Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “YOSH ISTEʼDODLAR UCHUN “NIHOL” MUKOFOTINI TAʼSIS ETISH TOʻGʻRISIDA” 2000-YIL 25-AVGUSTDAGI 334-SON VA “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING YOSH ISTEʼDODLAR UCHUN “NIHOL” MUKOFOTI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA” 2006-YIL 14-MARTDAGI 44-SON QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh isteʼdodlar uchun “Nihol” mukofoti respublika Kengashining tarkibi 1-ilovaga* muvofiq;
* 1-Ilova berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh isteʼdodlar uchun “Nihol” mukofoti toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Yosh isteʼdodlar uchun “Nihol” mukofotini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2000-yil 25-avgustdagi 334-son qarorida:
1-bandning ikkinchi xatboshidagi “30” raqami “25” raqami bilan;
3-bandidagi “10” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 9-avgust,
169-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
yosh isteʼdodlar uchun “Nihol” mukofoti toʻgʻrisida
yosh isteʼdodlar uchun “Nihol” mukofoti toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. “Nihol” mukofoti isteʼdodli yoshlarning jamiyatimiz maʼnaviy hayotini yuksaltirishdagi muhim oʻrnini inobatga olib, oʻzining estrada, musiqa, mumtoz qoʻshiq, raqs va opera sanʼati ijrochiligi sohasidagi mahorati bilan odamlarning yuragiga yetib boradigan, yoshlarni ezgulikka chorlaydigan, ularni maʼnaviy barkamol insonlar qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan asarlar yaratishda faollik koʻrsatayotgan 17 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan iqtidorli yoshlarni muntazam ragʻbatlantirib borish maqsadida beriladi.
2. Nomzodlar jami beshta nominatsiya — estrada, musiqa, mumtoz qoʻshiq, opera ijrochiligi va raqs sanʼati boʻyicha tanlovlar orqali saralanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Har bir oʻringa munosib nomzodlarni tanlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda tanlovlar oʻtkaziladi. Tanlovda ishtirok etadigan ijrochilar isteʼdodi tomoshabinlar, keng jamoatchilik ishtirokida oʻziga xos sinovdan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Nomzod isteʼdodi va ijro madaniyatining oʻziga xosligi, badiiy mahorati va saviyasi, milliy sanʼatimizning yuksak namunalaridan boxabarligi bilan alohida ajralib turishi, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, mustaqillik gʻoyalarini, jamiyatimizda amalga oshirilayotgan madaniy-maʼrifiy islohotlar mohiyatini sanʼat vositasida targʻib etishga xizmat qilishi lozim.
5. Tavsiya etilayotgan ishlarni koʻrishda nomzodning professional tayyorgarligi, badiiy ijrochilik mahorati, repertuar saviyasi (musiqa, matn), ijtimoiy faolligi, insoniy fazilatlari yetakchi mutaxassislar tomonidan yuqori baholanganligi, jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilganligi inobatga olinadi.
6. Akademik va anʼanaviy ijrochilik, estrada, opera, raqs sohasidagi ijodiy ishlarni baholashda nomzodlarning mamlakatimiz va xorijdagi koʻrik hamda tanlovlarda erishgan yutuqlari ham eʼtiborga olinadi.
II. Tanlovni oʻtkazish bosqichlari
1-bosqich (aprel)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Tanlovning birinchi bosqichi Oʻzbekiston Respublikasining tuman va shaharlarida oʻtkaziladi. Talabgorlar hujjatlarini tuman va shahar madaniyat va sport ishlari boʻlimlari huzurida tuziladigan ishchi guruhga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Ishchi guruhlar 5 — 7 kishidan iborat boʻlib, ularning tarkibiga tuman, shahar madaniyat va sanʼat muassasalari mutaxassislari, joylardagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamda boshqa jamoat tashkilotlari vakillari kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Ishchi guruhlar yigʻilishlarini tashkil etish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish tuman, shahar madaniyat va sport ishlari boʻlimlari xodimlaridan tayinlanadigan masʼul kotib tomonidan olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Ishchi guruhlar topshirilgan hujjatlarni muhokama qilib, nomzodlarni atroflicha oʻrganib chiqib har bir nominatsiya boʻyicha bir nafardan nomzodni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmalari huzurida taniqli mutaxassis va sanʼatkorlardan tuziladigan komissiyaga tavsiya etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Agar muayyan nominatsiya boʻyicha munosib nomzod boʻlmasa, oʻsha yoʻnalishda tavsiya berilmasligi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bosqich (iyun)
Keyingi tahrirga qarang.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat komissiyalarining faoliyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi, uning tarkibi joylardagi yetuk madaniyat va sanʼat sohasi mutaxassislari hamda taniqli sanʼatkorlar, “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasining hududiy boʻlimi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa jamoat tashkilotlari vakillaridan tashkil topadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat komissiyalari tuman va shaharlar ishchi guruhlari taqdim etgan tavsiyalarni batafsil oʻrganib chiqib, keng jamoatchilik va tomoshabinlar ishtirokida nomzodlarni respublika bosqichiga saralash uchun konsert dasturi yoki koʻrgazmali chiqishlar shaklida koʻrik-tanlov oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat komissiyasi koʻrik-tanlov yakuniga koʻra 4 nafargacha nomzodni tanlab olib, isteʼdodli yoshlarga “Nihol” mukofoti berish boʻyicha Respublika Kengashiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Ayrim yoʻnalishlar boʻyicha munosib nomzod aniqlanmasa, tavsiya berilmasligi mumkin.
