1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Sugʻurta]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SUGʻURTA TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 5-apreldagi 359-II-sonli “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun sugʻurtani rivojlantirishning, sugʻurta bozorini shakllantirishning huquqiy asoslarini, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda sugʻurtaning mavqei va oʻrnini belgilab beradi, fuqarolar va yuridik shaxslarning sugʻurta xizmatlariga boʻlgan talablari toʻliqroq qondirilishini kafolatlaydi, sugʻurta munosabatlari barcha ishtirokchilarining manfaatlari himoya qilinishi va majburiyatlariga rioya etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonun bilan tartibga solib turiladigan munosabatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Sugʻurta toʻgʻrisida”gi Qonun sugʻurta tashkilotlari bilan fuqarolar, yuridik shaxslar, chet el fuqarolari va yuridik shaxslari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻrtasidagi, sugʻurta tashkilotlari oʻrtasidagi oʻzaro sugʻurtaga doir munosabatlarni tartibga soladi, shuningdek sugʻurta faoliyati davlat tomonidan tartibga solinishining asosiy qoidalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlarning sugʻurtaga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablari ushbu Qonunda, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qarab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qonun davlat ijtimoiy sugʻurtasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasida sugʻurta faoliyati ushbu Qonun hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunlari bilan tartibga solib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Sugʻurta tushunchasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta – inson faoliyatining turli sohalarida sodir boʻladigan tabiiy ofatlar, favqulodda hodisa va boshqa voqealar natijasida yetkazilgan zarar hamda talafotlarni jismoniy va yuridik shaxslar toʻlagan sugʻurta badallari (sugʻurta puli)dan hosil qilinadigan pul fondlari hisobidan toʻliq yoki qisman qoplash yoʻli bilan jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlari sugʻurtalanishini taʼminlashga doir munosabatlar dyemakdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Sugʻurta obyektlari va shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi, mehnat qobiliyati, fuqarolar va yuridik shaxslarning mol-mulki, moddiy boyliklari, javobgarlik majburiyatlari, mulkiy hamda mulkka oid boʻlmagan huquqlari yoki manfaatlari sugʻurta obyektlari hisoblanadi. Sugʻurta ixtiyoriy va majburiy shakllarda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Majburiy sugʻurta
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasida qonunlarga muvofiq majburiy sugʻurta amalga oshiriladi. Majburiy sugʻurta turlari, shartlari va uni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.03 Ixtiyoriy sugʻurta]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Ixtiyoriy sugʻurta
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlarning xohish-irodasiga koʻra amalga oshiriladigan sugʻurta ixtiyoriy sugʻurta hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ixtiyoriy sugʻurtaning shartlari tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sugʻurtalanuvchi va sugʻurtalovchining huquqlari hamda burchlari, shuningdek, har bir sugʻurta turining aniq shartlari tegishli sugʻurta shartnomalari bilan belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Sugʻurta munosabatlarining subyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurtalanuvchilar va sugʻurtalovchilar sugʻurta munosabatlarining subyektlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan boʻlib, sugʻurta toʻlovlarini toʻlayotgan va sugʻurtalovchilar bilan muayyan sugʻurta munosabatlariga kirishayotgan, fuqarolik salohiyatiga toʻliq ega boʻlgan jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslar sugʻurtalanuvchilar (sugʻurta qildirilganlik haqidagi hujjat egalari) deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el yuridik shaxslari Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari bilan teng ravishda sugʻurtalanish huquqidan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi yuridik shaxslari va fuqarolarining mulkiy va mulkka oid boʻlmagan manfaatlari ushbu Qonunning qoidalariga muvofiq sugʻurta qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan hamda sugʻurtalash oʻzi uchun asosiy faoliyat turi hisoblangan yuridik shaxslar sugʻurtalovchilar deb eʼtirof etiladi. Sugʻurta tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Sugʻurta vakillari va sugʻurta brokerlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurtalovchilar sugʻurta faoliyatini sugʻurta vakillari va sugʻurta brokerlari orqali amalga oshirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sugʻurta vakillari oʻzlariga berilgan vakolatlarga muvofiq sugʻurtalovchi nomidan va uning topshirigʻi asosida ish koʻradigan jismoniy yoki yuridik shaxslardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sugʻurta brokerlari belgilangan tartibda tadbirkor sifatida roʻyxatga olingan, sugʻurtalanuvchi yoki sugʻurtalovchining topshirigʻi asosida sugʻurta boʻyicha oʻz nomidan vositachilik faoliyatini amalga oshirishuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el sugʻurta tashkilotlari nomidan sugʻurta shartnomalarini tuzish bilan bogʻliq vositachilik faoliyatini amalga oshirishga, basharti, Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokidagi davlatlararo bitimlarda oʻzga qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurta tavakkalchiligi – taxmin qilingan voqea boʻlib, ana shu voqea yuz berishidan ehtiyoti shart sugʻurta qilish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sugʻurta shartnomasida yoki qonunda nazarda tutilgan voqeaning yuz berganligi sugʻurta hodisasi hisoblanadi. Bunday hodisa yuz berganda sugʻurtalovchining sugʻurtalanuvchiga, sugʻurta qilingan shaxsga yoki boshqa uchinchi shaxslarga sugʻurta haqi toʻlash majburiyati yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mol-mulkka daxldor sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurta toʻlovi sugʻurta tovoni sifatida, sugʻurtalanuvchining yoki uchinchi shaxsning shaxsiga daxldor sugʻurta hodisasi yuz berganida esa – sugʻurta taʼminoti sifatida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurta puli – sugʻurta shartnomasi yoki qonunda belgilab qoʻyilganiga muvofiq sugʻurta obyekti sugʻurtalangan pul mablagʻlari miqdori boʻlib, sugʻurta hodisasi yuz bergandagi sugʻurtalovchi javobgarligining eng koʻp miqdoridan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sugʻurta tovoni sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurtalanuvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun sugʻurta puli doirasida toʻlanadigan pul mablagʻlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tibbiyot, huquqni muhofaza qilish, sud, meteorologiya, veterinariya muassasalari, kommunal muassasalar sugʻurta tashkilotlarining soʻrovlariga koʻra sugʻurta puli yoki sugʻurta tovoni toʻlash masalalarini hal etish uchun ularga kerakli hujjatlar va xulosalarni taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sugʻurta tashkilotlari toʻlaydigan sugʻurta tovoniga soliq solinmaydi. Lekin sugʻurtalanuvchilarga korxona va tashkilotlar mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan pullar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sugʻurta taʼminoti sugʻurtalanuvchiga yoki uchinchi shaxsga boshqa sugʻurta shartnomalari boʻyicha, shuningdek ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot boʻyicha va zararni qoplash tartibiga koʻra ularga tegishli boʻlgan puldan qatʼi nazar toʻlanadi. Bunda sugʻurtalanuvchi vafot etgan taqdirda shaxsiy sugʻurta boʻyicha naf koʻruvchiga tegishli boʻlgan sugʻurta taʼminoti meros qolgan mol-mulk tarkibiga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Sugʻurta toʻlovlari va tariflari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurta toʻlovlari (sugʻurta mukofotlari) sugʻurtalanuvchi sugʻurtalovchiga toʻlaydigan badallar boʻlib, ularni hisoblash tartibi va ularning miqdori sugʻurta shartnomasida yoki qonun bilan belgilab qoʻyiladi. Badallar soʻmda ham, chet el valyutasida ham toʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta shartnomasi amal qilgan davrda toʻlangan sugʻurta toʻlovi (sugʻurta mukofotlari)ga jarima solinishi mumkin emas, qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sugʻurta tariflari sugʻurtaga doir toʻlovlar stavkalari boʻlib, ular sugʻurta tashkilotini sugʻurta puli (sugʻurta tovoni) toʻlash, zaxira fondi va boshqa fondlar hosil qilish uchun moliyaviy mablagʻ bilan taʼminlaydigan miqdorlarda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Majburiy sugʻurta turlariga doir sugʻurta tariflari majburiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ixtiyoriy sugʻurta turlariga doir sugʻurta tariflarining miqdori tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Qayta sugʻurta qilish, birgalikda sugʻurta qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalanuvchi) sugʻurtalanuvchi oldidagi oʻz majburiyatlari butunlay yoki qisman shartnomada belgilangan tavakkal shartlari asosida bajarilishini boshqa sugʻurtalovchi (qayta sugʻurta qiluvchi) orqali sugʻurta qilishi – qayta sugʻurta qilish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta tashkiloti sugʻurtalanuvchining roziligi bilan asosiy shartnomani oʻzgartirmasdan turib, sugʻurta shartnomalari boʻyicha oʻzining javobgarligini toʻlov qobiliyatiga ega boʻlgan boshqa sugʻurta tashkilotlarida yoki qayta sugʻurta qilish bilan maxsus shugʻullanadigan tashkilotlarda qayta sugʻurta qildirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta voqeasi (sugʻurta hodisasi) yuz bergan taqdirda sugʻurta tashkiloti — qayta sugʻurta qiluvchi asosiy sugʻurtalovchi oldida shartnomaga koʻra oʻz zimmasiga olgan majburiyatlar doirasida javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Birgalikda sugʻurta qilishda ikki yoki bundan ortiq sugʻurta tashkiloti bitta sugʻurta tashkiloti shartnomasi tuzadi. Bunda shartnomada har bir sugʻurtalovchining huquq va majburiyatlarini belgilovchi shartlar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. SUFURTA ShARTNOMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Sugʻurta shartnomasi tushunchasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurta shartnomasi yozma ravishdagi bitim boʻlib, unga koʻra sugʻurta tashkiloti koʻzda tutilgan sugʻurta hodisasi (voqeasi) yuz berganda sugʻurtalanuvchiga yoki sugʻurta pulini olishga haqli boʻlgan boshqa kishiga yetkazilgan zararni qoplash yoxud sugʻurta puli toʻlash majburiyatini, sugʻurtalanuvchi esa belgilangan muddatda sugʻurta toʻlovlarini (sugʻurta mukofotini) toʻlash majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sugʻurta shartnomasida sugʻurtalanuvchi va uning huquqiy vorisi, sugʻurtalovchi, sugʻurta puli hamda sugʻurta badalining miqdorlari, shartnomaning amal qilish muddati koʻrsatiladi, sugʻurta hodisasining tavsifi beriladi va boshqa shartlar qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Sugʻurta shartnomasi tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurta shartnomasi tuzish uchun sugʻurtalanuvchi sugʻurtalovchiga belgilangan shaklda yozma ariza taqdim etadi yoki sugʻurta shartnomasi tuzish niyatida ekanligi haqida mumkin boʻlgan boshqa usulda maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sugʻurta shartnomasi, agar qonunlarda oʻzgacha holat nazarda tutilmagan boʻlsa, tomonlar shartnomada belgilangan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sugʻurta shartnomasi tuzilganligi sugʻurtalovchi sugʻurtalanuvchiga beradigan sugʻurta qoidalari ilova qilingan sugʻurta shahodatnomasi (polisi, sertifikati) bilan tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Tomonlarning huquqlari va burchlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurta shartnomasi amal qilayotgan davrda sugʻurtalanuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sugʻurta toʻlovlarini belgilangan tartibda toʻlab borishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sugʻurta obyektining but boʻlishi uchun qoʻlidan kelgan choralarni koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sugʻurtalangan mol-mulkda yuz bergan jiddiy oʻzgarishlar, xususan uning shikastlanish yoki yoʻq boʻlish xavfini oshiruvchi, tabiiy ofat xavfidan tashqari, har qanday oʻzgarish haqida sugʻurtalovchiga xabar berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sugʻurta shartnomasi amal qilayotgan davrda sugʻurtalanuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar sugʻurtaning muayyan turi shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa, shartnomaning amal qilish muddatiga, sugʻurta puli miqdoriga oʻzgartirish kiritilganligini maʼlum qilib qoʻyishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar shartnoma shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa, tovon pulini olib sugʻurta shartnomasini muddatidan avval bekor qilishga (tovon pulining miqdori sugʻurtaning ushbu turi shartlari bilan belgilanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻzi vafot etgan taqdirda sugʻurta pulini oladigan istalgan kishini tayinlab qoʻyishga haqlidir. Ushbu shaxs olgan sugʻurta puli meros qolgan mulk tarkibiga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonun yoki sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurtalovchi shartnomada qayd etilgan shaxsga sugʻurta shartnomasida belgilangan muddatda sugʻurta pulini (sugʻurta tovonini) toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sugʻurtalovchi sugʻurtalovchiga sugʻurtalangan mol-mulkini saqlab qolish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarini butunlay yoki qisman toʻlashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar sugʻurta shartnomasiga koʻra tomonlar qoʻllayotgan huquqlar uchinchi tomon manfaatlariga daxl etsa, tomonlarning barcha xatti-harakatlari manfaatdor uchinchi tomon bilan kelishilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Sugʻurta tovoni toʻlashni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Basharti sugʻurta hodisasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sugʻurtalanuvchining yoki nomiga sugʻurta shartnomasi tuzilgan shaxsning sugʻurta hodisasini keltirib chiqarish uchun ataylab qilgan xatti-harakatlari natijasida (oʻzining fuqarolik burchini bajarish yoki sugʻurtalanuvchi yoxud uchinchi shaxslarning hayoti, sogʻligʻi, shaʼni va obroʻsini himoya qilish bilan bogʻliq xatti-harakatlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sugʻurta tashkilotiga sugʻurta obyekti haqida atayin soxta maʼlumotlar xabar qilinishi oqibatida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollar tufayli yuz bergan boʻlsa, sugʻurta tashkiloti sugʻurtalanuvchiga sugʻurta pulini (sugʻurta tovonini) toʻliq yoki qisman toʻlashni rad etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurtalanuvchi vafot etgan, qonunda belgilangan tartibda salohiyatsiz yoki salohiyati cheklangan deb topilgan, sugʻurta shartnomasi amal qilayotgan davrda sugʻurtalanuvchi yuridik shaxs huquqlarini yoʻqotgan hollarda sugʻurtalanuvchining huquq va majburiyatlari uning merosxoʻrlari vosiylari yoxud huquqiy vorislariga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sugʻurta qilingan mol-mulk sotilgan, almashtirilganda, sovgʻa qilinganda, ijaraga berilganda sugʻurtalanuvchining huquq va burchlari ana shu mol-mulkni olgan shaxsga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Sugʻurta shartnomasini toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurta shartnomasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) amal qilish muddati tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sugʻurtalovchi shartnoma boʻyicha sugʻurtalanuvchi oldidagi majburiyatlarini bajarib boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sugʻurtalanuvchi sugʻurta badallarini shartnomada belgilangan muddatlarda toʻlamaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yuridik shaxs hisoblangan sugʻurtalanuvchi tugatilganda yoki jismoniy shaxs hisoblangan sugʻurtalanuvchi vafot etganda, ushbu Qonunning 11-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) sugʻurtalovchi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) sud sugʻurta shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqida qaror qabul qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Basharti, sugʻurta shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa, sugʻurtalanuvchi yoki sugʻurtalovchining talabi bilan, shuningdek tomonlarning kelishuviga binoan sugʻurta shartnomasi muddatidan ilgari toʻxtatilishi mumkin, shartnomaning toʻxtatilishi uchinchi tomon manfaatlariga daxl etadigan hollar bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Basharti, shartnomada oʻzga qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurta shartnomasini muddatidan ilgari toʻxtatish niyatini tomonlar bir-biriga sugʻurta shartnomasini toʻxtatish moʻljallanayotgan paytdan kamida oʻttiz kun oldin xabar qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta shartnomasi sugʻurtalanuvchining talabi bilan muddatidan ilgari toʻxtatilgan taqdirda sugʻurtalovchi toʻlangan sugʻurta badallarining shartnoma tugamagan muddatiga tegishli qismini ketgan sarf-xarajatlarni chegirib tashlagan holda sugʻurtalanuvchiga qaytarib beradi. Basharti, sugʻurtalanuvchining bunday talabiga sugʻurtalovchining sugʻurta qoidalarini buzishi sabab boʻlgan boʻlsa, sugʻurtalovchi sugʻurtalanuvchiga u toʻlagan sugʻurta badallarini toʻliq qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta shartnomasi sugʻurtalovchining talabi bilan muddatidan ilgari toʻxtatilgan taqdirda, sugʻurtalovchi sugʻurtalanuvchiga u toʻlagan sugʻurta badallarini toʻliq qaytaradi. Basharti sugʻurtalovchining bunday talabiga sugʻurtalanuvchining sugʻurta qoidalarini bajarmaganligi sabab boʻlsa, sugʻurtalovchi toʻlangan sugʻurta badallarining shartnoma tugamagan muddatiga tegishli qismini ketgan sarf-xarajatlarni chegirib tashlagan holda sugʻurtalanuvchiga qaytarib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Sugʻurta shartnomasining haqiqiy emasligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Basharti sugʻurta shartnomasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) fuqarolik salohiyatiga ega boʻlmagan yoki salohiyati cheklangan shaxslar bilan, shuningdek yuridik shaxs huquqlariga ega boʻlmagan tashkilotlar bilan tuzilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) salohiyatli, lekin shartnoma tuzish paytida oʻz xatti-harakatining mohiyatini tushuna olmaydigan holatdagi shaxs bilan tuzilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan, roʻyxatga olingan, xatlangan yoki sud hukmi bilan musodara qilinishi zarur boʻlgan mulkka nisbatan tuzilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sugʻurtalanuvchi shartnoma tuzish chogʻida atayin noqonuniy yoʻl bilan foyda koʻrishni koʻzlagan hollarda, shuningdek sugʻurta hodisasi yuz berganidan keyin foyda koʻrish maqsadida tuzilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) shartnomaning yozma shakliga amal qilinmasdan tuzilgan boʻlsa, haqiqiy emas deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yuqorida aytib oʻtilgan hollarda sugʻurta shartnomasi sud tartibida haqiqiy emas deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. SUFURTALOVChILARNING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TAʼMINLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Sugʻurtalovchilarning moliyaviy barqarorligini taʼminlash shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchilarda qiymati toʻlangan ustav kapitalining va sugʻurta zaxiralarining mavjud boʻlishi, shuningdek qayta sugʻurta qilish tizimi sugʻurtalovchilar moliyaviy barqarorligining negizi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari va fondlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurtalovchilar zimmalariga olgan sugʻurta majburiyatlarini bajarishni taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilangan tartibda va shartlarda olingan sugʻurta badallaridan boʻlgʻusi toʻlovlar uchun shaxsiy sugʻurta, mulkiy sugʻurta hamda javobgarlik sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta zaxiralarini vujudga keltiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchilar vujudga keltirgan sugʻurta zaxiralari musodara qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sugʻurtalovchilar soliqlar toʻlanganidan keyin qoladigan va oʻz ixtiyorlariga kelib tushadigan daromadlardan oʻz faoliyatlarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan fondlar hosil qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sugʻurta tashkiloti oʻz balansini har yili Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda eʼlon qilib turishi shart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Sugʻurta tashkilotlarining sugʻurta hodisalarining oldini olish yoʻsinidagi tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurta tashkilotlari fuqarolar hayoti va salomatligini muhofaza qilishni taʼminlaydigan shart-sharoit yaratishga yoki sugʻurta hodisalarining oldini olishga qaratilgan ogohlantirish yoʻsinidagi tadbirlarni mablagʻ bilan taʼminlashda qatnashish uchun fondlar tashkil etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ogohlantirish yoʻsinidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ajratiladigan majburiy sugʻurta badallarining miqdori Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiyoriy sugʻurta badallarining ana shu tadbirlarga moʻljallangan qismini sugʻurta tashkilotlarining oʻzi belgilaydi. Ana shu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sugʻurta tashkilotlarining xarajatlariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurtalovchilar toʻlov qobiliyatlarini taʼminlash uchun aktivlar va oʻz zimmalariga olgan sugʻurta majburiyatlari oʻrtasidagi meʼyoriy nisbatlarga rioya etishlari shart. Ushbu nisbatlarni hisob-kitob qilish uslubiyoti va ularning meʼyoriy miqdorlari Davlat sugʻurta nazorati tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻz mablagʻlari va sugʻurta zaxiralari hisobidan toʻlash imkoniyatlaridan ortiqcha hajmlarda majburiyatlar olgan sugʻurtalovchilar tegishli majburiyatlar ijrosi tavakkalini qayta sugʻurta qiluvchilarda sugʻurta qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sugʻurta zaxiralarini joylashtirish sugʻurtalovchilar tomonidan diversifikatsiya, qaytariluvchanlik, foydadorlik va tugatish shartlarida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Sugʻurtalovchilarning birlashmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurtalovchilar oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirib borish, oʻz aʼzolari manfaatlarini himoya qilish va qoʻshma dasturlarni amalga oshirish uchun uyushmalar, assotsiatsiyalar va boshqa birlashmalar tashkil etishlari (basharti, ularni tuzish Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talablariga zid boʻlmasa) mumkin. Bu birlashmalar sugʻurta faoliyati bilan bevosita shugʻullanishga haqli emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sugʻurtalovchilarning birlashmalari ustavlar asosida ishlaydi va Davlat sugʻurta nazoratida davlat roʻyxatidan oʻtganidan keyin yuridik shaxs huquqini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Uchinchi shaxslardan undirish huquqining oʻtishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta tashkiloti sugʻurta tovonini qancha toʻlagan boʻlsa, sugʻurta tovonini olgan sugʻurtalanuvchining yoki oʻzga shaxsning yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsdan talab qilish huquqi shu summa doirasida sugʻurta tashkilotiga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Sugʻurta tashkilotlarining investitsiya va tijorat faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta tashkilotlari oʻz moliyaviy ahvollarini barqaror saqlab turish maqsadida investitsiya berishga yoki sugʻurta zaxiralari va oʻzga mablagʻlardan boshqa yoʻl bilan foydalanishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat faoliyatini qoʻshma va boshqa xil ishlab chiqarish hamda tijorat tuzilmalarini tashkil qilishda qatnashish yoʻli bilan ham amalga oshirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. SUFURTA FAOLIYATI USTIDAN DAVLAT NAZORATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Sugʻurta tashkilotlarining faoliyatini tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurta tashkilotlarining faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sugʻurta munosabatlari barcha ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini taʼminlashga qaratilgandir. Davlat sugʻurta nazorati (“Oʻzdavsugʻurtanazorat”) sugʻurta tashkilotlarining ushbu Qonun talablariga rioya etishlarini taʼminlaydi va ularning faoliyatini nazorat qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzdavsugʻurtanazorat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritadigan sugʻurta tashkilotlarini roʻyxatga oladi va ularga sugʻurta faoliyatining muayyan turlari uchun ruxsatnomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sugʻurta tashkilotlari sugʻurta toʻgʻrisidagi amaldagi qonunlar talablariga rioya etishlarini nazorat qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) hisob-kitobni yuritish, hisobotlar tuzish, rezerv va zaxira fondlar hosil qilishning bir xilda boʻlishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sugʻurta ishi tajribasini umumlashtiradi, sugʻurtaga oid amaldagi qonunlarni tatbiq etish masalalari yuzasidan sugʻurta tashkilotlariga tushuntirishlar beradi, bu qonunlarni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) sugʻurta faoliyatini yaxshilash yuzasidan tavsiyalar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) sugʻurtalovchilarning, sugʻurtalovchilar birlashmalarining yagona davlat roʻyxatini, shuningdek sugʻurta brokerlari roʻyxatini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sugʻurta tashkiloti faoliyati toʻxtatilgan taqdirda Oʻzdavsugʻurtanazorat ana shu tashkilot bilan tuzilgan sugʻurta shartnomalari amal qilishini davom ettirish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzdavsugʻurtanazorat faoliyatining tashkiliy tuzilishini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.01 Umumiy qoidalar. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boruvchi organlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Davlat sugʻurta nazoratining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzdavsugʻurtanazorat oʻziga yuklatilgan vazifalarni ado etishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Qonun asosida oʻziga berilgan huquqlar doirasida sugʻurta tashkilotlari faoliyatini tartibga solib turuvchi uslubiy va meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sugʻurta tashkilotlarining pul mablagʻlari ular qabul qilgan majburiyatlarga muvofiqligini, ularning sugʻurtaga oid amaldagi qonunlar talablarini bajarishlarini tekshirish, xato va kamchiliklar aniqlangan taqdirda farmoyishlar chiqarish, farmoyishlar belgilangan tartibda bajarilmagan taqdirda ruxsatnomalarning amal qilishini toʻxtatib turish yoki cheklab qoʻyish yoxud ruxsatnomalarni qaytarib olish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat sugʻurta nazoratining mansabdor shaxslari sugʻurtalovchining tijorat siri boʻlgan maʼlumotlardan gʻarazli maqsadda foydalanishga va ularni biron bir tarzda oshkor qilishga haqli emaslar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Sugʻurta tashkilotlarini roʻyxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida sugʻurta faoliyati bilan shugʻullanayotgan barcha sugʻurta tashkilotlarining, shu jumladan chet el sugʻurta firmalari, ularning filiallari ishtirokidagi qoʻshma sugʻurta tashkilotlarining faoliyati Davlat sugʻurta nazoratida albatta roʻyxatga olinishi va ularga ruxsatnoma berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtmagan va qayta roʻyxatga olinmagan hamda tegishli ruxsatnoma olmagan sugʻurta tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida sugʻurta faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega emas va ularning ruxsatnomasiz sugʻurta faoliyatidan olgan hamma daromadi budjet foydasiga tortib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Taʼsis hujjatlaridagi har qanday oʻzgarishlar albatta qayd qilinib, roʻyxatga olish reyestriga zarur oʻzgartishlar kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sugʻurta tashkilotlari roʻyxatga oluvchi organga taqdim etgan maʼlumotlarining toʻgʻri boʻlishi uchun javobgardir.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Sugʻurta faoliyatiga ruxsatnoma berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurta faoliyati bilan shugʻullanish uchun ruxsatnomani Davlat sugʻurta nazorati beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tegishli ruxsatnoma olmagan sugʻurta tashkilotlari sugʻurta va qayta sugʻurta qilish faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sugʻurtaning muayyan turini amalga oshirish huquqini beradigan ruxsatnomalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) belgilangan hajmdagi ustav fondi mavjudligi haqida bank yoki oʻzga kredit muassasasi bergan maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) muayyan sugʻurta turining qoidalari yoki shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sugʻurta tarifining hisob-kitobi yoki asos-dalillari asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun sugʻurta tashkilotiga ruxsatnoma berish tartibini Davlat sugʻurta nazorati belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat sugʻurta nazorati barcha zarur hujjatlarni olganidan keyin oʻttiz kun mobaynida ruxsatnoma berishi shart. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda xuddi shu muddat ichida rad etish sabablari sugʻurta tashkilotiga xabar qilinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Sugʻurta bozorida monopolistik faoliyatni va gʻirrom raqobatni barham toptirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta bozorida monopolistik faoliyatni va gʻirrom raqobatning oldini olish, uni cheklash va barham toptirish Oʻzbekiston Respublikasining monopoliyaga qarshi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining monopoliyaga qarshi kurash va narx siyosati boshqarmasi tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Sugʻurta tashkilotining faoliyatini toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurta tashkilotining faoliyatini toʻxtatish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sugʻurta tashkilotini tugatish uchun tugatish komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatish komissiyasi sugʻurta tashkiloti taqdim etgan eʼtirozlarni koʻrib chiqadi, sugʻurta badallarining sugʻurtalanuvchilarga qaytarilishi yoki sugʻurtalovchining majburiyatlari va huquqlari bilan birga boshqa sugʻurta tashkilotlariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan miqdorini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sugʻurta faoliyatini toʻxtatishga doir qaror qabul qilgan tashkilot bu haqda sugʻurtalanuvchilarga xabar qiladi va vaqtli matbuotda eʼlon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Chet el sugʻurta tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el sugʻurta tashkilotlarining faoliyati respublika sugʻurta tashkilotlari bilan birga qoʻshma korxonalar va oʻzga tuzilmalar barpo etish orqali amalga oshiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Nizolarni qarab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma berishning rad etilishi, berilgan ruxsatnomalar amal qilishining toʻxtatib qoʻyilishi va bekor qilinishi bilan bogʻliq nizolar, shuningdek, tomonlarning sugʻurtaga taalluqli munosabatlaridan kelib chiquvchi boshqa hamma nizolar sudlar tomonidan ularning vakolatiga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 6-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
833-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 217-modda; 1994-y., 11-12-son, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 1998-y., 3-son, 38-modda; 2002-y., 4-5-son, 69-modda)