Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“TAʼLIM TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 342-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. 22-moddaning:
ikkinchi xatboshisidagi “taʼlim muassasalariga metodik yordam qoʻrsatadi” degan soʻzlar “taʼlim muassasalariga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradilar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
2. 23-moddaning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat tasarrufida boʻlmagan respublika ahamiyatiga molik taʼlim muassasalarining rahbarlari muassislar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib tayinlanadi”.
3. 25-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25-modda. Taʼlimni boshqarish davlat idoralari bilan davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalarining oʻzaro munosabatlari
Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq bunday faoliyat bilan shugʻullanish uchun ruxsat (litsenziya) olganlaridan keyingina taʼlim berish faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻladilar.
Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim toʻgʻrisidagi qonunlari buzilgan hollarda davlat taʼlim boshqaruv organlari nizo sud tartibida hal etilgunga qadar bu muassasalar faoliyatini toʻxtatib turishga va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq ularning rahbarlarini egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida taklif kiritishga haqlidir.
Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalariga qabul davlat oʻquv yurtlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda oʻtkaziladi”.
4. 38-moddaning oltinchi xatboshisidagi “ayrim fuqarolar” va yettinchi xatboshisidagi “fuqarolari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5. 39-moddaning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab yuridik shaxs huquqini qoʻlga kiritadi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
884-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi 1993-y., 6-son, 268-modda)