Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.09.2024 02.04.1997 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 320
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.09.2024
Hujjat 02.04.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat mulkini boshqarish

va tadbirkorlikni qoʻllab-

quvvatlash davlat qoʻmitasi

raisi birinchi oʻrinbosari

A.Abduqodirov

1997-yil 31-mart

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlarning hosilalarini chiqarish va muomalada boʻlishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1997-yil 2-aprelda 320-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 12-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3521, 20.06.2024-y.) asosan 2024-yil 22-sentabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimmatli qogʻozlarning hosilalarini (negizida aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qogʻozlari boʻlgan) chiqarish va muomalada boʻlish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Mazkur Tartibda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlarning hosilalari (bundan buyon matnda QQH deb yuritiladi) — oʻz egalarining boshqa qimmatli qogʻozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan opsionlar, qimmatli qogʻozlarga doir fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qogʻozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
opsion — emissiyaviy qimmatli qogʻoz boʻlib, u oʻz emitentining muayyan miqdordagi qimmatli qogʻozlarini unda nazarda tutilgan muddatda, qatʼiy belgilangan narx boʻyicha sotib olishga boʻlgan huquqini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlarga doir fyuchers (bundan buyon matnda fyuchers deb yuritiladi) — qimmatli qogʻoz boʻlib, u oʻzida nazarda tutilgan muddatda qimmatli qogʻozlarning muayyan sonini qatʼiy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazis aktivi — QQHning negizida boʻlgan va qimmatli qogʻozlar bozorida muomalada boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qogʻozlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QQHning amal qilish muddati — QQHni saqlovchisi oʻzining bazis aktivini sotib olish yoki sotish huquqini amalga oshirishi mumkin boʻlgan davr (yoki aniq sana);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QQHning xaridori (saqlovchisi) — bazis aktivini sotish yoki sotib olish huquqini (yoki majburiyatini) oʻziga oluvchi shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QQHning sotuvchisi — QQHning xaridori talabiga koʻra bazis aktivini yetkazib berish yoki qabul qilish majburiyatini oʻziga oluvchi shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
global sertifikat — yagona sertifikat uchun talab qilinadigan barcha rekvizitlarni, ushbu QQHning emissiyasi va muomalasining umumiy shartlarini oʻzida jamlagan QQH butun chiqarilishini (yoki chiqarishning bir qismini) hujjatsiz shaklda rasmiylashtiradigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. QQHni chiqarish va muomalada boʻlishi tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga faqat chiqarilishi oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan QQH yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. QQH quyidagicha chiqarilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatli yoki hujjatsiz shaklda (hujjatsiz shakldagi chiqarilishlar global sertifikatlar bilan rasmiylashtiriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
egasining nomi yozilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QQH sinflar va seriyalarga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. QQHni chiqaruvchi va QQHning saqlovchilari oldida ular boʻyicha majburiyatlarni oʻz nomidan oluvchi yuridik shaxs emitent hisoblanadi. Varrantlar emissiyasi (mazkur Tartibning 2.10 bandiga muvofiq) bir vaqtning oʻzida varrant negizida yotuvchi qimmatli qogʻozlarning emissiyasini amalga oshiruvchi yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. QQHda koʻrsatilgan majburiyatlarning bajarilish muddati bazis aktivning amal qilish muddatidan oshiq boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. Bazis aktivining tasnifi quyidagi maʼlumotlardan tarkib topishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻoz turi (xili, toifasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻoz nominali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birligi uchun narxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soni;

emitenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozning turiga qarab boshqa tavsiflar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OPSIONLARNI CHIQARISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.6. Opsionlar opsion emitentining avval chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni ham uchinchi shaxslarning qimmatli qogʻozlarini ham sotib olish yoki sotish huquqini tasdiqlashi mumkin. Opsion saqlovchisi oʻzining sotib olish (sotish) huquqidan foydalanishi yoki undan voz kechishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.7. Opsionlarning chiqarilishiga (varrantlardan tashqari) bazis aktivi birinchi marotaba emissiyasi amalga oshirilayotgan qimmatli qogʻozlar boʻlganda yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.7.1. Sotishga opsion (put-opsion) — opsion saqlovchisiga QQHning bazis aktivi tavsifida koʻrsatilgan bazis aktivini kelajakda sotish huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.7.2. Sotib olishga opsion (koll-opsion) — QQHda belgilangan shartlar asosida bazis aktivini kelajakda sotib olish huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.8. Mukofot deb ataladigan opsion narxi xaridor tomonidan sotuvchiga opsionning oldi-sotdi shartnomasiga asosan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.9. Opsion quyidagi zaruriy rekvizitlarni oʻz ichiga olish lozim (1-son ilova*):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomini “sotib olishga opsion” yoki “sotishga opsion”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va raqamini;

