Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNIGA OʻZGARTIShLAR HAMDA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 84-modda; 1992-yil, № 10, 396-modda) quyidagi oʻzgartishlar hamda qoʻshimchalar kiritilsin:
1. 2-modda:
quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
“4. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida koʻzda tutilgan hollarda banklar kreditorga berish uchun qarzdordan depozitga pul va qimmatli qogʻozlar qabul qiladilar.
Pul va qimmatli qogʻozlarni bank depozitiga qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilanadi”.
2. 5-moddaning 3-bandidagi “boshqa respublikalarda va chet ellarda” degan soʻzlar “boshqa davlatlarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3. 18-modda:
3-bandining beshinchi xatboshisi quyidagicha tahrirda bayon etilsin:
“muassislarning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida auditorning yoki auditorlik firmasining xulosasi”;
3-bandining oltinchi xatboshisi “bank” degan soʻzdan keyin “va uning filiallari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
8-bandi quyidagi mazmunda boʻlgan “e” kichik band bilan toʻldirilsin:
“e) litsenziyalar, amaldagi qonunlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining meʼyoriy hujjatlari shartlarini buzsa”;
13-banddagi “Oliy hakamlik sudiga” degan soʻzlar “Oliy xoʻjalik sudiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 19-moddaning 2-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“— ustav fondining eng kam miqdori tijorat banklari uchun 100 million soʻm, kooperativ va xususiy banklar uchun —50 million soʻmga teng boʻlib, muassislar bank ish boshlaguniga qadar uni toʻlashlari kerak. Bundan buyon “100” va “50” koʻrsatkichlari pul qadrsizlanishining indeksini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasida eng kam oylik ish haqining oʻsishiga mos ravishda aniqlashtirib boriladi”.
5. 22-moddaning 3-bandidagi “aksiyali jamiyatlar va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisidagi amaldagi qonunlarda” degan soʻzlar “Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 33-moddaning 2-bandidagi “sudlarga, tergov organlariga, hakamlik organlariga” degan soʻzlar “tergov organlariga, sudlarga, yoki xoʻjalik sudlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 34-moddaning 1-bandida:
“sud qarori, tergov organlari yoki hakamlik organlari qarorlari” degan soʻzlar “tergov organlarining qarorlari, sudlar yoki xoʻjalik sudlarining hal qiluv qarorlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“hakamlik organlari” degan soʻzlar “xoʻjalik sudlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 43-modda:
1-bandi “Banklar” degan soʻzdan keyin “Garov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2—4-bandlari quyidagicha tahrirda bayon etilsin:
“2. Asosiy vositalarga kiruvchi binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa mol-mulk, basharti, mijoz ularga egalik qilish huquqiga ega boʻlsa, garov sifatida qabul qilinishi mumkin.
3. Garov toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan hollarda bank garovga qoʻyilgan mol-mulkni sudga yoki xoʻjalik sudiga murojaat qilmasdan mustaqil ravishda sotishga haqlidir.
4. Bankka garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotishdan tushgan mablagʻdan bank garov bilan taʼminlangan qarzni toʻlash uchun foydalanadi, bunda bank boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning daʼvolariga nisbatan ustunlikka ega boʻladi”.
5-bandi chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
858-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 242-modda)