06.04.2006 yildagi 58-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BINOLAR KOMPLEKSINI YER UCHASTKASI BILAN BIRGA GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASIGA MULK ETIB SOTISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksiga xamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatiya vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlarning ish sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1995-yil 14-noyabrdagi PF-1287-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Toshkent shahar hokimligining “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzyoʻlbutlash” Respublika butlash boshqarmasining Toshkent shahar, Sh.Rashidov koʻchasi, 15A-uyda joylashgan, 4096 kv. m. maydonga ega boʻlgan binolari kompleksini yer uchastkasi bilan birga Germaniya Federativ Respublikasiga 1155211,0 AQSh dollariga mulk etib sotish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Germaniya Federativ Respublikasi Elchixonasi bilan koʻrsatilgan binolar kompleksining yer uchastkasi bilan birga oldi-sotdi shartnomasini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ikki hafta muddatda tuzsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Germaniya Federativ Respublikasining koʻrsatib oʻtilgan binolar kompleksiga, ular joylashgan joydagi yer uchastkasi bilan birga, mulk huquqini tasdiqlaydigan Davlat orderini belgilangan tartibda bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent shahar hokimligi “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda “Oʻzyoʻlbutlash” Respublika butlash boshqarmasining boshqa binoga joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, yer uchastkasini Germaniya Federativ Respublikasiga sotishdan olingan 909426,0 AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlar, Davlat mulki qoʻmitasi tasarrufida qoldiriladigan mablagʻlarni chegirgan holda, Toshkent shahrini ijtimoiy rivojlantirish uchun Toshkent shahar hokimligiga beriladi, “Oʻzyoʻlbutlash” Respublika butlash boshqarmasining binolar va inshootlar kompleksini sotishdan olingan 245785,0 AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlar esa belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M.Xanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 6-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-son