanish uchun berilgan yoki foydalanish huquqi bilan sotib olingan yer qiymati hisobi olib boriladi. Yerni sotib olishda qoʻshimcha xarajatlar, yaʼni koʻchmas mulk boʻyicha vositachilik haqlari, yuridik xizmat toʻlovlari, sotib olishdagi soliqlar, yerni tozalash va tekislash, drenaj qiymatlari ham yerning qiymati singari hisobvaraqning debetida aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida sotib olingan yerning yer kadastri maʼlumotlariga koʻra qiymati aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan yer qiymati aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir yer maydoni (uchastkasi) boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 16505 | Tugallanmagan qurilishlar Hisobvaraqning taʼrifi: binolarni, inshootlarni qurish, jihozlarni oʻrnatish va boshqa asosiy vositalar bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlar bilan birga barcha xarajatlar qiymati hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida asosiy vositalarni rekonstruksiya qilish yoki qayta tiklash, qurilish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida nihoyasiga yetkazilgan qurilish yoki rekonstruksiya qiymati, shuningdek, qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zarar va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi. Tahliliy hisob asosiy vositalar turi (obyektlari) boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 16509 | Mikrokredit tashkiloti binolari va boshqa imoratlari Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining faoliyati va toʻliq ish yuritishi uchun zarur boʻlgan, unga tegishli binolarning (xizmat binolari, ombor, garaj, oshxona, oʻquv markazi, ijtimoiy infrastruktura obyektlari) va boshqa inshootlarning qiymati hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida qurilgan bino va boshqa inshootlarning qiymati va/yoki sotib olingan bino va boshqa inshootlarning ularni sotib olishdagi xarajatlarini hisobga olgan holdagi qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarilayotgan bino va boshqa inshootlarning qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir bino (inshoot)lar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 16511 | Mikrokredit tashkilotining binolari va boshqa imoratlarining yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv) Hisobraqamning taʼrifi: bino va boshqa inshootlarning yigʻilgan eskirish va qadrsizlanish natijasidagi yigʻilgan zararlar summasi hisobga olinadi. Bunda qonunchilikda oʻrnatilgan meʼyor va eskirishni hisoblashning qabul qilingan metodlaridan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab boriladi. Hisobvaraqning kreditida bino va boshqa inshootlarning eskirish summasi, qadrsizlanish natijasidagi vujudga kelgan zararlar, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarilayotgan bino va boshqa inshootlarning yigʻilgan eskirish summasi, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir bino (inshoot) boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 16515 | Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan lizing (moliyaviy ijara)ga olingan asosiy vositalar (bino, inshoot, yer, transport va boshqalar)ning va moliyaviy ijara va/yoki operatsion ijara boʻyicha foydalanilayotgan ijara mulkini takomillashtirish xarajatlari hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida ijaraga olingan obyektlarning ijaraga olish huquqi bilan bogʻliq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, shuningdek, ijaraga olinadigan obyektlarni rekonstruksiyalash va takomillashtirish bilan bogʻliq qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida ijaraga olingan asosiy vositalarning ijara muddati tugagach yoki ijara huquqi bekor qilingan taqdirda lizing beruvchiga qaytarilgan yoki asosiy vositalarning ijara muddati tugagandan keyin mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan va sotilgan va/yoki qayta tasniflangan ijaraga olingan mulkni takomillashtirish bilan bogʻliq qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir ijaraga olingan obyekt boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 16519 | Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi boʻyicha yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv) Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan ijaraga olingan asosiy vositalar (bino, inshoot, yer, transport va boshqalar)ning yigʻilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan yigʻilgan zararlar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida ijaraga olingan obyektlarning eskirish summasi, qadrsizlanish natijasidagi vujudga kelgan zararlar va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida ijaraga olingan obyektlarning ijara muddati tugashi yoki ijara huquqining bekor qilinishi bilan lizing beruvchiga qaytarilgan yoki ijara muddati tugashi bilan mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olinganda yigʻilgan eskirish summasi, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir ijaraga olingan obyekt boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 16529 | Transport vositalari Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti ishida foydalanish uchun sotib olingan transport vositalari (avtomashina, yuk mashinalari va boshqa harakatlanuvchi� vositalar)ning qiymati hisobga olinadi. Hisobvaraqning debetida transport vositalarining ularni sotib olish bilan bogʻliq barcha xarajatlarini hisobga olgan holdagi qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarilayotgan transport vositalarining qiymati, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir transport vositasining turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 16531 | Transport vositalarining yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv) Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan ish faoliyatida foydalanish uchun sotib olingan transport vositalarining yigʻilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan yigʻilgan zararlar hisobga olinadi. Hisobvaraqning kreditida transport vositalarining eskirish summasi, qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlar va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarilayotgan transport vositalarining yigʻilgan eskirish summasi, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir transport vositasi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 16535 | Mebel, moslama va jihozlar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan ish faoliyati uchun sotib olingan mebellar, kompyuterlar, binolar uchun moslamalar, ofis uchun va boshqa uskunalarning qiymati hisobga olinadi. Hisobvaraqning debetida mebel, moslama va jihozlarni sotib olish, olib kelish, oʻrnatish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarilayotgan mebel, moslama va uskunalarning qiymati, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob asosiy vositalarning har bir turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 16539 | Mebel, moslama va boshqa jihozlarning yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv) Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan ish faoliyatida foydalanish uchun sotib olingan mebel, moslama va jihozlarning yigʻilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida koʻrilgan zararlar summasi hisobga olinadi. Hisobvaraqning kreditida mebel, moslama va jihozlarning eskirishini baholash summasi, qadrsizlanish natijasida koʻrilgan zararlar, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarilayotgan mebel, moslama va jihozlarning yigʻilgan eskirish summasi, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob asosiy vositalarning har bir turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 16549 | Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalar Hisobvaraqning taʼrifi: operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalarning (koʻchmas mulkdan tashqari) qiymati hisobga olinadi. Hisobvaraqning debetida koʻchmas mulkdan tashqari ijaraga berilgan asosiy vositalarning qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida ijara muddati tugashi va/yoki ijara shartnomasi bekor qilinishi natijasida qaytarilgan asosiy vositalarning qiymati, shuningdek, ijara muddati tugagandan keyin ijarachi olgan asosiy vositalarning qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob ijaraga berilgan har bir asosiy vosita boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 16551 | Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalarning yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv) Hisobvaraqning maqsadi: operatsion ijara boʻyicha ijaraga berilgan asosiy vositalarning yigʻilgan eskirish va ularning qadrsizlanishi natijasida yigʻilgan zararlar summasi hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning kreditida ijaraga berilgan asosiy vositalarning eskirishini baholash summasi, qadrsizlanish natijasida koʻrilgan zararlar, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida ijaraga berilgan, ijara muddati tugashi yoki ijara huquqi bekor qilinishi natijasida qaytariladigan, yoki muddati tugashi bilan ijarachi tomonidan sotib olinadigan asosiy vositalarning yigʻilgan eskirish summasi soʻndiriladi, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob ijaraga berilgan har bir asosiy vosita boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 16561 | Ombordagi asosiy vositalar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan va omborda ekspluatatsiyaga kiritilgunga qadar hamda ekspluatatsiyadan chiqarilgandan keyin saqlanadigan asosiy vositalarning qiymati hisobga olinadi. Hisobvaraqning debetida sotib olingan va omborda saqlanadigan asosiy vositalar deb aks ettiradigan asosiy vositalarning qiymati hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida ekspluatatsiyaga kiritilgan yoki hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarning qiymati hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir asosiy vosita turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 16563 | Ombordagi asosiy vositalarning yigʻilgan eskirish summasi(kontr-aktiv) Hisobvaraqning taʼrifi: ombordagi asosiy vositalarning yigʻilgan eskirish va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi hisobga olinadi. Hisobvaraqning kreditida omborda asosiy vositalarning eskirish qiymati va qadrsizlanishi natijasida vujudga kelgan zarar hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida ekspluatatsiyaga beriladigan, sotish va\yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarishdagi asosiy vositalarning yigʻilgan eskirish summasining hisobdan chiqarish hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob ombordagi asosiy vositalar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 16600 | NOMODDIY AKTIVLAR |
| 16601 | Nomoddiy aktivlar Hisobvaraqning taʼrifi: dasturiy taʼminot, mualliflik huquqi va patent kabi nomoddiy aktivlarning qiymati hisobga olinadi. Hisobvaraqning debetida nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, shuningdek ekspluatatsiyaga tayyor nomoddiy aktivlarning qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib b����riladi. |
| | |
