Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SAVDO VAZIRLIGINING
XALQ ISTEʼMOLI MOLLARI SIFATI VA SAVDOSI
BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASINI QAYTA TAShKIL
ETISh TOʻGʻRISIDA
XALQ ISTEʼMOLI MOLLARI SIFATI VA SAVDOSI
BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASINI QAYTA TAShKIL
ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-fevraldagi 53-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligining xalq isteʼmoli mollari sifati boʻyicha Davlat inspeksiyasini tugatish toʻgʻpisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan
Savdo korxonalaridagi sanoat, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, shuningdek, kooperativlar yetkazib beradigan xalq isteʼmoli mollarining sifatini nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligining xalq isteʼmoli mollari sifati va savdosi boʻyicha Davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligining xalq isteʼmoli mollari sifati boʻyicha Davlat inspeksiyasi etib qayta tashkil etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligining xalq isteʼmoli mollari sifati boʻyicha Davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashining, “OʻzSSJ Savdo vazirligining xalq isteʼmoli mollari sifati va savdosi boʻyicha Davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1990-yil 21-maydagi 216-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vitse-Prezidenti Sh. MIRSAIDOV
Toshkent sh.,
1991-yil 3-dekabr,
304-son
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligining xalq isteʼmoli
mollari sifati boʻyicha Davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida
mollari sifati boʻyicha Davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
1. UMUMIY QOIDALAR
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligining xalq isteʼmoli mollari sifati boʻyicha Davlat inspeksiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligining davlat inspeksiyasi) Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligining mustaqil strukturaviy boʻlinmasi hisoblanadi va unga boshliq rahbarlik qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligining Davlat inspeksiyasi (bundan keyin davlat inspeksiyasi) boshqarmadan va Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi, respublika viloyatlaridagi va Toshkent shahridagi oʻziga boʻysunuvchi zonal guruhlardan iboratdir.
Davlat inspeksiyasi organlari savdo boshqaruv organlari oldida mustaqildir.
Davlat inspeksiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligi va Oʻzbekbirlashuvning buyruqlari va yoʻriqnomalariga, tovarlar sifati masalalari boʻyicha normativ hujjatlarga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
Davlat inspeksiyasi respublika hududida joylashgan sanoat, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, shuningdek, kooperativlar tomonidan yetkazib beriladigan davlat savdosi va matlubot kooperatsiyasining ulgurji va chakana savdo korxonalaridagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat xalq isteʼmoli mollarining sifatini nazorat qiladi.
2. ASOSIY VAZIFALARI
Standart talablariga, texnik shartlarni va boshqa normativ-texnik hujjatlarga, shuningdek, tasdiqlangan etalon namunalarga* muvofiq kelmaydigan tovarlarni aholiga sotishning oldini olish maqsadida respublika hududida joylashgan davlat savdosi, matlubot kooperatsiyasining ulgurji va chakana savdo korxonalarida (birlashmalarida) oziq-ovqat va nooziq-ovqat xalq isteʼmoli mollarining** sifatini bevosita nazorat qilishni amalga oshirish Davlat inspeksiyasining asosiy vazifasi hisoblanadi.
* Bundan keyin “normativ-texnik hujjat” deb ataladi.
** Bundan keyin “xalq isteʼmoli mollari” deb ataladi.
3. FUNKSIYALARI
Davlat inspeksiyasi oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
davlat savdosi va matlubot kooperatsiyasining ulgurji va chakana savdo korxonalarida xalq isteʼmoli mollarining sifatini, ularning davlat standartlariga, texnik shartlarga, tasdiqlangan etalon namunalarga muvofiqligini tanlab nazorat qiladi va bir galgi tekshirishni oʻtkazadi;
savdo tashkilotlariga tovarlarni sifati boʻyicha qabul qilish va sifati pastligi tufayli saqlab qoʻyishga yoki tashishga yaroqsiz boʻlgan mahsulotni ishlab chiqaruvchilarga qaytarib yuborish yuzasidan tegishli xulosalar va koʻrsatmalar beradi;
badiiy-texnik, muvofiqlashtirish kengashlarida, attestatsiya, degustatsiya komissiyalarida, belgilangan tartibda xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqaradigan vazirliklar va idoralar, korxonalarning boshqa kengashlari va komissiyalarida qatnashadi, siyosiy koʻriklarni, tovarlarning sifati boʻyicha degustatsiya sinovlarini oʻtkazishni tashkil etadi, ularning natijalari yuzasidan tegishli tavsiyalarni tayyorlaydi;
ishlab chiqarishga taqdim etilgan etalon namunalar boʻyicha davlat standartlari, texnik shartlar loyihalarini koʻrib chiqadi va ular boʻyicha xulosalar beradi, ularning texnik darajasini va sifatini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, korxonalar, ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalardan xalq isteʼmoli mollarining, tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va butlash uchun foydalaniladigan xomashyo, detallar, materiallarning sifatini tavsiflovchi texnik hujjatlarni va zarur maʼlumotlarni oladi, shuningdek, tovarlar sifatini yaxshilash boʻyicha tadbirlar hamda davlat inspeksiyasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan boshqa materiallar bilan tanishadi;
xalq isteʼmoli mollarining sifati masalalari boʻyicha fuqarolarning, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning takliflarini, arizalari va shikoyatlarini matbuot organlarining chiqishlarini koʻrib chiqadi, ular boʻyicha belgilangan tartibda tegishli choralar koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat standartlar qoʻmitasining boshqarmasi va boshqa nazorat qiluvchi organlar bilan xalq isteʼmoli mollarining sifatini nazorat qilishni tashkil etish yuzasidan oʻz ishini muvofiqlashtirib boradi;
sifatsiz xalq isteʼmoli mollarining savdoda paydo boʻlishining oldini olish yuzasidan tegishli choralar koʻradi;
oʻtkazilgan nazoratning natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, aniqlangan nuqsonlarni tugatish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, ularni koʻrib chiqish uchun tegishdi yuqori boshqaruv organlariga taqdim etadi;
respublika, mahalliy boshqaruv organlarini tovarlar sifati boʻyicha oʻtkazilgan nazorat natijalaridan vaqt-vaqti bilan xabardor qilib turadi.
