OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA KASSA AMALLARINING BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 24-iyulda 1602-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/7-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3428, 20.04.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari” (yangi tahrirda) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan soʻng kuchga kiradi.
3. Ushbu qaror kuchga kirishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 9-apreldagi 6/16-sonli qarori va u bilan tasdiqlangan 604-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari” bekor qilinsin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Markaziy bank raisining oʻrinbosari A.Q. Qodirov zimmasiga yuklatilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 15-iyun,
13/6-son
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish
QOIDALARI
Ushbu Qoida Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, banklar tomonidan kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Banklarda kassa amallarining buxgalteriya hisobi “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi” hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi”dagi quyidagi hisobvaraqlarda yuritiladi:
10101 — Aylanma kassadagi naqd pullar
10102 — Naqd pullar zaxirasi
10103 — Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar
10107 — Bankomatlardagi naqd pullar
10109 — Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari
10111 — Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar
10307 — Markaziy bankdan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Naqd pullar
10311 — Markaziy bankka topshirilgan naqd pullar uchun olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar
10507 — Boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Naqd pullar
16101 — Bosh bank/filiallardan olinadigan mablagʻlar — Naqd pullar
16103 — Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar
16103 — Markaziy bank/filial/agentliklarning filiallararo va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlari (Markaziy bank)
17301 — Tranzit hisobvaraqlari
19903 — Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar
19935 — Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul boʻyicha kamomadlar
21008 — Boshqa banklarga berilishi lozim boʻlgan naqd pullar
21307 — Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablagʻlar (Markaziy bank)
21314 — Rezident banklari tomonidan topshirilgan naqd pul uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar (Markaziy bank)
22202 — Bosh bank/filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Naqd pullar
29804 — Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari
29816 — Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar
Ushbu hisobvaraqlardan mijozlarning depozit va kredit hisobvaraqlari bilan buxgalteriya oʻtkazmalarini amalga oshirishda foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Bank filiallari aylanma kassalarida amalga oshiriladigan kirim va
chiqim amallarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi
chiqim amallarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mijozlardan qabul qilingan naqd pullar bank aylanma kassasiga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali kirim qilinishi lozim:
a) Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit “Mijozlarning depozit hisobvaragʻi”
b) agar kreditni qaytarish uchun naqd pullar topshirilgan boʻlsa:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit “Mijozlarning tegishli kredit hisobvaragʻi”
v) agar olingan kreditlar boʻyicha foizlar toʻlovi naqd pulda amalga oshirilgan boʻlsa:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 16309 — “Kreditlar boʻyicha hisoblangan foizlar”
Keyingi tahrirga qarang.
3. Bank aylanma kassasidan mijozlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, xizmat safari xarajatlarini, nafaqa va yordam puli, moddiy yordam pullari, dividendlar hamda boshqa qonunchilikda taʼqiqlanmagan naqd pul toʻlovlarini quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali chiqim qilinishi lozim:
Debet “Mijozlarning depozit va kredit hisobvaraqlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Aylanma kassada oʻrnatilgan limit miqdoridan ortiqcha naqd pullar summasi 10102 — “Naqd pullar zaxirasi” hisobvaragʻiga kirim qilinganda bir vaqtning oʻzida quyidagi ikkita buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
a) 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvaragʻidan naqd pullar chiqim qilinganda:
Debet 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
b) 10102 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvaragʻiga naqd pullar kirim qilinganda:
Debet 10102 — “Naqd pullar zaxirasi”
Kredit 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari”
5. Banklar har kuni ish boshlashdan oldin oʻz mijozlaridan yozma ravishda tushgan kassa buyurtmanomalaridan kelib chiqib, 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvaragʻidagi mablagʻ yetarli yoki yetarli emasligini aniqlaydi.
Agar mablagʻ yetarli boʻlmasa, u holda 10102 — “Naqd pullar zaxirasi” hisobvaragʻidan aylanma kassaga mablagʻ chiqariladi va bir paytning oʻzida quyidagi ikkita buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshirilishi lozim:
a) 10102 — “Naqd pullar zaxirasi” hisobvaragʻidan naqd pullar chiqim qilinganda:
Debet 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari”
Kredit 10102 — “Naqd pullar zaxirasi”
b) 10101 hisobvaragʻiga naqd pullar kirim qilinganda:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari”
Keyingi tahrirga qarang.
III. Banklarda mijozlarning naqd pul tushumini inkassatsiya qilishning buxgalteriya hisobi
6. Inkassatorlar tomonidan mijozlardan yigʻib kelingan pul mablagʻlari solingan inkassator qoplari banklarning kechki kassalariga belgilangan tartibda qabul qilinadi. Ushbu pul mablagʻlari solingan inkassatorlik qoplari keyingi ish kuni ertalab qayta sanash kassasiga topshiriladi. Kechki kassa tomonidan yuk xati asosida tayyorlangan kirim roʻyxatining birinchi nusxasi qayta sanash kassasiga va ikkinchi nusxasi bank buxgalteriyasiga topshiriladi hamda buxgalteriya ushbu kirim roʻyxati asosida quyidagi oʻtkazmalarni amalga oshiradi:
a) inkassatorlar orqali yigʻib kelingan inkassatorlik qoplaridagi naqd pul va hisob-kitob cheklari boʻyicha mablagʻlar shu bank mijoziga tegishli boʻlsa:
Debet 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”
Kredit “Mijoz depozit hisobvaragʻi”
b) inkassatorlar orqali yigʻib kelingan inkassatorlik qoplaridagi naqd pul va hisob-kitob cheklari boʻyicha mablagʻlar boshqa bank yoki bankning boshqa filiali mijoziga tegishli boʻlsa:
Debet 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”
Kredit 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”
Keyingi tahrirga qarang.
7. Qayta sanash kassasida inkassatorlik qoplaridagi pul mablagʻlari belgilangan tartibda sanab boʻlingandan keyin, naqd pul mablagʻlari bank aylanma kassasiga kirim qilinadi va quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”
8. Agar qayta sanash kassasida qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablagʻlari aniqlansa, belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 29816 — “Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar”
9. Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablagʻlari ushbu bank mijoziga tegishli boʻlsa, u mijozning hisobvaragʻiga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali kirim qilinadi:
Debet 29816 — “Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar”
Kredit “Mijoz depozit hisobvaragʻi”
10. Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablagʻlari boshqa bank mijozining 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” hisobvaragʻiga shartnomada kelishilgan hollarda oʻtkazib berilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 29816 — “Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar”
Kredit 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”
Keyingi tahrirga qarang.
11. Agar qayta sanash kassasida naqd pul mablagʻlari kamomad chiqqanligi aniqlansa, belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 19935 — “Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul boʻyicha kamomadlar”
Kredit 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”
12. Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi ushbu bank mijoziga tegishli boʻlsa va u mijozning hisobvaragʻidan shartnomada kelishilgan shartlarga binoan undirib olinganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet “Mijozning depozit hisobvaragʻi”
Kredit 19935 — “Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul boʻyicha kamomadlar”
13. Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi boshqa bank mijozining 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” balans hisobvaragʻidan shartnomada kelishilgan shartlarga asosan undirib olinganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”
Kredit 19935 — “Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul boʻyicha kamomadlar”
Keyingi tahrirga qarang.
14. Boshqa bank mijozlariga tegishli boʻlgan naqd pul boʻyicha mablagʻlar qayta sanash kassasida sanab boʻlingandan keyin, elektron memorial order shakllantirilib, vakillik hisobvaragʻidan shu kunning oʻzida, elektron toʻlov tizimi orqali, ularning hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi va quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”
Kredit “Mijozning asosiy depozit hisobvaragʻi”
Kredit 22624 — “Savdo korxonalarining maqsadli mablagʻlari” tegishli hisobvaragʻiga kirim qilinadi (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali)
Keyingi tahrirga qarang.
15. Mablagʻ oluvchining bankiga elektron toʻlov tizimi orqali mablagʻ kelib tushganda, dasturiy yoʻl bilan, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali kirim qilinadi:
Debet 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali)
Kredit “Mijozning asosiy depozit hisobvaragʻi”
Kredit 22624 — “Savdo korxonalarining maqsadli mablagʻlari” (hisobvaraqning tegishli shaxsiy hisobvaragʻiga kirim qilinadi)
Agar bank tomonidan 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” hisobvaragʻidan memorial order bilan boshqa bank mijozlarining asosiy depozit hisobvaragʻiga yoki aksizli tovarlar sotuvidan pul tushumlari summasi oʻtkazilganda, har bir aksiz tovar turi boʻyicha savdo tushumi summasini alohida memorial order orqali oʻtkazilishi shart.
Pul mablagʻlari bank aylanma kassasiga elektron toʻlov tizimi yopilgandan keyin kirim qilingan boʻlsa, boshqa bankdagi mijozlarning hisobvaragʻiga pul mablagʻlari keyingi ish kunidan kechiktirilmagan holda oʻtkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Qayta sanash kassasida aniqlangan boshqa banklarning hisob-kitob cheklari boʻyicha toʻlovlarning oʻtkazilishida initsiator (toʻlov operatsiyasini boshlovchi) bank filiali tomonidan quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshirilishi lozim:
Debet 20206 — “Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali)
Kredit 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”
17. Benefitsiar (toʻlov operatsiyasini yakunlovchi) bankka elektron chek kelib tushganda, dasturiy yoʻl bilan quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 20206 — “Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari”
Kredit 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali)
Bunda boshqa banklar hisob-kitob cheklarining asl nusxalari initsiator bankda qoldiriladi hamda kunlik hujjatlar yigʻma jildiga belgilangan tartibda tikiladi va saqlanadi.
18. Mablagʻ toʻlovchi va oluvchiga bir bankda xizmat koʻrsatilsa, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 20206 — “Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari”
Kredit 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”
19. Filiallari mavjud boʻlmagan banklar oʻrtasida amalga oshiriladigan banklararo toʻlovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Boshqa bank mijozlariga tegishli boʻlgan naqd pul boʻyicha mablagʻlar qayta sanash kassasida sanab boʻlingandan keyin, vakillik hisobvaragʻi orqali shu kunning oʻzida, elektron memorial order shakllantirilib elektron toʻlov tizimi orqali, ularning hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi va quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”
Kredit “Mijozning asosiy depozit hisobvaragʻi”
Kredit 22624 — “Savdo korxonalarining maqsadli mablagʻlari” tegishli hisobvaragʻiga kirim qilinadi (10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi — Nostro” hisobvaragʻi orqali)
Benefitsiar bankka yaʼni mablagʻ oluvchining bankiga elektron toʻlov tizimi orqali mablagʻ kelib tushganda, dasturiy yoʻl bilan, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali kirim qilinadi:
Debet 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” (10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi — Nostro” hisobvaragʻi orqali)
Kredit “Mijozning asosiy depozit hisobvaragʻi”
Kredit 22624 — “Savdo korxonalarining maqsadli mablagʻlari” (hisobvaraqning tegishli shaxsiy hisobvaragʻiga kirim qilinadi)
Initsiator bank (toʻlov operatsiyasini boshlovchi)da hisob-kitob cheklari boʻyicha quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 20206 — “Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari” (10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi — Nostro” hisobvaragʻi orqali)
Kredit 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”
Benefitsiar (toʻlov operatsiyasini yakunlovchi) bankka elektron chek kelib tushganda, dasturiy yoʻl bilan, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali chiqim qilinadi:
Debet 20206 — “Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari”
Kredit 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar” (10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi — Nostro” hisobvaragʻi orqali)
IV. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markaz (keyingi oʻrinlarda — HKKM)
laridan tijorat banklariga madad pullarini berish va olish amallari boʻyicha buxgalteriya oʻtkazmalari
laridan tijorat banklariga madad pullarini berish va olish amallari boʻyicha buxgalteriya oʻtkazmalari
20. Tijorat bank Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlaridan naqd pul olish uchun hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan madad puli berish toʻgʻrisidagi farmoyishga asosan tegishli buxgalteriya oʻtkazmasi orqali hududiy Bosh boshqarmalarning Hisob-kitob kassa markazlariga mablagʻ joʻnatadilar.