| 16605 | Nomoddiy aktivlarning yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv) Hisobvaraqning taʼrifi: nomoddiy aktivlarning yigʻilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida yigʻilgan zararlar hisobga olinadi. Hisobvaraqning kreditida nomoddiy aktivlarning amortizatsiya summasi, qadrsizlanish natijasida koʻrilgan zararlar, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning yigʻilgan eskirish hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 16609 | Oʻrnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar Hisobvaraqning taʼrifi: ekspluatatsiyaga tayyor boʻlmagan, oʻrnatish va/yoki yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar boʻyicha xarajatlar hisobga olinadi. Hisobvaraqning debetida ekspluatatsiyaga tayyor boʻlmagan nomoddiy aktivlarning oʻrnatish va\yoki yaratish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida ekspluatatsiyaga berilayotgan, sotilayotgan va/yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 16617 | Gudvill Hisobvaraqning taʼrifi: xoʻjalik subyektlarining qoʻshilishi yoki qoʻshib olinishi natijasida vujudga keluvchi gudvill hisobga olinadi. Hisobvaraqning debetida xoʻjalik subyektlarining qoʻshilish yoki qoʻshib olinishi natijasida sotib olingan sof aktivlarining xarid qilish bahosini ularning haqiqiy bahosidan oshiq summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida gudvillning qadrsizlanishi va\yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir xoʻjalik subyekti boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 16699 | Oʻrnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) Hisobvaraqning taʼrifi: oʻrnatish va/yoki yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar qadrsizlanishi boʻyicha zararlarni qoplash zaxirasi hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning kreditida qadrsizlanishi natijasida vujudga kelgan zararlar va qayta baholash boʻyicha kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida ekspluatatsiyaga berilayotgan va/yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning qadrsizlanishi boʻyicha zararlarni hisobdan chiqarish hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 16700 | KOʻCHMAS MULK VA BOSHQA XUSUSIY MULKLAR |
| 16701 | Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan garovga olingan mulkka egalik huquqini qoʻllagan holda qarzdorlar va mikrolizing oluvchilardan undirib olingan, mikrokredit tashkiloti faoliyatida yoki koʻchmas mulkka qilingan investitsiya sifatida foydalanilmaydigan boshqa xususiy mulklari hisobga olinadi. Hisobvaraqning debetida mikrokredit va mikrolizingning sof balans qiymatidan yoki qarzdorlar va mikrolizing oluvchilardan undirib olingan mulkning haqiqiy qiymatidan qaysi biri kichik boʻlsa, shu qiymati aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida sotilgan, dispozitsiya qilingan va/yoki qayta tasniflangan mulklarning qiymati aks ettiriladi. Tahliliy hisob mulklarning har bir turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 16707 | Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklarning yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv) Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan garovga olingan mulkka egalik huquqini qoʻllagan holda qarzdorlar va mikrolizing oluvchilardan undirib olingan, mikrokredit tashkiloti faoliyatida yoki koʻchmas mulkka qilingan investitsiya sifatida foydalanilmaydigan boshqa xususiy mulklarning yigʻilgan eskirish summasi hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning kreditida koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklarning yigʻilgan eskirish summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida sotilayotgan yoki\va boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarilayotgan koʻchmas mulklarning eskirish qiymati aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 16799 | Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) Hisobvaraqning taʼrifi: koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxira hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob mulkning har bir turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 19900 | BOSHQA AKTIVLAR |
| 19901 | Mayda xarajatlar Hisobvaraqning taʼrifi: oʻrnatilgan tartibda mayda xarajatlar uchun beriladigan hisobdorlik summalari hisobga olinadi. Hisobvaraqning debetida mayda xarajatlar uchun hisobdorlik sifatida berilgan summalar aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida foydalanilmagan mablagʻlarning qaytarilishi, shuningdek, hisobdorlikdagi summalarning qoplanishi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir hisobdor shaxs boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 19905 | Olingan kreditlar boʻyicha garovga qoʻyilgan mulklar va mulkiy huquqlar Hisobvaraqning taʼrifi: olingan kreditlar boʻyicha mikrokredit tashkiloti tomonidan garovga qoʻyilgan mulklar va mulkiy huquqlarning hisobi yuritiladi. Hisorbvaraqning debetida mikrokredit tashkiloti tomonidan olingan kreditlarning taʼminoti sifatida qoʻyilgan mulklar va mulkiy huquqlarning qiymati aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida kreditor tomonidan qaytarilmagan kreditni qoplash uchun foydalanilgan summa, shuningdek, kreditni qoplashdagi va kredit shartnomasi muddati tugagandagi mulk qiymati aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir garovga qoʻyilgan mulklar va mulkiy huquqlar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 19907 | Xizmatlar uchun oldindan toʻlangan xarajatlar Hisobvaraqning taʼrifi: koʻrsatilgan xizmatlar uchun oldindan toʻlangan (1 yildan oshmagan) xarajatlar (pochta, telegraf, telefon aloqasi, suv, elektr toki, gaz, taʼmirlash va boshqalar uchun avans) toʻlovlari hisobga olinadi. Hisobvaraqning debetida koʻrsatilgan xizmatlar uchun oldindan toʻlangan xarajatlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida xizmatlar haqiqatda bajarilgandagi toʻlanadigan va hisobdan chiqariladigan summalar aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir shartnoma boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 19908 | Mikrokredit tashkiloti xodimlari bilan boʻladigan hisob-kitoblardagi olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti xodimlariga xizmat safari xarajatlari uchun avanslar, ortiqcha hisoblangan ish haqi yoki mukofot (badal) tariqasida toʻlangan mablagʻ, shuningdek javobgar shaxs tomonidan yetkazilgan zarar hisobga olinadi. Hisobvaraqning debetida xodimlarga hisoblangan va toʻlangan summalar aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida hisoblangan va toʻlangan summalarni qoplash aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir xodim uchun alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 19909 | Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlar hisobvaragʻi Hisobvaraqning taʼrifi: moddiy-tovar qimmatliklar (bu qoidaga muvofiq, asosiy vositalar, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar uchun va boshqa moddiy-tovar qimmatliklar uchun avans toʻlovlaridir) uchun oʻtkaziladigan mablagʻlar hisobga olinadi. Hisobvaraqning debetida moddiy-tovar qimmatliklar uchun oʻtkazilgan mablagʻlar aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida moddiy-tovar qimmatliklar omborga kirim qilinganda toʻlanadigan yoki hisobdan chiqariladigan aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir shartnoma boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 19911 | Olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar hisobvaraqlari boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmasligi mumkin boʻlgan debitorlik qarzlari boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobga olinadi. Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir debitor boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 19921 | Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar Hisob varaqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan va omborda saqlanayotgan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar, shuningdek, boshqa qimmatliklar, shu jumladan mikrokredit tashkilotining bino va boshqa asosiy vositalarini taʼmirlash uchun moʻljallangan materiallar hisobi olib boriladi. Hisob raqamning debetida sotib olingan va omborga kirim qilingan kam baholi va tez eskiruvchi predmetlar hamda boshqa qimmatliklarning qiymati aks ettiriladi. Hisob raqamning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki foydalanishga berilgan kam baholi va tez eskiruvchi predmetlar va boshqa qimmatliklarning qiymati aks ettiriladi. Tahliliy hisob kam baholi va tez eskiruvchi predmetlar, shuningdek, boshqa qimmatliklarning turlari boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi. |
| | |
| 19925 | Oldindan toʻlangan xarajatlar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan joriy hisobot davri davomida kelgusi hisobot davri uchun oldindan toʻlangan xarajatlari (davriy nashrlarga yillik obunalar, oldindan toʻlangan sugʻurta toʻlovlari, ijara toʻlovlar va boshqalar) Hisobvaraqning debetida kelgusi hisobot davridagi xarajatlar uchun oldindan toʻlangan xarajatlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida qaysi davrga taalluqli boʻlsa, oʻsha davrning joriy xarajatlariga oʻtkazilgan xarajatlarning amalda qoplangan summasi va oldindan toʻlangan xarajatlarning qaytarilishi aks ettiriladi. Tahliliy hisobvaraq xarajatlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
|
19927 |
Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida muddati uzaytirilgan xarajatlar Hisobvaraqning taʼrifi: chet el valyutasida ifodalangan aktiv va majburiyatlarini Markaziy bank kursi boʻyicha qayta baholashda, chet el valyutasi kursini soʻmga nisbatan pasayishida yuzaga keladigan farq hisobga olinadi. Hisobvaraqning debetida chet el valyutasi kursi pasayishi natijasida yuzaga keladigan salbiy farqning yigʻilgan summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida 55301 — “Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida koʻrilgan zarar” hisobvaragʻiga oʻtkazilgan salbiy farq summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 19931 | Muddati kechiktirilgan soliqlar Hisobvaraqning taʼrifi: Oʻzbekiston Respublikasi budjetiga va budjetdan tashqari fondlariga oldindan boʻnak tariqasida toʻlangan soliqlar, yigʻimlar, ajratmalar hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqda muddati kechiktirilgan soliq talablarining ham hisobi yuritiladi. Muddati uzaytirilgan soliq talablari bu — joriy davrning soliqqa tortiladigan foydasiga kiritilib, vaqtinchalik farqlar mavjud boʻlgani sababli kelgusi davrda qoplanadigan, lekin kelgusi davr soliqqa tortiladigan foydani aniqlashda chegirib tashlanadigan foydani soligʻidir. Bu — buxgalteriya balansidagi foyda bilan soliqqa tortiladigan foyda oʻrtasidagi farqdir. Hisobvaraqning debetida oldindan toʻlangan soliqlar va soliq talablari summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida xarajatlarning mos hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob soliq, yigʻim, ajratmalarning har bir turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 19941 | Tugatilgan yoki tugatilish jarayonida boʻlgan banklardagi mablagʻlar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining, tugatilgan yoki tugatilish jarayonida boʻlgan banklardagi depozitlari va boshqa mablagʻlari hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning debetida tugatilgan yoki tugatilish jarayonida boʻlgan banklardagi depozitlari va boshqa mablagʻlari summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan, koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi mablagʻlari