Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 16.12.1991 yildagi 311-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON KOMPARTIYASI MARKAZIY KOMITETI VA
OʻZBEKISTON SSR MINISTRLAR SOVETINING 1990-YIL
26 SENTYABRDAGI 323-SON QARORI BILAN TASDIQLANGAN
SIYOSATShUNOSLIK VA BOShQARUV INSTITUTI TOʻGʻRISIDAGI
NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosatshunoslik va boshqaruv institutiga ishlab chiqarishdan ajralgan holda tinglovchilar yuborishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Siyosatshunoslik va boshqaruv institutining mazkur institut toʻgʻrisidagi nizomning IV boʻlimiga oʻzgartirish kiritib, 3-bandi quyidagicha bayon etilsin, degan taklifi qabul qilinsin: “Ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy taʼlim bazasida taʼlim olayotgan tinglovchilarga ular ishlagan joydagi oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi yoki oʻqishga yuborgan korxona, muassasa, tashkilot hisobiga oʻrtacha ish haqi hajmida stipendiya toʻlanadi. Qisqa muddatli kurslarning tinglovchilari moddiy jihatdan belgilangan tartibda taʼminlanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vitse-Prezidenti Sh. MIRSAIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 16-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
311-son