opsion koʻchirmasi sanasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
opsion emitentining nomi, manzili va bank rekvizitlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazis aktivini sotish (sotib olishga opsion uchun) yoki sotib olish (sotishga opsion uchun) boʻyicha emitentning majburiyatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
opsionning amal qilish muddati yoki bajarish sanasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazis aktivining tasnifini;

emitentning imzosi va muhrini.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.91. Aksiyalarga doir opsionni chiqarish shartlari ularning muomalasiga cheklovlarni nazarda tutishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar aksiyadorlik jamiyatining eʼlon qilingan aksiyalari soni olish huquqini opsionlar beradigan aksiyalar sonidan kam boʻlsa, mazkur jamiyat aksiyalarga doir bunday opsionlarni joylashtirishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlik jamiyatining mehnat jamoasi va kuzatuv kengashi aʼzolariga mukofotni yoki ragʻbatlantirish toʻlovini aksiyalarga doir opsionlar tarzida berish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olish huquqini opsionlar beradigan muayyan turdagi aksiyalarning soni aksiyalarga doir opsionlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga koʻra joylashtirilgan ushbu turdagi aksiyalarning 5 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarga doir opsionlar aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali uni taʼsis etish chogʻida toʻliq toʻlanganidan keyin joylashtirilishi mumkin boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.10. Varrant opsionning alohida turi hisoblanib, u saqlovchisining muayyan muddat oraligʻida (yoki aniq kunda) varrant emitenti tomonidan birinchi marotaba emissiyasi amalga oshirilayotgan qimmatli qogʻozlarni sotib olish huquqini tasdiqlaydi. Qimmatli qogʻozlarga bogʻlangan varrantlar chiqarilishi bazis aktivini tashkil etuvchi qimmatli qogʻozlar bilan birga amalga oshiriladi. Bunda varrantning bazis aktivi boʻlgan qimmatli qogʻozlarning bitta chiqarilishi, varrantlarning faqat bitta chiqarilishi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.11. Varrantlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avval chiqarilib, uchinchi shaxslarga egaligida boʻlgan yoki emitent tomonidan qaytarib sotib olingan qimmatli qogʻozlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazis aktivining narxi qimmatli qogʻozlarning (obligatsiyalardan tashqari) nominal qiymatidan past boʻlganda chiqarish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.12. Varrantlarning emitenti varrantlarning birinchi saqlovchilari uchun varrantlarni sotib olishda teng narx shartlari, bu esa varrantlarning saqlovchilari qimmatli qogʻozlarni sotib olish huquqiga ega boʻlgan varantlar bilan tasdiqlangan yagona narxni belgilashni anglatadi. Bunda varrantlar saqlovchilari uchun qimmatli qogʻozlarni joylashtirish narxi varrantlarga ega boʻlmagan investorlar uchun joylashtirish narxidan farq qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.13. Varrant quyidagi zaruriy rekvizitlarni oʻz ichiga olishi lozim (2-son ilova*):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomi “varrant”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va raqamini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
varrant koʻchirmasi sanasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
varrant emitentining nomi, manzili va bank rekvizitlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazis aktivini sotish boʻyicha emitentning majburiyatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
varrantning amal qilish muddati yoki bajarish sanasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazis aktivining tasnifini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
varrant xaridorining nomini (egasining nomi yozilgan varrant uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
varrant emitentining imzosi va muhrini.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FYUCHERSLARNI CHIQARISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.14. Bazis aktivi birinchi marotaba emissiyasi amalga oshirilayotgan qimmatli qogʻozlar boʻlgan fyucherslar chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi. Fyucherslar ularning emitenti tomonidan avval chiqarilgan oʻz qimmatli qogʻozlarini ham uchinchi shaxslarning qimmatli qogʻozlarini ham sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.15. Fyucherslar qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish yoxud kelgusida muomalada boʻlishi uchun sotish (qaytarish bitim) yoʻli bilan bajarilishga majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.16. Fyuchers quyidagi zaruriy rekvizitlarni oʻz ichiga olishi lozim (3-ilova*):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomi “fyuchers”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va raqamini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers koʻchirmasi sanasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers turini (sotib olishga yoki sotishga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers emitentining nomi, manzili va bank rekvizitlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitentning bazis aktivini sotish (sotib olish) majburiyatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchersni bajarish sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazis aktivining tasnifini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers emitentining imzosi va muhrini.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. QQHni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Qimmatli qogʻozlar emissiyasi tijorat banklari, sugʻurtalovchilar, birjalar, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlariga binoan tashkil etilgan xoʻjalik birlashmalarining QQHning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Markazning markaziy apparati tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Qolgan hollarda, QQHning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Markazning emitent yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi. QQH keyingi chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish emitent dastlabki tarzda davlat roʻyxatidan oʻtgan organda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror amaldagi qonun hujjatlari va ustavga muvofiq tegishli vakolatga ega QQH emitentining boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu organ tomonidan chiqarilish bilan bogʻliq boʻlgan chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi va muddatlari tasdiqlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. QQHni chiqarishni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi tegishli organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtkazishga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QQHni chiqarish toʻgʻrisida qaror;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QQHning emissiya risolasi (QQH ommaviy joylashtirilgan taqdirda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki asl nusxada QQH blankasining namunasi (QQH hujjatli shaklda chiqarilgan taqdirda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QQHni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma, qonun hujjatlariga muvofiq sanoq komissiyasi tomonidan tuzilgan kvorum va ovoz berish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomadan koʻchirma, agarda QQHni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilingan boʻlsa — ovoz berishda ishtirok etgan kuzatuv kengashi aʼzolarining familiyasi, ismi, shariflari koʻrsatilgan yigʻilish bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma (ikki nusxada);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QQHning emissiya risolasi tasdiqlanganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma, qonun hujjatlariga muvofiq sanoq komissiyasi tomonidan tuzilgan kvorum va ovoz berish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomadan koʻchirma, agarda QQHni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilingan boʻlsa — ovoz berishda ishtirok etgan kuzatuv kengashi aʼzolarining familiyasi, ismi, shariflari koʻrsatilgan yigʻilish bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma (ikki nusxada);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish uchun belgilangan yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bankning toʻlov oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgisi qoʻyilgan toʻlov hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik uchun belgilangan yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) bankning toʻlov oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgisi qoʻyilgan holda.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5. QQHning emissiya risolasi quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitent, uning taʼsischilari (aksiyadorlari) haqida toʻliq maʼlumotni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QQH emitentining oxirgi yil uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QQHning chiqarilayotgan miqdorini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QQH chiqarish va muomalasi tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazis aktivining tasnifini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitentning QQH saqlovchilari oldidagi majburiyatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QQH saqlovchilarining huquqlarini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.7. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga quyidagi hollarda haqlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar hamda ulardagi maʼlumotlarning qonun hujjatlari talablariga nomuvofiq boʻlganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QQH chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibiga emitent tomonidan rioya etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yigʻimlar toʻlanmaganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QQH chiqarishni amalga oshirayotgan yuridik shaxsda ularni chiqarishga boʻlgan huquqning yoʻqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan koʻrsatilgan muddat ichida qayta murojaat etilgan taqdirda, yangitdan taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklardan tashqari yangi asoslarga koʻra QQXning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.8. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida asoslantirilgan qarori QQH chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar olgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.9. QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi boʻyicha emitentning mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.10. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ faqatgina QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻliqligiga uchun javob beradi hamda qonun hujjatlari va mazkur Tartib bilan oʻrnatilgan QQHni chiqarish qoidalarini bajarilishi ustidan nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.12. Taqdim etilgan hujjatlarga nisbatan eʼtirozlar mavjud boʻlmagan taqdirda QQHni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning har bir nusxasiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi va QQHning chiqarilishiga berilgan davlat roʻyxat raqami koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat roʻyxat raqamini berish, shuningdek Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestriga yozuvlar kiritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.13. QQHning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin QQHni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning bir nusxasi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda qoladi, bir nusxasi emitentga beriladi va bir nusxasi QQHning chiqarilishini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilingan holda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga taqdim etiladi. QQHni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning nusxalari matnida farqlar mavjud boʻlganda hujjatning roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda saqlanayotgan matni imtiyozli kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.14. Opsionlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin, emitent:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oylik muddatda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan tasdiqlangan