hisobidan yoki boshqa aktivlar bilan qoplangan tugatilgan yoki tugatilish jarayonida boʻlgan banklarning mablagʻlari summasi hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob har bir bank boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 19945 | Tugatilgan yoki tugatilish jarayonida boʻlgan banklardagi mablagʻlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan, tugatilgan bank yoki tugatilayotgan banklardagi undirilmaslik ehtimoli mavjud boʻlgan depozitlari va boshqa mablagʻlari boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan zaxira hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida zaxiraning bekor qilingan va/yoki kamayish summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir bank boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 19995 | Sud jarayonidagi boshqa aktivlar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining sud jarayonidagi aktivlari hisobi olib boriladi (mikrokredit tashkilotining javobgar shaxsi tomonidan yetkazilgan moddiy zararlar, noqonuniy berilgan pul mablagʻlari va boshqalar). Hisobvaraqning debetida sud jarayoni sababli qayta tasniflangan va tegishli asosiy hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan a���tivlarning summasi aks ettiriladi. Hiso�va�aqning kreditida undirilgan va/yoki zararlarni qoplash zaxirasi hisobiga 19999 — “Boshqa aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvaragʻidan hisobdan chiqarilgan aktivlarning summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir aktiv boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 19997 | Boshqa aktivlar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining yuqorida taʼriflangan aktivlarga mos tushmaydigan boshqa aktivlari hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida aktivlar qiymati aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida qoplangan, sotilgan yoki dispozitsiya qilingan aktivlarning summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob aktivlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 19999 | Boshqa aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) Hisobvaraqning taʼrifi: alohida “Zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaraqlarida koʻzda tutilmagan aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobga olinadi. Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida zaxiraning bekor qilingan va/yoki kamayish summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir aktiv turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 20000 | MAJBURIYATLAR |
| | |
| 21600 | OLINGAN QISQA MUDDATLI KREDITLAR |
| 21606 | Banklardan olingan qisqa muddatli kreditlar Hisobvaraqning taʼrifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha banklardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 21610 | Davlatning maqsadli jamgʻarmalaridan olingan qisqa muddatli kreditlar Hisobvaraqning taʼrifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha davlatning maqsadli jamgʻarmalaridan olingan kredit (shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlarning summasi hisobdan chiqariladi. Tahlil”iy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 21614 | Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalardan olingan qisqa muddatli kreditlar Hisobvaraqning taʼrifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha bank boʻlmagan moliyaviy muassasalardan, shu jumladan kredit uyushmalari, lombard va lizing kompaniyalaridan olingan kredit (shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 21618 | Nodavlat notijorat tashkilotlardan olingan qisqa muddatli kreditlar Hisobvaraqning taʼrifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha nodavlat notijorat tashkilotlardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 21622 | Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan qisqa muddatli kreditlar Hisobvaraqning taʼrifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha xalqaro moliyaviy institutlardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlarning summasi hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 21626 | Chet ellik investorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar Hisobvaraqning taʼrifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha chet ellik investorlardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 21696 | Boshqa kreditorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar Hisobvaraqning taʼrifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha yuqorida koʻrsatilgan turkum taʼriflarga mos tushmaydigan kreditorlardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 22000 | OLINGAN UZOQ MUDDATLI KREDITLAR |
| | |
| 22006 | Banklardan olingan uzoq muddatli kreditlar Hisobvaraqning taʼrifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha banklar olingan kredit (shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 22010 | Davlatning maqsadli jamgʻarmalaridan olingan uzoq muddatli kreditlar Hisobvaraqning taʼrifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga davlatning maqsadli jamgʻarmalaridan olingan kredit (shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlarning summasi hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob har bir kr�ditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohi�a shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 22014 | Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalardan olingan uzoq muddatli kreditlar Hisobvaraqning taʼrifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga bank boʻlmagan moliyaviy muassasalardan, shu jumladan kredit uyushmalari, lombard va lizing kompaniyalaridan olingan kredit (shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 22018 | Nodavlat notijorat tashkilotlardan olingan uzoq muddatli kreditlar Hisobvaraqning taʼrifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga nodavlat notijorat tashkilotlardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 22022 | Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan uzoq muddatli kreditlar Hisobvaraqning taʼrifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga xalqaro moliyaviy institutlardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlarning summasi hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| 22026 | Chet ellik investorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar Hisobvaraqning taʼrifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga chet ellik investorlardan olingan kredit(shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 22096 | Boshqa kreditorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar Hisobvaraqning taʼrifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga yuqorida koʻrsatilgan taʼriflarga mos tushmaydigan kreditorlardan olingan kredit(shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 22100 | LIZING (MOLIYAVIY IJARA) BOʻYICHA MAJBURIYATLAR |
| 22102 | Banklar oldidagi lizing boʻyicha majburiyatlar |
| 22104 | Boshqa lizing beruvchilar oldidagi lizing boʻyicha majburiyatlar |
| | Yuqoridagi hisobvaraqlar oʻz xususiyatlari boʻyicha bir xil boʻlgani uchun ularning taʼrifi umumlashtirilgan holda berilmoqda. Hisobvaraqlarning taʼrifi: lizing boʻyicha majburiyatlar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqlarning kreditida lizingga berilgan mulkning haqiqiy qiymati bilan minimal lizing toʻlovlarining qaysi birining qiymati kichik boʻlsa, oʻsha summa aks ettiriladi. Hisobvaraqlarning debetida lizing toʻlovlari jadvali boʻyicha majburiyatlarning kamaygan summasi hisobi yuritiladi. Tahliliy hisob har bir lizing beruvchi boʻyicha lizing shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 22200 | BOSH OFIS VA (YOKI) FILIALLARGA TOʻLANADIGAN MABLAGʻLAR |
| 22203 | Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Moliyaviy mablagʻlar Hisobvaraqning taʼrifi: Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi mikrokredit tashkiloti Bosh ofisi bilan uning filiallari oʻrtasidagi yoki bitta mikrokredit tashkiloti filiallari oʻrtasidagi moliyaviy mablagʻlar boʻyicha operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq 16102 — “Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablagʻlar — Moliyaviy mablagʻlar” hisobvaraq uchun oʻzaro bogʻliq hisobvaraq hisoblanadi. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng boʻlishi va jamlanma balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq boʻlmasligi shart. Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida Bosh ofis va (yoki) filiallardan kelib tushgan moliyaviy mablagʻlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob Bosh ofis va filiallar bilan boʻladigan hisob-kitoblar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| 22205 | Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Boshqa aktivlar Hisobvaraqning taʼrifi: Bosh ofis hamda filiallar va (yoki) bitta mikrokredit tashkiloti filiallari oʻrtasidagi boshqa aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy qimmatliklar) boʻyicha operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 16104 — “Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablagʻlar — Boshqa aktivlar” oʻzaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng boʻlishi va jamlanma balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq boʻlmasligi shart. Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis va (yoki) filiallar tomonidan qabul qilingan boshqa aktivlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida Bosh ofis va (yoki) filiallarga belgilangan muddatlarda toʻlanadigan mablagʻlar aks ettiriladi. Tahliliy hisob Bosh ofis va filiallar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| 22400 | TOʻLANISHI LOZIM BOʻLGAN HISOBLANGAN FOIZLAR |
| | |
| 22408 | Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha hisoblangan foizlar Hisobvaraqning taʼrifi: lizing boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida lizing toʻlovlari jadvali boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida toʻlangan foizlar, shuningdek, notoʻgʻri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 22410 | Olingan kreditlar boʻyicha hisoblangan foizlar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotlarining kredit majburiyatlari (mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar) boʻyicha hisoblangan, lekin toʻlanmagan foizlar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida toʻlangan foizlar summasi, shuning�e� notoʻgʻri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hicobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 22496 | Boshqa majburiyatlar boʻyicha hisoblangan foizlar Hisobvaraqning taʼrifi: yuqorida koʻrsatilgan turkum taʼriflarga mos tushmaydigan majburiyatlar boʻyicha hisoblangan, lekin toʻlanmagan foizlar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida toʻlangan foizlar summasi, shuningdek, notoʻgʻri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob majburiyatlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 22500 | HISOBLANGAN SOLIQLAR |
| | |
