Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON TEMIR YOʻLLARI” DAVLAT-AKSIYADORLIK KOMPANIYASINI BOShQARIShNI TAShKIL ETIShNI YANADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA” 2004 YIL 3 AVGUSTDAGI 366-SON QARORIning 2-ILOVAsiga OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-oktabrdagi 375-sonli “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika Hukumatining 2005-yil 29-noyabrdagi 265-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 3-avgustdagi 366-son qaroriga 2-ilovadagi “Rejim boʻyicha katta yordamchi” soʻzlari “Rais oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 5-sentabr,
189-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 36-son, 361-modda)