Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“BUXGALTERIYA HISOBI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumatning qarorlarini “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari va idoralari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlarini va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “Buxgalterlik hisobi va hisobdorlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi haqida”gi 1993-yil 20-apreldagi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 4, 191-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 30-avgust,
280-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 143-modda)