Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKNEFTGAZ” MILLIY XOLDING KOMPANIYASI FAOLIYATINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2006 YIL 21 AVGUSTDAGI PQ-446-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-avgustdagi PQ-446-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 3-noyabr,
228-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 15-dekabrdagi 523-son qarorida:
a) 9-bandda “Oʻzgeoburgʻuneftgazqazibchiqarish” soʻzi “Oʻzgeoburgʻuneftgaz”, “Oʻzneftgazqazibchiqarish”, “Oʻzneftgazqurilishinvest” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
b) 10-bandning birinchi va ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruvining raisi maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining bosh boshqarmasi boshligʻi — raisning birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bosh boshqarmalari boshliqlari — raisning oʻrinbosarlari — vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bosh boshqarmasi boshligʻi — boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosariga vazirlarga belgilangan, bosh boshqarmalar boshliqlari — boshqaruv raisining oʻrinbosarlariga — vazirning birinchi oʻrinbosarlariga belgilangan moddiy va maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlari saqlab qolinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
v) 11-ilovaning “Aksiyadorlik jamiyatlarining shuʼba korxonalari” boʻlimi 4-bandi quyidagi mazmundagi 4—6-bandlar bilan almashtirilsin:
“4. “Oʻzgeoburgʻuneftgaz” aksiyadorlik kompaniyasi
5. “Oʻzneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasi
6. “Oʻzneftgazqurilishinvest” aksiyadorlik kompaniyasi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlari bilan taʼminlash tizimini va ularni sotishda hisob-kitob qilish mexanizmini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 19-maydagi 225-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 5-son, 38-modda):
a) 3-bandning ikkinchi xatboshida “Neft mahsulotlari mintaqaviy boshqarmasi” soʻzlari “Neft bazalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
1) “Qoraqalpogʻiston Respublikasi” boʻlimining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Ellikqalʼa neft bazasi
Toʻrtkoʻl filiali
Qoratov filiali”;
2) “Jizzax viloyati” boʻlimining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Zarbdor filiali”;
3) “Qashqadaryo viloyati” boʻlimida:
band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ayritom filiali”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
2-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Kitob filiali”;
4) “Navoiy viloyati” boʻlimida:
1-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Zarafshon filiali”
“Uchquduq filiali”;
2-band chiqarib tashlansin;
5) “Namangan viloyati” boʻlimining 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Pop filiali”;
6) “Samarqand viloyati” boʻlimida:
band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Jomboy filiali”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Zirabuloq filiali”;
7) “Surxondaryo viloyati” boʻlimining 2-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oltinsoy filiali”;
8) “Sirdaryo viloyati” boʻlimining 1-bandi ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
9) “Toshkent viloyati” boʻlimining 2-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qibray filiali”;
10) “Fargʻona viloyati” boʻlimining 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oltiariq filiali”;
11) “Xorazm viloyati” boʻlimida:
band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Hazorasp filiali”;
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
2-band chiqarib tashlansin;
12) “Hammasi: 25 neft bazasi, 38 filial” soʻzlari “Hammasi: 23 neft bazasi, 43 filial va 6 kompleks avtoservis punkti (neft bazalarining filiallari)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
v) 3-ilovaning nomlanishida “Neft mahsulotlari mintaqaviy boshqarmasi” soʻzlari “Neft bazalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 21-oktabrdagi 460-son qarorida:
a) 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 3-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi ixtiyoriga berilayotgan 5-ilovaga muvofiq korxonalar va tashkilotlar roʻyxati”;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) 4-bandning ikkinchi xatboshida “Oʻzgeoburgʻuneftgazqazibchiqarish” soʻzi “Oʻzgeoburgʻuneftgaz”, “Oʻzneftgazqazibchiqarish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 444-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)