21. Filiali mavjud boʻlmagan initsiator bank madad puli olish uchun, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshirishi lozim:
Debet 10307 — “Markaziy bankdan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar— Naqd pullar”
Kredit 21307 — “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablagʻlar” (10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi — Nostro” hisobvaragʻi orqali)
22. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlariga madad puli olish uchun mablagʻ kelib tushganda, dasturiy yoʻl bilan, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10307 — “Markaziy bankdan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar— Naqd pullar” (16103 — “Markaziy bank /filial /agentliklarning filiallararo va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlari” hisobvaragʻi orqali)
Kredit 21307 — “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablagʻlar”
23. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlari tomonidan madad puli joʻnatilganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
24. Filiali mavjud boʻlmagan initsiator bankka, HKKMdan Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalari farmoyishiga asosan madad puli keltirilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 10307 — “Markaziy bankdan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Naqd pullar”
25. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlariga filiali mavjud boʻlmagan initsiator bankdan madad pulini olganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma kelganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 21307 — “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablagʻlar”
Kredit 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
26. Initsiator bank filialida (filiali mavjud banklarda) Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlaridan madad puli olish quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10307 — “Markaziy bankdan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar— Naqd pullar”
Kredit 21307 — “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablagʻlar” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali)
Benefetsiar bank filialiga, yaʼni Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlariga madad puli uchun mablagʻ kelib tushganda, dasturiy ravishda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10307 — “Markaziy bankdan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar— Naqd pullar” (16103 — “Markaziy bank /filial /agentliklarning filiallararo va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlari” hisobvaragʻi orqali)
Kredit 21307 — “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablagʻlar”
Benefitsiar bank filiali, yaʼni Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlari tomonidan madad puli joʻnatilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Initsiator bank filialiga madad puli keltirilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 10307 — “Markaziy bankdan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar— Naqd pullar”
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlariga madad pulini olganligi toʻgʻrisida, initsiator bank filialidan tasdiqnoma kelganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi:
Debet 21307 — “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablagʻlar”
Kredit 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
27. Tijorat bank filiallari Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalari farmoyishiga asosan boshqa tijorat bank filialidan madad puli olganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Initsiator bank filiallari madad puli olish uchun quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali mablagʻ joʻnatadilar:
Debet 10507 — “Boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar— Naqd pullar”
Kredit 21008 — “Boshqa banklarga berilishi lozim boʻlgan — Naqd pullar” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali)
Benefetsiar bank filialiga madad puli uchun mablagʻ kelib tushganda, dasturiy ravishda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10507 — “Boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Naqd pullar” 16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali
Kredit 21008 — “Boshqa banklarga berilishi lozim boʻlgan — Naqd pullar”
Benefitsiar bank filiali madad puli joʻnatganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi:
Debet 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Initsiator bank filialida, yaʼni madad puli olgan filialda esa olingan madad puli summasiga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 10507 — “Boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Naqd pullar”
Benefitsiar bank filialiga initsiator bank filiali tomonidan joʻnatilgan madad pulini olganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma kelib tushganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi:
Debet 21008 — “Boshqa banklarga berilishi lozim boʻlgan — Naqd pullar”
Kredit 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
28. Bir bank filiallari oʻrtasida madad pullarini berish va olish boʻyicha buxgalteriya hisobi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Initsiator bank filiali, yaʼni madad puli oluvchi filial naqd pul olish uchun shu bankning benefitsiar filialiga mablagʻ joʻnatganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi:
Debet 16101 — “Bosh bank/ filiallardan olinadigan mablagʻlar — Naqd pullar”
Kredit 22202 — “Bosh bank/filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Naqd pullar” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali)
Bankning benefitsiar bank filialiga elektron toʻlov orqali madad puli uchun mablagʻ kelib tushganda, dasturiy yoʻl bilan, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 16101 — “Bosh bank/filiallardan olinadigan mablagʻlar — Naqd pullar” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali)
Kredit 22202 — “Bosh bank/filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Naqd pullar”
Bankning benefitsiar filiali, yaʼni madad puli joʻnatuvchi 22202-sonli hisobvaraqqa madad puli uchun mablagʻ kelib tushgandan soʻng, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi:
Debet 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Bankning initsiator filialiga, yaʼni madad puli oluvchi bankka madad puli keltirilganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 16101 — “Bosh bank/filiallardan olinadigan mablagʻlar — Naqd pullar”
Madad pulini qabul qilib olgan filial yuqoridagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshirgandan soʻng benefitsiar filialga yaʼni madad pulini joʻnatgan filialga madad pulini qabul qilganligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda tasdiqnoma joʻnatadi.
Benefitsiar bank filiali yaʼni madad puli joʻnatgan filial, initsiator bank filiali, yaʼni madad puli olgan filialdan belgilangan tartibda tasdiqnoma kelganda, benefitsiar bank filiali tomonidan quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 22202 — Bosh bank/filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Naqd pullar”
Kredit 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
Keyingi tahrirga qarang.
V. Pul almashtirish shoxobchalarida kirim va chiqim amallarini amalga oshirishga doir buxgalteriya hisobi
29. Bankning aylanma kassasidan pul almashtirish shoxobchalariga madad puli olib kelinganda, madad puli shoxobcha tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinishi lozim.
Bank 10103 — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” hisobvaragʻiga madad pulini joʻnatganda, har bir valyuta (VVV-valyuta belgisi) boʻyicha alohida, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali chiqim qiladi:
Debet 10109VVV — “ Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
Kredit 10101VVV — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
30. Qabul qilingan madad puli 10103 — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” hisobvaragʻiga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali kirim qilinadi:
Debet 10103VVV — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”
Kredit 10109VVV — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
31. Bankning bosh buxgalteri bank amaliyot kuni oxirida oʻzlarining pul almashtirish shoxobchalarining “09009” maʼlumotnomasida koʻrsatilgan “Debet” va “Kredit” aylanmalari umumiy summasiga, quyidagilarni amalga oshiradi:
Pul almashtirish shoxobchasi xorijiy valyuta sotib olish uchun sarflangan naqd pulning “09009” maʼlumotnomasida koʻrsatilgan soʻmdagi umumiy summasiga:
Debet 17101000 — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”
Kredit 10103000 — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”
32. Pul almashtirish shoxobchasi xorijiy valyutani sotishdan tushgan soʻmdagi naqd pulning yukxatda koʻrsatilgan alohida har bir xorijiy valyutadagi umumiy summasiga:
Debet 10103000 — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”
Kredit 17101000 — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”
33. Pul almashtirish shoxobchasi sotib olingan xorijiy valyutaning “09009” maʼlumotnomasida koʻrsatilgan alohida har bir xorijiy valyutadagi umumiy summasiga:
Debet 10103VVV — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”
Keyingi tahrirga qarang.
Kredit 17101000 — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”
Keyingi tahrirga qarang.
34. Pul almashtirish shoxobchasi sotilgan xorijiy valyutaning “09009” maʼlumotnomasida koʻrsatilgan umumiy summasiga:
Debet 17101 VVV — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”
Kredit 10103VVV — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”
35. Bank balansida 10103 — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” hisobvaragʻidagi soʻmdagi va valyutadagi qoldiq pul almashtirish shoxobchalari kassirlaridan olingan “09009” maʼlumotnomasida koʻrsatilgan qoldiqqa solishtiriladi va ular teng boʻlgan taqdirda mazkur bank amaliyot kuni belgilangan tartibda yakunlanadi.
Bunda, 10103 — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” qoldigʻi 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari” hisobvaragʻiga har bir valyuta boʻyicha quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali kirim qilib qoʻyiladi:
Debet 10109VVV — “ Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
Kredit 10103VVV — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”
36. Keyingi ish kuni ertalab, 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari” hisobvaragʻidagi qoldiqni 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvaragʻiga har bir valyuta boʻyicha kirim qilinganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10101VVV — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 10109VVV — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
Agarda, pul almashtirish shoxobchalaridan olingan naqd pullar qayta sanash kassasida qayta sanalgandan soʻng kamomad yoki ortiqcha mablagʻlar aniqlansa, belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va tegishli buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi.
VI. Bankomatda kirim va chiqim amallarini amalga oshirishga doir buxgalteriya hisobini yuritish tartibi
37. Bank 10107 — “Bankomatdagi naqd pullar” hisobvaragʻiga madad pulini belgilangan tartibda taqsimlab boʻlgandan soʻng har bir bankomat boʻyicha quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiriladi:
Debet 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
38. 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar” hisobvaragʻiga madad pulini kirim qilinganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar”
Kredit 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari”
39. Bankomatdan plastik kartochka boʻyicha xarajat qilingan har bir xarajat summasi dasturiy yoʻl bilan quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali amalga oshiriladi:
Debet 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlari”
Kredit 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar”
Keyingi tahrirga qarang.
40. Bankomatdagi qolgan yoki toʻlovga yaroqsiz naqd pullarni bankka qaytarilganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari”
Kredit 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar”
41. Bankomatga ortiqcha qoʻyilgan yoki toʻlovga yaroqsiz naqd pullarni 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvaragʻiga kirim qilinganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari”
Keyingi tahrirga qarang.
VII. Bank binosida va bank binosidan tashqarida joylashgan shoxobcha va minibanklarida kirim va
chiqim amallarini amalga oshirishga doir buxgalteriya hisobi
chiqim amallarini amalga oshirishga doir buxgalteriya hisobi
Keyingi tahrirga qarang.
42. Har bir bank binosida va binosidan tashqarida joylashgan shoxobchasiga, minibankiga talab qilingan madad pulini oʻz vaqtida va soʻralgan miqdorda taqsimlashi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Bank 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvaragʻidan bank binosidan tashqarida joylashtirilgan shoxobchalariga (10111 — “Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar”) madad pulini joʻnatganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradilar:
Debet 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
10111 — “Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar” hisobvaragʻiga madad puli kirim qilinganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Debet 10111 — “Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar”
Keyingi tahrirga qarang.
Kredit 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
43. Bank binosida va bank binosidan tashqarida joylashgan shoxobcha yoki minibank jismoniy shaxslardan kommunal xizmatlar va boshqa yigʻimlar boʻyicha tushgan naqd pullarni quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali kirim qilishi lozim:
Agar shu bankning mijozlariga tegishli boʻlsa quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10111 — “Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar”
Kredit “Mijoz hisobvaragʻi”
Agar boshqa bank mijoziga tegishli boʻlsa quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10111 — “Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar”
Kredit 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”
Keyingi tahrirga qarang.
44. Boshqa bank mijozlariga tegishli boʻlgan mablagʻlar shu kunning oʻzida yoki keyingi ish kunidan kechiktirilmagan holda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali oʻtkazib berilishi shart:
Debet 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”
Kredit 16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar”
Keyingi tahrirga qarang.
