Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “YoSh ISTEʼDODLAR UChUN “NIHOL” MUKOFOTINI TAʼSIS ETISh TOʻGʻRISIDA” 2000-YIL 25 AVGUSTDAGI 334-SON VA “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING YoSh ISTEʼDODLAR UChUN “NIHOL” MUKOFOTI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA” 2006 YIL 14 MARTDAGI 44-SON QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Yosh isteʼdodlar uchun “Nihol” mukofotini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2000-yil 25-avgustdagi 334-son qarorining 3-bandidagi “har ikki yilda bir marta” soʻzlari “har yili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh isteʼdodlar uchun “Nihol” mukofoti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 14-martdagi 44-son qarorining 2-bandidagi 3-xatboshi chiqarib tashlansin;
mazkur qarorning ilovasi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh isteʼdodlar uchun “Nihol” mukofoti toʻgʻrisidagi nizomning 24-bandidagi “har ikki yilda” soʻzlari “har yili” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev
Toshkent sh.,
2006-yil 16-may,
86-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 176-modda, 31-32-son, 323-modda)