Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“MUSTAQILLIK” ORDENINI TAʼSIS ETISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Mustaqillik” ordeni taʼsis etish toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Mustaqillik” ordeni hamda orden bilan mukofotlanganligiga oid tegishli hujjat tayyorlanishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1994-yil 5-may,
1041-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 116-modda)