Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2020 20.04.2006 yildagi 65-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2020
Hujjat 20.10.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent bojlari va toʻlovlari toʻgʻrisidagi Nizomni hamda Patent bojlari va toʻlovlari stavkalarini tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnik va innovatsiya faoliyatini yanada rivojlantirish, ilmiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish, tovar belgilarini, xizmat koʻrsatish belgilarini, tovarlar kelib chiqqan joy nomlarini, EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarini kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent bojlari va toʻlovlari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent bojlari va toʻlovlari stavkalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining hisob raqamlariga tushadigan milliy va xorijiy valyutadagi patent bojlari va toʻlovlari mablagʻlari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy valyutadagi mablagʻlarning 92 foizi va milliy valyutadagi mablagʻlarning 20 foizi Davlat budjeti daromadiga oʻtkaziladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy valyutadagi mablagʻlarning 8 foizi va milliy valyutadagi mablagʻlarning 80 foizi ulardan Agentlikning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda hamda sanoat va intellektual mulkning boshqa turlarini huquqiy muhofaza qilish (mablagʻlarning kamida 50 foizi) sohasida xalqaro tashkilotlarda qatnashishda, shuningdek xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining budjetdan tashqari hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat patent idorasi har oʻn kunda tushayotgan mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus valyuta hisob raqamlariga oʻtkazilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 322-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 649-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi bir oy muddatda oʻzining normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror 2006-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 20-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil
20-apreldagi 65-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent bojlari va toʻlovlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent bojlarini (keyingi oʻrinlarda boj deb yuritiladi) toʻlash tartibini, shuningdek ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joylar nomlari, integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega boʻlgan xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun toʻlovlardan ozod qilish yoki ularni qaytarish asoslarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovlarni undirish tartibini, shuningdek EHM yoki maʼlumotlar bazalari uchun dasturlarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda EHM va maʼlumotlar bazalari uchun dasturlardan foydalanishga mulkiy huquqni berganlik uchun shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega boʻlgan xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun toʻlovlardan ozod qilish yoki ularni qaytarish asoslarini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boj yoki toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) hisob raqamlariga tegishli summalarni oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanadi hamda toʻlov hujjati bilan tasdiqlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boj yoki toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatda buyurtmanoma yoki patentning roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami, uning uchun boj yoki toʻlov toʻlangan xatti-harakatga doir guvohnoma va uning nomi boʻlishi kerak. Agar buyurtmanomaga roʻyxatdan oʻtkazish raqami hali berilmagan boʻlsa, koʻrsatib oʻtilgan hujjatda uning uchun boj yoki toʻlov toʻlangan xatti-harakatning nomi bilan birgalikda ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi nomlari, tovar kelib chiqqan joy, integral mikrosxemalar topologiyalari nomlari, shuningdek birinchi muallifning familiyasi yoki ariza beruvchining nomi boʻlishi kerak. Agentlik koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlar mavjud boʻlmagan hujjatni qabul qilishni rad etishga haqlidir.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toʻlangan boj yoki toʻlovning miqdori belgilangan boj yoki toʻlov miqdoriga muvofiqligi boj yoki toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan sanada aniqlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, integral mikrosxemalar topologiyalari EHM va maʼlumotlar bazalari uchun dasturlar huquqiy muhofaza qilinishi bilan bogʻliq bojning yoki toʻlovning toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan taqdirda yuridik ahamiyatga ega boʻlgan xatti-harakat sodir etilmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar davlat ekspertizasi oʻtkazilganligi uchun buyurtmanomaga doir boj yoki ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunasi variantlari guruhlariga buyurtmanoma berilganligi va ekspertiza oʻtkazilganligi uchun bojning belgilangan miqdoridan kam miqdorda boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda, ekspertiza ariza beruvchi tomonidan tanlangan yoxud bunday tanlov mavjud boʻlmaganda, ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasi tavsifida formulada birinchi boʻlib koʻrsatilgan va ular uchun boj toʻlangan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunasi variantlariga nisbatan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar buyurtmanoma boj buyurtmanoma berilganligi hamda tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi davlat ekspertizasidan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdordan kam miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda, ekspertiza Tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining ariza beruvchi tomonidan tanlangan va ular uchun boj toʻlangan klasslariga nisbatan belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi Agentlik tomonidan yetishmayotgan boj qoʻshimcha ravishda toʻlanishi toʻgʻrisida bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab 3 oy mobaynida zarur summani toʻlash huquqiga ega.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ekspertiza qarori joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida muhofaza hujjati roʻyxatdan oʻtkazilganligi, eʼlon qilinganligi va berilganligi uchun belgilangan miqdorda boj yoki toʻlovlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan taqdirda ushbu tartibotlar amalga oshirilmaydi. Boj yoki toʻlovlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat koʻrsatib oʻtilgan uch oy muddat tamom boʻlgan kundan boshlab uch oy mobaynida taqdim etilishi mumkin. Ushbu holatda boj yoki toʻlovlar miqdori 50% ga koʻpayadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toʻlangan buyurtmanoma boji va toʻlovlari qaytarilmaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toʻlangan boshqa bojlar yoki toʻlovlar ariza beruvchining — bojni yoki toʻlovlarni toʻlagan shaxsning iltimosiga koʻra bojlar yoki toʻlovlar belgilangan miqdordan ortiq miqdorda toʻlangan yoki uning uchun boj yoki toʻlovlar toʻlangan xatti-harakat sodir etilmagan taqdirda qaytarilishi mumkin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bojning yoki toʻlovlarning ortiqcha toʻlangan summasi iltimos qiluvchi shaxsning iltimosiga koʻra iltimos berilgan sanada ularni toʻlash mumkin boʻlgan boshqa bojlar yoki toʻlovlar toʻlanishi hisobiga oʻtkazilishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar patent bojlarini yoki toʻlovlarini milliy valyutada toʻlaydilar. Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar bojni yoki toʻlovni, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro bitimlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, AQSh dollarida yoki AQSh dollariga nisbatan qayta hisoblab chiqilgan boshqa erkin muomaladagi valyutada toʻlaydilar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bojlarni yoki toʻlovlarni qaytarishga doir bank xizmatlari uchun boj yoki toʻlovlar toʻlagan shaxs hisobidan haq toʻlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, integral mikrosxemalar topologiyalari, EHM va maʼlumotlar bazalari uchun dasturlarning yagona mualliflari boʻlgan hamda oʻz nomiga muhofaza hujjati soʻrayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari yoki ularga tenglashtirilgan shaxslar, shuningdek I guruh nogironlari Patent bojlari stavkalarining 1.1 — 1.4, 2.1 — 2.4, 3.1 — 3.2, 5.1 — 5.2, 7.1 — 7.2-bandlarida nazarda tutilgan bojlarni yoki toʻlovlarni toʻlashdan tegishli ravishda ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda nazarda tutilgan bojni yoki toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilish ariza beruvchining iltimosnomasiga koʻra beriladi va quyidagi hujjatlarning nusxalari bunga asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaxsning guvohnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urush yillari front ortida ishlaganlik (yoki xizmat qilganlik) uchun berilgan guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya shartnomasi, muhofaza hujjatini boshqa shaxsga berish toʻgʻrisida shartnoma tuzishda boj yoki toʻlovlar miqdorini kamaytirish nazarda tutilmaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil
20-apreldagi 65-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent bojlari va toʻlovlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stavkalari
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj yoki toʻlovlar kodi Boj yoki toʻlovlarning vazifasi Stavkalar Boj yoki toʻlovlar toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatni taqdim etish muddatlari
milliy valyutada (belgilangan eng kam oylik ish haqiga nisbatan koeffitsiyent) xorijiy valyutada (AQSh dollari)

1.‎ ‎‎Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari

1.1.‎ 1.1. Buyurtmanoma berilganligi uchun toʻlanadigan boj
1.1.1.‎ Patent berishga, rasmiy ekspertiza oʻtkazishga va maʼlumotlarni eʼlon qilishga buyurtmanoma berish:‎ Buyurtmanoma berish bilan bir vaqtda‎‏‏
— bitta ixtiroga ‎ 1‎‎ 420‎‎
— ixtirolar guruhiga, qoʻshimcha ravishda bittadan ortiq boʻlgan har bir ixtiroga‎ 0,5‎ 210‎
— 35 sahifadan ortiq boʻlgan tavsifning keyingi har bir sahifasi uchun qoʻshimcha ravishda ‎‎ 0,01‎ 0,4‎‎
1.1. ‎‎2

‎‎Patent berishga, rasmiy ekspertiza oʻtkazishga buyurtmanoma berish:‎

— bitta foydali modelga‎‎ 1‎‎ 420‎
— foydali modellar guruhiga, qoʻshimcha ravishda bittadan ortiq boʻlgan har bir foydali modelga‎‎ 0,5 210
1.1.3.‎ Patent berishga, rasmiy ekspertiza oʻtkazishga buyurtmanoma berish:‎
— sanoat namunasining bitta variantiga‎‎ 1‎ 420‎
variantlarga, qoʻshimcha ravishda ikkitadan oʻntagacha boʻlgan har bir variant uchun‎ 0,5 210
— variantlarga, qoʻshimcha ravishda oʻntadan ortiq boʻlgan har bir variant uchun‎ 1 420
1.2. ‎ Ekspertiza oʻtkazilganligi uchun toʻlanadigan boj ‎‎ ‎
1.2.1.‎‎ Quyidagilarga nisbatan ekspertiza oʻtkazish:‎‎

2‎

840‎

‎‏‎‏Rasmiy ekspertiza qarori joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida‎‏
‎‏
— bitta foydali modelga‎‎
— foydali modellar guruhiga, bittadan ortiq boʻlgan har bir foydali modelga‎‎