4. HUQUQLARI
Davlat inspeksiyasi oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
Davlat savdosi va matlubot kooperatsiyasi ulgurji va chakana savdo korxonalarida sanoat, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, shuningdek, kooperativlar tomonidan yetkazib borilayotgan xalq isteʼmoli mollari, butlovchi detallar, yarim tayyor mahsulotlar, xomashyo va materiallarning sifatini qarshiliksiz nazorat qilish;
davlat standartlari, texnika shartlari va boshqa normativ-texnika hujjatlari talablari buzilgan holda tayyorlangan tovarlarni qabul qilishni taqiqlash va bunday tovarlarni joʻnatishni toʻxtatish, shuningdek, tovarlarni Davlat inspeksiya vakili oldindan koʻrib chiqqanidan keyin va mahsulotning sifati toʻgʻrisidagi hujjatga uni joʻnatuvchining rozilik belgisi qoʻyilgandan keyin tovarlarni qabul qilib olish tartibini joriy etish toʻgʻrisida qaror chiqarish. Bu qarorlar Davlat inspeksiyasining buyruqlari bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur qarorlar, idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, barcha ulgurji va chakana savdo korxonalarining bajarishi uchun majburiy hisoblanadi hamda ularning yuqori organlariga belgilangan tartibda tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun yuboriladi;
Davlat inspeksiyasining buyrugʻi bilan realizatsiya qilish taqiqlangan tovarlarni yuborish (qabul qilish)ning maxsus rejimini tiklash yoki bekor qilish maqsadida mahsulot sifatini qayta tekshirishdan oʻtkazish. Mahsulot sifatini joyiga borib qayta tekshirish bilan bogʻliq xarajatlar ana shu mahsulotni yuborish toʻxtatilgan korxonalar tomonidan qoplanadi;
ulgurji va chakana savdo korxonalariga qabul qilish tartibi buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisida, sifatsiz tovarlarni, shuningdek, sorti, narxi notoʻgʻri koʻrsatilgan yoki narxi koʻrsatilmagan, yoxud bu maʼlumotlar yuklash (toʻlov) hujjatlariga mos emasligi haqida belgilangan tartibda ular uchun majburiy boʻlgan yozma buyruq chiqarish;
davlat standartlari, texnika shartlari va boshqa normativ texnika hujjatlari talablariga mos kelmaydigan xalq isteʼmoli mollarini realizatsiya qilganliklari, shuningdek, mollarni tegishli ravishda saqlamasdan ular sifatining yomonlashuviga olib kelganliklari uchun sanoat korxonalari va birlashmalariga, savdo korxonalari va tashkilotlariga nisbatan iqtisodiy jazo choralari qoʻllash toʻgʻrisida tegishli organlarga belgilangan tartibda yozma buyruq yuborish;
sifatsiz xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish, yuborish va realizatsiya qilishga yoʻl qoʻygan oʻzlariga qarashli birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlarini va boshqa shaxslarni intizomiy va moddiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralarning koʻrib chiqishi uchun takliflar taqdim etish;
sifatsiz xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish u qabul qilish va realizatsiya qilishda aybdor boʻlgan rahbarlar va boshqa shaxslarni javobgarlikka tortish uchun materiallarni zarur hollarda prokuratura, ichki ishlar, xalq nazorati organlariga, xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qoʻmitalarining maʼmuriy komissiyalariga va boshqa organlarga yuborish. Rahbarlardan koʻrsatib oʻtilgan xodimlarni belgilangan tartibda ishdan boʻshatishni talab qilish. Sanoat korxonalari tomonidan sifatsiz, nostandart yoki komplektsiz xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish, bunday tovarlarni savdoga yetkazib berish va jinoiy javobgarlikka olib boruvchi boshqa xatti-harakatlar boʻyicha materiallar tergov organlariga topshiriladi;
mahsulotni standartlash va sifati boʻyicha qoidalarni, buzuq oʻlchov vositalarini muomalaga chiqarganlik va ulardan foydalanganlik uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq, agar bu buzishlar, jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmasa, aybdor shaxslarga 100 soʻmgacha jarima solish uchun materiallarni xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qoʻmitalarining maʼmuriy komissiyalariga berish;