namunaga muvofiq opsionlarga (shu jumladan varrantlarga) buyurtma beradi va tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborotni oshkor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Emitent ushbu chiqarilishdagi QQHning barcha potensial xaridorlarini bir xil xabardorligini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.15. Emitent tomonidan varrantlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi, ular qaysi qimmatli qogʻozlarga chiqarilayotgan boʻlsa, ushbu qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi bilan bir vaqtda, qonun hujjatlarida belgilangan muddat va tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.16. Sotib olish fyucherslarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun emitent bazis aktivi summasining 20% miqdorini hisob-kitob kliring palatasidagi oʻz hisobida deponentga qoʻyilganligi haqidagi qoʻshimcha maʼlumotnomani taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.17. Emitent davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi vakolatli organ bilan kelishgan holda majburiy rekvizit tarkibiga, amaldagi qonun hujjatlari va mazkur Tartibga zid boʻlmagan QQHning boshqa shart va rekvizitlarni kiritishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.18. QQH blanklari qimmatli qogʻozlar blanklari uchun belgilangan barcha talablarni qondirishi shart va qalbakilashtirishga qarshi yetarli himoya darajasiga ega boʻlishi lozim (fyucherslar bundan mustasno). QQH — opsionlar va varrantlarning blanklari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatli qogʻozlar blanklarini ishlab chiqarish litsenziyasiga ega boʻlgan korxonalar tomonidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. QQHning muomalasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Opsionlarnig (shu jumladan varrantlarning) muomalasi birja ham birjadan tashqari bozorda ham amalga oshiriladi. Fyucherslar bilan operatsiyalar faqatgina birja bozorida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Qimmatli qogʻozlarning tashkillashtirilgan savdolarida QQHga doir bitimlarni tuzish va roʻyxatdan oʻtkazish ularni yozma ravishda (qogʻozda) rasmiylashtirish zaruratisiz elektron shaklda amalga oshiriladi. QQHga doir boshqa bitimlar yozma shaklda tuziladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Hujjatsiz shakldagi QQH boʻyicha talab qilish huquqini boshqaga oʻtkazish QQH saqlovchisining topshirigʻi asosida depo hisobvaragʻiga tegishli yozuvlarni kiritish orqali rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Blankali nomi yozilgan QQH boʻyicha talab qilish huquqini boshqalarga keyingi (birinchi bitimdan soʻng) oʻtkazilishi ushbu QQH blankalarining orqa tarafida yoxud raqamlangan va tikilgan qoʻshimcha varaqlar –– allonjlarda rasmiylashtiriladi. Bunda oʻz huquqini boshqaga berayotgan shaxs (sedent) va boshqaning huquqini oʻziga olayotgan shaxs (sessionar) oʻrtasida ikki tomonlama kelishuv (sessiya) tuzilishgan boʻlishi kerak. Sessiya vakolatli shaxslar tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi (yuridik shaxslar uchun). Sessiyani rasmiylashtirish namunasi 4-ilovada* keltirilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6. QQHning sotuvchisi QQHning saqlovchi tomonidan QQHda koʻrsatilgan muddatda sotib olish QQH taqdim etilganda QQHda koʻrsatilgan bazis aktivini sotish toʻgʻrisida, yoxud sotish QQH taqdim etilganda QQHda koʻrsatilgan bazis aktivini sotib olish toʻgʻrisida QQHning saqlovchisi bilan shartnoma tuzishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.7.QQHning saqlovchisi oʻzining huquqidan QQHda koʻrsatilgan muddatdan keyin foydalangan (QQHni emitentga taqdim etgan) boʻlsa, QQHning emitenti bunday huquqni QQHning saqlovchisi tomonidan realizatsiya qilinishini rad etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.8. QQHda belgilangan shartlardan boshqa shartlarda bazis aktivining oldi-sotdi shartnomasini tuzish QQHda belgilangan majburiyatlar bajarilishi deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.9. Quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haqini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan QQHning oldi-sotdisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimni (sessiyani) rasmiylashtirish vaqtida sotuvchining mulki boʻlmagan QQHni sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QQHni uni amal qilish muddati tugaydigan kunda sotish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Hisobot va javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. QQHning emitenti va emitent bilan tuzilgan kelishilgan holda QQHni birinchi egalariga sotadigan qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari har bir xaridorga, ushbu qimmatli qogʻozlarni sotib olgunga qadar, ularni chiqarish va muomalada boʻlish shartlari bilan tanishish imkoniyatini yaratib berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Markaz qimmatli qogʻozlar muomalasi toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlari va ushbu Tartib talablari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida roʻyxatdan oʻtgan QQH emissiyasi jarayoni ustidan joriy nazoratni olib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3 Qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisi pul mablagʻlarini depozit qilish toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumot taqdim etilganligi uchun javobgarlik boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.4. Emitent va QQHning saqlovchisi Markazga belgilangan muddatda QQH chiqarilishi (muomalada boʻlishi) holati toʻgʻrisidagi soʻralgan maʼlumotlarni taqdim etishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.5. Mazkur Tartib talablarini bajarmagan, toʻliq yoki oʻz vaqtida bajarmagan, shuningdek amaldagi qonun hujjatlarini buzgan holatida emitent va QQHning saqlovchisi belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.6. Adliya vazirligi tomonidan 24.10.1994-yilda 110-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Davlat mulki ulushi sotilishiga Davlat mulki qoʻmitasi opsioni, shuningdek hamkorlarga erkin sotish va tasarruf etish uchun nazarda tutilgan ulush haqida”gi nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.