2‎

840‎

— oʻntadan ortiq boʻlgan formulaning har bir bogʻliq boʻlgan bandiga‎‎

0,2‎

84‎

— qoʻshimcha ravishda yigirmatadan ortiq formulaning har bir bogʻliq boʻlgan bandiga‎‎

0,1‎

42‎

1.2.2.‎ Quyidagilarga nisbatan ilmiy-texnik ekspertiza oʻtkazish:‎
a) bitta ixtiroga‎ 3‎ 1260‎

Ilmiy-texnik ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda‎
— ixtirolar guruhiga, qoʻshimcha ravishda bittadan ortiq boʻlgan har bir ixtiroga‎ 3‎ 1260‎
— qoʻshimcha ravishda oʻntadan ortiq boʻlgan formulaning har bir bogʻliq boʻlgan bandiga‎ 0,2‎ 84‎
— qoʻshimcha ravishda yigirmatadan ortiq boʻlgan formulaning har bir bogʻliq boʻlgan bandiga‎ 0,1‎ 42‎
b) — bitta sanoat namunasiga‎ 3‎ 1260‎
Rasmiy ekspertiza oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi qaror yuborilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida ‎
— qoʻshimcha ravishda ikkitadan oʻntagacha sanoat namunasining har bir variantiga‎ 1‎ 420‎
— qoʻshimcha ravishda oʻntadan ortiq boʻlgan sanoat namunasining har bir variantiga‎ 2‎ 840‎
v) ixtiro uchun berilgan buyurtmanomada xalqaro qidirish organlarining biri tomonidan tayyorlangan xalqaro qidirish toʻgʻrisida hisobot mavjud boʻlgan taqdirda, Patent kooperatsiyasi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boj miqdori quyidagilarni tashkil etadi:‎
— bitta ixtiroga‎ 2,5‎ 1000‎


Ilmiy-texnik ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda‎
— ixtirolar guruhiga, qoʻshimcha ravishda bittadan ortiq boʻlgan har bir navbatdagi ixtiroga‎ 2‎ 840‎
— qoʻshimcha ravishda oʻntadan ortiq boʻlgan formulaning har bir bogʻliq boʻlgan bandiga‎ 0,2‎ 84‎
— qoʻshimcha ravishda yigirmatadan ortiq boʻlgan formulaning har bir bogʻliq boʻlgan bandiga‎ 0,1‎ 42‎
1.3. ‎

‎‎Patentlarni roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va berish

1.3.1.‎ Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunasini roʻyxatdan oʻtkazish‎ 0,6‎ 250‎ Ekspertiza qarori joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida
1.3.2.‎ Eʼlon qilish:‎
a) rasmiy byulletenda roʻyxatdan oʻtkazilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar‎ 0,2‎ 84‎
b) ixtiroga, foydali modelga tavsif:‎
— 35 varaqqacha boʻlgan hajmda, shu jumladan formula, chizmalar, referat va boshqa materiallar‎ 0,6‎ 250‎
— qoʻshimcha ravishda 35 varaqdan ortiq boʻlgan har bir navbatdagi varaq uchun‎ 0,01‎ 8,4‎
1.3.3.‎ Patentlarni berish‎ 3‎ 250‎
1.4. ‎

‎‎Patentlarning amal qilishini saqlaganlik uchun toʻlanadigan boj

1.4.1.‎ Foydali modelga patentning amal qilishining har bir yili uchun buyurtmanoma berilgan sanadan boshlab har yili saqlash:‎ ‎‏Birinchi yil uchun — patent roʻyxatdan oʻtkazilganligi, eʼlon qilinganligi va berilganligi uchun boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat bilan bir vaqtda, keyingi yillar uchun — joriy yilda patentning amal qilish muddati tamom boʻlishiga qadar oxirgi uch oy mobaynida
a) 5 yil doirasida‎ 1‎ 420‎
b) 6—8 yil doirasida‎ 5‎ 420‎
1.4.2.‎ Buyurtmanoma berilgan sanadan boshlab ixtiroga patentning amal qilishini saqlash:‎ Uch yil uchun – patent berilganligi uchun boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat bilan bir vaqtda. Keyingi yillar uchun – joriy yilning oxirgi uch oyi mobaynida
uchinchi yil uchun‎ 0,2‎ 84‎
— toʻrtinchi
‎— oltinchi yillar uchun‎
0,4‎ 168‎
— yettinchi ‎
‎— oʻninchi yillar uchun
0,5 210
— oʻn birinchi
‎‎— oʻn toʻrtinchi yillar uchun‎
0,7‎ 294‎
— oʻn beshinchi
‎‎— oʻn oltinchi yillar uchun ‎
0,9‎‎ 378‎
–– oʻn yettinchi
‎‎–– yigirmanchi yillar uchun‎‎
1‎ 420‎
Ixtiroga patentning amal qilishini har yili buyurtmanoma berilgan sanadan boshlab uzaytirish: ‎‎
— yigirma birinchi
‎‎–– yigirma beshinchi yillar uchun‎‎
3‎ 1260‎
1.4..3. ‎ Amal qilishining buyurtmanoma berilgan sanadan boshlab sanoat namunasiga patentning amal qilishini har yili saqlash: Uch yil uchun — patent berilganligi uchun boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat bilan bir vaqtda. Keyingi yillar uchun — patent amal qiladigan muddat oʻtgungacha oxirgi uch oy mobaynida
‎uchinchi—yettinchi yillar uchun 1‎ 420‎
sakkizinchi—oʻninchi yillar uchun 1,5‎ 630‎
oʻn birinchi—oʻn beshinchi yillar uchun (uzaytirilgan har bir yil uchun) 2‎ 840‎
1.4.4.‎ Qoʻshimcha boj:‎