| 22502 | Hisoblangan foyda soliqlari Hisobvaraqning taʼrifi: joriy davrda hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foyda soliqlari (foyda, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va qonunchilikka muvofiq ravishda boshqa shu kabi soliqlar) va yagona soliq toʻlovi (yagona soliq toʻlovchilari uchun)ning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida hisoblangan joriy foyda soliqlari, yagona soliq toʻlovi (yagona soliq toʻlovchilari uchun) summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida toʻlangan foyda soliqlari, yagona soliq toʻlovi (yagona soliq toʻlovchilari uchun) summasi, shuningdek notoʻgʻri hisoblangan foyda soliqlari, yagona soliq toʻlovi (yagona soliq toʻlovchilari uchun) summasi hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob soliqlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 22504 | Hisoblangan boshqa soliqlar Hisobvaraqning taʼrifi: hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan soliq (foyda soligʻidan tashqari)lar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida hisoblangan soliqlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida toʻlangan soliqlarning hisobdan chiqarilgan summasi, shuningdek, notoʻgʻri hisoblangan soliqlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob soliqlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 22506 | Toʻlash uchun ushlab qolingan soliqlar Hisobvaraqning taʼrifi: qonunchilikka muvofiq mikrokredit tashkilotining xodimlaridan ushlab qolgan va budjet daromadiga oʻtkaziladigan soliqlar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida ushlab qolinadigan soliqlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida budjetga oʻtkazilgan soliqlar summasi hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob har bir soliq turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 22508 | Muddati kechiktirilgan soliqlar Hisobvaraqning taʼrifi: muddati kechiktirilgan foyda soliqlari hisobga olinadi. Muddati kechiktirilgan foyda soligʻi bu, joriy davrda soliqqa tortiladigan foydadan chegirib tashlanadigan, lekin kelgusi davrning soliqqa tortiladigan foydaga kiritiladigan vaqtinchalik farqlarni qoʻshgan holda kelgusi davrda toʻlanadigan foyda soligʻidir. Bu buxgalteriya foydasi bilan soliqqa tortiladigan foyda oʻrtasidagi farqdir. Hisobvaraqning kreditida hisoblangan muddati kechiktirilgan foyda soliqlari summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida muddati kechiktirilgan foyda soliqlarining kamaygan summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi. |
| | |
| 22510 | Nafaqa (pensiya) fondi bilan boʻladigan hisob-kitoblar Hisobvaraqning taʼrifi: qonunchilikka muvofiq mikrokredit tashkiloti tomonidan Nafaqa fondiga oʻtkaziladigan tegishli ijtimoiy toʻlovlar hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning kreditida mikrokredit tashkiloti tomonidan ijtimoiy toʻlovga oʻtkaziladigan tegishli mablagʻlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida ijtimoiy toʻlovga oʻtkazilgan tegishli mablagʻlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob toʻlovlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 22512 | Bandlik fondi va boshqa fondlar bilan boʻladigan hisob-kitoblar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan qonunchilikka muvofiq Bandlik fondiga, Kasaba uyushmasi Federatsiyasi Kengashining ijtimoiy sugʻurta budjetiga va boshqa fondlarga oʻtkaziladigan tegishli toʻlovlar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida Bandlik fondi va boshqa fondlarga oʻtkaziladigan tegishli toʻlovlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida Bandlik fondi va boshqa fondlarga oʻtkazilgan tegishli toʻlovlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir fond va toʻlovlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 22800 | MUDDATI UZAYTIRILGAN DAROMADLAR |
| | |
| 22812 | Kelgusi davr foizli daromadlari Hisobvaraqning taʼrifi: oldindan olingan va ularning amalda ishlab topilganligiga qarab davriy ravishda mikrokredit tashkiloti daromadiga oʻtkaziladigan foizlar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida oldindan olingan foizlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkiloti daromadiga oʻtkazilgan ishlab topilgan foizlar summasi hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob daromadlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
|
22814 |
Grant mablagʻlari Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan olingan grantlar hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning kreditida olingan grantlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida grantlar bilan bogʻliq shartlar bajarilishiga koʻra mikrokredit tashkiloti daromadiga oʻtkaziladigan yoki grant shartlari bajarilmagan taqdirda qaytariladigan summalar aks ettiriladi. Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
|
22816 |
Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida muddati uzaytirilgan daromad Hisobvaraqning taʼrifi: chet el valyutasida ifodalangan aktiv va majburiyatlarini Markaziy bank kursi boʻyicha qayta baholashda, chet el valyutasi kursini soʻmga nisbatan oshishida yuzaga keladigan farq hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning kreditida chet el valyutasi kursi oshishi natijasida yuzaga keladigan ijobiy farqning yigʻilgan summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida 45401 — “Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida olingan foyda” hisobvaragʻiga oʻtkazilgan ijobiy farq summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 22896 | Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar Hisobvaraqning taʼrifi: oldindan olingan va ularning amalda ishlab topilganligiga qarab davriy ravishda daromadga oʻtkaziladigan, haqiqiy xizmat koʻrsatilguniga qadar mikrokredit tashkiloti daromadi sifatida aks ettirish mumkin boʻlmagan, majburiyat sifatida aks ettirib turiladigan boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar (foizli daromadlar mustasno), ijara boʻyicha olingan boʻnak va boshqa foizsiz operatsiyalar pul mablagʻlari hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida olingan boʻnak pul mablagʻlari�ing summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkiloti daromadiga oʻtkazilgan ishlab topilgan daromadlar summasi hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob daromadlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 29800 | BOSHQA MAJBURIYATLAR |
| | |
| 29801 | Mijozlar bilan hisob-kitoblar Hisobvaraqning maqsadi: mijozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar boʻyicha turli toʻlovlar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida belgilangan maqsadi boʻyicha mablagʻlarni hisobdan chiqarish aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir mijoz boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 29802 | Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlanadigan mablagʻlar Hisobvaraqning taʼrifi: olingan tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar (elektr, suv, gaz va boshqalar) uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida olingan tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir kreditor va/yoki toʻlovlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 29803 | Mikrokredit tashkiloti xodimlari bilan boʻladigan hisob-kitoblardagi toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar Hisobvaraqning taʼrifi: ish haqi, pensiya, aliment, bolalar yordam puli, moddiy yordam, band qilingan ish haqi, boshqa mukofotlar yoki badallar berish uchun hisoblangan mablagʻlar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan mablagʻlar aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida berilgan mablagʻlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob hisoblar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 29805 | Ijara (operatsion ijara) boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar Hisobvaraqning taʼrifi: operatsion ijara boʻyicha hisoblangan majburiyatlar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida operatsion ijara boʻyicha toʻlash uchun hisoblangan (xarajat) summa aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida operatsion ijara boʻyicha toʻlash uchun hisoblangan summaning toʻlangan yoki hisobdan chiqarilgan summalari aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir ijara beruvchi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
|
29807 |
Toʻlanishi lozim boʻlgan dividendlar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan, lekin hali toʻlanmagan dividendlarning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan dividendlarning summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkiloti tomonidan toʻlangan dividendlarning summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 29896 | Boshqa majburiyatlar Hisobvaraqning taʼrifi: yuqorida koʻrsatilgan turkum taʼriflarga mos tushmaydigan operatsiyalar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida mablagʻlar kelib tushishi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida mablagʻlarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Tahliliy hisob operatsiyalar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 30000 | KAPITAL |
| | |
| 30300 | MIKROKREDIT TASHKILOTINING USTAV KAPITALI |
| | |
| 30301 | Ustav kapitali Hisobvaraqning taʼrifi: ustav kapitalining taʼsis hujjatlarida belgilangan umumiy ulushlarning (pul ifodasida) yigʻindisi hisobga olinadi. Hisobvaraqning kreditida taʼsischilardan olingan ulushlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkilotidan chiqib ketayotgan taʼsischilarga qaytarilgan ulushlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir taʼsischi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 30900 | ZAXIRA KAPITALI |
| | |
| 30903 | Umumiy zaxira fondi Hisobvaraqning taʼrifi: oʻrnatilgan tartibga muvofiq, umumiy maqsadlar uchun mikrokredit tashkilotining taqsimlanmagan foydasi hisobidan ajratilgan mablagʻlar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida yil oxirida foydadan umumiy zaxira fondiga oʻtkazilgan mablagʻlarning summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida umumiy zaxira fondidan maʼlum maqsadlar uchun hisobdan chiqarilgan mablagʻlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir maqsadlar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi. |
| | |
| 30905 | Tekinga olingan mulklar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining taʼsischilaridan tekinga olingan mulklar qiymati hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida tekinga olingan mulklar qiymati aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida boshqa shaxslardan mulklarni tekinga olish (oldin tekinga olingan) natijasida koʻrilgan zararni qoplashga yoʻnaltirilgan, shuningdek, oʻrnatilgan tartibga muvofiq taqsimlanmagan foyda hisobiga oʻtkazilgan summalar aks ettiriladi. Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi. |
| | |
| 30908 | Boshlangʻich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi Hisobvaraqning maqsadi: mikrokredit tashkilotining asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari bozor qiymatining sezilarli oʻsishi natijasida boshlangʻich qiymatiga nisbatan qiymatining oshgan miqdori hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida mikrokredit tashkilotining asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari qiymatining balans qiymatiga nisbatan oshgan miqdori aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida baholanayotgan asosiy vosita va nomoddiy aktiv sotilganda yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarilganda, ular qiymatining oshgan miqdori, shuningdek, mikrokredit tashkilotining asosiy vositasi va nomoddiy aktivi qiymatining balans qiymatiga nisbatan pasayib ketishi va oʻrnatilgan tartibga muvofiq, taqsimlanmagan foyda hisobiga oʻtkazilgan summalar hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob har bir baholangan asosiy vosita va nomoddiy aktiv boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 31200 | TAQSIMLANMAGAN FOYDA |
