Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON “OʻZKOMMUNXIZMAT” AGENTLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH VA KOMMUNAL XOʻJALIK KORXONALARINI MOLIYAVIY SOGʻLOMLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2006-YIL 17-AVGUSTDAGI PQ-445-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi faoliyatini takomillashtirish va kommunal xoʻjalik korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 17-avgustdagi PQ-445-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 9-oktabr,
213-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 21-sentabrdagi 439-son qarorining 1 va 2-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 57-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Belgilab qoʻyilsinki, isteʼmolchilarning barcha toifalariga gaz sotish “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bilan topshiriq shartnomasiga koʻra “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
“Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari gaz sarfini hisobga olish priborlariga ega boʻlmagan ulgurji isteʼmolchilar bilan tabiiy gaz yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzmasinlar.
2. Belgilansinki, olingan tabiiy gaz uchun “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari bilan hisob-kitoblar:
ulgurji isteʼmolchilar tomonidan ulgurji isteʼmolchilar uchun belgilangan amaldagi tarif boʻyicha;
chakana isteʼmolchilar (aholi) tomonidan amaldagi chakana tarif boʻyicha amalga oshiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmat koʻrsatish tizimi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 21-dekabrdagi 493-son qarorida:
a) 6-bandda:
birinchi—uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshi tegishli ravishda birinchi va ikkinchi xatboshi hisoblansin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Agentlik tarkibiga kiruvchi davlat korxonalari va tashkilotlari rahbarlari Agentlik Bosh direktori tomonidan, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tayinlanadilar”;
b) 7-banddagi “Mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish bosh direksiyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 20-martdagi 90-son qarorining 2 va 6-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 3-son, 16-modda) hamda unga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “2002—2004-yillarda uy-joy fondini gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 28-martdagi 99-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 3-son, 18-modda):
a) 2-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzkommunxizmat” agentligining” soʻzlari “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalari” soʻzlari “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Gazni hisobga olish priborlarini sotib olish, ularni kvartiralarda va yakka tartibdagi uylarda oʻrnatish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
2-bandning uchinchi xatboshidagi “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalari” soʻzlari “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13 va 14-bandlardagi “Oʻzkommunxizmat” agentligi” soʻzlari “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi”;
toʻrtinchi—yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
ikkinchi—uchinchi xatboshi tegishli ravishda ikkinchi—beshinchi xatboshi hisoblansin;
ikkinchi xatboshidagi “hududiy gaz taʼminoti korxonalari” soʻzlari “hududlararo unitar korxonalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalari” soʻzlari “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-banddagi “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalari” va “hududiy gaz taʼminoti korxonalari” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari” va “hududlararo unitar korxonalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
20-bandning beshinchi xatboshidagi “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalari” soʻzlari “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-banddagi “Oʻzkommunxizmat” agentligi” soʻzlari “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzkommunxizmat” agentligi” soʻzlari “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-banddagi “Oʻzkommunxizmat” agentligi” soʻzlari “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-banddagi “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalari” soʻzlari “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
25-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzkommunxizmat” agentligi” soʻzlari “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
30-banddagi “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonasiga” soʻzlari “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
33-banddagi “hududiy gaz taʼminoti korxonalari” soʻzlari “hududlararo unitar korxonalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
35-banddagi “Oʻzkommunxizmat” agentligi” soʻzlari “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
38-banddagi “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalari” soʻzlari “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
41-banddagi “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalari” soʻzlari “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
42-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalari” soʻzlari “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Gazni hisobga olishi priborlarini mablagʻ bilan taʼminlash, sotib olish, oʻrnatish va ulardan foydalanish Sxemasida:
“Oʻzkommunxizmat” agentligi” soʻzlaridan keyin “va “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi (mablagʻlarni qaytarish doir)” soʻzlari qoʻshilsin;
“Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalari” soʻzlari “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Gazni hisobga olish priborlarini mablagʻ bilan taʼminlash, sotib olish, oʻrnatish va ulardan foydalanish sxemasiga izohlarda:
8-banddagi “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalari” soʻzlari “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14 va 15-bandlardagi “Oʻzkommunxizmat” agentligi” soʻzlari “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlari bilan taʼminlash tizimini va ularni sotishda hisob-kitob qilish mexanizmini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 19-maydagi 225-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 5-son, 38-modda) 8-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “va “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 17-sentabrdagi 405-son qarorida:
a) 6-bandning uchinchi xatboshidagi “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalariga” soʻzlari “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzkommunxizmat” agentligi” soʻzlari “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Respublika gaz taʼminotini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 94-modda):
Keyingi tahrirga qarang.
v) 1a va 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
g) 5-ilovada:
3-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-apreldagi 120-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 194-modda)
9. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda):
a) 3-banddagi “Oʻzkommunxizmat” agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 3-ilovada:
23-banddagi “Oʻzkommunxizmat” agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
24-banddagi “Oʻzkommunxizmat” agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 5-martdagi 110-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 23-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 64-modda):
Keyingi tahrirga qarang.
a) 3-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzkommunxizmat” agentligiga, hududiy gaz taʼminoti korxonalariga va ularning shahar va tuman filiallariga” soʻzlari “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalariga va ularning tuman (shahar) filiallariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) 5 va 6-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va baʼzilariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son qaroriga 2-ilovaning 10-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 92-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 18-maydagi 127-son qaroriga 1-ilova 8-bandi “g” kichik bandining uchinchi—beshinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 26-modda) chiqarib tashlansin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 28-iyundagi 124-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy balanslarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilova 9-bandining ikkinchi xatboshidagi “Oʻzkommunxizmat” agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 414-modda; 2012-y., 17-son, 194-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)