a) patentning amal qilish muddati oʻtgandan keyin 6 oylik muddat berganlik uchun‎‎ belgilangan boj miqdorining 50 foizi‎‎ Uzaytirish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda‎‎
b) ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga patentning amal qilish muddatini tiklaganlik uchun‎‎ patentning amal qilishini saqlab turganlik uchun belgilangan boj miqdorining 100 foizi (patentning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida ariza berilgan sana toʻgʻri keladigan yil uchun) ‎‎ Patentning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda‎‎
1.5. ‎

Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalariga huquqlar‎‎ berish ‎toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish

1.5.1.‎ Quyidagilardan iborat boʻlgan litsenziya shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish:‎ Ariza berish bilan bir vaqtda‎
— ixtiroga, sanoat namunasiga, foydali modelga bitta patent‎ 2‎ 840‎
— ixtiroga, sanoat namunasiga, foydali modelga bir nechta patent, litsenziya shartnomasida koʻrsatilgan har bir muhofaza hujjati uchun qoʻshimcha ravishda‎ 1‎ 420‎
1.5.2.‎ Quyidagilarga boʻlgan huquqni boshqaga berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish:‎
— ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga patent‎ 3‎ 1260‎
— ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga bir nechta patent, huquqini boshqaga berish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan har bir muhofaza hujjati uchun qoʻshimcha ravishda‎ 2‎ 840‎
1.5.3.‎ Ixtirodan, foydali modeldan, sanoat namunasidan foydalanishga huquqni istalgan shaxsga berish toʻgʻrisidagi ariza haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish (ochiq litsenziya)‎ 0,2‎ 84‎
‎‎1.6. ‎

Oʻzgartirishlar kiritish

1.6.1.‎ Arizachining tashabbusiga koʻra ixtiro, foydali model, sanoat namunasi yuzasidan buyurtmanomaga, shu jumladan ixtiro, foydali model formulasiga, davlat ekspertizasi qarori chiqqungacha sanoat namunasining muhim belgilari roʻyxatiga tuzatishlar, qoʻshimchalar va aniqliklar kiritish‎ 0,5‎ 210‎ Oʻzgartirishlardan iborat materiallar bil�n bir vaqtda‎
1.6.2.‎ Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi roʻyxatdan oʻtkazilgungacha arizachini oʻzgartirish‎ 0,5‎ 210‎ Oʻzgartirish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda‎
1.6.3.‎ Ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga buyurtmanomani ajratish, dastlabki buyurtmanomadan ajratilgan har bir buyurtmanoma uchun (birgalik buzilgan taqdirda)‎ 2‎ 840‎ Ajratilgan buyurtmanomani berish bilan bir vaqtda
1.6.4.‎ Roʻyxatdan oʻtkazilgan litsenziya shartnomasiga va patentni boshqaga berish toʻgʻrisidagi shartnomaga oʻzgartirishlar kiritish‎ 0,5‎ 210‎ Oʻzgartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda‎
1.6.5.‎ Ixtiroga buyurtmanomani foydali modelga buyurtmanomaga oʻzgartirish‎ 0,3‎ 125‎ Buyurtmanomalarni oʻzgartirish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda‎‏
1.6.6.‎ Foydali modelga buyurtmanomani ixtiroga buyurtmanomaga oʻzgartirish‎ 0,5‎ 210‎
1.7. ‎

Hujjatlarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish va tiklash ‎‎

1.7.1.‎ Ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunalariga buyurtmanomalar boʻyicha ekspertiza soʻroviga javob berishning qonunda belgilangan muddatini uzaytirish, uzaytirilgan har bir oy uchun:‎ Belgilangan muddatni uzaytirish toʻgʻrisida iltimosnoma berish bilan bir vaqtda‎‏
‎‏
— belgilangan muddat tugagan sanadan boshlab 6 oygacha doirasida‎ 0,2‎ 84‎
— 6 oydan 12 oygacha‎ 1‎ 420‎
1.7.2.‎ Muddatini uzaytirish:‎
a) ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga buyurtmanomalar sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasida belgilangan muddatdan kechikib berilganda konvension ustuvorlikni soʻrash muddatini, lekin koʻpi bilan 2 oyga ‎‎ 0,5‎‎ 210‎ Ariza berish bilan bir vaqtda‎‎‏
b) ixtiroga ilmiy-texnik ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berish muddatini, lekin koʻpi bilan 2 oyga ‎ 0,5‎‎ 210‎
1.7.3.‎ Quyidagi muddatlar doirasida berilgan iltimosnoma boʻyicha, ixtirolarga, foydali modellarga, sanoat namunalariga buyurtmanomalar yuzasidan ekspertiza soʻroviga javob berishning qonunda belgilangan, arizachi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash:‎ Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma berish bilan bir vaqtda‎‏
‎‏
— belgilangan muddat tugagan sanadan boshlab 6 oygacha‎ 1,4‎ 600‎
— 6 oydan 12 oygacha‎ 3‎ 1260‎

2.‎ ‎‎Seleksiya yutuqlari

2.1.‎

Buyurtmanoma bojlari‎

Seleksiya yutuqlariga patent berish yuzasidan buyurtmanomalar berish va rasman ekspertiza oʻtkazish‎ 1‎ 420‎ Buyurtmanoma berish bilan bir vaqtda‎
2.2. ‎ ‎‎Patentga munosiblik yuzasidan ekspertiza oʻtkazish uchun bojlar
2.2.1.‎ Seleksiya yutugʻining yangilik ekanligi yuzasidan ekspertiza oʻtkazish‎ 1‎ 420 Koʻrib chiqishga buyurtmanoma qabul qilingani toʻgʻrisidagi bildirishnoma joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida‎
2.2.2.‎ Seleksiya yutugʻining farqlanishi, oʻxshashligi va barqarorligi yuzasidan sinovlar oʻtkazish‎ 4‎ 1260‎ Buyurtmanoma sinov rejasiga kiritilgani toʻgʻrisida bildirishnoma joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida‎
2.3. ‎ ‎‎Patentlarni roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va berish
2.3.1.‎ Seleksiya yutugʻini roʻyxatdan oʻtkazish‎ 0,6‎ 250‎ ‎‏Ekspertiza qarori joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida‏
2.3.2.‎ Eʼlon qilish:‎
a) rasmiy axborotnomada:‎
— seleksiya yutugʻi yuzasidan buyurtmanoma qabul qilingani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar‎ 0,2‎ 84‎
— roʻyxatdan oʻtkazilgan seleksiya yutuqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar‎ 0,2‎ 84‎
b) seleksiya yutugʻiga tavsiflar:‎
—referat va boshqa materiallar bilan birga 35 listgacha hajmda:‎ 0,6‎ 250‎
— 35 listdan ortiq keyingi har bir list uchun‎ 0,01‎ 8,4‎
2.3.3.‎ Patentlar berish‎ 0,6‎ 250‎
2.4. ‎ Seleksiya yutuqlariga patentning amal qilishini saqlash uchun bojlar
2.4.1.‎ Seleksiya yutugʻiga patentni roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻz kuchida saqlash, amal qilishining har bir yili uchun: Birinchi yil uchun — patentni roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va berish uchun boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat bilan bir vaqtda. Keyingi yillarda joriy yilda patentning amal qilish muddati tugagungacha oxirgi uch oy mobaynida
birinchi — uchinchi yillar uchun 0,2 84
toʻrtinchi — oltinchi yillar uchun 0,4 168
yettinchi — oʻninchi yillar uchun 0,5 210
oʻn birinchi — oʻn toʻrtinchi yillar uchun 0,7 294
oʻn beshinchi — oʻn oltinchi yillar uchun 0,9 378
oʻn yettinchi — yigirmanchi yillar uchun 1 420
yigirma birinchi — oʻttizinchi yillar uchun (uzaytirish) 1,2 504
2.4.2.‎ Patentning amal qilish muddati tugagandan keyin 6 oy muddat berganlik uchun qoʻshimcha boj‎

belgilangan boj
‎miqdorining 50 foizi‎‎

Muddatni uzaytirish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda‎

2.5. ‎ ‎‎Seleksiya yutuqlariga huquqlarni berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish
2.5.1‎ Quyidagilardan iborat litsenziya shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish:‎ ‎‏Huquqni berish toʻgʻrisidagi ariza bilan bir vaqtda
‎‏
— seleksiya yutugʻiga bitta patent‎ 2‎ 840‎
— seleksiya yutugʻiga bir nechta patent, litsenziya shartnomasida koʻrsatilgan har qaysi patent uchun qoʻshimcha ravishda‎ 0,5‎ 420‎
2.5.2.‎ Quyidagilar:
seleksiya yutugʻiga patentni boshqaga berish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish ‎

3‎

1260‎

seleksiya yutugʻiga bir nechta patentlarni boshqaga berish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish, boshqaga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan har bir patent uchun qoʻshimcha ravishda ‎