| | |
| 31203 | Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv) Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining oʻtgan moliyaviy faoliyati davomi�a �lgan taqsimlanmagan foydasi (zarari)ning hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida mikrokredit tashkilotining 31206-hisobvaraqdan oʻtkazilgan sof foydasi hamda zaxira kapitalidan taqsimlanmagan foydaga oʻtkazilgan summalar aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida taqsimlanmagan foyda hisobidan har xil fondlar uchun ajratmalar, 31206-hisobvaraqdan oʻtkazilgan zararlar summasi, shuningdek, taʼsischilar qarori bilan mikrokredit tashkilotining ustav kapitaliga qilingan qayta investitsiya (reyinvestitsiya)lash summalari aks ettiriladi. Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi. |
| | |
| 31206 | Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv) Hisobvaraqning taʼrifi: hisobot yilida mikrokredit tashkiloti moliyaviy faoliyatining natijalarida olingan sof foyda (zarar)larning summasi hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida hisobot yilida mikrokredit tashkiloti tomonidan olingan foyda, 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkazilgan zararlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida hisobot yilida mikrokredit tashkiloti tomonidan koʻrilgan zararlar, 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkazilgan foydalar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob sof foyda hisobi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi. |
| | |
| 31700 | Oʻzlashtirilgan grant mablagʻlari |
| | |
| 31701 | Oʻzlashtirilgan grant mablagʻlari Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti grant mablagʻlarining oʻzlashtirilgan summasi hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida dividendlar eʼlon qilingunga qadar 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻidan oʻtkazilgan grant mablagʻlarining oʻzlashtirilgan summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida grant mablagʻlarining oʻzlashtirilgan qismi notoʻgʻri hisoblanishi natijasida qaytarilgan summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi. |
| | |
| 40000 | DAROMADLAR |
| | |
| 40400 | BANKLARDAGI DEPOZITLAR BOʻYICHA FOIZLI DAROMADLAR |
| | |
| 40401 | Banklardagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 40403 | Banklardagi jamgʻarma depozitlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 40405 | Banklardagi muddatli depozitlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 40407 | Banklardagi boshqa mablagʻlar boʻyicha foizli daromadlar |
| | Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari oʻz xususiyatlari boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼrifi umumlashtirilib berilmoqda. Hisobvaraqlarning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining boshqa banklardagi talab qilib olinguncha saqlanadigan, jamgʻarma, muddatli va boshqa depozitlari boʻyicha foizli daromadlar hisobi yuritiladi. Hisobvaraqlarning kreditida kelib tushgan hamda depozitlar boʻyicha banklardan olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqlarning debetida notoʻgʻri hisoblangan yoki olingan foizlarning summasi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi. |
| | |
| 42000 | JISMONIY SHAXSLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI MIKROQARZLAR BOʻYICHA FOIZLI DAROMADLAR |
| | |
| 42001 | Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 42005 | Jismoniy shaxslarga berilgan muddati oʻtgan mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 42009 | Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar |
| | |
| 42100 | YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI MIKROKREDITLAR BOʻYICHA FOIZLI DAROMADLAR |
| | |
| 42101 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 42105 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati oʻtgan mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 42109 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar |
| | |
| 42300 | YURIDIK SHAXSLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI MIKROKREDITLAR BOʻYICHA FOIZLI DAROMADLAR |
| | |
| 42301 | Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 42305 | Yuridik shaxslarga berilgan muddati oʻtgan mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 42309 | Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar |
| | |
| 44200 | JISMONIY SHAXSLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI MIKROQARZLAR BOʻYICHA FOIZLI DAROMADLAR |
| | |
| 44201 | Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 44209 | Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar |
| | |
| 44300 | YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI MIKROKREDITLAR BOʻYICHA FOIZLI DAROMADLAR |
| | |
| 44301 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 44309 | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar |
| | |
| 44500 | YURIDIK SHAXSLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI MIKROKREDITLAR BOʻYICHA FOIZLI DAROMADLAR |
| | |
| 44501�� | Yuridik shaxslarga b�rilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar |
| 44509 | Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar |
| | Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari oʻz xususiyatlari boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼrifi umumlashtirilib berilmoqda. Hisobvaraqlarning taʼrifi: yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddatli, muddati oʻtgan va shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar hisobi yuritiladi. Hisobvaraqlarning kreditida mikroqarzlar, mikrokreditlar boʻyicha kelib tushgan, shuningdek, olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqlarning debetida notoʻgʻri hisoblangan yoki olingan foizlarning summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi. |
| | |
| 44700 | SUD JARAYONIDAGI MIKROQARZLAR VA MIKROKREDITLAR BOʻYICHA FOIZLI DAROMADLAR |
| | |
| 44701 | Sud jarayonidagi mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar Hisobvaraqning taʼrifi: sud jarayonidagi mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning kreditida mikroqarzlar boʻyicha ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida notoʻgʻri hisoblangan yoki olingan foizlarning summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi. |
| | |
| 44703 | Sud jarayonidagi mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar Hisobvaraqning taʼrifi: sud jarayonidagi mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlari hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning kreditida mikrokreditlar boʻyicha ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida notoʻgʻri hisoblangan yoki olingan foizlarning summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi. |
| | |
| 44900 | BOSHQA FOIZLI DAROMADLAR |
| | |
| 44901 | Boshqa foizli daromadlar Hisobvaraqning taʼrifi: yuqorida taʼriflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan mikrokredit tashkilotlarining hisoblangan foizli daromadlari hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan hamda olinishi lozim boʻlgan boshqa foizli daromadlar summasi aks ettiriladi Hisobvaraqning debetida notoʻgʻri hisoblangan yoki olingan daromadlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi. |
| | |
| 45100 | MIKROLIZING (MOLIYAVIY IJARA) BOʻYICHA FOIZLI DAROMADLAR |
| | |
| 45105 | Mikrolizing boʻyicha foizli daromadlar |
| 45117 | Muddati oʻtgan mikrolizing boʻyicha foizli daromadlar |
| 45119 | Shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikrolizing boʻyicha foizli daromadlar |
| 45121 | Sud jarayonidagi mikrolizing boʻyicha foizli daromadlar |
| | Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari oʻz xususiyatlari boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼrifi umumlashtirilib berilmoqda. Hisobvaraqlarning taʼrifi: mikrokredit tashkilotlari tomonidan muddatli, muddati oʻtgan va shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikrolizinglar hamda sud jarayonidagi mikrolizinglar boʻyicha ishlab topilgan foizli daromadlar hisobi yuritiladi. Hisobvaraqlarning kreditida ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqlarning debetida notoʻgʻri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi. |
| | |
| 45200 | FOIZSIZ DAROMADLAR |
| | |
| 45201 | Koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar, mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglarni rasmiylashtirish, axborot va konsalting hamda boshqa xizmatlarni taqdim qilishdan olingan daromadlar hisobi yuritiladi Hisobvaraqning kreditida koʻrsatilgan xizmatlar uchun ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida notoʻgʻri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi. |
| | |
| 45217 | Sotib olingan debitorlik qarzlari boʻyicha daromadlar — Faktoring Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotlari tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlari boʻyicha daromadlar hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning kreditida qarzdor tomonidan sotib olingan debitorlik qarzini qoplashda, ishlab topilgan daromad summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida notoʻgʻri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi. |
| | |
|
45400 |
CHET EL VALYUTASI KURSI OʻZGARISHI NATIJASIDA OLINGAN FOYDA |
|
45401 |
Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida olingan foyda Hisobvaraqning taʼrifi: chet el valyutasida ifodalangan aktiv va majburiyatlarini Markaziy bank kursi boʻyicha qayta baholashda, chet el valyutasi kursini soʻmga nisbatan oshishida yuzaga keladigan foydalar hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning kreditida chet el valyutasi kursi oshishi natijasida yuzaga keladigan foydalar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida notoʻgʻri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
| | |
| 45900 | BOSHQA FOIZSIZ DAROMADLAR |
| | |
| 45901 | Asosiy vosital��ning ijarasi boʻyicha olingan daromadlar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotlari tomonidan asosiy vositalar obyektini va boshqa xususiy mulklarini ijaraga berishdan olingan daromadlar hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning kreditida asosiy vositalar obyektini va boshqa xususiy mulklarini ijaraga berishdan olingan daromadlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida notoʻgʻri olingan yoki hisoblangan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi. |
| | |
| 45909 | Asosiy vositalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda |
| 45913 | Boshqa xususiy mulklar/aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda |
| | Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari oʻz xususiyatlari boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼrifi umumlashtirib berilmoqda. Hisobvaraqlarning taʼrifi: mikrokredit tashkilotlarining asosiy vositalarini va boshqa xususiy mulklar/aktivlarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda hisobi yuritiladi. Hisobvaraqlarning kreditida asosiy vositalarini va boshqa xususiy mulklar/aktivlarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqlarning debetida notoʻgʻri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi. |
