Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 17-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 26-avgustda maʼqullangan
2006-yil 17-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 26-avgustda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi 154-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalarni nazorat qilish, qimmatbaho qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash”;
2) 17-moddaning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari “kredit uyushmalari” degan soʻzlardan keyin “mikrokredit tashkilotlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) VIII boʻlimning nomi “kredit uyushmalari” degan soʻzlardan keyin “mikrokredit tashkilotlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 50-modda kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“50-modda. Banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalar faoliyatini, shuningdek qimmatbaho qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishni tartibga solish hamda nazorat qilish borasidagi vazifalar
Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalar faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi.
Markaziy bank banklar va kredit uyushmalarini roʻyxatga oladi, shuningdek bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, garovxonalar faoliyatini va qimmatbaho qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalaydi.
Banklar va kredit uyushmalarini roʻyxatga olish, banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalarga litsenziyalar berish haq evaziga, Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qimmatbaho qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishga litsenziyalar berish haq evaziga, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Berilgan litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilinishi kerak.
Markaziy bank Banklarni davlat roʻyxatiga olish daftari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, garovxonalarga hamda qimmatbaho qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishga berilgan litsenziyalar reyestrini yuritadi”;
5) 51-moddaning:
birinchi qismi uchinchi xatboshisi “kredit uyushmalari” degan soʻzlardan keyin “va mikrokredit tashkilotlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshisi “kredit uyushmalari” degan soʻzlardan keyin “mikrokredit tashkilotlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “va kredit uyushmalarining” degan soʻzlar “kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshisi “kredit uyushmalari” degan soʻzlardan keyin “mikrokredit tashkilotlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
oʻninchi xatboshisi “kredit uyushmalari” degan soʻzlardan keyin “va mikrokredit tashkilotlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 53-moddaning toʻrtinchi qismi “Kredit uyushmalari” degan soʻzlardan keyin “mikrokredit tashkilotlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 20-sentabr,
OʻRQ-54-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 373-modda)