2‎

840‎

2.5.3.‎ Seleksiya yutugʻidan foydalanishga huquqni istalgan shaxsga berish toʻgʻrisidagi arizaga doir maʼlumotlarni eʼlon qilish (ochiq litsenziya)‎ 0,2‎ 84‎ Ariza berish bilan bir vaqtda‎
2.6. ‎ ‎‎Oʻzgartirishlar kiritish
2.6.1.‎ Davlat ekspertizasi qarori chiqqungacha seleksiya yutugʻiga buyurtmanomaga tuzatishlar, qoʻshimchalar va aniqliklar kiritish‎ 0,5‎ 210‎ Oʻzgartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda‎
2.6.2.‎ Seleksiya yutugʻi roʻyxatdan oʻtkazilgungacha arizachini oʻzgartirish‎ 0,5‎ 210‎ Oʻzgartirish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda‎
2.6.3.‎ Seleksiya yutugʻiga buyurtmanomani ajratish, dastlabki buyurtmanomadan ajratilgan har bir buyurtmanoma uchun (birgalik buzilgan taqdirda)‎ 2‎ 840‎ Buyurtmanomani ajratish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda‎
2.6.4.‎ Roʻyxatdan oʻtkazilgan litsenziya shartnomasiga va patentni boshqaga berish toʻgʻrisidagi shartnomaga oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish‎ 0,5‎ 210‎ Oʻzgartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda‎
2.7. ‎ Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash‎‎
quyidagi muddatlarga berilgan iltimosnoma boʻyicha arizachi tomonidan oʻtkazib yuborilgan qonunda belgilangan muddatni tiklash:‎ Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma berish bilan bir vaqtda‎‏
‎‏
‎‏
— belgilangan muddat tugagan sanadan boshlab 2 oygacha‎ 0,6‎ 250‎
— 3 oydan 4 oygacha‎ 1‎ 420‎
— 6 oygacha‎ 1,2‎ 500‎

2.8.‎

‎‎Hujjatlar taqdim etish muddatini uzaytirish
Hujjatlarni taqdim etishning qonun hujjatlarida belgilangan muddatini bir oyga (bir oydan oshmagan muddatga) uzaytirish: ‎

0,2‎

84

Belgilangan muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma berish bilan bir vaqtda ‎‎

3.‎Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, tovarlar kelib chiqish joyining nomi ‎‎

3.1. ‎ ‎‎Buyurtmanoma bojlari
3.1.1.‎ Tovar belgisini, xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga va buyurtmanomadagi koʻrsatkichlarni davlat ekspertizasidan oʻtkazishga buyurtmanomalar berish:‎ Buyurtmanoma berish bilan bir vaqtda‎
— MKTU bitta klassi uchun‎ 1,5‎ 600‎
— bittadan ortiq har bir MKTU klassi uchun‎ 0,5‎ 200‎
— jamoa belgisining MKTU bitta klassi uchun‎ 1,5‎ 600‎
— bittadan ortiq jamoa belgisining MKTU har bir klassi uchun‎ 0,5‎ 200‎
3.1.2.‎ Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazishga va undan foydalanish huquqini berishga, tovarning roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan kelib chiqqan joyidan foydalanish huquqini berishga va davlat ekspertizasi oʻtkazishga buyurtmanomalar berish‎ 1,5‎ 600‎
3.2. ‎ ‎‎‎‎Roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va guvohnoma berish
3.2.1.‎ Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish‎
‎Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatidagi tovar belgisini kiritish.
0,6‎ 250‎ Ekspertiza qarori yoki Apellatsiya kengashining Oʻzbekiston Respublikasi hududida hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qarori joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida‎‏
3.2.2.‎ Tovar belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiy axborotnomada eʼlon qilish‎, hammaga maʼlum tovar belgilariga tegishli maʼlumotlar. 0,2‎ 84‎
3.2.3.‎ Guvohnoma berish‎ 0,6‎ 250‎
3.3. ‎ ‎‎Guvohnomalarning amal qilishini saqlash uchun bojlar
3.3.1.‎ Tovar belgisiga guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun:‎ Birinchi yil uchun — roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va guvohnoma berish uchun boj toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat bilan bir vaqtda.
— MKTU bitta klassi uchun‎ 2‎ 600‎
— bittadan ortiq har bir klass uchun‎ 0,5‎ 60‎
3.3.2.‎ Jamoa belgisiga guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun:‎ ‎‏Keyingi yillar uchun — guvohnomaning amal qilish muddati tugagungacha oxirgi uch oy mobaynida‏
— MKTU bitta klassi uchun‎ 3‎ 1200‎
— bittadan ortiq har bir klass uchun‎ 0,5‎ 120
3.3.3.‎ Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun‎ 1,5‎ 600‎
3.3.4.‎ Guvohnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin 6 oylik muddat berish uchun qoʻshimcha boj‎

‎‎belgilangan boj miqdorining
‎ 50 foizi

Muddatni uzaytirish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda‎
3.4. ‎ ‎‎Tovar belgilariga huquqlar berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish
3.4.1.‎ Quyidagilardan iborat boʻlgan litsenziya shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish:‎ ‎‏Huquq berish toʻgʻrisidagi ariza bilan bir vaqtda
‎‏
— bitta tovar belgisi‎ 2‎ 840‎
— bir nechta tovar belgilari;
‎litsenziya shartnomasida koʻrsatilgan har bir tovar belgisi uchun qoʻshimcha ravishda‎
1‎ 420‎
3.4.2.‎ Quyidagilarni berish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish:‎
— bitta tovar belgisini‎ 3‎ 1260‎
— bir nechta tovar belgilarini;
‎berish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan har bir tovar belgisi uchun qoʻshimcha ravishda‎
1,5‎ 630‎
3.5. ‎ ‎‎Oʻzgartirishlar kiritish
3.5.1.‎ Davlat ekspertizasi qarori chiqqungacha arizachining tashabbusiga koʻra tovar belgisiga buyurtmanomaga va tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmanomaga tuzatishlar, qoʻshimchalar va aniqliklar kiritish‎ 0,5‎ 210‎ Oʻzgartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda‎‏
‎‏
3.5.2.‎ Tovar belgisiga va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisida oʻzgartirishlar kiritish‎ 1‎ 420‎
3.5.3.‎ Roʻyxatdan oʻtkazilgan litsenziya shartnomasiga va huquqlar berish toʻgʻrisidagi shartnomaga oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish‎ 0,5‎ 210‎
3.5.4.‎ Tovar belgisiga buyurtmanomalarni ajratish (dastlabki buyurtmanomadan ajratilgan har bir buyur�manoma uchun) yoki tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishni ajratish (yangidan paydo boʻlgan har bir roʻyxatdan oʻtkazish uchun)‎ 1,4‎ 600‎ Ajratish toʻgʻrisida iltimosnoma berish bilan bir vaqtda‎
3.5.5.‎ Buyurtmanoma berilgan sanadan tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish sanasigacha boʻlgan davrda berilgan tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan buyurtmanomaga huquqni boshqaga berish munosabati bilan arizachini oʻzgartirish‎ 1,5‎ 630‎ Oʻzgartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda‎
3.6. ‎ ‎‎Ekspertiza soʻrovi boʻyicha hujjatlarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish va tiklash
3.6.1.‎ Tovar belgilariga, tovar kelib chiqqan joy nomiga buyurtmanomalar boʻyicha ekspertiza soʻroviga javob berishning qonunda belgilangan muddatini uzaytirish, uzaytirishning har bir oyi uchun‎ 0,2‎ 84‎ Uzaytirish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda‎
3.6.2.‎ Tovar belgilariga, tovar kelib chiqqan joy nomiga buyurtmanomalar boʻyicha ekspertiza soʻroviga javob berishning qonunda belgilangan, arizachi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash‎ 1‎ 240‎ Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma berish bilan bir vaqtda‎

‎‎5. Integral mikrosxemalar topologiyalari

5.1. ‎ ‎‎Buyurtmanoma bojlari
Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazishga va davlat ekspertizasi oʻtkazishga buyurtmanomalar berish‎ 1‎ 420‎ Buyurtmanomalar berish bilan bir vaqtda‎
5.2. ‎ ‎‎Roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va guvohnomalar berish
5.2.1.‎ Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish‎ 0,6‎ 250‎ ‎‏‎‏Ekspertiza qarori joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida
5.2.2.‎ Roʻyxatdan oʻtkazilgan integral mikrosxemalar topologiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiy axborotnomada eʼlon qilish‎ 0,2‎ 84‎
5.2.3.‎ Guvohnomalar berish‎ 0,6‎ 250‎
5.3. ‎ ‎‎Integral mikrosxemalar topologiyasiga huquqlar berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish
Integral mikrosxemalar topologiyasiga huquqlar berish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish‎ 2‎ 840‎ Huquq berish toʻgʻrisida ariza bilan bir vaqtda‎
5.4. ‎ ‎‎Oʻzgartirishlar kiritish
Davlat ekspertizasi qarori chiqarilgungacha integral mikrosxemalar topologiyasi yuzasidan buyurtmanomaga tuzatishlar, qoʻshimchalar va aniqliklar kiritish‎ 0,5‎ 210‎ Oʻzgartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda

‎‎6. Apellatsiyalarni va arizalarni apellatsiya kengashi tomonidan koʻrib chiqish

6.1. ‎ ‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining qarorlari yuzasidan arizalar
6.1.1.‎ Buyurtmanomalarning rasman ekspertizasi natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlar yuzasidan ‎ arizalar 0,6‎ 250‎ Ariza berish bilan bir vaqtda‎
6.1.2.‎ Quyidagilar boʻyicha qabul qilingan qarorlar yuzasidan arizalar:‎
a) foydali modelga buyurtmanomalar ekspertizasi‎ 1‎ 420‎
b) yangi seleksiya yutugʻi ekspertizasi‎ 1‎ 420‎
v) ixtiro, sanoat namunasiga buyurtmanomalar mohiyati boʻyicha ekspertiza‎ 1,4‎ 590‎
g) seleksiya yutugʻining farqlanishi, bir xilligi va barqarorligi yuzasidan sinab koʻrish‎ 1,4‎ 590‎
d) koʻrsatilgan belgi, shu jumladan xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish predmeti hisoblangan belgi ekspertizasi‎ 1,4‎ 590‎
6.2. ‎ ‎‎Huquqiy muhofaza qilishga qarshi apellatsiya
Ixtiro, foydali model, san�at namunalari, seleksiya yutuqlariga patent yoki integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida guvohnoma berishga qarshi arizalar‎ 2‎ 840‎ Ariza berish bilan bir vaqtda‎
6.3. ‎ ‎‎Muhofaza hujjatining amal qilishiga qarshi arizalar

‎Ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlariga patentlarning haqiqiyligiga qarshi arizalar

‎Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning haqiqiyligiga qarshi apellatsiyalar
‎‎Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi, tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi, tovarlarning kelib chiqish joyi nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomalarning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi ‎ arizalar
‎Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgini xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilishiga qarshi arizalar‎
3‎ 1260‎ Ariza berish bilan bir vaqtda‎
6.4. ‎ ‎‎Tovarning kelib chiqish joyi nomini roʻyxatdan oʻtkazishni bekor qilish toʻgʻrisidagi apellatsiyalar
Tovarning kelib chiqish joyi nomini roʻyxatdan oʻtkazishni bekor qilish toʻgʻrisidagi ‎arizalar 2‎ 840‎ Ariza berish bilan bir vaqtda‎
6.5. ‎ ‎‎Oʻzbekiston Respublikasida barchaga maʼlum boʻlgan tovar belgisini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizalar
Oʻzbekiston Respublikasida barchaga maʼlum boʻlgan tovar belgisini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ‎ arizalar 4‎ 1680‎ Ariza berish bilan bir vaqtda‎
6.6. ‎ Soʻralayotgan materiallarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish‎‎
Soʻralayotgan materiallarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish, uzaytirishning har bir oyi uchun‎ 0,2‎ 84‎ Iltimosnoma berish bilan bir vaqtda‎

7. EHM va maʼlumotlar bazasi uchun dasturlar ‎‎

7.1.‎ ‎‎Buyurtmanomaga doir toʻlovlar
EHM va maʼlumotlar bazasi uchun dasturlarni roʻyxatdan oʻtkazish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish uchun buyurtmanomalar berish ‎

0,5‎

210‎

Buyurtmanomalar berish bilan bir vaqtda ‎

7.2.‎

Guvohnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va berish

7.2.1.‎

EHM va maʼlumotlar bazasi uchun dasturlarni roʻyxatdan oʻtkazish ‎

0,2‎

84‎

Ekspertiza qarori joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida ‎

7.2.2.‎

Rasmiy byulletenda EHM va maʼlumotlar bazasi uchun roʻyxatdan oʻtkazilgan dasturlarni eʼlon qilish ‎

0,1‎

42‎

7.2.3.‎

Guvohnomalarni berish ‎

0,2‎

84‎

7.3.‎

‎EHM va maʼlumotlar bazasi uchun dasturlarga huquqlarni berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish

7.3.1.‎

EHM va maʼlumotlar bazasi uchun dasturga barcha mulkiy huquqlarni toʻliq boshqaga berish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish ‎

1‎

420‎

Huquqni berish toʻgʻrisidagi arizani berish bilan bir vaqtda ‎

7.3.2.‎

EHM va maʼlumotlar bazasi uchun dasturga mulkiy huquqlarni berish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish ‎

0,5‎

210‎

7.4.‎

Oʻzgartirishlar kiritish ‎‎
Davlat ekspertizasi qarori qabul qilingunga qadar EHM va maʼlumotlar bazasi uchun dasturga buyurtmanomalarga tuzatishlar, qoʻshimchalar va aniqliklar kiritish ‎

0,2‎

84

Tarkibida oʻzgartirishlar mavjud boʻlgan materiallar bilan bir vaqtda ‎‎

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 322-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 649-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil
20-apreldagi 65-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Patent bojlari toʻgʻrisidagi nizomni va patent bojlari stavkalarini tasdiqlash haqida” 2002-yil 14-oktabrdagi 357-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 59-modda) 1-bandi, shuningdek qarorga 1 va 2-ilovalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Patent vakillari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 1-iyuldagi 298-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 55-modda) 2-bandi, shuningdek qarorga 3-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda) 3-ilova 19-bandining ikkinchi xatboshi.