Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.07.2017 17.08.2006 yildagi PQ-445-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.07.2017
Hujjat 17.08.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON “OʻZKOMMUNXIZMAT” AGENTLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh VA KOMMUNAL XOʻJALIK KORXONALARINI MOLIYAVIY SOGʻLOMLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻztransgaz” aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 8-avgustdagi PQ–438-sonli qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, kommunal xizmat koʻrsatish korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirishni taʼminlash, kommunal xizmatlar uchun tariflarning asossiz oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining Mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish Bosh direksiyasini tugatish va uning tarkibiga kiruvchi mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmalarini bevosita Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligiga boʻysundirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning umumiy soni 37 birlik, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 29 birlikdan iborat boʻlgan Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmat koʻrsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, zamonaviy talablarga javob beradigan qonunchilik va normativ-huquqiy bazani shakllantirish boʻyicha davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va aholiga kommunal xizmat koʻrsatish sohasida raqobat muhitini yaratishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmat koʻrsatish sohasida yagona texnikaviy siyosatni oʻtkazish, kommunal tarmoqlar va korxonalarni rivojlantirish, texnik qayta jihozlash va modernizatsiyalashga investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etishga koʻmaklashish, ilgʻor zamonaviy texnologiyalar, mashina va uskunalarni tatbiq etish, suv va issiqlik energiyasini sotish hamda isteʼmol qilish boʻyicha hisoblagichlar va nazorat asbob-uskunalari bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalararo suv quvurlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ulardan samarali foydalanish, ishonchli va barqaror ishlashini taʼminlash, kommunal xoʻjalik tizimida tarmoqlar hamda asbob-uskunalarni kapital va joriy taʼmirlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2007-yilning 1-yanvaridan respublikaning issiqlik va suv taʼminoti korxonalari uch yil muddatga asosiy fondlarni har yili qayta baholashni oʻtkazishdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining suv va issiqlik taʼminoti korxonalaridan tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilar huquqini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini, monopoliyaga qarshi va soliq qonun hujjatlarini buzganligi uchun 5-6 ilovalarga* muvofiq jarima sanksiyalari summasini 2006-yil 1-aprel holatiga koʻra hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi taklifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekenergo” DAK va “Oʻzbekneftgaz” MXKning suv va issiqlik taʼminoti korxonalarining elektr energiya, tabiiy gaz, mazut va issiqlik energiyasi boʻyicha toʻlash muddati oʻtgan qarzlari penyasini 2006-yil 1-aprel holatiga koʻra 7-8 ilovalarga* muvofiq hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 5—8-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, suv va issiqlik taʼminoti korxonalari mazkur qarorda qabul qilingan moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari munosabati bilan boʻshagan mablagʻlarni kommunal xoʻjalik tizimidagi tarmoqlar va asbob-uskunalarni kapital va joriy taʼmirlashga yoʻnaltirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralarning meʼyoriy hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 17-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-445-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 340-modda)