Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini tartibga solish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida” 2000-yil 25-maydagi 71–II-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab etiladigan faoliyat turlari roʻyxati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun kiritilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi Vazirlar Mahkamasining etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi etib qayta tashkil qilinsin hamda uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 7-sentabr,
190-son
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qaroriga
1-ILOVA
2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qaroriga
1-ILOVA
Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilarni:
a) tamaki xomashyosini sanoat asosida fermentlash;
b) tamaki mahsulotlari (barcha klassdagi sigaretlar, papiroslar, sigaralar va sigarillalar)ni sanoat asosida ishlab chiqarish faoliyati litsenziyalanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan faoliyat turlari boʻyicha alohida-alohida beriladi.
5. Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Litsenziya berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya faoliyati Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
Hujjatlarni qabul qilish, ular yuzasidan ekspert xulosasi va Komissiya qarorlari loyihalarini tayyorlash, litsenziyalarni rasmiylashtirish, qayta rasmiylashtirish va berish, litsenziyalar reyestrini yuritish, litsenziya bitimini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish uchun Komissiya huzurida “Oʻzstandart” agentligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari mutaxassislaridan ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda ishchi guruh deb ataladi) tuziladi. Ishchi guruh faoliyatiga Komissiyaning masʼul kotibi rahbarlik qiladi. Ishchi guruhning shaxsiy tarkibi Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Litsenziya berish (uning amal qilish muddatini uzaytirish) uchun zarur boʻlgan litsenziya talablari va shartlari
Keyingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar talabgorlarga litsenziyalar berish uchun litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) tamaki xomashyosini fermentlash boʻyicha:
Oldingi tahrirga qarang.
tamaki xomashyosini fermentlash sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, texnik reglamentlarga yoki standartlarga majburiy rioya qilish;
(7-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
ishlab chiqarishning toʻliq texnologik jarayoniga rioya qilish — binolar yaxlitligi, tamaki xomashyosini fermentlangan tamaki etib qayta ishlashni taʼminlovchi texnologik asbob-uskunalar mavjudligi;
tamaki xomashyosini fermentlashni texnik nazorat qilish boʻyicha “Oʻzstandart” agentligi organlari tomonidan akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarning mavjudligi;
tamaki xomashyosini fermentlash jarayonida texnika xavfsizligini, yongʻin xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari va normalarini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “a” kichik bandi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
b) tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
b) tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, texnik reglamentlarga yoki standartlarga majburiy rioya qilish;
(7-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
ishlab chiqarishning toʻliq texnologik jarayoniga rioya qilish — binolar yaxlitligi, xomashyoni pirovard isteʼmolchiga sotish uchun tayyor mahsulot etib qayta ishlashni taʼminlovchi texnologik asbob-uskunalar mavjudligi;
Keyingi tahrirga qarang.
tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishni texnik nazorat qilish boʻyicha “Oʻzstandart” agentligi organlari tomonidan akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarning mavjudligi;
tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda texnika xavfsizligini, yongʻin xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari va normalarini taʼminlash;
roʻyxatdan oʻtkazilgan (patentlangan) tovar belgilarining mavjudligi;
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulotning har bir turi boʻyicha xalqaro va milliy standartlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan texnologik yoʻriqnomalarning mavjud boʻlishi;
(7-bandning “b” kichik bandi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
ishlab chiqarilayotgan tamaki mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aksiz markalari bilan markalash uchun asbob-uskunalarning mavjud boʻlishi;
Oldingi tahrirga qarang.
tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga javob beruvchi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan tegishli sertifikatlarga ega boʻlgan, shu jumladan import qilingan tamaki xomashyosidan foydalanish.
(7-bandning “b” kichik bandi toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirishda mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan talablar va shartlar bilan bir qatorda quyidagi shartlar ham hisobga olinadi:
a) ilgari berilgan litsenziyaning amal qilish davrida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilmagan boʻlishi kerak;
Oldingi tahrirga qarang.
b) korxonalardagi mavjud ishlab chiqarish sexlari, uchastkalari va filiallari belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi, texnologiya yoʻriqnomalariga, texnik reglamentlarga yoki standartlarga ega boʻlishi kerak;
(8-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
v) ishlab chiqarilayotgan mahsulot “Oʻzstandart” agentligining akkreditatsiya qilingan organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlishi kerak;
g) litsenziatning ilgari berilgan litsenziyaning amal qilishi davrida budjetga va davlat maqsadli fondlariga toʻlovlar boʻyicha qarzlari boʻlmasligi kerak;
d) faoliyat davrida litsenziat maʼnaviy va jismoniy eskirgan asbob-uskunalarni yangi, modernizatsiya qilingan, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilovchi asbob-uskunalarga bosqichma-bosqich almashtirilishini taʼminlagan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
Oldingi tahrirga qarang.
9. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatining (yoxud uning bir qismining) litsenziyalanayotgan turi;
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
ishlab chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarning belgilangan talablarga muvofiq mavjudligi toʻgʻrisida “Oʻzstandart” agentligining xulosasi;
litsenziya talabgori arizasining koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mahsulotlar, ishlab chiqarish sharoitlari va asbob-uskunalarning sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi, shuningdek texnologik asbob-uskunaga gigiyena sertifikatlarining nusxalari;
Keyingi tahrirga qarang.
ishlab chiqarishning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida yongʻin nazorati organlarining xulosasi;
korxonaning Komissiya tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha pasporti.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
10. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Hujjatlar litsenziyalovchi organga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar ishchi guruh rahbari tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
12. Ishonchli boʻlmagan yoki buzilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
IV. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya
berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
13. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlov kunida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Ishchi guruh ariza olingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi, ular yuzasidan ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni tasdiqlash uchun Komissiyaga tegishli qaror protokoli loyihasi bilan birga taqdim etadi. Bunda ishchi guruh, zaruriyat boʻlganda, joylarga borib yoki davlat tegishli organlari mutaxassislarini jalb etib ishlab chiqarish shart-sharoitlarining taqdim etilgan hujjatlarga muvofiqligini tekshirishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya ishchi guruhning taklifi olingan kundan keyin oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi tomonidan imzolanadi. Zarur hollarda Komissiya qarori soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Ishchi guruh litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya berish haqida qaror qilingani toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda imzolash uchun litsenziya shartnomasi yuboriladi.
Litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ va litsenziat oʻrtasida tuziladi, unda quyidagilar boʻlishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan aniq faoliyat turi (qismi)ning nomi;
litsenziyaning amal qilish muddati;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini ishchi guruh tomonidan nazorat qilish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa zarur maʼlumotlar.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi. Litsenziya bitimini litsenziyalovchi organ nomidan ishchi guruh rahbari imzolaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Litsenziyalar ishchi guruh tomonidan, belgilangan shakldagi blankalarda rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Litsenziya blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.
Litsenziya blankalarini tayyorlash, ularni hisobga olish, saqlash va rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-maydagi 200-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
18. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek ishchi guruhning mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
21. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda ishchi guruh hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin uch kun mobaynida ular yuzasidan Komissiya majlisida koʻrib chiqish uchun ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya ishchi guruhning taklifi olingandan keyin yetti kun muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorlari arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi;
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
23. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
24. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda ishchi guruh litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish ishchi guruh tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati oʻtgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat ommaviy axborot vositalarida yoʻqolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi toʻgʻrisida xabar berishi, shuningdek xabarni litsenziyalovchi organga taqdim etishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya
etilishini nazorat qilish
etilishini nazorat qilish
27. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat ishchi guruh tomonidan, qonun hujjatlarida va litsenziya bitimida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda ishchi guruh oʻz vakolatlari doirasida:
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida Komissiyaga koʻrib chiqish uchun taklif kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirishning aniqlangan hollari toʻgʻrisidagi materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar koʻrish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga yuborish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida ishchi guruh tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish uchun Komissiya yoki ishchi guruh qaroriga binoan “Oʻzstandart” agentligining va davlat boshqa organlari inspektorlari jalb etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib
turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
30. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya:
uch oy va undan koʻp oylar mobaynida budjetga va davlat maqsadli fondlariga muddati oʻtib ketgan toʻlovlar mavjud boʻlganda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi xulosasiga binoan;
sifatsiz tamaki mahsulotlari ishlab chiqarilgani va sotilgani aniqlanganda — “Oʻzstandart” agentligi xulosasiga binoan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organ qarorining asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda Komissiya litsenziat oldida koʻrilgan zarar miqdorida javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
VIII. Litsenziyalar reyestri
32. Ishchi guruh litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefonlari;
bankdagi hisob raqami va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
litsenziyalarning amal qilish muddati;
ishlab chiqarilishiga litsenziya berilayotgan mahsulot nomi;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
dublikat berish asoslari va sanasi.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq boʻladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
IX. Davlat bojini toʻlash tartibi
34. Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berganlik uchun:
ushbu Nizom 2-bandining “a” kichik bandida nazarda tutilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga — eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida;
ushbu Nizom 2-bandining “b” kichik bandida nazarda tutilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga — eng kam oylik ish haqining 200 baravari miqdorida davlat boji belgilanadi.
Litsenziyalar berganlik uchun davlat boji mablagʻlari respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki
mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini
litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini
litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari
ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash sxemasi
ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi
TARKIBI
TARKIBI
| Nabiyev A.E. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, komissiya raisi (kelishuv boʻyicha) |
| Usmonov T.M. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari (kelishuv boʻyicha) |
| Ashrafxonov B.B. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Parpiyev B.R. | — | Davlat soliq qoʻmitasi raisi |
| Nosirov S.X. | — | Davlat bojxona qoʻmitasi raisi |
| Salimov A.H. | — | Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari |
| Ollaberganov O.H. | — | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari |
| Boʻriyev R.A. | — | “Oʻzstandart” agentligining bosh direktori |
| Saidjalalov S.B. | — | “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi raisi |
| Abdullayev A.O. | — | “Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi raisi |
| Yoʻldoshev N.T. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi |
| Abdullayev J.X. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining moliyaviy inspektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi |
| lavozimiga koʻra | — | “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasining maxsus inspektorlik boʻlimi boshligʻi |
| Obidov M.X. | — | Vazirlar Mahkamasining bosh mutaxassisi, Komissiyaning masʼul kotibi |
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalar zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 28-iyundagi 236-son qaroriga 1-ilovaning “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” boʻlimiga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 36-modda) quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 8-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining “Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 30-dekabrdagi 285-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 68-modda):
1-bandning ikkinchi xatboshi va qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
qarorga 2-ilova 6-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Litsenziyalarni berish va ularning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish, toʻxtatish hamda litsenziyalarni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi”.
Keyingi tahrirga qarang.