| 45917 | Grant mablagʻlaridan olingan daromad Hisobvaraqning taʼrifi: olingan grantlar boʻyicha mikrokredit tashkiloti tomonidan grantlar bilan bogʻliq shartlar bajarilishiga koʻra oʻzlashtirilgan grantlar hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning kreditida olingan grantlar bilan bogʻliq shartlar bajarilgan grantlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida notoʻgʻri oʻtkazilgan grantlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
| | |
| 45921 | Hisobdan chiqarilgan mablagʻlarning qaytarilishi Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotlarining ilgari hisobdan chiqarilgan aktivlarining va tashkil etilgan zaxiralarining qaytarilish summasini hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning kreditida ilgari hisobdan chiqarilgan aktivlar boʻyicha kelib tushgan daromadlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida notoʻgʻri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi. |
| | |
| 45994 | Boshqa foizsiz daromadlar Hisobvaraqning taʼrifi: yuqorida taʼriflangan turkum hisobvaraqlariga mos tushmaydigan mikrokredit tashkilotlarining foizsiz daromadlari (jarima, penya va boshqalar) hisobi yuritiladi. Hisobvaraqning kreditida yuqorida taʼriflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan, kelib tushgan foizsiz daromadlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida notoʻgʻri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi. |
| | |
| 50000 | XARAJATLAR |
| | |
| 53100 | QISQA MUDDATLI KREDITLAR BOʻYICHA FOIZLI XARAJATLAR |
| | |
| 53101 | Qisqa muddatli kreditlar boʻyicha banklarga toʻlanishi lozim boʻlgan foizli xarajatlar |
| 53105 | Qisqa muddatli kreditlar boʻyicha davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanishi lozim boʻlgan foizli xarajatlar |
| 53109 | Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalardan olingan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar |
| 53113 | Nodavlat notijorat tashkilotlaridan olingan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar |
| 53117 | Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar |
| 53121 | Chet ellik investorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar |
| 53195 | Boshqa kreditorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar |
| | |
| 54100 | UZOQ MUDDATLI KREDITLAR BOʻYICHA FOIZLI XARAJATLAR |
| | |
| 54101 | Banklardan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar |
| 54105 | Davlat maqsadli jamgʻarmalaridan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar |
| 54109 | Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalaridan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar |
| 54113 | Nodavlat notijorat tashkilotlaridan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar |
| 54117 | Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar |
| 54121 | Chet ellik investorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar |
| 54195 | Boshqa kreditorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar |
| | Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari oʻz xususiyatlari boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼrifi umumlashtirilib berilmoqda. Hisobvaraqlarning taʼrifi: banklardan, davlatning maqsadli jamgʻarmalaridan, bank boʻlmagan moliyaviy muassasalardan, nodavlat notijorat tashkilotlaridan, xalqaro moliyaviy institutlardan, chet ellik investorlardan va boshqa kreditorlardan olingan kreditlar (mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar) boʻyicha mikrokredit tashkilotining foizli xarajatlari hisobi olib boriladi. Hisobvaraqlarning debetida toʻlangan foizlar summasi, shuningdek kreditlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqlarning kreditida notoʻgʻri hisoblangan yoki toʻlangan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek, hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi |
| | |
|
54400 |
LIZING (MIKROLIZING) BOʻYICHA FOIZLI XARAJATLAR |
|
54401 |
Lizing (mikrolizing) boʻyicha fo�zli xarajallar Hisobvaraqning taʼrifi: lizing (mikrolizing) boʻyicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida lizing (mikrolizing) jadvali boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
| | |
| 54900 | BOSHQA FOIZLI XARAJATLAR |
| | |
| 54902 | Boshqa foizli xarajatlar Hisobvaraqning taʼrifi: yuqorida taʼriflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan foizli xarajatlar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida toʻlangan foizlar summasi, shuningdek, boshqa majburiyatlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri hisoblangan va/yoki toʻlangan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
| | |
| 55100 | FOIZSIZ XARAJATLAR |
| | |
| 55106 | Koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik xarajatlari Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotlariga koʻrsatilgan xizmatlar uchun qilingan xarajatlar va vositachilik xarajatlari hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida sarf qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
|
55300 |
CHET EL VALYUTASI KURSI OʻZGARISHI NATIJASIDA KOʻRILGAN ZARAR |
|
55301 |
Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida koʻrilgan zarar Hisobvaraqning taʼrifi: chet el valyutasida ifodalangan aktiv va majburiyatlarini Markaziy bank kursi boʻyicha qayta baholashda, chet el valyutasi kursini soʻmga nisbatan pasayishida yuzaga keladigan zararlar hisobga olinadi. Hisobvaraqning debetida chet el valyutasi kursi pasayishi natijasida yuzaga keladigan zararlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
| | |
| 55900 | BOSHQA FOIZSIZ XARAJATLAR |
| | |
| 55902 | Asosiy vositalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan koʻrilgan zararlar |
| 55910 | Boshqa mulklarni/ aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan koʻrilgan zararlar |
| | Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼriflanishi umumlashtirilib berilmoqda. Hisobvaraqlarning taʼrifi: mazkur hisobvaraqlarda asosiy vositalarni va boshqa xususiy mulklarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan koʻrilgan zararlar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqlarning debetida asosiy vositalarni va boshqa xususiy mulklarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan koʻrilgan zararlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqlarning kreditida notoʻgʻri koʻrilgan zararlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
| | |
| 55995 | Boshqa foizsiz xarajatlar Hisobvaraqning taʼrifi: yuqorida taʼriflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan foizsiz xarajatlar hisobi olib boriladi Hisobvaraqning debetida yuqorida taʼriflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan amalga oshirilgan foizsiz xarajatlar hisobi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
| | |
| 56100 | MIKROKREDIT TASHKILOTI XODIMLARINING ISH HAQI VA ULAR UCHUN QILINGAN BOSHQA XARAJATLAR |
| | |
| 56102 | Ish haqi Hisobvaraqning taʼrifi: xizmatchilarning mehnat ish haqi (mehnat shartnomasi va fuqaroviy-huquqiy xarakterdagi shartnomalar boʻyicha bajarilgan), ish vaqtidan tashqari qilinadigan ishlar, dam olish va bayram kunlaridagi ishlar, mukofot toʻlovlari (oylik ish, bajarilgan maxsus ishlar uchun natijalar boʻyicha va boshqalar uchun), koʻp yillik ish staji va mikrokredit tashkiloti nizomi va qonunchilikka muvofiq mikrokredit tashkilotining boshqa toʻlovlar uchun xarajatlari hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida ish haqiga qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
| | |
| 56106 | Mikrokredit tashkiloti xodimlari uchun imtiyozlar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining xodimlari uchun berilgan imtiyozlarga qilgan xarajatlari, yaʼni mukofot toʻlovlari, (yil yakuni boʻyicha mukofotlar, koʻp yillik xizmati uchun, ish staji uchun qoʻshimcha haq, bayram va yubiley sanalariga beriladigan mukofotlar va boshqalar), mikrokredit tashkiloti xodimlarining oʻqishlari uchun toʻlovlar, shuningdek, ularning stipendiyalari, xodimlarga beriladigan qimmatli sovgʻalar qiymati, hamda mikrokredit tashkiloti nizomi va qonunchilikka muvofiq ravishda jismoniy shaxslardan undirib olingan toʻlov hisobiga mikrokredit tashkiloti tomonidan toʻlanadigan summalar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida xodimlarga imtiyozlari uchun amalga oshirilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
| | |
| 56110 | Tibbiy, stomatologik xizmatlar uchun va shifoxonada davolash xarajatlari Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti xodimlariga ambulatoriya yoki statsionar meditsina va stomatologiya xizmati koʻrsatish uchun qilgan xarajatlari, hamda ular va ularning bolalari uchun sogʻlomlashtirish lagerlariga, sanitar-kurort muassasalariga va boshqalarga oʻrnatilgan tartibda toʻliq yoki qisman toʻlanadigan yoʻllanmalar qiymatining hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida meditsina, stomatologik xizmatlari koʻrsatish va shifoxonada davolash xarajatlari summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
| | |
| 56114 | Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha badallar Hisobvaraqning taʼrifi: qonunchilikka muvofiq nodavlat pensiya fondlariga toʻlanadigan ixtiyoriy badallari, mikrokredit tashkilotining ish haqi fondidan budjetdan tashqari Pensiya fondi ajratmalari, yagona ijtimoiy toʻlovlar uchun mikrokredit tashkiloti xarajatlari hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida ijtimoiy sugʻurta uchun oʻtkazilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri yoki ortiqcha toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
| | |
| 56118 | Ijtimoiy himoya boʻyicha xarajatlar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining qonunchilikda koʻrsatilgan hollarda mehnat shartnomasini muddatidan oldin tugatish vaqtida beriladigan ishdan boʻshatish nafaqa toʻlovlari va kompensatsiya toʻlovlar, shuningdek qonunchilikka va mikrokredit tashkiloti ustaviga muvofiq ravishdagi nafaqa (bolalarga qonunchilikda oʻrnatilgan balogʻat yoshiga yetgunicha beriladigan va boshqa) toʻlovlari, moddiy yordam pullari va boshqa toʻlovlarini hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida ijtimoiy himoya uchun amalga oshirilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
| | |
| 56122 | Bandlik fondi va boshqa fondlar uchun badallar Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining bandlik fondiga, OʻzR Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Kengashi ijtimoiy sugʻurta budjetiga va boshqa fondlarga ajratmalar, shuningdek, qonunchilikka muvofiq ravishda mikrokredit tashkiloti xodimlarining sogʻliqlarini majburiy va ixtiyoriy sugʻurtalash va boshqa badallarini hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida bandlik fondiga va boshqa fondlar uchun amalga oshirilgan ajratmalar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
| | |
