Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“OʻZBEKISTON QAHRAMONI” UNVONINI BELGILASh VA OLIY NIShON — “OLTIN YuLDUZ” MEDALINI TAʼSIS ETISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Qahramoni” unvonini belgilash va oliy nishon — “Oltin yulduz” medalini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Oltin Yulduz” medali hamda “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni berilganligiga oid tegishli hujjat tayyorlanishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1994-yil 5-may,
1039-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 114-modda)