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat ommaviy axborot vositalarida nomzodlar, ularning faoliyati, erishgan yutuqlari yoritib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bosqich (iyul-avgust)
Keyingi tahrirga qarang.
17. Respublika Kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan taqdim etilgan nomzodlarning ijodiy ishlarini koʻrib chiqadi.
18. Respublika Kengashi faoliyatini muvofiqlashtirib borish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Ijodkor yoshlar bilan ishlash boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Respublika Kengashi barcha yoʻnalishlar boʻyicha nomzodlarni tanlab, ularning ijodiy ishlarini koʻrib chiqadi va tanlov asosida sovrindorlarni belgilaydi. Qoida tariqasida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga bittadan, Toshkent shahriga 2 ta oʻrin beriladi.
Biror viloyatdan munosib nomzod topilmagan taqdirda ushbu hududga ajratilgan oʻrin Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va boshqa viloyatlarga berilishi mumkin. 15 nafar sovrindor Kengashning maxsus qarori bilan tasdiqlanadi va ularga “Nihol” mukofoti topshiriladi.
20. Respublika ommaviy axborot vositalarida nomzodlar, ularning faoliyati va ijodi keng yoritib boriladi.
21. Foliblarni aniqlash jarayoni bilan bogʻliq barcha ishlar avgust oyining birinchi oʻn kunligida yakunlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi
22. Har bir nomzodning hujjatlari bilan birga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri komissiyalarining xulosalari va qarorlari yuboriladi. Qarorda nomzodning ismi, familiyasi va otasining ismi, faoliyati va ijro mahoratining keng jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilganligi haqidagi maʼlumotlar, mukofotga taqdim etish asoslari koʻrsatiladi.
Har bir nomzod boʻyicha quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
nomzodning pasporti nusxasi, diplom nusxasi yoki taʼlim olayotgan oʻquv yurtidan maʼlumotnoma;
repertuarlar roʻyxati, video-audio albomlari;
nomzodning shaxsiy varaqasi, tarjimai holi, 4 dona fotosurat (2 dona 3x4, 2 dona ijodiy jarayondagi surat), tanlovlarda qatnashganligi haqidagi diplom yoki sertifikat nusxasi (agar boʻlsa);
doimiy oʻqish yoki ish joyidan berilgan va mazkur tashkilot rahbari tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlangan ijodiy tavsifnoma;
ommaviy axborot vositalarida nomzod haqida berilgan koʻrsatuv va eshittirishlar yoki maqolalar nusxasi (agar boʻlsa).
Keyingi tahrirga qarang.
23. Talabgorning hujjatlari yuqorida koʻrsatilgan tartibda va belgilangan muddatlarda qabul qilinadi.
IV. “Nihol” mukofotini topshirish tartibi
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh isteʼdodlar uchun “Nihol” mukofoti har yili bir marta Mustaqillik bayrami arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. “Nihol” mukofoti oʻz ramzi aks ettirilgan sovrin va eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdoridagi pul mablagʻidan iboratdir.
26. “Nihol” mukofotiga sazovor boʻlgan yoshlar madaniyat, sanʼat yoʻnalishidagi oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga imtiyozli ravishda qabul qilinadi, mamlakatning atoqli sanʼatkorlaridan saboq olish imkoniyatiga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. “Nihol” mukofoti takroran berilmaydi.
28. “Nihol” mukofoti sovrindorlarining roʻyxati Mustaqillik bayrami arafasida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari-Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri rahbarligidagi respublikasi komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 4-noyabrdagi 519-son qaroriga 7-ilova.
2.Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh isteʼdodlar uchun “Nihol” mukofoti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 14-martdagi 44-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 20-modda).
3.Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Yosh isteʼdodlar uchun “Nihol” mukofotini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2000-yil 25-avgustdagi 334-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh isteʼdodlar uchun “Nihol” mukofoti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 14-martdagi 44-son qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2006-yil 16-maydagi 86-son qarori 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshlari.”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 323-modda; 2011-y., 45-46-son, 471-modda; 2017-y., 35-son, 930-modda; 2017-y., 37-son, 996-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)