| 56195 | Mikrokredit tashkiloti xodimlari uchun qilingan boshqa xarajatlar Hisobvaraqning taʼrifi: yuqoridagi taʼriflangan hisobvaraqlarga mos tushmaydigan, xizmatchilarga toʻlanadigan (toʻgaraklardagi, klublardagi mashgʻulotlarga, gazeta va jurnallarga obuna boʻlishga, qonunchilikda oʻrnatilgan meʼyordan ortiqcha toʻlangan safar va vakillik xarajatlar summasi va boshqalar) toʻlovlar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida yuqorida taʼriflangan turkumlarga mos tushmaydigan, amalga oshirilgan toʻlovlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
| | |
| 56200 | IJARA VA TAʼMINOT XARAJATLARI |
| | |
| 56202 | Ijara toʻlovi |
| 56206 | Suv toʻlovi |
| 56210 | Elektr energiyasi va isitish tarmoqlari xarajatlari |
| 56214 | Taʼmirlash va taʼminot xarajatlari |
| 56218 | Qoʻriqlash xizmati xarajatlari |
| | Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼriflanishi umumlashtirilib berilmoqda. Hisobvaraqlarning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining ijaraga olingan obyektlarga, shartnoma asosida ishlaydigan mikrokredit tashkiloti xodimlari hisoblanmaydigan xodimlardan tashkil topgan qoʻriqchilarga, shuningdek, qoʻriqlash signalizatsiyasiga, remontga va mikrokredit tashkiloti binosini, mebellarni, transport va boshqa jihozlarni saqlashga, mikrokredit tashkilotining suv, elektr, isitish tarmogʻi va boshqa kommunal xizmatlari uchun toʻlovlar bilan bogʻliq xarajatlari hisobi olib boriladi. Hisobvaraqlarning debetida ijara va taʼminot uchun hisoblangan va toʻlangan xarajatlarini summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqlarning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
| | |
| 56300 | XIZMAT SAFARI VA TRANSPORT XARAJATLARI |
| | |
| 56302 | Xizmat safari xarajatlari |
| 56306 | Xizmat safaridagi kunlik xarajatlar |
| 56310 | Mikrokredit tashkiloti mulkini koʻchirish bilan bogʻliq boʻlgan (Fraxt) xarajatlar |
| 56314 | Yoqilgʻi xarajatlari |
| | Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼriflanishi umumlashtirilib berilmoqda. Hisobvaraqlarning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining xodimlarning xizmat safari bilan bogʻliq (transport (xizmat safari xarajatlari), mehmonxona xizmati (yashash uchun boshqa xizmatlar) qiymati va limit doirasidagi kunlik xarajatlar; fraxt (mikrokredit tashkiloti ofislari oʻrtasida jihozlar va boshqa mulklarni koʻchirish xarajatlari, xususiy va ijaraga olingan harakat vositalari uchun foydalaniladigan yoqilgʻi xarajatlari, shuningdek, oʻrnatilgan tartibga muvofiq ravishda xizmat safari uchun foydalaniladigan mikrokredit tashkiloti xodimlarining shaxsiy avtomobillari uchun xarajatlarini hisobi olib boriladi. Hisobvaraqlarning debetida xizmat safari va transport uchun qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqlarning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
| 56400 | MAʼMURIY XARAJATLAR |
| | |
| 56402 | Reklama va eʼlon xarajatlari |
| 56406 | Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari |
| 56410 | Pochta, telefon, faks boʻyicha xarajatlar |
| 56414 | Hujjat markalari uchun xarajatlar |
| 56418 | Kitob, gazeta va boshqa davriy nashriyotlar boʻyicha xarajatlar |
| | Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼrifi umumlashtirilib berilmoqda. Hisobvaraqlarning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining gazeta, radio, televideniye va boshqa axborot vositalari orqali beradigan reklama va eʼlonlariga, blankalarga, devonxona va ofis qurollariga, pochta va hujjat markalariga, telefon va faks, maʼlumotlarni uzatish uchun boshqa aloqa kanallari (Reuters, SWIFT, Internet, teleks va boshqalar)dan foydalanish xarajatlari, shuningdek davriy nashrlarga, shu bilan birga elektron bildirgichi (“PRAVO”, “NORMA” tizimlari va boshqalar)ga qilingan xarajatlar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqlarning debetida maʼmuriy xarajatlarga toʻlangan summalar aks ettiriladi. Hisobvaraqlarning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
| 56600 | ESKIRISH XARAJATLARI |
| | |
| 56602 | Mikrokredit tashkiloti bino va boshqa imoratlarining eskirish summasi |
| 56610 | Transport vositalarining eskirish summasi |
| 56614 | Mebel va jihozlarning eskirish summasi |
| 56618 | Nomoddiy aktivlarning eskirish summasi |
| 56622 | Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalarning eskirish summasi |
| 56626 | Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi boʻyicha eskirish summasi |
| 56630 | Ombordagi asosiy vositalarning eskirish summasi |
| | Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼriflanishi umumlashtirilib berilmoqda. Hisobvaraqlarning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar uchun hisoblanadigan eskirish xarajatlarini hisobi olib boriladi. Hisobvaraqlarning debetida hisoblangan eskirish summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqlarning kreditida notoʻgʻri hisoblangan eskirish summasining qaytarilishi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
| 56700 | SUGʻURTA, SOLIQ VA BOSHQA XARAJATLAR |
| | |
| 56702 | Yuridik va auditorlik xizmati xarajatlari |
| 56706 | Maslahatchi (konsalting)lar xizmati uchun toʻlov xarajatlari |
| | Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼriflanishi umumlashtirilib berilmoqda. Hisobvaraqlarning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining yuristlar va boshqa firmalar tomonidan shartnoma asosida koʻrsatilgan yuridik, auditorlik va maslahatchilik xizmatlari uchun toʻlov xarajatlari hisobi olib boriladi. Hisobvaraqlarning debetida yuridik va maslahatchilik xizmatlar uchun qilingan xarajatlari summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqlarning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
| | |
| 56710 | Sugʻurta xarajatlari |
| | Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining oʻz mulkini sugʻurta qilishga, yongʻindan sugʻurta qilishga va oʻz faoliyati bilan bogʻliq boshqa sugʻurta turlariga qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida sugʻurta uchun qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
| 56714 | Soliq (daromad soligʻidan tashqari) va litsenziyalar |
| | Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining soliqlarga, yigʻimlarga va qonunchilikka muvofiq ravishda mulkka, yoʻlga, ekologiyaga boʻladigan soliqlar kabi boʻlgan majburiy ajratmalar, haqiqiy ishlab topilgan daromaddan Pensiya fondiga boʻladigan ajratmalar va boshqa soliqlari (foyda soligʻidan tashqari), shuningdek mikrokredit tashkilotining litsenziyalarga qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining soliqlarga (daromad soligʻidan tashqari) va boshqa majburiy toʻlovlarga, shuningdek litsenziyalarga qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
| | |
| 56718 | Jarima va penya xarajatlari |
| | Hisobvaraqlarning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining amaldagi qonunchilikka va qoidalarga asosan oʻziga solingan penya va jarimalar uchun qilgan xarajatlarini hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida toʻlangan jarima va penyalarning summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri toʻlangan jarima va penyalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
| | |
| 56722 | Sud jarayoni va/yoki aktivni sotib olish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar |
| | Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining sud jarayoni bilan bogʻliq xarajatlari, shuningdek mikrokredit tashkilotining xususiylikni oʻz nomiga oʻzlashtirish boʻyicha xarajatlari hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida sud jarayoni, shuningdek aktivlarni sotib olish uch�n qilgan xarajatlarini summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
| | |
| 56795 | Boshqa operatsion xarajatlar |
| | Hisobvaraqning taʼrifi: yuqorida taʼriflangan turkumlarga mos tushmaydigan xarajatlar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida yuqorida taʼriflangan turkumlarga mos tushmaydigan toʻlangan xarajatlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
| 56800 | KOʻRILISHI MUMKIN BOʻLGAN ZARARLARNI BAHOLASH |
| 56802 | Mikroqarz va mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash |
| 56814 | Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash |
| 56830 | Asosiy vositalari boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash |
| 56832 | Nomoddiy aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash |
| 56834 | Boshqa xususiy mulklar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash |
| 56838 | Mikrolizing (moliyaviy ijara) boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash |
| 56840 | Hisoblangan foizsiz daromadlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash |
| 56842 | Sud jarayonidagi mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing (moliyaviy ijara) boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash |
| 56895 | Boshqa aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash |
| | Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼriflanishi umumlashtirilib berilmoqda. Hisobvaraqlarning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining aktivlari boʻyicha koʻrishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash hisobi olib boriladi. Hisobvaraqlarning debetida aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqlarning kreditida koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholashning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
| | |
| 56900 | FOYDA SOLIGʻINI BAHOLASH |
| 56902 | Foyda soligʻini baholash |
| | Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan olingan foydaga hisoblangan soliqlar (foyda soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi va shu kabi boshqa soliqlar) va yagona soliq toʻlovi (yagona soliq toʻlovi toʻlovchilari uchun) boʻyicha xarajatlar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha hisoblangan xarajatlar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri hisoblangan soliqlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi. |
| | |
| 90000 | KOʻZDA TUTILMAGAN HOLATLAR |
| 90900 | SAVDOGA OID MOLIYALASHLAR |
| | |
| 90966 | Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96331 — “Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring boʻyicha kontr-hisobvaraq”dir. Hisobvaraqning debetida sotib olingan debitorlik qarzlarining toʻliq qiymati aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan toʻliq qoplangan sotib olingan debitorlik qarzlar hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob har bir shartnoma boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| 90993 | Kafolat va kafilliklar Hisobvaraqning taʼrifi: mijozlar foydasiga mikrokredit tashkiloti tomonidan berilgan yoki tasdiqlangan kafolat va kafilliklarning, shuningdek mikrokredit tashkiloti tomonidan boshqa emitentlarning kafillik berilgan (avalirovannix mikrokreditnoy organizatsiyey) veksellarining nominal qiymatini hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96337 — “Kafolat va kafilliklar boʻyicha kontr-hisobvaraq”dir. Hisobvaraqning debetida berilgan kafolatlarning summasi, shuningdek mikrokredit tashkiloti tomonidan boshqa emitentlarning kafillik berilgan veksellarini nominal qiymati aks ettiriladi. |
| | Hisobvaraqning kreditida foydalanilgan, shuningdek foydalanilmagan va oʻrnatilgan tartibda muddati oʻtishi bilan yoʻq qilingan kafolatlarning summasi, shuningdek mikrokredit tashkiloti tomonidan kafillik berilgan boshqa emitentlarni qoplangan veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir kafolat boʻyicha, shuningdek avallashtirilgan veksellarning turi va muddati boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 91500 | AKTIVLAR BOʻYICHA FOIZLAR VA VOSITACHILIK HAQLARI |
