Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
AYRIM QONUN HUJJATLARIGA QOʻShIMChALAR VA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga, xususan:
Oldingi tahrirga qarang.
(I, II, III — boʻlimlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-may 73-I-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi 1995-y., 6-son, 121-modda)
IV. 1963-yil 23-mart Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Grajdanlik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1963-yil, № 9, 30-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
1. 200-moddaning birinchi qismi “depozitiga” degan soʻzlardan keyin “yoki Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan hollarda bankka” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2. 204-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“204-modda. Garov
Garov tufayli kreditor (garovga oluvchi) qarzdor majburiyatlarini bajarmagan taqdirda garovga qoʻyuvchi garovga qoʻygan mol-mulk qiymatidan taʼminlanish huquqiga egadir.
Garov bilan bogʻliq huquqiy munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Garov toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi”;
3. 205—215-moddalar chiqarib tashlansin.
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1963-yil 23-mart Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Grajdanlik-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1963-yil, № 9, 31-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
455-modda quyidagicha mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Undirish garov narsasiga qaratilganda garovga oluvchining talablarini qondirishga boshqa kreditorlarga nisbatan ustunlik beriladi. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan istisnolar bundan mustasno”;
ushbu moddaning ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin.
VI. 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 29-modda) 39-moddasining birinchi qismi uchinchi xatboshisidagi “rayosatlari sud hayʼatlari ishni kassatsiya tartibida qarab chiqib, qabul qilgan qarorlariga” degan soʻzlar “sud xayʼatlari ishni kassatsiya tartibida qarab chiqib, qabul qilgan ajrimlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
VII. 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 10, 401-modda) 17-moddasi 1-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻrta umumiy taʼlim, hunar texnika bilim yurtlari, kunduzgi diniy oʻrta oʻquv yurtlarida tahsil koʻrayotgan chaqiriluvchilarning chaqirish muddati — toʻliq umumiy taʼlim olgunlariga qadar, lekin koʻpi bilan 21 yoshgacha, ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olayotgan studentlarga hamda kunduzgi diniy oliy oʻquv yurtlarida tahsil koʻrayotgan fuqarolarga chaqirish muddati — oʻquv yurtini bitirgunlariga qadar taʼlim olishni davom ettirishlari maqsadida uzaytiriladi”.
VIII. 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 86-modda)ning 9-moddasi quyidagi mazmunda boʻlgan ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
“Diniy tashkilotlarning moliyaviy va mulkiy xayriyalariga soliq solinmaydi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
882-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 266-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda; 1996-y., 11-12-son; 1997-y., 4-5-son; 2002-y., 12-son, 218-modda)