Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKNEFTGAZ” MILLIY XOLDING KOMPANIYASI FAOLIYATINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2006 YIL 21 AVGUSTDAGI PQ-446-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-avgustdagi PQ-446-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 3-noyabr,
228-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 15-dekabrdagi 523-son qarorida:
a) 9-bandda “Oʻzgeoburgʻuneftgazqazibchiqarish” soʻzi “Oʻzgeoburgʻuneftgaz”, “Oʻzneftgazqazibchiqarish”, “Oʻzneftgazqurilishinvest” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
b) 10-bandning birinchi va ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruvining raisi maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining bosh boshqarmasi boshligʻi — raisning birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bosh boshqarmalari boshliqlari — raisning oʻrinbosarlari — vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bosh boshqarmasi boshligʻi — boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosariga vazirlarga belgilangan, bosh boshqarmalar boshliqlari — boshqaruv raisining oʻrinbosarlariga — vazirning birinchi oʻrinbosarlariga belgilangan moddiy va maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlari saqlab qolinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
v) 11-ilovaning “Aksiyadorlik jamiyatlarining shuʼba korxonalari” boʻlimi 4-bandi quyidagi mazmundagi 4—6-bandlar bilan almashtirilsin:
“4. “Oʻzgeoburgʻuneftgaz” aksiyadorlik kompaniyasi
5. “Oʻzneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasi
6. “Oʻzneftgazqurilishinvest” aksiyadorlik kompaniyasi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlari bilan taʼminlash tizimini va ularni sotishda hisob-kitob qilish mexanizmini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 19-maydagi 225-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 5-son, 38-modda):
a) 3-bandning ikkinchi xatboshida “Neft mahsulotlari mintaqaviy boshqarmasi” soʻzlari “Neft bazalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 21-oktabrdagi 460-son qarorida:
a) 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 3-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi ixtiyoriga berilayotgan 5-ilovaga muvofiq korxonalar va tashkilotlar roʻyxati”;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) 4-bandning ikkinchi xatboshida “Oʻzgeoburgʻuneftgazqazibchiqarish” soʻzi “Oʻzgeoburgʻuneftgaz”, “Oʻzneftgazqazibchiqarish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 444-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)