| 91501 | Berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha hisoblangan foizlar Hisobvaraqning taʼrifi: muddati oʻtgan va oʻrnatilgan qoidalarga muvofiq balansdan hisobdan chiqarilgan, berilgan muddatli va shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha hisoblangan, lekin olinmagan foizlar, shuningdek “foiz oʻstirmaslik” maqomiga oʻtkazilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha hisoblanadigan foizlar hisobi olib boriladi. Shu bilan birgalikda muddati oʻtgan hamda sud jarayonidagi mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha hisoblangan, lekin olinmagan foizlar hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96335 — “Aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”dir. Hisobvaraqning debetida mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha muddati oʻtgan va/yoki hisoblangan foizlarning summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlarning summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| 91505 | Boshqa aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlari Hisobvaraqning ta�rifi: boshqa aktivlar va vositachiliklar boʻyicha hisobdan chiqarilgan foizlar hisobi olib boriladi. Mazkur hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96335 — “Aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”dir. Hisobvaraqning debetida boshqa aktivlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan muddati oʻtgan va/yoki hisoblangan foizlar va vositachilik haqlari summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida boshqa aktivlar boʻyicha toʻlangan va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar va vositachilik haqlari summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir mijoz boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 91700 | MIKROKREDIT TASHKILOTINING MIKROQARZ, MIKROKREDIT VA MIKROLIZING BERISH MAJBURIYATLARI |
| 91709 | Mikrokredit tashkilotining mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing berish majburiyatlari Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining mijozlarga yoki banklarga mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing berish majburiyatlari hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96351 — “Mikrokredit tashkilotining mikroqarz, mikrokredit va mikrolizinglar berish majburiyati boʻyicha kontr-hisobvaraq”dir. Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkilotning mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing berish boʻyicha berilgan majburiyatlarining summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing berish boʻyicha ijro etilgan yoki bekor qilingan majburiyatlarining summasi, shuningdek qisman amalga oshirilgan toʻlovlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob majburiyatlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| | |
| 91800 | MIKROKREDIT TASHKILOTINING KREDIT VA LIZING OLISH MAJBURIYATLARI |
| 91816 | Mikrokredit tashkilotining kredit va lizing olish majburiyati Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining mijozlardan yoki boshqa banklardan kredit va\yoki lizing olish majburiyatlarining hisobi yuritiladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96358 — “Mikrokredit tashkilotining kredit va lizing olish majburiyati boʻyicha kontr-hisobvaraq”dir. Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkilotining kredit va\yoki lizing olish boʻyicha bergan majburiyatlarining summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida kredit va\yoki lizing olish boʻyicha ijro etilgan yoki bekor qilingan majburiyatlarning summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob majburiyatlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| 91900 | QARZDORLARNING MIKROQARZ, MIKROKREDIT VA MIKROLIZING MAJBURIYATLARI |
| 91901 | Qarzdorlarning qisqa muddatli mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing boʻyicha majburiyatlari Hisobvaraqning taʼrifi: qarzdorlarning mikrokredit tashkiloti tomonidan berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizing boʻyicha muddatli majburiyatlarini hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96345 — “Qarzdorlarning qisqa muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha majburiyatlari kontr-hisobvaragʻi”dir. Hisobvaraqning debetida berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha qarzdorlardan qabul qilingan muddatli majburiyatlar summasi oʻtkaziladi. Hisobvaraqning kreditida toʻla qoplangan majburiyatlar summasi aks ettiriladi. Qisman amalga oshirilgan toʻlovlar summasi majburiyat toʻla bajarilgunga qadar uning orqa tomoniga yozib boriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| 91905 | Qarzdorlarning uzoq muddatli mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing boʻyicha majburiyatlari Hisobvaraqning taʼrifi: qarzdorlarning mikrokredit tashkiloti tomonidan berilgan uzoq muddatli mikroqarzlari, mikrokreditlari va mikrolizinglari boʻyicha muddatli majburiyatlarini hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96349 — “Qarzdorlarning uzoq muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha majburiyatlari kontr-hisobvaragʻi”dir. Hisobvaraqning debetida berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha qarzdorlardan qabul qilingan muddatli majburiyatlar summasi oʻtkaziladi. Hisobvaraqning kreditida toʻliq qoplangan majburiyatlar summasi aks ettiriladi. Qisman amalga oshirilgan toʻlovlar summasi majburiyat toʻla bajarilgunga qadar uning orqa tomoniga yozib boriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| 94500 | GAROV SIFATIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR, MULKLAR VA MULKIY HUQUQ (TALAB)LAR |
| 94501 | Garov sifatida olingan qimmatli qogʻozlar |
| 94502 | Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar |
| | Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan balans hisobvaraqlari xususiyati jihatidan bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼrifi umumlashtirilgan holda keltirilgan. |
| | Hisobvaraqlarning taʼrifi: berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglarga garov sifatida saqlanayotgan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar hamda qimmatli qogʻozlarning hisobi olib boriladi. Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar hisobvaraqqa garov boʻyicha shartnoma tuzilgan vaqtdagi baholangan qiymati boʻyicha kirim qilinadi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96381 — “Garov sifatidagi qimmatli qogʻozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab)lar boʻyicha kontr-hisobvaraq” dir. Hisobvaraqlarning debetida garov taʼminoti sifatida qabul qilingan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar hamda qimmatli qogʻozlarning qiymati aks ettiriladi. Hisobvaraqlarning kreditida garovga qabul qilingan yoki mikrokreditlar, mikroqarzlar va mikrolizinglar hamda foizlarni qoplanganidan soʻng qaytariladigan foydalanilgan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar hamda qimmatli qogʻozlarning summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir mikroqarz, mikrokredit va\yoki mikrolizing shartnomasi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| 94503 | Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar Hisobvaraqning taʼrifi: berilgan mikrokreditlar, mikroqarzlar va mikrolizinglarning taʼminoti sifatida qabul qilingan kafolat va kafilliklarning, shuningdek sugʻurta polislarining hisobi olib boriladi. Mazkur hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96381 — “Garov sifatidagi qimmatli qogʻozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab)lar boʻyicha kontr-hisobvaraq” dir. Hisobvaraqning debetida berilgan mikrokreditlar, mikroqarzlar va mikrolizinglarning taʼminoti sifatida qabul qilingan kafolat va kafilliklarning summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar qaytarilmaganda foydalanilgan taʼminot summasi, shuningdek kreditlar qaytarilgandan keyin va kredit shartnomalari yopilgandan keyin kafolatlar va kafilliklarning muddati oʻtishi bilan oʻrnatilgan tartibda foydalanilmagan va bekor qilingan summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir tegishli shartnoma boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| 95400 | BOSHQA KOʻZDA TUTILMAGAN HOLATLAR HISOBVARAQLARI |
| 95413 | Hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar Hisobvaraqning taʼrifi: amaldagi qoidalarga muvofiq ravishda mikrokredit tashkiloti balansidan hisobdan chiqarilgan mikrokreditlar, mikroqarzlar va mikrolizinglar (toʻlanmagan qismi)ning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96397 — “Boshqa koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”dir. Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida qayta tiklangan yoki toʻlangan mikroqarzlar, mikrok�yeditlar va mikrolizinglarning, shuningdek oʻrnatilgan muddat oʻtishi bilan bekor qilingan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglarning summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha tegishli shartnomalarga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| 95497 | Boshqa koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari Hisobvaraqning taʼrifi: yuqoridagi turkum hisobvaraqlar taʼrifiga mos tushmaydigan operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96397 — “Boshqa koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”dir. Hisobvaraqning debetida kirim qilingan mablagʻlar, hujjatlar yoki boshqa qimmatbaho buyumlarning qiymati aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan mablagʻlar, hujjatlar yoki boshqa qimmatbaho buyumlarning summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob hujjatlar va boshqa qimmatbaho buyumlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. |
| 96300 | KOʻZDA TUTILMAGAN HOLATLAR KONTR-HISOBVARAQLARI |
| 96331 | Sotib olingan debitorlik qarzlari-Faktoring boʻyicha kontr-hisobvaraq |
| 96335 | Aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlari boʻyicha kontr-hisobvaraq |
| 96337 | Kafolat va kafilliklar boʻyicha kontr-hisobvaraq |
| 96345 | Qarzdorlarning qisqa muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha majburiyatlari kontr-hisobvaragʻi |
| 96349 | Qarzdorlarning uzoq muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha majburiyatlari kontr-hisobvaragʻi |
| 96351 | Mikrokredit tashkilotining mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar berish majburiyati boʻyicha kontr-hisobvaraq |
| 96358 | Mikrokredit tashkilotining kredit va lizing olish majburiyati boʻyicha kontr-hisobvaraq |
| 96381 | Garov sifatida olingan qimmatli qogʻozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab)lar boʻyicha kontr-hisobvaraq |
| 96397 | Boshqa koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari boʻyicha kontr-hisobvaraq |
(III-boʻlim ilovasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 21-maydagi 16/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1639-1, 24.06.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 26-son, 271-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 463-modda; 2011-y., 26-son, 271-modda; 2013-y., 20-son, 261-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 10/18/1639-3/1008-son)