45. Bank binosida va bank binosidan tashqarida joylashgan shoxobcha yoki minibank oʻz mijozlarining omonatlariga naqd pul qabul qilsa, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10111 — “Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar”
Kredit 20206 — “Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari”
Kredit 20406 — “Jismoniy shaxslarning jamgʻarma depozitlari”
Kredit 20606 — “Jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari”
Keyingi tahrirga qarang.
46. Bank binosida va bank binosidan tashqarida joylashgan shoxobcha yoki minibank oʻz mijozlarining omonatlari hisobidan naqd pul bersa, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 20206 — “Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari”
Debet 20406 — “Jismoniy shaxslarning jamgʻarma depozitlari”
Debet 20606 — “Jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari”
Kredit 10111 — “Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar”
Keyingi tahrirga qarang.
47. Bank binosida va bank binosidan tashqarida joylashgan shoxobcha yoki minibank hisobvaragʻiga kirim qilingan madad puli hamda kun davomida mijozlardan kirim qilingan naqd pullar miqdorida xarajat qilishga ruxsat etiladi, amaliyot kuni yakunlanganda qoldiq summa toʻlaligicha 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvaragʻiga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali berkitilishi lozim:
Keyingi tahrirga qarang.
Debet 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
Kredit 10111 — “Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar”
Keyingi tahrirga qarang.
48. 10111 — “Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar” hisobvaragʻi qoldigʻi kun oxirida berkitilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
Keyingi tahrirga qarang.
VIII. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlari tomonidan tijorat banklarining
aylanma kassalaridagi ortiqcha naqd pullarni qabul qilish amallari boʻyicha buxgalteriya hisobi
aylanma kassalaridagi ortiqcha naqd pullarni qabul qilish amallari boʻyicha buxgalteriya hisobi
49. Tijorat banklari naqd pullar zaxirasidan ortiqcha naqd pullarni Markaziy bankning Bosh boshqarmalari HKKMlariga joʻnatganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiriladi:
Debet 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
50. Markaziy bankning Bosh boshqarmalari HKKMlari aylanma kassasiga tijorat banklaridan keltirilgan naqd pullarni kirim qilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 21314 — “Rezident banklari tomonidan topshirilgan naqd pul uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
Markaziy bankning Bosh boshqarmalari HKKMlari naqd pullarni aylanma kassasiga kirim qilgandan soʻng, shu zaxotiyoq dasturiy ravishda tijorat bankiga naqd pullarni qabul qilganligi toʻgʻrisida tasdiqnomani joʻnatishi shart.
51. Bosh boshqarmalari HKKMlari aylanma kassasiga kirim qilingan naqd pullar uchun tijorat banklariga mablagʻ oʻtkazib berilganda, quyidagi yakunlovchi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 21314 — “Rezident banklari tomonidan topshirilgan naqd pul uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
Kredit 10311 — “Markaziy bankka topshirilgan naqd pullar uchun olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar” (16103 — “Markaziy bank /filial /agentliklarning, filiallararo va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlari” hisobvaragʻi orqali)
52. Tijorat banklariga Markaziy bankning Bosh boshqarmalari HKKMlaridan topshirilgan naqd pullar uchun tasdiqnoma kelib tushganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshirishlari shart:
Debet 10311 — “Markaziy bankka topshirilgan naqd pullar uchun olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
Kredit 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”
53. Tijorat bankka topshirilgan naqd pullar uchun Markaziy bankning Bosh boshqarmalari HKKMlaridan mablagʻ kelib tushganda, dasturiy yoʻl bilan quyidagi yakunlovchi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 21314 — “Rezident banklari tomonidan topshirilgan naqd pul uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi)
Kredit 10311 — “Markaziy bankka topshirilgan naqd pullar uchun olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 299-modda; 2016-y., 42-son, 495-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 10/17/1602-2/0166-son, 03.07.2019-y., 10/19/1602-3/3370-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)