Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MEHNATGA HAQ TOʻLAShNING YAGONA TARIF SETKASINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-iyuldagi 206-sonli “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2006-yilning 1-noyabridan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2006-yil 12-oktabrdagi PF-3808-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda ish haqining ragʻbatlantiruvchi ahamiyatini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Boshlangʻich razryadning oyiga 15525 soʻm miqdorida belgilangan eng kam oylik ish haqi tarif stavkasi Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin va yangi tarif koeffitsiyentlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-avgustdagi 166-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 322-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 20-iyundagi 120-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu qaror 2006-yil 1-noyabrdan boshlab kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 26-oktabr,
218-son
Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi
| Mehnatga haq toʻlash razryadlari | Tarif koeffitsiyentlari |
| 0 | 1,000 |
| 1 | 2,377 |
| 2 | 2,616 |
| 3 | 2,878 |
| 4 | 3,165 |
| 5 | 3,467 |
| 6 | 3,783 |
| 7 | 4,112 |
| 8 | 4,454 |
| 9 | 4,797 |
| 10 | 5,147 |
| 11 | 5,503 |
| 12 | 5,870 |
| 13 | 6,242 |
| 14 | 6,617 |
| 15 | 7,000 |
| 16 | 7,388 |
| 17 | 7,781 |
| 18 | 8,180 |
| 19 | 8,585 |
| 20 | 8,995 |
| 21 | 9,411 |
| 22 | 9,830 |
Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasi
| Mehnatga haq toʻlash razryadlari | Tarif koeffitsiyentlari |
| 1 | 3,022 |
| 2 | 3,325 |
| 3 | 3,656 |
| 4 | 4,023 |
| 5 | 4,424 |
| 6 | 4,867 |
| 7 | 5,354 |
| 8 | 5,943 |
| 9 | 6,597 |
| 10 | 7,323 |
| 11 | 8,054 |
| |
” |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 428-modda; 2007-y., 31-32-son, 322-modda, 46-47-son, 470-modda; 2008-y., 14-15-son, 104-modda)