sifatsiz mollar qabul qilingan va yetkazib berilgan hollarda korxonalarni mulkiy javobgarlikka tortish uchun materiallarni davlat hakamligi organlariga berish;
buyumlarning namunalarni, shuningdek, foydalaniladigan xomashyo, materiallar, yarim-tayyor mahsulotlar, butlovchi detallarni ularning qiymatini ushbu namuna va probalar olingan korxonalar va tashkilotlar hisobidan toʻlash orqali olish. Ularni olish tartibi, miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligi xalq isteʼmoli mollari sifati boʻyicha Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnoma bilan belgilanadi;
namunalar va oʻtkaziladigan ekspertizalarning qiymatini ushbu namunalar (probalar) olingan korxonalar hisobidan toʻlash orqali tovarlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar namunalari (probalari) sinovini, tahlilini oʻtkazishni tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlariga va sanoat, savdo, sogʻliqni saqlash laboratoriyalariga topshirish;
ulgurji va chakana savdo korxonalaridan xalq isteʼmoli mollarining oʻtkaziladigan sinovlari, tahlillari (probalari) natijalari toʻgʻrisidagi materiallarni, aholiga realizatsiya qilinadigan tovarlarning sifatini xarakterlovchi hujjatlarni, maʼlumotlarni, izohlarni olish;
tegishli korxonalar va tashkilotlar rahbarlari bilan kelishilgan holda savdo va sanoat mutaxassislarini, jamoatchilik vakillarini mollarning sifatini tekshirishdan oʻtkazishga jalb etish.
Tovarlarning sifati boʻyicha Davlat inspeksiyasining suiisteʼmollar va boshqa qonun buzishlarni aniqlagan yoki ular haqida bilgan, biroq qonuniy choralar koʻrmagan xodimlari oʻz xizmat burchini bajarmagan sifatida intizomiy yoxud qonuniy javobgarlikka tortiladi;
davlat standartlarini, texnik shartlarni va boshqa normativ texnik hujjatlarni ishlab chiquvchi va tasdiqlovchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda, shuningdek, Davlat inspeksiyasi vakolati doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligi nomidan vakillik qilish.
Xalq isteʼmoli mollari sifati boʻyicha Davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligining markazlashtirilgan mablagʻlari hisobiga saqlanadi, yuridik shaxs hisoblanadi, SSSR Davlat banki muassasalarida mustaqil balansga, joriy hisobga ega boʻladi, bank muomalalarini amalga oshiradi.
Davlat inspeksiyasining tuzilishi va shtatlari Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, Davlat inspeksiyasi boshligʻi, uning oʻrinbosarlari va bosh buxgalter Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Xalq isteʼmoli mollari sifati boʻyicha Davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan muhrga, zarur shtamplarga ega boʻladi.
5. DAVLAT INSPEKSIYASI QARORLARI USTIDAN ShIKOYAT
QILISh TARTIBI
QILISh TARTIBI
Davlat inspektorlarining xatti-harakatlari ustidan shikoyatlar Davlat inspeksiyasi boshligʻi tomonidan koʻrib chiqiladi, boshliqning qarorlari ustidan shikoyatlar esa ular olingan kundan boshlab 10 kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vaziriga beriladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati masalalari boʻyicha shikoyatlar ikki sutka davomida beriladi, bir shaharning oʻzida yetkazib beriladigan tez buziladigan mahsulotlar boʻyicha shikoyatlar ularni sotish uchun belgilangan muddatning yarmidan oshib ketmaydigan muddatda, akt tuzilgan paytdan boshlab, nooziq-ovqat mollariga shikoyatlar esa — Davlat inspeksiyasi akti olingan kundan boshlab 5 sutkada beriladi.
Davlat inspeksiyasining mablagʻlarni davlat budjetiga olib qoʻyish va iqtisodiy jazo choralari qoʻllash haqidagi qarorlari ustidan shikoyatlar bu qarorlar olingan kundan boshlab 10 kun muddat ichida berilishi mumkin.
Belgilangan muddatda shikoyat qilinganda mablagʻlarni davlat budjetiga olib qoʻyish bu masala hal etilgunga qadar toʻxtatib qoʻyiladi. Davlat inspeksiyasining boshqa qarorlari ustidan shikoyat qilish ularning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi.